Surxon Davlat Qo`riqxonasi
634 subscribers
11.8K photos
1.44K videos
2.99K links
Flora va fauna
Download Telegram
#Ekotarg‘ibot
Qo'riqxona xodimlari Sherobod tumani Maktabgacha va maktab ta`limi bo`limiga qarashli 36,26 - sonli maktab o'qituvchi va o'quvchilari bilan Navro`z ayyomi munosabati bilan "Ona tabiat" mavzusida ekotarg'ibot darsi o`tkazildi. Unda Surxon davlat qo`riqxonasida uchraydigan o‘simlik va hayvonot dunyosi vakillarini asrash va huquqbuzarliklarni oldini olish mavzusida so`z yuritildi. Bundan ko‘zlangan maqsad yosh avlodga tabiatga bo‘lgan muhabbat tuyg‘ularini oshirishdir.
Davra suhbati davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha ma'lumot va tushunchalar olishdi.

🦌🦌Surxon davlat qo'riqxonasi 🦌🦌

Telegram  Instagram  YouTube   Facebook

Telegram
Surxon Davlat Qo`riqxonasi
Flora va fauna
Hurmatli yurtdoshlar!

Sizlarni eng qadimiy va eng aziz bayramlarimizdan biri – Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan chin qalbimdan tabriklaymiz!

Surxon davlat qoʻriqxonasi jamoasi tabiatimizni asrab-avaylash, milliy boyligimizni kelajak avlodlarga yetkazish yoʻlida astoydil xizmat qiladi. Navroʻz esa bizga yana bir bor tabiat bilan uygʻun yashash, uni muhofaza qilish naqadar muhim ekanligini eslatadi.

Yangi yil boshi sanalmish bu ulugʻ ayyom barchamizga farovonlik, fayz-baraka, mustahkam sogʻlik va ulkan muvaffaqiyatlar olib kelsin! Doim yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, yuraklarimiz esa shodlik va umidga toʻla boʻlsin!

Navroʻz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan, Turdiyev Rustam Yalg‘ashevich boshchiligidagi
Surxon davlat qo‘riqxonasi jamoasi
👍71👏1
🌷🌷Tulipa korolkovii, Korolkov lolasi. 🌷🌷

Surxon davlat qo’riqxonasining Vandob bo’limida birinchi marta Korolkov lolasi gulladi. Bir urugʻpallalilar sinfi, loladoshlar oilasi, lola turkumiga mansub koʻp yillik gulli oʻsimlik turi. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kamyob, endemik tur sifatida kiritilgan. Boʻyi 10-20 sm gacha yetadigan koʻp yillik, piyozchali oʻt oʻsimlik. Mart aprel oylarida gullab, mevasi iyunda pishib yetiladi. Urugʻi yoki piyozchasi orqali koʻpayadi. Yovvoyi tabiatda kam uchraydi, toʻp toʻp boʻlib yoki yakka holatda oʻsadi. Surxon davlat qo’riqxonasida muxofaza ostiga olingan.

🦌🦌Surxon davlat qo'riqxonasi 🦌🦌

Telegram  Instagram  YouTube   Facebook

Telegram
Surxon Davlat Qo`riqxonasi
Flora va fauna
👍1

Tulipa turkestanica , Turkiston lolasi

Oʻrta Osiyo (Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekistonda ham keng tarqalgan. Tulipa turkestanica — boʻyi 10 sm dan 15 sm gacha boʻlgan, har bir poyasining uzunligi 15 sm gacha boʻlgan 2–4 ta yupqa yassi barglari boʻlgan, oʻtsimon, piyozsimon koʻp yillik oʻsimlik. Kenarlari va uchlari pushti rangga ega. Teri lampochkasi yorqin qizil-jigarrang va tukli tunikaga ega. Har bir o'simlik bir dan o'n ikkigacha yulduz shaklidagi gullarni hosil qiladi, ular bir pog'onada guruhlangan. sariqdan to'q sariq ranggacha bo'lgan bazal dog' bilan, gulning uchdan bir qismiga cho'zilgan. Yovvoyi tabiatda u balandlikka qarab mart-may oylari orasida gullaydi. Surxon davlat qo’riqxonasining Shalqon bo’limida gullagani kuzatildi. Surxon davlat qo’riqxonasida muhofaza qilinadi.

🦌🦌Surxon davlat qo'riqxonasi 🦌🦌

Telegram  Instagram  YouTube   Facebook

Telegram
Surxon Davlat Qo`riqxonasi
Flora va fauna
👍2