Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi
3.55K subscribers
12K photos
2.25K videos
892 files
6.91K links
Rasmiy veb sayt:
http://sammoi.uz

Telegram kanal:
t.me/sammohm

Facebook kanal:
facebook.com/sammoi.uz

YouTube: https://www.youtube.com/c/Samarqandmalakaoshirishmarkazi

Qayta tayyorlash bo'yicha murojaat:+99899-046-47-74; +99899-595-56-09
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Birgalikda_mutolaa_qilamiz

🏢Viloyat Pedagogika markaz ARM va Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus taʼlim metodikalari kafedrasi o‘qituvchisi U.Suvanqulov Brayan Treysining “Samaradorlikning 21 yo‘li” kitobini tavsiya qiladi.
— Rejalagan ishlaringizga yetarli vaqt topilmayotgan;
— Shaxsiy majburiyatlar, loyihalar, vaqt ortsa, oʻqiyman deganingiz talay jurnal va kitoblar yuki bosib qolgan. Biroq siz ularga ulgurmayotgan. Ishlaringizni toʻliq ado etishga umid ham qilmayotgan;
— Koʻnglingizdagidek dam olishga vaqt orttira olmayotgan;
— Ishlaringizni samarali yoʻlga qoʻyish usullarini har qancha oʻrganmang, rejalagan yumushlaringiz ortib, baribir vaqt yetmay qolayotgan boʻlsa, ushbu kitob aynan siz uchun!


✍️Samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi axborot xizmati.

Samarqand viloyati PYMO'MM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
👇Telegram|Facebook|Youtube|Rasmiy sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Эълон

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamkorlikda oʻqituvchilarning taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan innovatsion gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash, ularning pedagogik faoliyatini ommalashtirish maqsadida “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” tanlovini eʼlon qiladi!

📣 Tanlovda umumiy o‘rta taʼlim maktablarining ona tili va o‘zbek tili fani o‘qituvchilari “Men tavsiya etaman…” nomli video-taqdimotlari bilan ishtirok etishlari mumkin.

🗣️ Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan o‘qituvchilar 2023-yil 22-sentabrdan 29-sentabrga qadar ''tiltanlov_bot'' orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari va taqdimotlarini video formatda joylashtirishlari lozim.

🏆 Tanlovning respublika bosqichi g‘oliblari o‘zbek tili bayrami arafasida quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadilar:

🥇 1-o‘ringa “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” I darajali diplomi, 25 mln. so‘m pul mukofoti;

🥈 2-o‘ringa “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” II darajali diplomi, Monoblok;

🥉 3-o‘ringa “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” III darajali diplomi, Noutbuk.

🔔 Tanlovda ishtirok etish shartlari bo‘yicha batafsil maʼlumotlarga www.uzedu.uz veb-sayti orqali ega bo‘lishingiz hamda videotaqdimotlarni ''tiltanlov_bot'' yordamida yuborishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣 Samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi  tomonidan “ART OF LIVING” (SAN’AT BILAN YASHASH VA RUHIY BARQARORLIKKA ERISHISH) bo'yicha kurs tashkil etilmoqda.
📚KURS o‘quvlari darslardan so'ng 14:30 da tashkil etiladi.
Kurs davomida tinglovchilar:
📌 san’at bilan yashash va ruhiy barqarorlikka erishishi ;
📌 o‘z pedagogik faoliyatida zavqlanishni,hayot go‘zalligini san’at orqali his qilish ;
📌 stressni kamaytirishni, xotirjamlikni va boshqa yaxshi narsalarni qabul qilishni, meditatsiya qo‘llay olish;
📌 kursdan rohatlanish va zavqlanish diqqatni bir joyga jamlash,tasavvurini kengaytirish ;
📌 o‘z ijodiga ishonish to‘g‘risidagi tasavvurlarga ega bo‘ladi;
📌 Kurs 18 soatlik bir xafta davomida boʻlib oʻtadi
📌 Eng asosiysi kursimiz mutlaqo bepul ;
🎉 Kursni muvaffaqiyatli tugatgan tinglovchilarga sertifikatlar beriladi
📭 Qo'shimcha ma'lumot uchun telefonlar:
☎️ +998(91)-529-92-01 Suvanova Kamola
☎️ +998(97)396-26-78 Rasulova Maftuna
#Kun_hikmati

✍️Gyote

🔶"Turli-tuman tarbiyaviy hikoyatlar va hikmatli so‘zlarni to‘plash tengsiz davlatdir".


Samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi axborot xizmati.

Samarqand viloyati PYMO'MM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
👇Telegram|Facebook|Youtube|Rasmiy sayt
#Jarayon

MAKTAB DIREKTORLARI BILAN SEMINAR O'TKAZILDI

🏢 Samarqand viloyatida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining 2023-yil 16-avgustdagi 248-sonli buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida Respublika pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi direktori D.Davidova, viloyat MMTB boshlig'i Sh.Sultonov, viloyat Pedagogika markazi Metodik xizmat ko'rsatish bo'limi boshlig'i H.Bekmirzayev, metodistlari hamda 68 ta maktab direktorlari va O'IBDO'lari ishtirokida seminar bo'lib o'tdi.
Seminar davomida Respublika ilmiy-amaliy markazi vakillari yangi baholash tizimini joriy etilgan maktablardagi muammolarni yechishga, baholash jarayonida elektron platforma bilan ishlashda mezonlarga asoslangan baholash tizimini to'g'ri qo'llashga ko'rsatmalar berdi va barcha qiziqtirayotgan savollarga javob berishdi.

Samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi axborot xizmati.

Samarqand viloyati PYMO'MM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Rasmiy sayt
#Tonggi_tadbir

BOLALARGA QUVONCH ULASHADIGAN O'YINLAR

🏢Samarqand viloyat pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi Maktabgacha, boshlang'ich va maxsus ta'lim metodikalari kafedrasi o'qituvchilari G.Ergasheva, U.Suvonqulov, J. Shodiyeva, X.Ravshanova, D.Nurmanovalar bugun maktabgacha ta'lim guruh tinglovchilari bilan tonggi tadbirni ko'tarinki ruhda tashkil etishdi.
🔶Tadbirda boshlang'ich guruh tinglovchilari ham faol ishtirok etib, ustozlarning ushbu tashabbusi ishtirokchilarga ko'tarinki kayfiyat ulashdi.

🎤Samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi axborot xizmati.

Samarqand viloyati PYMO'MM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
👇Telegram|Facebook|Youtube|Rasmiy sayt
#Metodist_soati

TAJRIBA-SINOV MAKTABIDA BILIMNI BAHOLASH

🏢Bugun Samarqand viloyat Pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi "Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi" katta o'qituvchisi A.Samyayev va markaz Metodik xizmat ko'rsatish bo'lim metodisti D.Saparova hamkorlikda tinglovchilarga "Metodist soati "o'tkazishdi.
Unda tinglovchilarga "Tajriba-sinov maktablarida bilimni baholashning yangi tartibini joriy etish to'g'risida"gi 248-sonli qaror mohiyati haqida o'quv mashg'uloti o'tkazildi.
🎗Mashg'ulot jarayonida tinglovchilar o'zlarini taklif va mulohazalarini aytib o'tishdilar.

🎤Samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi axborot xizmati.

Samarqand viloyati PYMO'MM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
👇Telegram|Facebook|Youtube|Rasmiy sayt
💥DIQQAT KONFERENSIYA💥
✳️ Samarqand viloyati pedagogika markazi tomonidan maktabgacha ta'lim tashkilotlari va umumta'lim maktablari pedagog xodimlari uchun
✳️Maktabgacha va boshlang'ich ta’limda Xalqaro baholash dasturlari asosida integratsiyalashtirilgan ta’limni tashkil etish masalalari” mavzusida tashkil etilayotgan navbatdagi ilmiy-amaliy konferensiya noyabr oyida bo'lib o'tishini e'lon qilamiz.

✳️Konferensiya tili: o'zbek, rus, ingliz.
✳️Maqola va tezislar 10-noyabr soat 17:00 ga qadar:
1. +99890-602-65-16 (Jurayeva D.)
2. +99897-398-52-54 (Shodiyeva J.)
3. +99894-534-23-45 (Suvonqulov U. MTT) telegram manzili orqali qabul qilinadi.

✳️Konferensiya 25-noyabr kuni tashkil etiladi, to'plam 30.11.2023 kuni e'lon qilinadi.
✳️Qo'shimcha ma'lumotlar axborot xatida ko‘rsatilgan.
#Kun_hikmati

✍️Alisher Navoiy

🔶"Yosh bolaning juda kichik yoshidan boshlab tarbiyalamoq zarur. Tarbiya insonga o’zida yaxshi odat va fazilatlar hosil qilishga yordam beradi".

🎤Samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi axborot xizmati.

Samarqand viloyati PYMO'MM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
👇Telegram|Facebook|Youtube|Rasmiy sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

OAVDA BIZ

🔷Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2023 yil 26-sentabr kuni "Assalom Samarqand" dasturida viloyat Pedagogika markazi dotsenti Maxbuba Raximqulova ishtirok etdi.

🎤Samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi axborot xizmati.

Samarqand viloyati PYMO'MM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
👇Telegram|Facebook|Youtube|Rasmiy sayt
#Jarayon

USTOZLAR KUNIGA BAG'ISHLAB SPORT O'YINLARI O'TKAZILDI

🔶Bugun Samarqand viloyati Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazida "1-oktabr - Ustoz va murabbiylarlar kuni" munosabati bilan markaz Metodik xizmat ko'rsatish bo'limi Jismoniy tarbiya fani metodisti Zafar Nurmaxmadov tomonidan Pedagogika markaz professor-oʻqituvchilari va tinglovchilar o'rtasida sport musobaqalari bo'lib o'tdi.
☀️Oʻtkazilgan tadbirda Pedagogika markazi tinglovchilari turli xil qiziqarli sport o'yinlari jumladan, "Shaxmat-shashka", "Stol tennisi" kabi o'yinlarda ishtirok etdi. Hakamlar tomonidan g'oliblar aniqlandi va esdalik sovg'alari, faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

🎤Samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi axborot xizmati.

Samarqand viloyati PYMO'MM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
👇Telegram|Facebook|Youtube|Rasmiy sayt
#Bugun

YOSH BOLALARDA KREATIVLIKNI SHAKLLANTIRISH

🏢 Samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi "Maktabgacha, boshlangʻich va maxsus taʼlim metodikalari" kafedrasi katta oʻqituvchilari M.Nigmatova va X.Ravshanova, U. Suvonkulovlar maktabgacha taʼlim guruhi tinglovchilari ishtirokida "Maktabgacha yoshdagi bolalarda kreativlikni rivojlantirish" mavzusida seminar tashkil etdi.
▶️Unda maktabgacha yoshdagi bolalarda XXI asr ko'nikmasini rivojlantirish doirasida ko'rsatmalar berildi.

✍️Samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi axborot xizmati.

Samarqand viloyati PYMO'MM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
👇
Telegram|Facebook|Youtube|Rasmiy sayt