Jaloliddin Rumiy 🍃
18K subscribers
2.61K photos
754 videos
1 file
122 links
Ishqqa tashnalar maskani...

💰Reklama: @Tijoriy_taklif1

Aloqa: @Bobomurod_Khamdamov

15-aprel 2020.
Download Telegram
Na turmoqdaman,
Na yurmoqdaman,
Xuddi uzangidagi oyoq kabi...
Na sukut saqlamoqdaman,
Na so‘zlamoqdaman,
Xuddi kitobdagi yozuv kabi...
Na borman,
Na yo‘qman,
Xuddi gulobdagi xush ifor kabi...

- Jaloliddin Rumiy

@Rumiy_Jaloliddin 🍃
🍃 Sening uyqu bilan kechirgan kechangni, mening uyqusiz va faryod-la kechirgan kechamdan xabari bormi?!

©Jaloliddin Rumiy


@Rumiy_Jaloliddin 🍃
🍃 Hazrati Alidan so‘radilar:
– Boshimizga kelgan bu balolar imtihonmi yoki jazomi?
Va ilmning eshigi javob berdi:
– Allohga yaqinlashtirsa imtihondir, Allohdan uzoqlashtirsa jazodir!


@Rumiy_Jaloliddin 🍃
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ey ovora koʻngil, kel.
Ey jigarimning parchasi, kel.
Eshikga boradigan yoʻl toʻsilgan boʻlsa devorga chiq, devor oshib kel!
Ey Nuh alayhis salomning nafasi, kel!
Ey ruhning havasi, kel!
Ey yaradorning malhami, kel!
Ey dardmandning davosi, kel!
Ey yuzi nur sochib porlagan oy,
Ey daralarning koʻnglida oqqan suv,
Sen oshiqlaringni huzurini oʻyla, begonalar koʻr boʻlsinlar, kel!
🍃 🍃
Ey jon soʻzlaguvchisi!
Qachongacha til ila bunday soʻzlarni soʻzlaysan?
Qachongacha anglatmoq dovulini (qoqasan) chalasan?
Damsiz-nafassiz, soʻzsiz-sadosiz kel...

©Jaloliddin Rumiy


@Rumiy_Jaloliddin 🍃
🍃 Ishq namoz kabidir, niyat bilan kirishdingmi atrofga alanglash mumkin emas.

©Jaloliddin Rumiy


@Rumiy_Jaloliddin 🍃
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🍃 Anas ibn Molik roziyallohu anhu rivoyat qiladi:

“Rasululloh alayhissalotu vasallam aytadilar: “Sizlarning biringiz haqiqiy iymonga erisha olmaydi, toki o‘zi uchun yaxshi ko‘rgan narsani birodari uchun yaxshi ko‘rmaguncha”.

Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati

🍃 Kuningiz xayrli oʻtsin azizlarim! ☀️

@Rumiy_Jaloliddin 🍃
Ko‘nglimki, g‘aming bilan to‘liqdir, Ey do‘st,
Darding tunu kun menga rafiqdir, Ey do‘st .
“Men ko‘ngli siniqlarni sevarman”, debsan,
Bizning-da shu ko‘ngl siniqdir, Ey do‘st.

- Jaloliddin Rumiy


@Rumiy_Jaloliddin 🍃
🍃 Tilanchidan bir narsa tilanmoq oqilning ishi emas.

🍃 Dunyo bir tilanchidir. Sen, asl Podshohni unutib, dunyodan bir narsalar istamoqdasan..!

🍃 Bechora dunyo!
U ham ta’siri kuchli bo‘lgan sharobdan ichib, mast bo‘lgan va bir joyda turolmay, chayqalib turmoqda...

©Jaloliddin Rumiy


@Rumiy_Jaloliddin 🍃
🍃 Men bir baliqman.
Ishq esa men suzgan dengiz.
Ishqdan ko‘zlarim to‘la yosh bo‘lsa ham, u ko‘zyoshlarimni qayerdan bilsin?
Boshimni undan chiqarayin desam, baliqman.
Nafasim to‘xtaydi...

©Mavlono Rumiy

@Rumiy_Jaloliddin 🍃🍃
🍃 Ayol bilmaganga Nafs,
Bilganga esa Nafasdir...

©Jaloliddin Rumiy


@Rumiy_Jaloliddin 🍃
🍃 Ishqning borlig'ida shu darajada yo'q bo'ldimki, U yo'qlik minglab borliqdan ko'ra yoqimliroqdir...

©Jaloliddin Rumiy


@Rumiy_Jaloliddin 🍃
🍃 "Yashashdan qo‘rqasizmi, o‘limdanmi!?" deyishadi. Ikkisidan ham qo‘rqmasligimizni aytamiz. "Nega?" deb so‘rashsa, "Yashasak-Allohning panohida, o‘lsak - Allohning huzuridamiz" deymiz...

©Salim Ayyubiy


@Rumiy_Jaloliddin 🍃
🍃 Bir ziyonga uchrash bir qancha ziyonlarni daf etadi.

Jismimiz, molimiz jonimizga fidodir. Jonimizga keladigan balo jismimizga, molimizga keladi. Gʻazabga uchradingmi podshohlarga mol-mulkingni berib, boshingni qutqarasan. Ish bilmaydigan johilmisan? Falokatga uchragach podshohdan molingni yashirishga tushasan.

©Jaloliddin Rumiy


@Rumiy_Jaloliddin 🍃
🍃 Tuproq kabi jim qolganimda bilki, chaqmoq qadar osmonni larzaga keltirmoqda faryodim.

©Hazrati Mavlono Rumiy

@Rumiy_Jaloliddin 🍃
🍃 Agar qalbingni og‘ritayotgan bo‘lsalar, Hafa bo‘lma!
Allohning: "Men singan qalblardaman", deb aytganini unutdingmi?

©Mavlono Rumiy

@Rumiy_Jaloliddin 🍃
🌿 Arab tilida 8 soni mana bunday yoziladi (٨), 1 soni esa bunday (١)
Endi esa qo‘llaringizga yaxshilab nazar soling o‘ng qo‘lingizda mana bunday chiziq bor (١٨), bu esa arab tilida 18 degani.
Endi chap qo‘lingizga nazar soling unda mana bunday chiziq chizilgan (٨١) Bu esa 81sonini anglatadi.
Jami 18+81=99 go‘zal va betakror Allohning 99 ta ismi.
Banda qo‘lini duoga ochganda Allohning go‘zal ismlari bilan duo qilishi kerak.
Endi 81-18=63 bo‘lsa payg‘ambarimiz Muhammad Sollallohu Alayhi Vasallam vafot etgan yoshlari.

@Rumiy_Jaloliddin 🕊
🍃 Alloh taolo kunduzni mehnat qilib, rizqingni topishing uchun senga ehson etdi. Kechani esa ishq uchun, sevishmoq uchun yaratdi.

🍃 Sening sevishganingni, sevgiling ila uchrashganingni badnazarlar ko‘rmasin deya, kechani qorong‘uliklar bilan pardaladi.

🍃 Xalq kecha bo‘ldi deguncha, uyquga ketadi. Oshiqlar esa butun kecha Allohga yolvoradilar, duo qiladilar, uning bilan so‘zlashadilar.

©Jaloliddin Rumiy


@Rumiy_Jaloliddin 🍃
​​Hayotiy hikoya

Bir kuni Mavlono Jaloliddin Rumiy hazratlari masjidga borish uchun uylaridan chiqibdilar. Kutilmaganda, ustlaridagi liboslari uchliroq narsaga ilinib biroz yirtilibdi.
Shunda holatni kuzatib turgan ayollari:
– Libosingizni yeching, tikib beraman, – debdi.
– Sen igna bilan ipni olib kelaver, men shu yerda kutib turaman, – deb javob qilibdilar Mavlono.
Ayollari uydan igna-ip olib chiqqach shunday debdi:
– Qani, libosingizni yechib bering-chi!
– Sen ustimda turgan holida tikaver, jamoatdan kech qolib ketmay.
– Yaxshi, faqat mana bu bir qarich ipni og‘zingizga solib tilingiz bilan aylantirib turing. Aytishlaricha, kiyim kishining egnidaligida tikilsa, og‘izga nimadir solib turish kerak ekan. Bo‘lmasa, har xil yomonliklar sodir bo‘larmish.
– Sen bu ipingni qo‘y, mening og‘zim esa bo‘sh turmaydi!..
Hazrat Rumiyning ayollari itoat qilib libosning yirtilgan joyini tikishga kirishibdilar. Mavloning tilida esa bir qarich ip o‘rniga “La ilaha illalloh” kalimasi aylana boshlabdi.


Tayyorlovchilar: Abdumurod Tilavov, Abdukamol Abdujalilov

@Rumiy_Jaloliddin 🕊
🍃 Ikki barmog‘ingni ikki ko‘zing ustiga qo‘y: biror narsa ko‘rayapsanmi? Sen ko‘rmasang ham dunyo bor!..

©Mavlono Rumiy


@Rumiy_Jaloliddin 🍃
🍃 Bizning bu dargohimmiz umidsizlik dargohi emasdir,
Yuz bor tavbangni buzgan bo’lsang ham yana kel.

©Mavlono Rumiy


@Rumiy_Jaloliddin 🍃