Jaloliddin Rumiy 🍃
18K subscribers
2.61K photos
754 videos
1 file
122 links
Ishqqa tashnalar maskani...

💰Reklama: @Tijoriy_taklif1

Aloqa: @Bobomurod_Khamdamov

15-aprel 2020.
Download Telegram
Hayot uyqudir, o‘lim-la uyg‘onur inson.
Sen shoshil, o‘lmasdan avval uyg‘on!


©Jaloliddin Rumiy

@Rumiy_Jaloliddin 🍂
Kim «Subhanallohi va bihamdihi», desa, u kishi uchun jannatda bir xurmo ekiladi.

Imom Termiziy rivoyati

@Rumiy_Jaloliddin 🍂
Hakimlardan biri o‘z o‘g‘liga dedi:
– Uch narsani tark etma!
1. Eng yaxshi taomni yemoqni.
2. Eng yaxshi to‘shakda uxlashni.
3. Eng yaxshi uylarda yashashni.

O‘g‘il dedi:
– Ey otajon, biz kambag‘almiz qadnay qilib bu ishlarni qilamiz?
Hakim javob berdi:
– Faqat qorning ochganda taomlansan eng yaxshi taomni yegan bo‘lasan.
Ko‘p ishlab charchaganingda uxlasang, eng yaxshi to‘shakada uxlagan bo‘lasan.
Odamlarga go‘zal muomilada bo‘lsang, ularning qalbida yashaysan. Ularning qalbi esa uylarning eng yaxshisidir.


@Rumiy_Jaloliddin 🍂
Shahzod Ergashaliyevning "Ufqqa tutash" yo‘l kitobini muallif imzosi tushirilgan holda sovg‘a qilinishini istaysizmi?

Bu shunchaki juda oson. Muallifning ijodiy kanali(@ilhomlar)ga obuna bo‘ling, hamda Shahzod Ergashaliyev yozgan istalgan hikoyadan olgan taasurotlaringizni imlo xatolarsiz yozib, @Shahzod_Ergashaliyev manzilga yuboring.

Fikr va taqrizlar
@ilhomlar kanaliga joylab boriladi.

G‘oliblar quyidagi faktorlarga ko‘ra aniqlanadi:
🏅Muallif tanlagan fikr.

🥇Eng ko‘p layk to‘plagan fikr.
🥈Eng ko‘p ko‘rilgan fikr.
🥉Random.org sayti orqali tanlangan fikr.

4 nafar g‘olibga kitoblar pochta orqali yuboriladi.

Qabul 10-mayga qadar davom etadi
G‘oliblar 20-mau kuni aniqlanadi. Barchaga omad.
Ro‘zadorning suyaklari tasbeh aytadi

Hazrati Burayda roziyallohu anhu aytadilar:
Bir kuni Nabiy sollallohu alayhi vasallam Bilol roziyallohu anhuga:
"Ey, Bilol! Kel, biz bilan taomlan" dedilar. U:
"Men ro‘zadorman" dedi. Shunda, Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
"Biz o‘z rizqimizni yeyapmiz. Bilolning rizqi esa jannatga saqlab qo‘yilyapti. Ey, Bilol! Bilasanmi, modomiki, ro‘zador huzurida taom yeyilar ekan, uning suyaklari tasbeh aytib turadi va farishtalar uning haqqiga istig‘for aytib turadilar" dedilar.


"Shahru Ramazon" kitobidan

@Rumiy_Jaloliddin 🍂
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌟 Assalomu alaykum qadrdonim,
🌙 Juma muborak bo‘lsin!

Jajji, tishlari kemshik bu qizaloqning kuylagan nashidasini eshitib yuzimga beihtiyor tabassum yuguradi har gal.

Koʻring, kayfiyatingiz koʻtariladi. Ulashishni unutmang. 🙂


@Rumiy_Jaloliddin 🍂
QADR KECHASINING 7 TA ALOMATI.

1. Qadr kechasida sokinlik hukm suradi. Atrof musaffo, yorug‘, xuddi sukunatga o‘ralgan yog‘duli oy charaqlab turgandek bo‘ladi.

2. Osmondagi yulduzlar uchmaydi, boshqa jismlar qaltis harakat qilmaydi. Kasalliklar paydo bo‘lmaydi.

3. Havo moʻtadil bo‘ladi, juda issiq ham, juda sovuq ham bo‘lmaydi.

4. Ertalab quyosh qizarib, tog‘araga o‘xshash, yog‘dusi juda zaif bo‘lib ufqdan bosh ko‘taradi. Sababi o‘sha tun va kunda ko‘p farishtalar yerga tushib-chiqib turishi oqibatida quyosh nurlarini ham to‘sib qo‘yadi.

5. Qadr kechasida yomg‘ir-qor yog‘maydi, yog‘sa ham o‘ta mayin va yoqimli bo‘ladi. Sho‘r suvlar chuchuk bo‘ladi.

6. Daraxtlar o‘z shoxlarini yerga egiltirib turadi.

7. O‘sha kuni shaytonlar chiqishiga yo‘l qo‘yilmaydi.


@Rumiy_Jaloliddin 🍂
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Iordan cho‘lida bir yarim ming yillik daraxt bor. Bu daraxtni "Sahobiylar daraxti" deb ataydilar. Bu daraxt soyasida bir paytlar payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo S.A.V. o‘z sahobalari bilan dam olgan ekanlar. Daraxtning qurib qolmayotgani hatto ilm ahlini ham hayratga solarkan.

@Rumiy_Jaloliddin 🍂
Uchta narsadan ehtiyot bo‘ling:

1. Xursand bo‘lib turganda va’da berishdan.
2. Gʻazablanib turgan rad etishdan.
3. Xafalik paytida qaror chiqarishdan.


@Rumiy_Jaloliddin 🍂
Agar birovni sevsang, lekin u seni sen sevganchalik sevmasa, bilginki asl haqiqat sen tushungan narsaning mutlaqo teskarisidir.
Sevilishni istagan u, sevishni istamagan sensan...
Suruvni qidirgan choʻpondir, qoʻylar emas.
Ishq otashi avval sevilganga tushadi, undan soʻngra sevganga sachraydi...


©Radiy Fish “Jaloliddin Rumiy”

@Rumiy_Jaloliddin 🍂
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Roʻzadorni koʻrganda shaytonning ahvoli qanday boʻlishini bilasizmi?

©Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh

@Rumiy_Jaloliddin 🍂
ALLOHNING RAHMATI SOLIH AMALLAR ICHIGA YASHIRIB QOʻYILGAN

Shaqiq al-Balxiy aytadilar: “Besh narsa talab qildik va uni besh narsada topdik:

1. Qabrda nurni talab qildik. Uni kechani qoim qilishda topdik.
2. Munkar va Nakirga javobni talab qildik. Uni Qurʼon oʻqishda topdik.
3. Sirot koʻprigidan oʻtib ketishni talab qildik. Uni sadaqada topdik.
4. Qiyomat kuni chanqoqni bosishlikni talab qildik. Uni kunduzgi roʻzada topdik.
5. Rizqimizda baraka boʻlishini talab qildik. Uni zuho namozida topdik”.


@Rumiy_Jaloliddin 🍂
Har ko‘ngilsizlikni Xayr bil.
Har kechani Qadr bil.
Har insonni Hizr bil...


©Jaloliddin Rumiy

@Rumiy_Jaloliddin 🍂
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎞 "OTA"

Oskar mukofotiga sazovor bo‘lgan 1 daqiqalik animatsion multfilm.

@Rumiy_Jaloliddin 🍂
SAJDA

Turkiyaning Aydin shahrida qimmatbaho mashinasi avariyaga uchragan yigit.
Lekin u janjal to‘polon qilib zarar miqdorini chamalamadi. Allohning qadariga yana bir bor iymon keltirib, uni pachoqlangan temir ichidan biror joyi tirnalmay olib chiqqan Robbimizga sajda qildi!


©Muhammad Odil Hamid

@Rumiy_Jaloliddin 🍂
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎞 "ONA"

O‘ta ta‘sirli, Oskar mukofotiga sazovor bo‘lgan 1 daqiqalik animatsion multfilm.

@Rumiy_Jaloliddin 🍂
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Abdulloh domladan ham ibratli, ham kulguli latifa...
Eshiting, fikr qiling.

@Rumiy_Jaloliddin 🍂
🌙 Bugun Ramazon oyining so‘nggi kuni aziz dindoshim!

🤲 Ilohim ko'p yillar birgalikda ro‘za tutishlar siz-u bizga nasib etsin, omin!

@Rumiy_Jaloliddin 🍂
Alloh taolo: «Faqirlarni to‘ydiring» deydi.
Biz: «Faqirlarni to‘ydir», deb duo qilamiz.

«Yetimlarga qarang» deydi,
Biz: «Yetimlarni o‘zing asra», deb duo qilamiz.

U: «Ojizlarga marhamat qiling» deydi.
Biz: «Ojizlarga o‘zing marhamat qil», deya duo qilamiz.

Biz shunday bandamiz: Alloh bizga buyurganini, biz o‘ziga havola qilaveramiz.


@Rumiy_Jaloliddin 🍂