Jaloliddin Rumiy 🍃
18K subscribers
2.61K photos
754 videos
1 file
122 links
Ishqqa tashnalar maskani...

💰Reklama: @Tijoriy_taklif1

Aloqa: @Bobomurod_Khamdamov

15-aprel 2020.
Download Telegram
Oy zulmatga kirdi deya, aslida sen oyning yangidan chiqishini aytyapsan, unday qilma!
Ishq yo‘lida yolg‘iz kurashishga kuching yetmasa, “Ishq o‘zi nima!?” deb hayratlanyapsan, unday qilma!
Shakarning ichida zahar bo‘lsa-da, uning bizga zarari yetmaydi. Sen esa zaharni shakar, shakarni esa zahar qilyapsan, unday qilma!
Ko‘zimizni quvontirayotgan go‘zallikni ko‘rolmay, o‘g‘rincha qarab gunoh qilyapsan, unday qilma!
Isyon qiluvchi birodarim, so‘z so‘zlaydigan fursat emas, Ishqning sarxushligi turganda nima bilan mashg‘ulsan? Unday qilma!


©Jaloliddin Rumiy (Turk tilidan Go‘zal Mirzayeva tarjimasi)

@Rumiy_Jaloliddin 🍃
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sukut saqlamadim. Qilmishlarni Allohga havola etdim. Egilmadim. Sevganlarim uchun ko‘p narsani ko‘nglimga oldim. Hadiksiramadim. Boshni tik tutib hodisotni kuzatdim. Voz kechmadim. E’tiqodimga tayanib sabr etdim... Va ikki kalima tilimizdan tushmadi: Alloh buyukdir! Alloh Karimdir!
Omon bo‘ling!..


Alisher Sabriy o‘girdi

@Rumiy_Jaloliddin 🍃
Ey ko‘ngil, ehtiyot bo‘l, oxir zamon bu! Sevsang, vafo neligini, taqvo neligini biladiganlarni sev. Suratlarga aldanma: hatto Iblis “MashaAlloh”, deb yuboradigan kibor qullar bor. Ichiga Jannatni yashirgan vayron qullar bor...

©Jaloliddin Rumiy

@Rumiy_Jaloliddin 🍃
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sen meni istamasang ham, men Seni jon ila, koʻngil ila istayman.

🌱 Menga eshik ochmasang ham, eshiging oldidan aslo ayrilmayman, u yerda oʻtirib kutaman.

🌱 Baliqqa oʻxshayman. Toʻlqin meni qirgʻoqqa chiqarib tashlasa ham, suvdan boshqa men uchun omonlik yeri yoʻqdir. Koʻnglim suvdan oʻzga bir yer istamaydi. Boshimni olib qayerlarga ham ketardim? Sendan boshqa koʻnglim, jonim bormidi?

Men ham, badan ham, koʻngil ham faqatgina sultonlar Sultoni boʻlgan Jamilning panohiga sigʻinganman...🌿

©Hazrati Mavlono Jaloliddin Rumiy quddisa sirruhu

@Rumiy_Jaloliddin 🍃
Sevgida quyosh kabi bo'l,
Do'stlik va qardoshlikda oqarsuv kabi bo'l,
Birovlarning xatolarini yopishda tun kabi bo'l,
Tavoze'da tuproq kabi bo'l,
G'azab onida o'lik kabi bo'l,
Har ne bo'lsang bo'l,


Yo asling kabi ko'rin,
Yo ko'ringaning kabi bo'l.


©Jaloliddin Rumiy

@Rumiy_Jaloliddin 🍃
Hazrat Ali bir jang asnosida raqibi bilan uzoq urishib, nihoyat, uni yerga yiqitdilar va o‘ldirmoqchi bo‘ldilar.
Shunda dushman askari hazrati Alining yuziga tuflaydi. Hazrat Ali shundan keyin dushmanni qo‘yib yuboradi. Oʻrinlaridan turib, unga:
– Tur endi, keta qol, seni o‘ldirishdan voz kechdim, deydilar.
Dushman jangchisi bu holdan hayron qolib deydi:
– Meni oʻldirishingga bir bahya qolgan edi. Nega oʻldirmading?
Hazrat Ali bunday javob berdilar:
– Men senga qarshi Alloh yoʻlida va faqat Alloh roziligiga erishish uchun jang qilayotgan edim. Sen yuzimga tupurganingda esa jahlim chiqdi. Agar shu asnoda seni oʻldirsam, senga qarshi adovatim sababli oʻldirgan boʻlardim. Bunda seni Alloh yoʻlida emas, oʻz nafsim uchun oʻldirgan hisoblanardim. Shu sababli seni qoʻyib yuboraman.
Bu soʻzlarni eshitgan raqib bunday adolat va nozik fahm-farosat qarshisida imon keltirib, musulmonlar safiga qoʻshiladi.

©Jaloliddin Rumiy

@Rumiy_Jaloliddin 🍃
Masofalar uzoq bo'lsa-da duolarda uchrashgan yuraklar bordir.

©Jaloliddin Rumiy

@Rumiy_Jaloliddin 🍃
Bu dunyoda esa... yashasa bo‘ladi! Bu dunyo — yashash uchundir! Sen yashaguvchi dunyoga kelding. Sen hayot zavqini totuvchi dunyoga keling. Sen umr gashtini suruvchi dunyoga kelding.

Bu dunyoga keldingmi? Endi yasha! Tishni tishga qo‘yib-qo‘yib yasha. Mushtni tugib-tugib yasha. Alp-alp odim otib yasha. Chidab-chidab yasha. Yashashni chidaganga chiqargan! Bu dunyoga keldingmi? Endi chida! Dunyo — chidaganniki! Oxirigacha chida, Xudo bergan kungacha chida!

©Tog‘ay Murod

@Rumiy_Jaloliddin 🍃
Sizga yoqmayotgan narsa balki siz uchun xayrlidir. Shu bilan birga o‘zingizni charchatayotgan qayg‘u va dardlar keraksiz va chorasizdir. Unutmangki, tayoq bilan gilamni urganning maqsadi gilamni savalash emas, uni changdan poklashdir.

©Jaloliddin Rumiy

@Rumiy_Jaloliddin 🍃
Robingga qarab: "Mening buyuk dardim bor" - dema, dardingga qarab: "Mening buyuk Robbim bor", - degin...

©
Jaloliddin Rumiy

@Rumiy_Jaloliddin 🍃
Luqmoni Hakimdan soʻradilar: – Eng dono kim?
Aytdi: – Hayot qiyinchiliklaridan gʻamgin boʻlmagan kishi.
Soʻradilar: – Eng yaxshi boylik nima?
Aytdi: – Aql.
Soʻradilar: – Qaysi oʻt oʻz yoquvchisini kuydiradi?
Aytdi: – Hasad oʻti.
Soʻradilar: – Qanday bino vayron boʻlmaydi?
Aytdi: – Adolat binosi.
Soʻradilar: – Qaysi achchiq narsaning soʻnggi shirin?
Aytdi: – Sabrning.
Soʻradilar: – Qaysi narsaning oxiri achchiq?
Aytdi: – Shoshqaloqlikning.
Soʻradilar: – Qaysi dard bedavo?
Aytdi: – Tentaklik
.

@Rumiy_Jaloliddin 🍃
Ey, inson!
Haddingni bil!
Tijorat ahli boʻlmasang doʻkon ochma!
Hol ahli boʻlmasang ogʻzingni ochma!
Ulugʻlar bor majlisda ahkom oʻqima!
Koʻrlar bozorida oyna sotma!
Ahil boʻla olmayotgan ekansan, hech boʻlmasa odobli boʻl!


©Mavlono Jaloliddin Rumiy

@Rumiy_Jaloliddin 🍃
Ishqda nasibang bor bo'lsa, tegsang ham yonajaksan. Shuni yaxshi bil: kimlar sog'inchdan yonar, kimlar yetishishdan.

©Jaloliddin Rumiy

@Rumiy_Jaloliddin 🍃
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum!🙂

Bugungi musulmon ahli uchun ulugʻ boʻlgan kun – Juma muborak boʻlsin!

Agar bu yozuvlarni oʻqiyotgan, yaqin insonlaringizga ulashayotgan ekansiz, Allohimdan videodagi yerlarga ota-onangizning muborak oyoqlari tegishiga siz sababchi boʻlishingiz va oʻzingiz ham bunga erishishingizni soʻrayman. 🤲

Allohim sizga ikki dunyo saodatini bersin! Tilingiz zikrdan, qoʻlingiz xayrli ishlardan qolmasin!.. 🌱

📿 Allohumma solli aʼla sayyidina Muhammad

@Rumiy_Jaloliddin 🍃
Bo'lmayotgan bo'lsa, zo'rlama. Yo xayollaring parishon bo'ladi, yoki qalbing.
Unutgan kishi kabi bo'l.
Chunki go'zal narsalar hech kutmagan oningda haqiqatga aylanadi.


©Shams Tabriziy

@Rumiy_Jaloliddin 🍃
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sizni sevgan insonlarning xayolida bo‘ling, duosida bo‘ling, yonida bo‘ling, ammo aslo... aslo ohida va ko‘zyoshida bo‘lmang!

@Rumiy_Jaloliddin 🍃
Bir koʻngilni ranjitdingmi, yigʻlagin! Agar uzr soʻrashni bilmayotgan ekansan, sendan Doʻst chiqmaydi, sendan Yor chiqmaydi. Yo agar sen ranjitgan yoki vayron qilgan Koʻngilni Alloh azza va jalla sevadigan boʻlsachi yoki Rasululloh sollallohu alayhi va sallam sevadigan boʻlsalarchi, hatto-ki yer-osmondagi (maxluqot) lar sevadigan boʻlsalarchi?!
Qayerdan ham bilarding, bilmaysanda! Bilganingda edi, bunday qilishingdan avval yuraging yorilar edi...


©Jaloliddin Rumiy

@Rumiy_Jaloliddin 🍃
Sen hali nima yaxshi-yu nima yomon bilmaysan. Avval oʻzingni, soʻngra boshqalarni sina. Oʻzingni sinaganingda zotan boshqalarni sinamoqdan voz kechasan...

©Jaloliddin Rumiy

@Rumiy_Jaloliddin 🍃
Agar yolgʻiz qolsang, yolgʻiz emasligingni bil!
Agar dard ichra qolsang, darmoning borligini bil! Hech bir narsani “egasiman” dema, omonatchi ekanligingni bil!


©Shamsi Tabriziy

@Rumiy_Jaloliddin 🍃
HAMMA MOLINI SADAQA QILDI

Ocharchilik payti. Madinai Munavvaraga hazrati Usmonga tegishli oziq-ovqat karvoni yetib keldi. Bozor chaqqonligidan xabardor savdogarlar ertalabdan karvonni oʻrab olishdi. Kimoshdi savdosi boshlandi. Bir savdogar bir narxni aytdi. Mol egasi hazrati Usmon: “Menga bu narxdan yuqori narx vaʼda qilingan”, dedilar. Savdogarlar birin-ketin oʻz imkonlari yetadigan narxlarni aytib chiqishdi. Hammasiga ham hazrati Usmon roziyallohu anhu: “Menga bu narxdan yuqori narx vaʼda qilingan”, deyaverdilar. Oxiri savdogarlar: “Madinada bizdan boshqa savdogar qolmadi, kim senga bunday yuqori narx vaʼda qildi, axir?” deb soʻrashdi. Shunda hazrati Usmon: “Alloh taolo: ”Kim ochlarga taom bersa, oʻn barobar qilib savob beraman“, degan. Hamma molim Madina fuqaro va miskinlariga sadaqa boʻlsin”, dedilar.

“Koʻhna dunyo rivoyatlari” kitobidan.

@Rumiy_Jaloliddin 🍃