Jaloliddin Rumiy Aforizmlari📚
50.7K subscribers
6.2K photos
2.81K videos
28 files
5.18K links
Jaloliddin Rumiy muhlisi tomonidan ochilgan ilmiy-ma'rifiy blog 📚

🗓 02-avgust 2020
#rumiy #islomiy #aforizmlar #statuslar
Reklama uchun : @Rek_Info
Admin: https://t.me/Talabalar_Admini

instagram.com/Rumiy_Aforizmlari
Download Telegram
Ba'zan o'ylab qolasiz:

Nega men? Nega doim? Nega qolganlar baxtli? Nega ulardek bo'la olmayman? Nega hamma meni yomon ko'radi? Nega omadsizman? Nega... Nega... Nega...

Bu ''nega'' laringiz aslo tugamaydi, to'g'rimi?

Negaligini aytaymi, chunki siz xato "nega" bilan savol beryapsiz. To'g'ri nega masalan qanday bo'lgan bo'lardi:

Nega Alloh taolo meni yaratdi? Nega inson bo'lib yaraldim? Nega ota-onam meni har qanday holatda yaxshi
ko'radi? Nega bugun hotirjam uyg'onish yoki uyquga ketish baxtiga musharraf bo'ldim? Nega kulsam chiroyli bo'lib ketaman? Nega menga baxt yarashadi?

Qiyin savollarga javob berishga urinmang. Shunchaki savollarni o'zgartirib, Allohga hamd aytib, hayot yo'lingizda baxtli yashashda davom eting!


Alloh taolo har bir bandasini albatta yaxshilik bilan siylaydi, O'zi to'g'ri yo'l ko'rsatadi

Ta’limga va Dtmga oid xabarlar
Bu yerda👉
@mandatlar_2022_bot

Qalblardan ezgulik izlagan qalblar uchun ...👇🏻👇🏻
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
👉
@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
Мен сиздан қўрқаман, хиёнаткорлар,
Бу қудрат олдида чивиндек жонман.
Томини кўчириб ёмғирлар, қорлар,
Девори нураган вайрон маконман!

Мен сиздан қўрқаман, хиёнаткорлар,
Юракка ўқингиз тегар беҳато.
Омон қола олмас юзта жони бор,
Юзта юраги бор одам ҳам ҳатто!

Мен сиздан қўрқаман, хиёнаткорлар,
Ҳеч тўхтай демайди фаолиятингиз!
Бир қадам боссангиз тисарилиб ер,
Битта тупурсангиз, қурийди денгиз!

Мен сиздан қўрқаман хиёнатингиз,
Манаман деганни этади абгор.
Хиёнат сел десак, бир ёғишида,
Одамни сув ютиб кетмоғи ҳам бор!

Мен сиздан қўрқаман, хиёнаткорлар,
Ҳеч ким сизнингчалик бераҳм эмас!
Сўзларим беҳуда, сиз кабиларга,
Худодан ўзгаси келолмайди бас!

Мен сиздан қўрқаман, гурзингиз зарби,
Кўнгилни майдалар бўлак-бўлакка.
Қўрқаман, айнан шу хиёнаткорлар,
Ёв келса, Ватанни сотади тикка!

Мен сиздан қўрқаман, хиёнаткорлар,
Юракка ўқингиз тегар беҳато...

Малика Тавфиқ


Ta’limga va Dtmga oid xabarlar
Bu yerda👉
@mandatlar_2022_bot

Qalblardan ezgulik izlagan qalblar uchun ...👇🏻👇🏻
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
👉
@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
Forwarded from Online Halol Bozor
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Elektron Karset: EGILGAN QADDI QOMATNI, BUKCHAYGAN YELKALARNI TIKLASH UCHUN, REAL TASIR KÒRSATUVCHI KARSET.

Bukurlikga qarshi davolash vositasi.

Ayollar va erkaklar uchun ideal.

Uyda, ishda, òqishda, dam olish maskanlarida.

Kiyim ichida bilinmaydi, noqulaylik tuğdurmaydi.

Bel oğriqlari uchun samarali shifo tasiriga ega.
Razmer: bez razmer

Аксия 1+1=3 🎁 бонус 1tа

💸 Narxi 99 000so'm
3 kun aksiya shoshiling

BUYURTMA BERISH👇🏻
https://100k.uz/oqim/187756
https://100k.uz/oqim/187756

🚚O‘ZBEKISTON BO‘YLAB YETKAZIB BERISH BEPUL!

Admin 👉
@Rumiy_Admini
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌹🕋АССАЛОМУ АЛАЙКУМ
ВА РАҲМАТУЛЛОҲИ ВА
БАРОКАТУҲ ХАЙРЛИ ТОНГ! 📿
🕌Бугун 19 февраль, Якшанба
+9° +3°🌧

Ҳар тонг кўзингизни очганингизда, қандай вазият бўлишидан қатъий назар кимгадир кераклигингизни, кимнидир бахтли қила олишингизни унутманг...

Сиз дунё учун кимдирсиз, лекин кимлар учундир дунёсиз.... 🌸
🌺🍃

Tонгингиз хайрли, саодатли бўлсин🌹

Ta’limga va Dtmga oid xabarlar
Bu yerda👉
@mandatlar_2022_bot

Qalblardan ezgulik izlagan qalblar uchun ...👇🏻👇🏻
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
👉
@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
Tug‘ilganimizda qo‘limizga bir yangi daftar beriladi. Biz unga yaxshi-yomon yozuv(amal)larimizni yozamiz. Lekin bu daftar hali "cho‘rnavoy", unda yozishni mashq qilamiz xolos.

Balog‘atga yetgach, u daftarimizni tashlavorib, qo‘limizga yana bir yangi daftar tutqazishadi. Endi bunisi haqiqiy, har yozuvimizning hisobi bor. Lekin mehribon Parvardigorimiz karamini qarangki, bu daftarimiz tashlavorilmasada, undagi xatolarni o‘chirib, o‘rniga yaxshisini yozish imkoni beriladi. Ammo bu daftar sahifalari tugagach, u yopib, saqlab qo‘yiladi, yozuvlari o‘zgartirilmaydi. Shunga qarab hisob beriladi.

Keling hayot daftarimiz ochiq ekan, unga yaxshi narsalar yozaylik, xatolardan tozalab, o‘rnini ezguliklarga to‘ldiraylik. Zero, "Albatta, yaxshiliklar yomonliklarni ketkazadi." (Hud surasi, 114-oyat)


"Gunohdan tavba qiluvchi, gunohi yo‘q kishi kabidir". (Ibn Mojja rivoyatlari.)

©MubashshirAhmad

Ta’limga va Dtmga oid xabarlar
Bu yerda👉
@mandatlar_2022_bot

Qalblardan ezgulik izlagan qalblar uchun ...👇🏻👇🏻
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
👉
@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
Allohim, Dunyoni tinchlantirib ber!

Allohim, dunyoni tinchlantirib ber,
Allohim, olamni ovutib qo'ygin.
Qaynoq urushlarning boshini silab,
Muzqaymoqlar berib sovutib qo'ygin.

Allohim, armonni oldinga chaqir,
Go'daklar ko'ziga botgan armonni.
Multfil'm qo'yib ber, mo'ltirab qarab,
Qiqirlab kuldirsin jumla – jahonni.

Allohim orzular ushalmasmi ayt?
Oqarmay tuproqqa qorishsa sochlar.
Dod desam, falakning parvoyi falak
Ko'rmasam ko'zimni yutadi ochlar.

Dardlarni chaqirib olgin, Allohim,🤲
O'limni chalg'itib o'yinchoqlar ber...
Beshik, belanchakka mo'ralab turgan.
Ajalni aldatib qo'g'irchoqlar ber!

Johilni jahonga ustun qilmagin
Terrorning tilini sayratib qo'yma.
Oxirat mayliku, bu fanoda ham,
Odamkush bandangni yayratib qo'yma!

Alamni chaqirgin, alamzada ko'p,
Mehrga tashnalar mehrga qonsin.
Ertakka aylanib qolmay bu dunyo.
Ertaklar, bolajon dunyoga qolsin!...

Allohim, Dunyoni tinchlantirib ber!
🤲🤲🤲

Ta’limga va Dtmga oid xabarlar
Bu yerda👉
@mandatlar_2022_bot

Qalblardan ezgulik izlagan qalblar uchun ...👇🏻👇🏻
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
👉
@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
🌱Бир кун ёнимга Қуръондан таҳсил истаб бир болакай келди. Болакайга бир разм солгач, мен ундан сўрадим
🍃
- Қуръондан бирор сурани ёддан биласанми?
- Ҳа.
- Аммадан Қуръонни 30 охирги қисмидан биласанми?
У ўқиб берди.
- Таборак сурасини биласанми? Уни тиловатига лол қолган эдим. Яна бир тиловат эшитиш истагида ундан нахл сурасини сўрадим. Ва қарангки уни ҳам ёддан билар эди. Энди яна бир имтихон учун болакайдан узун суралардан бўлмиш бакара сурасини сўрадим. У Бакара сурасини ўқий бошлади. Болакай сўраларни шундай гўзал ва тиниқлик билан ўқиб бердики ман лол қолган эдим.
🍃
- Ўғлим Қуръонни тўлиқ биласанми?
- Ҳа.
🍃
Эртага отаси билан келишини сўрадим. Шундай оқил ва илмли фарзандга ким ота эканлигини кўргим келди. Аммо уни падарини кўргач яна ҳам ҳайрон бўлиб қолдим.
У суннатга ергашган одамга ўҳшамас эди.
У мени хайронлигимни кўриб:
Мани шундай фарзандни отаси эканлигимга ишонмаятганингиз кўриниб турибди. Хозир сизга ҳаммасини тушунтириб бераман.
- Бу болани орқасида 1000 нафар эркак ўрнини боса оладиган одам турибди. Мани 3 нафар ўғлим бор.Ҳар бири ҚУРЪОНни ёддан билади. 4 ёшли қизалоғим ҳам бор.Қизалоғим "амма" қисмини ёдлаган.
🍃
- Қандай қилиб?
- Аёлим фарзандларимиз гапиришни бошлашганида уларга Қуръон ёдлатишни бошлайди ва албатта фарзандларимизга мақтовлар ва самимий сўзлар билан далда бўлади. Болаларимиздан қайси бири биринчи бўлиб ёдласа, ўша фарзандимиз кечки таомдан нима ейишини ўзи танлайди.
🍃
Ким биринчи бўлиб қайтариб берса, дам олиш кунлари қаерга боришимизни танлайди. Биринчи бўлиб Қуръонни битирган эса, таътилни қаерда ўтказишимизни танлайди.
🍃
Аёлим Қуръон ёдлашда улар орасида рақобат рухини тарбиялайди...

🌹
Мана солиҳа бўлиб уйини ҳам солиҳларга тўлдирувчи аёл шудир!!!

Ta’limga va Dtmga oid xabarlar
Bu yerda👉
@mandatlar_2022_bot

Qalblardan ezgulik izlagan qalblar uchun ...👇🏻👇🏻
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
👉
@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
Gohida Alloh taolo sizdan yomonlikni:

- mashinangizni buzilishi

- bir joyga kech qolishingiz

- jismingizdagi biron kasallik

- turmush qurishingizni kechikishi

- ishga qabul qilinmasligingiz

- farzand ko‘rishingiz kechikishi bilan
daf etayotgan bo‘ladi....

Shuni unutmang! Alloh sizga g‘aybni ochib qo‘ysa sizdan to‘sayotgan narsalari uchun unga shukr sajdasi bilan yiqilasiz..


©Muhammad Rotib Nobulsiy


Ta’limga va Dtmga oid xabarlar
Bu yerda👉
@mandatlar_2022_bot

Qalblardan ezgulik izlagan qalblar uchun ...👇🏻👇🏻
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
👉
@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
YAXSHIMISAN?

​​"Y"axshimisan!? – berilar savol,
"A"lbatta, deb javob beraman.
"X"azon kabi sochilgan hayol,
"S"iniqlarin yerdan teraman!
"H"ayot bilan bo'lmas kelishib,
"I"staganin ko'radi ravo...
"M"iyig'ingda kulasan-u lek,
"A"slida-chi hammasi rasvo...
"S"avol oddiy tanish jumlalar,
"M"ening holim barchaga qiziq.
"A"ytolaman yaxshiman deya,
"N"ursiz yuzda aks etib chiziq...


©Abduvoris Alijonov

Ta’limga va Dtmga oid xabarlar
Bu yerda👉
@mandatlar_2022_bot

Qalblardan ezgulik izlagan qalblar uchun ...👇🏻👇🏻
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
👉
@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
🌿 Hech kimsani oʻzingizdan past sanamang... Bilasizmi o‘sha odam katta bir tarix...

...Siz balki uning bosib o‘tgan, yaxshidek ko‘ringan tarixida xatto bir kun ham yasholmasmiz..?!

Ammo u yashadi..

Sizni esa o‘zingizgina biladigan, eslasangiz titroq bosib, yig‘lab yuboradigan yo‘lingiz bor. Undayam birov yashab berolmaydi...

Orqaga qarasangiz ...yuragingiz orqaga tortadi, to‘g‘rimi?

Qaramang.... Bo‘ldi....

Hamma chiroyli hadyalar oldinda. Aytimku o‘sha qiyin va sizni qiynagan o‘tmishga boshqa qaramang...

Aytgancha, agar o‘zingiz yaxshi bo‘lsangiz Alloh atrofingizga o‘zingizdek yaxshilarni jamlab qo‘yadi, ishonavering. Nolimang qadrdonim... nolimang!


Ta’limga va Dtmga oid xabarlar
Bu yerda👉
@mandatlar_2022_bot

Qalblardan ezgulik izlagan qalblar uchun ...👇🏻👇🏻
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
👉
@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
Hayotiy Drabllar (qisqa hikoyalar)

​​Qiziga juda qimmatga marjon sotib olgandan keyin rasmiy moshinasiga oʻtirdi. Shu payt haydovchisi telefonda gaplashardi:
- Bolam, Alloh yetkazgunicha doʻkondan nasiyaga olib tur.


(Nima deyishni bilmadim.)

30 yil umrini kasalliklar yuqshidan ehtiyot boʻlib, qoʻrqib yashadi. Ayniqsa, saratonga chalingan, deyilganlardan oʻzini olib qochdi. Lekin u avtohalokat sabab vafot etdi.

(Taqdir)

Uylandi. Ayoli yoqmadi. “Sababi nima?”, deb soʻrashdi. “Mahramim haqida gapirmayman” dedi. Undan ajrashdi. “Nima sababdan?”, deb soʻrashdi. “Zimmamdan chiqqan ayol haqida gapirmayman”, dedi.

(Mardlik)

Faqir 3 ta apelsin sotib oldi. Birinchisini kesdi. Aynigan chiqdi. Tashlab yubordi. Ikkinchisini ham soʻydi. U ham chirigan ekan. Tashladi. Shamni oʻchirib, uchinchisini kesdi. Va yedi.

(Baʼzan yashab qolish
uchun majbur boʻlamiz)


Toʻyga borishdan oldin oilamga bir voqeani gapirib berayotgandim. Ustimga qahva toʻkilib ketdi. Hamma:
- Endi nima qilasan? Kiyimlaringga qara? - dedi.
Faqat onam...
- Bolam, hech narsa qilmadimi? Kuydirmadimi? - dedilar.


(Jannatim-onam)

Doʻst tanlashda eʼtiborli boʻling. Siz janoza namozingizda kimlar saf tortib turishini tanlayotgan boʻlasiz.

Ta’limga va Dtmga oid xabarlar
Bu yerda👉
@mandatlar_2022_bot

Qalblardan ezgulik izlagan qalblar uchun ...👇🏻👇🏻
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
👉
@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
Forwarded from Online Halol Bozor
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Silk Essence soap😳
Mutloq tabiig mahsulot bilan sog'ligingizni asrang!


Sovun terini kundalik ifloslanishidan samarali tozalaydi.

Turli toshmalarga qarshi vosita bolp ularni davolaydi

Atigi 3 kun ichida natijani korasiz.

Xiralashgan,notekis yoki sarg'ish teri rangini yoritib,sog'lom ko'rinishga keltiradi

Bir ishlatishdayoq terini mayin qiladi


🇺🇿O'zbekiston bo'ylab yetkazip berish bepul
Narxi: 118 000 so'm

🚚🇺🇿 BUYURTMA BERISH 🇺🇿🚚
https://100k.uz/oqim/206906
https://100k.uz/oqim/206906
#Tabassum 🙂

Er-xotin urishib qolibdi. Ikkalasi ham hecham gaplashmas ekan. Bir kuni eri vaqtliroq ishga ketishi kerak ekan, yotishdan oldin, qog'ozga "Ertalab soat 7:00 da uyg'ot!", deb yozib xotinining yostig'i tagiga qo'yibdi. Er ertalab uyg'onsa soat 9:00 bo'lganmish. Jahli chiqqan er darg'azab bo'lib qarasa, yostig'ini tagidagi bir parcha qog'ozga "Turing, soat 7:00 bo'ldi", deb yozilgan ekan😅

Ta’limga va Dtmga oid xabarlar
Bu yerda👉
@mandatlar_2022_bot

Qalblardan ezgulik izlagan qalblar uchun ...👇🏻👇🏻
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
👉
@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
Tong otganda oʻqiladigan duo

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qizlarining biridan rivoyat qilinadi. U zot qizlariga tong otganida:

سُبْحَانَ اللهِ وَبِحَمْدِهِ لاَ قُوَّةَ إِلاَّ بِاللهِ مَا شَاءَ اللهُ كَانَ وَمَا لَمْ يَشَأْ لَمْ يَكُنْ، أَعْلَمُ أَنَّ اللهَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ، وَأَنَّ اللهَ أَحَاطَ بِكُلِّ شَيْءٍ عِلْمًا

“Subhanallohi va bihamdihi, la quvvata illa billahi mashaallohu kana va ma lam yasha lam yakun. Aʼlamu annalloha ʼala kulli shayin qodiyr. Va annalloha qod ahato bikulli shayin ʼilma”, deb aytishni oʻrgatar edilar. Chunki bu kalimalarni tong otganida aytgan kishi kech kirgunicha muhofaza qilinadi. Kech kirganida aytsa, tong otgunicha muhofaza etiladi.

Maʼnosi: Allohga hamd aytish bilan Uni poklab yod etaman. Allohdan boshqada quvvat yoʻq. Alloh xohlagan narsa boʻladi. Xohlamagan narsa boʻlmaydi. Bilamanki, Alloh har bir narsaga qodirdir. Va, albatta, Alloh har bir narsani ilmi bilan ihota qilgandir.

Abu Dovud rivoyatlari.

Ta’limga va Dtmga oid xabarlar
Bu yerda👉
@mandatlar_2022_bot

Qalblardan ezgulik izlagan qalblar uchun ...👇🏻👇🏻
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
👉
@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
Forwarded from Online Halol Bozor
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ENDI SUPER AKSIYA NARXIGA TUSHDI🤩
4D JOYNAMOZ - bolalar uchun namoz oʻrgatuvchi inovatson qoʻllanma


🔥Bolalar va kattalar uchun birdek manzur boʻladigan ajoyib 4D smart kartochkalar

🌙Endi namoz oʻqish qoidalarini qiziqarli animatsion tarzda oʻrganamiz

📲 4D smart card mobile ilova orqali ishga tushiriladi

😊4D smart card orqali har bir musulmon uchun farz boʻlgan namoz oʻqishni tezroq va osonroq oʻrganish mumkin


💰Narxi: 129.000 soʻm

🚚 Oʻzbekiston boʻylab yetkazib berish bepul

Buyurtma berish 👇
https://100k.uz/oqim/204270
https://100k.uz/oqim/204270

🧑‍💻 Admin 👉 @Rumiy_Admini
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🕋АССАЛОМУ АЛАЙКУМ
ВА РАҲМАТУЛЛОҲИ ВА
БАРОКАТУҲ ХАЙРЛИ ТОНГ! 📿
🕌Бугун 19 февраль,Душанба!
+11° +3°☁️

🍃🌹🌿Аллоҳим ҳаммамизни қалбимиздаги соф ниятларимизга етказсин..
Синов имтихонларидан офият ила ўтказсин...

🌹🌿🌸Ўзига ҳамду санолар,пайғамбаримиз с.а.в.га дуруду саловатлар бўлсин...


Ta’limga va Dtmga oid xabarlar
Bu yerda👉
@mandatlar_2022_bot

Qalblardan ezgulik izlagan qalblar uchun ...👇🏻👇🏻
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
👉
@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
​​ИБРАТ
🕌
Мадина шахрида мехмонхона ёнидаги дўконга кириб, бир аёллар кўйлаги ёқиб қолди:
— Дўконингизда аёллар кўйлакни кийиб кўрадиган жойи борми? — сўрадим дўкончидан.
— Дўконда аёлларга либосларини кийиб кўриш мумкин эмас, аёлингиз танлаган куйлакни бемалол мехмонхондаги ўз хонангизда кийиб кўрсинлар, маъқул келса кейин пулини тўлайверасизлар. 
— Битта хонача ажратмабсизлар-да? Қандай қилиб танимаган одамга ишонасизлар?
— Мудиримиз бунга рухсат бермаганлар, ахир, сиз бизга ишониб савдо қилиш учун дўконимизга ташриф буюрдингизку, нега биз сизга ишонмаслигимиз керак?
— Нега, ахир куйлакни олиб кетиб қайтиб келмасликлари ҳам мумкин-ку? 
_Бу ерни Мадинаи Мунаввара дейдилар, бу шахарда озор мумкин эмас! Муслималаримиз бемалол хотиржам ўз хоналарида кийсинлар, мободо пуллари озроқ бўлса биздан хадя, денглар деб тайинлаганлар. Мободо қайтариб келишмаса, розиман ва бу сўзимга Роббимни ҳузурида сизларни гувоҳ қиламан, деб тайинлаганлар. 
— Мудирингиз арабми? 
— Йўқ, афғон ўзбекларидан. 
— Сиз-чи? 
— Мен хам афғон ўзбеклариданман. 
— Қачондан бери Мадинада яшаяпсиз? 
— Шу ерда туғилганман. 
— Мудирингиз-чи? 
— Мудирим ҳам шу ерда туғилганлар. Мудирим менинг отам бўладилар, бобом ҳам шу ерда туғилганлар, бобомнинг боболари қадимда шу шахарга муҳожир бўлиб кўчиб келишган экан.
— Анча кузатдим, дўконга кирган бошқа миллатлар билан ҳам бемалол гаплашаяпсиз, нечта тилни биласиз?
— 8 та тилда бемалол гаплашаман.

Кўйлакни олиб мехмонхонага кетдик, бир оздан сўнг пулини тўлашга дўконга келдик.
— Кўйлак маъқул бўлди, энди нархини айтинг.
— 60 риёл.

Дўконга пулни бериб ташқарига чиқдим. Дўкончининг
"Бу ерни Мадинаи Мунаввара дейдилар, бу шахарда озор мумкин эмас"-деган сўзлари қулоғимга ўрнаб акс садо бера бошлади.

"Бу шахарда озор мумкин эмас, мумкин эмас, мумкин эмас".

Баъзан ҳаддимизни билмай нафсга қуллик қилиб ўша ерда хам нафс йўлида, арзимас бойлик орттириш йўлида ўз диндошига озор бериб турганларга гувох бўлиб қоламиз ва шуларга хам дўкончи йигитни сўзларини хайқириб такрорлагимиз келади:
Эй биродар, бу шаҳарни Мадинаи Мунаввара дейдилар, бу шаҳарда озор мумкин эмас, мумкин эмас...

Муҳаммад Икром


Ta’limga va Dtmga oid xabarlar
Bu yerda👉
@mandatlar_2022_bot

Qalblardan ezgulik izlagan qalblar uchun ...👇🏻👇🏻
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
👉
@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
Ilm olishda 6 ta muhim qoida:

1. Ota-ona duosi:
Ularning duosi bilan ilming mukammal va ziyoda bo'lur, Ishonmasang ertalab qo'llaringni duoga och.

2. Ustozlar duosi:
Ilm olinmaydi, u yuqadi. Ustozlarimizni sevaylik va sevilaylik, shunda ustozingni tajribasini o'zingda ko'rasan.

3. Xulq-atvor:
O'ta darajada jiddiy yurish kibrga olib keladi va o'rganish sustlashtiradi, o'rgangan narsalaringni kibr ila ishlatma, mehr ila ishlat.

4. Uyqu:
Dars qilayotganda uyqu bu shaytondan, shuning uchun do'stim tahoratda yurish va dars qilish bu muhim.

5. Dars qoldirmaslik:
Bugungi qilinmagan dars + ertangi dars og'irlik qiladi,
Ertangi og'irlik qilingan ish bu sening sustlashayotganligingdan dalolat.

6. Vaqt:
Vaqt hech qachon kelmaydi. Vaqt faqat ketadi.

Ta’limga va Dtmga oid xabarlar
Bu yerda👉
@mandatlar_2022_bot

Qalblardan ezgulik izlagan qalblar uchun ...👇🏻👇🏻
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
👉
@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
​​​​QADRIGA YETING🍃

Qadriga yeting bo‘lsa akangiz,
Qo‘lidan yetaklang bo‘lsa ukangiz,
Kun kelib mabodo kuchdan qolsangiz,
Begonalar sari chopa olmaysiz,
Ulardan boshqani topa olmaysiz.

Boshga ko‘taring bo‘lsa singlingiz,
Shu qizcha ko‘tarar bir kun ko‘nglingiz,
Mudom intizordir poylab yo‘lingiz,
Kosada luqma oshni yuta olmaysiz,
Ulardan boshqani topa olmaysiz.

Agar yoningizda bo‘lsa opangiz,
Emaklab boringda poyin o‘pingiz,
Yakkayu-yagona duoguyingiz,
Bozordan boshqa bir opa olmaysiz,
Ulardan boshqani topa olmaysiz.

Yaxshi kunda qadrin biling yoringiz,
O‘shadir nomus, o‘sha oringiz,
Tarqalib ketganda yo‘g‘u boringiz,
Ko‘z yoshni o‘zgaga sepa olmaysiz,
Undan boshqasini topa olmaysiz.

Bugun sho‘x yugurgan jajji bolangiz,
Artadi kun kelib ko‘zda jolangiz,
Suykalib kelsa gar boshin silangiz,
O‘zgani bolasin o‘pa olmaysiz,
Ulardan boshqasin topa olmaysiz.

Oh qadriga yeting bo‘lsa Onangiz,
Duosini oling bo‘lsa Otangiz,
Tuzating shu bugun bo‘lsa xatoingiz,
Attang eshigini yopa olmaysiz,
Ulardan boshqasin topa olmaysiz.



Ta’limga va Dtmga oid xabarlar
Bu yerda👉
@mandatlar_2022_bot

Qalblardan ezgulik izlagan qalblar uchun ...👇🏻👇🏻
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
👉
@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
​​Hayotiy hikoya

Arazdan keyin...


​​- Qaysi ko‘ylagimni kiysam ekan, pushti ranglisini yoqtirardilar.
- Soat taqishimni yaxshi ko‘radi. O‘zi sovg‘a qilgandi.
- Chinorga allergiyalari bor, dori ovosammikin?
- Sohil bo‘yi salqin, sovqotsa kostyumimni yelkasiga tashlab qo‘yaman.
Ikki oylik arazdan keyin uchrashuvga chiqqan er xotinning hayajoni endi turmush qurmoqchi bo‘lgan sevishganlarnikidan kam emasdi.
- Jinnivoy, o‘shanda cho‘ntagimdan olgan lab bo‘yog‘ingni aslida o‘zing uchun sotib oluvdim. Ishxonaga sotib kelishgan ekan. Ikrom xotinining burnini chimchilab qo‘ydi.
Saida xatosini tushunsada otdan tushdiyu egardan tushgisi kelmadi. Labini burib:
- Puliz doim o‘ng cho‘ntagingizda bo‘lardi, chap cho‘ntagingizni qaramasligimni bilib o‘shanga sogansiz. Nega yashirdingiz o‘zimga ogan bo‘sangiz?
- Baraka topgur, o‘ng cho‘ntak yirtilgan ekan, qaramabsanda.
- Ana, bizning rizqimiz turadigan cho‘ntak ham yo‘q , bo‘lsayam ilma teshik...
- .........
- Men kechayu kunduz faqat siz haqingizda o‘ylayman, siz esa...
- .........( er yana jim)
- Ishga doim qizil galstuk taqardingiz, yaxshi ko‘rardim shuni. Endi qorasini taqyapsiz ekan. Qaysi tanishingiz yoqtiradi qorani?
Uygacha tinmay gapirib kelgan xotinining ovozi o‘chmasligini bilgan Ikrom qulog‘iga paxta tiqib oldi. Endi Saidaning ovozi eshitilmas, faqat qoshi chimirilib, ko'zlari chaq-chayar, boshi qimirlab qo‘yardi. Uni to‘xtatishning ilojini qilolmagan Ikrom ayolini dast ko‘tarib olib, aylantira boshladi. Boshi bilan birga shift, yer, butun dunyo aylanayotgan xotini bor ovozida baqirardi :
- Siz...sizz...avvallari yiqilsa yomon tushmasin deb gilam ustida aylantirardingiz, endi qattiq yerda aylantiryapsiizz....o‘zgarib qolgansiiizzz.....


Dilbar Rajabova

Ta’limga va Dtmga oid xabarlar
Bu yerda👉
@mandatlar_2022_bot

Qalblardan ezgulik izlagan qalblar uchun ...👇🏻👇🏻
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
👉
@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi