Jaloliddin Rumiy Aforizmlari📚
50.7K subscribers
6.13K photos
2.76K videos
24 files
5.15K links
Jaloliddin Rumiy muhlisi tomonidan ochilgan ilmiy-ma'rifiy blog 📚

🗓 02-avgust 2020
#rumiy #islomiy #aforizmlar #statuslar
Reklama uchun : @Rek_Info
Admin: https://t.me/Talabalar_Admini

instagram.com/Rumiy_Aforizmlari
Download Telegram
​​📝 "Namozdan shifo topdim"
(Ibratli xikoya)

@Rumiy_AforizmlariUz

Bir muslima ayol namozdan topgan huzur-halovati haqida shunday hikoya qiladi:

“Uyimiz dala yonida, darvozamiz yaqinida katta zovur bor edi. Ko‘pincha zovur ichidagi buloqdan suv olardik.
Bir kuni shomga yaqin buloqdan suv olib uyga kirdim. Negadir o‘zimni g‘alati sezdim. Tun bo‘yi nimadir bezovta qilib chiqdi. Uxlayolmadim, allaqanday tushlar ko‘rdim...
Avvaliga buni hech kimga aytolmadim. Keyinroq ayamga yorildim. Chunki kechalari sira uxlayolmas, allaqanday qora, dumaloq, jundor bir narsa ko‘zimga ko‘rinar, bir xunuk bashara paydo bo‘lardi-da, bo‘g‘a boshlardi. Ayamni, dadamni yordamga chaqirib alahsirardim. Ammo ular meni eshitishmas, chunki ovozim chiqmasdi.
Xullas, hammasini birma-bir ayamga so‘zlab bergach, o‘pkam to‘lib yig‘lab yubordim. U yoq-bu yoqqa qaratdik, ammo foydasi bo‘lmadi.
Ikki yil shunday azoblandim. Nihoyat maktabni bitirib, Toshkentga o‘qishga keldim. Hammasi endi barham topar, deb o‘ylagandim, ammo...
Institutga kirdim. Talabalikning ilk yillari. Bilasiz, bu davr qanchalar shod-hurramlik davri bo‘ladi. Lekin menga aslo tatimasdi. Kechalari hamon bezovtalanar, ahvolimni xonadoshlarim bilib qolishlaridan uyalardim. Har tun ular uxlaganidan keyingina dam olishga yotardim.
Ammo qachongacha yashira olardim? Hamxonalarimdan biri namozxon bo‘lib, yarim kechalari ibodatga turardi. U tungi alahsirashlarimdan xavotirga tushibdi. Ertalab meni yoniga chaqirib, qanday dardim borligini so‘radi. O‘rtog‘imga ham ayamga aytganimdek dardimni to‘kib soldim-u, yig‘lab yubordim. U esa jilmayib qo‘ydi. “Bu darddan xalos bo‘lish yo‘lini o‘rgataman”, deb namoz o‘qishim kerakligini aytdi. Kechqurunlari tahorat qilib, o‘zimga dam solib yotishimni, yana bilishim zarur ko‘p narsalarni o‘rgatdi.
Avvaliga, baribir foydasi bo‘lmaydi, deb qo‘l siltadim. Keyinchalik uning daldasi bilan namoz o‘qishni boshladim.
Nihoyat, ilk bor namoz o‘qib uyquga yotdim. O‘sha tun biram miriqib uxladimki... Necha yillardan beri uyqudan endi orom topishim edi. Asta-sekin namoz halovatini seza boshladim, ruku’-sajdalarni yaxshi ko‘rib qoldim. Kechalar yotishdan oldin tahorat qilib, Qur’on o‘qib, o‘zimga dam solishni kanda qilmasdim. Yillar davomida qiynalib, hatto ancha sarf-xarajatlar evaziga topilmagan davoni namozdan topganim uchun benihoya xursand edim. Bu hol Mehribon Allohning menga bir mahramati ekanidan quvonaman ”. 


Hammaga ulashing😊
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
👉
@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
​​Ўзинг бор экан, ташқаридан душман излама. Ўзингдан эҳтиёт бўл ва шундай дуо қил:
-"Эй Роббим! Мени, менинг ёмонлигимдан сақла. Мен, менга зарар бериб қўймайин. Мени ўзинг муҳофаза айлагин ки, мен ўзимга ёмонлик қилмайин. Ўзимнинг айб-нуқсон ва камчиликларимни кўришдан мени маҳрум этма. Бошқалар билан эмас, ўзимни ўзим билан машғул қилиб қўй!

Ҳазрати Мавлоно Жалолиддин Румий
🍂
Бошқа инсонлар тарафидан маломат қилинсанг, айблансанг, ғийбат қилинсанг, ҳатто туҳматларга учрасанг ҳам, оғзингни очиб бирорта инсон ҳақида бир калима ёмон сўз сўзлама. Айб кўрувчи эмас, айб ёпувчи бўл!

Ҳазрати Шамс Табризий

Siz izlagan bot 👇
@Super_Studio_Effektbot

Qalblardan ezgulik izlagan qalblar uchun ...👇🏻👇🏻
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
👉
@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu Alaykum Va Rahmatullohi Va Barokatuh. Yangi oy, yangi hafta va yangi tong muborak bo'lsin barchangizga❤️😊

Farishtam Onam❤️

Javoxir Mahkamov

P.s. Onajonlarimizga yuboramiz. Juda xursand bo'ladilar bizning
Jannatimiz🫶❤️


https://t.me/palma_guruhi_1

Qalblardan ezgulik izlagan qalblar uchun ...👇🏻👇🏻
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
👉
@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
Forwarded from Online Halol Bozor
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌧️ KUNLAR SOVIY BOSHLADI, ENDI OʻSHA MASHXUR MAHSULOT SOTUVDA!

🧳 Qish va yoz mavsumi uchun moʻljallangan Vitek Konditsioneri!


💥 2 xil rejimda ishlaydi.
💥 40 gradusgacha isitadi.
💥 Pult orqali boshqariladi.
💥 Elektr sarifi 1-2kv (ekanom)
💥 16 gradusgacha sovutadi.
💥 Sozlamalarni avtomatik oʻchirib yoquvchi taymer rejimiga ega.
🔅 Yuvilgan kiyimlarni quritish uchun maxsus dastagi ham bor!


😊 Vitek Konditsioneri bilan qishin yozin oʻzingiz istagan haroratda yashang!

Eski narxi 3.200.000 so'm
🤩AKSIYAda Narxi: 720.000 soʻm

Aksiya tugamasidan oldin zakaz qiling‼️


👉 Batafsil ma'lumot uchun 👈
👉 Buyurtma berish uchun 👈


Telegram orqali zakaz qilish uchun:
☑️ 
@Rumiy_Admini

🚚  O'zbekiton bo'ylab bepul dastavka qilib beramiz, Oldindan to‘lov yo‘q🤝 😍
ИККИ ДЎСТ...
🍂
Чўлда кетаётган икки дўст, бир пайт нима бўлдию, бир бирлари билан гижиллашиб колишди.
Шунда дўстларнинг бири иккинчисининг юзига
тарсаки тортиб юборди. Tарсаки еганнинг жони огриди, лекин хеч нима демасдан ерга эгилди
ва кумга шундай деб ёзди:
🍁
«Бугун энг якин дўстим менга тарсаки туширди». Яна йўлларида
давом этишди ва битта вохага чикиб олишди. У ерда кўзлари сувга тушди ю, чанкокларини кондириш учун шошилишди. Шунда боя тарсаки еган дўст сув бўйидаги боткокка тушиб кетиб, чўка бошлади. Дўсти дарров ёрдамга шошилиб, уни ўлимдан куткариб колди. Ўзига келгандан кейин, бир оз муддат ўтгач, бу сафар бир тошга шундай деб ёза бошлади:
🍂
«Бугун энг якин дўстим хаётимни саклаб колди». Уни кузатиб турган шериги сўради: «Тарсаки тортувдим кумга ёздинг, энди эса тошга ёзяпсан, нима учун?» Дўстининг жавоби куйидагича бўлди:
«Бировдан огринганимизда кумга ёзишимиз керакки, салгина шабада эсганда хам ўчиб
кетсин. Аммо бировнинг килган яxшилигини тошга битишимиз керак. Токи хеч бир шамол,
бўронлар уни ўчира олмасин».

Siz izlagan bot 👇
@Super_Studio_Effektbot

Qalblardan ezgulik izlagan qalblar uchun ...👇🏻👇🏻
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
👉
@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
​​🌷SOG'INCH... 🌷

Bormikan xatoyim? Izladim takror.
Birorta insonga bermadim ozor.
Ko'zlarim yoshlanar tunlarim bedor.
🌺Men sizni sog'indim Yo Rasululloh s.a.v.

Tushga kirmadingiz takror so'radim.
Har tunda intizor kutib uxladim.
Balki ranjitdimmi SIZNI Bilmadim.
🌺Men sizni sog'indim yo Rasululloh s.a.v.

Qaniydi siz bilan zamondosh bo'lsam.
Besh mahal Namozda siz bilan tursam.
Muborak yuzingizga to'yib termulsam.
🌺Men sizni sog'indim yo Rasululloh s.a.v.

Siz OTA tutingan bolakay bo'lsam.
Yig'lagan ko'zingiz yoshini artsam.
Shahodat keltirib qo'lingiz o'psam.
🌺Men sizni sog'indim yo Rasululloh s.a.v.

Har tongda Bomdodga chaqirgan Bilol.
Yoki hech til bilmas temirchi kulol.
Yoki bo'lolsaydim sizga YORI G'OR.
🌺Men sizni sog'indim yo Rasululloh s.a.v.

🙈Allohni kuldirgan banda bo'lsaydim.
Sizni ham shu kulgu Uzra ko'rsaydim.
Sizning yoningizga tezroq borsaydim.
🌺Men sizni sog'indim Yo Rasululloh s.a.v.


Qalblardan ezgulik izlagan qalblar uchun ...👇🏻👇🏻
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
👉
@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
Insonlar 4 toifa bo‘ladi. Siz shularning qaysi birisiz?........

1- Rizqini o‘zini kasbidan, mehnatidan deb biladi, o‘zim topyapman deb e’tiqod qiladi, bu odam haqiqiy "mushrik" xisoblanadi.

2 - Rizqini Allohdan keyin o‘zidan deb biladi, Alloh berdi lekin o‘zim ham aqlimni ishlatib mehnat qildim deydi. Bu odam fosiqdir va holatiga qarab kofir bo‘lishining xatari bor.

3 - Rizqini Allohdan deb biladida, ammo unga berilgan rizqni haqqini (zakotni) bermaydi. Bu Allohning huzurida gunohkor, fosiqdir. Undan molining barakasi olib qo‘yiladi.

4 - Rizqini faqat Allohdan deb biladi va unga berilgan rizqning zakotini ham beradi. Kasbini, unga qilayotgan harakatlarini faqatgina sabab deb biladi. Bu inson haqiqiy moʻmindir.


Qalblardan ezgulik izlagan qalblar uchun ...👇🏻👇🏻
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
👉
@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
Tug‘ilganimizda qo‘limizga bir yangi daftar beriladi. Biz unga yaxshi-yomon yozuv(amal)larimizni yozamiz. Lekin bu daftar hali "cho‘rnavoy", unda yozishni mashq qilamiz xolos.

Balog‘atga yetgach, u daftarimizni tashlavorib, qo‘limizga yana bir yangi daftar tutqazishadi. Endi bunisi haqiqiy, har yozuvimizning hisobi bor. Lekin mehribon Parvardigorimiz karamini qarangki, bu daftarimiz tashlavorilmasada, undagi xatolarni o‘chirib, o‘rniga yaxshisini yozish imkoni beriladi. Ammo bu daftar sahifalari tugagach, u yopib, saqlab qo‘yiladi, yozuvlari o‘zgartirilmaydi. Shunga qarab hisob beriladi.

Keling hayot daftarimiz ochiq ekan, unga yaxshi narsalar yozaylik, xatolardan tozalab, o‘rnini ezguliklarga to‘ldiraylik. Zero, "Albatta, yaxshiliklar yomonliklarni ketkazadi." (Hud surasi, 114-oyat)


"Gunohdan tavba qiluvchi, gunohi yo‘q kishi kabidir". (Ibn Mojja rivoyatlari.)

©MubashshirAhmad

Qalblardan ezgulik izlagan qalblar uchun ...👇🏻👇🏻
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
👉
@Rumiy_AforizmlariUz 📚
Ma'nolarning tuganmas jilosi
Forwarded from Online Halol Bozor
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌧️ KUNLAR SOVIY BOSHLADI, ENDI OʻSHA MASHXUR MAHSULOT SOTUVDA!

🧳 Qish va yoz mavsumi uchun moʻljallangan Vitek Konditsioneri!


💥 2 xil rejimda ishlaydi.
💥 40 gradusgacha isitadi.
💥 Pult orqali boshqariladi.
💥 Elektr sarifi 1-2kv (ekanom)
💥 16 gradusgacha sovutadi.
💥 Sozlamalarni avtomatik oʻchirib yoquvchi taymer rejimiga ega.
🔅 Yuvilgan kiyimlarni quritish uchun maxsus dastagi ham bor!


😊 Vitek Konditsioneri bilan qishin yozin oʻzingiz istagan haroratda yashang!

Eski narxi 3.200.000 so'm
🤩AKSIYAda Narxi: 720.000 soʻm

Aksiya tugamasidan oldin zakaz qiling‼️


👉 Batafsil ma'lumot uchun 👈
👉 Buyurtma berish uchun 👈


Telegram orqali zakaz qilish uchun:
☑️ 
@Rumiy_Admini

🚚  O'zbekiton bo'ylab bepul dastavka qilib beramiz, Oldindan to‘lov yo‘q🤝 😍
​​Ayolni xo‘rlama, ey nomard!

Qo‘ling kuchga to‘lib botir, bo‘ldingmi!?
Shaytonning malayi, shotir bo‘ldingmi!?
O‘zingcha har nega qodir bo‘ldingmi!?
Ayolni xo‘rlama, ey nomard!

Yurakda iymon nur fonusing bo‘lsa,
Tilingda kalima qomusing bo‘lsa,
Agarda zarracha nomusing bo‘lsa,
Ayolni xo‘rlama, ey nomard!

Adashsa, aybini to‘g‘rilab qo‘ygin,
Esiyu xushini o‘g‘rilab qo‘ygin,
Urib emas, uni qo‘riqlab qo‘ygin,
Ayolni xo‘rlama, ey nomard!

Bor, ana, kuchingni maydonda ko‘rsat,
Ko‘ramiz zo‘rliging biz o‘sha fursat,
Yaxshisi, atlasdan lozim kiy – ruxsat,
Ayolni xo‘rlama, ey nomard!

Cho‘chqadek ichib, so‘ng bo‘lasan arslon,
Yerlarda sudralib, bamisli ilon,
Asli sening nasling kalamush, sichqon,
Ayolni xo‘rlama, ey nomard!

Ming bitta ko‘chaga yetaklar xayol,
Bunda kelajaklar topadi zavol,
Seni ham dunyoga keltirgan ayol,
Ayolni xo‘rlama, ey nomard!


© Vafo Mo‘min

Siz izlagan bot 👇
@Super_Studio_Effektbot

Qalblardan ezgulik izlagan qalblar uchun ...👇🏻👇🏻
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
👉
@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
Sizga albatta o‘qishingiz uchun tavsiya qilinadigan kitoblar ro‘yxati

1. Saodat asri
2. Saodat asri 2
3. Saodat asri 3
4. Saodat asri 4 - 1000 bet
5. O'lsang kim yig'laydi - 160 bet
6. Nur borki soya bor - 256 bet
7. Kafansiz ko'milganlar - 192 bet
8. Payg‘ambarlar tarixi - 680 bet
9. Baqirmaydigan onalar - 240 bet
10. Olim odam va olam - 224 bet
11. Imomning maniken qizi - 172 bet
12. O'qing faqat yig'lamang - 34 bet
13. O'qing faqat yig'lamang
14. Molxona - 200 bet
15. Alkimyogar - 116 bet
16. Iblis va senyorita Prim - 300 bet
17. Tentakning tajribasi - 248 bet
18. Uchgacha ayni vaqti - 256 bet
19. Alvido vatan - 114 bet
20. Ilm olish sirlari - 210
21. Alvido - 218
22. Sherlok Holms - 293
23. Yo'qolgan dunyo - 360 bet
24. Sherlok Holms 2 qism - 210 bet
25. Boy ota, kambag'al ota - 208 bet
26. Alif - 306
27. Oq nilufarlar yurtida - 188 bet
28. Liderlar kitobi - 340 bet
29. Yulduzlar aybdor - 222 bet
30. Qizlar tarbiyasi - 210 bet
31. Vavilonlik eng boy odam - 138
32. Qaytganimda uyda bo‘l - 216 bet
33. Zukkolar va landavurlar - 238
34. Ba'zilar olisdan sevarlar - 206 bet
35. Iskanja - 222
36. Daftar hoshiyasidagi bitiklar - 218 bet
37. Savdogarlar ustozi - 156 bet
38. O'gay ona - 172 bet
39. So‘ngi to‘fon - 360 bet
40. Qaynona - 106 bet
41. Dunyoning ishlari - 174 bet
42. G'arbiy frontda hech gap yo'q - 238 bet
43. Xalqa - 380 bet
44. Rework - 174 bet
45. Million dollarlik xatolar - 300 bet
46. Burgut changalida - 335 bet
47. Buzrukning ko'zi - 350 bet
48. Raqamli qal'a - 306
49. Abu Bakr Siddiq - 317 bet
50. Choliqushi - 208 bet
51. Ta'sir psixologiyasi
52. Temur tuzuklari - 110
53. Asl otalar kitobi - 120 bet
54. Olim yetishtirgan onalar - 118 bet
55. Bu ummatning qizi - 210 bet
56. To'siqlarga qaramay sevdik - 120 bet
57. Abdulhamidxon - 110 bet
58. O'tgan kunlar - 210 bet.



P.S. Bu kitoblarning pdf (elektron) shaklini @megabooksbot dan topsangiz bo‘ladi

https://t.me/Rumiy_AforizmlariUz

Qalblardan ezgulik izlagan qalblar uchun ...👇🏻👇🏻
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
👉
@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
Fursatlar ortidan chopamiz chunon,
Yugur-yugurlarda o‘tadi umr.
Sal pastroqqa tushib qolgandek osmon,
Quyosh sal kichrayib qoldi negadir...

Soat o‘sha-o‘sha tinimsiz ishlar,
Kunduzlar bir hovuch, tunlar bir tutam.
Qishning ilk kunidek sovugan hislar,
Pastlagan ko‘ngilning harorati ham.

Ulg‘ayib boramiz ko‘zguga boqib,
Ammo qalb tubida bolamiz hamon.
Faqat sal kechiksak ming bor sim qoqib,
Hech kim sog‘inmaydi, shunisi yomon!

Ko‘ngil doimgidek mehrga zoru,
Egnimiz bus-butun, qornimiz ham to‘q.
Shahar markazida uyimiz bor-u,
Bironta yurakda Vatanimiz yo‘q.

Yashash kerak ekan, yashaymiz demak,
Tonglarning otishi har kuni bayram.
Urishdan boshqaga yaramas yurak,
Yashashdan boshqaga yaramas olam!

She’rimni tugatdim...
Uxlayman desam,
Kimdir eshik qoqdi yarim kechada.
Hayron bo‘lib borib, sekin qarasam,
Qish kutib turibdi meni ko‘chada....


©Malika Salimova

Qalblardan ezgulik izlagan qalblar uchun ...👇🏻👇🏻
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
👉
@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
𝐄𝐫𝐭𝐚𝐠𝐚 𝐡𝐚𝐦𝐦𝐚𝐬𝐢 𝐲𝐚𝐱𝐬𝐡𝐢 𝐛𝐨’𝐥𝐚𝐝𝐢 !

Abdullo Baxramov


Yaqinlarimizga yuboramiz

https://t.me/palma_guruhi_1
TUSHIMDA

Koʻngil tamomila nomlandi xirsiy,
Tobora gʻichirlar ostimda kursiy,
Zuxutdan dars bering, Salmoni Forsiy,
Koʻrgim kelayotir sizni tushimda.

Koʻngil siltanmaydi koʻrsa ham tobut,
Bu holda ertaga boʻlaman nobud.
Holimni izohlang, Zayd ibn Sobit,
Koʻrgim kelayotir sizni tushimda.

Ba’zan uyqu gʻolib, bomdod ham malol,
“Oʻrningdan tur”, debon yigʻlaydi hilol.
Azonni his qilay, oʻrgating Bilol,
Koʻrgim kelayotir sizni tushimda.

Tinmagay Shayton deb: tinmasdan sayra,
Dunyo besh kunlikdir, erinmay yayra.
Kurashni oʻrgating, Abu Huroyra,
Koʻrgim kelayotir sizni tushimda.

Qiyomat tongida ne erur nasab?
U kunda darz ketib, portlagay asab.
Dunyoga tupurish nedur, ey Musab?
Koʻrgim kelayotir sizni tushimda.

Zar qadrin biladi haqiqiy zargar,
Solihlar dunyodan qildilar xazar.
Oʻrgating asli ne taqvo, ey Abu Zar,
Koʻrgim kelayotir sizni tushimda.

Tinmagay Shayton deb: tinmasdan sayra,
Dunyo besh kunlikdir erinmay yayra.
Kurashni oʻrgating, Abu Huroyra,
Koʻrgim kelayotir sizni tushimda.

Bevafo koʻngildan charchadim noliy,
Istadim Robbimni uzlatda holi.
Mardlikni oʻrganay, xazrati Ali,
Koʻrgim kelayotir sizni tushimda.

Vujudim titrasa, oʻqisam Qurʻon,
Koʻrganlar devona desalar hayron,
Bu holning siri ne, ey shahid Usmon?
Koʻrgim kelayotir sizni tushimda.

Qop-qora kechalar boʻlsin yop-yorugʻ,
Shayton xujumidan tamoman forigʻ.
Mardlikni oʻrgating, Umar ul Forugʻ,
Koʻrgim kelayotir sizni tushimda.

Najot topgan qavm boʻldilar shokir,
Bunda yoʻq na nifoq, yoʻq erur makr.
Iymondan dars bering, ey Abu Bakr,
Koʻrgim kelayotir sizni tushimda.

Qalbimdan oʻtganin biladi Alloh,
Boshqasi kerakmas, Allohim guvoh.
Bir bora boʻlsa ham, yo Rasululloh,
Koʻrgim kelayotir sizni tushimda.


©Xayrulla Hamidov

Hammaga ulashing😊
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
👉
@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi 🕊
Siz duo qilayapsiz-u, ammo u qabul boʼlmayapti deb oʼylaysiz...
Non olish uchun bir Novvoyning oldiga borasiz. (Nonning pishishini) kutib turar ekansiz, novvoy bilan suhbatlashib qolasiz...
Va siz xush suhbatligingizdan novvoyga yoqib qolasiz…
Novvoy boshqa mijozlarining istagini berib, ularni tezda-tezda joʼnatadi....
Bu orada siz istaganingizni ololmayotganingiz uchun siqila boshlaysiz.... Аmmo bilmaysizki, Novvoy sizga endi pishayotgan, chiroyli nonlardan bermoqchi ekanligini...


©Jaloliddin Rumiy

Qalblardan ezgulik izlagan qalblar uchun ...👇🏻👇🏻
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
👉
@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
Bomdod.

رَبِّ ارْحَمْهُمَا كَمَا رَبَّيَانِ صَغِيرًا
Robbim, alar meni kichiklikda tarbiya qilganlaridek, ularga rahm qilgin. Isro, 24-oyat.

رَبَّنَا اغْفِرْلِي وَلِوَالِدَيَّ وَلِلْمُؤْمِنِينَ يَوْمَ يَقُومُ الْحِسَابُ
Ey Robbimiz, meni, ota-onamni va mo'minlarni hisob qilinadigan kuni mag'firat aylagin.Ibrohim, 41-oyat.

رَبَّنَا أَفْرِغْ عَلَينَا صَبْرً وَثَبَّتْ أَقْدَامَنَا وَانْصُرْنَا عَلَى الْقَوْمِ الْكَافِرِين
Robbimiz, bizga sabr to'kkin, bizni sobitqadam qilgin va kofir qavmlarga qarshi nusrat bergin. Baqara, 250-oyat.

رَبِّ إِنِّي أَعُوذُ بِكَ أَنْ أَسْئَلُكَ مَا لَيْسَ لِي بِهِ عِلْمٌ وَ إِلاَّ تَغْفِرْلِي وَتَرْحَمْنِي أَكُنْ مِنَ الْخَسِرِينَ
Robbim, men o'zimning ilmim bo'lmagan narsani sendan so'ramoqdan panoh tilayman. Agar meni mag'firat qilmasang va menga rahm ko'rsatmasang, ziyon ko'rguvchilardan bo'laman. Hud, 47-oyat.

أَللَّهُمَّ اجْعَلْ عَمَلِي صَالِحًا وَاجْعَلْهُ لَكَ خَالِصًا وَلاَ تَجْعَلْ لِأَحَدٍ فِيهِ شَيْأً
Allohim! Mening amalimni solih et, O'zing uchun uni holis ayla va boshqasi uchun unda hissa qo'yma.

أَلَّهُمَّ إِجْمَعْ كَلاَمَكَ فِي صَدْرِي
Ey Allohim! Kalomingni qalbimga jamla.

Siz izlagan bot 👇
@Super_Studio_Effektbot

Qalblardan ezgulik izlagan qalblar uchun ...👇🏻👇🏻
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
👉
@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
Forwarded from Online Halol Bozor
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌧️ KUNLAR SOVIY BOSHLADI, ENDI OʻSHA MASHXUR MAHSULOT SOTUVDA!

🧳 Qish va yoz mavsumi uchun moʻljallangan Vitek Konditsioneri!


💥 2 xil rejimda ishlaydi.
💥 40 gradusgacha isitadi.
💥 Pult orqali boshqariladi.
💥 Elektr sarifi 1-2kv (ekanom)
💥 16 gradusgacha sovutadi.
💥 Sozlamalarni avtomatik oʻchirib yoquvchi taymer rejimiga ega.
🔅 Yuvilgan kiyimlarni quritish uchun maxsus dastagi ham bor!


😊 Vitek Konditsioneri bilan qishin yozin oʻzingiz istagan haroratda yashang!

Eski narxi 3.200.000 so'm
🤩AKSIYAda Narxi: 720.000 soʻm

Aksiya tugamasidan oldin zakaz qiling‼️


👉 Batafsil ma'lumot uchun 👈
👉 Buyurtma berish uchun 👈


Telegram orqali zakaz qilish uchun:
☑️ 
@Rumiy_Admini

🚚  O'zbekiton bo'ylab bepul dastavka qilib beramiz, Oldindan to‘lov yo‘q🤝 😍
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Асл саодат нафас олиб турган ҳар бир онимизга шукр қила олишдир...

🕊🌹АССАЛОМУ АЛАЙКУМ
ВА РАҲМАТУЛЛОҲУ ВА
БАРАКАТУҲ 🌺❄️


🕊Уйғониш ҳам–Аллоҳнинг
раҳматидир! Бу раҳматга
эришганларга янги тонг
муборак!🌹

Берган неъматлари,берган ризқи учун Аллоҳга ҳамд бўлсин!🤲🏻

🕊Бошланган кун барчамизга
Хайрли бўлсин! 🕊

Siz izlagan bot 👇
@Super_Studio_Effektbot

Qalblardan ezgulik izlagan qalblar uchun ...👇🏻👇🏻
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
👉
@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
​​ACHCHIQ HAQIQATLAR🌶

1. Negadir doim ko‘nglimizni og‘ritgandan emas - ko‘nglimizga qaraydigan insonlardan alamimizni olamiz...

2. Bizni sevganlarga
ozor beramiz-u - sevmagan insonlarga poyondoz bo‘lamiz...

3. To‘g‘ri yo‘l ko‘rsatganni yomon ko‘ramiz-u - egri yo‘lga boshlaganni ortidan doim qolmaymiz...

4. Yaxshi ko‘rgan yaqinlarimizga, kasal birodarlarimizga vaqtimiz yo‘g‘-u, yetti yot begonanikiga oshga borishga har har doim vaqt topamiz...

5. Oilasi nochorroq singlimizga har xil bahonalar bilan yordam bermaymiz-u lekin - xalqni ko‘ziga qozon - qozon osh qilib ziyofat beramiz...

6. Ota - onamizni haftada bir bora ko‘rib kelishga fursat yo‘q - ammo ulfatlar bilan o‘tirishga har doim ham tayyormiz...

7. Ayolimizga bir necha kalima shirin so‘zimizni ayaymiz-u - lekin ko‘chadagi ayollarga go‘zal kalimalar orasidan go‘zallarini ayamaymiz...

8. Ozgina pulimizni yo‘qotib qo‘ysak qancha asabimiz buzilib xafa bo‘lamiz-u - ammo hech qanday boylikka sotib olib bo‘lmaydigan vaqtimizni arzimagan kishilar, bekorchi, bo‘sh narsalarga sarflayotganimizga achinmaymiz...


Hammaga ulashing😊
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
👉
@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
Ibratli hikoyat

Xachir, tuyadan so‘radi:
-"Nima uchun endi men ko‘pincha karvonning oldida, sen esa ortida yurasan?" Tuya dediki:
-"Men karvon boshida yurgan vaqtimda, oldinga qaraganimda yo‘lning oxirini ko‘ra olaman. Chunki men uzun bo‘yli, oliy himmatli, o‘tkir nigohi bo‘lgan nur ko‘zlikman. Bir qarashda tepalikning oxirini va yana bir qarashda oyog‘imni ostigacha ko‘raman."

Bu yerda, tuyadan murod Piri komildir. Chunki u go‘zal xulqlidir. Unga barcha ergashganlar, uning go‘zal xulqidan nasibador bo‘ladilar. Shubha yo‘q ki, kim bilan o‘tirib-turadigan bo‘lsang, ana o‘shaning xulqidan xulqlanasan. Qaysi tarafga qarasang, yetuklikga ro‘baro‘ bo‘lasan. Gulga qarasang, senda nozik his-tuyg‘ular vujudga keladi. Chunki yo‘ldoshlaring, seni o‘z olamlariga tortadilar. Shu sababdan Qur'on o‘qishlik, ko‘ngilga orom va shodlik baxsh etadi. Payg‘ambar alayhissalom hazarotlarini tilga olsang, ularning go‘zal xulq va hikmatga to‘la holatlarini o‘rganasan. Ularning muborak suratlari, muborak holatlari sening siyrating, sening ruhing bilan birlashadi. Senga yo‘ldosh bo‘ladilar.


"Maqoloti Hazrati Shams Tabriziy"

Hammaga ulashing😊
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
👉
@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
Sekin savoblarim yo‘lini yopib
Bomdodni yo‘qottim uyquni topib...

Jahannam qizigan unga men azo,
Sababi Peshin ham bo‘libdi qazo...

Ovora bo‘libman quray deb qasr
Ahamiyat bermay kelganda asr...

Dunyoda olay deb yaxshi bir maqom,
Joynamoz eskirdi o‘tib ketib shom..

Foniy olamni deb qaribdi bu jon,
Hatto o‘qimayin bir bora xufton...

Dedilar uzrni o‘zingdan qidir
Bu paytda kechikib qolgandi vitr...

Allohim bizlarni qilmaydi unut
Sajda qildim dami kelgach tahajjud...

Endi ko‘zim ochdim bo‘lganda bomdod
Peshinni ham o‘qiy boshladim obod..

Shom-u asrda ham joynamozda men,
Tor bo‘lgan dunyolar endi bo‘ldi keng..

Xuftonning nurlari tunim yoritsin,
Vitr har kun yo‘qlab meni qaritsin..

Bu dunyo maqsadin izladim bedil,
So‘ng nafsimga dedim namozda egil...


Manba: Alrisalah

Alloh taolo o'qigan namozlaringizni va qilgan duolaringizni o'z dargohida qabul qilsin, In Shaa Allah

Qalblardan ezgulik izlagan qalblar uchun ...👇🏻👇🏻
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
👉
@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi