Robotics Lab - Kelajak biz bilan 🦾
1.05K subscribers
783 photos
430 videos
17 files
876 links
Robotics Lab - Dasturlash va Robototexnika bilimlarini mukammal o'rgatuvchi ta'lim markaz

📞 +998953401070

👨🏻‍💻 Murojaat uchun:
@roboticslab_school
Download Telegram
Manzil:Bodomzor masjidi ro'parasida.
🏆 ICT4Girls & EGOI 2025 🏆

Yakuniy saralashning 2-kuni o’z yakuniga yetdi.

Natijalarni quyidagi havola orqali ko’rishingiz mumkin:
- bit.ly/egoi2025uz

Eslatib o’tamiz, eng baland natijaga erishgan 4 nafar qizlar 14-20 iyul kunlari bo’lib o’tadigan EGOI xalqaro musobaqasiga, Germaniyaning Bonn shahriga jo’nab ketishadi.

🧑‍💻 @roboticslab
👍1🔥1
Forwarded from Zarif Qodirov
#Kashfiyot

Marsda ulkan yer osti suv qatlami topildi

Xitoy, Avstraliya va Italiya olimlaridan iborat xalqaro guruh Marsda ulkan yer osti suv qatlami mavjudligiga dalil topdi.

U Mars sathidan 5-8 km chuqurlikda joylashgan. Tadqiqot National Science Review (NSR) ilmiy jurnalida chop etildi
.


https://t.me/qodirov_zarif
👍2
🟦🟦🟦🟦🟦

🏛Jahon standartlariga mos keluvchi, talaba yoshlar uchun professional o’quv kurslariga start berildi. Kelajak kasblariga yo‘l ochuvchi yangi imkoniyat — 3+ loyihasi TATUda!

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi O‘zbekiston-Hindiston axborot texnologiyalari markazi va IT-PARK rezidenti “AIRPARK NATIONAL AVIATION CENTER” hamkorligida talaba-yoshlar uchun zamonaviy va xalqaro standartlarga mos 3+ o‘quv loyihasi ishga tushirildi.

Loyiha doirasida ishtirokchilar quyidagilarga ega bo‘ladilar:
⚜️ Bir vaqtning o‘zida 3 ta xalqaro darajadagi sertifikat;
⚜️ Amaliy stajirovka dasturi;
⚜️ Tanlov asosida 100 nafar ishtirokchiga jami 100 million so‘mlik ta’lim vaucherlari;
⚜️ Iqtidorli bitiruvchilarga IT kompaniyalarda ish tajribasini oshirish imkoniyati.

➡️ Taqdim etiladigan yo‘nalishlar:
1. “Dasturlash mutaxassisi” sertifikati;
2. “Robototexnika muhandisi” sertifikati;
3. “Dron foydalanuvchisi” sertifikati.

Dastur yakunida maxsus musobaqa tashkil etiladi va g‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

3+ loyihasining o‘ziga xos afzalliklari:
👀 Xalqaro tajribaga ega mutaxassislar tomonidan ta’lim beriladi;
👀 Har bir modul — amaliy mashg‘ulotlarga boy;
👀 Yangi texnologiyalar bilan bevosita ishlash imkoniyati.

Kurslar quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:
• Dasturlash tillari va qurilmalar uchun dastur yaratish;
• Robototexnika qurilmalari va sensorlar bilan ishlash;
• Dronlardan foydalanish va noodatiy loyihalar ustida ishlash;
• Xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik.

Dastur muddati: 2 hafta
📬 Mashg‘ulotlar shakli: qisqa muddatli va amaliy

🔗 Joylar soni cheklangan!
Ro‘yxatdan o‘tishga shoshiling!

🗺Manzil: TATU, D-binо, 112-xona
✒️ Aloqa: +998 90 970 10 70
Batafsil ma’lumot: Telegram sahifamizda

🗒 Joylar soni cheklangan — hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!

🚀 3+ — bu shunchaki o‘quv kursi emas, bu — kelajakka qadam!

🕊 Telegram 📱 Instagram 📺 YouTube 📱 Facebook Tuit.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sotuv Operator / Administrator (Faqat Qizlar uchun)

💵 Maosh: 1.500.000 so'm - 4.000.000 so'm

📍 Toshkent shahar Yunusobod tumani Bodomzor masjidi ro’parasida

⏱️ Ish vaqti: Erkin grafik kunlik 5-8 soat

Firma: Robotics Lab

Vazifalar: ☑️Xushmomila bo'lish
☑️ Doimiy o'rganib, rivojlanishga intilish

Taklif: Qulay lokatsiya (Bodomzor metro)
Office sahroit, muhit
Stabilniy oylik
O'sib boruvchi oylik (Bonus)

📞 Aloqa: Telegram orqali: @mitim_ceo
💡 "Bo‘lajak olim" tanlovi doirasida "Mudofaa sohasidagi ilmiy g‘oyalar" tanloviga arizalar qabul qilish boshlandi

Tanlov ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablar:
- Tanlov ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi shart;
- Tanlov ishtirokchilari ilmiy darajasi, unvoni, lavozimi va ish joyidan qat’i nazar 40 yoshdan oshmasligi lozim;
- Har bir ishtirokchi faqat bitta loyiha bilan qatnashishi mumkin.

Taqdim etilgan ilmiy g‘oyani amalga oshirish uchun so‘raladigan mablag‘ miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravarigacha bo‘lishi kerak;

Ariza topshirishning so‘nggi muddati: 18-may, 2025
🚀 Ro‘yxatdan o‘tish

---------------------------------

#imkoniyatlar
https://t.me/RoboticsLab
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from Zarif Qodirov
1 million dollarlik tanlov: “President Tech Award”’ning yangi mavsumi boshlandi

Tanlov ikki toifa bo‘yicha o‘tkaziladi — asosiy va maxsus. Unda o‘z startaplarini taqdim etgan va IT yo‘nalishda innovatsion yechim taklif etgan ishtirokchilar g‘olib bo‘ladi.

🏆Asosiy mukofotlar:
• 1-o‘rin — $100 000;
• 2-o‘rin — $50 000;
• 3-o‘rin — $30 000.

Maxsus toifa uchun mukofot: $100 000

Yo‘nalishlar:
sun’iy intellekt texnologiyalari;
ijtimoiy yo‘nalishlarda raqamli texnologiyalar;
Micro-SaaS va AdTech sohasidagi texnologik yechimlar;
kompyuter va mobil o‘yin dasturlar;
tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar;
maxsus yo‘nalish: Hakaton.

Ro‘yxatdan o‘tish

Tanlov shartlari, jadvali va rasmiy toifalar tez orada e’lon qilinadi.

Reklama

https://t.me/qodirov_zarif
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2❤‍🔥1
Forwarded from TATU | Rasmiy kanali
#TUIT #TATU_yoshlari #ICTacademy #DigitalTalent #DigitalUzbekistan #ICTheFuture #ğalaba

🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari Xitoyda bo'lib o'tgan Huawei ICT Competition xalqaro tanlovida faxrli 3-o'rinni egallab 4 ta medalni qo'lga kiritdi.

🎓 O‘zbekistonlik talabalar Xitoyning Shenchjen shahrida bo‘lib o‘tgan Huawei ICT Competition global finalining innovatsion trekida ishtirok etishdi. Unda 48 mamlakat va mintaqadan 179 jamoa ishtirok etdi.

🌐 100 dan ortiq mamlakat va mintaqalardan 2000 dan ortiq kollej va universitetlardan jami 210 000 dan ortiq talaba va o‘qituvchilar milliy va mintaqaviy darajalarda bosqichma-bosqich o‘tkazilgan to‘qqizinchi Huawei ICTcompetition 2024-2025 musobaqalariga qo‘shilishdi.

🏅TATU talabalari final bosqichida o'zlarining "Sahiya" nomli loyihalaridagi  yangi innovatsion yechimlarni taqdim etib faxrli 3-o'rinni egallashdi hamda 4 ta medalni qo'lga kiritishdi.

🎉 Talabalarimizni ushbu yutuqlari bilan samimiy tabriklaymiz! Yanada yuqori cho‘qqilarni zabt etishlarini tilab qolamiz!

🚀Telegram  📷Instagram 🎬 You Tube  🔵Facebook Tuit.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥32👏1🎉1👨‍💻1