REVO Global LLC
324 subscribers
64 photos
27 videos
58 links
REVO Global — инновационная ИТ-компания

📞 Телефон: +998 77 232 66 66

🌐 Веб сайт: https://revolution.uz/
Download Telegram
REVOLUTION GLOBAL’DA — SUMMER VIBES

Revolution Global jamoasi yoz davomida amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish, natijalarni baholash va yangi rejalarni belgilash uchun SUMMER VIBES tadbirida birlashdi.

Tadbirni REVO asoschisi @Yura_Sultonov o‘z taqdimoti bilan boshlab berdi. U kompaniya oldiga qo‘yilgan katta maqsadlarga erishishda, avvalo, jamoaning bir yo‘nalishda birlashishi muhim ekanini ta’kidladi. Shuningdek, oldinda REVO jamoasini yanada yirik loyihalar va yangi bosqichlar kutayotganiga alohida to‘xtaldi.

Kompaniyaning HR yo‘nalishi taqdimotida esa ichki jarayonlarni tizimlashtirish, jamoa bilan ishlash va kompaniya rivoji uchun muhim bo‘lgan yo‘nalishlarda amalga oshirilgan ishlar ko‘rsatib berildi.

Avtomato jamoasi platformada amalga oshirilgan ishlar va kelgusi rejalar haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, to‘lov o‘tkazmalari bilan bog‘liq yo‘nalishdagi ishlar va istiqboldagi vazifalar taqdim etildi.

Qisqa vaqt ichida faoliyatini yo‘lga qo‘ygan REVO Media jamoasining natijalari esa ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Amalga oshirilgan loyihalar, shakllanayotgan yangi media yondashuv va qisqa davrda erishilgan ko‘rsatkichlar ko‘pchilik tomonidan ijobiy baholandi.

REVO Lab ham yoz davomida amalga oshirilgan ishlar, qo‘llab-quvvatlangan tashabbuslar va erishilgan natijalar bo‘yicha o‘z sarhisobini taqdim etdi.

Tadbirning alohida qismi e’tirof va taqdirlash marosimiga bag‘ishlandi. O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan kompaniya rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan eng faol xodimlar taqdirlandi.

SUMMER VIBES — yozning sarhisobi, yangi bosqichning boshlanishi.

Telegram | Instagram | YouTube | web-site
👍124❤‍🔥2🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK!

Mustaqillik — o‘z kelajagimizni o‘zimiz yaratish, yangi g‘oyalarni amalga oshirish va katta maqsadlar sari dadil qadam tashlash imkoniyatidir.

Bugun O‘zbekiston zamonaviy texnologiyalar, innovatsiyalar va yangi tashabbuslar bilan taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘ymoqda. Revolution Global jamoasi ham ushbu rivojlanishning bir qismi bo‘lib, yangi loyihalar va raqamli yechimlar orqali yurtimiz kelajagiga munosib hissa qo‘shishga intiladi.

Revolution Global jamoasi O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan tabriklaydi!

Mustaqilligimiz abadiy, taraqqiyotimiz bardavom bo‘lsin! 🇺🇿

Telegram | Instagram | YouTube | web-site
7🫡3❤‍🔥2👍1🔥1