Research Focus (ReFocus) ISJ
672 subscribers
303 photos
10 videos
325 files
496 links
Research Focus xalqaro ilmiy jurnali rasmiy Telegram kanali.
ISSN: 2181-3833

📩 Maqolalar qabuli: @ReFocus_Admin
🌐 Rasmiy sayt: https://refocus.uz
📷 Instagram: https://instagram.com/Research_Focus_ISJ
📘 Facebook: https://facebook.com/ResearchFocusISJ
Download Telegram
Forwarded from Ilmiy boʻlim yangiliklari NamDPI (Tursunov Ramziddin Abdixalilovich)
#seminar_trening
#ilmiy_tadqiqot

Namangan davlat pedagogika institutida 11-aprel kuni saot 10:00 da Kongress zalda Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazining “Ilmiy tahririyat va noshirlik” boshqarmasi yetakchi mutaxassisi Saloydinov Sardorjon Qodirjon o‘g‘li ishtirokida seminar trening mashg'ulotlari o'tkazilishi belgilangan.

Treningda professor-oʻqituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar hamda yosh olimlar uchun Mualliflar oʻrtasida Researchgate.com, Academia.edu platformalaridan foydalangan holda H-indeks koʻrsatkichini oshirish bo‘yicha ma'lumotlar berib o'tiladi.

💻 Online ishtirok uchun zoom havolasi: https://us06web.zoom.us/j/87857158811?pwd=ii195ylpS3xa1mlyHt9B4j6GkwUVub.1

Identifikator: 878 5715 8811
Kod: 343943

Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi
👍41🔥1
#Seminar

Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazining Ilmiy tahririyat va noshirlik boshqarmasi mutaxassislari tomonidan Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti hamda Namangan davlat pedagogika institutlarida Researchgate.com, Academia.edu platformalaridan foydalangan holda h-indeks koʻrsatkichini oshirish bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi.

Professor-oʻqituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar hamda yosh olimlar ishtirokida o‘tgan seminarda shuningdek Scopus ma’lumotlar bazasi, bazadan foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtish hamda Scopus bazasida jurnallarni izlash bo‘yicha zaruriy ma’lumotlar ham berildi.

Facebook | Telegram | Web | Instagram
👍31
Forwarded from UBS_Ilmiy yangiliklari
#Seminar


📅📅8-aprel kuni
University of Business and Science NTD binosida

Innovatsion rivojlanish agentligi Ilmiy texnik markazi yetakchi mutaxassisi
Sardorbek Saloydinov

Universitetimiz oʻqituvchi-pedagoglari hamda talaba yoshlariga ilmiy tadqiqot olib borish yoʻllari shu jumladan
ResearchGate, Academia.edu,
hamda h-index masaları boʻyicha seminar oʻtkazdi.


Seminarga yegʼilganlar ʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi

https://t.me/ubs_ilmiy
👍41
Forwarded from Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti (Rustamova Sevara Komiljonovna)
Ilmiy platformalarda milliy tadqiqotchilar faolligini oshirishga qaratilgan seminar-trening

🏛 Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida Innovatsion Rivojlanish Agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi bilan hamkorlikda Researchgate.com, Academia.edu platformalaridan foydalanish orqali H-indeks ko‘rsatkichini oshirish” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

🟢Tadbir institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Yakubbayev Murodilla Marufovich tomonidan ochib berildi. U o‘z nutqida zamonaviy tadqiqotchining raqamli maydondagi faolligi, xalqaro ilmiy platformalarda ishtirok va H-indeks ko‘rsatkichining bugungi ilmiy ekotizimdagi ahamiyati haqida so‘z yuritdi.

🟢Seminarning asosiy ma’ruzachisi — Innovatsion Rivojlanish Agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazining “Ilmiy tahririyat va noshirlik” boshqarmasi yetakchi mutaxassisi Saloydinov Sardorbek Qodirjon o'g'li bo‘ldi. U o‘z chiqishida Researchgate, Academia kabi global platformalarning ilmiy karerani shakllantirishdagi o‘rni, ularning algoritmlari, ilmiy maqolalarning indekslanish jarayoni hamda shaxsiy H-indeksni oshirish usullari haqida atroflicha ma’lumot berdi. Qolaversa, amaliy mashg‘ulotlar davomida tadqiqotchilarga profil yaratish, nashrlar joylashtirish va iqtibos olish imkoniyatlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muhim tavsiyalar berdi.

🟢Tadbirda institutning professor-o‘qituvchilari, yosh olimlar, ilmiy xodimlar va izlanish olib borayotgan magistrantlar faol ishtirok etdilar.

Zero, ilm-fan – global axborot maydonida yuksaladi. Raqamli iz qoldira olgan olim – kelajak ilm-fanining yo‘lboshchisidir.

📝Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Axborot xizmati

🔹Bizni kuzatishda davom eting

🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook
🔹Youtube 🔹Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31👏1
Forwarded from Ilmiy boʻlim yangiliklari NamDPI (Azizbek O'rmonjonov)
😊😊😊😊

🏛 Namangan davlat pedagogika institutida Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazining “Ilmiy tahririyat va noshirlik” boshqarmasi yetakchi mutaxassisi Saloydinov Sardorjon Qodirjon o‘g‘li ishtirokida seminar trening mashg'uloti tashkil etildi.

🔹 Seminarda, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor Murodxon Qodirxonov, Ilmiy tadiqoqtlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi boshlig'i Javoxir Yuldashev, professor-o'qituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlauvchilar hamda magistrlar ishtirok etishdi.

🔹 Seminar treningda mutaxassis tomonidan Researchgate.com, Academia.edu platformalaridan foydalangan holda H-indeks koʻrsatkichini oshirish, Scopus bazasidan to'g'ri foydalanish hamda xorijiy ilmiy grantlarda ishtirok etish bo'yicha atroflicha ma'lumotlar berib o'tildi va seminar ishtirokchilari o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:

Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5