O'zbek tili va adabiyoti (Davron Akbar bilan)
63.3K subscribers
1.59K photos
163 videos
480 files
759 links
Davron Akbarning sahifasiga xush kelibsiz!

Kanalda test kitoblarimiz haqida ma'lumot, sara testlar, shuningdek, ta'lim yangiliklari berib boriladi.

Manzil: Namangan viloyati

Donat: https://tirikchilik.uz/davronakbar

Reklama: @Renessansstudy_reklama
Download Telegram
Forwarded from Xalq ta’limi Info
“X-variant” mojarosi davom etadi: imtihondan 1 kun oldin mavjud bo‘lgan “Yangi fayl” tahririyatga yetib keldi va undagi 31 ta test savoli imtihonda tushgani ma’lum bo‘ldi

Joriy yilning 2-aprel kuni (imtihondan 1 kun oldin) mavjud bo‘lgan yana bir fayl tahririyat ixtiyoriga kelib tushdi. Unda 72 ta savol mavjud bo‘lib, hozirgacha aniqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, ularning 31 tasi 4, 5 va 7-aprel kunlari tarix fanidan bo‘lib o‘tgan “Milliy sertifikat” imtihonlarida tushgan.

Avvalroq imtihondan oldidan o'tkazilgan audiochatda o‘qib eshittirilgan 50 ta savoldan 33 tasi “Milliy sertifikat” imtihonlarida tushgani haqida xabar bergandik.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1590

Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.


Telegram l Instagram l YouTube
🥴9836😢21🔥20🤔8👏7😁1🕊1
Tarixchilardan faollar prokuratura (1007) ga telefon qilib ariza qoldirsin. Nizomga ko'ra savollar (aynan savol so'zma-so'z mos kelmasa ham, mazmun bir xil) avvaldan sizdirilsa, imtihon natijalari bekor qilinishi lozim.

Agentlik bunaqa lag'mon osishlarga to'la bayonoti bilan vaziyatni yumshata olmaydi va buni o'zining foydasiga hal eta olmaydi. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar X variantni (haqiqatdan, X variant chiqqani tasdiqlansa) aynan agentlikdagi qaysi odam sotdi (berdi), uni kimga sotdi, sotib olgan yana kimlarga sotdi - barchasini aniqlashi kerak.

@Renessansstudy
💯17661🥴24😐7🤷‍♀64🤔3🔥2🥰2😁2🕊1
Trollar armiyasi kelib, hammasi shaffof demasin, iltimos. Odamlar ishonmay qo'ydi. Yangi ma'muriyat davrida erishilgan eng katta g'alaba imtihon tizimining shaffofligi deb bilardim, ammo ko'p narsalarni ko'rdim, oxirgi bu voqealar esa bu fikrimni chilparchin qilib tashladi.

Kimdir kelib, vatanparvarlar ishlaydi-da, desa, ko'nglim ayniydigan bo'lib qolibdi. Ko'rdim vatanparvarlarning ahvolini...

@Renessansstudy
127💯77😁33👍19🔥15🤔5🥴4❤‍🔥2🕊1🐳1
охирги версия узб (2).pdf
174.3 KB
$1000 lik yopiq guruhda imtihon avvalida o'qib eshittirilgan va imtihonda 31 ta savoli tushgan fayl. Ushbu fayl X variant sifatida foydalanilgan deb iddao qilinmoqda.

Ushbu fayldagi savollar aynan imtihondan avval o'qib eshittirilgani haqida audio, video dalillar borligi Xalq ta'lim info nashri tomonidan e'lon qilindi.

Mazkur nashrning ta'kidlashicha, bundan boshqa yana bir qancha dalillar ham mavjud.

@Renessansstudy
146😁58🔥22😢22💯13💔13🤔10👏7🥴76🕊2
O'zbek tili va adabiyoti (Davron Akbar bilan)
Bilimni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-amaliy markazda yozma topshiriqlarni baholash va test savollarini shakllantirish yuzasidan o'qituvchilarni tashqi ekspertlikka qabul qilish va o'qitish borasida bir nechta murojaatlar kelib tushmoqda. Unda darslar…
Bilimni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy amaliy markazi bu murojaatimiz bo'yicha munosabat bildiribdi.

Unda:

"Assalomu alaykum,

1) Malaka oshirish kursi mashg‘ulotlari hali yakunlanmaganini inobatga olishingizni so‘raymiz. Hozirga qadar faqat 1-modul nazorat ishlari yakunlandi. Mazkur kurs  “Test topshiriqlarini shakllantirish va yozish ko‘nikmalarini baholash” bo‘lib, jami 32 soatdan iborat va 20-mayga qadar davom etadi.

2) 1-modul yakuniy natijalari bugun 5-may kuni
@MonitoringExpertBot
bot orqali e’lon qilindi. Hali 2- modul bor.

3) Shu bilan birga, kursda ishtirok etish majburiy emas.

4) Mazkur kurs ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan pedagoglar uchun kasbiy rivojlanishga xizmat qiluvchi qo‘shimcha imkoniyat sifatida tashkil etilgan.

5) Bu kurs Bilimni baholash va testologiya sohasi bo'yicha ko'nikmaga ega bo'lishni istagan barcha xohlovchilar uchun.
https://t.me/IlmiyMarkazUz/935

6) Kurs davomida ekspertlikka 100 foiz qabul qilinishi yuzasidan kafolat yoki va’da berilmagan.
https://t.me/IlmiyMarkazUz/935

7) Modul yakunida yozma ishlar xolis baholanib, ijobiy natijalarga erishgan, yetarli tajriba va kasbiy kompetensiyaga ega pedagoglarga tashqi ekspertlikka qabul qilish bo‘yicha taklif berilishi e'londa ham ta'kidlangan.
https://t.me/IlmiyMarkazUz/935

8) Bunda asosiy e’tibor pedagogning bilim darajasi, mas’uliyati, mustaqil fikrlashi hamda har tomonlama adekvat yondashuviga qaratiladi. Zero, ekspertlik faoliyati insonlar taqdiri bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan mas’uliyatli jarayondir.

9) Shuni alohida ta’kidlash joizki, BMBA Ilmiy-o‘quv amaliy markazi faoliyatida ochiqlik, shaffoflik va xolislik tamoyillariga qat’iy amal qiladi hamda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslikni ustuvor vazifa sifatida belgilagan.

10) Shu munosabat bilan, tanlov jarayonlariga nisbatan xolis yondashuvni to‘g‘ri tushunishingizni, masalani keskinlashtirmasdan, kurs yakuniy natijalarini kutib, umumiy jarayon asosida baho berishingizni so‘raymiz. Turli instansiyalarga murojaat qilishdan avval mavjud tartib va jarayonlarga hurmat bilan yondashish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Hurmat bilan,
Ilmiy-o'quv amaliy markazi"
deyiladi.

Murojaatimizga javob berilgani, pedagoglar bilan konstruktiv muloqot olib borilganidan xursandmiz va mas'ullarga minnatdorchilik bildiramiz!

@Renessansstudy
136❤‍🔥24👍24🙏9💯7👏5🔥4😁3🤝1
Alloh barcha iymonda o'tgan mo'minlarni, yaqinlarimizni, shahidlarimizni rahmatiga olsin! Avlodlarimizdan Imom Buxoriyday zabardast ulamolarni chiqarsin.

@Renessansstudy
1738🔥126❤‍🔥81💯47👍31👏24🕊19🥰12🐳11💘6🤗5
Bir gap eshitdim, ammo qattiq ta'sir qildi: "Ustozga muhabbat bo'lmasa, ilm yuqmaydi".

Men qadar, pokdillik, ustoz roziligi va bir nechta boshqa narsalarni ta'kidlar edim, shu yerda muhabbat ham juda muhim ekanini tushunib yetdim.

@Renessansstudy
👏319152💯88❤‍🔥38😁33🔥26🤔5😘5🤯3🤓1😨1
Yumor/satira qilinmagan gap-so'zlarga 😁 hisbelgisini bosadiganlarga hech tushunmayman. Yo farosat tarqatilayotganda yetmay qolgan, yo Xudo berishni xohlamagan!

Bu postga bossa bo'ladi, omalayketin!

@Renessansstudy
😁62196🥴34🔥28💯26😭12🙉9🤯8👀6🥰4🕊3
Forwarded from ❤️Dilrabo Rahmonova🩵
━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━
📣📣📣 B E P U L V E B I N A R 📣📣📣
━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━
🇹🇷 Turk tilini 0 dan oson va qulay o‘rganmoqchimisiz? 🇹🇷
🤔 Ammo qanday boshlashni bilmayapsizmi?
💡 Unda aynan siz uchun ajoyib imkoniyat!
📅 Sana: 10-maydan 15-maygacha
🗓 Davomiyligi: 5 kun
Vaqti: Har kuni kechki soat 20:00
👩‍🏫 Darslar 5 yil Turkiyada yashab kelgan tajribali ustoz
Raxmonova Dilrabo bilan olib boriladi! 🇹🇷
🔥 Bu darslarda siz:
0 dan boshlaysiz
Eng oson usullarni o‘rganasiz
Amaliy bilimlarga ega bo‘lasiz
🚀 Siz ham imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
📲 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting va rivojlanishni boshlang!
💬 Joylar cheklangan! Shoshiling! https://t.me/+PKRL1wIP57syODcy
26😁10👍7
Ravish so'z turkumiiiii (test).pdf
196 KB
Ravish so'z turkumidan test topshiriqlari

Muallif: Davron Akbar

Mazkur test topshiriqlari Davron Akbarning online guruhidagi eskirgan test materiallari sifatida e'lon qilinnmoqda...

@Renessansstudy
👍3116❤‍🔥9🥰1🤗1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu holat Rash modeli bizda umuman ish bermayotganini ko'rsatadi. Avvalo, maqsad Rash orqali yanada adolatli tekshirish edi, ammo bu bizga teskari effekt berdi.

Bu tizimni yo isloh qilishsin, yo klassik test tizimiga qaytarishsin. Kimdir 1 oyda eplasa nima qilibdi demasin, men 5 yil tarix o'qiganman, uning qanday mashaqqatli ekanini bilaman. 1 oyda bunaqa natija qilishlariga ishonmayman.

Shu daraja olganlarga 10 ta majburiy fan tarix beringlar edi, maksimal ishlay olmaydi.

@Renessansstudy
🤯112💯6139👍16😭7🔥4💔3
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️

Tushgan testlardan RASH test;

⬇️Siz bu testni ishlamasdan imtihonga kirmang!

😀 RASH tizimi asosida olinadigan testimiz orqali siz:

Eng so‘nggi tushgan savollar tiklangan;
Haqiqiy imtihon darajasiga maksimal yaqin;
Bilimingizni aniq baholab beradi;
Kuchli va sust tomonlaringizni ko‘rsatadi;
Test orqali real natijangizni bilasiz;
Imtihondagi ehtimoliy ballingizni oldindan ko‘rasiz;

😄Natija qilmoqchimisiz?
😎Unda oddiy test emas, to‘g‘ri tanlangan testni ishlang!

10-may kuni 20:00 dan 23:00 gacha boʻlib oʻtadi.

😎 @Onatiliquiztest
😎 @Onatiliquiztest
😎 @Onatiliquiztest
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
60👍27🔥15😁1
Forwarded from Bektosh Khatamov
Х вариантлар тарқаб кетса, билимли абитуриентларга бу таъсир қиладими?

Миллий сертификат имтиҳонларида (масалан, она тили ва адабиёт ёки бошқа фанлардан) Rash (Раш) модули бу тест синовларининг математик-статистик таҳлил қилиш модели бўлиб, у натижаларни адолатли ва объектив баҳолаш учун хизмат қилади.

Оддий қилиб айтганда, Раш моделида фақатгина тўғри жавоблар сони эмас, балки саволларнинг қийинлик даражаси ва абитуриентнинг билим даражаси ўртасидаги боғлиқлик ҳисобга олинади.

Агар Х вариантлар тарқалса, бу билимли абитуриентга тўғридан тўғри таъсир қилади. Буни оддий тилда тушунтириб бераман.

1. Саволларнинг "вазни", яъни қийинлиги. Раш моделида ҳамма саволлар бир хил қийматга эга бўлмаслиги мумкин. Агар саволга деярли ҳамма тўғри жавоб берган бўлса, бу савол осон ҳисобланади.

Агар саволга жуда камчилик тўғри жавоб берган бўлса, бу савол қийин деб таснифланади. Қийин саволни ечиш номзодга юқорироқ балл (логитларда) беришга хизмат қилади. Х вариант ўқиган абитуриентлар қанчалик қийин саволларга кўпроқ тўғри жавоб берса, шунчалик ҳақиқий билимга эга абитуриент пастроқ балл олади.

2. Логит (Logit) шкаласи
Раш моделида натижалар фоизларда эмас, балки логитларда ўлчанади. Бу шкала номзоднинг билим даражасини ва тест саволининг қийинлигини бир хил ўлчов бирлигига келтиради. Кейинчалик бу логитлар биз ўрганган 100 баллик ёки бошқа шкалага конвертация қилинади.

3. Тасодифий топиш (Guessing) эҳтимоли. Раш модель номзоднинг саволни ҳақиқатда билиб ечганини ёки шунчаки тасодифан (таваккал) белгилаганини ҳам математик таҳлил қила олади. Агар номзод жуда қийин саволларни ечиб, энг осон саволларда хато қилса, тизим буни "ноодатий ҳолат" сифатида қайд этиши мумкин.

4. Адолат мезони.
Раш моделининг энг катта афзаллиги шундаки, у имтиҳон топширган турли гуруҳларнинг натижаларини солиштириш имконини беради. Агар сизга тушган вариант бошқаларникидан қийинроқ бўлса, Раш модели шу қийинлик даражасини ҳисобга олиб, баллингизни мослаштиради (яъни қийин вариант тушганлар адолатсизлик қурбони бўлмайди).

Лекин биз ўзбекмиз-ку, шуни ҳам йўлини қиламиз.

@bektoshkhatamov
90😁17🔥11🥰5👀5❤‍🔥2👏2🙈1
Menda qiziq savol bor-da! Hech o'yimga yeta olmayapman.

X variant tarqalgani rost bo'lib chiqsin ham deylik. Hammasi iziga tushdi ham deb hisoblaylik. Agentlik juda murakkab tizim bo'lgan Rashni tatbiq eta oldi, juda murakkab bo'lgan online ro'yxatdan o'tkazish ishini uddaladi, juda murakkab bo'lgan miqdorda imtihonlarni o'tkazyapti. Faoliyati deyarli raqamlashib bo'ldi.

Asosiy savol shuki, nega shu testlarning maxfiyligi borasida hamon oqsayapti. Shunday katta tizimni qura olgan tashkilot testlarning maxfiyligini ta'minlay olmaydigan darajada zaifmi?

Konkret holatda ma'lum shaxslarga testga kirish huquqi berilib, aynan shu shaxslar nazoratda tutishning imkoni yo'qmi? Test shunchalik darajada ko'p kishining qo'lidan o'tadimi? Nahot elektron bazadan kim olganini bilib bo'lmasa?!

Har bir viloyatda Bunkerlik bilan nom chiqarganlar bor, ularni hamma taniydi, nega shular orqali aniqlash imkoniyati ko'rilmaydi?!

Agar testni qo'liga olishi mumkin bo'lgan xodim kam bo'lsa, soxta xaridor bo'lib ham aniqlasa bo'ladi-ku! Banklar faoliyatida ham minglab xodimlar ishlaydi, ularning ko'pida "dostup" bor, lekin ular pullarni "uxlatib" ketayotgani yo'q-ku! Bu imtihondan kelayotgan mablag' uncha-muncha banknikidan yaxshi bo'lsa, nega juda qattiq xavfsizlik choralari ko'rilmaydi?!

Balki, men o'ylagandan ko'ra murakkabdir, ammo qilaman degan odam, albatta, qiladi! Agar vakolatim ertaga bormi-yo'qmi, foydalanib olay deyilsa, bu imkonsiz ish.

@Renessansstudy
1218👏84🔥39👍37🤔11💔11🤷‍♀96🥴6🥰2💘2