O'zbek tili va adabiyoti (Davron Akbar bilan)
63.4K subscribers
1.59K photos
163 videos
480 files
759 links
Davron Akbarning sahifasiga xush kelibsiz!

Kanalda test kitoblarimiz haqida ma'lumot, sara testlar, shuningdek, ta'lim yangiliklari berib boriladi.

Manzil: Namangan viloyati

Donat: https://tirikchilik.uz/davronakbar

Reklama: @Renessansstudy_reklama
Download Telegram
RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda aprel oyining boshida o‘tkazilgan tarix fanidan milliy sertifikat imtihonining savollari oldindan tarqalgani va sotilgani haqida fikrlar tarqalmoqda.

Unda test topshiriqlari va ularning javoblari Telegramdagi yopiq guruhda audiochat orqali o‘qib eshittirilgani va ularning aksariyati imtihonda tushgani aytilgan.

Ushbu audiofayllar Agentlikda mavjud bo‘lib, audiofayllar va internetda tarqatilayotgan ma’lumotlar Agentlik tomonidan o‘rganib chiqildi va quyidagilar ma’lum qilinadi:

1. Agentlikda test topshiriqlari maxsus rejimdagi binoda shakllantiriladi va ularning maxfiyligini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilgan.

2. Tarix fanidan milliy sertifikat imtihonlari 2026-yil 4-aprel (3 smena), 5-aprel (3 smena) va 7-aprel (2 smena) kunlari jami 8 ta smenada o‘tkazilgan. Bunda talabgorlarga har bir smenada 55 tadan test topshirig‘i berilgan. Ushbu imtihonda jami 400 tadan ortiq test topshirig‘idan foydalanilgan.

Audiochatda o‘qilgani aytilgan test topshiriqlari aprel oyida o‘tkazilgan imtihonlarda foydalanilgan 400 dan ortiq test topshiriqlari bilan solishtirilganda, ularning 33 tasi mazmunan o‘xshash ekani aniqlandi (so‘zma-so‘z bir xil emas). Ular turli smenalarga yoyilgan bo‘lib, bitta smenaga eng ko‘pi bilan 6 ta test topshirig‘i to‘g‘ri kelmoqda (1 ta smenada 55 ta test topshirig‘i ishlatiladi).

3. Hozirda ushbu imtihonning natijalarini xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblash hamda imtihon natijalarining klassik va zamonaviy test nazariyalari bo‘yicha statistik tahlili amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayon 6-may kuni yakunlanadi va test natijalari e’lon qilinadi. Shundan so‘ng imtihon natijalarining statistik tahlilidan kelib chiqib, qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
129🔥29😁19😭17👍12😱12🤔10💯5😐3🎉2🤝1
Otdan tushsa ham, egardan tushmaydi degani shu bo'lsa kerak!

@Renessansstudy
81😁56💯32🔥7👍4🤷‍♀21
Forwarded from Milliytatsiya || Support
🔠🔠🔠🔠🔠🔠 Bu sizning soʻngi imkoningiz boʻlishi mumkin.

Har bir milliy sertifikat imtihoniga kiruvchi odam
Imtihon eshigidan kirmasdan oldin ushbu oltin xazinani ko‘zdan kechirishi zarur. Biz siz uchun barcha muhim asarlarni bitta tizimga soldik!

📚 "QORA KITOB" 40 ga yaqin asar (roman, qissa, drama) tahlili:
​Asar g‘oyasi va syujeti;
​Qahramonlar va joy nomlari;
​Murakkab lug‘atlar va ramzlar;
​Muallif uslubining sirlari.


📖 "SARIQ KITOB"Bilimingizni sinash uchun:
​1000 tadan ortiq maxsus savollar va javoblar to‘plami.


Va shunga o'xshash milliy sertifikat va Attestatsiya uchun kitoblar.

⚡️ Narxi: Bor-yo‘g‘i bir kunlik tushlik pulingiz evaziga bir umrlik bilimga ega bo‘ling!

📩 Buyurtma berish: @milliytatsiya_support
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
100👍19🔥10😁9🥰3😐3🤷‍♂2❤‍🔥2👏1🙏1
Tarixchi - Jalol Boltayev X variant sifatida o'qib eshittirilgan testlar bir nechta to'plamda bo'lganini, audiodagi to'plam bitta 50 talik to'pamning o'zi bo'lgani, undan tashqari, 50 talik to'plamlar yana bo'lishi mumkinligini ma'lum qilmoqda...

Tarixchi pedagog: "Bitta 50 talik to'plamdan 33 ta test tushgan, agentlik esa uni 400 ta testning ichidan tushgan deb suvni tindirishga harakat qilmoqda", - deb ta'kidlamoqda.

Ehtimollarga qaralsa, har bir to'plam bir smenaning testi bo'lishi mumkin yoki qolgan smenalarga boshqa to'plam o'qib eshittirilgan bo'lishi mumkin. Boshqacha talqin etilsa, tarqalgan audioxabarda faqat 50 talik savol aytilgan, u 400 talik savol ichida mavjud bo'lgan, qaysi smenada tushishi ahamiyatsiz qolgan! Nima bo'lgan taqdirda ham, biz bilgan audioda 33 ta savol mazmunan mos kelyapti, hali bilmagan audiolar bo'lishi mumkin, ulardan esa nechtasi tushgani noma'lum!

Agentlikning bergan ma'lumoti bo'yicha, 400 ta savoldan 33 tasi mazmunan yaqin deyilmoqda (bayonotda: "Kimningdir testi biznikiga o'xshab qolgan" deyilganday tuyildi). Ehtimollar nazariyasiga ko'ra ham bunday vaziyatning yuzaga kelishi nolga teng. 11 ta darslikda millionlab ma'lumot bor, 33 ta savol esa mazmunan mos kelib qolishi imkonsiz narsa. X variantda esa odatda mazmun o'qib eshittiriladi, aynan so'zma-so'z aytilmaydi.

Statistikaga qaraymiz deyish talabgorlarning ustidan kulishdan boshqa narsa emas. Mabodo test savollari tarqalgan bo'lsa-yu, statistikangizda muammo kuzatilmasa, hammasi yaxshi deganimi?! E'lon qiladigan statistikangizga kim ishonadi? Qayerdan bilamiz uni qanday tayyorlaganingizni?

Qisqasi, yuqoridagi bayonotdan men bech narsa olmadim, javob ham topganim yo'q, qolganlarni bilmadim!

@Renessansstudy
123😢30🔥25👍10😁10❤‍🔥4🤔4💯2
Bobomning 15 yil oldin aytgan hikoyasidan:

Bozorga mol opchiqqandim, xaridori ko'payib ketdi. Bozorqo'm keldi-da: "Sening moling sabab bozorda to'polon bo'lyapti", - deb urishib berdi. Bozorga mol olaman deb kelganlar ham menga tosh ota boshladilar.

Men keyingi safar yana shunaqa holat bo'lmasligi uchun endi molimga kamroq odamni jalb etaman, bozorga kirib shov-shuv ko'tarmayman. Eng ishongan odamimga sotaman.

Qissadan hissa: molsotar bor ekan, mol ham, xaridor ham, bozor ham bo'ladi. Sotish shakllari o'zgaradi, ammo sotish abadiy qoladi.

@Renessansstudy
😁241💯5855🔥34👍23👏134❤‍🔥4
Sifat so'z turkumi (test).pdf
125.3 KB
Sifat so'z turkumi bo'yicha test topshiriqlari.

Muallif: Davron Akbar

@Renessansstudy
👍5038🔥18🥰4❤‍🔥2👏1
Forwarded from Xalq ta’limi Info
Milliy sertifikat: “X-variant” bo‘yicha yangi tafsilotlar

Avvalroq, aprel oyi boshida o‘tkazilgan tarix fanidan milliy sertifikat imtihonining savollari oldindan tarqalgani va sotilgani haqida xabar bergandik.

Holat bo‘yicha Bilim va malakalarni baholash agentligi rasmiy munosabat bildirdi. Agentlikka ko'ra, savollarning 33 tasi mazmunan o‘xshash ekani aniqlangan, biroq ular so‘zma-so‘z bir xil emas.

Jamoatchilik faollari esa 50 ta savoldan 33 tasining 400 dan ortiq savollar ichida “tasodifan” mos kelishi ehtimoldan yiroq deb aytmoqda.

Ayrimlar esa “X variant”ning bozori chaqqon bo‘lishi uchun “milliy sertifikat” savollari atayin faktik ma’lumotlardan tuzilgan bo'lishi mumkinligini iddao qilmoqda.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1584

Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.


Telegram l Instagram l YouTube
😢8175😁32💯16💔13🔥12🤷‍♀10🤷‍♂9❤‍🔥5👍42
Juda muhim! Eshitmagan qolmasin😁

@Renessansstudy
216👍66🔥53❤‍🔥17👌16😁147👏6🙏4
Sharmandiy qachon tug'ilgan ekan, shuna qip😁

@Renessansstudy
😁31341🔥15🤔11😇6
Bilsangiz, bilarsiz...

Aytaman-u, kitoblarimni ishlamay testga kirmang deb😁

@Renessansstudy
291😁104👍50😱26💯13🤔12🤯8🔥6💔5🤝3🥰1
Kitob ustidagi qizning telefon raqamini berish - $500;

Instagramm linkini berish - $500;

Mabodoga-da endi)))

@Renessansstudy
😁89278😭36❤‍🔥34🙈12🤓8🔥7👻7🤝7🤩3🐳3
Kecha 2-qism kitobimizga kiritilgan matndan tushgan edi, bugun 1-qism kitobimizga kiritilgan badiiy matndan hikoya tushibdi.

Keyingi matnlar ham kitobdan tushadi demoqchi emasman, ammo kitoblarni ishlab chiqing. Bu sizga faqat foydaga ishlaydi.

@Renessansstudy
234👏46🔥38👍24💘10💯7❤‍🔥4🕊4🤝2
Xudo xohlasa, shu besh-to'rtta kanalni kuzatib tursanglar, imtihonning maksimal javoblariga ham ega bo'lib olasizlar - bu kinoya emas lekin)

Hamma, menimcha, ko'rib-bilib turibdi, shamol nima-yu, bulut nima ekanini! O'lmasak, ko'raverar ekanmiz, tavba qildim!

Unaqa-bunaqa deymiz-u, tarix ham takrorlanadigan narsa-da! Tarix odatda bir necha avlod o'tib takrorlanardi, hozir esa bitta avlodning o'zida takrorlanyapti.

Vatanparvarlik qayerda qoldi, o'rtoqlar?!

@Renessansstudy
368😁189🔥46🤔43💯12❤‍🔥11😢11🤯8👏7👍4💘4
"Sochmoq ovuch birla guhar ot uchun" deb boshlanadigan masnaviyni bir necha yillardan beri o'quv dasturimizda tahlil qildiramiz, tahlil qilib beramiz. Buni bir necha yil avval guruhimizda o'qiganlar ham tasdiqlaydi. Nafaqat bu masnaviy, balki boshqa masnaviylar tahlil qilinganda juda ko'pchilik inson darsda qatnashmaydi. Nega desa, sababi bu masnaviylarni tahlil qilishni o'zlariga ep ko'rishmaydi, mensishmaydi. Imtihonda tushsa, xato javob olishganini ko'rsam yoki tahlili qanday ekanini so'rashsa, jonim chiqib ketadi.

Yaratganning adolati shunaqaki, kim nimani mensimasa, o'sha narsa bilan sinaladi. Men bu adolatning mohiyatiga iymon keltirganman.

@Renessansstudy
235👍81🔥44🥰15💯9🤩1