Bugungi kunda Davron Akbar tomonidan nashr etilgan jami kitoblar va ularning suratlari.
"Shedevr testlar" kitobining uchala qismi orqali grammatikani mukammal o'zlashtirasiz.
"Umumiy variantlar" kitobi orqali yozgi hamda perevod imtihonlariga tayyorlanishingiz mumkin.
Milliy sertifikat kitoblarining 1-,2-qismi orqali milliy sertifikat imtihonlariga to'la tayyorlanasiz.
"Eksklyuziv testlar" kitobi orqali bir imtihondan boshqa imtihongacha formani saqab turish maqsadida foydalanishingiz mumkin.
Barcha kitoblarni hududingizdagi kitob do'konlaridan xarid qiling!
@Renessansstudy

🔥57❤33👍30👏4⚡3❤🔥2💯2🤔1🤯1
🥳 Attestatsiyaga BEPUL tayyorlanish imkoniyati!
↗️ Marafonda sizlar bilan Qanday qilib Attestatsiya imtihondan 86+ ball olib 70% ustamaga ega bo‘lish yo‘llarni o‘rganasiz
🎯 Marafonda siz:
✅ Qanday qilib Attestatsiya imtihondan 86+ ball olib 70% ustamaga ega bo‘lish yo‘llarni
✅ Attestatsiya imtihonga to‘g‘ri tayyorlanish qadamlarni
✅ Attestatsiya savollarni oson yechish usullarni o‘rganasiz
Shuningdek, Attestatsiyaga bepul tayyorlanish imkoniyatini qo‘lga kiritishingiz mumkin.
🎁 BONUS: Maxsus sovg‘alar sizni kutmoqda.
👇 Hoziroq qo‘shiling:
👉 Telegram kanalga qo‘shiling
👉 Telegram kanalga qo‘shiling
👉 Telegram kanalga qo‘shiling
Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang — hoziroq qo‘shiling! 👆

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤22🔥5👏1
❤576🔥148👍64🥰53❤🔥28💯26💘20🕊12🫡8⚡4😁3
Forwarded from Orif Tolib
Atab qoʻyilgan nomlar qoʻshtirnoqqa olinadi
Muassasa, tashkilot, inshoot kabilarning nomini qoʻshtirnoqqa olish-olmaslik masalasida ikkilanishlar, chalkashliklar koʻp uchraydi.
Punktuatsiya qoidalariga koʻra, korxona, tashkilot, muassasa, idoralarning atab qoʻyilgan nomlari, yaʼni shartli nomlari qoʻshtirnoqqa olinadi. Masalan: “Koʻksaroy” qarorgohi, “Yoshlar” telekanali, “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi, “Oila” ilmiy-amaliy markazi.
Shartli nomi yoʻq boʻlgan tashkilotlar nomi qoʻshtirnoqsiz yoziladi: Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Respublika teleradiomarkazi, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi poliklinikasi, Qishloq xoʻjaligini standartlashtirish markazi.
❗️ Biroq tashkiliy-huquqiy shakli koʻrsatiladigan boʻlsa, shartli nomi boʻlmagan tashkilotlarning nomi ham qoʻshtirnoqqa olinadi:
“Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi” davlat unitar korxonasi, “Respublika teleradiomarkazi” davlat unitar korxonasi, “Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi poliklinikasi” davolash-profilaktika muassasasi, “Qishloq xoʻjaligini standartlashtirish markazi” davlat unitar korxonasi.
📌 Demak:
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi” davlat unitar korxonasi, “Koʻksaroy” qarorgohi ✅
“Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi”, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi davlat unitar korxonasi, Koʻksaroy qarorgohi ❌
@oriftolib

❤46👌5🔥4
Forwarded from Orif Tolib
Idora va tashkilotlar nomini yozishdagi xatolar
Koʻzga tez-tez tashlanadigan xatolardan biri tashkilot va muassasalar nomidagi vazirlik, qoʻmita, agentlik, uyushma, assosiatsiya kabi soʻzlarlarni bosh harf bilan yozish. Bu rus tiliga taqlidan yuz beradi. Chunki bu soʻzlar rus tilida tashkilot nomining boshida keladi. Oʻzbekchada ular kichik harf bilan yozilishi kerak:
Demak:
Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ✅
Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi ❌
Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi ✅
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi ❌
Gohida tashkilot nomi tarkibidagi boshqa soʻzlar ham bosh harf bilan yoziladi. Xoʻsh, aslida qanday boʻlishi kerak? Imlo qoidalariga koʻra, oliy darajada boʻlmagan tashkilotlar nomi tarkibidagi birinchi soʻzgina bosh harf bilan yoziladi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ✅
Bandlik va Mehnat munosabatlari vazirligi ❌
Oʻzbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi ✅
Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi ❌
👉 Toʻliq oʻqish

❤34🔥8🥰1
Forwarded from Orif Tolib
Tarixiy yodgorliklar nomi qanday yoziladi?
Tarixiy bino-inshootlar nomlarini qanday yozish haqida punktuatsiya qoidalarida aniq tartib koʻrsatilmagan. Shu sababli mavzuga yaqinroq boʻlgan qoidadan yechim topamiz.
Korxona, tashkilot va muassalarning shartli nomlari, yaʼni atab qoʻyilgan nomlari qoʻshtirnoqqa olinishi, qolgan hollarda qoʻshtirnoqsiz yozilishi haqida eslab oʻtgan edim.
Tarixiy yodgorlik nomida shaxs oti ishlatilgan boʻlsa va bu yodgorlik oʻsha shaxsga bevosita tegishli boʻlsa, unga qoʻyilgan ot odatda shartli nom deb hisoblanmaydi va qoʻshtirnoq ishlatilmaydi: Xudoyorxon oʻrdasi, Olloqulixon madrasasi, Nurullaboy saroyi, Oybek uy-muzeyi.
Agar bino-inshoot nomida joyni bildiruvchi soʻz ishlatilgan va u atab qoʻyilgan nom tarkibida boʻlmay, geografik tushunchani bildirayotgan boʻlsa, qoʻshtirnoq qoʻyilmaydi: Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi, Buxoro arki.
Agar tarixiy yodgorlikka biror shaxs nomi berilgan boʻlsa-yu, u bu bino bilan bevosita bogʻliq boʻlmasa, nom qoʻshtirnoqqa olinadi. Yaʼni bu shaxs madrasa, masjid, kutubxona, saroy, oʻrda kabi inshootlarni qurdirmagan, qurilishiga bevosita sababchi ham boʻlmagan, bu bino unga oid emas boʻlsa va nom ana shu shaxsga hurmat belgisi sifatida, uning sharafiga qoʻyilgan boʻlsa, uni qoʻshtirnoqda berish kerak. Masalan, poytaxtdagi “Abu Hurayra” jome masjidi. Buyuk sahobiy bu masjidni qurdirmagan, qurilishiga bevosita sababchi boʻlmagan. Masjid u kishining sharafiga nomlangan.
Koʻkaldosh madrasasi nomi esa qoʻshtirnoqsiz yoziladi. Nega? Chunki bu shartli nom emas. Buxoro va Toshkentdagi Koʻkaldosh madrasalarini Buxoro xonining vaziri Qulbobo Koʻkaldosh qurdirgan.
Milliy ensiklopediya “Moʻyi Muborak” madrasasi, “Goʻri Amir” maqbarasi kabi birikmalarni qoʻshtirnoqsiz ishlatgan. Vaholanki, bular shartli nom hisoblanadi. Madrasa yoki maqbaraga shunday nom berilgan, uning oti shunday. Eʼtiborlisi, milliy ensiklopediyada madrasa, maqbara, yodgorlik nomlarida umuman qoʻshtirnoq qoʻllanmagan.
Chalkash-a?
Yangilanadigan imlo va punktuatsiya qoidalarida shu kabi holatlarga ham aniq-tiniq javob berilishi zarur deb hisoblayman.
Hozircha esa qiyosiy xulosalarimizga tayanib turamiz.
📌 Demak:
Nurullaboy saroyi, Oybek uy-muzeyi, “Hazrati Imom” majmuasi, “Goʻri Amir” maqbarasi ✅
“Nurullaboy” saroyi, “Oybek” uy-muzeyi, Hazrati Imom majmuasi, Goʻri Amir maqbarasi ❌

❤58🔥16👏3😁2
❤95❤🔥25👍19🔥14💘5
Forwarded from @Menedjer_turk
Hozir boshlamasangiz — bu yilgi imkoniyatlardan ham aniq quruq qolasiz!
Hali ham bakalavr/magistratura/doktorantura uchun sertifikat olmadingizmi? Sizga zoʻr taklif bor 🤩
🇹🇷 Turk tili bo‘yicha INTENSIV tayyorlov kursiga qabul boshlandi!
🎁 Bonus: Asosiy kanalimizda bepul turk tili darslari ham mavjud: Turk Akademiyasi
📅 Oxirgi imtihon — may oyida. Oldingizda atigi 3 oy vaqt bor. Hoziroq roʻyxatdan oʻting va chegirmaga ega boʻling!
📲 Batafsil maʼlumot uchun @Menedjer_turk ga murojaat qiling.

📌 Kursda nimalar taklif qilamiz:
✅ 2.5-3 oy ichida Turk tili milliy sertifikati uchun to‘liq tayyorlov
✅ Okuma, yazma, dinleme va konuşma bo‘yicha alohida ishlash
✅ Eng yaxshi natija ko‘rsatgan o‘quvchilar uchun oylik to‘lovlardan chegirmalar
✅ 1-dars — bepul (ko‘rib, keyin qaror qilasiz)
🎁 Bonus: Asosiy kanalimizda bepul turk tili darslari ham mavjud: Turk Akademiyasi
📅 Oxirgi imtihon — may oyida. Oldingizda atigi 3 oy vaqt bor. Hoziroq roʻyxatdan oʻting va chegirmaga ega boʻling!
📲 Batafsil maʼlumot uchun @Menedjer_turk ga murojaat qiling.
❤25👍6🔥4😁1
😁332👍74❤25🥰15😢11🤓10🔥7💘6🤷♂4🙉4👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😁297❤27😢23🥰5🤔3🔥2💯1🤓1
Bugun Navoiy bobomizning tug'ilgan kuni! Alisher Navoiyning g'azallari, "Hayrat ul-abror" dostoni va boshqa ayrim ijod namunalari bilan hamin qadar tanishgan inson sifatida bu insonni naqadar buyuk siymo ekaniga guvoh bo'lganman. Navoiy ijodini kovlayversangiz, har kuni har xil ma'no chiqaveradi. Men uchun eng qadrli tomoni shundaki, uning ijodidagi mavzular hozir ham dolzarb, go'yo ijodkor bu asarlarni XXI asrda yozgandek.
@Renessansstudy
@Renessansstudy
2❤116💯24👍17👏8🔥4❤🔥2😱1
Matn yozishda / (drop) belgisidan ham foydalanish keng uchraydi. Bu belgi ikkita so'z o'rtasida qo'llanadi va "shulardan biri" mazmunini anglatadi. Grammatik nuqtayi nazari bilan qaralsa, yoki degan bog'lovchining vazifasini bajaradi. Bu belgi asosan bir narsaning ikki xil varianti bo'lsa, ularning ikkalasi ham amalda ekanini tasdiqlagan holda birini tanlash mumkinligini nazarda tutadi.
Misollar:
Imtihon bo'layotgan binoga passsport/ID bilan kiritish belgilansin.
Izoh: hozirgi kunda ayrim insonlarda qog'ozdan yasalgan kitobcha shaklida yashil paspoortlar bor, ayrimlarda esa ID karta (plastik kartaga o'xshaydi) mavjud. Ikkalasi ham amalda, ikkalasi ham yuridik kuchga ega. Boshqa tomonini ham hisobga oling: bu ikki hujjat bir paytda bir kishida jamlanmaydi. Yo unisi, yo bunisi bo'ladi insonda. Shuning uchun aytyaptiki, agar pasporting bo'lsa, shu bilan kirasan, agar ID olgan bo'lsang, shu bilan kirasan, demoqda.
Xulosa: Imtihon bo'layotgan binoga passport yoki ID karta bilan kiriladi.
***
Bank o'tkazmalarini amalga oshirishda fuqarorining plastik kartasi Humo/Uzcard bo'lishi lozim.
Izoh: bu gapda ham xuddi shunday mazmun bor. Fuqaro yo Humo tizimidan, yo Uzcard tizimidan foydalanishi mumkin. Bunda insonda ikkalasi ham bo'lishi mumkin, ammo ikkalasidan birini tanlab o'tkazma qilaveradi.
***
Savol: Ya'ni degan bog'lovchi bilan almasha olmaydimi?
Javob: bu belgi ya'ni bog'lovchisining vazifasini qilsa, unda tire nima qiladi - sigaret chekib chekkada turadimi? (Javob ritorik so'roq gap)

😁69❤55👍8🥰2🔥1💯1
Shu esseni ham siyqasini chiqarib yuborishdi talabgorlar. Dars beruvchi esseni tushuntirishidagi oxirgi chegara bo'lishi kerak. Kirish qismi, asosiy qism va xulosani qanday yozishni o'rgat, baholash mezoni bilan tanishtir. Qolganini talabgorga qo'yib ber, u o'zida borini yozsin, unga nima yozish kerakligini, qaysi gaplar bilan dalillash kerakligini aytishing shart emas. Talabgor saviyasi va farosatidan kelib chiqib yozsin.
Akbar ustoz aytganidek, har xil qoliplar, yolg'on dalillar, statistikalar, sun'iy gaplar bilan dars beruvchilar talabgorlarni chalg'itib tashlayapti. Talabgorlar ham tekintomoq bo'lib qolgan: kim nima berarkin deb o'tiraveradi. Yaxshi maqsadda o'ylab chiqilgan esse tizimini biz - dars beruvchilar bir yerimizga tiqyapmiz. Normal talabgorni shakllantirib bera olmayapmiz. Faqat yodlagich, tekiniga-sekin, bir turtkisiz hech narsani uddalay olmaydigan talabgorlarni maydonga olib chiqyapmiz.
Yana aytaman: kirish qism, asosiy qism va xulosani tushuntiring, baholash mezoni bo'yicha nima qilmaslik kerakligini yaxshilab uqtiring, qolganini talabgorga qo'yib bering. Talabgorlar harakat qilishi lozim bo'lgan maydonga dars beruvchi sifatida suqilmang. Uning yozadigan narsalariga aralashmang.
Hamkasblarimga esa do'stona maslahat: tortishishni to'xtating. Ikkingiz ham yaxshi insonsiz, ikkingizni ham muxlislaringiz ko'p. Biz erkaklarga bu yarashmaydi, ayniqsa, nozik fan hisoblangan tilchilarga yarashmaydi.

❤120💯48🔥19👍7⚡6❤🔥4🥰4😁4😍1