O'zbek tili va adabiyoti (Davron Akbar bilan)
52.3K subscribers
1.31K photos
143 videos
434 files
664 links
Davron Akbarning sahifasiga xush kelibsiz!

Kanalda test kitoblarimiz haqida ma'lumot, sara testlar, shuningdek, ta'lim yangiliklari berib boriladi.

Manzil: Namangan viloyati

Donat: https://tirikchilik.uz/davronakbar

Reklama: @Renessansstudy_reklama
Download Telegram
Mana bu parchani o'qib chiqquncha o'qituvchi 5-6 daqiqa vaqti ketadi. Shunaqa testdan 4-5 ta bo'lsa, hammasi tamom deganiπŸ€¦β€β™‚

@Renessansstudy
😁94❀21πŸ’―17πŸ‘13πŸ’”5⚑2πŸ‘2
Masalan, menga shunaqa test tuzib ber desa, qasamki, milliard bersa ham, tuzib bermayman.

Shuni tuzgan odamlar qanaqa insonlar ekan-a?! Agar mening mana shu yozganlarimni o'qiyitgan bo'lsangiz, sizga yoqmasa ham, maslahat beraman: yig'ishtiring karamsho'rvangizni. Bunaqa testlar bilan ta'limni ham, attestatsiyani ham ketingizga tiqmang. Normal test tuzuvchilarga, shu test tuzishni tushunadiganlarga o'rningizni bo'shatib bering. Hayf sizga bu o'rin.

@Renessansstudy
πŸ”₯208πŸ’―83πŸ‘45πŸ‘40❀28😁19⚑8πŸ₯°7πŸ€”7
⚑️Sizga va'da qilingan sovg'a darslar.

1-sovg'amiz: So'z birikmasi, ajratilgan bo'lak va kiritma mavzulari;
2-sovg'amiz: 4 ta ilmiy matn va uning tahlili;
3-sovg'amiz: 2 ta g'azal testi va uning tahlili;
4-sovg'amiz: Samgin Qurbonov va Yoqub Qurolov tomonidan tuzilgan 44 talik namunaviy test savollari.

Dars vaqti jadvalda ko'rsatilgan; testlar aytilgan vaqtdan 1 soat oldin joylanadi.


Darslar @samgin_qurbonov va @yoqub_qurolov kanallarida bo'lib o'tadi.

Bizni kuzatishda davom eting 😊
❀51πŸ‘19❀‍πŸ”₯7πŸ”₯4πŸ’˜4πŸ₯°1
#Ehtimoliy_muhim

Bir quyosh hajrida chektim oβ€˜tlugβ€˜ afgβ€˜on bu kecha,
Kuymakim dudidin oβ€˜ldi charx giryon bu kecha.

Ul quyosh hijronida har bir qarosi shaklidin
Qoβ€˜ydilar har bir koβ€˜zum bir dogβ€˜i xirmon bu kecha.

Shomi hijronimni bilmonki, bu yangligβ€˜ tuyradur,
Yo qilibtur dudi ohim oyni pinhon bu kecha.

Toβ€˜kti kavkab furqating shomida koβ€˜zum onchakim,
Qoldi gardun yuz tuman koβ€˜z birla hayron bu kecha.

Ey ajal, dodimgβ€˜a yetgil bu qatigβ€˜ holatdakim,
Yoβ€˜qturur paydo mening shomimgβ€˜a poyon bu kecha.

Parchaming tong yelidin oshufta boβ€˜lmush bu kecha β€”
Kim, qilibdur roβ€˜zgβ€˜orimni parishon bu kecha.

Ey Husayniy, yorning koβ€˜ksimga yetgan novakin,
Jon berib qildim buzugβ€˜ koβ€˜nglumgβ€˜a mehmon bu kecha.

@Renessansstudy
❀66
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Maqsadingizga "Shedevr testlar" kitobi bilan tezroq yetasiz, bunga kafolat beraman.

Attestatsiyami, milliy sertifikatmi, yozgi imtihonmi - barchasiga to'liq va mukammal tayyorlanish uchun "Shedevr testlar" kitobining 1-, 2-, 3-qismlarini xarid qiling. Bu uchala qism kitob sizga ona tili grammatikasi, ilmiy matnini aniq yo'nalish va maqsadli holatda chiqarib beradi.

@Renessansstudy
πŸ‘49❀31πŸ‘2
BBAning 2026-2027-yildagi yozgi imtihon spetsifikatsiyasini ko'rib chiqdim. Unda ikki narsa e'tiborimni tortdi.

1) Bitta g'azal tahlili asosida 5 ta savol shakllantirilyapti.

2) Bitta ilmiy yoki publisistik matndan 5 ta savol shakllantirilyapti.

Ha, men bir paytlar
aytgan kunlar kelyapti. Adabiyot savollari borgan sari darslikdan emas, ko'proq baytlardan va mustaqil o'qish uchun ajratilgan asarlardan olinadi.

@Renessansstudy
πŸ”₯100😁41❀38πŸ‘21πŸ‘6❀‍πŸ”₯4
2025-yilning avgust-dekabrida bo'lib o'tadigan attestatsiyaning vazirlik tomonidan e'lon qilingan DEMO testini o'rganib chiqdim.

Ushbu test yaxshi shakllantirilgan, srandartlarga javob beradi. Umid qilamizki, real imtihon ham shu asnoda kechadi.

Men test oson demayapman, aksincha, talablar doirasidagi qiyinlik darajasida tuzilgan. Ammo adolatsiz tuzilgan savollar ham bor. Masalan, talabgor umrida ko'rmagan yoki qayerdadir juda cheklangan holatda duch kelgan so'zning mazmunini so'rash adolatdan emas. Uning o'rniga BBA foydalangan usul - hayotda duch kelingan odatiy so'z (taftish, tafsir, tahqir, maorif, intellekt, kompensatsiya kabi) larning mazmuni so'ralsa, biroz adolatdan bo'lardi.

Bundan tashqari adabiyot savollari juda ko'p. 20+15 formatida savollar shakllantirilsa, juda yaxshi bo'lar edi.

Ikkinchi norozi qilgan narsa bor, bu - pedagogning aynan qaysi doiradagi bilimlari sinalayotganinig mavhumligi. Masalan, pedagog oliy ta'limda olgan bilimlari sinalyaptimi yoki maktab ta'limi doirasidagi bilimlarimi? Agar maktab doirasidagi bilimlari sinalayotgan bo'lsa, unda oliy ta'limga aloqador savollarning nima keragi bor?!

Hurmatli test tuzuvchilar, sizlar testologik standartlar asosida test tuzib beraveringlar, pedagoglarning yaroqlisi o'taversin, yaroqsizi shundoq ham oddiy savollarga xato qiladi. Yiqitishga test tuzsangiz, maqsadingizga yetasiz, ammo adolat mezonlari degan narsaga ham qaranglar, nohaq pastlatish ta'limda ko'plab muammolarga olib keladi.

@Renessansstudy
1πŸ‘227❀38πŸ‘14πŸ”₯9😁3πŸ’―3πŸ€·β€β™€1
Yakshanba kuni kanalimizda Akbar Otaboyev tomonidan "Aruz" haqida dars tashkillashtiriladi.

Darsda aruz vaznining fundamental asoslari tushuntiriladi. Siz darsni yaxshi o'zlashtirsangiz, aruz haqida yetarlicha ma'lumotlarga ega bo'lasiz.

O'sha kun 20:00 da ko'rishamiz.

@Renessansstudy
πŸ”₯141❀35πŸ‘15πŸ₯°12❀‍πŸ”₯4πŸ‘4
A. Qodiriyni otilish sababi.

G'. GΚ»ulom va A.Qahhor qoΚ»l qoΚ»yib bergan hukmda shunday deyilgan:

OΚ»tkan kunlar asarida Otabek Kumush oΚ»lgandan keyin yoΚ»qolib qoladi. Birozdan soΚ»ng Yusufhojiga xat keladi. Unda: "OΚ»gΚ»lingiz ruslarga qarshi Olma Ota (1854) janglarida qahramonlarcha halok boΚ»ldi deyiladi. Shu bilan asar ham tugaydi.

Mana shu soΚ»zlarida siyosiy maqsad yotgan holda yoshlar oΚ»rtasida rus ishchi sinfiga va rus xalqiga qarshi nafrat uygΚ»otish deb qabul qilingan.

Tasdiqlovchilar:

- Shoir Ohundiy
- Abdulla Qahhor va GΚ»afur GΚ»ulom

@Renessansstudy
😒196❀35😱13πŸ‘5✍4πŸ’”4πŸ’―3πŸ‘1
O'zbek tili va adabiyoti (Davron Akbar bilan)
A. Qodiriyni otilish sababi. G'. GΚ»ulom va A.Qahhor qoΚ»l qoΚ»yib bergan hukmda shunday deyilgan: OΚ»tkan kunlar asarida Otabek Kumush oΚ»lgandan keyin yoΚ»qolib qoladi. Birozdan soΚ»ng Yusufhojiga xat keladi. Unda: "OΚ»gΚ»lingiz ruslarga qarshi Olma Ota (1854)…
Ikki shaxs yozuvchi sifatida hurmatga loyiq. Ammo shaxs sifatida juda ko'p savollar bor. Bu Muhammad Yusuf sigaret chekkani kabi ijtimoiy-shaxsiy yoki ahamiyatsiz narsa emas, bu - siyosiy jarayon. Millat oydinlarining qismati!

@Renessansstudy
πŸ’―54😒24❀13😁9
Shu kuzgi mavsum menga juda omadli kelyapti. Ko'p narsalarga erishgandim, yana bularning safiga dasturchimiz ham kelib qo'shildi. Online darslarimizni to'liq raqamlashtiryapmiz. Dars beruvchi faqat dars o'tadi, qolgan barcha texnik ishlarni dastur amalga oshiradi. Qabuldan tortib essegacha.

Yaqin vaqtda telegram chati o'rniga Zoomga o'xshash xos platforma ham tayyorlash niyatimiz bor.

@Renessansstudy
❀‍πŸ”₯70❀29πŸ‘19πŸ‘11πŸ”₯8
πŸ”₯BEPUL GΚ»AZAL VA ESSE TAhLILI

   πŸ”–Noyabrda imtihonga kiruvchilar va attestatsiyaga tayyorlanuvchilar bu siz uchun eng yaxshi imkoniyat.Biz bepul kurslarga start berdik.Kurs davomida siz:
GΚ»azal tahlil qilish yoΚ»llari
GΚ»azallar boΚ»yicha testlar
Namunaviy esselarga ega boΚ»lasiz
   

πŸ“ŒDarslar 5 yillik tajribaga ega "Registon " oΚ»quv markazi "QoΚ»yliq" filiali ona tili va adabiyot oΚ»qituvchisi Durdona Shavkatovna tomonidan olib boriladi.

πŸ•—Dars, payshanba 8-oktabr soat 20:00 da boshlanadi.


πŸ’¬Dars boΚ»ladigan kanal:
https://t.me/Durdona_Shavkatovna
❀30πŸ‘18πŸ”₯4πŸ₯°4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Masalan, biz osmonga chiqib ketaversak, koinotga chiqamiz, ammo yerni kovlab ketaversak, koinotga emas, qaysidir lotin amerikasi (Masalan, Chili davlati) mamlakatining yeridan vulqon otilgandek otilib chiqamiz. Ko'pchilik yerning tagidan teshib chiqamiz deb o'ylaydi, ammo unday emas. Boshqacha aytganda, bizning ostimizda qaysidir davlat bor. Bu ajoyib.

Menimcha, tuprog'i bir yerdan olingan degan gap bekorga bo'lmasa kerak. Yoxud demokratiyaning tagida boshqa demokratik davlat joylashib qolsa kerak. Yokida biz yer kovlayotganda chiqadigan suv balki Tinch ookeaning tubidagi suvdir🀣 Yuqoridagi fikrlarni jiddiy aytdim va yumaloq yer bir yuzada emas, aksincha qaysidir davlatning tagida yana qaysidir davlatning borligi bu ilmiy fakt.

Orif ustozga video uchun alohida rahmat!

@Renessansstudy
πŸ‘52❀22😁17πŸ€”6
Tirikchilik.uz platformasida donat tashkil qildik. Siz bu orqali bizni iqtisodiy qo'llab-quvvatlashingiz mumkin.

Yig'ilgan mablag'lar xayriya maqsadida ishlatiladi. Ham qo'llab-quvvatlash, ham savobni qo'ldan boy bermang.

Donat uchun: https://tirikchilik.uz/davronakbar

@Renessansstudy
πŸ‘25❀18πŸ‘9πŸ”₯1🐳1
Haydovchilik guvohnomasini olish uchun my.gov.uz dan online foydalangandim. Interaktiv portalda online rasmiylashtirilsa, ikki ish kunida pochta orqali yetkazib beriladi deyilgandi.

Mana uch ish kuni ham o'tdiki, pochtadan xabar kutaman, na pochta aloqaga chiqdi, na guvohnoma qo'limga tegdi. Shunayam mas'uliyatsiz bo'ladimi bu pochta degan xizmat?! To'lovini olgandan keyin tezroq yetkazib olib kelmaydimi?!

Bu turishda yana biror hafta kutaman, shekilli. Pochtachi tanishi borlarga tashlab yuboringlar shu xabarni. Rasmiy doirasiga yetib borsin.

@Renessansstudy
😁45❀22πŸ‘6😱5πŸ‘4πŸ‘€4πŸ’―2
Yaqin davrda kanalimiz a'zolarining esselarini tekshirib berish xizmatini ham yo'lga qo'yamiz.

Eng ishonchli mutaxassislarimiz sizning esselaringizni tekshirib beradi va real ballingizni qo'yib beradi. Sababi ekspertlarimiz Bilimni baholash agentligida ham ekspert bo'lib ishlashadi, bu aniqlikni yanada oshiradi. Xizmat, tabiiyki, pulli bo'ladi. Ekspertlarimizdan yuqori aniqlikda tekshiruv, sizdan esse sifatli esse kutib qolamiz.

Bu borada kanalimiz orqali xabar beramiz.

@Renessansstudy
πŸ”₯49πŸ‘24❀9πŸ‘6⚑3
Yangi haftada diagnostik test o'tkazish niyatimiz bor. Kanalimizda real imtihon savollariga yaqin test topshiriqlari beriladi, javoblaringiz Rash modeli asosida tekshirib beriladi, va eng asosiysi, bu test sinovi mutlaq tekin bo'ladi.

Aniq sanasini hafta oxirida kanalimiz orqali aytamiz. Ungacha yaqinlaringizni bundan ogohlantirib turing.

@Renessansstudy
πŸ”₯76❀18πŸ‘15πŸ₯°14
Forwarded from REGBOOKS
πŸ“’πŸ“’πŸ“’πŸ“’πŸ“’πŸ“’
πŸ“šAYNAN SIZ IZLAGAN KITOBLAR!!!

Shedevr testlar I qism (Namuna)
Shedevr testlar II qism (Namuna)
Shedevr testlar III qism (Namuna)


Batafsil maβ€˜lumot uchun:
πŸ“ž +998930082700
βœ‰οΈ Telegram orqali

🌐@ABTbooks - Abituriyentlar kutubxonasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❀13πŸ”₯2
Qodiriy va Cho'lponni otib tashlagan paytda kolxozning ishini qilib yurgan odamlarning avlodlari bir tuki ham o'zgarmagancha hozir yashayapti, yashayapmiz!!!

@Renessansstudy
😒129❀20πŸ’―15🀯9😭7πŸ”₯6πŸ‘2πŸ€·β€β™€1πŸ€”1
Bizga (Davron Akbar jamoasiga) 3 ta esse tekshiruvchi ekspert kerak. Talablar quyidagilar:
1) Sertifikat darajasi faqat A+ daraja bo'lishi kerak;
2) Essedan 72+ ball olgan bo'lishi kerak.
3) Esse yozishni boshqalarga o'rgatgan bo'lishi kerak;
4) Bir necha yil davomida esse tekshirish amaliyotidan o'tgan bo'lishi kerak;
5) Bilimni baholash agentligida rasmiy esse tekshiruvchi bo'lib ishlagan yoki ishlayotgan bo'lishi kerak.

Yuqoridagi 5 ta talabga to'liq mos tushadigan ekspertlar
@Davron_Akbar_admin ga murojaat qilsin.

Iltimos, yuqoridagi 5 ta talabga yoki undagi biror talabga javob bermaydigan ustozlarimiz murojaat qilishmasin.

@Renessansstudy
❀49😱38😁15πŸ‘12πŸ‘€6πŸ”₯1
πŸ’–πŸ’–πŸ’–πŸ’›πŸ’›πŸ’›

πŸ“˜KREATIV TESTLAR TAYYOR BO'LDI!

πŸ“ˆUshbu to'plamdagi testlar Milliy sertifikat, Attestatsiya va OTM imtihonlarida tushgan testlar darajasiga juda yaqin bo'lib nashrdan chiqdi. 

πŸ“ˆOna tili fanini noldan boshlagan abituriyentlar uchun juda qo'l keladi. Chunki ona tili faniga tegishli har bir bo'limdan alohida test savollari tuzilgan.

πŸ“ˆTo'plamda har bir mavzu bo'yicha ochiq testlar (variantli testlar) dan tashqari yopiq testlar (variantsiz testlar) ham mavjud.

πŸ“ˆHatto, test toβ€˜plamidagi topshiriqlarning shakli hamda harflar shrifti BMBA andozasida tayyorlandi.

❓ Kitob qanday testlardan iborat?

βœ…Orfografik va leksik-semantik topshiriqlar;
βœ… Grammatik va uslubiy topshiriqlar;
βœ… Ilmiy matnni ishlash qoΚ»llanma;
βœ… Ilmiyommabop matnlar;
βœ… Diagrammali testlar;
βœ… Infografikali testlar;
βœ… Darajali va sxematik testlar;
βœ… Yopiq testlar;

πŸ“– Namuna

Murojaat uchun:
πŸ“±+998944911800
✍️@lider_books_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❀27πŸ‘2