O'zbek tili va adabiyoti (Davron Akbar bilan)
52K subscribers
1.31K photos
143 videos
434 files
667 links
Davron Akbarning sahifasiga xush kelibsiz!

Kanalda test kitoblarimiz haqida ma'lumot, sara testlar, shuningdek, ta'lim yangiliklari berib boriladi.

Manzil: Namangan viloyati

Donat: https://tirikchilik.uz/davronakbar

Reklama: @Renessansstudy_reklama
Download Telegram
Yaqin muddatda "Davron Akbar" platformasini yaratish ustida turibmiz.

Unda "Shedevr testlar" 1-, 2-, 3-qism tahlili, "Umumiy variantlar" tahlili, "Milliy sertifikat" kitobimizning 1-qismi hamda endi chiqishi kutilayotgan 2-qismi tahlili o'rin oladi.

Bundan tashqari, bu platformada esse tekshirishtirish, ehtimoliy esse mavzulari, natijalarni Rash modelida tekshirish, test sotuvi hamda online qabul mexanizmi ham mavjud bo'ladi.

Bizni kuzatib boring, hammasi hali oldinda!!!

@Renessansstudy
โค211๐Ÿ‘97๐Ÿ”ฅ22๐Ÿ‘18๐Ÿฅฐ8โคโ€๐Ÿ”ฅ5โšก2๐Ÿ’˜2
Assalomu alaykum, qadri baland ustozlarim!

Sizlarni bugungi kasbiy bayram bilan tabriklayman. Alloh ishlaringizga rivoj, umringizga umr, ijodingizga baraka bersin. El ardog'idagi insonlar sifatida uzoq davr javlon urib yuringlar!

Kanalimiz nomidan barcha ustozlarni muborakbod etamiz!

@Renessansstudy
1โค129๐Ÿ‘21๐Ÿ”ฅ13
Bayram munosabati bilan barcha maktabdagi ustozlarimni, universitetdagi ustozlarimni, hamkasb ustozlarimni shuningdek, Oliy ta'limga tayyorlagan Abbosjon domla, Mavjuda opa hamda Nilufarxon ustozlarimni tabriklayman!!!

Sizlarning ko'magingizda shu yergacha yetib keldim, sizlardan minnatdorman, baxtimizga sog' bo'linglar!

@Renessansstudy
โค141๐Ÿ‘33๐Ÿ”ฅ25๐ŸŽ‰4
Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan kanalimizda RASH modeli asosida DIAGNOSTIK TEST oโ€™tkazamiz!

Eng yuqori natija koโ€™rsatgan ustozning milliy sertifikat imtihoni(noyabr oyidagi)uchun toโ€™lov (556.000 soโ€™m)ning 50% i sovgโ€™a tariqasida qoplab beriladi
. Agar siz imtihonga topshirmasangiz, shu miqdordagi summa beriladi.

Bayram munosabati bilan imtihon
1-oktabr 20:00 da Hodiyev Education kanalida boโ€™lib oโ€™tadi.


Bu safar ham esse yozuvchilar soni yuqorilashi kerak.

Ko'rib turganingizdek, esse yozmagan kishining bali keskin tushib ketgan.

Ilgari ta'kidlab kelganimizdek, bunaqa imtihonga qancha ko'p kishi qatnashsa, shuncha aniq natija chiqadi.

Shuning uchun ushbu postimizni imkon qadar ko'proq tanishingizga ulashing.

Ushbu postni maksimal tarqating va ๐Ÿ‘ belgisini qoโ€™ying.
Imtihon quyidagi kanalda boโ€™lib oโ€™tadi.

๐Ÿ‘‡๐Ÿ‘‡๐Ÿ‘‡๐Ÿ‘‡๐Ÿ‘‡๐Ÿ‘‡
https://t.me/+X_3miA2_fD1iMzky
https://t.me/+X_3miA2_fD1iMzky
https://t.me/+X_3miA2_fD1iMzky
https://t.me/+X_3miA2_fD1iMzky
โค38๐Ÿ‘30โคโ€๐Ÿ”ฅ4๐Ÿ”ฅ3๐Ÿฅฐ3
G'azal tahlil qilishda quyidagilarga e'tibor qarating.

Talabgorlarga:

1) G'azal qanday mavzuda yozilganini aniqlang. Oshiqonami, tabiat tasvirimi yoki pand-nasihat? Buni bilmaslik "o'tlab" ketishga sabab bo'ladi.

2) G'azalning har bir baytidagi misralarni alohida-alohida tahlil qiling va ulardagi ma'noni birlashtiring.

3) G'azalning har baytidagi umumiy ma'nolarni birlashtiring va g'azal haqida umumiy kartinaga ega bo'ling.

4) G'azaldagi badiiy san'atlarga e'tibor qarating, badiiy san'atlarni chiqara olish 5 ta savoldan 4 tasini to'g'ri topishga imkon beradi.

5) G'azalga berilgan lug'atlardan faol foydalaning. Tushunarsiz tuyilgan so'zlarni hozirgi til bilan anglash orqali uni tahlil qilish osonlashadi.

***
Dars beruvchilarga:

1) G'azalni faqat siz tahlil qilib bermang, avvalo, talabgorga tahlil qildirtiring. Tahlilni o'zi yakka holatda bajarsin, hech narsadan foydalanmasin.

2) Iloji boricha talabgorni baytlar bilan ishlashga majbur qiling.

3) Talabgorni ortiqcha balandparvoz gaplar bilan "shishirmang", real xatosini tushunsin, undan xulosa qilsin.

4) Talabgorning tahlili to'g'ri yoki xato ekani bilan ish olishmang, muhimi bayt bilan ishlayotganiga urg'u bering.

5) Har xil parcha (bayt, qit'a, fard, ruboiy, tuyuq)larni tahlil qildiring, bu keng qamrov tahlilga imkon yaratadi.

Davron Akbar

@Renessansstudy
๐Ÿ”ฅ85โค57๐Ÿ‘28๐Ÿ’ฏ8๐Ÿ˜4
Attestatsiyadan ro'yxatdan o'tganlarga to'lov qilish uchun 5-oktyabrgacha imkoniyat berildi. To'lov qilmaganlar tezroq to'lov qilishi mumkin.

@Renessansstudy
โค33๐Ÿฅฐ1
Ona tilidan milliy sertifikat uchun qabul 10-oktyabr kuni yakunlanadi. Shu bir hafta ichida ro'yxatdan o'tib, to'lov qilishingiz so'raladi.

@Renessansstudy
โค57๐Ÿ‘28๐Ÿ”ฅ12๐Ÿ’”8๐Ÿ‘Œ5๐Ÿ‘2
Forwarded from Davron Akbar - anomal fikrlar (๐ƒ๐š๐ฏ๐ซ๐จ๐ง ๐€๐ค๐›๐š๐ซ)
Tabriklashlaring mumkin, amaliy imtihondan ham o'tdim๐Ÿฅณ๐Ÿฅณ๐Ÿฅณ

@meningcha_blog
๐Ÿ‘384โค61๐Ÿ”ฅ34๐Ÿ‘25๐ŸŽ‰14๐Ÿ˜12โšก3
111110.docx
52.7 MB
Ayrim manbalar shu testlar attestatsiyada tushgan yoxud endi tushadi deb da'vo qilishyapti. Kuzatamiz, qanchalik asosli ekan.

@Renessansstudy
โค30๐Ÿคฏ7๐Ÿ‘5๐Ÿ’ฏ4
O'zbek tili va adabiyoti (Davron Akbar bilan)
111110.docx
Savollarni ko'rib, to'g'risi, ko'nglim aynib ketdi: na maqsad bor, na testologik qoidalar bor bu testlarda๐Ÿคฎ

O'qituvchilarni bunaqa test bilan emas, normal test bilan ham sinasa bo'ladi ilmiy darajasini.

Esiz, shuncha ketgan mablag'lar, ustozlarning say-harakatlari๐Ÿฅฒ

@Renessansstudy
๐Ÿ‘57โค19๐Ÿ˜ข19๐Ÿ”ฅ11๐Ÿ˜7๐Ÿ’ฏ3
Aytishlaricha, attestatsiyada umumiy testlardan foydalanilar ekan. "Bahorda foydalandik, endi boshqa foydalanmaymiz" deyishmas ekan.

@Renessansstudy
๐Ÿ‘78๐Ÿ˜57โค19โšก7๐Ÿค”6๐Ÿ‘5๐Ÿ”ฅ2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sertifikatga ega oโ€™qituvchilar attestatsiyadan ozod qilinadi

Tegishli sertifikatga ega boโ€™lgan oโ€™qituvchilarga attestatsiyada oโ€™zining mutaxassislik fanidan maksimal ball beriladi.

Mazkur tartib haqidagi batafsil maโ€™lumotlar videoda.

Mavzuga oid qoโ€™shimcha savollaringizni video ostidagi izohlarda yozib qoldiring.

๐Ÿ“ Izoh yozish

Telegram l Instagram l YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
โค34๐Ÿ‘8๐Ÿ”ฅ6๐Ÿ˜ญ4
Eng adolatsiz test qanaqa bo'lishini aytaymi?

Katta romanning ichidan bir kichik parcha oladi-da, shu parcha qaysi asardan olingan deydi.

Bunaqa test savoli shundayin absurdki, imtihon topshiruvchining mutlaq xotirasini sinaydi. Sinaganda ham juda adolatsiz holatda sinaydi.

Shuning uchun doim aytaman: adabiyotdan test shakllantirish mumkin emas. Shakllantirilayotganining o'zi aslida juda absurdlik.

Adabiyot bu aniq fan emas yoki ona tiliga o'xshab qoidali fan emas. Uni bir qolipga solish mutlaqo mumkin emas. Siz tushungan asarni men g'irt teskarisini tushunishim va muallif esa ikki tomon tushungandan boshqacharoq ma'noda yozgan bo'lishi mumkin.

@Renessansstudy
๐Ÿ”ฅ282๐Ÿ‘123๐Ÿ’ฏ70โค36๐Ÿ‘22๐Ÿ™8โšก3๐Ÿ•Š3
2025_aprel attestatsiya_@Kitoblar_OrzuMurod.pdf
4.6 MB
Attestatsiya bo'yicha yana qo'shimcha fayllar. Shular tushgan yoki tushadi deb iddao qilishyapti. Kuzatamiz.

Manba:
https://t.me/Kitoblar_OrzuMurod

@Renessansstudy
๐Ÿ”ฅ24โค15๐Ÿ˜12๐Ÿ‘5
Ushbu bayt haqida to'g'ri ma'lumot berilgan javobni toping.

Rizo kasbini bartaraf qilmag'ay.
Zalolatda umrin talaf qilmag'ay

1. Baytda mutlaq qofiya qo'llangan;

2. Baytda muqayyad qofiya qo'llangan;

3. Radifi tuzilishiga ko'ra yig'iq radif:.

4. Qofiyadagi "y" tovushi raviy vazifasini bajargan;

5. Tardu aks san'ati qo'llangan;

6. "Saddi Iskandariy" dostonidan olingan.

7. "Layli va Majnun"dostoni muqaddimasidan olingan

A) 2, 3, 6. B) 1, 3, 6.
C) 2, 3, 7. D) 1, 3, 4, 6

***
Yuqorida attestatsiyada tushgan yoki tushadigan berilgan test berilgan ekan. Savolni qarang rasvoligini. Shunaqa ham test berish mumkinmi?!

Ikkita baytni qaysi dostondan olinganini topolmasa, o'qituvchi yiqiladi. Tasavvur qiling: ikki qatorli misrani bi necha yuz betlik kitobdan eslab qolishingiz kerak.

Bu testlar ilmiy kengash va aprobatsiyadan o'tganiga ishonmayman.

@Renessansstudy
โค61๐Ÿ˜ข46๐Ÿ’ฏ19โšก5๐Ÿ‘2๐Ÿคฏ2
Bittagina shu testda qanday xatolar borligini aytaman.

1) Testda bir parcha olib, u qaysi asardan olingan deb so'rash, ya'ni Bloom taksonomiyasidagi birinchi kognitiv - "bilish"ga aloqasi yo'q savol.

2) Testda faqatgina bitta kognitiv bilim so'ralishi mumkin. Testdaqa ham qofiya, ham radif, ham asarini topish, ham badiiy san'atini topishdaqa so'rash mumkin emas.

3) Testlarda uzog'i bilan 6 tagacha (agar eng murakkab test bo'lsa) mulohaza olinishi mumkin, ammo testdaqa 7 ta qilib tashlash testni buzadi.

***
Agar bu va shunga o'xshagan boshqa testlar ilmiy kengashdan o'tkazilganda biz hozir bunaqa testlarga bosh qotirib o'tirmasdik.

@Renessansstudy
๐Ÿ‘39โค22๐Ÿ’ฏ9๐Ÿ‘7๐Ÿ”ฅ2
Testlardagi yana bir narsa e'tiborimni tortdi. Parcha berilyapti-da, shu parcha qaysi asardan olingan deydi va o'sha parchadagi bir so'zning izohini so'raydi.

Tushunyapsanmi, Karl, sen parchani qaysi asardan olinganini bir balo qilib chiqarib olarsan, ammo butun 5 - 11-sinflardagi adabiyotlarda ketgan asarlarning har bir so'zining izohini bilishing kerak.

Testdagi ikki xil kompetensiyani so'ralishi boshqa masala. Qo'polroq qilib aytganda asardan olingan parcha va so'zning izohi bir-biriga qarab idin#+#)#&ยฃ deyapti. Uzr-ku!

@Renessansstudy
๐Ÿ˜163๐Ÿ‘23โค18๐Ÿ’ฏ12๐Ÿฅด5๐Ÿ˜ข4๐Ÿ‘3๐Ÿค”3๐Ÿ˜1
Mana bu parchani o'qib chiqquncha o'qituvchi 5-6 daqiqa vaqti ketadi. Shunaqa testdan 4-5 ta bo'lsa, hammasi tamom degani๐Ÿคฆโ€โ™‚

@Renessansstudy
๐Ÿ˜94โค21๐Ÿ’ฏ17๐Ÿ‘13๐Ÿ’”5โšก2๐Ÿ‘2
Masalan, menga shunaqa test tuzib ber desa, qasamki, milliard bersa ham, tuzib bermayman.

Shuni tuzgan odamlar qanaqa insonlar ekan-a?! Agar mening mana shu yozganlarimni o'qiyitgan bo'lsangiz, sizga yoqmasa ham, maslahat beraman: yig'ishtiring karamsho'rvangizni. Bunaqa testlar bilan ta'limni ham, attestatsiyani ham ketingizga tiqmang. Normal test tuzuvchilarga, shu test tuzishni tushunadiganlarga o'rningizni bo'shatib bering. Hayf sizga bu o'rin.

@Renessansstudy
๐Ÿ”ฅ208๐Ÿ’ฏ83๐Ÿ‘45๐Ÿ‘40โค28๐Ÿ˜19โšก8๐Ÿฅฐ7๐Ÿค”7
โšก๏ธSizga va'da qilingan sovg'a darslar.

1-sovg'amiz: So'z birikmasi, ajratilgan bo'lak va kiritma mavzulari;
2-sovg'amiz: 4 ta ilmiy matn va uning tahlili;
3-sovg'amiz: 2 ta g'azal testi va uning tahlili;
4-sovg'amiz: Samgin Qurbonov va Yoqub Qurolov tomonidan tuzilgan 44 talik namunaviy test savollari.

Dars vaqti jadvalda ko'rsatilgan; testlar aytilgan vaqtdan 1 soat oldin joylanadi.


Darslar @samgin_qurbonov va @yoqub_qurolov kanallarida bo'lib o'tadi.

Bizni kuzatishda davom eting ๐Ÿ˜Š
โค51๐Ÿ‘19โคโ€๐Ÿ”ฅ7๐Ÿ”ฅ4๐Ÿ’˜4๐Ÿฅฐ1
#Ehtimoliy_muhim

Bir quyosh hajrida chektim oโ€˜tlugโ€˜ afgโ€˜on bu kecha,
Kuymakim dudidin oโ€˜ldi charx giryon bu kecha.

Ul quyosh hijronida har bir qarosi shaklidin
Qoโ€˜ydilar har bir koโ€˜zum bir dogโ€˜i xirmon bu kecha.

Shomi hijronimni bilmonki, bu yangligโ€˜ tuyradur,
Yo qilibtur dudi ohim oyni pinhon bu kecha.

Toโ€˜kti kavkab furqating shomida koโ€˜zum onchakim,
Qoldi gardun yuz tuman koโ€˜z birla hayron bu kecha.

Ey ajal, dodimgโ€˜a yetgil bu qatigโ€˜ holatdakim,
Yoโ€˜qturur paydo mening shomimgโ€˜a poyon bu kecha.

Parchaming tong yelidin oshufta boโ€˜lmush bu kecha โ€”
Kim, qilibdur roโ€˜zgโ€˜orimni parishon bu kecha.

Ey Husayniy, yorning koโ€˜ksimga yetgan novakin,
Jon berib qildim buzugโ€˜ koโ€˜nglumgโ€˜a mehmon bu kecha.

@Renessansstudy
โค66