O'zbek tili va adabiyoti (Davron Akbar bilan)
51.2K subscribers
1.31K photos
143 videos
434 files
668 links
Davron Akbarning sahifasiga xush kelibsiz!

Kanalda test kitoblarimiz haqida ma'lumot, sara testlar, shuningdek, ta'lim yangiliklari berib boriladi.

Manzil: Namangan viloyati

Donat: https://tirikchilik.uz/davronakbar

Reklama: @Renessansstudy_reklama
Download Telegram
DIQQAT🗣 10 daqiqa vaqt

IMTIHONGA TAYYORLANISH ENDI OSON 🎉

💰BEPUL 65 ESSE NAMUNALAR

🎓 BEPUL ESSE DARSLARI

🎓BEPUL KITOB HADYALAR

📢PULLIK KURSLARDA BEPUL ÒQISH IMKONIYATI

Hammasi bitta kanal👉HAMMASI BEPUL👈 ushbu kōk yozuv ustiga bosing ushbu bepul kursga yoziling.
11💘2
Muhammad Alining “Gumbazdagi nur” dostoni yuksak ma’naviy ruh, tarixiy haqiqat va milliy qadriyatlarning yorqin timsolidir. Bu asar o‘zining falsafiy mazmuni, chuqur poetik tasvirlari va tarixiy voqealarga yangicha nigohi bilan o‘quvchini maftun etadi. Doston, asosan, yurtimiz tarixining og‘ir, sinovli davrlari va ulug‘ bobokalonlarimizning g‘oyaviy-ruhiy merosiga bag‘ishlangan bo‘lib, uning mazmunida milliy o‘zlikni anglash va o‘z tariximizdan saboq olish zarurligi uqtiriladi. Unda vatanimizdagi ayrim mashhur inshootlarning qurilishi tarixi, mashaqqatlari, millatimizning buyuk siymolari haqida hikoya qilinadi.

Doston (poema) she’riy yo‘l bilan yozilgan yirik asar bo‘lib, unda bironbir voqeani (yoki voqealarni) bayon qilish bilan birga, muallifning ularga munosabati, ular bilan bog‘liq o‘ylari va kechinmalari tasvirlanadi.

Doston o‘z nomi bilan ham ramziy ma’no kasb etadi. “Gumbazdagi nur” ifodasi yurtning buyuk tarixiy obidalari, ulug‘vor me’morchiligi va ma’naviy merosining ramzidir. Bu gumbazlar ostida yaratilgan tarix, ilm-fan va madaniyat namunalari faqat milliy qadriyatlarni emas, balki insoniyat madaniyati uchun bebaho boylikni aks ettiradi. Nur esa bu qadriyatlarning yorqinligini, abadiyligini va kelajak avlodlarga ulashadigan ma’naviy kuchini bildiradi. Doston davomida bu nur orqali milliy uyg‘onish, ma’naviy poklanish va tarixiy haqiqatga qaytish g‘oyalari ilgari suriladi.

Dostonda muallif o‘z o‘quvchisini tarixiy xotirani tiklashga, ajdodlarimizning kimligini anglashga undaydi. Dostonning har bir qismi insonni chuqur mulohaza qilishga chorlaydi: o‘tmishda yaratilgan buyukliklarning bugungi kundagi aks-sadosi, ulardan olingan saboqlar va kelajak uchun qilinadigan vazifalar haqida o‘ylashga undaydi. Shoirning poetik mahorati ham alohida e’tiborga loyiq. Har bir satrda so‘zlarning sehrli uyg‘unligi, ma’nolarning chuqurligi va his-tuyg‘ularning samimiyligi yaqqol sezilib turadi.

Muhammad Ali o‘tmish va bugunni nafaqat go‘zal tabiat manzaralari, balki ulug‘ ajdodlarimizning hayoti va mehnatlari orqali tasvirlaydi. Asarda ajdodlarimizning ilm-fanga, madaniyatga qo‘shgan hissasi g‘urur bilan tilga olinadi. Ayniqsa, buyuk shaxslar qoldirgan meros faqatgina tarixiy o‘tmish emas, balki zamonaviy avlod uchun yuksak ma’naviy ozuqa ekanligi uqtiriladi.

Bu asar mendagi Vatan, millat va tarixga bo‘lgan muhabbatni yanada kuchaytirdi. “Gumbazdagi nur” faqat tarixiy voqealarni eslatish emas, balki kelajakka umid bilan boqishga, bugungi kunda yurt ravnaqi uchun harakat qilishga undaydi. Muallifning she’riyati orqali qadimiy obidalarimizning ulug‘vorligini his qilib, ularning ichki mohiyatini anglashga intildim. Asar ma’naviy uyg‘onish va milliy g‘urur manbai sifatida o‘quvchiga teran ta’sir ko‘rsatadi.

Muhammad Alining bu dostoni nafaqat badiiy asar, balki o‘zligini anglash va milliy qadriyatlarni ulug‘lashga qaratilgan bebaho saboqdir. “Gumbazdagi nur”ni o‘qir ekanman, har bir satrda o‘tmishimizning boyligini his qildim va bu boylikni avaylab saqlash, kelajak avlodlarga yetkazish burchini chuqur angladim. Bu asar har bir o‘quvchini tarix va bugunning uyg‘unligiga, milliy qadriyatlarni qadrlashga va ulug‘lashga undaydi.

Ijtimoiy tarmoqdan olindi.

@Renessansstudy
😁3224👍19
Maktabda xodimlar (direktor, o'rinbosari, o'qituvchilar) o'quvchining telefonini olib qo'yishi, uning ichini ko'zdan kechirishi mumkinmi?

Shu kunlarda maktabda o'quvchilarning telefonlarini majburiy tartibda olib qo'yish holatlari ayrim maktablarda kuzatilmoqda ekan. Bu borada o'z huquqlaringiz va majburiyatlaringizni bilishingiz lozim.

Maktabning ichki tartib nizomida maktab hududiga telefon olib kirishga ruxsat beriladi. Telefondan dars vaqtida (45 daqiqa) foydalanish mumkin emas; bu paytda telefon sumkada ovozsiz (bezzvuk) holatida turishi kerak. Ammo siz tanaffus vaqtida, katta tanaffus vaqtida va darsdan tashqari vaqtdagi maktab hududida bemalol telefondan foydalanishingiz mumkin.

***
Mabodo dars vaqtida asossiz holatda telefondan foydalanayotgan bo'lsangiz, istalgan xodim sizning telefoningizni shikast yetkazmagan holda olib qo'yishi mumkin hamda faqat ota-onagagina tushuntirish asosida qaytarib berishi mumkin bo'ladi. O'quvchining o'ziga qaytarib berish mumkin emas.

***
Dars vaqtida xonaga bostirib kirib, telefonlarni taqdim etishni so'rash, bermaganlarning sumkasini titish hamda telefonlarning ichidagi shaxsiy ma'lumotlarni ko'zdan kechirish mutlaqo mumkin emas. Bu shaxsiy daxlsizlik nuqtayi nazari bilan hatto jinoyat deb malakalanishi mumkin.

***
Telefonlarning ichidagi ma'lumotlar, yozishmalar va shaxsiy predmetlarni ko'zdan kechirish faqatgina sudning qarori asosida amalga oshirilishi mumkin. Telefonda dunyoni ag'darib tashlaydigan narsalar bo'lsa ham, faqatgina sud qarori asosida, xolislar guvohligida telefon ko'zdan kechiriladi.

***
Mabodo sizning maktabingizda ham asossiz ravishda shaxsiy daxlsizligingizga qo'pol tajovuz qilishsa, sudga berishingiz mumkin va bu eng to'g'ri qaror bo'ladi.

@Renessansstudy
60🔥10🤩10🥴10👍7🤯4😐3🐳1
Forwarded from Rasul Kusherbayev
тақиқланган материаллар рўйхати.pdf
1.6 MB
❗️Ўзбекистонда тақиқланган манбалар рўйхати эълон қилинди

Олий суд қарорига кўра, қатор манба ва контентлар экстремизм ҳамда терроризм ғояларини тарғиб қилгани учун республика ҳудудида тақиқланди.

Бундай материалларни тарқатиш қонунбузарлик ҳисобланади ва жавобгарликка олиб келиши мумкин.

☝️Ҳушёр бўлинг ва яқинларингизга ҳам етказинг!

👉 @r_kusherbayev
😨1815👍5💔3
Endigina online ta'limga kirib kelayotganlar bu tizimda "sinib" ketmay, jon saqlab qolish va o'zining nonini topib ketishning yo'li qanday ekanini ko'p so'raydi.

Bunga quyidagilar deb javob bergan bo'lardim:

1) Fan bilimi. Agar siz o'rganuvchidan bir bosh ustun bo'lmasangiz, eplab keta olmaysiz. "Mening darajamdagi kishilar o'rgansa-chi?" - deb so'rashingiz mumkin, sizning darajangizdagilar online ta'limga o'zini urmaydi.

2) Nutq. Sizda o'rganuvchini charchatib qo'ymaydigan nutq bo'lishi kerak. Badiiy tilda, vaziyatni tushuntira olishingiz lozim. Siz shevalarni aralashtirsangiz, so'zlarni noo'xshov talaffuz qilsangiz, bu sizning zararingizga ishlaydi.

3) Material. Sizda shaxsiy qo'llanma, test topshiriqlari bo'lishi lozim. "Palonchi" bo'lib dars bersangiz-u, ammo "Pistonchi"ning qo'llanma-testidan foydalansangiz, bu bilan uzoqqa bormaysiz. Materiallar yetarli miqdorda bo'lishi esa juda muhim.

4) Tartib. Siz dars berish mobaynida tartib o'rnatishingiz kerak. Siz talabgorning tartiblariga emas, ular sizning tartiblaringizga ko'nikishi lozim. Tartib bo'lmagan joy esa podaxonadan boshqa narsa emas.

5) Investitsiya. Online ta'limdan naf olish uchun pul sarflashga ham tayyor turish lozim. Esseni arzonga tekshirib berishmaydi. Ularga BBA ga mutanosib ravishda haq to'lashingiz lozim. Kerakli joyda texnologik xarajatlar ham muhim. Bu esa sifatni yanada oshiradi.

6) Xarakter. Sizda o'ziga xos xarakter bo'lishi kerak. Bu xarakter bilan ayrim vaziyatlarda risk qila olishingiz lozim. Barcha auditoriya sizning xarakteringizga moslashsagina siz ularni boshqara olasiz.

7) Samimiylik. Talabgorlar bilan imkon boricha samimiy bo'lish lozim. Ularni ortiqcha maqtash, natijalarini shishirib ko'rsatish yaramaydi. Ularni samimiyat bilan boshqara olsangiz, yo'rig'ingizga yuradi.

8) Shaxsiy auditoriya (brend). Sizda qanchadir darajada auditoriya jamlangan bo'lishi kerak. Ya'ni siz bir guruh insonlarga naf keltiruvchi platformangiz (telegram, instagram, you tube yoki facebook) bo'lishi kerak. Shaxsingizni brend darajasiga chiqarmaguningizcha ko'zlagan maqsadga erisha olmaysiz.

9) Sifat. Sizning darsingizda sifat bo'lishi muhim. Darsingiz ham, materiallaringiz ham, ekspertlaringiz ham sifatli bo'lsagina yutuq sizniki, aks holda, sifat yo'q yerdan ko'pchilik tez ketadi.

10) Pulni ko'tara olish. Online ta'lim juda katta daromad olib keladi. Bundan bosar-tusaringizni bilmay qolsangiz, uzoqqa bormaysiz. Keluvchi resursni foydali tarmoqlarga yo'naltirish, pulga to'yinib qolmaslik muhim.

Davron Akbar

@Renessansstudy
138👍56🔥12👏8😁4💯4😨1
“Qamoqdan qutulib kelganimdan keyin Saidaxon bilan ЗАГС dan o‘tdik...
Saida vafot etganiga ancha yil bo‘ldi. Pasportimni almashtirganimda ЗАГС muhrini qaytadan bostirdim. Saida vafotidan keyin ham meniki...”

Said Ahmad

@Renessansstudy
297😢175❤‍🔥40👍34🔥11🥰9🕊6🤗4💯32😍2
☄️🔤🔤🔤🔤🔤 🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤

“IDEAL ATTESTATSIYA – Ona tili va adabiyot” 20 ta mukammal, bir-birini takrorlamaydigan variantlar

🔔Variantlar Attestatsiya imtihonlari namunaviy testlariga yaqinlashtirilgan holda ishlab chiqilgan.
1️⃣ Har bir variant 50 ta savoldan iborat:
2️⃣ 35 ta mutaxassislik
⚡️ 15 ta pedagogik mahorat va kasb standarti

📚 Kitobda mavjud savollar:

Grammatik topshiriqlar
Leksik topshiriqlar
Sintaktik topshiriqlar
Imlo va uslubiyat
Tinish belgilari
Mulohazali topshiriqlar
Jadvalli va sxemali savollar
Matnga oid topshiriqlar
G‘azallar, badiiy asarlar va janrlar

⚡️ Kitob toifasini oshirmoqchi va 70% ustama olishni istagan ustozlar uchun mukammal qo‘llanma!

Kitobdan namuna koʻrish

☎️+99894-081-10-20
☎️+99894-082-10-20

🤭 @Qoya2025
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
17🔥163🥴2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
40👍20😢8🤷‍♀3🥰2💯2❤‍🔥1🤯1💔1
Bugun kanalimizda badiiy matn bo'yicha test sinovi bo'lib o'tadi.

Matn 19:00 da kanalga joylanadi, 20:00 esa tahlil qilinadi. Bir soat vaqt davomida matnni tahlil qilishingiz hamda to'g'ri javoblarni hozirlab turishingiz lozim.

Yaqinlaringizga ham yuborib qo'ying!

@Renessansstudy
👍11213🥰3😁2🔥1
Yaqin daqiqalarda sinov boshlanadi, hamma tayyor tursin!

@Renessansstudy
👍2610🔥54
1-badiiy matn (Asqad Muxtor Jinni hikoyasi).pdf
261.7 KB
🔥Asqad Muxtorning "Jinni" hikoyasi asosida badiiy matn.

🧑‍🎓Muallif: Davron Akbar

🛍 Ushbu matn Davron Akbarning online milliy sertifikat guruhida tahlil uchun tayyorlangan matnlar ichidan tanlab olindi.

Matnni tahlil qilish va test topshiriqlarni bajarish uchun 19:00 dan 20:00 gacha vaqt beriladi. 20:00 dan boshlab ushbu kanalda jonli tahlil qilinadi.

🛑 Matndan foydalanishda kanal va muallif nomiga manba bering.

✈️@Renessansstudy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
46🔥8💘8👍52
Commentga javoblarni yuborganlarni blokladik. Odamlarning jamoat tartiblariga amal qilish masalasida farosati yetmasa ham qiyin ekan, bloklamaslik ham farosatsizlik bo'lar edi!

@Renessansstudy
💯51😁40👍108👏6❤‍🔥4🔥3🤯3🥴32
Tahlil boshlanmoqda.
🔥389👍6🤯5
Live stream finished (41 minutes)
Kelayotgan yakshanba kuni ilmiy matn bo'yicha test sinovini o'tkazamiz.

Testda qatnashish uchun hech narsa qilishingiz shart emas, kanalni kuzatib tursangiz bas, biz sizga aniq soatini ham keyinroq eslatamiz.

@Renessansstudy
👍160🔥2625👌10❤‍🔥4🥰2💘2
Milliy Sertifikatchilar shu yerdamisiz?

10 kunlik TURBO TAHLIL larimiz boshlanmoqda...

Agar siz NOYABR oyidagi imtihonda maksimal ball olishni istasangiz , bu guruh aynan siz uchun 😍

Murojaat uchun:
@NasibaxonAbdukhalilovnaa
@MS_Rahmatullayeva_8877


Darslarga qatnashish uchun har ikki kanalga a’zo bo’ling, chunki darslar aynan shu yerda bo’ladi.

👇👇👇
@Milliy_Sertifikat_Mukammal
@onatili_NasibaxonAbdurahimova
21👍5😁4❤‍🔥2💯1
Forwarded from Oybek Ulug'murodov
⚡️ MILLIY SERTIFIKAT UCHUN TEZKOR TAYYORLOV! (alohida guruh)

⚡️ ATTESTATSIYA IMTIHONIGA TAYYORLOV! (alohida guruh)


📣 ONA TILI VA ADABIYOT FANIDAN TEZKOR ONLINE KURS ga taklif etamiz!

🏆 Atigi 1 oyda mukammal bilim egasiga aylanasiz!

📚 MS Kursimizda:
Grammatik mavzularni chuqur o‘rganish;
Esse yozish texnikasi (70+);
Imlo bilan ishlash;
G‘azal va she’rlarni tahlil qilish;
Ilmiy va badiiy matnlar ustida ishlash;
She’riy san’atlarni o‘zlashtirish;
Adabiyot darsliklari asosida tayyorgarlik;
Tavsiya qilingan badiiy asarlar bilan ishlash;
Har bir mavzuga oid testlar va tahlili.

📚 Attestatsiya guruhimizda:
Grammatika mavzulari;
Maktab ona tili darsliklari bilan ishlash;
Maktab adabiyot darsliklari bilan ishlash;
Maxsus testlar bilan ishlash;
Pedagogik-psixologik mavzular;
Pedagogik-psixologik testlar.

💥 Eng asosiysi: testlarning nozik tomonlariga alohida urg‘u beriladi, tahlillar va izohlar bilan birga o‘tiladi!

Darslar telegram orqali yopiq guruhlarda haftasiga 5 kun (dushanbadan jumagacha)
📝 Har hafta MOCK testlari olinadi!

❗️Narxi: Noyabrda bo’ladigan imtihongacha SUPER CHEGIRMADA atigi 300 ming so’m.


📩 Ro‘yxatdan o‘tish uchun: @Oybek_ustoz_admin
20👍8🤩4🤔1🥴1
Tohir Malikning Yashasin mo'ylov hikoyasi).pdf
333.4 KB
Tohir Malikning "Yashasin mo'ylov" hikoyasi

Ilmiy ishlar va boshqa nimadir balo-battarlarni unchalik tushunmayman. Uning texnikaviy tomonlarini ham bilmayman. Bunaqa narsalarni yoqtirmaganimgami, bilmayman, ushbu hajviyani mazza qilib o'qidim. Sizlarga ham tavsiyu!

@Renessansstudy
154🔥7🥰6👌3
Milliy sertifikat, attestatsiya uchun online darslarda ilgari suradigan radikal va prinsipial tartiblarimiz bor. Bu tartiblarni hech qachon o'zgartirmaganmiz, yumshatmaganmiz va talabgorning ra'yiga moslamaganmiz.

Ayrim talabgorlar mas'uliyatsizlik qilib guruhni o'chirvoradi, virus tushirib "delete accaunt" qilib yuboradi, bolasiga berib o'chirib yuborishga sharoit yaratadi va hokazo.
Bundan tashqari mikrafonini yoqvolib butun darsga xalaqit beradi. Boshqa guruhga dars materiallarini yuboradi.

Shunaqa muammolar bo'lavergani uchun biz qat'iy tartib-qoidalarni ishlab chiqqanmiz va bu borada juda jiddiy yondashamiz. Yuqoridagi mazmunda guruhni tark etsa yoki chiqarib yuborilsa, qaytib guruhga qo'shilmaydi.

Nega guruhga qo'shmaymiz?
Birinchidan, keyin qo'shiladigan akkaunt uniki bo'ladimi yoki boshqasinikimi bilmaymiz. Ikkinchidan, uning guruhni tark etishida bizning aybimiz yo'q, uning mas'uliyatsizligiga biz javob bermaymiz. Uchinchidan, bizni hurmat qilmagan odamni nega biz hurmat qilishimiz kerak. Rosa tushuntirilgan tartib-qoidalarga tupurib qo'ysa, biz nega yana marhamat ko'rsatishimiz kerak?! To'rtinchidan, biz talabgorlarning ijtimoiy ahamiyatiga teng qaraymiz. Hech qachon birini ikkinchisidan ustun qo'ymaymiz. Avvalboshdan tartib-qoidalarga bo'ysunmagan kishilarni guruhdan chetlatib, qayta qo'shmagan ekanmiz, bundan keyingi talabgorlarga ham shunday bo'lamiz.

***
Odam xato qilmaydimi deb ko'p so'rashadi. Odam xato qiladi, ammo tartib-qoidalarni bilib turib xato qilishi ularni oqlashga zarracha asos bo'lmaydi. Sababi bir ikkita-mas'uliyatsizlarni deb butun guruhda vaziyat barqarorligiga putur yetadi, dars bo'linadi, keyingi muddatlarda qolganlarning ham mas'uliyatsiz harakat qilishiga sabab bo'ladi.

***
Dod deysizmi, qarg'aysizmi, buyurmasin deysizmi, noroziman deysizmi - menda tartib-qoida birinchi o'rinda turadi va o'zgartirilmaydi. Kim nima desa, deyaversin! Hozirgacha 2 mingdan ortiq kishi bizning qo'lda o'qib sertifikat oldi. Bularning asosida, avvalo, tartib-qoida turibdi. Bu aslida hech kimga aytilmagaydigan sir edi, ammo boshqalarga yo'nalish bo'ladi deb o'ylayman.

@Renessansstudy
👍5232🤯11🔥5👏4😁4😱2🤔1