O'zbek tili va adabiyoti (Davron Akbar bilan)
48.2K subscribers
1.34K photos
145 videos
438 files
683 links
Davron Akbarning sahifasiga xush kelibsiz!

Kanalda test kitoblarimiz haqida ma'lumot, sara testlar, shuningdek, ta'lim yangiliklari berib boriladi.

Manzil: Namangan viloyati

Donat: https://tirikchilik.uz/davronakbar

Reklama: @Renessansstudy_reklama
Download Telegram
Forwarded from @A_a
Ushbu rasm boshlanĝich sinflar tarbiya darsligining milliy hunarmandchiligimizga oid mavzusida keltirilgandi. Attestatsiyaga tayyorlanayotgan ustozlar har ehtimolga qarshi qaysi lagan qaysi viloyatga tegishliligini bilib qo'yaylik deb,naqshlariga qarab,yod olishgandi. Bugun shu savol tushibdi. Buni qarangki,savol qaysidir laganlarning rangi berilib( hech yo'qsa,o'zining rasmi ham emas),qaysi viloyatga tegishli ekanligini moslashtirish tushibdi.Judayam mantiqsizlik
😨217😁112πŸ‘42😐11πŸ₯΄6😭5😒4❀‍πŸ”₯3❀3πŸ€“2πŸ™‰1
πŸ’₯πŸ’₯πŸ’₯Assalomu alaykum, ona tili va adabiyot fani ixlosmandlari.πŸ’₯πŸ’₯πŸ’₯πŸ’₯

Bilimlaringizni sinab ko'rishni istaysizmi?

Quyidagi savollarni yechib koβ€˜ring-chi. (Koβ€˜k yozuv ustiga bosing). Tahlillari qiziq boβ€˜lsa, har kuni kechki soatlarda boβ€˜ladigan marafon darslarimizni kuzating. Tahlillarimiz jaydari usulda boβ€˜ladi(😊) va bu koβ€˜pchilikka ma'qul kelgan. Undan keyin marafon darslarimizni kuzatib bilimingizni oshirasiz.

Kanalimizdagi kunlik darslar sizga ma'qul kelmasa, beeemalol kanaldan chiqib ketaverasiz. πŸ˜‰πŸ˜‰πŸ˜‰

Darslarni sizga ma'qul keladigan darajada oβ€˜tishga harakat qilaman.

Sizni kanalimizda kutib qolamiz.

@Mirzabek_onatili

Reklama huquqi asosida
πŸ‘45πŸ”₯12❀3πŸ•Š3❀‍πŸ”₯2
12-13-aprel kungi milliy sertifikat imtihonlarining natijasi chiqqandan keyin yozgi imtihon uchun navbatdan tashqari qabul ochiladi.

Ro'yxatdan o'tgan talabgorlar kechagi kundan darslari boshlangan guruhga qo'shilib ketishadi.

@Renessansstudy
πŸ‘91😁18❀13❀‍πŸ”₯10⚑5😒1
12-13-aprel natijalari 15-20-may oralig'ida chiqishi kutilyapti.

Bugun-erta natijalaringizni kutib o'zingizni behalovat qilmang.

@Renessansstudy
πŸ‘361😭200❀‍πŸ”₯33🀯33❀22😒13πŸ”₯10⚑8πŸ’”8πŸ‘€7πŸ€—7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kechiring, Navoiy bobom)

@Renessansstudy
😒242😁133πŸ‘39πŸ₯΄26🀯14πŸ€”9πŸ”₯6❀3😐3πŸ‘»3😨2
Kuzgi attestatsiya imtihonida ba'zi o'zgarishlar bo'lishi kutilyapti. Bu borada vazirlik bayonot berib qolsa ham kerak.

Hali hammasi rasmiy tusga kirmasdan turib bir narsa deyolmaymiz, hammasi aniq bo'laversin, unga qarab harakat qilamiz.

@Renessansstudy
πŸ‘146❀15⚑11πŸ₯°8πŸ•Š4πŸ”₯1
Forwarded from Jaloliddin Baxtiyorovich | Milliy Sertifikat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
πŸ‘80❀17πŸ‘»1
Attestatsiya bo'yicha juda ko'p talabgorlar murojaat qilyapti.

Adminimiz bu masalada javob bera olmaydi. U faqat reklama xizmati bo'yicha siz bilan muloqot qiladi.

Attestatsiyaga qabul 20-may kuni ochiladi va 30-maygacha davom etadi. Qabul shartlari va boshqalar 20-may kuni ushbu kanalda e'lon qilinadi.

@Renessansstudy
πŸ‘55πŸ₯°11❀‍πŸ”₯5⚑4😁3πŸ’˜1
βœ…Manba ishonchli!

Hurmatli ustozlar!

Bugun biz oβ€˜zgarish arafasidamiz. Biz, oddiy oβ€˜qituvchilar, ta’lim tizimida adolat va sifat uchun birlashdik. Test tizimidagi nohaqlik, ilmiy asoslardan yiroq savollar va faqat yodlashga asoslangan baholash – bular ta’lim kelajagini xavf ostiga qoβ€˜ymoqda.

Bilaman, bizni kuzatayotgan ayrim fikr egalari: β€œEndi hech narsani ortga qaytarib boβ€˜lmaydi, bizning qoβ€˜limizdan hech narsa kelmaydi, endi kuzgi attestatsiyaga tayyorgarlik koβ€˜rish kerak”, degan fikrdalar. Ammo bir narsani unutmaylik: kuzgi attestatsiyada ham ayni holat takrorlanmasligiga kim kafolat beradi? Siz tayyorlandingiz deylik, lekin bu tayyorgarlik jarayoni nimaga asoslanadi? Kitobning boshidan oxirigacha yod olishgami? Bu bilimmi? Bu holatda bor bilimimizni ham, matn bilan ishlash koβ€˜nikmamizni ham yoβ€˜qotamiz-ku!

Bizning maqsadimiz isyon emas, balki yechim topishdir. Shu bois bizga Respublika markazidan oβ€˜z bilimiga ishongan professional advokatlar yordam bermoqda. Har bir viloyatdan bittadan oβ€˜qituvchiga davlat tomonidan order ajratilmoqda. Bu order uchun toβ€˜lov advokatga emas, balki bankga amalga oshiriladi.

Huquqiy kurashni davom ettirish uchun ixtiyoriy tarzda moliyaviy yordam yigβ€˜moqdamiz. Bu har birimizning kelajagimizga qoβ€˜shgan hissamiz boβ€˜ladi. Biz minimal miqdorni 20 ming deb belgilagan edik. Ammo 10 ming boβ€˜lsa ham, 15 ming boβ€˜lsa ham – sizning qoβ€˜llab-quvvatlovingiz zarur.

Kecha maktabdagi ikki kasbdoshim ham quyidagi hisob raqamga: 9860 1201 8338 8343 pul oβ€˜tkazishdi. Ularning biri nafaqaga chiqishiga ikki yil qolgan, yaqinlashayotgan attestatsiyalarda qatnashmaydi. Ammo millat kelajagiga befarq boβ€˜lmadi.

Befarq boβ€˜lmang!

Sud jarayoni bu kurashning muhim bosqichidir. Agar biz sudgacha borsak va sud ijobiy qaror chiqarsa, test tuzish hamda baholash tizimini isloh qilish majburiyati yuklatilsa, oβ€˜qituvchilar quyidagi yutuqlarga erishishlari mumkin:

Shaffoflik oshadi – Test natijalari qanday aniqlanayotgani, ballar qanday qoβ€˜yilayotgani aniq va tushunarli boβ€˜ladi. Bu oβ€˜qituvchilarga oβ€˜z oβ€˜quvchilari bilimini adolatli baholash imkonini beradi.

Testlar sifatli boβ€˜ladi – Testologiya talablariga mos tuzilgan testlar:

notoβ€˜gβ€˜ri javoblar bilan chalgβ€˜itmaydi, balki bilim darajasini aniqlaydi;

murakkablik darajasi muvozanatlangan boβ€˜ladi;

faqat eslab qolishga emas, balki fikrlash, tahlil qilish, qoβ€˜llay olishga yoβ€˜naltiriladi.


Sohaviy mutaxassislar ishtiroki – Testlar amaliyotchi oβ€˜qituvchilar, olimlar va fan mutaxassislari ishtirokida yaratiladi. Bu esa test savollarining mazmunan chuqur va dolzarb boβ€˜lishini ta'minlaydi.

Oβ€˜qituvchining maqomi oshadi – Baholash tizimiga nisbatan ishonch ortadi. Natijada, oβ€˜qituvchilar oβ€˜z mehnatining haqiqatda toβ€˜gβ€˜ri baholanayotganini koβ€˜radi.

Ta’lim sifatining oshishiga hissa qoβ€˜shadi – Oβ€˜qituvchilar bilim berish jarayonini faqat faktlarni yodlash emas, balki chuqur tushunishga asoslangan tarzda tashkil qilishga ragβ€˜batlantiriladi.

Jamoatchilik nazorati yoβ€˜lga qoβ€˜yiladi – Bunday holat boshqa test(faqat ona tili va adabiyot emas) jarayonlarida ham ochiqlik va islohotlarga yoβ€˜l ochadi. Tizim doimiy ravishda jamoatchilik ishtirokida takomillashadi.

Va eng muhimi – bu bizning kasbiy sha’nimizni tiklaydi!

Karta raqami:
9860120183388343

https://t.me/tilchilardan_murojaat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
πŸ”₯110πŸ‘76❀9πŸ‘6⚑5
Attestatsiya va olimpiada savollarini shakllantirish va o'tkazishni Bilimni baholash agentligiga o'tkazish bo'yicha petitsiya aksiyasini ham o'tkazish rejamizda bor. Bu borada Ona tili ustozlar kengashi hamda boshqa faollar amaliy yordam beradi deb umid qilamiz.

@Renessansstudy
πŸ‘201πŸ”₯18πŸ’―13❀12⚑9😁4✍1
Hala MadridπŸ’ͺ
πŸ‘455πŸ₯΄140❀‍πŸ”₯82πŸ”₯43❀36😁20πŸ†20πŸ’―19πŸ’˜16πŸ€·β€β™€5πŸŽ‰4
Real ham attestatsiyachi talabgorlarga o'xshaydi: faqat xo'rlashyapti:)

@Renessansstudy
😁557😒103πŸ₯΄36πŸ‘32πŸ’―27😨8❀‍πŸ”₯7πŸ”₯7❀6🐳6😐6
Fol-fol o'ynaymizmi?)

@Renessansstudy
😁550πŸ‘39πŸ‘€30❀11😱8🀯6⚑5πŸ”₯5😐5πŸ‘Œ3πŸ‘»3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Attestatsiya natijalari bekor qilinishi kerak" β€” ekspertlar

Ayni kunlarda oβ€˜tkazilayotgan pedagoglar attestatsiyasi test sinovlarida tushayotgan savollarning validligi hali-hamon soβ€˜roq ostida qolmoqda.

Ta’lim boβ€˜yicha ekspertlar esa barcha attestatsiya natijalarini bekor qilib, jarayonni toβ€˜xtatish kerakligini aytmoqda. Bu haqda "Tanaffus" podkastining 16-sonida soβ€˜z bordi.

Podkast davomida ekspertlar attestatsiya jarayonini tashkil etishdan tortib, oβ€˜qituvchilarning asosiy noroziligiga sabab boβ€˜layotgan testlar validligi haqida toβ€˜liq gapirib berishdi.

Oβ€˜ylaymizki, ushbu sonimizni koβ€˜rgan har bir pedagog attestatsiya jarayonida qanday harakat qilish lozimligi, appelyatsiya berish tartibi, shikoyatlarga vazirlik tomonidan shablon javob qaytarilganda qanday yoβ€˜l tutish kerakligini bilib oladilar.

Marhamat, "Tanaffus" podkastining attestatsiya mavzusiga bagβ€˜ishlangan sonini hoziroq tomosha qiling.

Koβ€˜rsatuvni koβ€˜rishni boshlashingiz bilanoq bir dona layk va izoh yozib, bizning loyihamizni qoβ€˜llab-quvvatlab qoβ€˜yasiz degan umiddamiz.


▢️ To'liq video β€” https://youtu.be/rvg_3AC3gvI

Telegram l Facebook l YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
πŸ‘135πŸ’―6πŸ”₯4❀3πŸ₯΄3
Attestatsiya kursimizdan nimalar olasiz? Bularni quyida ko'rib chiqamiz.
1) Eng yangi va sara testlar taqdim etiladi. Sizga berilgan testlar hech qayerda foydalanilmagan va spetsifikatsiyaga mos holatda beriladi.
2) Ona tili grammatikasi, ilmiy matn, badiiy batn (she'rlar va g'azal tahlili) maydalab, chuqur holatda tushuntiriladi.
3) Adabiyot darsligi spetsifikatsiya bo'yicha (o'zimizning tilda aytganda 5-11-sinflar takrorlab chiqiladi) tahlil qilinadi.
4) Kasb standarti va pedagogik mahoratdan o'z kasbining ustasi bo'lgan Anora Mahkamovaning yopiq maxsus guruhida tahsil olasiz.
5) 4 oy davomida attestatsiya imtihonida qanday bilim tekshirilsa, hammasi tushuntiriladi.

20-maydan qabul ochiladi. 4 oylik dasturimiz orqali maksimal darajangizni yuqori cho'qqiga olib chiqamiz!

@Renessansstudy
❀40πŸ‘21πŸ‘€2
❀29πŸ‘25πŸ₯°2πŸ’˜1
2024-yilning 21-22-dekabr kunlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun test sinovlari oβ€˜tkazildi. Test sinovlarida ishtirokchilarga 44 ta (40-44-ochiq test topshiriqlarining A va B qismlarga ajratilishi hisobiga 49 ta) va 1 ta yozma ish (esse) dan iborat test topshiriqlar toβ€˜plami berildi. 3-jadvalda test sinovlarida ishtirok etgan sinaluvchilardan ixtiyoriy tanlab olingan 39 ta ishtirokchining natijalari keltirilgan. Bu jadvalda sinaluvchilarning yopiq test topshiriqlarining natijalari asosida hisoblangan xom ballarining (X) monoton kamayish tartibida tanlab olingan. Jadvalning keyingi ustunida sinaluvchilarning yozma ish (esse) natijalariga fan ekspertlari tomonidan qoβ€˜yilgan dastlabki xom ballari-(Xin) keltirilgan.

Yozma ishga fan ekspertlari tomonidan qoβ€˜yilgan xom ballar asosan 10 va 20 ball oraligβ€˜ida tebranayotganligini koβ€˜rish mumkin, ammo yopiq test natijalari esa uzluksiz kamayib bormoqda. 33-oβ€˜rindagi sinaluvchining yopiq test natijasida olgan xom balli 14 ga teng boβ€˜lsa-da, yozma ishga qoβ€˜yilgan xom ball 20,5 ga teng yoki 1-oβ€˜rindagi sinaluvchining yopiq test natijasida olgan xom balli 46 ga, yozma ishga quyilgan xom balli esa 18,25 ga teng, shu kabi holatlar boshqa sinaluvchilarda ham uchraydi. Yozma ishlarni baholashda asosiy muammolardan biri – baholovchining subyektivligi. Bu esa oβ€˜z navbatida shaxsiy qarashlarga, yozma ish mazmunini turlicha talqin qilishiga va emotsional holatga bogβ€˜liq boβ€˜lishi mumkin. Ba’zi mavzularni tushunish va ularga munosabat bildirish osonroq boβ€˜lsa, ba’zilarida sinaluvchilar qiynalishi mumkin. Ayrim fan ekspertlari qat’iy baholasa, boshqalar yumshoqroq baholaydi, bu esa umumiy natijalarga ta’sir qiladi. Shuning uchun yozma ishga qoβ€˜yilgan xom ballar toβ€˜gβ€˜ridan-toβ€˜gβ€˜ri natija sifatida qabul qilinishi unchalik toβ€˜gβ€˜ri boβ€˜lmaydi. Sinaluvchilarning yopiq test natijalariga qoβ€˜yilgan xom ballari bilan yozma ishga qoβ€˜yilgan xom ballarini arifmetik qoβ€˜shish orqali umumiy ballni chiqarish adolatlilk tamoyillarining buzilishiga olib keladi. Sinaluvchilarning standart ballarini hisoblash uchun esa oβ€˜zaro muvofiqlashtirish talab etiladi. 3-jadvalda sinaluvchilarning yopiq test natijalari va yozma ish(esse) natijalarining z va T shkaladagi ballari keltirilgan, bu ballar asosida sinaluvchilarning umumiy balli hisoblangan.

Xulosa

Test va esse ballarini oβ€˜zaro muvofiqlashtirib standart ballar (z-ball T-ball, persentil ballar va boshqalar)ga aylantirish bir qator muammolarni hal qiladi va baholash tizimining adolatli va aniq boβ€˜lishini ta’minlaydi. Standartlashtirish barcha ballarni bitta umumiy tizimga keltirib, ularni solishtirishni osonlashtiradi va subyektivlikdan xalos boβ€˜lib baholashning ob’ektivligini oshiradi (3-jadval z-ball va T-ball ustunlari). Bir nechta test natijalarining bir xil shkalaga oβ€˜tkazish ularning oβ€˜rtacha qiymatlarini, test savollarining qiyinlik darajalari kabi kattaliklarini va normal taqsimotga mosligini toβ€˜gβ€˜ri taqqoslash imkonini beradi. Test va yozma ish natijalarini standartlashtirish orqali oβ€˜rtacha ball, mediana, ballarning taqsimot darajasi va standart ogβ€˜ish kabi statistik koβ€˜rsatkichlarni olish mumkin. Bu esa ta’lim sifati boβ€˜yicha yaxshiroq tahlil olib borish va natijalar asosida qarorlar qabul qilishga yordam beradi.

Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy – oβ€˜quv amaliy markazi (Q.A.Amonov, A.A.Baratov)

@Renessansstudy
πŸ‘179🀯34❀15πŸ‘7😁5πŸ€”2
Manipulyatorlarning manipulyatsiyasiga aldangan insonlar ko'plab topilishi - achinarli holat.

Asossiz "chiqadi-chiqmaydi" deyish ortidan inson kamida beburd bo'lib qoladi. Navoiyning "Sher bilan durroj" masalidagidek.

@Renessansstudy
πŸ‘264πŸ’―72😁69❀26⚑16πŸ”₯8πŸ•Š7πŸ™6❀‍πŸ”₯5πŸ‘4πŸ‘€4
πŸ”₯ Abituriyentlar, β€œperevodchi”lar, test tahlilini kuchaytirmoqchi boΚ»lgan ustozlar diqqatiga!

Bepul 30 talik diagnostik test!

Avgust imtihoniga tayyorlanayotgan va haqiqiy imtihon muhitini his qilmoqchi boΚ»lganlar uchun zo'r imkoniyat!

BBA (sobiq DTM) testlari namunasidagi diagnostik testga nima deysiz?

16-may kuni bo'ladigan onlayn testimizga taklif etamiz.

Ushbu testda nimalar o'z aksini topgan?
βž–Beriladigan test 100 % yangi,
BBA standarti asosida tayyorlangan.

βž–Matnli testlar.
βž–Kichik she'riy janrlar (tuyuq, qit'alar) dan tuzilgan testlar.
βž–Mantiqan oΚ»ylab bajaradigan grammatika savollari.
βž–Badiiy asar testlari.

Test tugagach har bir savol ovozli chatda tahlil qilinadi!

Tahlil mobaynida qiyin savollarni qanday qilib bexato bajarish yo'llari ham o'rgatiladi!

Variantlar orasidan to'g'ri javobni oson va tez ajratib olish usullari haqida ham fikr yuritiladi!

Ustoz: Doniyor Haydarov

Sana: 16-may
Test boshlanadigan vaqt: 20:00
Tahlil boshlanadigan vaqt: 21:30

Test boΚ»ladigan kanal:
@ona_tili_haydarov
πŸ‘†Hoziroq yuqoridagi kanalga qoΚ»shilib oling!


@milliytilbot

Reklama huquqi asosida
πŸ‘58❀9πŸ”₯8πŸ‘5😁4⚑2πŸ’―2❀‍πŸ”₯1πŸ†1
Bilimni baholash agentligi tomonidan natijalarni e'lon qilish 26-27-may kunlariga rejalashtirilyapti. Insayd ma'lumotlarga ko'ra bu haqiqatga yaqin xabar hisoblanadi.

@Renessansstudy
πŸ‘233😱56😒30😁25πŸ’”19❀15πŸ₯°7πŸ•Š7πŸ”₯6πŸ‘5πŸ‘Œ3
Forwarded from Jaloliddin Baxtiyorovich | Milliy Sertifikat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🐳39πŸ‘29❀10πŸ”₯5⚑4πŸ‘1