O'zbek tili va adabiyoti (Davron Akbar bilan)
48.2K subscribers
1.34K photos
145 videos
439 files
685 links
Davron Akbarning sahifasiga xush kelibsiz!

Kanalda test kitoblarimiz haqida ma'lumot, sara testlar, shuningdek, ta'lim yangiliklari berib boriladi.

Manzil: Namangan viloyati

Donat: https://tirikchilik.uz/davronakbar

Reklama: @Renessansstudy_reklama
Download Telegram
Masalan, attestatsiyada qiyin savol sifatida shunaqa test topshirig'ini bersa bo'ladi. TIP biroz qiyin, lekin javob chiqadi.

Quyidagi gapda qatnashgan tinish belgilari haqidagi hukmlarning nechtasi to’g’ri berilgan?

Shuni unutmaslik kerakki, insonda do‘stlik, birodarlik, o‘zaro ishonch (eng muhimi ham shu) – hammasi darhol yuzaga kelib qolmaydi. Bir olim “Do’stlik – insoniyat yutug’i” maqolasida shunday yozadi: “Toy qoqilmay yo‘l topmas, er qoqilmay – do‘st”.

1) Ega va bog‘lamasiz ot kesim o‘rtasida tire tinish belgisining qo‘llanishi kuzatilgan.

2) Ajratilgan bo’lakni shakllantirish uchun qavs tinish belgisi qo’llanishi kuzatilgan.

3) Bosh gap va ergash gap o‘rtasida vergul tinish belgisining qo‘llanishi kuzatilgan.

4) Qo‘shtirnoq belgisi barcha o‘rinlarda ko‘chirma gapni ajratish uchun qo‘llangan.

5) To’liqsiz gapni shakllantirish uchun tire tinish belgisi qo’llanishi kuzatilgan.

6) Bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismlari orasida tire tinish belgisining qo‘llanishi kuzatilgan.

A) bittasi B) ikkitasi
C) uchtasi D) to’rttasi

@Renessansstudy
👍98🤯3523😁18❤‍🔥6👨‍💻32🔥2👌1
⚡️OLIYGOHGA KIRISH UCHUN TAYYORGARLIK KO'RUVCHILAR!

⚡️O'QISHINI KO'CHIRUVCHILAR, TOIFA UCHUN TAYYORLANUVCHILAR!

⚡️SHUNINGDEK, MILLIY SERTIFIKAT UCHUN TAYYORLANMOQCHI BO'LGAN ABITURIYENTLAR VA USTOZLAR!

📣ONA TILI VA ADABIYOT FANIDAN TEZKOR ONLINE KURSIMIZGA TAKLIF ETAMIZ!

🏆KURSIMIZDA  UCH OY ICHIDA MUKAMMAL  BILIMGA EGA BO'LASIZ!
DARSLARIMIZDA:
GRAMMATIKA MAVZULARI TAHLILI;
IMLO BILAN ISHLASH;
G'AZAL VA BOSHQA TURDAGI SHE'RLAR BILAN ISHLASH;
ILMIY VA DIOGRAMMALI MATNLAR BILAN ISHLASH;
SHE'RIY SAN'ATLAR BILAN SHUG'ULLANISH;
ADABIYOT DARSLIKLARI BILAN ISHLASH;
TAVSIYA QILINGAN BADIIY ASARLAR BILAN ISHLASH;
HAR BIR MAVZUGA OID TESTLAR VA BLOKLI TESTLAR O'RIN OLGAN.
💥 HAR BIR MAVZU BO'YICHA TESTNING NOZIK TOMONLARIGA URG'U BERILADI, TESTLAR TAQDIM ETILADI VA TAHLIL QILINADI!

. DARSLAR  TELEGRAMDA YOPIQ GURUHLAR SHAKLIDA  HAFTASIGA 5 KUN (DUSHANBADAN JUMAGACHA) VA HAR HAFTA BMBA (DTM) TESTLARI OLINADI.
💰 TO'LOV: IMTIHONGACHA 600 000

DARSLAR 1-MAYDAN BOSHLANADI.
MUROJAAT UCHUN:
@Oybekqodiriy

Reklama huquqi asosida
👍32👏54🔥3❤‍🔥1
Forwarded from Jalilov. Qaydlar
Yana bir muhim narsa. Intervyuda attestatsiya natijalaridan norozi oʻqituvchiga faqat bitta yechim taklif qilingan: apellyatsiyaga ariza berish.

Lekin bu yerda bir narsa inobatga olinmayapti: apellyatsiyada faqat test topshirigʻining shakl va mazmun jihatdan toʻgʻri yoki notoʻgʻri tuzilganligi qaraladi, uning validligi emas. Testologiya ilmining muhim bitta muhim, bazaviy qoidasi bor: testning sifati faqat uning validligi bilan oʻlchanadi. Validlik talablariga javob bermaydigan testlar yordamida kimnidir baholash, xulosa chiqarish, qarorlar qabul qilish mumkin emas. Apellyatsiyaga boradigan oʻqituvchi esa testolog emas - u vazirlik bilan testning validligi yuzasidan bahsga kirisha olmaydi.

Test mazmun jihatdan toʻgʻri tuzilgan boʻlishi mumkin, yaʼni undagi maʼlumotlar toʻgʻri, kalit (toʻgʻri javob) ham toʻgʻri qoʻyilgan boʻlishi mumkin. Bu hali testning validligini anglatmaydi. Mazmunan toʻgʻri test ham validlik talablariga javob bermasligi mumkin. Testning validligiga baho berish uchun esa birinchi navbatda bu testning maqsadi nima, bu test orqali nimani oʻlchamoqchimiz? degan savolga javob berish kerak. Vazirlikning oʻzida bu savolga aniq javob boʻlmasa, validlik haqida gapirish befoyda.

P.S. Uzr, lekin test validlik talablariga javob bermasa, shuncha kameralar, ratsiyalar, face IDlar, shuncha texnika, shuncha mablagʻ, shuncha odamni ovora qilish - hammasi bir tiyin.
👍103💯85❤‍🔥55🔥2😁1
O'zbek tili va adabiyoti (Davron Akbar bilan)
⚡️⚡️Abituriyentlar, perevodchilar va o'qituvchilar diqqatiga! 📆 Biz 1-maydan boshlab to imtihon kunigacha DTM (Oliy ta'lim muassasalari uchun imtihon) uchun online kurs ochishni rejalashtiryapmiz. 🖇 Intensiv kursimizni keng doirada amalga oshirmoqchimiz.…
Online guruhimizning 80 foizi to'ldi.

***
To'lov qilganlar, chekini yuborib qo'yavering, men kechroq javob yozaman. "Shaxsiyim"da xabarlar ko'payib ketibdi, vaqtim bo'lmayapti qarab chiqqani...

@Renessansstudy
👍358❤‍🔥4
#chellenj

O'sha imtihonning savoli:

8-sinf adabiyot darsligi necha sahifadan iborat?
A) 456
B) 457
C) 458
D) 459

@Renessansstudy
😁508🤯76👍18😱17🥴14❤‍🔥5💔5🔥32👏1
QABULNI BOSHLADIK

Kuzda boʻlib oʻtadigan Milliy sertifikat imtihoniga onlayn guruh darslari 6-maydan boshlanadi.
♻️Barchasi 0 dan boshlanadi.

Ustama olishni va darajasini A+ ga koʻtarishni xohlayotganlarga biz kursimizni taklif qilamiz.


Dars haftada 5 kun o'tiladi.

Darsimizda;
♻️ Har bir test va uning grammatikasi
♻️Matnlar bilan ishlash
♻️Gʻazal va janrlar, badiiy san'atlar
♻️Diagnostik testlar

♻️Eng asosiysi esse darslariga alohida e'tibor beriladi va har qanday mavzuga tushadigan qoliplar taqdim etiladi.


Darslar yopiq guruhda olib borilib, soat 21:00 boʻlib oʻtadi.

💵Oylik to'lov: 150 ming so'm

Har bir dars ovozli chat (grammatika darslari vedio va ovozli chat) orqali olib boriladi va yozib olinib, guruhga tashlab beriladi.

Darslarni minglab shogirtlar ustozi, yuqori sertifikat egasi Aliqulov Baxtishod olib boradi!

Murojaat uchun:
@esse_til ga yozing.
♻️ Aʼzolar soni chegaralangan!
🔊Natijalarimiz guruh va kanallarimizda👇
@oliy_esse_namunalari

@milliy_tilimiz

Reklama huquqi asosida
👍39😁116👌21❤‍🔥1🏆1🤓1😘1
Test validligi — bu test nimani o‘lchashi kerak bo‘lsa, o‘shani aniq va to‘g‘ri o‘lchay olish darajasidir. Oddiy qilib aytganda, test o‘z maqsadiga xizmat qilyaptimi yoki yo‘qmi, shuni ko‘rsatadi.

Validlik test sifatining eng asosiy ko‘rsatkichlaridan biridir va odatda bir nechta turlarga bo‘linadi:

1. Mazmuniy validlik (Content validity)
*Test savollari o‘lchanayotgan bilim yoki ko‘nikmalarni qamrab olganmi? Masalan, matematika testida adabiyot savollari bo‘lsa, mazmuniy validlik buziladi.
Mutaxassislar (ekspertlar) test mazmunini baholash orqali aniqlanadi.


2. Konstruktor validlik (Construct validity)
Test nazariy tushunchani (konstruktni) o‘lchayaptimi?
Masalan, "kritik fikrlash" ko‘nikmasini o‘lchaydigan test haqiqatan ham kritik fikrlashni sinayaptimi, yoki faqat eslab qolishni tekshiryaptimi?


3. Kriterial validlik (Criterion validity)
Test natijasi qandaydir tashqi mezon (kriteriy) bilan qanchalik bog‘liq?

Bu ikki turga bo‘linadi:

*Konkurrent validlik — mavjud natijalar bilan taqqoslash (masalan, o‘quvchilarning test ballari va ularning kundalik baholari o‘rtasidagi bog‘liqlik).

*Prediktiv validlik — test kelajakdagi natijalarni qanchalik bashorat qila oladi (masalan, kirish imtihoni natijasi talabani universitetdagi o‘qishi haqida nimadir deyadimi?).

Muhim eslatma:
Test ishonchli (reliable) bo‘lmasdan valid bo‘la olmaydi. Ammo ishonchli test har doim ham valid bo‘lavermaydi. Ya'ni test natijalari bir xil chiqqani (ishonchliligi) u to‘g‘ri narsa o‘lchayapti degani emas.

Sun'iy aql

@Renessansstudy
👍716🔥6🤝51👏1🤔1
Forwarded from O'zbek tili va adabiyoti (Xalilov bilan) (Muhriddin Xalilov)
❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥 💖💖💖 💛💛💛

👍1-may kuni Ona tili va adabiyot fanidan haqiqiy BBA standartiga mos test o‘tkaziladi. Testlar mutlaqo yangi. Haqiqiy bilim darajangizni sinovdan o'tkazib olasiz.

Test mutlaqo BEPUL
Hech qanday shartlarsiz (kanalimizga a'zo bo'lganingizning o'zi yetarli)

☄️BU HALI HAMMASI EMAS!!!

Testdan eng yuqori ball to'plagan 3 kishi mukofotlanadi:

1️⃣-o'rin 70 ming so'm
2️⃣-o'rin 50 ming so'm
3️⃣-o'rin 30 ming so'm

☄️BU HAM HALI HAMMASI EMAS!!!

Testdan so'ng jonli efirda test tahlili ham bo'lib o'tadi.

📅 Test sanasi: 1-may (Payshanba)

Test vaqti: 20:00

Test o'tkaziladigan kanal:
@Til_va_adabiyot_Xalilov

P.S.: Abituriyentlarni taklif qiling. Qancha ko'pchilik qatnashsa, shuncha qiziqarli bo'ladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7310🔥6😁6🥰5🎉1
O'zbek tili va adabiyoti (Davron Akbar bilan) pinned «⚡️⚡️Abituriyentlar, perevodchilar va o'qituvchilar diqqatiga! 📆 Biz 1-maydan boshlab to imtihon kunigacha DTM (Oliy ta'lim muassasalari uchun imtihon) uchun online kurs ochishni rejalashtiryapmiz. 🖇 Intensiv kursimizni keng doirada amalga oshirmoqchimiz.…»
Pedagogik yo'nalishlar uchun sirtqi ta'lim yopilganini aytishmoqda.

To'g'ri o'yladingiz, hamma yo'nalishlarda sirtqi bo'lmaydi endi. Tayyorgarlikni kuchaytiring. "Sirtqiga kirib olaman", deb o'ylamang. Haqiqiy kurash boshlanadi endi.

@Renessansstudy
🔥70👍23😱15😢10👏93🥴31
Namangan davlat pedagogika instituti Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligiga o'tkazilibdi. Endi bu universitet Hilola Umarova boshchiligidagi vazirlikka bo'ysunadi.

NamPI dagilarni qutlaymiz, sababi buni tanlarida hali his qilishadi.

@Renessansstudy
😁91👍25🤔2116🔥73❤‍🔥3🥴1💘1
Kasb standarti va pedagogik mahoratdan samarali va professional dars o'tadigan va bu borada yutuqqa erishgan qaysi ekspertlarni bilasizlar? Bir tayyorlanmoqchiman.

Izohlarga yozishingiz mumkin!

@Renessansstudy
🔥68😁42👍1210😱103🤷‍♀3🥴1💘1
Attestatsiyaga iyun oyida bitta guruh ochamiz. Yagona guruh, lekin salobatli guruh bo'ladi.

4 oylik dastur (dasturda ona tili grammatikasi, matnlar bilan ishlash, adabiyot o'rin oladi) bo'yicha pedagoglar maxsus guruhda, sara testlar bilan, tayyorlanadi.

Kasb standarti va pedagogik mahoratdan Anora Mahkamova bilan hamkorlik qilamiz. Kuch to'plab turing, bizning javobimiz qattiq bo'ladi!

@Renessansstudy
👍363🔥37❤‍🔥18👏137🥴1💘1
Online kursimizga qabul yakunlandi.

Ro'yxatdan o'tgan talabgorlarga ertaga kun davomida guruh linki yuboriladi.

@Renessansstudy
👍8015🔥8❤‍🔥7😢5🙉2👏1😨1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum!

Ilmga chanqoq qadrdonlarim!

📣📣📣📣📣
Sizlarni onlayn marafonimizga taklif etamiz!

Darsimizda, Xudo xohlasa, quyidagilarga ega bo'lasiz:

📖 G'azal tahlili.
📝 Ilmiy matn tahlili.
🔎 Mavzuga oid test ishlash texnikasi.
💰Onlayn kurs chegirmasi.
🎁 Sovg'alar (ustozlar, talabalar va abituriyentlar uchun).

Marafon 3⃣,4⃣MAY kunlari soat 🕗20:00da
@ONA_TILI_YANGILIKLARI kanalida bo'lib o'tadi!

🤲 Alloh ilmingizni ziyoda qilsin, darslarimiz barchaga manfaatli bo'lsin!

Hurmat va ehtirom ila ustoz
AZAMAT IRMATOV

E'LONNI YAQINLARINGIZGA HAM TARQATING VA KO'PCHILIKKA MANFAATLI BO'LISHIGA O'Z HISSANGIZNI QO'SHING!

Reklama huquqi asosida
👍70🔥114😍4💯42🏆2💘2🙉2❤‍🔥1👏1
👉Test savollarining ishonchliligi (reliability) deganda, test natijalarining barqarorligi va takroriyligi tushuniladi. Ya'ni bir test bir xil sharoitda bir xil bilimga ega bo‘lgan o‘quvchilarga takroran qo‘llanganda, o‘xshash natijalar berishi kerak.

👉Ishonchlilik shuni bildiradiki, test o‘zgaruvchan holatlarga (masalan, vaqt, kayfiyat, test topshirish muhiti) juda kuchli ta’sirda qolmaydi va natijalar tasodifiy emas, balki barqaror bo‘ladi.

Ishonchlilikni oshiruvchi omillar:
Savollarning aniq va tushunarli bo‘lishi
Test topshiriqlarining o‘zaro muvofiqligi
Baholash mezonlarining aniq belgilangani
Savollarning test maqsadiga mosligi

💠Testning ishonchliligi ko‘pincha statistik usullar orqali, masalan, Kuder-Richardson (KR-20, KR-21) yoki Cronbach alpha koeffitsienti yordamida aniqlanadi.

👉Ishonchsiz testlar — bu test natijalari bir xil bilimga ega bo‘lgan o‘quvchilar uchun barqaror va takrorlanuvchi bo‘lmaydigan, ya'ni tasodifiy yoki noto‘g‘ri baho beradigan testlardir. Quyida ishonchsiz testlarning asosiy xususiyatlari keltirilgan:

1. Savollar noaniq yoki chalkash bo‘lsa:
Savolda bir nechta tushunarli yoki mantiqan to‘g‘ri javob bo‘lsa
Savol tili murakkab, noto‘g‘ri yoki ikki ma'noli bo‘lsa

2. Baholash mezonlari aniq belgilanmagan bo‘lsa:
Testda subyektiv baholash talab qilinadi, lekin aniq mezon yo‘q
Har bir baholovchi turlicha ball qo‘yishi mumkin

3. Test topshiriqlari o‘quv dasturiga mos bo‘lmasa:
Savollar o‘rgatilmagan mavzulardan tuzilgan
O‘quvchilarning bilim darajasidan yuqori yoki past darajadagi savollar mavjud

4. Test juda qisqa yoki juda uzun bo‘lsa:
Juda kam savollar test natijasining ishonchliligini pasaytiradi
Juda ko‘p savollar esa charchoq yoki e’tibor yo‘qolishiga olib keladi

5. Testda tasodifiy to‘g‘ri javob ehtimoli yuqori bo‘lsa:
🟡Masalan, barcha savollar “A, B, C, D” ko‘rinishidagi tanlov bo‘lsa, va distractorlar (chalg‘ituvchi javoblar) zaif bo‘lsa

6. Biror test o‘zini takrorlaganda turlicha natijalar chiqarsa:
O‘quvchi bir kunda yaxshi, boshqa kunda yomon natija chiqarsa (shartlar o‘zgarmagan holda), bu ishonchsizlik belgisi bo‘lishi mumkin.

@Renessansstudy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8510🔥6❤‍🔥3👌1
G'AZAL TAHLILI o'rgatilayotgan darsga zudlik bilan qo'shiling!

Dars oxirida onlayn kurs chegirmasi va sovg'alarga ega bo'ling!

Ustoz: Azamat Irmatov

@ONA_TILI_YANGILIKLARI

https://t.me/ONA_TILI_YANGILIKLARI?livestream=ea8135df7241630928

Reklama huquqi asosida
👍25🔥52😍2💘2
20-maydan 30-maygacha attestatsiya uchun qabul ochishni rejalashtirganmiz. Darslar iyun oyining boshida boshlanishi rejalashtirilgan.
Bu dastur 4 oyga mo'ljallangan.
Unda:
1) Grammatikani "nol"dan ko'rib chiqish va uni yangi testlar bilan mustahkamlash;
2) Ilmiy matnlar bilan mukammal ishlashni o'rganish va u asosida 10 ta ilmiy matnni ishlash;
3) Spetsifikatsiyadagi adabiyotlarni o'qitish, ulardagi kompetensiyalar haqida ma'lumot berish - test nazarda tutilmagan.
4) She'riy parcha (bayt, masnaviy, qit'a, ruboiy, fard, tuyuq, g'azal) bilan ishlash;
5) Kasb standarti va pedagogik mahorat bo'yicha dasturni yakunlash (Anora Mahkamova boshchiligida).
6) Diagnostik test uchun yangi chiqishi kutilayotgan "Umumiy variantlar 2-qism" kitobidan foydalaniladi.

Kursning 4 oylik ekani, testlarning salmog'i, kasb standarti va pedagogik mahorat faoliyatining xarajati - barchasini hisobga olib har oy uchun 300 ming so'm narx belgilangan.
Jami summa esa 1 mln 200 ming so'mni tashkil etadi.

@Renessansstudy
👍7119👨‍💻3😇2
Yozgi imtihon uchun ro'yxatdan o'tgan talabgorlar uchun darslar dushanba 20:30 dan boshlanadi.
Bugun va erta ichki safarimiz bor. Ularni yakunlab olib, xotirjam darslarni boshlaymiz va jarayonga qattiq kirishamiz.

@Renessansstudy
👍519