O'zbek tili va adabiyoti (Davron Akbar bilan)
47.4K subscribers
1.35K photos
146 videos
439 files
688 links
Davron Akbarning sahifasiga xush kelibsiz!

Kanalda test kitoblarimiz haqida ma'lumot, sara testlar, shuningdek, ta'lim yangiliklari berib boriladi.

Manzil: Namangan viloyati

Donat: https://tirikchilik.uz/davronakbar

Reklama: @Renessansstudy_reklama
Download Telegram
Osmonlarga uzatdik qoʻlni,
Yuraklarga qoʻndi bir surur.
Tanlagandik eng mushkul yoʻlni,
Oxir bizni oʻldirdi gʻurur.

Bizga qarshi jang qildi samo,
Boshimizdan yogʻildi qorlar.
Qishdan omon chiqqandik ammo
Bizni qatl etdi bahorlar.

© Xayrulla Hamidov

@Renessansstudy
❤‍🔥426😁147👍104💔43🥰3720🔥1514👏10🕊10💯9
Ikkinchi smenaga ta'limni raqamlashtirish mavzusida esse tushibdi. Yaxshi mavzu!

@Renessansstudy
👍236💔462828🤔19🔥11❤‍🔥5👏5🥰4🕊3
Ikki smena o'tdi. Lekin birorta ehtimol deyilgan masalada esse ham, test ham tushmadi.

Demak, hech narsaga e'tibor bermang. Agar X variant va balo battarlar tashqariga chiqqanda birinchilardan bo'lib berardim😁

@Renessansstudy
👍301😁206🔥35😭3221🤯7💯7👏6🥰3🙈3❤‍🔥2
Kitobingizdan test tushadimi deb bezor qilib tashlashyapti.

Hurmatli talabgorlar, agentlik hech qachon ma'lum kitoblardan savol olmaydi. Imtihon testini ham odam tuzadi, kitobni ham odam tuzadi. Qiziq tomoni ikkalasi ham bir manbadan tuzadi. Kitobimizdagi ayrim savollar yoki boshqa kitoblardan ayrim savollar imtihondagi savol bilan o'xshash tushsa, bu test tuzuvchining mahorati deyiladi.

Demak, bunday kitoblardan kengroq foydalanish kerak. Ammo bu degani imtihonga biror kitobdan savol olinyapti degani emas.

Atom matni tushibdi. Bu matn bizning kitobda bor, lekin imtihondagi savol boshqacha holatda. Chalg'imang, ko'proq kitobdagi testlardan ishlang, hammasi yaxshi bo'ladi.

Bittasi sizning kitobingizni yodlab chiqdim, endi A+ olamanmi deydi: voy Xudo😁

@Renessansstudy
😁848👍180😨39❤‍🔥2926🔥17💯12🤯9🥰8🤔43
Bugungi esse mavzusi kommunal to'lovlarning aholi sharoitiga muvofiq kelishi yoki kelmasligi haqida bo'libdi. Yaxshi mavzu.

Ehtiyot bo'lib yozuvrasizlar: 15 raqami negadir yoqimsiz raqam)))

@Renessansstudy
😁315👍7235❤‍🔥35🤯35👀10🔥7🤔6💯6🙈42
20-aprel 2-smenada imtihonga kiraman. Shu kundagi imtihondan ikkita maqsad ko'zlangan:
1) test savollarining shakli, darajasi va o'rnini bilish;
2) keyingi kurs dasturi (yangi baza) ni shunga moslash, chiqajak kitobni oxirgi shakl va darajaga moslash.

***
Bu mavsum (apreldagi) imtihonga kirganlar ancha omadli ekansiz. Sababi nimada ekanini yaxshi bilasiz. Ammo juda ehtiyotkor harakat qilish lozim. Ayniqsa, dars beruvchilar! Sababi buning keyingi harakatlari og'ir kechadi. Buni boshimdan o'tkazgan inson sifatida aytyapman. Gaplar qog'ozga o'ralgani, mayin va osuda holatda ketgani yaxshi. Ko'p narsalar yig'ilyapti, to'planyapti, ogohlantirilyapti...

@Renessansstudy
👍258🤔4739😭35🔥21😁13❤‍🔥6😱5👏32🥰2
19-20-aprelda imtihonga kiradiganlar, umuman cho'chimang. U kungi imtihonlar bugungi imtihonlardan ham oson bo'ladi. Gapimga 100 foiz javob. Natijalar ham ko'p bo'ladi. Tizimning mohiyatini anglaganim sari ko'p narsalarni tushunib boryapman.

@Renessansstudy
👍844182🙏126🥰92❤‍🔥55😁53😢33🔥28😍25👏21🤗20
Forwarded from O'ZBEK TILI VA ADABIYOTI. MILLIY SERTIFIKAT (Salimbek Nazirov)
#YOZMASAM_BOLMAYDI

Lichkamga kelayotgan murojaatlarning aksariyati quyidagi mazmunda:

Domla, tushadagan savollarni, esse mavusini tashlab bering, hoziroq kartangizga pul o'tkazaman.
Domla, yana testlar qo'lga chiqib ketdimi?
Domla, mana bu savolga buni qo'ygandim, nima bo'ladi?
Domla, mana bu ustoz mana bunday debdi, tusharmish, shu to'g'rimi?

Yana boshqalariyam bor, ochig'i esimda qolgani, asosiylari shular.

Javobim:

Men hech narsadan tashvishlanmayman, hech narsaga aloqam yo'q, hech qanday "sirli" yo'llarini bilmayman, oldindan javoblarni aytolmayman. Hozir oilam bilan dam olyapman, telegramdagi bunaqa xabarlarga javob bermayman. Nima bo'lsa, bo'ladi, unga ortiqcha siqilish, nohaqlikka uchragandek his qilish befoyda, hech narsani o'zgartira olmaysiz, iltimos qilaman: tinchgina, halol yashang, halol, o'z ilmingiz bilan shu sertifikatni oling, qoladigani - ilm, qoladigani - ma'naviy boylik, ustama ham, kasb ham muqim emas.

Siqilmanglar, xavotirlanmanglar, o'tkinchi dunyoda bundan boshqa tashvish yo'qmidi? O'zingizga ishoning, bo'ldi, sindirasiz, sochib tashlaysiz shu testlarni, imtihonga kirmay turib yutqazmanglar...

Nasib qilsa kelar Shomi Iroqdan,
Nasib etmasa ketar qosh-u qovoqdan.
Mol-u baxt izlama aslo yiroqdan,
Bersa Xudo bersin, boshqasi bekor.


Salimbek Nazirov

@nazirov_sertifikat
👍659🔥9464💯60👏32🥰16😭10🕊7❤‍🔥5🤝5🤓3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
MS imtihon davri boshlandi!

Kuzatyapmizki, turli kanallarda turli fikrlar aylanmoqda. Kimdir tushgan savollarni aytmoqda, kimdir tushishi mumkin bo‘lgan savollarni taxmin qilmoqda...

"Buxoro – ziyo" esa bu gal amaliy yondashuvni tanladi:
Tushgan savollar + eng yuqori ehtimoldagi savollar = bitta botda jamlandi!

👉@FoydaliZiyobot ga kiring.

Shunchaki videoko‘rsatmaga amal qiling va sizga kerakli barcha savollarni o‘zingizga qulay tarzda toping.

Bu – vaqtni tejash, fokusni yo‘qotmaslik va to‘g‘ri tayyorgarlik garovi!

https://t.me/FoydaliZiyobot
https://t.me/FoydaliZiyobot
👍8720🤗14🔥4👏2❤‍🔥1
19-20-aprelda imtihonga kiradiganlar uchun jami 4 ta variantda test savollari tayyorlangan. Bu savollarning darajasi 12-13-apreldagi savollar bilan bir xil. E'tibor bering, daraja bir xil, lekin auditoriyaning subyektlari pedagoglar bo'lgani uchun bu jarayon ancha soddalashgandek tuyiladi. Bunga qator sabablar bor. Birinchidan, pedagoglar esseni yuqori saviyada yozadi, ularga har qanday mavzu osondek tuyiladi, sababi tajriba va dunyoqarash anchagina keng.

Ikkinchidan, pedagoglar orasida ilmiy tabaqalanish bor. Ayrim pedagoglar test tizimidan butunlay bexabar, ayrimlari o'rtacha, ayrimlari esa professional bo'lib ketgan. Bu umumiy darajalarga o'z ta'sirini o'tkazadi. O'z navbatida tizimni tushunish testni qanday yecha olishni ham belgilab beradi.

O'zbek alifbosidagi birinchi harf qaysi degan savol bilmagan uchun doimo qiyin bo'ladi, lekin bilganga oson. Shunday asosda imtihonda ham ilmiy tajribaga ega bo'lgan pedagoglar nisbatan oson sertifikatni qo'lga kiritadi. Muhim narsa shuki, bu yerda ilm borasida tafovut ko'rsatkichi sezilarli darajada katta. 12-13-aprelda kirganlar esa ilmiy tafovut minimal holatda. Shuning uchun ularda butunning ulushlari doirasida ballar farqalanadi. Pedagoglarda esa ba'zilarning bali sezilarli darajada yuqorilab ketadi, ba'zilarning bali esa nihoyatda tushib ketadi.

Umumiy auditoriya qobiliyatiga yarasha test beriladi, siz umumiy auditoriya qobiliyatining o'rta arifmetigidan ko'p ball olsangiz, A+ olish muammo emas. O'rta arifmetik esa abituriyentlarniki kabi murakkab emas.

Vaziyat qanday?
Vaziyat shuki, 19-20-aprelda kiradiganlar siz boshqalardan kuchli bo'ling, sertifikat naq. Kuchli bo'lganingiz uchun ham savollar oson tuyiladi.

Fayllardagi savollar esa hali uzoq yillar davomida sizni test bilan ta'minlaydi.

UTP: bu post faqat pedagoglar ishlaydigan variantlar uchun taalluqli. Pedagoglar uchun yozilgan desa ham bo'ladi.

@Renessansstudy
👍284😭8544👏33🔥21❤‍🔥13😁5🎉5👨‍💻4😢3🤯1
16-aprel kuni Bilimni baholash agentligida bo'ladigan imtihonoldi sinovga boraman. Bu imtihon 19-20-aprel kunlari bo'ladigan imtihonning darajasi haqida ma'lumot beradi. Savollardagi o'zgarishlar (agar bor bo'lsa), qiyinlik darajasini aniqlab kelaman. Bu haqida batafsil ma'lumot beraman.
Imtihon avvalida biroz bo'lsa-da, xulosa olasiz!

@Renessansstudy
👍45188👏38❤‍🔥37🔥3318😢13🥰12😁10🎉10👀4
Har bir variant bir-biriga bog'liq bo'lmaydi. Masalan, birinchi smenada bitta variant beriladi. Shu variantni o'sha smenaga aloqador hamma ishlaydi. Natija ham shu smena bo'yicha hisoblanadi. Ikkinchi smenaga umuman boshqa variant beriladi, uni ham o'sha smenadagilargina ishlaydi. Natijalar ham shu smenadagilar o'rtasida taqsimlanadi.

Aslida-chi, bir variantni ikkinchi variantga solishtirayotganlar yoki 12-13 dagi imtihonni 19-20 ga solishtirayotganlar biz ahmoqmiz. Toza ahmoqmiz. Qaysi kalla bilan bir smena savolini boshqa smenaning savoli bilan solishtirish mumkin, unda qobiliyatlar boshqa-boshqa-ku. Biz shunaqangi absurd narsalar ustida bahslashyapmizki, ustimizdan d&#@£lar deb kulyapti ko'pchilik.

Bir hafta qoldi, yig'ishtiring gap-so'zlarni, hamma qo'liga kitobini olsin. Badiiy adabiyotlarni o'qing, grammatikaga qarang, ilmiy matnlarni ishlang. Shedevrda jami 40 ga yaqin ilmiy matnlar berilgan ishlab chiqing.

@Renessansstudy
👍434😁784536❤‍🔥32👌16🔥15🤓13😭12🐳9💘3
Farruhbekning talabgorlarga jon kuydirishini olqishlayman, ammo repititorlar umumiy auditoriyaning 1 fozini ham tashkil etmaydi. Shuning uchun ular 100 foizlik natija ko'rsatgan taqdirdayam boshqa talabgorlarning umumiy natijasiga sezilarli ta'sir eta olmaydi. Sababi ularning birgalikdagi thetasi ham umumiy o'rta ballni yuqorilata olmaydi. Buni hisobga olganda vahimaga o'rin yo'q.

Sertifikat kerak emaslarga shundoq ham titutlga belgilash tavsiya etilmaydi. Bo'yashdan mantiq ham yo'q.

@Renessansstudy
🔥274👍9632👏32🤔26🤩12😍8❤‍🔥7😇5🕊4🤗4
Forwarded from Bobur Uktamov
⚡️Milliy sertifikat imtihoni: yangilan(ayot)gan savol tiplari boʻyicha jonli dars.

17-aprel (payshanba) soat 20.30 da Samgin Qurbonov kanalida 12-13-aprel kunlari oʻtkazilgan milliy sertifikat imtihoni yakunlari va 19-20-aprel kuni oʻtkaziladigan imtihon boʻyicha onlayn dars oʻtkaziladi.

Darsda quyidagi masalalar koʻrib chiqiladi:
Yangilan(ayot)gan savollar va ularning yechimi, savollarda qanday oʻzgarishlar bor?
Ilmiy, badiiy va mumtoz matnga oid savollar va ularning yechimi:
19-20-aprel kuni imtihoni oldidan kutilmalar haqida mulohazalar.

Ekspert: Samgin Qurbonov, filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), testolog.

Dars quyidagi kanalda oʻtkaziladi:

@samgin_qurbonov
👍15230👏18🔥15🏆97👌3🥰2🎉2
Distraktor_plots (10-aprel).pdf
366.2 KB
10.04.2025 da o'tkazilgan testning distraktorlari tahlili.

@Renessansstudy
👍65🔥15❤‍🔥1313🥰8🤔4
Ona tilidan imtihon avvvalidan mockka kelgandim.

Haligacha hech kim yo'q; ichki xotirjamlik deb o'tiribman)

@Renessansstudy
😁863👍122😘46🔥3633👻12❤‍🔥11🐳11💘10🙉8👏7
Dilnavoz Yusupova va Najmiddin Komilovning g'azallar sharhini ko'rib chiqish qat'iy tavsiya etiladi.

@Renessansstudy
👍270❤‍🔥4224🤷‍♀20🔥207🥰3🐳3🏆3
Kechga kanalda ovozli chat qilamiz. Boshlanish vaqti 20:00.

Mavzu: 19-20-aprel imtihonining savollariga ilmiy sharh.

@Renessansstudy
👍45051❤‍🔥48🔥35🤗22🤔13😍11🥰107👏5🥴2
20:00 da suhbatimiz boshlanadi.

@Renessansstudy
👍16418👌17🔥13😁8🤝7🕊5🥰4😘4❤‍🔥3🐳2
⚡️ 19-20 aprel sanasida imtihonga kiradigan talabgorlar diqqatiga ❗️

18-aprel ( juma )  kuni yopiq guruhda maxsus online test sinovini o'tkazamiz. Test savollari
Kabir Ismoilov ustozimiz tomonidan tuzilgan bo'lib, bu test 100% yangi imtihon darajasida bo'ladi. 12-13 aprel sanasida bo'lgan imtihondan kelib chiqib, savollar tiplari shu imtihon tipiga moslashtirildi. Bu test orqali siz imtihon oldidan real natijangizni bilib olasiz, shuningdek, yangi imtihon muhitini his etasiz.

Test savollariga professional yondashiladi va to'liq eng oxirgi imtihon
test tiplariga mos tushiriladi.

Test yakunida esa test bittalab tahlil qilib beriladi.  Katakchalarni bo'yash bo'yicha ham amaliy va nazariy ko'rsatmalar beriladi.

Undan tashqari, 11-aprel sanasida yopiq guruhda o'tkazilgan diagnostik test va uning tahlili ham guruhga tashlab beriladi. ( Shunda jami 2 variant ishlanadi ) 11-aprelda bo'lgan diagnostik variantdan namuna ko'rish uchun ( 👉
ustiga bosing )

Bu guruhga qo'shilish va diagnostik testda ishtirok etish 40 ming so'm etib belgilandi.

Eslatma: Guruhda esse mavzusi beriladi, lekin tekshirib berilmaydi.

Guruhga qabulni hozirdan boshlaymiz va  18-aprelgacha davom etadi.

Iltimos, yuqoridagi ma'lumotlarni o'qib chiqing. Yana boshqatdan tushuntirishga bizni majbur qilmang. Faqat ro'yxatdan o'tsangizgina murojaat qilsangiz, xursand bo'lardik. Chunki vaqtimiz juda chegaralangan.


Murojaat uchun:
@Kabir_Ismoilov

Joylar soni chegaralangan, guruhga ma'lum miqdorda o'quvchi qabul qilingandan keyin qabul yopiladi.

Ps: Test 18-aprel kuni ertalab sahar test yopiq guruhga tashab beriladi. Kechqurun tahlil qilib beriladi.

Milliy sertifikatga oid
boshqa savollar tiplari va ularning texnologiyasini kanalimizdan olishingiz mumkin.

1-savol
test tipi
2-savol
test tipi
4-savol
test tipi
5-savol
test tipi
7-savol
test tipi
8-savol
test tipi
9-savol
test tipi
38-savol
test tipi
41-savol
test tipi
42-savol
test tipi
44-savol
test tipi

@ona_tilimuz
@ona_tilimuz
@ona_tilimuz

Reklama huquqi asosida
1👍43550😱47🔥24🫡21❤‍🔥19💘19🙊17💯1412🥰12