O'zbek tili va adabiyoti (Davron Akbar bilan)
47.4K subscribers
1.35K photos
146 videos
439 files
688 links
Davron Akbarning sahifasiga xush kelibsiz!

Kanalda test kitoblarimiz haqida ma'lumot, sara testlar, shuningdek, ta'lim yangiliklari berib boriladi.

Manzil: Namangan viloyati

Donat: https://tirikchilik.uz/davronakbar

Reklama: @Renessansstudy_reklama
Download Telegram
test_analysis_dashboard.png
852.3 KB
πŸ“– 10.04.2025 da bo'lib o'tgan imtihonning test tafsilotlari.

πŸ–ŒοΈUnga ko'ra: (Umumiy 49 ta savol)
πŸ“ˆEng ko'p topilgan savol: 46-savol
πŸ“ΆEng kam topilgan savol: 37-savolni tashkil etdi.

❌Eng yuqori ball sifatida 92 ball bo'lganining sababi o'zim kalitning to'g'riligini telshirish uchun sinab ko'rgandim va bu 100 foizlik natija edi. Shuning uchun mening hisobimga shunday ball bo'ldi va bu ahamiyatsiz.

πŸ›«@Renessansstudy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
πŸ‘126❀17❀‍πŸ”₯16πŸ‘15πŸ”₯10🀩4😍4πŸ€—4⚑2🐳2
10.04.2025 test tahlili
O'zbek tili va adabiyoti (Davron Akbar bilan)
10.04.2025 da o'tkazilgan milliy sertifikat imtihonining tahlili.

@Renessansstudy
πŸ‘183πŸ”₯38❀26πŸ‘20❀‍πŸ”₯9πŸ€—7⚑6πŸ₯°6😁3😒3πŸ€“3
WrightMap (10-aprel).pdf
7.9 KB
10.04.2025 da o'tkazilgan milliy sertifikat imtihoniga aloqador Rayt xaritasi.

Texnik ekspert: Qodirmurod

@Renessansstudy
πŸ‘41🀝7❀‍πŸ”₯6πŸ”₯6❀4😍2πŸ•Š1
Statistika (10-aprel).pdf
88.7 KB
10.04.2025 da o'tkazilgan milliy sertifikat imtihoniga aloqador statistika.

Texnik ekspert: Qodirmurod

@Renessansstudy
πŸ‘49❀7πŸ”₯5🀝4❀‍πŸ”₯2πŸ€”2πŸ•Š2
Essesiz natijalar (10-aprel).pdf
1.9 MB
10.04.2025 da o'tkazilgan milliy sertifikat imtihonining essesiz sertifikat darajalari.

Izoh: Ko'pchilik talabgorlar essega sun'iy ravishda yuqori ball qo'ygani uchun natijalarda o'sish kuzatilgan va sertifikatlar soni ko'paygan. Keyingi imtihonlarda real esse ballari kiritilishini so'rab qolamiz!

Izoh: Javoblarini yuborishda texnik xatolikka yo'l qo'ygan kishilar ham faylda aks etgan.

Izoh: Ushbu sertifikat darajalarini hisoblash R dasturi asosida amalga oshirildi.

Texnik ekspert: Qodirmurod

@Renessansstudy
πŸ‘73❀‍πŸ”₯59❀10πŸ”₯10⚑8πŸ€”5😭5πŸ‘Œ2πŸ•Š2
Forwarded from Teacher
πŸ”ŠESSE, MATN va GΚ»AZALDA muammosi borlar diqqatiga!

πŸ”ŠBu kurs 19-20- aprelda imtihoni borlar uchun juda asqotadi♻️

♻️
Darslarimiz 13-14-15-16-17- aprel kunlari 2 smenada olib boriladi ( 19:30 da va 22:00da boshlanadi). Bu degani siz 10 ta dars olishingiz mumkin.
βœ…13-APRELDAN boshlab yopiq guruhimizda darslar olib boriladi.

πŸ‘¨β€πŸ«Darslarni yuqori sertifikat egasi, minglab shogirdlar ustozi, darslar muallifi Baxtishod Aliqulov olib boradi.

♻️Bizning darslarimizda:
βœ… GΚ»AZAL TAHLILINING SIR SINOATLARI VA GΚ»AZAL TAHLILI.

βœ…MATN ISHLSHNING ENG MUHIM SIRLARI.
5 TA MATN TAHLILI.

βœ…EKSPERTDAN ESSE YOZISH TAVSIYALAR.
ESSE YOZISH  VA TEKSHIRISH.

βœ…Asosiysi 70+ balli ESSE QOLIPI (har qanday esse mavzusiga tushadigan qolip)  beriladi.
βœ…Testning esse MAVZUSIGA tushish ehtimoli bor boΚ»lgan mavzular va bu mavzularga tayyor esse namunalari taqdim etiladi.


πŸ’°KURS NARXI: 50 ming soΚ»m.

πŸ“±MUROJAAT UCHUN:
@esse_til
(35 ta aΚΌzodan ortiq talabgor olinmaydi.)

πŸ“¨Bizga qoΚ»shilingπŸ‘‡

@oliy_esse_namunalari

@milliy_tilimiz
πŸ‘78❀18πŸ₯°7πŸ‘¨β€πŸ’»6❀‍πŸ”₯5⚑4πŸ”₯3πŸ‘3😒2πŸ‘€2😁1
Bugun uxlashga hech kimning haqqi yo'q. Butun mavjudot, butun borliq sizni muvaffaqiyatingiz uchun zikr qilyapti, buni shunchaki his qiling.

@Renessansstudy
❀975πŸ‘158πŸ”₯126❀‍πŸ”₯124😒69πŸ’―37πŸ˜‡26πŸ₯°25😁16πŸ‘»7🀯5
O'zbek tili va adabiyoti (Davron Akbar bilan)
Bugun uxlashga hech kimning haqqi yo'q. Butun mavjudot, butun borliq sizni muvaffaqiyatingiz uchun zikr qilyapti, buni shunchaki his qiling. @Renessansstudy
Bu postning amal qilish muddati tugadi. Hamma uxlasin)

@Renessansstudy
😁602🫑37πŸ‘19πŸ₯΄18🀝16😒12πŸ‘10πŸ‘€10πŸ€“8πŸ€”7πŸ‘¨β€πŸ’»5
Bugun bitta tog'dan oshib o'tdik. 19-20-apreldagi talabgorlardan ham qutilib olsak, mendan baxtli odam yo'q.

Imtihon o'tishigayoq yozgi bakalavr hamda perevod imtihonlariga qabul ochamiz. Ular bilan endilikda javlon uramiz!

@Renessansstudy
πŸ”₯418😁125πŸ‘109❀71πŸ₯°24πŸ₯΄17⚑13🫑11❀‍πŸ”₯10πŸ‘8πŸ’˜6
Kirib chiqqanlar, ushbu post commenti sizga muntazir va mahtal)

@Renessansstudy
❀‍πŸ”₯195😁90πŸ‘38❀26πŸ˜‡20πŸ‘7πŸ’”5🀝5⚑3πŸŽ‰3πŸ•Š3
Menimcha, butun respublika bo'yicha ish samaradorligi haqida esse mavzusi tushdi.

Suvga aloqador esse esa intriga qilinyapti, shekilli. Yana bilmadim! Sizga qaysi matn tushdi, kirib chiqqanlar?

@Renessansstudy
❀164πŸ‘77❀‍πŸ”₯16πŸ€—16πŸ₯°14πŸ™Š5⚑3πŸ”₯3😁3πŸ’―3πŸ•Š2
Hamma viloyatda ish samaradorligi (yoki haqi) haqida esse tushibdi. Suv masalasi qayerdan kirib keldi? Juda ko'p ma'lumotlar asossiz holda berilyapti. Kimdir palonchi esse tusharmikin desa, ikkinchisi bu gapni eshitib shu tushdi deyapti.

O'zlaringni bosinglar! Faqat avvalgi imtihon savollariga qaranglar.

@Renessansstudy
πŸ‘272😁87❀35❀‍πŸ”₯35🫑27πŸ”₯10πŸ’―5⚑2πŸ•Š2
Osmonlarga uzatdik qoΚ»lni,
Yuraklarga qoΚ»ndi bir surur.
Tanlagandik eng mushkul yoΚ»lni,
Oxir bizni oΚ»ldirdi gΚ»urur.

Bizga qarshi jang qildi samo,
Boshimizdan yogΚ»ildi qorlar.
Qishdan omon chiqqandik ammo
Bizni qatl etdi bahorlar.

Β© Xayrulla Hamidov

@Renessansstudy
❀‍πŸ”₯426😁147πŸ‘104πŸ’”43πŸ₯°37❀20πŸ”₯15⚑14πŸ‘10πŸ•Š10πŸ’―9
Ikkinchi smenaga ta'limni raqamlashtirish mavzusida esse tushibdi. Yaxshi mavzu!

@Renessansstudy
πŸ‘236πŸ’”46⚑28❀28πŸ€”19πŸ”₯11❀‍πŸ”₯5πŸ‘5πŸ₯°4πŸ•Š3
Ikki smena o'tdi. Lekin birorta ehtimol deyilgan masalada esse ham, test ham tushmadi.

Demak, hech narsaga e'tibor bermang. Agar X variant va balo battarlar tashqariga chiqqanda birinchilardan bo'lib berardim😁

@Renessansstudy
πŸ‘301😁206πŸ”₯35😭32❀21🀯7πŸ’―7πŸ‘6πŸ₯°3πŸ™ˆ3❀‍πŸ”₯2
Kitobingizdan test tushadimi deb bezor qilib tashlashyapti.

Hurmatli talabgorlar, agentlik hech qachon ma'lum kitoblardan savol olmaydi. Imtihon testini ham odam tuzadi, kitobni ham odam tuzadi. Qiziq tomoni ikkalasi ham bir manbadan tuzadi. Kitobimizdagi ayrim savollar yoki boshqa kitoblardan ayrim savollar imtihondagi savol bilan o'xshash tushsa, bu test tuzuvchining mahorati deyiladi.

Demak, bunday kitoblardan kengroq foydalanish kerak. Ammo bu degani imtihonga biror kitobdan savol olinyapti degani emas.

Atom matni tushibdi. Bu matn bizning kitobda bor, lekin imtihondagi savol boshqacha holatda. Chalg'imang, ko'proq kitobdagi testlardan ishlang, hammasi yaxshi bo'ladi.

Bittasi sizning kitobingizni yodlab chiqdim, endi A+ olamanmi deydi: voy Xudo😁

@Renessansstudy
😁848πŸ‘180😨39❀‍πŸ”₯29❀26πŸ”₯17πŸ’―12🀯9πŸ₯°8πŸ€”4⚑3
Bugungi esse mavzusi kommunal to'lovlarning aholi sharoitiga muvofiq kelishi yoki kelmasligi haqida bo'libdi. Yaxshi mavzu.

Ehtiyot bo'lib yozuvrasizlar: 15 raqami negadir yoqimsiz raqam)))

@Renessansstudy
😁315πŸ‘72❀35❀‍πŸ”₯35🀯35πŸ‘€10πŸ”₯7πŸ€”6πŸ’―6πŸ™ˆ4⚑2
20-aprel 2-smenada imtihonga kiraman. Shu kundagi imtihondan ikkita maqsad ko'zlangan:
1) test savollarining shakli, darajasi va o'rnini bilish;
2) keyingi kurs dasturi (yangi baza) ni shunga moslash, chiqajak kitobni oxirgi shakl va darajaga moslash.

***
Bu mavsum (apreldagi) imtihonga kirganlar ancha omadli ekansiz. Sababi nimada ekanini yaxshi bilasiz. Ammo juda ehtiyotkor harakat qilish lozim. Ayniqsa, dars beruvchilar! Sababi buning keyingi harakatlari og'ir kechadi. Buni boshimdan o'tkazgan inson sifatida aytyapman. Gaplar qog'ozga o'ralgani, mayin va osuda holatda ketgani yaxshi. Ko'p narsalar yig'ilyapti, to'planyapti, ogohlantirilyapti...

@Renessansstudy
πŸ‘258πŸ€”47❀39😭35πŸ”₯21😁13❀‍πŸ”₯6😱5πŸ‘3⚑2πŸ₯°2
19-20-aprelda imtihonga kiradiganlar, umuman cho'chimang. U kungi imtihonlar bugungi imtihonlardan ham oson bo'ladi. Gapimga 100 foiz javob. Natijalar ham ko'p bo'ladi. Tizimning mohiyatini anglaganim sari ko'p narsalarni tushunib boryapman.

@Renessansstudy
πŸ‘844❀182πŸ™126πŸ₯°92❀‍πŸ”₯55😁53😒33πŸ”₯28😍25πŸ‘21πŸ€—20
Forwarded from O'ZBEK TILI VA ADABIYOTI. MILLIY SERTIFIKAT (Salimbek Nazirov)
#YOZMASAM_BOLMAYDI

Lichkamga kelayotgan murojaatlarning aksariyati quyidagi mazmunda:

Domla, tushadagan savollarni, esse mavusini tashlab bering, hoziroq kartangizga pul o'tkazaman.
Domla, yana testlar qo'lga chiqib ketdimi?
Domla, mana bu savolga buni qo'ygandim, nima bo'ladi?
Domla, mana bu ustoz mana bunday debdi, tusharmish, shu to'g'rimi?

Yana boshqalariyam bor, ochig'i esimda qolgani, asosiylari shular.

Javobim:

Men hech narsadan tashvishlanmayman, hech narsaga aloqam yo'q, hech qanday "sirli" yo'llarini bilmayman, oldindan javoblarni aytolmayman. Hozir oilam bilan dam olyapman, telegramdagi bunaqa xabarlarga javob bermayman. Nima bo'lsa, bo'ladi, unga ortiqcha siqilish, nohaqlikka uchragandek his qilish befoyda, hech narsani o'zgartira olmaysiz, iltimos qilaman: tinchgina, halol yashang, halol, o'z ilmingiz bilan shu sertifikatni oling, qoladigani - ilm, qoladigani - ma'naviy boylik, ustama ham, kasb ham muqim emas.

Siqilmanglar, xavotirlanmanglar, o'tkinchi dunyoda bundan boshqa tashvish yo'qmidi? O'zingizga ishoning, bo'ldi, sindirasiz, sochib tashlaysiz shu testlarni, imtihonga kirmay turib yutqazmanglar...

Nasib qilsa kelar Shomi Iroqdan,
Nasib etmasa ketar qosh-u qovoqdan.
Mol-u baxt izlama aslo yiroqdan,
Bersa Xudo bersin, boshqasi bekor.


Salimbek Nazirov

@nazirov_sertifikat
πŸ‘659πŸ”₯94❀64πŸ’―60πŸ‘32πŸ₯°16😭10πŸ•Š7❀‍πŸ”₯5🀝5πŸ€“3