O'zbek tili va adabiyoti (Davron Akbar bilan)
47.2K subscribers
1.35K photos
146 videos
439 files
689 links
Davron Akbarning sahifasiga xush kelibsiz!

Kanalda test kitoblarimiz haqida ma'lumot, sara testlar, shuningdek, ta'lim yangiliklari berib boriladi.

Manzil: Namangan viloyati

Donat: https://tirikchilik.uz/davronakbar

Reklama: @Renessansstudy_reklama
Download Telegram
Yangi 15 kunlik ESSE guruhiga qabul

❗️Har bir qism bo’yicha alohida ishlanadi.
❗️Har bir esse tekshiriladi va baholanadi.
❗️Har bir o’quvchi dars davomida 25-30 ta esse yozadi .
❗️30 ta esse va uning tahlili ega bo’lasiz .
❗️Har kuni dars bo’ladi

🧾Dars sanasi: 2-aprel
🧾Dars vaqti : 21:00
🧾Dars davomiyligi : 18-aprelga qadar
🧾Joylar soni chegaralangan: 20 ta

Bepul namuna dars :
https://t.me/onatili_NasibaxonAbdurahimova/3482

Kurs narxi : Hayit munosabati bilan 150 ming emas 60 ming

9860012109505854
Humo karta
Nasiba Abdurahimova
To’lovdan so’ng chek suratini yuborishni unutmang!


Kursga yozilish uchun :
@NasibaxonAbduxalilovna

@onatili_NasibaxonAbdurahimova

Reklama huquqi asosida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18🔥52🕊2❤‍🔥1👀1
Esse
O'zbek tili va adabiyoti (Davron Akbar bilan)
08.12.2024 da tashkillashtirilgan esse yozish ko'nikmasi bo'yicha ovozli suhbat.

@Renessansstudy
❤‍🔥57👍34🔥7🕊52🤩2👏1👀1
Bugun milliy sertifikatga to'lov qilishning oxirgi kuni. To'lov qilmaganlar 23:59 gacha to'lov qilib olsin!

Hammasini oxirgi daqiqalarga tiqishtirmasdan hozirdanoq to'lovga shoshiling, aks holda, kechki payt sayt qotib, to'lov ham qilolmay qolasiz.

@Renessansstudy
👍78😁386👌4🤔3💔3👀2🕊1
Yuqoridagi postga ilova.

To'lovning oxirgi kuni sifatida 01.04.2025 ko'rsatilgan. Bayram kuni munosabati bilan bir kun qo'shib berilishi mantiqan to'g'ri bo'lar edi.

Gap ro'xyatdan o'tib bo'lgan, lekin to'lov qilmagan kishilar haqida ketyapti, ro'xyatdan o'tish muddati esa 30.03.2025 da tugagan.

@Renessansstudy
👏43👍26❤‍🔥115👀52🔥2🕊1
Esse tekshiruvchi ekspertlarimizdan biri Maxzuna ustoz tomonidan esse bo'yicha kerakli ma'lumotlar berib borilyapti. Kanalga a'zo bo'lishni tavsiya qilaman.

https://t.me/maxzuna_ustoz_bilan_ona_tili

@Renessansstudy
👍45❤‍🔥10🔥754👏3😱1🙏1🕊1
Kanalimizda 16-aprel kuni keng qamrovda diognostik test o'tkaziladi. Milliy sertifikat imtihoniga tayyorlanayotgan barcha qatnashishi mumkin bo'ladi.

Natijalar Rash modeli bo'yicha hisoblab beriladi.

@Renessansstudy
👍380🔥5431❤‍🔥25😍22👏95👌5🕊2
#Mulohaza_vaqti | "Umumiy variantlar" kitobining 2-qismidan.

Quyidagi gap haqida noto’g’ri ma’lumot berilgan javobni aniqlang.

“Ko’cha changitib o’tgan armonli yillaring ortda qoldi, bolam, – deb nasihat qilardi bobom ruhlanib, – bu yillar bizni yiqitdi”.

A) Lug’aviy shakl yasovchi qo’shimchalar faqat fe’l va otning tarkibida qo’llangan.

B) So’z yasovchi qo’shimcha hamda so’zni so’zga qo’shish orqali fe'llar yasalgan.

C) So’z yasovchi va lug’aviy shakl yasovchi qo’shimchalarning o’zaro shakldoshligi kuzatilgan.

D) Barcha sodda yasama fe’llarning asosi bir xil turkum bilan ifodalangan.

@Renessansstudy
👍4014🔥4🕊3❤‍🔥2
Shedevr testlar 3-qism namuna.pdf
553.5 KB
🗂Ushbu fayl "Shedev testlar" kitobining 3-qismidan namuna sifatida e'lon qilinmoqda.

🆕Kitob tahrirlangan va to'ldirilgan holatda taqdim etilmoqda. Kitobda quyidagi mavzularda test materiallari mavjud:
So'zlarning o'zaro bog'lanishi;

Bosh darajali bo'laklar;

Bosh va ikkinchi darajali bo'laklar hamda ularning o'zaro bog'lanishi;

Sintaksis birliklar;

Qo'shma gaplar;

Tinish belgilari

Ilmiy matnlar (OTM uchun);

Ilmiy matnlar (MS uchun);

Publisistik va tavsiyanoma matni.

⚙️Mazkur kitobga avvalgi tahririga nisbatan juda ko'p o'zgartirishlar kiritilgan. Standartga javob bermaydigan test savollari chiqarib tashlangan, xatoliklar bartaraf etilgan, yangi savollar qo'shilgan va OTM imtihonlari hamda Milliy sertifikat imtihoniga moslangan.

📅Kitob erta-indin sotuvga chiqariladi. Hududingizda kitob do'konlaridan xarid qilishingiz mumkin.

🌐@Renessansstudy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8826👏8🎉8🕊2❤‍🔥1
Masalan, kimdir 12-aprel kuniga bilet olib, 18-aprelda qaytib kelishni rejalashtirgan bo'lishi mumkin. Yana kimdir bu kunlar oralig'ida hayotida ikkinchi marta sodir bo'lmaydigan kunlarini o'tkazar. Yana kimningdir muhim tadbirlari bor bo'lishi mumkin.

Juda qattiq o'ylab, vaziyatga to'g'ri baho berish kerak. G'aybni bilmaslik bandaga xos ish, bu tomondan ojizmiz!

@Renessansstudy
124👍37💔26😱12🐳9🕊52🔥2
Oxirgi mish-mishlarga shaxsiy munosabatim!

Avvalo, imtihon kunining oldinga (12-13-aprelga) surilishi aniq emas, rasman tasdiqlanmagani uchun buni hukm sifatida e'lon qilish auditoriyasi bor insonlar uchun yarashmaydi.

Bundan keyingi fikrlarimiz mabodo shunday bo'lsa-chi, degan asoslarga tayanadi. Agar imtihon vaqtini o'zgartirish kerak bo'lsa, uni oldinga emas, keyinga surilishi lozim. Har qanday o'zgartirish keyinga harakatlanadi. Shu paytgacha oldinga surilgan jarayonlarga duch kelmadim. Bu yerda 100 mingga yaqin insonning masalasi haqida gap ketyapti. O'zboshimchalik bilan bir haftaga surib yuborish ko'pchilikning vaziyatini murakkablashtiradi.

Ba'zida o'ylab qolaman:
Bahor imtihoni OTM imtihoni oldidan eng oxirgisi bo'lsa, mantiqan hamma grammatikasini tugatib imtihon uchun shay holatga kelsa, bir dunyo majburiy blok uchun tayyorlanuvchi talabgorlar bo'lsa, 50 foizlik ustama effekti hamma joyda faollashgan bo'lsa, nega bu avvalda, ya'ni grafik e'lon qilingan davrda inobatga olinmadi. Har safargidan ko'ra talabgor ko'p bo'lib ketishi kunday ravshan edi-ku.

Agentlik kanalida ro'yxatga olish boshlangani ham, tugagani ham aytilmadi. Men bunga juda ajablangandim. Lekin endi sezdimki, bu talabgor sonining ehtimoliy ko'payib ketishdan himoyadek ko'rindi menga, balki, boshqa sababi bordir.

Fan ichida yurgan inson sifatida ayrim tavsiyalarni aytmoqchiman. Buni inobatga olishlarini xohlardim. Imtihon avvalga emas, keyinga surilsin. Bu mantiqan to'g'ri bo'ladi. 3-may kuni boshqa fandan imtihon bor. Demak, ungacha eplasa bo'ladi. Avvalga surish esa ko'pchilikning noroziligiga sabab bo'ladi. Bu vaqtlardan eng maqbuli 26-27-aprel kunlaridir.

Vaqtning bir haftaga kechiktirilishi yangi test materiallarini shakllantirish, uni ekspertizadan o'tkazish (agar hali bu ishlar qilinmagan bo'lsa), esse ekspertlarini ko'paytirish va boshqa texnik ishlarga kengroq vaqt ochadi.

@Renessansstudy
👍311💯6929🔥25🤔144🕊4💘4👏3💔2🙊2
🚀IMTIHONGACHA DARAJANGIZNI YUQORIGA OLIB CHIQAMIZ

📌Endi bizning kanalda AKBARALI BOYMIRZAYEVNING yangi kitobidan joy olgan DIAGNOSTIK TESTlar muntazam tahlil qilib boriladi

⭐️KANALDAGI BEPUL DARS VA TESTLAR SIZ UCHUN!

📲 Tezda yaqinlaringizga ulashing


BEPUL DARSLAR kanali
⬇️⬇️⬇️
https://t.me/opa_singil_jumayevalar

Reklama huquqi asosida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3511🥰5👏43🐳2
YANGI TITUL. MILLIY SERTIFIKAT.pdf
220.6 KB
Boymirzayev ustoz tomonidan yaxshi titul namunasi e'lon qilingan ekan. Shu titul juda ma'qul keldi. Hamma umumiy foydalansa, bo'ladigan ekan.

@Renessansstudy
👍9410👏8❤‍🔥6🔥4💔2👀2🥰1🐳1
Rasman!

Imtihon kunlari 12-13-aprel hamda 19-20-aprel kunlari o'tkaziladi.

@Renessansstudy
😭393👍103😱60😁3417💔9❤‍🔥6🔥6🕊6🤷‍♂44
Milliy sertifikat imtihoniga kiritish ertalabki smenada 07:00 da boshlanadi va 08:30 gacha davom etadi. Ikkinchi smenadagi imtihonga kiritish 12:30 dan 14:00 gacha davom etadi. Undan kechikkan talabgorlar kech qolgan deb baholanadi va imtihonga kiritilmaydi. Shuni hisobga olib, imtihon vaqtidan kamida yarim soat oldin keling, oxiriga taqasangiz, kiritilmaysiz.

@Renessansstudy
👍1912622👌22❤‍🔥10🙊74🔥4🥰2🕊2😍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
18+

Tayson tag'adan 12-13-aprelda imtihonga kiradigan shogirdlar uchun motivatsiya)

@Renessansstudy
😁337🥴94😢21👍14🙊13🤯96❤‍🔥5🔥5🤗5🕊2
Hammalaring sarg'ayib natija kutib o'tirganlaringda 12-13-aprelda imtihonga kirganlar natijasini erta kunda biladi. Bag'iyam bor)

@Renessansstudy
😁45650👍49❤‍🔥23😢21👏11🤔8🔥65💯4🥴2
Diagnostik testimizning sanasi 10-aprelga o'tkaziladi. Shu kuni test o'tkazish, Rash modeli bo'yicha tekshirish hamda uni jonli tahlil qilish ishlari shu kanalda amalga oshiriladi.

Hamma qadrlilarimizni o'ylashimiz lozim.

@Renessansstudy
👍474❤‍🔥7754🔥34💯17🥰11😁97👏6🙊4🐳2
🔥BEPUL GʻAZAL VA ESSE TAhLILI

   🔖Aprelda imtihonga kiruvchilar va attestatsiyaga tayyorlanuvchilar bu siz uchun eng yaxshi imkoniyat.Biz bepul kurslarga start berdik.Kurs davomida siz:
Gʻazal tahlil qilish yoʻllari
Gʻazallar boʻyicha testlar
Namunaviy esselarga ega boʻlasiz
   

📌Darslar 4 yillik tajribaga ega "Registon " oʻquv markazi "Qoʻyliq" filiali ona tili va adabiyot oʻqituvchisi Durdona Shavkatovna tomonidan olib boriladi.

🕗Dars 06- aprel soat 20:00 da boshlanadi.


💬Dars boʻladigan kanal:
https://t.me/Durdona_Shavkatovna

Reklama huquqi asosida
🔥66👍32🥰11👏654😁3🤗2🕊1🐳1
Esse tekshiruvchi ekspertlarni hamkorlikka chaqiramiz!

Bizning online kursimizdagi talabgorlarning soni ko'pligi hisobiga amaldagi esse tekshiruvchi ekspertlarimiz ulgurmayapti. Shuni hisobga olib, qo'shimcha ekspertlarni tanlab olishni maqsad qildik.

Eskpertlarga qo'yilgan talablar:
1) ekspert bir necha yillar davomida esse tekshiruvchi sifatida ishlab kelayotgan bo'lishi lozim.

2) ekspert baholash nizomini yaxshi tushunishi kerak.

3) ekspert ovozli tahlilda xatoni tushuntirib bera oladigan ravon nutqli bo'lishi lozim.

4) Imtihondagi esse balli 70+ ni tashkil etishi lozim.

Ekspertning vazifalari:
a) Esseni baholash mezoniga solib tekshiradi hamda maxsus nizom ko'rsatilgan varaqaga (12 kategoriya bo'yicha) yozadi.

b) talabgorning xatosi nimada ekanini ovozli tahlilda tushuntiradi.

Har bir esseni tekshirgani uchun 12 ming so'mdan haq to'lanadi. Agar ekspert yaxshi taassurot qoldirsa va talabgorlar tomonidan belgilanadigan so'rovnomada eng ko'p ovoz to'plasa, qo'shimcha 2 mln so'm bonus ham beriladi.

Ekspert mahorat bilan esseni tekshirsa, sidqidildan faoliyat olib borsa, online kurs siyosatimizga moslashsa, davomiy (yillar davomida) ekspertimiz sifatida ishlashi mumkin bo'ladi.

..........

Iltimos qilaman, havaskorlar murojaat qilmasin, faqatgina professionallar yozishsin. Bilimni baholash agentligining ekspertlari bo'lsa, yanada yaxshi bo'lardi. Ekspertlikka ko'p kishi olinmaydi. 8-10 kishi atrofida olinadi.

Murojaat:
@Davron_Akbar_admin

@Renessansstudy
👍150🔥14😁10👏86😐42🐳2🕊1🤓1
O'zbek tili va adabiyoti (Davron Akbar bilan)
Esse tekshiruvchi ekspertlarni hamkorlikka chaqiramiz! Bizning online kursimizdagi talabgorlarning soni ko'pligi hisobiga amaldagi esse tekshiruvchi ekspertlarimiz ulgurmayapti. Shuni hisobga olib, qo'shimcha ekspertlarni tanlab olishni maqsad qildik. …
Bu e'lon bo'yicha qabul yakunlandi.

Ekspertlar tanlab olindi. Bir soatning ichida juda ko'pchilik (300 dan ortiq kishi) murojaat qildi. Biz ma'lum "toifa"dagi kishilarnigina qabul qildik.

Murojaat qilganlarga kattakon rahmat. Alloh sizlardan rozi bo'lsin! Lekin imkoniyatimiz cheklangan, shuning uchun juda tor doirada ekspertlarni qabul qildik.

@Renessansstudy
😁82👍5717❤‍🔥10🔥9😱9🥴8💘6😍5👀4😭2
Kimdir "Shedevr testlar" kitobining 3-qismini sotib oldimi? Olganlar bo'lsa, ulashinglarchi, sizga yoqdimi?

@Renessansstudy
👍7620🥰6❤‍🔥5🔥53👏1