O'zbek tili va adabiyoti (Davron Akbar bilan)
47.3K subscribers
1.35K photos
146 videos
439 files
689 links
Davron Akbarning sahifasiga xush kelibsiz!

Kanalda test kitoblarimiz haqida ma'lumot, sara testlar, shuningdek, ta'lim yangiliklari berib boriladi.

Manzil: Namangan viloyati

Donat: https://tirikchilik.uz/davronakbar

Reklama: @Renessansstudy_reklama
Download Telegram
Bugundan "Umumiy variantlar" kitobining 2-qismi uchun harakatni boshladim. Xudo xohlasa, "Regboks" nashriyoti jamoasi bilan bu kitobni imtihongacha sizlarga taqdim etamiz.

@Renessansstudy
114👍60🔥16❤‍🔥14😁9👏32💘2
Savol: 16 yoshga to'lmagan talabgorlar ham milliy sertifikat imtihonida qatnasha oladimi?

Javob: Ha, milliy sertifikat imtihonlarida 16 yoshga to'lmagan talabgorlar ham ishtirok etishi mumkin. Bu borada Vazirlar Mahkamasining 13.10.2020-yildagi 646-son qarorida belgilangan.

💻Unda shunday deyiladi:
"Bunda 16 yoshga to‘lmagan shaxslar ID-karta yoki xorijga chiqish pasporti orqali ro‘yxatga olinadi".


👆Yuqorida nomi zikr qilingan hujjatning dispozitsiyasida 16 yoshga to'lmagan talabgorlarga hech qanday taqiq yo'qligi ko'rinadi. Bundan tashqari, agentlik tomonidan ham bu borada taqiq mavjud emas. Shunday ekan, havotirlanishga hojat yo'q.

16 yoshga to'lmagan talabgorlarni ro'yxatga olishda muammolar kuzatilayotgan bo'lsa, bu quyidagi omillarga bog'liq bo'lishi mumkin:
my.gov.uz portalida ro'yxatdan o'tish amaliyoti noto'g'ri bajarilyapti;
Portaldagi amaliy harakatlar uni tushunmaydigan kishilar tomonidan amalga oshirilyapti;
Portalda qandaydir shaxsiy ma'lumotlar ba'zasi bilan bog'liq muammolar kuzatilyapti.

🖥Agar ro'yxatdan o'tishda muammoga duch kelayotgan bo'lsangiz, my.gov.uz portalining ishonch telefon raqami - 1242 ga yoki tumaningizdagi Davlat xizmatlari markaziga murojaat qiling.

Shaxsiy ma'lumotlaringizni uchinchi shaxslarga berish tavsiya etilmaydi.

🌐@Renessansstudy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍74🔥10👏10❤‍🔥44😍43🕊2
Forwarded from @Menedjer_turk
🇹🇷Filologlar uchun Turk tili B1 va B2  sertifikatga tayyorlov kursi uchun qabul ochildi!

Atiga 3 oyda sertifikatga ega bo‘ling + bonus.

Darslarga qo‘shimcha 2 oylik dostup!


Nega aynan bizning kurs?

✔️ Turk tilida mustaqil gaplashishni o‘rganasiz!

✔️ 5 ta yo‘nalishda rivojlanasiz:


Okuma – o‘qib tushunish
Dinleme – tinglab tushunish
Yazma – insho va maktub yozish
Konuşma – ravon va xatosiz gapirish
Lugʻatni tez va samarali yodlash taktikasi.


Natijalar biz haqimizda gapiradi: ⬇️

🔹 7+yillik tajribaga ega ekspert ustozlar!
🔹 6000+ o‘quvchi sertifikatga ega bo‘lgan!


🔹 Sertifikat olib oʻqishga kirgan oʻquvchimizdan jonli "Otziv"

🔹 Real natijalar bilan bu yerda tanishing!

Darslar haftada 6 kun:
🔴 Dushanba, Chorshanba, Juma – jonli dars 05:00da
🔵 Seshanba, Payshanba, Shanba – maxsus video dars
- 21:00da

Haftada 3kunlik standart kurslarimiz ham bor


Batafsil maʼlumot va savollar uchun: @Menedjer_turk

💡 Kursga ilk yozilgan 10kishi ôrtasida 200ming sômlik pul mukofoti ôynaladi ☺️

➡️ TURK AKADEMIYASI
👍44🔥6👏5🤔53😁2❤‍🔥1👀1
Abituriyentlarga:

1. Maqsadingizni aniq belgilang.

Barcha katta yutuqlar aniq maqsad bilan boshlanadi. Siz nega o‘qishga kirishni xohlaysiz? Orzuyingizdagi kasbga ega bo‘lish, oilangizni quvontirish yoki kelajakda muvaffaqiyat qozonish – sababingiz qanday bo‘lishidan qat’i nazar, uni esdan chiqarmang!

2. Qiyinchiliklar vaqtinchalik, bilim esa umrbod.

Hozirgi tinimsiz mehnat va intilishlar sizga kelajakda cheksiz imkoniyatlar eshigini ochadi. Hozir qiynalayotgan bo‘lishingiz mumkin, lekin bu qiyinchiliklar vaqtinchalik. Kamtarona harakatlar katta yutuqlarga olib boradi.

3. Harakat qilgan odam natijaga erishadi.

Daho bo‘lish shart emas – muvaffaqiyatga yetishish uchun harakat va mehnat kerak. Bugun o‘qigan har bir sahifangiz, yechgan har bir misolingiz sizni maqsadingizga bir qadam yaqinlashtiradi.

4. “Bo‘lishi mumkin emas” degan fikrdan voz keching.

Ko‘pchilik imtihon oldidan tushkunlikka tushadi va o‘ziga ishonmaydi. Ammo esda tuting – har qanday qiyin holatdan chiqish yo‘li bor. O‘zingizga “Men buni eplayman!” deb ayting.

5. Imtihon natijasi hayotning oxiri emas.

Imtihon sizning bilim darajangizni sinaydi, lekin shaxsingiz va kelajagingiz faqat shundan iborat emas. Agar biror joyga kira olmasangiz ham, bu muvaffaqiyatsizlik emas – bu yangi imkoniyatlar sari qadamdir.

6. Reja tuzing va unga rioya qiling.

Tayyorgarlik jarayonida tartibli bo‘lish juda muhim. Kichik-kichik maqsadlar qo‘ying va ularni bosqichma-bosqich bajaring. Tartibli o‘qish sizni ortiqcha stressdan qutqaradi.

7. Boshqalar bilan o‘zini solishtirmang.

Har kimning o‘z yo‘li bor. Kimdir tez o‘rganadi, kimdir sekin, lekin bu muhim emas. Asosiysi – sizning oldingi o‘zingizdan yaxshiroq bo‘lishingiz.

8. Sog‘lig‘ingizga e’tibor bering.

O‘qish jarayonida dam olishni unutmaslik kerak. Yetarli uyqu, to‘g‘ri ovqatlanish va jismoniy faollik ham miyangiz samarali ishlashiga yordam beradi.

9. Siz yolg‘iz emassiz.

Oilangiz, do‘stlaringiz va ustozlaringiz sizni qo‘llab-quvvatlaydi. Qachonki charchasangiz yoki motivatsiyangiz pasaysa, ularga murojaat qiling.

10. Eng muhimi – ishonch!

Agar siz o‘z kuchingizga ishonsangiz, albatta muvaffaqiyatga erishasiz. “Men eplayman!”, “Men bunga loyiqman!”, “Men imtihonlardan o‘taman!” – bu so‘zlarni har kuni o‘zingizga takrorlang va shunga yarasha harakat qiling.

Sizning qo‘lingizdan keladi! Orzularingiz sari dadil intiling!

Sun'iy idrok

@Renessansstudy
188👍94❤‍🔥42🔥19🥰10🤩8😁43👏2💯2
🔊Qabul boshlandi🔊

Juda koʻpchilikni bizning oldingi guruhga qabul yopilganligi uchun, guruhga qoʻsholmadik, shu sababli 2- onlayn guruhga qabulni boshladik.
♻️Bundan keyin boshqa umumiy kursga qabul yoʻq, chunki imtihongacha ulgurib boʻlmaydi.♻️

Aprel oyida milliy sertifikat imtihoni uchun test guruhi izlayotganlar uchun ayni muddao.
Darajasini A+ ga koʻtarish niyyati borlar uchun sinov kurslariga start beramiz.

Darslarimiz 2- apreldan boshlanadi.
Dars haftada 5 kun o'tiladi;

Har bir dars ovozli chat orqali olib boriladi va yozib olinib, guruhga tashlab beriladi.

♻️DARSLARIMIZDA♻️
Asar testlari.

Matnlar bilan ishlash, matnning savol tushish nuqtalari.

Gʻazal tahlili.

Diagnostik testlar, tahlil.

Eng asosiysi Esse darslariga alohida etibor qaratiladi.

Darslar yopiq guruhda olib boriladi.

💵Toʻlov imtihongacha atigi 50 ming so'm.

Darslarimizda diagnostik test, matn, esse, gʻazal, baʼzi adabiyotlar tahlillari boʻladi.

👨‍🏫Barcha darslarni, minglab shogirdlar ustozi, ekspert, yuqori sertifikat egasi Baxtishod Aliqulov olib boradi.

MUROJAAT UCHUN:
@esse_til ga yozing, aʼzolar soni chegaralangan, qabulning yopilishi guruhdagi aʼzolar soniga qarab belgilanadi

📨Bizni kuzatib boring👇

@oliy_esse_namunalari

@milliy_tilimiz

Reklama huquqi asosida
👍35❤‍🔥643🤝3🐳2🥰1👏1😍1🏆1
2025-03-29 13_59_41.pdf
137 KB
Bilimni baholash agentligidan sotib olingan fayl. Bu fayl diognostik test sifatida taqdim etilyapti. Afsuski, so'nggi paytlarda tushayotgan testlarning darajasini aks ettirmaydi.

@Renessansstudy
👍29❤‍🔥104👏43
SIZ KUTGAN KITOB TAYYOR BO'LDI!

🔥Akbarali Boymirzayev va Salimbek Nazirov tomonidan tuzilgan MILLIY SERTIFIKAT - 2025 kitobi tayyor bo'ldi.

Ushbu to‘plamda nimalar mujassam?

Yangi namunaviy testlar.
Eng yangi namunadagi test topshiriqlaridan iborat 20 ta variant.

Namunaviy esselar.
Tushish ehtimoli yuqori bo'lgan 20 xil namunadagi esse.

Badiiy tahlil namunalari.
60 dan ortiq baytlarning badiiy tahlili.

G‘azallar tahlili.
G'azal badiiyati va tahlili.

Aruz va barmoq vazni haqida mukammal ma'lumot.
Ko'pchilikni o'ylatib qo'ygan "katakchalar" aks ettirilgan javoblar varaqasi va esse yozish uchun qoralama nusxasi.

Kitob yakunida test javoblari ham taqdim etilgan.

📔Kitobdan namuna

Kitob xarid qilish uchun:
📞+998932477508
✍️@unfluer1
✍️@unfluer

Reklama huquqi asosida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥31👍26👏98🔥2😍2🤔1👀1
Bir inson aytgan edi: kuniga nechta test tuzasiz? Men: 100 ta, hatto undan ham ortiq tuza olaman degandim. U: test tuzishni va uni ekspertizadan o'tkazishni hali tushunmabsiz degandi. O'shanda ensam qotgandi. G'ashim kelgandi.

Hozirga kelib, shu narsaga amin bo'lyapman. Test tuzish, undagi jarayonlar shundayin boshqacha olam ekanki, uni tushunganim sari test tuzish tezligim pasayib boryapti. Kuniga zo'rg'a 5-6 tagina test tuza olyapman xolos. Lekin bu testlar avvalgi tuzilgan yuzlab testlardan darajasi ortiq, mohiyati yuqori.

Shunaqa gaplar!

@Renessansstudy
🔥307👍108❤‍🔥31👏2825💯7🥰43🏆3😱2🙏2
Barchangizga Ramazon hayiti muborak bo'lsin!

@Renessansstudy
272👍48❤‍🔥25🔥21🎉20🤗75🥰5👏5🕊4🙉2
Forwarded from Farrux Jabborbek
Oxirgi postimga juda ko‘p munosabat bildirildi, qarab turmaymiz, yordam berishga shaymiz, degan izohlar yozildi. Elning daldasi umid bag‘ishlab, ulug‘ ayyom kunlari yana bir post qo‘yishga qaror qildim.

Yo‘ldosh Eshbek xalqimizni milliy ozodlikka boshlagan shoirlardan biri. Shunday shaxsning xor-u zorlikda yashashiga tomoshabinlik qilish bizga yarashmaydi. Eng yomoni, bu ahvol surunkali ravishda davom etmoqda. Shoir sovet davridayoq ta’qibga uchragan bo‘lsa, mustaqillik yillarida ham ro‘shnolik ko‘rmagan, 10-15 yilcha uy qamog‘ida saqlangan. Bu, tabiiyki, oilani uch-quyruqsiz muammolar zanjiriga giriftor qilgan. Ko‘pchilik ziyolilar vaziyatni oldindan yaxshi biladi (sabablarini ham), imkon qadar ko‘mak berib keladi.

Yo‘ldosh Eshbek “Yig‘layotgan qiz” timsolida butun dunyodagi barcha ezilgan mazlumlarga, hayotda ko‘p aldangan soddadillarga hamdard, hasratdosh bo‘ldi. Ne tongki, o‘zining ham qismati “yig‘layotgan qiz”ga aylanib ketdi.

Bu dunyo aslida aldoqchilardir!
Bu dunyo aslida yig‘layotgan qiz!

Biror yillar ilgari borganimda Yo‘ldosh Eshbek sobiq yotoqxonaning bir bo‘lmasida yashardi, har holda. Keyin oshxonaga ko‘chib chiqibdi. Oilaviy sharoit shuni taqozo qilgan. Kamida besh jon tiqilib kun kechirmoqda: ota, ona, o‘g‘il, qiz, nabira… Ustiga ustak, shoirni xastaliklar qiynayapti: qand kasali bor, ko‘z ko‘rmay qolgan, o‘t azob beradi… Shu holida ham ijoddan to‘xtagani yo‘q. Og‘riqlar orasida she’rlar bitadi, ulug‘ ulamolarimizdan tarjimalar qiladi (aytib turib yozdirsa kerak).

Avvalgi postim ijtimoy tarmoqda keng tarqalib, yaxshi odamlar amaliy yordam taklifi bilan chiqdi, manzilini surishtirgan ham ko‘p bo‘ldi. Menimcha, hamma uyiga borib, bezovta qilmagani durust. Xijolatli... Do‘stlar bilan kengashib, eng to‘g‘ri yo‘l plastik kartaga ko‘mak yig‘ish deb o‘yladik. Shoirning o‘zi bu haqda eshitishni ham istamadi. Shuning uchun shaxsiy karta ma’lumotlarimni e’lon qilyapman.

👉 UZCARD 5614681908452158 (Djabbarov Farrukh)

👉 HUMO 9860060102409871 (Farrukh Djabbarov)

👉 VISA 4195250040623413 (Farrukh Djabbarov)

Olganing – birovniki, berganing – o‘zingniki, deganlar. Katta elmiz, bir g‘ishtdan qo‘yib, osmono‘par minorlar tiklaganmiz. Millatim deb yashagan shoirini millatimiz yolg‘iz qo‘ymasligiga ishonaman. Imkoningiz boricha yordam qilsangiz quvonaman, imkoningiz bo‘lmasa tushunaman. Postning ko‘proq odamga yetib borishiga hissa qo‘shing 🙏

🗄Farrux Jabborbek
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😢83👍5325❤‍🔥7🔥5👀1
Yangi 15 kunlik ESSE guruhiga qabul

❗️Har bir qism bo’yicha alohida ishlanadi.
❗️Har bir esse tekshiriladi va baholanadi.
❗️Har bir o’quvchi dars davomida 25-30 ta esse yozadi .
❗️30 ta esse va uning tahlili ega bo’lasiz .
❗️Har kuni dars bo’ladi

🧾Dars sanasi: 2-aprel
🧾Dars vaqti : 21:00
🧾Dars davomiyligi : 18-aprelga qadar
🧾Joylar soni chegaralangan: 20 ta

Bepul namuna dars :
https://t.me/onatili_NasibaxonAbdurahimova/3482

Kurs narxi : Hayit munosabati bilan 150 ming emas 60 ming

9860012109505854
Humo karta
Nasiba Abdurahimova
To’lovdan so’ng chek suratini yuborishni unutmang!


Kursga yozilish uchun :
@NasibaxonAbduxalilovna

@onatili_NasibaxonAbdurahimova

Reklama huquqi asosida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18🔥52🕊2❤‍🔥1👀1
Esse
O'zbek tili va adabiyoti (Davron Akbar bilan)
08.12.2024 da tashkillashtirilgan esse yozish ko'nikmasi bo'yicha ovozli suhbat.

@Renessansstudy
❤‍🔥57👍34🔥7🕊52🤩2👏1👀1