O'zbek tili va adabiyoti (Davron Akbar bilan)
47.3K subscribers
1.35K photos
146 videos
439 files
688 links
Davron Akbarning sahifasiga xush kelibsiz!

Kanalda test kitoblarimiz haqida ma'lumot, sara testlar, shuningdek, ta'lim yangiliklari berib boriladi.

Manzil: Namangan viloyati

Donat: https://tirikchilik.uz/davronakbar

Reklama: @Renessansstudy_reklama
Download Telegram
Ustamaga yetadigan sertifikatni olgan ustozning maktabda yurishini tasavvur qilyapsizmi🀣

@Renessansstudy
😁540🀣224❀65πŸ‘35πŸ”₯20πŸ€ͺ12πŸ₯°9πŸ’―6πŸ˜‡6😒5❀‍πŸ”₯3
B+ darajaga 2025-yildan ustama to'lanmaydimi deb ko'p so'rashyapti.

Amaldagi qonunchilikka ko'ra ustama to'lanadi. Hozirgi holatda vahima qilishga yoki qo'rqishga hojat yo'q.

Mabodo amaldagi qonunga o'zgartirish yoki qo'shimchalar kiritilib, B+ ga berilmasligi belgilansa, shundagina bermasligi mumkin. Shunday holat kuzatilsa, oldingi qatorlarda turib, bunga qarshi chiqamiz.

Hozirda hech qanday muammo yo'q bu borada.

@Renessansstudy
πŸ‘370❀22πŸ‘19❀‍πŸ”₯18πŸ”₯14😁8πŸŽ‰5🫑4🌚3⚑1
Bahorgi imtihon uchun ertaga qabul ochamiz.

Dekabrdagi imtihonga kurs mavjud emas, unga qo'shilish imkonsiz. Chunki darslar ham tugab bo'lgan. Faqat va faqat bahordagi imtihon uchun online guruhga qo'shila olasiz.

Qo'shilish istagida bo'lganlar shay turing, qabulni tezda yakunlaymiz.

@Renessansstudy
πŸ‘142πŸ”₯15πŸ‘Œ13🌚8πŸ•Š4πŸ₯°3❀2πŸ™ˆ2⚑1
Boshqasini yuklamayman...

@Renessansstudy
πŸ”₯466🀣154πŸ‘112😨59❀26πŸ₯°21❀‍πŸ”₯17πŸ₯΄14πŸ’―13πŸ‘10😁8
Bitta narsani qattiq angladim. Avval esse tekshiruvchi ekspertlarning esseni qanday tekshirishini bilib olish kerak ekan. Keyin esseni talabgorlarga tushuntirish lozim ekan.

@Renessansstudy
πŸ”₯357πŸ‘145πŸ’―71😁63❀31πŸ€”24🫑6🀨5πŸ‘€5❀‍πŸ”₯3πŸ•Š2
Mabodo qarorga o'zgartirish kiritilib, B+ ga ustama berilmasligi aytilsa ham, bugun B+ olganlarga bu ta'sir qilmaydi. B+ ga ustama berilmasligi haqida qaror chiqqandan keyin olingan B+ larga ustama berilmaydi. Hali bunday qaror chiqmadi, chiqmasin ham. Ko'nglingizni xotirjam qilay dedim.

@Renessansstudy
πŸ‘378πŸ‘50❀38πŸ₯°30πŸ”₯19❀‍πŸ”₯2
⚑️⚑️Ona tili va adabiyot fanidan bahorda bo'ladigan milliy sertifikat imtihoni uchun online kurslarimizga qabul e'lon qilamiz.

☝️Kurs maxsus belgilangan dastur bo'yicha o'tiladi. Dasturdagi ushbu darslar haftada uch kunga taqsimlanadi va dastur yakunlanguncha davom etadi.

Darslar davomida:
βœ… Grammatika bilan ishlash;
βœ… Matn bilan ishlash;
βœ… Adabiy unsurlar bilan ishlash;
βœ… Badiiy adabiyotlar bilan ishlash;
βœ… G'azal bilan ishlash;
βœ… Esse yozish kabi yo'nalishlarda talabgorlarga milliy sertifikat testi bilan ishlash o'rgatiladi.

🎯 Online darsimizda qatnashish uchun talabgorlarga birgina muhim talab qo'yilgan: Talabgor ona tili grammatikasini yaxshi tugatgan bo'lishi lozim.

⏳ Darsimizda qatnashuvchi toifalar:
1) Pedogoglar;
2) Abituriyentlar;
3) Talabalar.

πŸ“‘ Dastur bo'yicha attestatsiya imtihoniga tayyorlanishni maqsad qilgan pedagoglar ham qatnashishi mumkin. Hozirgi kunda milliy sertifikat va attestatsiya imtihonlarining fan predmeti bir xilda ekani qatnashishga imkon beradi.

☝️Darsimiz bo'yicha ayrim tushuntirishlar:
Darsimizda grammatika mavzulari "nol" dan tushuntirilmaydi. Biz grammatikasi chiqqan talabgorlarga milliy sertifikat testi bilan ishlashning nazariy, texnikaviy va amaliy jihatlarini o'rgatamiz. Shuning uchun darsimizda qatnashish uchun kamida grammatikani tugatgan bo'lishingiz shart.

πŸ’΅ Ushbu dastur uchun narx umumiy 900 ming so'm etib belgilangan. (OYIGA EMAS, UMUMIY dasturga 900 MING) To'lov oldindan amalga oshiriladi. To'lov kamaytirilmaydi, bo'lib to'lashga imkoniyat mavjud emas. Talabgor to'lov qilib, uning chekini tashlagan paytdan boshlab rasman guruh a'zosi bo'lgan hisoblanadi.

πŸ—’ Dastur bo'yicha talabgorlar Davron Akbar muallifligidagi milliy sertifikat imtihoni uchun ajratilgan test materiallar bilan ta'minlanadi.

πŸ“±Darslar "Telegram" tarmog'i orqali kontenti cheklangan yopiq guruhda ovozli chat (faqat audiochat) ko'rinishida kechki payt o'tkaziladi. Dars kunlari qabul yakunlangandan keyin aytiladi. Vaziyatdan kelib chiqib, ya'ni imtihonga yaqin fursatlarda har kuni darslar tashkillashtirilishi mumkin.

πŸ‘₯ Guruh a'zolarining soni dars beruvchining xohishiga ko'ra belgilanadi. Guruh a'zolari qancha bo'lishidan qat'iy nazar bir-biriga xalal bermaydi.

πŸ“… Qabul 29-noyabrdan to 30-noyabrga qadar davom etishini ma'lum qilamiz.

JIDDIY ESLATMA: Guruh to'lmay tursagina qabul 30-noyabrga qadar davom etadi. Agar guruh bir kunda to'lsa, o'sha kuniyoq qabulni yakunlaymiz. Demak, guruh qachon to'lsa, shunda qabul yakunlanadi.
Qabul yakunlangandan keyin darsda qatnashish istagini bildirgan talabgorlar guruhga qo'shila olmaydi.

βœ…Darslar 5-dekabrdan boshlanadi.

πŸ“Œ Talabgorlarga taqdim etiladigan 100 ga yaqin shifrlangan test va qo'llanma materiallarning xavfsizligiga va tarqalmasligiga guruh a'zolari javobgar hisoblanadi.

⏺ Dastur yakunida Davron Akbarning "Milliy sertifikat" kitobi tahlil qilinadi va bu kitob talabgorlar uchun amaliyot bosqichini o'taydi.

πŸ–‡ Dastur to'liq ravishda Davron Akbar tomonidan o'tiladi.

πŸ” Dasturda Essega alohida e'tibor qaratiladi. Esse bo'yicha tushuntirishlar:

Esse bo'yicha kutilayotgan ayrim o'zgarishlarni inobatga olib, esse tekshirishga alohida ekspertlar jamoasi jalb etiladi. Bu jamoa yuzlab talabgorlar ichidan tanlab olingan eng professional kishilardan iborat bo'ladi. Ularning har biri faol tarzda esseni mukammal tekshirishga mas'ul bo'ladi.
Esse yozish Davron Akbar tomonidan o'rgatiladi. Lozim ko'rilsa, esse mutaxassislarini ham esse yozish bo'yicha darsimizga taklif etamiz.


[Bu guruh faqat va faqat bahordagi imtihon uchun. Dekabrdagi imtihon uchun guruhimiz mavjud emas]

Murojaat:
@Davron_Akbar

@Renessansstudy
πŸ‘156❀12😁12πŸ”₯7πŸ‘5πŸ₯°4🀝2⚑1
Adminimizga 429 kishi; O'zimga 520 kishi yozgan. Iltimos, shoshmay turinglar. Bir chekkadan yozib chiqaman.

Qabuldan qop ketmaysiz. Hammaga javob beriladi. Adminga yozgan bo'lsangiz, undan xabaringizni o'chirib turing. Faqat menga yozinglar.

@Renessansstudy
😁169🀣55πŸ‘50πŸ”₯44❀15🫑4😱3⚑1❀‍πŸ”₯1πŸ‘1
O'zbek tili va adabiyoti (Davron Akbar bilan) pinned «⚑️⚑️Ona tili va adabiyot fanidan bahorda bo'ladigan milliy sertifikat imtihoni uchun online kurslarimizga qabul e'lon qilamiz. ☝️Kurs maxsus belgilangan dastur bo'yicha o'tiladi. Dasturdagi ushbu darslar haftada uch kunga taqsimlanadi va dastur yakunlanguncha…»
O'zbek tili va adabiyoti (Davron Akbar bilan)
⚑️⚑️Ona tili va adabiyot fanidan bahorda bo'ladigan milliy sertifikat imtihoni uchun online kurslarimizga qabul e'lon qilamiz. ☝️Kurs maxsus belgilangan dastur bo'yicha o'tiladi. Dasturdagi ushbu darslar haftada uch kunga taqsimlanadi va dastur yakunlanguncha…
Aslida 20 ta odam bilan bahorgi imtihon uchun qabulni yopamiz degandik. Chunki bundan avval qabul ochib guruhning 90 foizini to'ldirib bo'lgan edik. Lekin ertalabdan beri mingdan ortiq kishi murojaat qildi. Yana bir guruh ochmasak, bu katta odamlar bosimi meni ezib tashlaydi. Qabulni ertaga kechga yakunlaymiz. Bu yangi guruhning ham 80 foizi to'lib bo'ldi. Iltimos, to'g'ri tushuninglar, men umrimda bunaqa ko'p odamlarga duch kelmaganman. Ulgurmayapman hech narsaga.

Iltimos, bahor imtihoni qabulidan boshqa mavzularda yozmay tursangiz. Baribir javob yoza olmayapman boshqa narsa so'raganlarga.

@Renessansstudy
πŸ‘233😁92❀21πŸ”₯17😨9🀨7😒6πŸ•Š5🀝5πŸ‘4❀‍πŸ”₯3
O'zbek tili va adabiyoti (Davron Akbar bilan)
⚑️⚑️Ona tili va adabiyot fanidan bahorda bo'ladigan milliy sertifikat imtihoni uchun online kurslarimizga qabul e'lon qilamiz. ☝️Kurs maxsus belgilangan dastur bo'yicha o'tiladi. Dasturdagi ushbu darslar haftada uch kunga taqsimlanadi va dastur yakunlanguncha…
Bahorgi milliy sertifikat uchun online guruhimizga qabul bugun 23:00 da yakunlanadi.

Guruhimiz deyarli to'ldi.

@Renessansstudy
πŸ”₯95πŸ‘33😒19😁18🀯10❀9πŸ‘€7🀣6🀩4🌚4πŸ‘Œ3
Bahordagi milliy sertifikat imtihoni uchun online guruhimizga qabul yakunlandi.

Guruhlarimiz to'lib bo'ldi.

***
Noyabr o'rtalarida ro'yxatdan o'tgan hamda 29-30-noyabr kuni ro'yxatdan o'tgan talabgorlarni erta va indin guruhga qo'shib chiqaman. Darslar 5-dekabrdan boshlanadi va dastur yakunlanguncha davom etadi.

@Renessansstudy
πŸ‘108πŸ”₯12❀‍πŸ”₯8😐8πŸ₯°5πŸ’˜5❀3🀣2😒1🌚1
Qabul yakunlangan paytda adminimizda shuncha insonning murojaati qolib ketdi. Dastlab murojaat qilganlardan kelib chiqib, guruhga qabul qildik. Ming bor uzr so'raymiz.

@Renessansstudy
🀣99πŸ‘43😁17πŸ₯΄9πŸ”₯7πŸ₯°6❀‍πŸ”₯3😒3🌚3🀯2❀1
Bu qabul men uchun misli ko'rilmagan darajada bo'ldi. Bahor imtihoni uchun jami qabulimiz 5 kun (15-16-17-noyabr hamda 29-30-noyabr) davom etdi. Shu davr mobaynida ikki mingdan ziyod kishi murojaat qildi. Kim birinchi kurs so'ragan va birinchi to'lov qilgan bo'lsa, shu talabgorni qabul qildik.

Bu safar qo'rqmay ko'proq talabgorni qabul qildik, chunki professional esse ekspertlarimiz shay, men shayman. Nasib qilsa, yaxshi natijalar uchun harakat qilamiz.

Ishonch uchun rahmat!!!

@Renessansstudy
πŸ‘314❀43πŸ”₯30🀣22❀‍πŸ”₯10πŸ‘8🀨7⚑6🌚6πŸ₯°4πŸ‘€4
Ro'yxatdan o'tganlar 1-,2,-3-dekabr kunlari guruhga qo'shiladi. Hech kim qolib ketmaydi. Qachon qo'shasiz, deb yozmay turinglar. Bir chetdan qo'shib chiqaman.

@Renessansstudy
πŸ‘101🀣38πŸ‘13❀12πŸ₯°9πŸ€ͺ8🀝5πŸ•Š4❀‍πŸ”₯3⚑3😁1
⚑️Dekabr oyida milliy sertifikat imtihoniga kiruvchi talabgorlar diqqatiga.

Sizlar uchun bitta online test tahlil guruhi ochilmoqda. Ushbu guruhda talabgorlar Davron Akbar ustozimiz tomonidan chiqarilgan
milliy sertifikat kitobini ishlashadi va har bir variant biz tomonimizdan bittalab tahlil qilib beriladi. Darslar Kabir Ismoilov ustozimiz tomonidan olib boriladi. Test tahlili kechqurun ( barcha guruh a'zolari talabidan kelib chiqib soati belgilanadi )  telegram tarmog'ida, yopiq guruhda ovozli chat orqali tahlil qilinadi. Tahlilda shunchaki to'g'ri javoblarni emas, barcha javoblarni ilmiy asoslagan holda, test qolipiga solinib tushuntiriladi.

Ushbu kitob jami 20 ta diagnostik variantdan tashkil topgan bo'lib, dekabrda bo'lib o'tadigan imtihongacha ishlash va tahlil qilish reja qilingan. Va bu talabgorlar uchun amaliyot bosqichini o'taydi.

Agar siz dekabr oyida imtihon topshirmoqchi bo'lsangiz va sifatli test sinovlari va uning jonli tahlili kerak bo'lsa, kursga marhamat.

Kurs 14 ta darsga mo'ljallangan bo'lib, 7-dekabrdan 21-dekabrgacha har kuni bo'ladi. Kurs uchun bir martalik to'lov qilinadi. Narxi: 200 ming so'mni tashkil etadi.

O'tgan safargi imtihon uchun ham bu kurs ochilgan edi, lekin qisqa muddatda qabul yopilgan edi. Bu safar kengroq qamrovda yanada professional darajada test tahlillari amalga oshiriladi. Imtihonga yaqin esse bo'yicha amaliy va nazariy jihatdan ham muhim tushuntirishlar berish ko'zda tutilgan.

Eslatma: Bu kursda qatnashish uchun test kitobi va internetdan muammo bo'lmasligi shart . Ushbu kursda mavzu o'tilmaydi ( testlarga oid qoidalar va
tiplar o'rgatilishi bundan mustasno ). Faqat  test varianti ishlanadi va uning test tiplari va uning testda tushish texnologiyasi tahlil davomida tushuntiriladi.

Murojaat uchun:
@Kabir_Ismoilov
                        

Shuningdek, har hafta bo'ladigan DTM qolipidagi
test sinovlari, milliy sertifikat testlari va ularning audio tahlili, undan tashqari testda tushishi mumkin bo'lgan asarlarning audio tahlili joylanib boradigan kanalimizga a'zo bo'ling.

Kanalimizga o'tish uchun
✈️@ona_tilimuzβœ”οΈ
✈️@ona_tilimuzβœ”οΈ
✈️@ona_tilimuzβœ”οΈ

Reklama huquqi asosida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
πŸ‘90πŸ‘10❀6πŸ”₯6❀‍πŸ”₯4πŸ‘»3🌚1
Davron_Akbar_ustozning_muallifligidagi_Milliy_setifikat_test_kitobning.PDF
8.5 MB
Mirzabek ustoz milliy sertifikat kitobimizdagi har bir variantni yozma shaklda tahlil qilib chiqishni boshlabdilar. Xursand bo'ldik.

Batafsil:
@Mirzabek_onatili

@Renessansstudy
πŸ‘211❀‍πŸ”₯24πŸ”₯13❀12πŸ‘10πŸ’―3🌚2πŸ₯°1🀩1πŸ‘Œ1πŸ™‰1
Viloyat olimpiadasi bo'lib o'tmoqda. Bugun 9-sinflar kuch sinashmoqda. 9-sinf bolasiga sun'iy intellektning foydali yoki zararli ekani haqida esse tushibdi. (Karl, mavzuni qara! 9-sinf bolasidan sun'iy intellekt haqida so'ralyapti)

Viloyat olimpiadasining tashkiliy masalasiga va esseni baholash mezoniga bir dunyo e'tirozlarim bor. Keyinroq yozaman.

@Renessansstudy
😁154πŸ‘40😒18πŸ’―15😱11😐7❀3πŸ”₯3🌚3πŸ₯°1πŸ˜‡1
Viloyat olimpiadasi mas'ullariga murojaat!

Iltimos, bolaning yoshiga yarasha esse mavzusini beringlar. U endigina 15-16 yosh bola. Kerak bo'lsa, eplab telefonni ishlata olmaydi. Qanday qilib, mukammal algoritmga ega bo'lgan sun'iy intellektni 9-sinf bolasidan so'rash mumkin. Bolada hali sun'iy intellektga nisbatan fundamental tushuncha shakllanmagan. Kerak bo'lsa, shu mavzuni topib berganlarning o'zi uni nima ekanini tushunmasligi mumkin.

Sun'iy intellekt siz bilgan "Chatgpt" dan iborat emas, u juda katta tizim. Shu tizimni o'zim anglab olishimga 5-6 kishining soatlab tushuntirishi, 3-4 ta videodarslar va oylar davomidagi izlanish sabab bo'ldi.

Ertaga 10-sinflarga normal mavzu beringlar. Bola hayotida tushuncha sifatida shakllangan narsalar haqida fikr bildirsin.

@Renessansstudy
πŸ‘254πŸ’―36πŸ”₯34😁23❀‍πŸ”₯22πŸ₯΄13πŸ‘6🌚6❀5⚑4πŸ₯°1
Mas'ullar bog'lanishdi. Tushuntirishlari bo'yicha sun'iy intellekt masalasida 7-sinf darsligida audiomatn berilgan. Agar maktabda mavzu shu audiomatn asosda tahlil qilingan bo'lsa, hech qanday muammo yo'q. Chunki darslikdagi har qanday mavzu fan predmeti hisoblanadi. Undan mavzu shakllantirishlariga haqlari bor.

Aslida, ko'p narsa, maktab ta'limiga borib taqalaverarkan.

@Renessansstudy
πŸ‘188🀣73😒54πŸ’”25πŸ€”18😁12πŸ’―10πŸ‘5😱5πŸ”₯4❀2