O'zbek tili va adabiyoti (Davron Akbar bilan)
47.4K subscribers
1.35K photos
146 videos
439 files
688 links
Davron Akbarning sahifasiga xush kelibsiz!

Kanalda test kitoblarimiz haqida ma'lumot, sara testlar, shuningdek, ta'lim yangiliklari berib boriladi.

Manzil: Namangan viloyati

Donat: https://tirikchilik.uz/davronakbar

Reklama: @Renessansstudy_reklama
Download Telegram
Vanihoyat, bahorgi online guruhga qabul tugadi. 🥳

Bu safargi qabul o'z faoliyatimdagi rekord darajada qisqa muddatda tugagan qabul bo'ldi. Guruh atigi 3 kunda to'ldi.

Bildirilgan ishonch uchun minnatdorchilik bildiraman.

Noyabr imtihonining natijasiga qarab turgan talabgorlarning iltimosi bilan 10 foizlik o'rin olib qo'yganmiz, unga o'sha paytda kichik "qabulcha" ochamiz va bir kunda yakunlaymiz.

Ro'yxatdan o'tganlar oy oxirida guruhga qo'shiladi.

Barchaga muvaffaqiyat.

@Renessansstudy
👍77🔥178🕊4💘4
Forwarded from Anora
Qoyil, ustoz. Mening paymonamdan ham tez to‘libdi.
😁214🤣90👍21🤔13😎11🕊2🙉2🙊2
Bahorgi imtihon uchun online guruhga qabul yopilgandan keyin ham juda ko'pchilik murojaat qilmoqda.

Noyabr natijalari e'lon qilingandan keyin yana qabul ochamiz. Shu qabul doirasida qo'shilishingiz mumkin bo'ladi.

Vaziyatga qaraymiz, agar ko'proq kishi qatnashish istagini bildirsa, kengroq doirada qabul qilib, alohida guruh shakllantiramiz.

@Renessansstudy
👍13828🔥8🤬2
Ijtimoiy tarmoq orqali yuqoridagi kanal sotilishi haqida xabar yuborilmoqda.

Bu xabarlarda firibgarlik alomatlari borligi uchun ishonib qolmaslikni tavsiya etamiz. Yaxshilab ishonch hosil qilib, undan keyin mablag' ajratishingizni so'raymiz.

P/s: Bir-ikkita ustozlar bu masalada pul o'tkazib, aldanganini aytishmoqda.

@Renessansstudy
👍82😱218🔥5💔5🤬2
Noyabr imtihonining javoblari uzog'i bilan chorshanba kunigacha e'lon qilinishi kutilyapti.

@Renessansstudy
🔥245🤯53👍3519🥰10🎉8😁7👏4🐳4😡2😐1
📚Ona tili fanidan DEKABR imtihoni uchun milliy sertifikat guruhiga qabul davom etmoqda!

📝 Haftada 5⃣ kun

TEST + ESSE + MAVZU

1⃣Dushanba 19:30 da ESSE. +30 ta tipga mos test ham

2⃣Seshanba 18:00 da MUMTOZ dars (sheʼriy sanʼatlar, gʻazal, qitʼa, matn tahlili) +30 tipga mos test
3⃣Payshanba 44 mok test.

4⃣Shanba 18:00 da GRAMMATIKA (Sertifikat uchun muhim boʻlgan boʻlimlar oʻtib beriladi va mavzulashtirilgan sertifikat tipidagi testlar ham beriladi) +30 ta tipga mos test

5⃣Yakshanba DIAGNOSTIK TEST! Va batafsil tahlili

🔥Xohlovchilar uchun alohida "ESSE KURSI" mavjud +70 ball olish uchun.🫵

🔥 DAVRON AKBAR ustozimizning MS kitobi test tahlili guruhi mavjud va +10 ta mok ham ishlanadi.🫵

👨‍💻 Ustoz:
AKBAR XAMIDOV

📆Dars 20-dekabrgacha davom etadi!

💰 Koʻp odam qabul qilinmaydi. (qabulda chegara bor, chunki ESSElarni tekshirish bor)

Kurs narxi 220 ming

TOʻLOV UCHUN:
9860040111515215
AKBAR XAMIDOV nomida

📝 Qabul uchun va chek yo skrinshotini👇👇👇

😎 @Akbaronatili

📍 Sahifalarimiz:
@Akbar_Xamidov_0642

Reklama huquqi asosida
👍75🤣85👏1😡1
20 minglik dovonni bosib o'tdik.

Barchangizga rahmat! Sizlarni yaxshi ko'raman.

@Renessansstudy
281👍80❤‍🔥25🔥20🥰17🤣10👏5🐳5🤬4🕊4😁2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍142🤔58🤓16👏15🥰53😁1
Forwarded from Muhammad Haydarov
🤔 Milliy sertifikat imtihonida yuqori natijaga erishishingizga yoʻllanma kerakmi?

🤩 Unda biz sizga ushbu onlayn treningni taqdim etamiz!

🔥 Bir nechta kitoblar muallifi, tajribali ustoz Muhammad Haydarov bilan boʻladigan treningda quyidagilardan xabardor boʻlishingiz mumkin:

- Qiynalayotgan savollaringizga javob olasiz
- Vaqt taqsimoti boʻyicha bir nechta amaliy tavsiyalar
- Ikkita javob toʻgʻri kelib qolsa, qaysi birini tanlash kerak?
- Gʻazal va matn testlarining oson yechilish yoʻllari


Treningda qatnashish uchun quyidagi botdan roʻyxatdan oʻting va o’z joyingizni hoziroq band qiling:
@Milliytilbot

Trening vaqti: 24-noyabr 21:00

👌
Aytgancha, ushbu treningda qatnashish orqali yutuqli konkurs ishtirokchisi ham bo’lishingiz mumkin.

@Milliytilbot
👍587🔥5👏2
Sizda ilmiy matn, badiiy matn, g'azal tahlili hamda esse uchun qo'llanmaga ehtiyoj bormi?

Batafsil qo'llanma ishlab chiqsak, bunga qanday qaraysiz?

@Renessansstudy
👍715🔥39👏22💯22❤‍🔥188🕊5👨‍💻5🤔4💘4😇2
Forwarded from REGBOOKS
☄️YANGILANGAN SHEDEVR TESTLARIMIZ TAYYOR!!!

Hozirgi vaqtda ko'p so'ralayotgan shedevr testlarimizning to'ldirilgan nashrlari tayyor.

📌Eslatib o'tamiz ushbu yangilangan kitoblarimiz A4 formatida chiqarilgan

Shedevr testlar 1-qism
Shedevr testlar 2-qism

Murojaat uchun:
📞 +998930082700 |🕊 Telegram
📞 +998974042700 |🕊 Telegram

@ABTbooks - Abituriyentlar kutubxonasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍50🔥53
Bugun Akbar Otaboyev hamda Bozirgon Rahimboyev ustozlar bilan ko'rishdik.

Samimiy suhbat uchun tashakkur. Ustozlarimizni Namanganga yana kelishlarini so'rab qolamiz.

@Renessansstudy
152👍74😁14❤‍🔥13👏9
Hozir hammaning kayfiyatini his qilib turibman. Hamma bir narsaga intizor holatda turibdi. Buni biz ham, siz ham, BBA xodimlari ham yaxshigina sezib turibdi. Oz qoldi, qadrdonlar!

Hozirda esselar to'liq tekshirib bo'lingan. Undan keyingi texnik ishlar bor. Bu ishlarga qancha vaqt ketishini aniq bilmayman.

Kanalimizda agentlikdan kimdir bo'lsa, qandaydir taxminiy sanalarni aytishsa, xursand bo'lar edik. Mening nazarimda, ertaga yoki chorshanba kuni e'lon qilinadi.

@Renessansstudy
👍254🔥38👌18👏17❤‍🔥1410🥰8💯7🤩65💘5
Forwarded from Кўнгил дейдики... (𝑴𝑼𝒀𝑨𝑺𝑺𝑨𝑹𝑿𝑶𝑵 𝑬𝑹𝑮𝑨𝑺𝑯𝑬𝑽𝑨)
Ўқитувчининг дарс машғулотлари, бир этак фарзанд ва рўзғор ташвишларидан вақт орттириб бадиий асарларни мутолаа қилиши қийинроқ масала. Миллий сертификат имтиҳони учун қисқа фурсат ичида 40 та бадиий асарни мукаммал даражада ўқиб чиқиш асносида дунёнинг ҳайратланарли мўъжизалари бош чаноғимда ихчам ҳолга келиб йиғилди. Юзлаб илмий ва бадиий матнлар таҳлилида яратувчи ва яратилмишни яқиндан ҳис қилдим. Дунёқарашим химик, физик ва астрономлар билан бемалол баҳслаша оладиган паллага етди. Энди камина ўзимни аввалги ўзимдан анча офият ва қаноат бобида устун эканлигимни, дунёнинг пул билан боғлиқ ҳар қандай ечимидан нафратланишимни сезиб боряпман.
Эртанги кун чиқадиган имтиҳон натижалари ва унинг ортидан келадиган устама ҳам мутлақо қизиқ эмас!

@tomchidaquyosh
👍313😁16225🔥20🤣20👏15💯10❤‍🔥7💘5🐳4🕊2
Avvalgi kunlari online guruhimizdagi esselarni tekshirish uchun ekspertlikka tanlov e'lon qilgan edik. Shu e'lon bo'yicha saralov yakunlandi.

Jami 120 kishi murojaat qildi. Ularning barchasi Rash modeli bo'yicha 65+ esse baliga ega edilar.

Tanlov uch bosqichda amalga oshirildi:
1-bosqich - talabgorlarga esse namunasi berildi va baholash mezoniga solib, baholab berishlari so'raldi.
2-bosqich - talabgorlardan essening nazariy jihatdan yozilish strukturalarini og'zaki (audioxabar tarzida) tushuntirib berishlari so'raldi.
3-bosqich - talabgorlarga ma'lum mavzuda esse yozdirildi.

Shu bosqichlardan o'tgan eng professional 15 kishi ajratib olindi va ekspertlar jamoasiga qabul qilindi.

Qolgan ishtirokchilar ham haqiqatan professionallar ekan, ularni BBA ekspertlar jamoasiga taklif etish kerakmikan degan fikr ham tug'ildi. Lekin bizning jamoamiz 15 kishidan iborat bo'lishini hisobga olib, qolgan kishilarni guruhdan chetlatishga majbur bo'ldik.

Barchaga muvaffaqiyat tilayman. Keyinchalik esselarni tekshirib berish xizmatini ham yo'lga qo'yamiz.

@Renessansstudy
👍147🔥21😡16😁14👏1184🤩4❤‍🔥2
Endi qayerda o'qish kerakligini bilasizlar-a😂

Men birovlarni g'iybat qilmayman. Bizning online kursimizda o'qiydigan barcha-barcha kishi haqiqiy mehnat qandayligini-yu, yordamning qandayligini juda yaxshi tushunishadi.

Biz xafa emasmiz, obro'sizlantirishga urinayotganlarga mustahkam sog'lik-salomatlik tilaymiz.

Ahh, becharalar, becharalar. Hasad yomon narsa-da. Sirtdan doim bildirib qo'yadi.

@Renessansstudy
💯208👍56😡40😁34🤬27🥴12🔥11🤣87😐4😴1
Aslini olganda, men juda ko'p narsani bilaman. Ichki masalalarning ichidagi narsalarni ham, yopiq tashkilotning ichidagi masalalarni ham, qaysi repititorning nima qilayotgani-yu, qanday yo'l bilan ball olayotganigacha. Hamma-hammasini bilaman. Hatto natijalarning aniq vaqti-yu, aniq soatigacha bilaman. Kimlar qayda test yodlayotgani-yu, kimlar kimlarga test sotayotganigacha bilaman.

Faqat... Odamgarchilik bor. Qo'limizga yordam tushsa, boshqalar qatori imtihonda tushsa-yu tushmasa, yordam berishga oshiqamiz, bu - normal holat. Lekin insofdan tashqariga chiqmaymiz.

Mehnat va ilmning asl qadrini bizdan ilm olganlar biladi, "yordamlar"ning zarracha ahamiyatsizligini bizdan ta'lim olganlar biladi. Undan chetdagilar esa shunchaki g'iybat qiladi.

Mening online guruhimda yetarlicha o'quvchi bor. Menga yana ortiqcha piar kerak emas.

(O'zlaricha o'ylashyapti, qiyin ahvolga solamiz, omma oldida obro'sizlantiramiz deb, lekin biz yuksalishda davom etamiz)

@Renessansstudy
🔥295👍124🤬60💯27😐18😁8😡8🤯764👻2
Nimo'lyapti)

@Renessansstudy
😁174🤔57😡30👍23👻3❤‍🔥1🏆1🎃1
Qadrli kanalimiz a'zolari, izohlarda tortishmang. U ustoz zo'r, bu ustoz zo'r degan gaplarni yig'ishtiraylik.

Hamma ustozni yaqindan taniyman, ularga hurmatim cheksiz. Ular bilan sen-u, menga bormaganmiz. Ular bilan bir davrada o'tiradigan insonlarmiz.

Qaysidir ustozni tarafini olish shart emas. Hammamiz bir-birimizning faoliyatimizni yaxshi bilamiz. Sizlar esa ko'rib-ko'rmay har xil gaplar yozib tashlayapsizlar, biz esa ustozlar bilan bunga guvoh bo'lib yoqa ushlayapmiz.

Men birorta insonni o'zimga raqobatchi ko'rmayman. Hammamizning bordi-keldimiz bor. Aka-uka bo'lib ketganmiz. Siz izohda tortishganingiz bilan bizda aloqalar mustahkam bog'langan. Bizni xijolatga qo'yyapsiz xolos.

@Renessansstudy
👍263😡56😁41🤣2919🔥7🥴5🐳4💯4💔4👻1
Oxirgi gapimni aytib qo'yay: siz ko'rgan narsalar - o'tgan yilgi. Sizlarga aloqasi yo'q. Avvalgi yillari [yanvar-fevral] guruhidagi materiallar. Uning imtihonlari o'tib bo'ldi.

Meni ayblamang. O'qituvchi imtihondan 4-5 soat oldin qo'lida qanday yordam bo'lsa, bolasiga berishga harakat qiladi. Agar faqat yodlatish maqsadimiz bo'lganda ertaroqda tashlab berib yodlatardik. Bundan tashqari siz ko'rgan rasmdagi barcha testlar "Milliy sertifikat" kitobida turibdi. Kitobdagi testlar ixcham qilib, guruhga joylangan.

Eng asosiysi, biz testlarni kimgadir pullamadik. Ehtimoliy tushib qolsa, deb tashlab berdik. Tushmasa ham hech narsa o'zgarmas edi. Biz imtihonda tushadigan testlarni beramiz deb ham online kurs ochmadik. Oxirida yordam tariqasida berildi va mabodo tushib qolsa deb ogohlantirdik.

Biz doim imtihon oldidan ehtimoliy tushishi mumkin bo'lgan testlarni va mavzularni kanalimizda aytib boramiz. Shunda ham ehtimoliy deymiz.

Istalgan o'qituvchi 3 oylab o'qitgan o'quvchilariga yordam beradi. Xas ustida tursa ham, nimanidir ilinadi. Biz biznes qilmadik va bu borada omma uchun ochiqmiz.

@Renessansstudy
👍442😡183😁26💯26🔥17👏1310❤‍🔥7🙈54🤝3
5-11-sinf-Adabiyot fanidan o'quv dastur (1).pdf
503.7 KB
Juda ko'pchilik yangi adabiyot o'qitaylikmi yo eskinimi deb so'rashyapti.

Umumiy javob:
Yuqoridagi faylda adabiyotning o'quv dasturini yuklayapman. Unda har bir adabiyot sinfi ko'rsatilgan. Shu sinflar uchun berilgan asarlardan savol tushadi. Savol tushishining bitta sharti bor: o'quv dasturda bor bo'lgan asarlar darslikda ham bo'lishi lozim.

Masalan, dasturda Odil Yoqubovning "Yaxshilik", "Muzqaymoq", "Vido" nomli asarlari ko'rsatilgan. "Yaxshilik" hikoyasi yangi darslikda, "Muzqaymoq" hikoyasi eski darslikda berilgan. Ammo "Vido" asari ikkala darslikda ham berilmagan. Demak, "Vido" ni o'qitmaysiz. Qolgan ikki asar esa o'qilishi shart.

Shunday tartibda boshqa asarlarni ham ko'rib chiqasiz.

@Renessansstudy
👍183🥴34🤬23🤣148🔥5👏5🙈5❤‍🔥4😁4🙉3