O'zbek tili va adabiyoti (Davron Akbar bilan)
47.8K subscribers
1.34K photos
145 videos
439 files
685 links
Davron Akbarning sahifasiga xush kelibsiz!

Kanalda test kitoblarimiz haqida ma'lumot, sara testlar, shuningdek, ta'lim yangiliklari berib boriladi.

Manzil: Namangan viloyati

Donat: https://tirikchilik.uz/davronakbar

Reklama: @Renessansstudy_reklama
Download Telegram
⚡️ Online darslarimizdagi o'quvchilarning essesini tekshirish uchun professional ekspertlarni taklif etamiz!

⚠️ Unda qatnashishni xohlaydigan qatnashchilarga quyidagi talablar mavjud.
1) Qaysi darajaga ega bo'lganidan qat'i nazar rash modeli bo'yicha ESSEDAN 65+ ball olgan bo'lishi lozim.
2) Qatnashchi eski test tizimidagi imtihonda sertifikat olgan bo'lsa, ESSEDAN 20+ ball olgan bo'lishi lozim.

Qatnashishni xohlovchi ekspertlar quyidagicha saralanadi:
Yuqoridagi talabga javob beruvchi ekspertlarning barchasi yopiq guruhga qo'shiladi. Ularga birinchi bosqichda namunadagi esseni baholash mezoni bo'yicha tekshirib berish so'raladi. Ikkinchi bosqichda esa ma'lum mavzuga esse yozdiriladi. Ikki bosqichli sinovning natijalariga ko'ra eng munosib 15 kishi tanlab olinadi.

🖥 Ekspertlarga esseni tekshirish bo'yicha quyidagicha ko'rsatmalar mavjud:
🔴Esse yozish boshlanganda sizga taqdim etilgan esselarni baholash mezoni asosida sidqidildan tekshirasiz.
🔴Esseni o'qib chiqqaningizdan so'ng ovozli tarzda tahlil qilib berasiz, xato-kamchiliklarini aytasiz va esseni 24 ballik shkalada baholaysiz.
🔴Esseni biz o'qitgan mazmunda baholash mezoniga solib baholab berasiz. Biz o'qitadigan mazmunni esa yopiq guruhda bayon etamiz.

📥Online kursda 10 ta mavzuda esse yoziladi. Sizga barcha online guruhlarimdan jami bo'lib, 2500 ga yaqin esse yuboriladi.

Esse tekshirish online darsimizning oxirgi 20 kunligida amalga oshiriladi. Ya'ni online darsimiz tugashiga 20 kun qolganda esse yozish boshlanadi va shu 20 kun ichida barcha esselar tekshirilishi lozim. Siz 20 kun mehnat qilasiz. Boshqa payt sizga ehtiyoj tug'ilmaydi.

💸Har bir esseni o'qib chiqib, tekshirib baholash uchun 6000 (olti ming) so'm haq to'lanadi.

🔁Ekspertlar jamoasi faoliyatimiz oxirigacha biz bilan birga bo'lishi mumkin. Har safar bir jamoa bilan ishlash bizga ham qulay.

✍️Esse tekshiruvchi sifatida ekspertlikda qatnashish uchun @adm1n_murojaat ga murojaat qiling.

Ogohlantirish: Yuqoridagi ikki talabga ega bo'lmagan talabgorlar murojaat qilmasin. Esse bali yuqori bo'lsa-da, lekin tekshirish malakasi bo'lmasa ham, qabul qilinmaydi.

🔄 Qabul 6-noyabrdan 15-noyabrgacha davom etadi. Saralash esa 15-noyabrdan 1-dekabrga qadar davom etadi.

📱 @Renessansstudy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍62🔥2211🥴5❤‍🔥1
Hali 15 tasini ajratib olay ko'rasizlar, har biri professional esseshunos darajasiga chiqadi. Hammasini minglab obunachilari bo'lgan kanali bo'ladi. Har biriga esseyingizni tekshirtirish uchun haq to'lab, iltimos qilasiz.

Ular olgan haqni o'sha paytda tasavvur ham qilolmaysiz.

Yangi kelgan amaliyotchiga bemorning hayotiga aloqador amaliyotni bersang, bemor katta ehtimol bilan vafot etadi. Hammasi asta-asta bo'ladi.

@Renessansstudy
121🤣74👍64🥴13🥰11👏9😁5🔥32🏆2❤‍🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌Diqqat,diqqat📌📌📌

📣   MILLIY SERTIFIKAT uchun ONA TILI va ADABIYOT fanidan "MAXSUS TEZLASHTIRILGAN DEKABR” guruhi uchun qabul boshlanganligini e’lon qilamiz!

🔊Ushbu guruhimizda darslar ONLAYN VA OFLAYN tarzda  har kuni, ya’ni haftaning 7 kunida jonli tarzda o’tkaziladi.

Mashg'ulotlarimizda siz:
🔷Grammatikaga oid testlarni xatosiz ishlash;
🔶G’azal  va qit’alarni mukammal tahlil qila olish;
🔷Ilmiy va badiiy matn ustida ishlash texnikalarini o’rganish;
🔶Muntazam esse yozish;
🔷 Yuqori sifatli diagnostik testlar ishlash imkoniyatiga ega bo’lasiz.


💎Shuningdek, darslarda davomat qat’iy nazorat qilinadi! 
📌Qabul  15- noyabrgacha davom etadi.

🔔Murojaat uchun:
MAHBUBA RAHIMOVA
+998919978792       
@Mahbuba_Rahimova
 Admin:KOMILOVA DILRABO
+998914373833
@Muzaffarovna_Dilrabo

Reklama huquqi asosida
👍3315🏆4🥰3❤‍🔥1🔥1👏1💯1
Ijtimoiy tarmoqlarda shu memga ko'zim tushib qoldi)

Xolalar o'qni shay qilib turishibdi, bahorgi imtihon uchun kursimizda qatnashing va nishonlikdan qutuling😂

@Renessansstudy
😁172🤣144👍18😢7🥴7💯72😭2❤‍🔥1
Ona tili va adabiyot fanidan 2-3-noyabr kuni o'tkazilgan milliy sertifikat imtihonida 12-savolda xatolik ketib qolibdi, ya'ni ikkita javob to'g'ri bo'lib qolgan.

Savolda tire tinish belgisi bir xil punktuatsion qoida asosida qo'yilgan savol so'ralgan.

Birinchi gapda: "Bolaning o'qigani - toshga yozgani" ma'nosidagi ega ot kesim uchun qo'yilgan tire bor edi.

To'rtinchi gapda: "Omonatning dushmani - inflyatsiya" mazmunidagi ega ot kesim uchun qo'yilgan tire bor edi.

Bir qarashda to'g'ri javobga 1, 4 sifatida olingan. Lekin boshqa gapda "Tuyaning tashigani tilla ekan, yegani - yantoq" jumlasida ham tire ega-ot kesim uchun qo'yilgan. Bu esa javobda ikkita javobning to'g'ri javob bo'lishiga olib keladi.

Barchamizga ma'lumki, "Tuyaning tashigani tilla ekan, yegani - yantoq" gapi to'liqsiz gap emas. To'liqsiz gap bo'lishi uchun ikkinchi gapning kesimi tushirilishi lozim. Bu yerda esa bog'lamaning o'zi tushirilgan.

Bu gap: "Ota-ona boylik bo'lsa, farzand - ne'mat" gapiga o'xshaydi. Bunda ham tire tinish belgisi to'liqsiz gap uchun qo'yilmagan. Demak, bu gaplarda tire ega-ot kesim uchun qo'yilgan.

Bilimni baholash agentligining ichki ekspertlari shu masalaga oydinlik kiritib olishsa, ko'pchilik talabgorlarga jabr bo'lmas edi. Chunki talabgorlar u javobni ham, bu javobni ham olgan bo'lishi mumkin.

@Renessansstudy
👍135😢288🤯7🔥5🤬4😭3👏2❤‍🔥1💔1
Bilimni baholash agentligining ichki ekspertlariga yana bitta yetkazma bor edi.

3-noyabr kuni bo'lgan imtihonda test savollarining 38-savolida ajoyib holat kuzatilgan.

Test uchun berilgan gapda qaysi qo'shimchaning qo'llanishi bilan bog'liq uslubiy xatolik so'ralgan. Uslubiy xatolik sifatida "tanqidshunos" so'zidagi -shunos ot yasovchi qo'shimchasi olingan.

Bir qarashda bu to'g'ri javob hisoblanadi. Lekin shu gapning boshqa so'zida ham -lar qo'shimchasi bir so'zga ikki marta qo'shilgan holatda berilgan.

Yana ham qiziq tomoni -lar qo'shimchasi ba'zi talabgorlarda bir so'zga ikki marta qo'shilgan holatda berilgan, ba'zilarda esa bunday holat kuzatilmagan.

Menda ikkita taxmin bor:

1) Test topshirig'ini berishda ikkita qo'shimcha ongli ravishda uslubiy xatolikka berilgan;
2) Texnik xatolik ketib qolgan, natijada bir so'zga -lar qo'shimchasi ikki marta yozilib ketgan.

Birinchi fikrdagi ishni test tuzuvchilar hayotda qilmaydi. Chunki bir gapda ikki qo'shimcha uslubiy xatolikka uchratilishi mumkinmas, buni ekspertlarimiz juda yaxshi tushunib turishibdi. Menimcha, ikkinchi taxmin to'g'riroq bo'lsa kerak.

Buni ham hisobga olaylik, qadrdon ekspert opajonlarim. Talabgor kuyib qolmasin, iltimos.

@Renessansstudy
100👍51💯44👏13🌚9❤‍🔥1
Ko‘nglungni orit barcha yomon xislatdin
Kim, yaxshi qiliq dalil erur rahmatdin.
Badxo‘ylik ul vahshat erur shiddatdin
Kim, elga xaloslik yo‘q vahshatdin.

6-sinf adabiyoti 70-bet | ruboiy

Tahlil:

Ushbu ruboiyda yaxshilik qilish va yomon hislatlarni tark etish kabi g'oya ilgari surilgan.


Bayoni quyidagicha:

Ko'nglingdan barcha yomon illatlarni ketkazgin, ya'ni yomon xislatlarni tark etgin. (1-misra)
Shuningdek, yaxshilikni odat qil, bu odating sening muruvvatli va marhamatli ekaningga dalil bo'ladi. (2-misra) 
Qo'pollik bu xavf va vahimaning shiddati hisoblanadi.(3-misra)
Agar kim shu xislatdan (qo'pollikdan) xalos bo'la olmasa, el uchun bu inson xavf-u xatarli hisoblanadi. (4-misra)

© Davron Akbar

@RenessansStudy
26👍25❤‍🔥2🔥1
Kim egri erur, tuzluk emas poyasi ham,
Bor o‘zudek egri sud-u sarmoyasi ham.
Tuzluk ermas shifosi-yu voyasi ham,
Kim, egri kishining egridur soyasi ham.

6-sinf adabiyoti 70-bet | ruboiy

Ushbu ruboiyda to'g'rilik va egrilik haqida qarashlar bayon etilgan.


Tahlili:

Kim agar egri bo'lsa, uning asosi, poydevori ham egridir. (1-misra)
Inson egri bo'lsa, uning topgan foydasi ham, obo'yi ham, nafi ham egri bo'ladi. (2-misra)
(O'zi) egri bo'lgan odam boshqalarga beradigan shifosi va nafi ham egri bo'ladi. (3-misra)
Hatto egri odamning soyasi ham egri bo'ladi. (4-misra)


* 1-misrada "asosi va poydevori" so'zlari orqali "nasli-nasabi yoki otasi ham shunday egri bo'lgan" - degan ma'no ilgari surilayotgan bo'lishi mumkin.

© Davron Akbar

@RenessansStudy
👏17👍91❤‍🔥1🔥1🕊1
Xub el bila suhbat tutubon xub o‘lg‘il,
Yaxshini talab qilg‘il-u matlub o‘lg‘il.
Shirin so‘z ila xalqqa marg‘ub o‘lg‘il,
Yumshoq de hadisingni-yu, mahbub o‘lg‘il.

6-sinf adabiyoti 71-bet | ruboiy

Ushbu asarda shirinso'zlik orqali xalq ko'nglidan joy olishlik haqida fikrlar aytilgan.


Tahlil:

Sen yaxshi kishilar bilan suhbatda bo'l va ular kabi sen ham yaxshi bo'lgin. (1-misra)
Yaxshilarni doimo izlagin, shular qatori sen ham izlangan, istalgan insonlardan bo'lgin.(2-misra)
Shirin so'zing bilan, shirin suhbating bilan xalqning yoqimli kishisiga aylanib ol. (3-misra)
So'zingni yumshoq qil, bu yumshoq so'zing orqali xalqing ichida eng sevimli inson bo'l. (4-misra)

Dehqoncha tahlil: 😂
Navoiy aytyaptiki, "Sen yaxshi odamlar bilan suhbatlashgin, seni ham yaxshi suhbatdosh deb izlasinlar. So'zingni shirin qilsang, xalq seni yaxshi ko'rib qoladi, xalqning sevimli kishisi bo'lib yuraverasan" deyapti.

© Davron Akbar

@RenessansStudy
🔥19👍14❤‍🔥1😁1
El qochsa birovdin, el yomoni bil oni,
Ahvolida idbor nishoni bil oni.
Fe’l ichra ulus baloyi joni bil oni,
Olam elining yamon-yamoni bil oni.

6-sinf adabiyoti 71-bet | ruboiy

Ushbu ruboiyda yomon insonning xususiyati haqida fikr bildirilgan.


Tahlil:

Agar el biror kishidan qochayotgan bo'lsa, o'sha kishi elning ichida yomon ekanini bilgin. (1-misra)
O'sha insonning ahvolini kuzat, unda baxtsizlikning belgisi borligini bilgin(2-misra)
Fe'li og'ir bo'lgan bu inson xalqning ichida balo hisoblanishini bilgin (3-misra)
Yuqoridagi illatga ega inson xalq ichidagi eng yomon-yomon odam ekanini bilgin.(4-misra)


Dehqoncha tahlil: 😂

Navoiy aytyaptiki, "Sendan xalq o'zini olib qochyaptimi, demak, sen yomon insonsan, chunki senda qandaydir baxtsizlik belgisi bor. Sening fe'lingda agar shunday baxtsizlikka olib keluvchi illatlar bo'lsa-yu, sen bundan qutilishga harakat qilmasang, sen jamiyatdagi eng yomon odamsan" - deyapti.

© Davron Akbar

@RenessansStudy
🔥30👍203❤‍🔥1
Har kimki suchuk so‘z elga izhor aylar,
Har nechaki ag‘yor durur yor aylar.
So‘z qattig‘i el ko‘nglini ozor aylar,
Yumshog‘i ko‘ngillarni giriftor aylar.

6-sinf adabiyoti | ruboiy

Tahlili:

Kim xalqqa shirin so'zlik bilan muomala qilsa, u dushmanlarini ham do'stiga aylantirib oladi.
Qattiq so'z aytsang, xalq ko'ngliga ozor yetkazasan, gapirishda yumshoqlik qilsang, bu so'zing bilan odamlarning ko'nglini o'zingga asir qilib olasan.

© Davron Akbar

@RenessansStudy
👍25🔥2❤‍🔥1
G‘urbatda g‘arib shodmon bo‘lmas emish,
El anga shafiq-u mehribon bo‘lmas emish.
Oltun qafas ichra gar qizil gul bitsa,
Bulbulg‘a tikandek oshiyon bo‘lmas emish

6-sinf adabiyoti | ruboiy

Tahlili:

Musofirchilikda yurgan inson shod bo'lolmaydi.
U yerdagi odamlar musofirga mehribon bo'lmaydi, unga muruvvat ko'rsatmaydi. Agar bulbulga oltindan qafas yasab, uning ichida gul o'stirib bersangiz ham, bulbul oltin qafasdan qanoatlanmaydi, uning tikonzor bo'lsa ham, o'zining uyi qadrli bo'lib qolaveradi.

© Davron Akbar

@RenessansStudy
👍38🔥3❤‍🔥1
Farzand ato qullug‘in chu odat qilg‘ay,
Ul odat birla kasbi saodat qilg‘ay.
Har kimki atog‘a ko‘p rioyat qilg‘ay,
O‘g‘lidin bu ish anga siroyat qilg‘ay.

6-sinf adabiyoti | ruboiy

Tahlili:

Farzand otaga xizmat qilishni doimo odatiga aylantirsin. Va bu odat orqali saodatga erishadi. Kim agar otasiga yaxshilik qilishda bardavom bo'lsa, albatta, farzandidan ham shu yaxshilikni ko'radi.

Xulosa: Otangga nima qilsang, bolangdan qaytadi.

© Davron Akbar

@RenessansStudy
👍36🔥2❤‍🔥11🥰1
So‘zdurki nishon berur o‘lukka jondin,
So‘zdurki berur jonga xabar jonondin.
Insonni so‘z ayladi judo hayvondin,
Bilkim, guhari sharifroq yo‘q ondin.

6-sinf adabiyoti | ruboiy

Tahlili:

O'liklar va tiriklarning orasini so'z farqlab turadi. So'z tiriklikning belgisi hisoblanadi.
So'z jononga xabar beruvchi vositadir.
Yaratgan insonni so'z bilan boyitdi va bu bilan hayvonlardan imtiyozli qildi.
So'z orqali insoniyat sharif (buyuklik) darajasiga erishdi.

© Davron Akbar

@RenessansStudy
👍76❤‍🔥11🔥42🥰2
O'zbek tili va adabiyoti (Davron Akbar bilan) pinned «Juda ko'pchilik bahordagi imtihon bo'lish-bo'lmasligini, shuningdek, bahorgi imtihon uchun online kurs ochilish-ochilmasligini so'rashmoqda. Do'stlar, avval imtihon bo'lmasligi mumkinligi haqida bir-ikkita gaplar bor edi, hozirda bu gaplar inkor qilindi.…»
DEKABR IMTIHONIGACHA DARAJANGIZNI YAXSHILAB, MS OLMOQCHIMISIZ?

ENDI SIZGA BITTA KURSNI OʻZI YETARLI!!!

Dekabr kursiga marhamat!
Kurs quyidagilarni oʻz ichiga oladi ⤵️

🍁
GRAMMATIKA...

🍁BADIIY ASARLAR...

🍁MATN TAHLILI...

🍁GʻAZAL TAHLILI...

🍁ESSE YOZISH TEXNIKASI...


Kurs narxi: 300 ming soʻm( bir martalik toʻlov)

Kurs davomiyligi: to dekabr imtihonigacha

Dars vaqti: Seshanba, payshanba, shanba, yakshanba
20:30 da(Imtihonga yaqin har kuni)

Kurs haqida toʻliq maʼlumot

Kurslarımız haqida fikrlar

Darslardan namunalar


🔥XOHLOVCHILAR UCHUN ALOHIDA "ESSE KURSI" HAM MAVJUD!!!

AYTGANCHA,KANALDA BARCHA MS BOʻLIMLARI BOʻYICHA BEPUL DARSLARNI TOPISHINGIZ MUMKIN!
SIZ UCHUN MANFAATLI BOʻLADI, INSHAALLOH


OFFLINE KURSLARIMIZ UCHUN⤵️
"TARAQQIYOT" OʻQUV MARKAZI
📍Manzil: Samarqand.Tayloq shaharchasi, Jassi supermarket yonida

Murojaat uchun ⤵️
@filologabdullayeva

MAQSADIMIZ NATIJA- NATIJANI MAQSAD QILGANLARNI KURSIMIZDA KUTIB QOLAMIZ!


Kanallarimiz⤵️
1)
https://t.me/milliy_sertifikat_06

2)
https://t.me/Sertifikat_Academy_Abdullayeva

Reklama huquqi asosida
👍387🔥2❤‍🔥1😨1
Ustozlardan bir iltimos bor edi: bundan buyog'iga turdosh otlarni tushuntirayotganda shuni 5 turga bo'lsak nima deysizlar:

1) Shaxs oti - aka, kosib, haydovchi, talaba
2) Narsa oti - qalam, olma, chumoli, tosh
3) O'rin-joy oti - hovli, ko'cha, adir, tolzor, maktab
4) Faoliyat-jarayon oti - saylov, chopiq, to'y, hashar
5) Payt otlari - bahor, yakshanba, tong, shom

Shu payt otlari masalasida "Amerika" ochmoqchi emasman, lekin barchamiz birgalikda shunday o'rgatsak, menimcha, muammo bo'lmasa kerak.

Siz nima deysiz?

@Renessansstudy
👍276❤‍🔥22👏18🤔13💯12😐7🎃65🔥5🤝4😁2
🗓10 -NOYABRDAN
✍️MAXSUS TEST+ESSE KURSI

Faqat TEST va ESSE bo'yicha ishlanadigan 1 yarim oylik kursga qabul boshlandi.
Narxi -
200 ming so'm
Ustoz : Hamid Qurbonboyev jamoasi

10 NOYABRDAN
GʼAZAL TAHLILI + TEST
Ustoz : navoiyshunos Odiljon Avaznazarov
20 ta gʼazal tahlili
Narxi - 120 ming soʻm

📢Murojaat uchun 👇👇👇

@Qurbonboyev_Hamid


https://t.me/ona_tili_Qurbonboyev

Reklama huquqi asosida
👍25👏108🔥3❤‍🔥2
Esse tekshirish bo'yicha ekspertlikka 100 ta talabgor murojaat qildi va guruhga qo'shildi. Qabul 15-noyabrga qadar davom etadi.

Tanlovning shartlari
bu yerda bayon qilingan.

@Renessansstudy
👍62😡9🔥72😁2❤‍🔥1
Quyidagi gap haqida xato ma'lumot berilgan javobni aniqlang.

Dunyo ilmini zarracha qadrlamaslik insonning jaholatga yuz tutishiga sababdir, shuning uchun oynasimon tiniq qalbni ilm bilan to'ldirish lozim.
Anonymous Quiz
16%
Ot asosga sifat va ravish yasovchi qo'shimcha qo'shilgan.
24%
Barcha lug'aviy shakl yasovchi qo'shimchalar fe'llar tarkibida qo'llangan.
37%
Fe'l asosga sifat va ot yasovchi qo'shilgan.
22%
Yasama so'zlar so'z yasovchi qo'shimcha hamda so'zni so'zga qo'shish orqali yasalgan.
👍55🎉168🙊5🤯3❤‍🔥1
37-savol punktuatsiya.pdf
49.1 KB
Milliy sertifikat imtihonining 37-savol topshiriqlari.

@Renessansstudy
👏406👍5🔥4🥰3❤‍🔥1🤔1