O'zbek tili va adabiyoti (Davron Akbar bilan)
48K subscribers
1.34K photos
145 videos
439 files
685 links
Davron Akbarning sahifasiga xush kelibsiz!

Kanalda test kitoblarimiz haqida ma'lumot, sara testlar, shuningdek, ta'lim yangiliklari berib boriladi.

Manzil: Namangan viloyati

Donat: https://tirikchilik.uz/davronakbar

Reklama: @Renessansstudy_reklama
Download Telegram
⚑️Milliy sertifikat imtihonining 5-savoli qo'shimchalar uslubiyatidan bo'ladi.

πŸ“ŠBunda asosan ot va sifat yasovchini noto'g'ri qo'llash bilan uslubiy xatolik yuzaga chiqariladi.

πŸ–₯Namuna:

Qaysi javobda qo'shimcha qo'llash bilan bog'liq uslubiy xatolik mavjud?

A) Odamlarga aytgan purma'no so'zlarni esingdan chiqarib qo'yma.

B) Ehtiyotkorsizlik oqibatida qilingan qilmishlar yengil jazolarga sabab bo'ladi.
βœ…

C) Serquyosh mamlakatning shirin suvlari ham insonga rohat beradi.

D) Bu dorining nojo'ya ta'siri tufayli bemorning sog'lig'i og'irlashdi.

πŸ”„ Qolgan ma'lumotlar online darsda tushuntiriladi.

@Renessansstudy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
πŸ‘88❀10πŸ₯°6πŸ”₯3❀‍πŸ”₯2πŸ‘1
1) Ayrimlar maktab darsliklarining ijarasi bepul bo'lishi kerak deb hisoblasa, ayrimlar ijara pulli bo'lishi kerak deb ta'kidlaydi.

2) Ayrimlar o'zbek alifbosini o'zgartirish haqida fikrlarini aytishadi, ayrimlar bunga qarshi chiqib, alifbo islohoti ortiqcha xarajat ekanini ta'kidlaydi.

Bunday mavzuda esselar tushadimi yoki yo'q - bilmayman, ammo bu ikki mavzu oxirgi paytda aktual masalaga aylangan.

@Renessansstudy
πŸ”₯130🀯54πŸ‘41😭21❀16πŸ₯±6😁5🐳1
Boshqa kanallarga men aralasha olmayman. Ularga bir narsa deyishga ham aslida haqqim yo'q. Lekin bu ketish bo'lsa, hammasi oxirida rasvo bo'ladi.

Kimga keragi bor bunaqa maynavozchilikka asoslangan imtihonni. Adminlar, sal oldi-ketimizga qarab harakat qilaylik. Katta kanal hamma narsa yozib tashlanadigan joy emas, yopiq guruh bo'lsa ham mayliga.

Mayli, mayli, imtihonni kutaylik. Oz qoldi, hammasi ayon bo'ladi. Agar bu tuzatilmagan bo'lsa, o'nglanmagan bo'lsa, keyingi 10 ta post shu imtihon haqida bo'ladi.

@Renessansstudy
πŸ‘172πŸ€”54πŸ€·β€β™‚16πŸ”₯14😐10❀6πŸ‘Œ5🀨3πŸ’―2πŸ’”2🀣1
Bugun 300 ga yaqin online kursimizdagi o'quvchilar bilan xayrlashdik. Ular bilan 3 oy davomida ilm suhbatida bo'ldik.

Bugun men uchun og'ir kun, chunki hayotimning bir qismiga aylangan insonlar bilan xayrlashyapman. Juda ta'sirli, lekin ilojisi ham yo'q-da.

Barchalariga muvaffaqiyat tilayman, Alloh yuzingizni yorug' qilsin!

@Renessansstudy
❀386πŸ‘98❀‍πŸ”₯31πŸ”₯27😭19πŸ’―14πŸ₯΄7πŸ’˜7πŸ€“6🌚4😁2
Ana shunaqa)
πŸ€”198😁122❀‍πŸ”₯27πŸ‘19πŸ’˜7πŸ”₯6πŸ™6πŸ™Š6❀5πŸ₯΄5πŸ₯°1
Inson qancha ko'p gapirsa, shuncha qulashni boshlaydi.

Juda qattiq sukunat bilan davom eting, qolgani yaxshi bo'lib ketadi.

Bu qit'a bekorga berilmadi axir:

Navoiy tiling asragβ€˜il zinhor,
Desangkim, yemay dahr ishidan fusus.
Nazar qilki, oβ€˜q ogβ€˜zi tilsiz uchun,
Chu hangomsiz nagβ€˜ma tortar xurus.

@Renessansstudy
πŸ”₯244πŸ‘83😁47❀33πŸ‘20πŸ’―15⚑9❀‍πŸ”₯8πŸ₯°6πŸ€”5🀝3
Birinchi smenaga kirganlar, savollar qanday bo'ldi?

Bir chekkadan yozinglarchi.

@Renessansstudy
πŸ‘103πŸ€·β€β™€25πŸ”₯11❀10πŸ™Š6✍5πŸ’˜3πŸ€·β€β™‚2πŸ€”2πŸ₯°1πŸ•Š1
Ko'pchilik talabgorlar dekabrdagi imtihon uchun kurs so'rashmoqda. Dekabrdagi kurs uchun bir oy oldin qabul ochilgan va guruhga qabul yakunlangan.

Bahorgi imtihonlar uchun 15-noyabrda qabul e'lon qilamiz va grammatikasi tugagan talabgorlarni qabul qilamiz. Qabul qariyb 5 kuncha davom etadi.

@Renessansstudy
❀48πŸ‘22πŸ₯΄10❀‍πŸ”₯5πŸ”₯5🀯1
Mening nazarimda, hammasi o'ylangan reja asosida ketyapti. Bunga yagona maqsad bo'lishi kerak: hammani yozgi imtihonlardan milliy sertifikatlashga olib o'tish hamda yozgi imtihonlarni bekor qilish.

Yozgi imtihonlar misli ko'rilmagan darajada xarajat ustiga quriladi. Bu imtihon yilda bir marta o'tkazilishi ham vaziyatni murakkablashtiradi.

Birinchi fani ingliz tili bo'lgan o'quvchilarga ingliz tilidan sertifikati majburiy ravishda bo'lishi lozimligi ham shu maqsadga olib boradi.

Milliy sertifikat darajasi bekorga tushirilmadi, bekorga avvalgi smena savollari takrorlanmayapti, bekorga savollar avvaldan sizdirilmayapti.

Yoz kelsin ko'rasiz, kvotalarni sertifikatchilar to'ldiradi. Natijada, hamma sertifikatlashga o'zini uradi. Yoz imtihonlari esa siqib chiqariladi.

@Renessansstudy
❀162πŸ‘86😨57πŸ₯΄21πŸ‘11❀‍πŸ”₯7πŸ”₯6😁2🀝2⚑1πŸ’˜1
Imtihonlar yakunlandi, barchangizga rahmat!

Keyingi imtihonlar ham siz uchun muvaffaqiyatli bo'lsin.

Bu imtihonda qatnashgan barchaga A+ darajalar nasib qilsin.

@Renessansstudy
❀‍πŸ”₯250❀66πŸ‘28πŸ”₯12πŸ‘12πŸ₯°6πŸ•Š6πŸ₯΄6πŸ†6πŸ’―4πŸ€”1
Dekabrdagi imtihon endi qanday bo'ladi?

Har qalay, bahorgi imtihonga qaraganda qiyin bo'ladi)

@Renessansstudy
πŸ€”131😭76πŸ‘21😁17❀13😱6❀‍πŸ”₯3πŸ₯±3😑3
❀️‍πŸ”₯❀️‍πŸ”₯❀️‍πŸ”₯ 8 yillik tajribaga ega pedagog-psixolog MALIKA SAYFIZODA qishki va bahorgi imtihonlar uchun maxsus ONLINE KURSLARNI TAKLIF ETADI!

Online kurslarimizda siz:
1️⃣Milliy sertifikat
2️⃣Attestatsiya
3️⃣DTM
4️⃣Hamda Perevod imtihonlariga mukammal tayyorgarlik ko’rishingiz mumkin.

πŸ“²Darslar 1-NOYABR sanasidan start oladi. Yuqori sifat va qat’iy nazorat kafolatlanadi.

Namuna darslar πŸ‘ˆ
O’quvchilar natijasi πŸ‘ˆ
Jonli darslar πŸ‘ˆ

πŸ‘©πŸΌβ€πŸ’» Kurs tartibi, narxlari, vaqti haqida to’liq ma’lumot olish uchun @Sayfizoda_admin πŸ‘ˆπŸ» ga murojaat qiling.

❀️❀️❀️ O’rinlar osni chegaralangan πŸƒπŸ»β€β™€οΈπŸƒπŸ»

Reklama huquqi asosida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❀42πŸ‘36🀬22πŸ”₯6❀‍πŸ”₯1
Hasad shunday narsaki, uni qancha qog'ozga o'ragan sari qog'ozni ham yondirib, o'zini namoyon qilaveradi.

@Renessansstudy
πŸ”₯158πŸ’―51🀣44😁15πŸ‘14❀‍πŸ”₯11πŸ‘9πŸ€ͺ4πŸ€”2πŸ‘Œ2πŸ€·β€β™‚1
Men Muhammad aka Haydarovni, umuman olganda, haydarovlar sulolasini hurmat qilaman. Ular o'z yo'lida va maqsadida ravon harakatlanadi. Birovni g'iybat qilmaydi, birovga malomat qilmaydi. Shuning uchun ham Alloh yo'llarini doimo ochiq qilib qo'yadi.

Kanallariga o'tib olinglar, u yerda ham eng kerakli ma'lumotlar berib boriladi.

P/s: Allohga qasamki, bu postni chin ko'ngildan yozdim, Alloh qalbimga negadir shu gaplarni soldi.

@Renessansstudy
❀190πŸ‘71❀‍πŸ”₯26πŸ”₯13πŸ‘6πŸ₯±6😁5πŸ€ͺ3😑3πŸ₯°2πŸ₯΄1
"Shedevr testlar" kitobining 2-qismi haqida ma'lumotlar. Eshitib chiqish tavsiya etiladi.

Kitobdan namuna

@Renessansstudy
πŸ‘55❀10πŸ”₯4πŸ‘»4❀‍πŸ”₯3🐳2πŸ‘1
Etaplik imtihon.pdf
157.3 KB
O'quv markazdagi 1-bosqich imtihonlari uchun test materiali.

Davron Akbar

@Renessansstudy
πŸ‘30❀13πŸ”₯5❀‍πŸ”₯2
Bilimni baholash agentligiga bitta taklif bor. Jamiyat uchun eng aktual mavzulardan 20 tasi tanlab olinsa-da, yil boshida esse mavzusi sifatida e'lon qilinsa...

Masalan, 40 ta adabiyotlar ro'yxati e'lon qilinyapti. Esse mavzulari ham shunday e'lon qilinsa, o'quvchi 20 ta mavzuga izlanadi va hammasiga tayyorlanadi. Lekin qaysi biri imtihonda tushishini bilmaydi.

Qaysi mavzu tushishini bilmagan o'quvchi sun'iy ravishda mavzu to'qib olib, unga yozgandan ko'ra real e'lon qilingan esse mavzusiga yozgani ma'qul.

Mulohaza qilsak, talabgorning imtihondagi bitta mavzuga yozgan essesidan olinadigan natijadan ko'ra imtihon oldidan 20 ta mavzuga qilgan izlanishi foydaliroqdir.

Essega ham shunaqangi mavzular berish kerakki, talabgor shu esselarga ma'lumot izlanar ekan, ko'p narsalarni tushunib ketsin. Hayot aslida u o'ylagan jimjimadorlikdan iborat emas, boshqa tomonlari ham borligini anglasin. Izlanishdagi foyda juda katta effekt beradi, o'zi uchun ham, jamiyat uchun ham.

Hammamizning maqsadimiz talabgorni fikrlaydigan shaxs sifatida tarbiyalash hisoblanadi.

@Renessansstudy
πŸ‘562πŸ’―101πŸ‘30❀23πŸ”₯16😒10πŸ€·β€β™€9🌚8🐳7πŸŽƒ6🀩5
Kanal a'zolaridan bir iltimos bor edi. Shu masalada takliflaringni bersangiz.

Menga kuchli adabiyotshunos ustoz kerak. Faqat g'azalxon emas, butunboshli asar (roman, qissa, hikoya, dramma) larni va she'riy janr (g'azal, she'r, qit'a va h.z) larni mukammal tahlil qila oladigan darajaga chiqishim uchun bunday ustozga judayam muhtojman. Haminqadar asarlarni tahlil qila olyapman, testlar shakllantira olyapman, lekin baribir DTM dagidek saviyaga chiqara olmayapman.

Kim menga bu masalada yordam bera oladi, kim adabiyotning obyekti bo'lgan asarlarni kategoriyalarga solib o'rgata oladi? Agar shunday ustozni topsam va DTM imtihonlaridek adabiyot savollarini shakllantira olsam, armonim yo'q edi.

Iltimos, tavsiya qilinglar...

@Renessansstudy
πŸ‘194❀16🫑16πŸ‘11πŸ”₯10😁6❀‍πŸ”₯5πŸ‘€5😨3πŸ’”1
πŸ“’πŸ“’πŸ“’πŸ“’Diqqat diqqat !!!
Ko'pchilikning talab va taklifiga
ko'ra β„οΈβ„οΈβ„οΈβ„οΈβ„οΈβ„οΈβ˜ƒοΈβ˜ƒοΈβ˜ƒοΈ

7️⃣-noyabrdan DEKABR oyida bo'lib o'tadigan
MILLIY SERTIFIKAT IMTIHONLARIGA tayyorlovπŸƒβ€β™‚οΈβ€βž‘οΈINTENSIV
darslarimizga start beriladiπŸ”₯πŸ”₯πŸ”₯πŸ”₯
(Shoshiling, 1️⃣ ta guruh ochiladi faqat.Qolgan guruhlar to'lgan)

Darslar haftada 4️⃣+3 (qo'shimcha test ishlash) kunπŸ’ͺπŸ’ͺπŸ’ͺ100% Ovozli chat orqali yopiq guruhda bo'lib o'tadi.

πŸ“‹ HAR DARS davomida siz :

βœ…οΈ πŸ“’Grammatika(0 dan 100%)gacha qaytadan o'tib beriladi.

βœ…οΈ πŸ‘³β€β™‚οΈG'azal tahlili 0 dan (She'riy san'atlar ham)

βœ…οΈ πŸ“œMatn bilan ishlash

βœ…οΈ πŸ“Esse yozish ko'nikmalarini mukammal o'rganish.(Esse yozish orqali)

βœ…οΈ πŸ—“Har darsda sertifikat namunasidagi 44 talik DIAGNOSTIK test ishlash.

βœ…πŸ“š40 talik badiiy asarlarni jadval asosida o'qitish

Darslarni 7 yillik tajribaga ega malakali ustoz Nilufar Mavlonova(SHAXSAN O'ZIM) olib boraman.

Darslar davomida har bir o'quvchi uchun qiyinchilik tug'dirayotgan muammolarni birgalikda bartaraf etamiz.πŸ˜‡πŸ˜‡πŸ˜‡

πŸ•˜Darslar 21:00 da bo'lib o'tadi.
πŸ’°Kurs narxi 1 oyga 300(chegirmada 250 ming) (SIFATGA ASOSLANGAN NARX❗️)45 kun(dekabr imtihonigacha)400 (chegirmada 350 ming).
https://t.me/onatili_nilufar

🌟Sizning muvaffaqiyatingiz bizning asosiy maqsadimiz🌟
πŸ“¨πŸ“¨πŸ“¨πŸ“¨πŸ“¨Murojaat uchun
@Nilufar1411Mavlonova
@Vardisubani ga yozasiz
πŸ’΅Karta raqami
9860160139131249.Dildora Mavlonova.Lichkamga chekni tashlaysiz

Reklama huquqi asosida
πŸ‘48😁7πŸ™4πŸ”₯3❀‍πŸ”₯1❀1
Allohga hamd bo'lsin.

Shu 3 kun ichida adminimizga 500 ga yaqin inson kurs so'rab murojaat qildi. Ming afsuski, dekabr imtihoni uchun barchalariga rad javobini berishga majbur bo'ldik.

15-noyabr kuni qabul ochamiz, bahorgi imtihonga kattaroq masshtabda auditoriya jamlaymiz. Ishonchingizni oqlashga harakat qilaman.

Esse tekshirishga tajribali mutaxassislarni jalb qilish haqida o'ylayapman. Bir o'zim hamma esseni tekshirishga amalda ulgurmayman.

@Renessansstudy
❀117πŸ‘71πŸ”₯17😁10πŸ’˜6🐳5πŸ•Š3πŸ’―2❀‍πŸ”₯1πŸ‘1
⚑️ Online darslarimizdagi o'quvchilarning essesini tekshirish uchun professional ekspertlarni taklif etamiz!

⚠️ Unda qatnashishni xohlaydigan qatnashchilarga quyidagi talablar mavjud.
1) Qaysi darajaga ega bo'lganidan qat'i nazar rash modeli bo'yicha ESSEDAN 65+ ball olgan bo'lishi lozim.
2) Qatnashchi eski test tizimidagi imtihonda sertifikat olgan bo'lsa, ESSEDAN 20+ ball olgan bo'lishi lozim.

❓ Qatnashishni xohlovchi ekspertlar quyidagicha saralanadi:
Yuqoridagi talabga javob beruvchi ekspertlarning barchasi yopiq guruhga qo'shiladi. Ularga birinchi bosqichda namunadagi esseni baholash mezoni bo'yicha tekshirib berish so'raladi. Ikkinchi bosqichda esa ma'lum mavzuga esse yozdiriladi. Ikki bosqichli sinovning natijalariga ko'ra eng munosib 15 kishi tanlab olinadi.

πŸ–₯ Ekspertlarga esseni tekshirish bo'yicha quyidagicha ko'rsatmalar mavjud:
πŸ”΄Esse yozish boshlanganda sizga taqdim etilgan esselarni baholash mezoni asosida sidqidildan tekshirasiz.
πŸ”΄Esseni o'qib chiqqaningizdan so'ng ovozli tarzda tahlil qilib berasiz, xato-kamchiliklarini aytasiz va esseni 24 ballik shkalada baholaysiz.
πŸ”΄Esseni biz o'qitgan mazmunda baholash mezoniga solib baholab berasiz. Biz o'qitadigan mazmunni esa yopiq guruhda bayon etamiz.

πŸ“₯Online kursda 10 ta mavzuda esse yoziladi. Sizga barcha online guruhlarimdan jami bo'lib, 2500 ga yaqin esse yuboriladi.

βœ…Esse tekshirish online darsimizning oxirgi 20 kunligida amalga oshiriladi. Ya'ni online darsimiz tugashiga 20 kun qolganda esse yozish boshlanadi va shu 20 kun ichida barcha esselar tekshirilishi lozim. Siz 20 kun mehnat qilasiz. Boshqa payt sizga ehtiyoj tug'ilmaydi.

πŸ’ΈHar bir esseni o'qib chiqib, tekshirib baholash uchun 6000 (olti ming) so'm haq to'lanadi.

πŸ”Ekspertlar jamoasi faoliyatimiz oxirigacha biz bilan birga bo'lishi mumkin. Har safar bir jamoa bilan ishlash bizga ham qulay.

✍️Esse tekshiruvchi sifatida ekspertlikda qatnashish uchun @adm1n_murojaat ga murojaat qiling.

❌Ogohlantirish: Yuqoridagi ikki talabga ega bo'lmagan talabgorlar murojaat qilmasin. Esse bali yuqori bo'lsa-da, lekin tekshirish malakasi bo'lmasa ham, qabul qilinmaydi.

πŸ”„ Qabul 6-noyabrdan 15-noyabrgacha davom etadi. Saralash esa 15-noyabrdan 1-dekabrga qadar davom etadi.

πŸ“± @Renessansstudy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
πŸ‘62πŸ”₯22❀11πŸ₯΄5❀‍πŸ”₯1