O'zbek tili va adabiyoti (Davron Akbar bilan)
48K subscribers
1.34K photos
145 videos
439 files
685 links
Davron Akbarning sahifasiga xush kelibsiz!

Kanalda test kitoblarimiz haqida ma'lumot, sara testlar, shuningdek, ta'lim yangiliklari berib boriladi.

Manzil: Namangan viloyati

Donat: https://tirikchilik.uz/davronakbar

Reklama: @Renessansstudy_reklama
Download Telegram
#Foydali

Egalik qo'shimchalari bajaradigan vazifasiga ko'ra 3 ta turga bo'linadi.

✴️ Qarashlilik munosabatini bildirgan egalik qo'shimchalari;

✴️ Xoslik, umumdan ajratilgan munosabatini bildiradigan egalik qo'shimchalari;

✴️ Bajaruvchining shaxs va sonini ko'rsatadigan egalik qo'shimchalari.

⚠️ Qarashlilik - shaxs, narsa-buyum, joy va voqea-hodisaning uch shaxsdan biriga qarashli ekanini anglatuvchi egalik qo'shimchalari. Bunda egalik qo'shimchasini olayotgan so'z o'ziga tobelantirgan so'zda -ning qo'shimchasi bo'lishini talab qiladi.
Misol uchun: "kitobim". Bu so'zdagi egalik qo'shimchasi kitob kimga qarashli ekanini anglatgan, ya'ni kitob 1 shaxs birlik sondagi "men" ga qarashli ekanini bildirgan. Bu so'zga tobelanib kelayotgan so'zdan -ning kelishigini qat'iy talab qiladi: kimning kitobi? - mening kitobim kabi.

⚠️ Xoslik, umumdan ajratilganlik - o'ziga tobelantirayotgan so'zdan -ning kelishigini talab qilmaydigan, -ning kelishigi qo'yilgan taqdirda mazmun o'zgarib ketadigan, resbublika, viloyat, tuman, mahalla, ko'cha, birlashmalar, korxonalar nomlari bilan keladigan egalik qo'shimchalari.
Misol uchun:
o'qish kitobi - o'qishning kitobi deb bo'lmaydi.
Namangan viloyati - Namanganning viloyati deb bo'lmaydi.
Vatan tuyg'usi - Vatanning tuyg'usi deb bo'lmaydi.
Bobur bog'i - Boburning bog'i deb bo'lmaydi.
Bunday egalik qo'shimchalari qarashlilik ma'nosidagi egalik qo'shimchalaridan -ning qo'shimchasini talab qilmaslik nuqtayi nazari bilan farqlanadi.

⚠️ Bajaruvchining shaxs va sonini bildirishi - harakat nomi(u(v), i(sh), moq, mak, maslik) va sifatdosh (-gan) dan keyin keladigan qo'shimchalar.
Bunda egalik qo'shimchasi fe'lning bu ikki vazifa shaklidan keyin keladi va egalik bilan ifodalangan mazmunga aloqador shaxsning shaxs va sonini aniqlab beradi.
Misol uchun:
O'qishim - (mening o'qishim - I shaxs birlik sonda).
Ishlashing - (sening ishlashing - II shaxs birlik sonda)
Yozuvi ( uning yozuvi - III shaxs birlik sonda) kabi...
Borganimiz ( bizning borganimiz - I shaxs ko'plik sonda)
Borganingiz (sizning borganingiz - II shaxs ko'plik sonda)
Borganlari ( ularning borganlari - III shaxs ko'plik sonda)

Eslatma: egalik qo'shimchasini olgan harakat nomi va sifatdosh o'ziga bog'lanib kelayotgan so'zda -ning qo'shimchasini talab qilsa ham, qarashlilik ma'nosini emas, bajaruvchining shaxs va sonini ko'rsatadi.

Eslab qoling: kechasi, kunduzi, tuni, yili kabi so'zlarda egalik qo'shimchasi mavjud emas, xuddi egalik qo'shimchasiga o'xshab tursa-da, -i va -si qo'shimchalari yaxlitlangan qo'shimchalar hisoblanadi.

© Davron Akbar

📱 Do'stlaringizga ham ulashing.

@Renessansstudy
👍90🔥2
Barchangizga ustoz va murabbiylar kuni muborak bo'lsin!

Qachonlardir ilm oldingiz, endi boshqalarga ulashyapsiz. Siz bergan ilmni shogirdlaringiz yana kimlargadir ulashadi.

Demak, biz to'g'ri yo'ldamiz, biz Jannat yo'lidamiz.

@Renessansstudy
🔥73😁44👍2516🥰2🐳2❤‍🔥1🎉1🤩1🕊1
Bayramdan foydalanib, ikki ustozim va maktab ustozlarimga rahmat aytmoqchiman.

Abbos Sotiboldiyev: Bu ustozim meni eng quyi pog'onadan yuksaklikka olib chiqqan ustozim hisoblanadi. Menga tarix ilmidan dars berib, tarix nima, siyosat nima, tanqidiy fikrlash nima, aslida tarixiy-siyosiy vaziyat qanday ekanini anglatganlar.

Ustoz 5 yil davomida ilm berdilar, meni ba'zi hayot qiyinchiliklaridan olib chiqdilar, to'g'ri yo'l ko'rsatdilar, yomon kunlarimdan xuddi akamdek meni qo'llab, olib chiqib ketdilar.
Alloh uchun yaxshi ko'raman bu ustozimni.

Nilufar ustoz: Bu ustozim menga ona tilidan saboq berdilar. Ularning darslariga ixlos bilan qatnashardim. Ular shunchalik ko'p ishonch bildirdilarki, o'sha paytda aytgan har bir gaplari bugungi kunda hayotimda yuz beryapti. Ona tili va adabiyot faniga qiziqishga, tarix yo'nalishimni o'zgartirib, ona tiliga o'tib ketishimga sababchi bo'lgan ustozimga rahmatlar aytaman. Alloh uchun ustozimni yaxshi ko'raman.

Bundan tashqari maktabda harf tanitgan, shuningdek, maktab bosqichidagi fanlarni o'zlashtirishga yordam bergan barcha maktab ustozlarimni ham tabriklayman.

Xotirjam o'tirib o'ylab qarasam, maktab o'qituvchilarimning barchasi o'ziga xos ekan. Hammalarini sog'indim. Ularga o'z minnatdorchiligimni bildiraman.

@Renessansstudy
👍144🔥2722👏22❤‍🔥13🕊2🎉1🤩1
Bizning kurslarimizni online tarzda  so'raganlar diqqatiga!!!

Bizda hozircha online kurslar mavjud emas, chunki online ta'lim umuman boshqa daraja bo'lib, uning foydalilik darajasini OFLINE kurs bilan birxillashtira olish zarur. Hozirda shunga harakat qilmoqdamiz va qator tayyorgarliklar ko'ryapmiz. Nasib qilsa dekabrda bo'lib o'tadigan milliy sertifikat imtihoni uchun online kurslarimizni tashkil etish niyatimiz bor. Bunga keyinroq to'xtalamiz.

Lekin hozir noyabrda bo'lib o'tadigan milliy sertifikat imtihoni uchun bitta online test TAHLILI guruhi ochilmoqda.

Talabgorlar ushbu guruhda
mana bu  kitobimizni va yana bitta milliy sertifikat uchun mo'ljallangan eng yangi kitobni ishlashadi va har bir ishlangan test varianti biz tomonimizdan tahlil qilib beriladi. Test tahlili kechqurun ( barcha guruh a'zolari talabidan kelib chiqib soati belgilanadi )  telegram tarmog'ida, yopiq guruhda ovozli chat orqali tahlil qilinadi.

Jami: 40 ta diagnostik variantni noyabrda bo'lib o'tadigan imtihongacha ishlash va tahlil qilish reja qilingan. Va bu talabgorlar uchun amaliyot bosqichini o'taydi.

Agar siz noyabr oyida imtihon topshirmoqchi bo'lsangiz va sifatli test sinovlari va uning jonli tahlili kerak bo'lsa, kursga marhamat.

Kurs uchun bir martalik to'lov qilinadi.
Narxi 300 ming so'mni tashkil etadi va talabgorlar imtihonga ( noyabrda ) kirgunicha test tahlili davom etadi.

Eslatma: Bu kursda mavzu o'tilmaydi.
Faqat  test varianti ishlanadi va uning test tiplari va uning testda tushish texnologiyasi tahlil davomida tushuntiriladi.

Murojaat uchun:
@Kabir_Ismoilov
+998949439344

Ha aytgancha, agar sizga har hafta bo'ladigan haftalik
test sinovlari va uning tahlili kerak bo'lsa, kanalimizga a'zo bo'ling.

Kanalimizga o'tish uchun 👉
@ona_tilimuz

Reklama huquqi asosida
👍23🔥3
Fonetik hodisalar (qo'llanma).pdf
89.3 KB
Fonetik hodisalar bo'yicha qo'llanma.

Muallif: Davron Akbar

Fayl olishda kanal va muallif nomiga manba bering.

@Renessansstudy
🔥23👍156🤷‍♂4🐳1
#diqqat_qabul🎙

NOYABR oyida imtihonga kirishni rejalashtirganlar uchun 1 oylik kurs

Kurs narxi: 250 ming
Kursga yozilish uchun➡️@muhaddasa1

Haftada 5 kun dars
Haftada 2 ta esse yoziladi

Darslar videochatda bo'ladi. (Har bir dars yozib olinadi)
Dars vaqti: 20:30

1-oy davomida qilinadigan ishlar
🟣 8 ta esse yoziladi.
🟣Sintaksis va punktuatsiya noldan o‘tib beriladi.
🟣30 ga yaqin g‘azal, 50 ga yaqin qit’a va masnaviy tahlil qilib chiqiladi
🟣Deyarli har darsda bitta diagnostik test ishlanadi.
🟣Har hafta kamida 2 ta badiiy asar tugatiladi va u bo‘yicha test o‘tkaziladi.
🟣Har dars grammatikadan maxsus topshiriq asosida deyarli barcha tilshunoslik bo‘limlari takrorlab boriladi.
🟣Sintaksis va punktuatsiya bo‘limiga oid 400 dan ortiq  test ishlanadi.
🟣Ilmiy matnlar bo‘yicha alohida testlar berib boriladi.

DARS TARTIBI BILAN YAXSHIROQ TANISHISH UCHUN👇
https://t.me/ozbek_tili_va_adabiyot/733

Ustoz: MIRZAJONOVA SHAXNOZA (A+)
Esse bo‘yicha yordamchi ustoz: Sitora Ikromjonova (66 ball)

Milliy sertifikat imtihoniga 30 kun qoldi..

30 kundan 20 kunida dars bo'ladigan, maksimal tayyorgarlikni ta'minlaydigan kurs qidirayotgan bo'lsangiz, yuqoridagi kurs reja bilan tanishib chiqing.

Murojaat uchun: @muhaddasa1
Kanal: @ozbek_tili_va_adabiyot

Reklama huquqi asosida
👍18🔥6👏2🤩1
Davron Akbar (Shedevr testlar) 1-haftalik test.pdf
520.7 KB
"Shedevr testlar" turkumi ostidagi 1-haftalik test [2023-yil].

Ushbu test materiali unli va undoshlar tasnifi, qator va qo'sh undoshli so'zlar va 5-sinf adabiyotidan shakllantirilgan.

Testdan foydalansangiz, muallif va kanal nomiga manba bering.

@Renessansstudy
👍461🥰1
"Shedevr testlar" kitobini asl ko'rinishida emas, yuqoridagi rasm ko'rinishida ishlatyotgan ustozlar va ularning o'quvchilari va kitob sotuvchilari (UPD) diqqatiga!

Kitobning asl holatidan boshqacha tarzda ishlatyotgan insonlardan norozimiz. Bu holatni haqqimizga xiyonat deb qabul qilamiz. O'quvchilarga kitob yaratar ekanmiz, nafaqat ularga yordam berishni, balki iqtisodiy manfaatdorlikni ham o'ylashga majburmiz. Shunday ekan bizning haqqimizga xiyonat qilayotganlarni, Allohga qasamki, kechirmaymiz va haqqimizni, albatta, oxiratda so'raymiz.

Hurmatli ustozlar va abituriyentlar, kitobning asl holatida foydalaning. Arzimagan 20-30 ming mablag'dan qochib, bo'yningizga omonatning badalini ilib olmang.

To'g'ri tushunganingiz uchun barchaga rahmat!

@Renessansstudy
🔥60👍43🤔10😡8❤‍🔥7🤣7👌2😇21
Assalomu alaykum, barchaga!
Madina Madaminovna boshchiligida @qiziqarli_ona_tili jamoasi sizga dekabr oyidagi Milliy sertifikat Imtihoni uchun manfaatli kurs taklif etadi. ♻️♻️

Darslar 3 ta milliy sertifikatga ega, mutaxassis ustozlar tomonidan olib boriladi☑️💥

Darslar hammaga qulay (kechki) vaqtda videochat orqali olib boriladi.

Kursda milliy sertifikat uchun kerakli barcha bo'limlar o‘rgatiladi:

Grammatika
Matn tahili
She'riy san'atlar
G‘azal tahlili
Badiiy asarlar
Esse
Diagnostik test

Dars haftada 5 kun.

Narxi: 130 ming

Dars 7-oktyabrdan boshlanadi

Shoshiling, joylar soni cheklangan. Hozirdanoq o'rningizni band qilib qo‘ying

Natijalarni @qiziqarli_ona_tili kanali orqali ko'rishingiz mumkin!

Murojaat uchun:
@Begimqulova_Durdona

Reklama huquqi asosida
👍24🔥21❤‍🔥1
"Shedevr testlar" kitobining 2-qismi nashriyotga yuborildi. Shu hafta oxirlarigacha kitob nashrdan chiqadi.

Kitob tahrirlangan va to'ldirilgan. U testologik standartlarga moslandi. Ishlating, afsuslanmaysiz.

@Renessansstudy
👍56🔥1211
Muhim!

Bahorda ikki marta milliy sertifikat imtihonlari o'tkazilishi mumkin. Bu bo'yicha kechroqqa yozaman.

@Renessansstudy
👍9313🔥13🤔1
💟💟💟💜💜💙

Assalomu alaykum, koʻplab ustozlarning taklif va iltimoslariga binoan ona tili fanidan yangi MILLIY SERTIFIKAT kursiga qabul eʼlon qilamiz!

👨‍💻Ommaviy ishlanadigan darslardan toliqqan ustozlar uchun INDIVIDUAL kurs!

🎁Kursda har bir kishi bilan alohida ishlanadi!

📝Kurs 2️⃣0️⃣🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️ga qadar davom etadi!

💸Toʻlov: Ikki oy uchun 5️⃣0️⃣0️⃣ ming
(250 ming toʻlov qilib guruhga aʼzo boʻlish mumkin, lekin 15-oktyabrgacha toʻlovning qolgan qismini amalga oshirish shart!)

👨‍🏫Ustozlar:
Shohrux Tursunmurodov
Dostonbek Zoirov

Bir yil davomida besh yuzga yaqin ustozlarning sertifikat olishiga koʻmaklashgan jamoa siz bilan ishlaydi!

🎚️NAMUNA DARSLAR👇👇👇:
https://t.me/+aU1Hfu-2IzNhYjky

🗃USTOZLARIMIZ NATIJASI👇👇:
https://t.me/Sertifikatnatija

🚪Onlayn guruhga atigi
3️⃣0️⃣ kishi qabul qilinadi va har bir kishi bilan alohida ishlanadi!

Qabul guruh toʻlgan zahoti yakunlanadi! Qolib ketmaslik uchun zudlik bilan
@DOSTONBEKZOIROV
profiliga murojaat qiling!

🌀Darslar 20-oktyabrdan boshlanadi!


Savollar va roʻyxatdan oʻtish:
✈️@DOSTONBEKZOIROV
📞959296808

✈️Bizning rasmiy sahifamiz:
@SertifikatTayyorlov

Reklama huquqi asosida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23👏2😁21🔥1
⚡️2025-yilning birinchi yarimyilligida ona tili va adabiyot fanidan ikki marta imtihon tashkillashtirilishi mumkin.

📅 Birinchi imtihon fevral oxirlariga, ikkinchi imtihon esa may oylarida o'tkazilishi mumkin.

⚠️Ona tili va adabiyot fanidan ehtimoliy yangi formatda imtihon olinishini surishtirib ko'rdim: bunday bo'lishi 2025-yilda nazarda tutilmagan ekan.

Ikki marta imtihon bo'lishi ehtimoliy loyiha sifatida qaralyapti. Buning amalga oshishi uchun talab va takliflarni ham inobatga olinishini eslatib o'tish zarur. Talabgor qanchalik ko'p bo'lsa, imtihonni tashkillashtirish ham shunchalik qulay va mantiqiy bo'lishini tushuntirishdi.

Kuzatamiz.

📱 @Renessansstudy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍86🔥9👏53
⚡️Bilimni baholash agentligi tomonidan o'tkaziladigan milliy sertifikat imtihonida ekspert sifatida esse tekshiradigan pedagoglarga murojaat!

Siz esse tekshiruvchi sifatida mas'uliyatni o'z bo'yningizga olar ekansiz, quyidagi ikki masalani unutmasligingiz lozim:

✍️Insonning xati hech narsani hal qilib bermaydi. U yoshlik davridan o'zgarmas bo'ladi. Boshqacha qilib aytganda, u tug'ma bo'ladi. Xatning xunuk yoki chiroyli ekanidan kelib chiqib esseni baholaydigan bo'lsangiz, eng katta xatoni qilgan bo'lasiz. Baholash mezonida ham xatning xunukligiga ball ayrish nazarda tutilmagan. Hatto xatning xunukligi psixologik jihatdan ham sizga ta'sir etmasin.

✍️Talabgor berilgan mavzuda o'z fikrini bayon etadi. Uning fikrlari sizning fikrlaringizga mos kelmasa, undan ball ayirmang. Hamma siz o'ylagandaqa o'ylamasligi mumkin, uning fikrlari sizning fikrlaringizdan keskin farq qilishi mumkin. Esse yozuvchi sizning ko'nglingizdagi gaplarni yozib berishga majbur emas.

🔄Yuqoridagi ikki holatdan xulosa qilib aytmoqchimanki, esse tekshirishda tekshiruvchi shaxsiy "MEN" ini aralashtirmasligi kerak. Chunki esse har xil bayon etish uslublaridan tashkil topishi mumkin, masalan, kimdir tanqidiy yondashib esse yozadi, kimdir yumshoqroq yondashib esse yozadi, yana kimdir maddohlik bilan esse yozadi. Bu uslublar tekshiruvchiga ma'qul kelmasa, talabgorning shaxsiy fikrlarini o'z ichiga olgan essesiga past ball qo'yishga asos bo'lolmaydi.

📱@Renessansstudy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍255🔥28💯1815👏14😍1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Imtihonga oz qoldi. Siz esa haliyam milliy sertifikat kitobimizdan foydalanmadingizmi?

Tezroq oling, hamma variantini ishlab chiqing, keyin rahmat
aytasiz😉

@Renessansstudy
🥰48👍179👏3
Milliy sertifikat kitobining ikkinchi qismini ishlab chiqishni rejalashtiryapmiz.

Hozirgi milliy sertifikat kitobimiz sizga ma'qul keldimi, uning qaysi jihatlariga o'zgartirish kerak deb hisoblaysiz? Umuman olganda, kitob haqida qanday xulosalar shakllandi sizda? Ikkinchi qism kitobining chiqarilishiga qanday munosabatdasiz?

@Renessansstudy
👍129💯13🔥9🥱5😍41
💟💟💟💜💜💙

Assalomu alaykum, koʻplab ustozlarning taklif va iltimoslariga binoan ona tili fanidan yangi MILLIY SERTIFIKAT kursiga qabul eʼlon qilamiz!

👨‍💻Ommaviy ishlanadigan darslardan toliqqan ustozlar uchun INDIVIDUAL kurs!

🎁Kursda har bir kishi bilan alohida ishlanadi!

📝Kurs 2️⃣0️⃣🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️ga qadar davom etadi!

💸Toʻlov: Ikki oy uchun 5️⃣0️⃣0️⃣ ming
(250 ming toʻlov qilib guruhga aʼzo boʻlish mumkin, lekin 15-oktyabrgacha toʻlovning qolgan qismini amalga oshirish shart!)

👨‍🏫Ustozlar:
Shohrux Tursunmurodov
Dostonbek Zoirov

Bir yil davomida besh yuzga yaqin ustozlarning sertifikat olishiga koʻmaklashgan jamoa siz bilan ishlaydi!

🎚️NAMUNA DARSLAR👇👇👇:
https://t.me/+aU1Hfu-2IzNhYjky

🗃USTOZLARIMIZ NATIJASI👇👇:
https://t.me/Sertifikatnatija

🚪Onlayn guruhga atigi
3️⃣0️⃣ kishi qabul qilinadi va har bir kishi bilan alohida ishlanadi!

Qabul guruh toʻlgan zahoti yakunlanadi! Qolib ketmaslik uchun zudlik bilan
@DOSTONBEKZOIROV
profiliga murojaat qiling!

🌀Darslar 20-oktyabrdan boshlanadi!


Savollar va roʻyxatdan oʻtish:
✈️@DOSTONBEKZOIROV
📞959296808

✈️Bizning rasmiy sahifamiz:
@SertifikatTayyorlov

Reklama huquqi asosida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17🔥2
Savolning qiyinlik darajasi testning sifatini belgilaydimi?

O'quvchi va pedagoglar test savollarining murakkab yoki soddaligi borasida turli fikrlarni bildirishadi. Ularning aksariyati test savoli qiyin bo'lsa, shu test sifatli test bo'ladi deb hisoblashadi.

Testning sifati testning qiyinlik darajasiga qarab belgilanmaydi. Test savolidan ko'zlangan maqsad bo'lishi kerak. Bu maqsadda talabgorning qaysidir ko'nikmasini sinash nazarda tutilgan bo'lishi lozim. Bu ko'nikmani sinash uchun sodda testdan va murakkab testdan foydalanilishi mumkin.

Bilimni baholash agentligining test materiallari 3 ta qiyinlik darajasida shakllantiriladi. Bular shartli holatda quyidagicha:
1) 1-daraja: Bir qatlamli test;
2) 2-daraja: Ikki qatlamli test;
3) 3-daraja: Bir necha qatlamni o'z ichiga olgan murakkab tahlilli test.

1-daraja - bir qatlamli test tekshirilishi kerak bo'lgan mavzuning faqat bir predmetini aniqlaydi.
Masalan,
"Qaysi javobdagi so'zlar imloviy jihatdan to'g'ri yozilgan?
A) me'mor, tasavvur, iste'dod
B) xujum, inshoat, tadqiqot
C) tafsilot, mudofaa, tabiyat
D) muammo, mayishat, avtoulov"

Ushbu test materiali 1-darajali savol hisoblanadi. Unda talabgordan faqat bir predmet - imloni bilish talab etilyapti.

2-daraja - ikki qatlamli savolda tekshirilishi kerak bo'lgan mavzuning ikki predmeti tekshirilishini talab etadi.
Masalan,
"Quyidagi gapda qatnashgan sifatlar haqidagi to'g'ri hukmni toping.
Menga bergan tillarang mushugini qaytarib olib ketdi, lekin bu mushuk tezda uyga qaytib keldi, endi unga kichikroq uy qurib berishim kerak.
A) Sifatning tuzilishiga ko'ra faqat bir turi qatnashgan.
B) Sifatning uch ma'no turi qatnashgan.
C) Sifat darajalarining faqat bir turi qatnashgan.
D) Sifatlar faqat bir xil sintaktik vazifa bajargan. "

Ushbu test materialida talabgordan nafaqat sifat predmetini bilish, balki uning sintaktik vazifasini ham aniqlash talab etilyapti.

3-daraja - bir nechta bosqichni o'z ichiga olgan murakkab tahlilli test savoli bir nechta qatlamni o'z ichiga oladi. Masalan, ilmiy matnlar, g'azal tahlillari va publisistik matnlar. Bularda nafaqat leksik-semantik, balki tushunish, integratsiya, prefraza, xronologiya, sabab-oqibat kabi tushunchalarni bilish ham sinaladi.

Test savoli shakllantirilar ekan, daraja quyidagicha taqsimlanishi zarur:
Umumiy test 30 (DTM) / 45 (Sefr) ta:
1-daraja: 20 foiz;
2-daraja: 60 foiz;
3-daraja: 20 foiz.

Daraja shunday taqsimlansagina test standartga mos tushadi. Demak, 30 talik testda 6 ta test qiyin darajada bo'lishi, 6 ta test oson darajada bo'lishi va 18 ta test esa o'rtacha darajada bo'lishi lozim. O'rtacha testlar ham oson testlarga moyillashtirib tuzilishi amaliyotda ko'p uchraydi.

Endi masalani boshiga qaytamiz: testda oson va o'rtacha savollarning ko'p bo'lishi, shuningdek, ularga nisbatan qiyin savollarning kam bo'lishi sifatsizlik alomatimi? Yo'q, albatta.

Xulosa qilib aytganda, testning osonligi emas, uning standartga solinganligi uning sifatini belgilab beradi. "Amaliyotda qiyin bo'lsa, testda oson bo'ladi", - degan illuziyaga emas, real testga tayyorlanish muhim va samaralidir.

Davron Akbar

@Renessansstudy
👍102👏13🔥123