O'zbek tili va adabiyoti (Davron Akbar bilan)
48K subscribers
1.34K photos
145 videos
439 files
685 links
Davron Akbarning sahifasiga xush kelibsiz!

Kanalda test kitoblarimiz haqida ma'lumot, sara testlar, shuningdek, ta'lim yangiliklari berib boriladi.

Manzil: Namangan viloyati

Donat: https://tirikchilik.uz/davronakbar

Reklama: @Renessansstudy_reklama
Download Telegram
Ilmiy matn-2.pdf
41.2 KB
Milliy sertifikat imtihoni uchun online guruhimizda foydalanilayotgan ilmiy matn namunasi.

Muallif: Davron Akbar

Matndan foydalanishda kanal va muallif nomiga manba bering.

Sertifikat imtihonida ham shunga o'xshash ilmiy matndan foydalaniladi.

@Renessansstudy
๐Ÿ‘38โค4๐Ÿ”ฅ3๐Ÿฅฐ3๐Ÿ‘2
Esse chelenjini e'lon qilamiz!!!

"Shedevr testlar" kitobining 2-qismiga esse namunalarini ham kirityapmiz. Shuning uchun 15 ta esse uchun chellenj e'lon qilamiz.

Sizning muallifligingizdagi esse kitobga kiritilishini istasangiz,
@Adm1n_murojaat ga esse namunangizni yuborishingiz mumkin.

Bunga qator tartiblar belgilangan.
1) Esse aktual mavzuda yozilgan bo'lishi lozim.
2) Esse elektron (word yoki pdf) holatda yuborilishi lozim.
3) Essening hajmi bir word sahifadan oshmasligi kerak.
4) Esse qoidalariga solib yozilgan bo'lishi lozim.

Esselar ichida eng professional holatda yozilgan esselar ajratib olinadi, shuningdek, imloviy, uslubiy va texnik xatoliklar mavjud bo'lsa, baratar etiladi.
Esse yakunida muallifning ism va familiyasi, hududi bayon etiladi.

Esse chellenji 1-oktyabrga qadar davom etadi.

Eng sara esse namunalaringizni yuboring va shu orqali butun respublika o'quvchilariga ulashing.

@Renessansstudy
๐Ÿ‘52๐Ÿคฃ14๐Ÿ•Š3๐Ÿ‘1
Shedevr testlar kitobining tahrirlangan 1-qismidan foydalanyapsizlarmi?

Eski tahrir va yangi tahrir masalasida qanday fikrdasizlar? Imkon bo'lsa, fikr bildirsalaring yaxshi bo'lar edi, chunki ikkinchi qismni ham shunga qarab rejalashtirardik.

@Renessansstudy
๐Ÿ‘55๐Ÿ”ฅ2โค1
Esse chellenjini yakunlaymiz.

Kanalimiz a'zolari tomonidan juda ko'p esse yuborildi va 15 tasi tanlab olindi.

E'tibor uchun rahmat.

@Renessansstudy
โค52๐Ÿ‘33๐Ÿคฃ18๐Ÿ•Š6๐Ÿ˜ญ6๐Ÿค”2๐Ÿ”ฅ1
Yaqin yillarda "Davron Akbar" akademiyasini tashkil etamiz.

Bu akademiya uydagi o'quv markaz sifatida tashkil etiladi va beshala fani ham parallel o'qitiladi.

Qachonligini bilmayman, lekin albatta, tashkil etamiz.
Uylanib olay๐Ÿ˜‚

@Renessansstudy
๐Ÿ‘190๐Ÿ˜115๐Ÿคฃ79โคโ€๐Ÿ”ฅ11โค6๐Ÿ‘5๐Ÿฅฐ2๐Ÿ”ฅ1
โ“Filologiya va tillarni o'qitish (o'zbek tili) yo'nalishiga ona tili va adabiyot - turk tili blokida imtihon topshirsa bo'ladimi?

โœ…Albatta, bo'ladi. Fanlar majmuasida bu yo'nalish uchun ikkinchi fan sifatida chet tili belgilangan.

๐Ÿ“” Bugungi kunda chet tili sifatida ingliz, fransuz, nemis, turk, urdu, boshqird tillari belgilangan.

๐Ÿ—ƒSiz ikkinchi fan sifatida nafaqat ingliz tili, balki turk, fransuz, nemis, urdu, boshqird tillarida ham imtihon topshirishingiz mumkin.

๐Ÿ“ฑ @Renessansstudy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
๐Ÿ‘58โค11๐Ÿ‘3
O'zbek tili va adabiyoti (Davron Akbar bilan)
โ“Filologiya va tillarni o'qitish (o'zbek tili) yo'nalishiga ona tili va adabiyot - turk tili blokida imtihon topshirsa bo'ladimi? โœ…Albatta, bo'ladi. Fanlar majmuasida bu yo'nalish uchun ikkinchi fan sifatida chet tili belgilangan. ๐Ÿ“” Bugungi kunda chetโ€ฆ
Bir narsani ham hisobga oling.

Ona tili - ingliz tili topshirgan ham, ona tili - turk tili topshirgan ham bir yo'nalishga topshirayotgan bo'ladi. Ya'ni ikkalasi ham bir xil yo'nalish, bir xil imtihon hisoblanadi.

@Renessansstudy
๐Ÿ‘57๐Ÿ‘8โค4
O'zbek tili va adabiyoti (Davron Akbar bilan)
Ilmiy matn-2.pdf
Ushbu ilmiy matnning to'g'ri javoblari:
1.A
2.C
3.D
4.C
5.D

@Renessansstudy
๐Ÿ‘34โค1๐Ÿค”1
โšก๏ธ ะŽา›ะธั‚ัƒะฒั‡ะธะปะฐั€ ะพะนะปะธะณะธ 15 ั„ะพะธะทะณะฐ ะพัˆะธั€ะธะปะฐะดะธ

ะ”ะฐะฒะปะฐั‚ะธะผะธะท ั€ะฐาณะฑะฐั€ะธะฝะธะฝะณ ั‚ะตะณะธัˆะปะธ ั„ะฐั€ะผะพะฝะธะณะฐ ะผัƒะฒะพั„ะธา› ัƒะผัƒะผั‚ะฐัŠะปะธะผ ะผะฐะบั‚ะฐะฑะธะฝะธะฝะณ ะฟะตะดะฐะณะพะณ ะฒะฐ ะฑะพัˆา›ะฐ ั…ะพะดะธะผะปะฐั€ะธ ะพะนะปะธะณะธ ะพะบั‚ัะฑั€ัŒ ะพะนะธะดะฐะฝ ะฑะพัˆะปะฐะฑ 15 ั„ะพะธะทะณะฐ ะพัˆะธั€ะธะปะฐะดะธ.

ะŽา›ะธั‚ัƒะฒั‡ะธะปะฐั€ ัƒั‡ัƒะฝ ัะฝะณะธะปะฐะฝะณะฐะฝ ะพะนะปะธะบ ััƒะผะผะฐัะธ า›ัƒะนะธะดะฐะณะธั‡ะฐ:

โ€“ ะŽั€ั‚ะฐ ะผะฐั…ััƒั ะผะฐัŠะปัƒะผะพั‚ะปะธ ัžา›ะธั‚ัƒะฒั‡ะธ โ€“ 3 ะผะปะฝ. 169 ะผะธะฝะณ 623 ััžะผ;
โ€“ ะžะปะธะน ะผะฐัŠะปัƒะผะพั‚ะปะธ ัžา›ะธั‚ัƒะฒั‡ะธ โ€“ 3 ะผะปะฝ. 390 ะผะธะฝะณ 824 ััžะผ;
โ€“ ะ˜ะบะบะธะฝั‡ะธ ั‚ะพะธั„ะฐะปะธ ัžา›ะธั‚ัƒะฒั‡ะธ โ€“ 3 ะผะปะฝ. 796 ะผะธะฝะณ 213 ััžะผ;
โ€“ ะ‘ะธั€ะธะฝั‡ะธ ั‚ะพะธั„ะฐะปะธ ัžา›ะธั‚ัƒะฒั‡ะธ โ€“ 4 ะผะปะฝ. 230 ะผะธะฝะณ 138 ััžะผ;
โ€“ ะžะปะธะน ั‚ะพะธั„ะฐะปะธ ัžา›ะธั‚ัƒะฒั‡ะธ โ€“ 4 ะผะปะฝ. 674 ะผะธะฝะณ 594 ััžะผ.

Manba: Rost24

@Renessansstudy
๐Ÿ‘67๐Ÿ˜ข15๐Ÿ”ฅ9๐Ÿ’”6โค1๐ŸŽ‰1
Barchangizga ma'lumki, yangi yildan keyin biologiya va kimyo fanidan yangi test formatida milliy sertifikat imtihonlari o'tkaziladi.

Kuni kecha biologiya fanidan abrobatsiya imtihonlari o'tkazildi. Unda anchagina o'zgarishlar mavjud. Jumladan,
@sarbon_edu kanali imtihondagi o'zgarish bo'yicha quyidagicha ma'lumot bermoqda:

"MILLIY SERTIFIKAT Aprobatsiya TESTI!

๐Ÿ”ฐSavollar soni o'zgargan 43 talik ( jami 3 soat vaqt)

โœ… 1-32 savollar A B C D javob belgilanadigan test savollari. (jami 32 ta savol)

โœ… 33-35-savollar A B C D E F javob belgilanadigan test savollari. (jami 3 ta savol)

โœ… 36-40-savollar masala yopiq savollar javobi yoziladigan. (har bir savolga bitta javob yoziladi)

โœ… 41-42-43 -savollar MASALA yechim bilan yoziladigan (yechimga qarab baho qo'yadi)

โœ… JAMI 3 SOAT VAQT BERILADI

Jami 5 ta TITUL beriladi.
1-TITUL 1-35-savollarni boyash uchun dumaloqli TITUL. (oldingiday)
2-TITUL 36-40-savollarni javobi yoziladigan TITUL. (oldin 2 ta qismi a) va b) qismdan iborat edi, hozir faqat bitta javob yoziladi)
3-TITUL 41-savolni(masalani) ishlash va 3 ta savol qismini ishlab, yechimi bilan yozish.
4-TITUL 42-savolni(masalani) ishlash va 3 ta savol qismini ishlab, yechimi bilan yozish.
5-TITUL 43-savolni(masalani) ishlash va 3 ta savol qismini ishlab, yechimi bilan yozish.

Izoh: 3-4-5-TITULLAR xuddi matematika daftarni varogiga oxshagan. Ikki tomoni ham katakchalardan iborat.

Hozircha 2025-yilda boladigan MILLIY SERTIFIKAT imtihonlaridagi yangiliklar shu, yana hali qoshimcha ma'lumotlar berib otamiz".

@Renessansstudy
๐Ÿ‘33โคโ€๐Ÿ”ฅ2๐Ÿ”ฅ2๐Ÿฅฐ2
โœ…โœ…โœ…

Dekabr oyida oสปtkazilishi rejalashtirilayotgan milliy sertifikat uchun onlayn kurs!

Kurs 2,5 oyga moสปljallagan boสปlib 1-oktabrdan boshlanadi.

โœ…Darslar haftada 4 kun boสปlib oสปtadi.

โœ…Bunda grammatika, adabiyot nazariyasi, matn tahlili va esse ustida ishlanadi.

โœ…Gramnatikadan mavzular yozib olingan holatda taqdim etiladi.

โœ…Adabiyot nazariyasidan mavzular jonli efirda tushuntiriladi.

โœ…Esse uchun alohida ustoz biriktiriladi.

โœ…Asosiy e'tibor test ishlash taktikasiga qaratiladi.

โœ…Testlar qanday tushish shakliga qarab oสปrganiladi, tiplar haqida ma'lumot beriladi.

๐Ÿ”ดDars uchun toสปlov har bir oyga 250 mingdan ( yarim oy uchun 100 ming)
โ—๏ธToสปlovlar oyma-oy emas, boสปlib toสปlash orqali oldindan amalga oshiriladi.

Murojaat uchun:
@XOLDOROV_XASANBOY

Qabul 1-oktabrgacha davom etadi. Guruh toสปlib qolsa, qabul ertaroq yakunlanadi.

@sertifikat_onatili

Reklama huquqi asosida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
๐Ÿ‘25โคโ€๐Ÿ”ฅ3
Hali ham tavsiya etilgan darsliklar ro'yxati tasdiqlanmadi.

Ma'lumki, bugunga kelib barcha sinf adabiyot darsliklari yangilandi. Lekin qaysi adabiyot darsliklari tavsiya o'laroq tasdiqlanishi hozircha noma'lum bo'lib qolmoqda.

Tezroq tasdiqlansa, yaxshi bo'lardi.

@Renessansstudy
๐Ÿ‘61โคโ€๐Ÿ”ฅ8๐Ÿ”ฅ8๐Ÿ˜2
Ijtimoiy tarmoqlarda ingliz tili yo'nalishiga ingliz tili - tarix fanidan imtihon topshirilishi haqida fikrlar sizdirilmoqda.

Bu fikrlar haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Shunday hodisa yuz berishi uchun bu narsaga mas'ullar kamida "tupoy" bo'lishi lozim.

@Renessansstudy
๐Ÿคฃ169๐Ÿ˜36๐Ÿ‘22๐Ÿ˜ก15๐Ÿ’ฏ12๐Ÿ”ฅ7๐Ÿคฏ4๐Ÿค”3โšก2โค2โคโ€๐Ÿ”ฅ2
O'quv markazda ona tili va adabiyot fanidan 1-oktyabrdan boshlanadigan guruh uchun qabul boshlanganini e'lon qilamiz.

Bu guruhdagi darsni ikkinchi ustozimiz - Nargiza amalga oshiradi.

Kurs shartlari
mana bu yerda yozilgan.

Manzil: Namangan viloyati Uychi tumani Jiydakapa MFY

Murojaat uchun:
@adm1n_murojaat

@Renessansstudy
๐Ÿ‘36๐Ÿ”ฅ8๐Ÿคฏ7
Avvalroq platformali kurs ochishimiz haqida aytgan edik, lekin dekabrda imtihon bo'lishini hisobga olib, bu kursni bekor qilgandik. Avvalroq platformali kursga 600 ming to'lov qilganlar bor edi, ular yana to'lov qilib, 1-oktyabrdagi kursga qo'shilishlari haqida aytishgan edi.

Shu talabgorlarga eslatma! To'lovning qolgan qismini amalga oshiring, aks holda, o'rningizga boshqa talabgorlarni qabul qilishimiz mumkin.

@Renessansstudy
๐Ÿ‘28๐Ÿ˜9๐Ÿ”ฅ4๐Ÿ‘Œ1
Shedevr testlar kitobining 1-qismidan foydalanyapsizmi?
Anonymous Poll
54%
Ha, foydalanyapman.
46%
Yo'q, endi foydalanaman.
๐Ÿ‘17
Shedevr testlar kitobining 1-qismi haqida batafsil tushuntirish. Eshiting, foydali bo'ladi.

Qolgan qismlari haqida ham keyinroq ma'lumot beraman.

1-qismning namunasi

@Renessansstudy
๐Ÿ‘23๐Ÿ•Š7
DIQQATโ€ผ๏ธMILLIY SERTIFIKAT ENDI 2 OYDA SIZNIKI BOโ€˜LADI.

๐Ÿ“•Fan: Ona tili va adabiyot ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

๐Ÿ“Š Milliy sertifikat uchun ONLINE va OFFlINE guruhlar uchun qabul davom etmoqda.

โš ๏ธKurs davomida o'rgatiladi:
๐Ÿ“Grammatika โœ”๏ธ
๐Ÿ“Matn bilan ishlash โœ”๏ธ
๐Ÿ“Adabiyot nazariyasi โœ”๏ธ
๐Ÿ“G'azal tarkibi va tahliliโœ”๏ธ
๐Ÿ“Esseโœ”๏ธ

โ€ผ๏ธ Darslar malakali ustoz tomonidan olib boriladi va sertifikat olishingiz kafolatlanadi.โœ…๏ธโœ…๏ธ

โ€ผ๏ธOnline darslarga 30= sentyabrgacha qabul davom etadi. 2 ta dars bepul oโ€˜tib beriladi. Dars sizga ma'qul boโ€˜lsa, toโ€˜lovni amalga oshirasiz. โœ…๏ธโœ…๏ธ
Manzil: Buxoro Shahri, Alisher Navoiy shoh ko'chasi 12/2. MEGA MARKET roโ€˜parasi. Doktor Adizov stomatologiyasi yonida.
"Special one" oโ€˜quv markazi.

๐Ÿ“ฒ Taklifimiz sizga qiziq boโ€˜lsa, biz bilan bogโ€˜laning.

๐Ÿ’ป 
@AmirbekQahhorov
โ˜Ž๏ธ +998 99 701 11 04;
      +998 90 411 10 44.

Reklama huquqi asosida
๐Ÿ‘25โค1
"Shedevr testlar" kitobining ikkinchi qismini so'rayotganlar diqqatiga!

Kitobni tahrirlash va to'ldirish ishlari yakunlangan. Hozirda kalit qilib chiqyapman. Yangi haftada nashriyotda chop etishga ruxsat beriladi.

Tez orada kitob hududingizga yetib boradi.

@Renessansstudy
๐Ÿ”ฅ30๐Ÿ‘24๐Ÿ‘Œ6๐Ÿ‘5
Bugun soat 20:00 da  kanalimizda haftalik test sinovlari bo'lib o'tadi.

Do'stlaringizga ham tarqating.

Mavzularimiz:
1) fonetika ( to'liq )
2) orfografiya

Adabiyotlar:
1) 5-sinf ( to'liq)
2) 8-sinf ( Ozod Sharafiddinovdan Sergey Yeseningacha )

Do'stlaringizga ham xabar bering.

Kanalga o'tish uchun ๐Ÿ‘‰
@ona_tilimuz

Reklama huquqi asosida
โšก33๐Ÿ‘25โค5๐Ÿ‘5๐ŸŒš2
#Foydali

Egalik qo'shimchalari bajaradigan vazifasiga ko'ra 3 ta turga bo'linadi.

โœด๏ธ Qarashlilik munosabatini bildirgan egalik qo'shimchalari;

โœด๏ธ Xoslik, umumdan ajratilgan munosabatini bildiradigan egalik qo'shimchalari;

โœด๏ธ Bajaruvchining shaxs va sonini ko'rsatadigan egalik qo'shimchalari.

โš ๏ธ Qarashlilik - shaxs, narsa-buyum, joy va voqea-hodisaning uch shaxsdan biriga qarashli ekanini anglatuvchi egalik qo'shimchalari. Bunda egalik qo'shimchasini olayotgan so'z o'ziga tobelantirgan so'zda -ning qo'shimchasi bo'lishini talab qiladi.
Misol uchun: "kitobim". Bu so'zdagi egalik qo'shimchasi kitob kimga qarashli ekanini anglatgan, ya'ni kitob 1 shaxs birlik sondagi "men" ga qarashli ekanini bildirgan. Bu so'zga tobelanib kelayotgan so'zdan -ning kelishigini qat'iy talab qiladi: kimning kitobi? - mening kitobim kabi.

โš ๏ธ Xoslik, umumdan ajratilganlik - o'ziga tobelantirayotgan so'zdan -ning kelishigini talab qilmaydigan, -ning kelishigi qo'yilgan taqdirda mazmun o'zgarib ketadigan, resbublika, viloyat, tuman, mahalla, ko'cha, birlashmalar, korxonalar nomlari bilan keladigan egalik qo'shimchalari.
Misol uchun:
o'qish kitobi - o'qishning kitobi deb bo'lmaydi.
Namangan viloyati - Namanganning viloyati deb bo'lmaydi.
Vatan tuyg'usi - Vatanning tuyg'usi deb bo'lmaydi.
Bobur bog'i - Boburning bog'i deb bo'lmaydi.
Bunday egalik qo'shimchalari qarashlilik ma'nosidagi egalik qo'shimchalaridan -ning qo'shimchasini talab qilmaslik nuqtayi nazari bilan farqlanadi.

โš ๏ธ Bajaruvchining shaxs va sonini bildirishi - harakat nomi(u(v), i(sh), moq, mak, maslik) va sifatdosh (-gan) dan keyin keladigan qo'shimchalar.
Bunda egalik qo'shimchasi fe'lning bu ikki vazifa shaklidan keyin keladi va egalik bilan ifodalangan mazmunga aloqador shaxsning shaxs va sonini aniqlab beradi.
Misol uchun:
O'qishim - (mening o'qishim - I shaxs birlik sonda).
Ishlashing - (sening ishlashing - II shaxs birlik sonda)
Yozuvi ( uning yozuvi - III shaxs birlik sonda) kabi...
Borganimiz ( bizning borganimiz - I shaxs ko'plik sonda)
Borganingiz (sizning borganingiz - II shaxs ko'plik sonda)
Borganlari ( ularning borganlari - III shaxs ko'plik sonda)

Eslatma: egalik qo'shimchasini olgan harakat nomi va sifatdosh o'ziga bog'lanib kelayotgan so'zda -ning qo'shimchasini talab qilsa ham, qarashlilik ma'nosini emas, bajaruvchining shaxs va sonini ko'rsatadi.

Eslab qoling: kechasi, kunduzi, tuni, yili kabi so'zlarda egalik qo'shimchasi mavjud emas, xuddi egalik qo'shimchasiga o'xshab tursa-da, -i va -si qo'shimchalari yaxlitlangan qo'shimchalar hisoblanadi.

ยฉ Davron Akbar

๐Ÿ“ฑ Do'stlaringizga ham ulashing.

@Renessansstudy
๐Ÿ‘90๐Ÿ”ฅ2