O'zbek tili va adabiyoti (Davron Akbar bilan)
47.9K subscribers
1.34K photos
145 videos
439 files
685 links
Davron Akbarning sahifasiga xush kelibsiz!

Kanalda test kitoblarimiz haqida ma'lumot, sara testlar, shuningdek, ta'lim yangiliklari berib boriladi.

Manzil: Namangan viloyati

Donat: https://tirikchilik.uz/davronakbar

Reklama: @Renessansstudy_reklama
Download Telegram
⚑️Bizni kuzatuvchi va milliy sertifikat uchun online darsimizda qatnashishni maqsad qilganlarga ajoyib yangiligimiz bor. Tez orada e'lon qilamiz.

@Renessansstudy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
πŸ€”50πŸ‘22😱9πŸ”₯5❀‍πŸ”₯2❀2πŸ‘1🐳1
Bugundan barcha oliy ta'lim muassasalarida o'qish boshlandi.

Barchaga, xususan, kanalimizdagi talabalarga, online kursimizdagi talabalarga, o'quv markazdan chiqqan talabalarga muvaffaqiyat tilayman.

Universitet olami va uning yakuni insonni huquqiy dastaklashga xizmat qiladi. Keng auditoriya va imidjni esa kuchli mehnat, salohiyat va ilmsevarlik yaratadi.

Harakat qiling, ingliz tili o'rganing, ta'sir doirangizni kengaytiring. Bizga endilikda kuchli shaxslar kerak. Bizga salohiyatli shaxslar kerak. Bizga xalqsevarlar kerak. Bizga o'z ishiga professionallar kerak. Qolgani shundoq ham topiladi.

@Renessansstudy
πŸ‘68πŸ”₯14😁9πŸ’―8🫑3❀1
O'quv markazimizdagi grammatika kurslari uchun qabul yakunlandi.

Ro'yxatdan o'tganlar bilan bugun kechga xabarlashamiz. Ertaga o'quv markazga ro'yxatdan o'tgan barchani chaqiraman.

@Renessansstudy
πŸ‘24πŸ”₯5❀‍πŸ”₯1
⚑️Umumta'lim fanlaridan 2024-yilning 2-yarmida boβ€˜lib oβ€˜tadigan sertifikat imtihonlari

βœ… Umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash test sinovlari oktabr, noyabr va dekabr oylarida oβ€˜tkaziladi.

πŸ‘¨πŸ»β€πŸ’» Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda roβ€˜yxatga olinadi.

πŸ“ Roβ€˜yxatdan oβ€˜tishda talabgorlar oβ€˜zlariga qulay boβ€˜lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

πŸ“† Test sinovlari qaysi fanlardan oβ€˜tkazilishi, roβ€˜yxatga olish muddatlari va test sinovi oβ€˜tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

βœ”οΈ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
πŸ‘23πŸ”₯5πŸ‘2❀1
Ona tili va adabiyot fanidan imtihonlar noyabr hamda dekabr oylarida o'tkaziladi.

Noyabr oyidagi imtihonlar 2-3-noyabrda o'tkazilsa, dekabrdagi imtihonlar 21-22-dekabr kunlari o'tkaziladi.

Shu bilan 2-yarimyillikdagi imtihonlar yakunlanadi.

@Renessansstudy
πŸ‘29❀5
Platformali kursimiz uchun ro'yxatdan o'tgan talabgorlar bilan o'zaro kelishib, dekabrdagi imtihon uchun jonli darslarni biroz muddatdan keyin boshlashni rejalalashtirmoqdamiz.

@Renessansstudy
πŸ”₯10πŸ‘2πŸ₯°2
⚑️⚑️Platformali kursimizga qabulni to'xtatamiz.

Biroz avval imtihonlar noyabr hamda dekabr oyida ham o'tkazilishi e'lon qilindi. Shuning uchun yangi ochiladigan kurslarni biraloq dekabr imtihoni uchun ochamiz.

Imtihon bahorda bo'lganda edi biz platformali darsga ham, boshqa darslarga ham ulgurar edik. Lekin dekabrga oz muddat qolgani uchun biz bittasini tanlashimiz kerak. Biz esa dekabrdagi imtihon uchun guruh ochishni tanladik.

Shuning uchun hozirdan qishki qabulni boshlaymiz. Darslarni esa UTP: 1-oktyabrdan jonli tarzda boshlashimiz mumkin.

Kurs haqidagi batafsil ma'lumotlar yaqin fursatda e'lon qilinadi.

@Renessansstudy
πŸ‘11πŸ‘8❀2
⚑️Bahorda imtihon o'tkazilmasligi mumkin.

Ba'zi ma'lumotlarga ko'ra ona tili va adabiyot fanidan keyingi imtihonlar boshqacha formatda o'tkazilishi mumkin. Bu ona tiliga ham, adabiyotiga ham taalluqli.

Hozirda biologiya va kimyo fanlarining abrobatsiyasi va undan keyingi spetsifikatsiyasi ishlab chiqilmoqda. Shuning uchun kuz-qish mavsumida bu fanlardan imtihon bo'lmaydi.

Bu nima degani? Hozirda tayyorlanayotgan savollaringizning ketmaketligi, test tiplari umuman boshqacha ko'rinish tus olishi mumkin degani.

Yaqin kunlarda ona tili va adabiyot fanidan ham spetsifikatsiya ishlab chiqilsa kerak. Kuzatamiz, yangiliklarni e'lon qilib boramiz.

@Renessansstudy
😱33πŸ‘28πŸ₯±5
ona_tili.pdf
444 KB
Milliy sertifikat imtihonlari birinchi marta fayldagi ko'rinishda olingan edi. Undan keyin esa yangi spetsifikator bilan imtihon formati o'zgardi va shu [fayl]dagi holatda yangi imtihonlar tashkillashtirila boshlandi.

Endilikda mabodo ona tili va adabiyot fanidan test formati o'zgarsa, amaldagi ko'rinishdan anchagina farq qilishi mumkin. Bu hozircha aniq emas, lekin shunday gaplar izg'ib yuribdi.

Noyabr va dekabrdagi imtihonlari esa hozirgi tartibda o'tkazilishi aniq.

@Renessansstudy
πŸ‘28πŸ”₯12
πŸ“•ENG YANGI KITOB NASHRDAN CHIQDI!

Umid Shomurodov va Farruh Qarshiyev muallifligidagi uzoq kutilgan MILLIY SERTIFIKAT kitobi nashrdan chiqdi. Mazkur kitobimizning ustunlik ta'raflari:

πŸ”₯Matn bilan ishlash koβ€˜nikmasi boβ€˜yicha alohida, hech qayerda boβ€˜lmagan, qoβ€˜llanma kiritildi;

πŸ”₯ Esse bilan ishlash va uni baholash boβ€˜yicha eng yangi qoβ€˜llanma va esse namunalari kiritildi;

πŸ”₯ Mumtoz adabiyot, ya'ni gβ€˜azal va qit'alar bilan ishlash boβ€˜yicha maxsus qoβ€˜llanma kiritildi;

πŸ”₯Takrorlanmas savollarga ega, eng yangi 20 ta variantli BMBA standarti bo'yicha tuzilgan testlar ham mavjud.

πŸ”₯Agentlik tomonidan oxirgi imtihonda olingan test savollaridan namunalar kiritildi;

πŸ”₯Javoblarni boβ€˜yash uchun oxirgi Milliy sertifikat testining javoblar varaqasi (tituli) kiritildi;

πŸ”₯Kitobimizning boshqa kitoblardan yana bir katta farqi shundaki, test javoblarini tekshirish uchun maxsus dastur ham kiritildi;

Kitobda quyidagicha testlar mavjud:

βœ…Tilshunoslik nazariyasi
βœ…Mumtoz adabiyot
βœ…Adabiyot nazariyasi
βœ…O'qib tushunish
βœ…Yozma savodxonlik
βœ…Ilmiy va badiiy matnlar
βœ…Esse nazariyasi

Qiziqdingizmi, unda pasdagi namunani bir ko'rib chiqing!

πŸ“”Kitobdan namuna

Kitob xarid qilish uchun:
πŸ“ž+998932477508
✍️
@unfluer1
✍️
@unfluer

Reklama huquqi asosida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
πŸ‘39❀‍πŸ”₯6❀3
Dekabr uchun ochilayotgan milliy sertifikat online guruhimizning 10 foizi to'ldi.

@Renessansstudy
πŸ‘35πŸ‘3❀‍πŸ”₯2❀1
Dekabr imtihoni uchun ro'yxatdan o'tganlar noyabrda ham imtihonga kirib chiqishlari mumkinligini istisno etishmayapti. Bu borada ayrim fikrlarni aytib o'taman.

Darsimiz 1-oktyabrdan boshlansa, to noyabr imtihoniga qadar bir oy vaqt bo'ladi. Bu vaqt davomida astoydil bo'linsa, grammatika va ilmiy matnlarni tugatish mumkin.

Noyabrda o'zini sinab ko'rmoqchi bo'lganlarga kerakli ko'rsatmalar beriladi. Aslida, noyabrdagi imtihon dekabrdagi imtihonning natijasini belgilab beradi.

Dekabrdagi imtihon uchun ro'yxatdan o'tganlar noyabrda yarim dastur bilan imtihon topshirishsa-yu, maqsadlariga yetisha olmasa, bor e'tiborni dekabrga qaratishlari mumkin bo'ladi.

Dekabrdagi imtihon uchun ro'yxatdan o'tganlar, noyabrdagi imtihonga kirishlariga qarshi emasman. Qaytanga qo'ldan kelgancha yordamimizni ayamaymiz.

@Renessansstudy
πŸ”₯19πŸ‘12πŸ‘Œ7
"Shedevr testlar" kitobining tahrirlangan 1-qismi hamma viloyatlarga berilgan. Agar topa olmayotgan bo'lsangiz, bunga ikkita sabab bor. Kitobga talab yuqori bo'lgani uchun tezda tugab qolyapti yoki kitob sotuvchilari yetarli miqdorda kitobni do'konga olib bormayapti.

Do'kondagilarni kitob so'rab bezor qilib tashlanglar, bu safar ko'proq olib ketishadi. Milliy sertifikat kitobimizda ham shunday bo'lgandi. So'rayverishgandan keyin kengroq tarqalgan.

@Renessansstudy
🀣45πŸ‘10😁7😐2
Forwarded from Ona tili milliy sertifikat (Abdulla ustoz bilan)
❗️Diqqat! Diqqat!
Ona tili va adabiyot fanidan oβ€˜tkaziladigan Milliy sertifikat imtihoni uchun malakali ustoz Abdulla Abduxamidov bilan tayyorlaning hamda oβ€˜zingiz uchun kerakli bo'lgan A va A+ darajadagi sertifikatni qoβ€˜lga kiriting!

Biz ko'p o'quvchilarimizning takliflarini inobatga olgan holda mart oyida oβ€˜tkazilishi rejalashtirilgan Milliy sertifikat imtihoni uchun oflayn kurs oβ€˜tishni rejalashtirdik.
Dars davomiyligi 6 oy, haftasiga 3 kun
Ushbu darsda faqatgina 10-, 11-sinf o'quvchilari qatnasha oladi.

Dars 2 bosqichda amalga oshiriladi:
1-bosqichda 3 oy davomida grammatika to'la yakunlanadi, 2-bosqichda esa yana 3 oy sefr tizimida dars o'tiladi.

Qabul 30-sentyabrgacha davom etadi. Faqat bitta guruh shakllantiriladi.
Agar guruh muddatdan avval to'lsa, qabul ham to'xtaydi.
Darslarimiz 2-oktyabrdan boshlanadi.

Kurs narxi: oyiga 350.000 so'm

Murojaat uchun tel
: +998903110774
Telegram : @Abdulla_0774 Manzil: Hamid Olimjon va Zulfiya maktabi
πŸ‘34🀝3❀2
Dekabrdagi imtihon uchun ochiladigan online milliy sertifikat guruhimizning 40 foizi to'ldi.

@Renessansstudy
πŸ‘Œ19πŸ‘18😱10πŸ”₯7😁3
Dekabrdagi imtihon uchun ochiladigan online milliy sertifikat guruhimizning 70 foizi to'ldi.

@Renessansstudy
πŸ‘53πŸ”₯7😁7❀5😱3
Hurmatli talabgorlar!

Dekabrdagi imtihon uchun tashkillashtirilayotgan online darslarimizning 80 foizi to'ldi.

Juda ko'pchilikka karta tashlab berilgan va ularning aksariyati hali to'lov qilmadi. Ular birdaniga to'lov qilib yuborsa, guruh favqulodda to'lib qolishi mumkin.

Yana bir eslatma: sizga karta raqam tashlandi degani ro'yxatdan o'tdingiz degani emas. Qachonki, to'lovni amalga oshirasiz, undan keyin ro'yxatdan o'tgan hisoblanasiz.

Juda ko'pchilik ustozlarimiz avans puli tushgandan keyin to'lovni amalga oshiramiz deyishyapti. Lekin guruh to'lsa, ularga yordam bera olmasligimiz mumkin.

Qabulning oxirgi chegarasi sifatida 30-sentyabr belgilangan. Lekin qabul bu paytgacha qat'iy davom etadi degani emas. Guruh to'lishiga qabulni yakunlaymiz.

Ro'yxatdan o'tgan talabgorlar, meni guruhga qo'shing deb yozmasligingizni so'rayman. O'zim 29-30-sentyabr kunlari guruh ochib, o'zim sekin-asta sizni qo'shib chiqaman.

Kurs
@Renessansstudy kanalida qadab qo'yilgan. Siz berayotgan barcha savollar shu postda yozilgan. Qanday kursga a'zo bo'layotganingizni aniqlab, keyin karta so'rashingizni iltimos qilaman.

Qabulni men emas, adminim amalga oshiryapti. Menga emas, unga murojaat qiling.
Har ehtimolga qarshi qabul akkaunti:
@Adm1n_murojaat

@Renessansstudy
πŸ‘38❀3🫑2πŸ‘1