O'zbek tili va adabiyoti (Davron Akbar bilan)
49K subscribers
1.34K photos
145 videos
438 files
679 links
Davron Akbarning sahifasiga xush kelibsiz!

Kanalda test kitoblarimiz haqida ma'lumot, sara testlar, shuningdek, ta'lim yangiliklari berib boriladi.

Manzil: Namangan viloyati

Donat: https://tirikchilik.uz/davronakbar

Reklama: @Renessansstudy_reklama
Download Telegram
Forwarded from Xushnudbek.uz
Ta’limdagi tuzalmas kasallik haqida
#abituriyent

Biz ta’limda ko‘p yaxshi o‘zgarishlar qilyapmiz, ammo bir kasallikdan sira qutila olmayapmiz.

Bu ham bo‘lsa, deyarli har yili imtihonga juda kam vaqt qolganda yoki qabul boshlanib bo‘lgandan so‘ng, abituriyentlarga jiddiy ta’sir qiladigan keskin o‘zgarishlar qilishda davom etyapmiz. Bunday o‘zgarishlar kechi bilan o‘quv yilining boshidayoq e’lon qilinishi, abituriyentlar shunga qarab tayyorgarligini ko‘rishi haqida ming marta gapirganmiz, ammo hozircha befoyda.

Bugun e’lon qilingan yangilangan fanlar majmuasi ro‘yxati hamda ko‘plab yo‘nalishlarning qisqarib ketishi ham shu kabi noroziliklarga sabab bo‘lmoqda.

Nahotki jiddiy o‘zgarishlarni oldindan rejalashtirish imkonsiz? Masalan, avval test, so‘ngra tanlov tamoyili ancha avval e’lon qilindi, shu sababli bunga hech kim e’tiroz qilgani yo‘q, hamma ruhan tayyor edi. Yoki kelgusi o‘quv yilidan chet tili birinchi fan bo‘lgan yo‘nalishlarga faqat sertifikati borlargina topshira olishi haqidagi qaror ham oldindan barchaga e’lon qilindi, bu ham muammo tug‘dirmaydi.

Nega xuddi shu tarzda o‘yin qoidalarini oldindan e’lon qilish mumkin emas? Albatta imtihonga qisqa vaqt qolganda abituriyentlar va ularning ota-onalarini stressga tushirib, o‘zgarish qilish shartmi?

Bilaman, bu gaplarim baribir endi befoyda. "Yo‘nalishlar qisqarishining yomon tomoni yo‘q, o‘qigan bilimi o‘zi uchun, bilimiga mos boshqa yo‘nalishni tanlasin", deyishingiz ham mumkin. Fikringizda jon ham bordir, vahima qilishga arziydigan o‘zgarish ham emasdir balki. Ammo chetdan turib gapirish va baho berish oson, tanasi boshqa dard bilmas degandek.

Iltimos, hurmatli mas’ullar, o‘zgarishlar haqida oldinroq xabar berishni o‘rgansangiz, yanada aniqrog‘i imtihonga taqalgan payti biror jiddiy o‘zgarish qilishdan tiyilsangiz zo‘r ish bo‘lar edi.


👉 @xushnudbek 👈
👍143💯29❤‍🔥17🔥13👏82🐳2😱1🥴1
Mening bilishim bo'yicha, Bilimni baholash agentligiga juda ko'p qo'ng'iroqlar aynan shu yo'nalishning chiqmasligi bilan bog'liq bo'lgan. Aytishlaricha, jonli muloqotda ham bu savol berilgan, lekin BBA xodimi "bunday yo'nalishda test o'tkazish agentlikka aytilmagan" - deb javob bergan. Bu borada juda ko'p so'rovlar vazirlikka emas, BBA ga berilgani uchun vazirlikka so'rov yuborilgan va vazirlik bu yo'nalish, shuningdek, yana bir necha o'nlab yo'nalishlarni yopgan.

Bu yerda BBA agentligining zarracha aybi yo'q, masala Oliy ta'lim vazirligiga borib taqalmoqda.

@Renessansstudy
😁48😢38👍22🥴15❤‍🔥7💯42🔥1
⚡️Qabul komissiyasining dastlabki rejalariga ko'ra test sinovlari 14-28-iyul kunlari o'tkaziladi.

@Renessansstudy
😢90😱31👍22❤‍🔥13👌6👏31🔥1
O'zbek tili va adabiyoti (Davron Akbar bilan)
Respublika Adliya vazirligi hamda Andijon viloyati adliya boshqarmasiga so'rov. Andijon viloyati Qo'rg'ontepa tumani adliya boshqarmasi pedagoglarning A va A+ sertifikatini tan olmayapti. Ularning aytishi bo'yicha qo'shma qarorda faqat B+ daraja nazarda tutilgan…
Bu post bo'yicha ma'lumot berishdi. Andijon viloyati Qo'rg'ontepa tumani adliya boshqarmasida barcha belgilangan sertifikatga ega pedagoglarga ustama tayinlash haqidagi masala ijobiy hal qilinibdi.

Baraka topinglar.

@Renessansstudy
🥰50👍2611🎉8😁7😱3❤‍🔥2
Audio
Kanalimizdagi o'quvchilardan biri vazirlikka murojaat qilgan. Admin bu ish Prezident topshirig'i bilan bo'lganini aytmoqda.

To'g'risi, shu qiz va umuman shu yo'nalishga topshirayotganlarga rahmim keldi. "Tanasi boshqa dard bilmas" deganlari shu bo'lsa kerak.

@Renessansstudy
😢262👍28❤‍🔥10💯10😱6🤔1
Forwarded from O'zbek tili va adabiyoti (Davron Akbar bilan) ( 𝐃𝐚𝐯𝐫𝐨𝐧 𝐀𝐤𝐛𝐚𝐫)
Davron Akbar (eslatma test).pdf
316.6 KB
⚡️⚡️Ushbu test materiali "Umumiy variantlar" kitobidan foydalanuvchilar uchun ESLATMA tariqasida kanalga yuklanmoqda.

❗️Muhim: Test kitobimizning 9-variantidagi 6, 18 va 29-savollarida biroz kamchilik ketib qolibdi. Kitob hozirgi paytda nashrga berib bo'lingani uchun ularni to'g'rilashning imkoni bo'lmadi. Shuni hisobga olgan holda ushbu fayl orqali shu variantning to'g'rilangan ( tahrirlangan ) shaklini kanalga joylayapmiz.

☝️O'quvchilar bilan 9-variantga kelganda ushbu faylni ishlashlari so'raladi.

🙏Kamchilikni avvaldan aytib qo'yishni lozim topdik.

Boshqa variantlarda xatolik va kamchiliklar mavjud emas.

@renessansstudy
👍64🔥65❤‍🔥3
Filologiya tillarni o'qitish (o'zbek tili) yo'nalishiga ro'yxatdan o'tdim.

Nasib qilsa, imtihonga ertaroq kirsak, testlar haqida ma'lumotlar berib boramiz.

@Renessansstudy
👍116❤‍🔥24😁17🔥7👏4
Savol: Agar abituriyent ikkita fandan (ikkala blokidan) sertifikat olsa, ularning faqat bittasidan foydalanadimi?

Javob: Yo'q, unday emas. Abituriyent nechta fandan sertifikat olishidan qat'iy nazar barchasidan foydalana oladi.

@Renessansstudy
👍141🤣58🥰1611💯7👏5🔥2
Savol: Agar ma'lum yo'nalishlar yopilsa, shu yo'nalishlarga turdosh bo'lgan boshqa yo'nalishlarga kvota ko'paytiriladimi?

Javob: Yo'q, kvota aynan yopilgan yo'nalishlar sababidan ko'paytirilmaydi. Har yili davlat komissiyasining qarori bilan kvota ajratiladi va yildan yilga bu kvota ko'tarilib boradi.

@Renessansstudy
😢91😱19👍15🥴10❤‍🔥75🔥3👏2
Forwarded from Feruza Nodirova
🔥123👍3113👏12🤩10❤‍🔥4😁2
Forwarded from Qosimxon Jamolov
👍122😁40🥰15👏13🎉105🔥5🐳5🤩4❤‍🔥2💯2
⚡️Universitetlarda o'tish bali belgilanmaydi.

Hamma abituriyent o'zining balidan kelib chiqib, 5 ta universitetni tanlaydi.

Avval test qilinishiga sabab esa abituriyent "ko'rpasiga qarab oyoq uzatish uchundir", ya'ni abituriyent balining oz yoki ko'pligidan kelib chiqib, talab ko'p bo'lgan yoki talab nisbatan kamroq bo'lgan universitetlarga hujjat topshiradi. Byudet va kontrakt o'tish chiziqlari belgilanmaydi, universitet kvota doirasida eng yuqori bal to'plagan abituriyentlarni talabalikka qabul qiladi, kvotadan pastga tushib ketganlar esa yo boshqa 4 ta universitetga harakat qiladi yoki butunlay yiqiladi.

Imtihon o'tgan yilgi bilan bir xil. Bitta farqi avval universitet tanlab, keyin imtihon qilinardi, hozir imtihon qilib olinib, keyin universitet tanlanadi. Mandat masalasi esa avvalgi yil bilan bir xilda qolgan.

@Renessansstudy
👍53❤‍🔥9🥰8🔥6
Kutilma.

Bu yil filologiya yo'nalishlarining bali avvalgi yilgiga nisbatan keskin balandlaydi. Avvalgi yillarda ona tili fanini yopish sertifikati kvota doirasida 5-6 foizni tashkil etgan bo'lsa, bu yil milliy sertifikat asosida fanni yopish ko'rsatkichi 30-40 foizni tashkil etadi.

Bloklarning deyarli 90 foizi ingliz tili sertifikati bilan yopilsa, qolgan fan sifatidagi ona tili bloklari 30-40 foiz bilan yopiladi. Bu degani o'qishga kiradigan har 4 ta kishining biri ingliz tili va ona tili sertifikati asosida bloklarni yopgan o'quvchilar deganidir. Bu holat barcha filologik yo'nalishlarga taalluqli.

@Renessansstudy
😢126🔥33👍298❤‍🔥5🤔2👀1😇1
Kutilma.

Filologiya yo'nalishlarida keyingi yildan boshlab ingliz tili blokini yopish ko'rsatkichi 100 foizga chiqadi. Ya'ni endilikda ingliz tili tabiiy holatda faqat milliy yoki xalqaro sertifikat bilan maksimal yopiladi. Keyingi blok hisoblangan ona tilining blokdagi sertifikat bilan yopish ko'rsatkichi 70-80 foizga chiqadi.

Yaqin uch yilda filologiya yo'nalishlariga o'qishga kirish sertifikatsiz hal bo'lmaydigan masalaga aylanadi.

@Renessansstudy
😢130👍46😱28🥴15😁149💯4❤‍🔥3
Savol: Filologiya tillarni o'qitish (rus tili) yo'nalishiga rus tili va chet tilidan imtihon topshirilar ekan. Men shu yo'nalishni tanlab, ikkinchi fanimni ingliz tilida emas, boshqa xorijiy tilda topshirsam bo'ladimi?

Javob: Ha, boshqa xorijiy tilda topshirsangiz bo'ladi. Masalan, birinchi fan sifatida rus tili; ikkinchi fan sifatida turk, arab, fransuz, nemis, uyg'ur tillarida ham topshirsangiz bo'ladi.

Bu nafaqat bu yo'nalish, balki istalgan chet tili bloki bor yo'nalishlarga ham taalluqlidir.

@Renessansstudy
👍6110❤‍🔥7
Forwarded from Davron Akbar - anomal fikrlar ( 𝐃𝐚𝐯𝐫𝐨𝐧 𝐀𝐤𝐛𝐚𝐫)
Ko‘zing qaro sening, qoshlaring qaro,
Yuzlaring oq sening, kulishlaring oq.
Qo‘lingdagi ta’na toshlaring qaro,
Menga g‘amgin boqib turishlaring oq.

Unutishing — qaro, hijroning qaro,
Sog‘inching oppoqdir, xatlaring —oppoq.
Qarodir yurganing o‘ch-mehr aro,
Menga tashlab ketgan dardlaring — oppoq.

Shommi, yo saharmi — vaqtimdir qaro,
Sen deb to‘kayotgan yoshlarim oppoq.
Sening ham, mening ham baxtimdir qaro,
O‘ttiz to‘rt yoshingda sochlaring oppoq.

Ishon, yurak oqdir, qarodir taqdir,
Oq-qora bo‘yoqlar bizning bog‘larda...
Men million bo‘yoqni bilardim, axir,
Ikkimiz baxtiyor bo‘lgan chog‘larda.

Usmon Azim

P/s: Eh, bu she'rning qanchalik mazmunli ekanini anglaganingda edi.

@meningcha_blog
🥰80👍2724❤‍🔥18😢12💯3🔥2
Kanalimizda reklama xizmati yo'lga qo'yildi. Ushbu xizmatdan foydalanish istagida bo'lgan kishilar reklama xizmati (@Renessansstudy_reklama) bilan tanishib, murojaat qilishlari mumkin.

@Renessansstudy
👍47🥴10😢7😁43❤‍🔥1
Barchangizga Qurbon hayiti muborak bo'lsin!!! Alloh butun musulmon olamining ilmini ziyoda qilsin!!!

@Renessansstudy
195❤‍🔥35👍22🔥12🥰11👏2🤩1
Forwarded from Qarshiyev Farruh
Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani "Volidam" o‘quv markazi
👍63🔥15😁12🐳3