O'zbek tili va adabiyoti (Davron Akbar bilan) pinned «Milliy sertifikat uchun kurs so'rayotgan talabgorlar diqqatiga! ✅ Qabul 1-iyuldan boshlanadi. Qariyb bir oy davomida qabul davom etadi. ✅ Darslar avgust oyidan boshlanadi va dasturda belgilangan muddat asosida tashkillashtiriladi. ✅ Darsda qatnashish…»
Yangi o'quv yilida "Shedevr testlar" turkumidagi kitobning barchasini yangilashimiz haqida aytgan edik.
Kitobning savollarini bitta-bittalab ko'rib chiqyapman, xato savollarni tog'rilab, kerakmaslarini o'chiryapman, eng muhimi, zamonaviy testlarni yetarlicha kirityapman. Tashqi ko'rinishini BBA testlari bilan birxillashtiryapman.
Yangi o'quv yilidan (sentyabrdan) faqatgina yangi nashrdagi "Shedevrlar"dan foydalanishni tavsiya qilaman. Kitob A4 formatda mukammal holatga keltirilyapti. Solishtirish o'rnida aytishimiz mumkinki, eski holatidan ko'ra hozirgi holati ideal holatga kelmoqda.
Kitob ketma-ketlik bo'yicha tahrirlanib nashrdan chiqariladi.
@Renessansstudy

👍120❤🔥17👏10🔥7🥰6❤5
Savol: Yo'nalishni tanlayotganimda faqat bitta yo'nalish chiqyapti. Imtihondan keyin shu yo'nalishda o'qishga majbur bo'lamanmi?
Javob: Ovozli xabarda tushuntirilgan.
@Renessansstudy
Javob: Ovozli xabarda tushuntirilgan.
@Renessansstudy
❤37👍30👏4
Savol: Ro'yxatdan o'tayotganimda men xohlagan yo'nalish chiqmayapti, endi nima qilaman?
Javob: Ovozli xabarda batafsil tushuntirilgan.
@Renessansstudy
Javob: Ovozli xabarda batafsil tushuntirilgan.
@Renessansstudy
🔥22👍16👏12😢12❤🔥4❤2
Respublika Adliya vazirligi hamda Andijon viloyati adliya boshqarmasiga so'rov.
Andijon viloyati Qo'rg'ontepa tumani adliya boshqarmasi pedagoglarning A va A+ sertifikatini tan olmayapti. Ularning aytishi bo'yicha qo'shma qarorda faqat B+ daraja nazarda tutilgan ekan.
Qarorda minimal sertifikat talabi (B+) daraja belgilanganini, shuningdek, A va A+ daraja B+ darajadan yuqori ekanini bularga kimdir tushuntirib qo'yadimi yoki pedagoglarni sarson qilishdan boshqasiga yarashmaydimi?!
Qaror matnida B+ daraja deyilgani bu A va A+ darajaga ustama to'lanmaydi degani emas-ku, baraka topkurlar!
Ularning logikasi bo'yicha pedagog faqatgina B+ daraja olishi kerak ekan, chunki qarorda faqat shu daraja ko'rsatilgan ekan, A va A+ darajaga esa berishmas ekan.
Loyiha e'lon qilingan paytda biz qanday harakat qildik-u, bular nima qilyapti, hayronman.
Pedagoglarni sarson qilmasdan, viloyat va tumandagi xodimlarga sal tushuntirish beringlar, hammani issiqning kunida sarson qilyapti.
Munosabat kutamiz.

😁127🤣72👍29🥴16💯16😢12👏6❤3🔥3🤔2❤🔥1
⚡️Rasman, o'zga tilli guruhlarda rus tili yo'nalishi yopildi.
Vazirlik tomonidan fanlar majmuasi qayta e'lon qilindi va bu yo'nalish majmuadan olib tashlangan.
@Renessansstudy
Vazirlik tomonidan fanlar majmuasi qayta e'lon qilindi va bu yo'nalish majmuadan olib tashlangan.
@Renessansstudy
😢163😱69👍13😁10❤🔥8👏5🥰2
Dekabrda fanlar majmuasi tasdiqlangan edi. Unda hammasi yaxshi holatda edi. 7-iyun kuni fanlar majmuasi biroz o'zgartirishlar bilan qayta e'lon qilindi. Mayli, bunda ham holat yaxshi edi. Bugun yana o'zgartirildi. Natija esa juda yomon. Juda ko'p yo'nalishlar qisqartirib tashlangan, ba'zi yo'nalishlar esa tugatilgan.
Abituriyentlar 21-dekabr kuni e'lon qilingan fanlar majmuasi bo'yicha o'qishga tayyorgarlik ko'rayotgan edi. Chunki ularning qo'lida huquqiy va nazariy asos bor edi. Endi esa juda ko'pchilik o'quvchilar oxirgi yangilangan majmua bo'yicha jabr ko'rmoqda.
Endi nima bo'ladi? Bir yosh avlod qolgan avloddek hukumatga nisbatan alam va qasos ruhida o'sadi. Avval ham shunday o'sgan, bundan keyin ham shunday o'sadi.
Shu absurdliklarni qilgan odamlarga qator savollarim bor:
1) Oxirida yo'nalishni yoparkansan, nega boshida shuni aytmading, nega shuncha o'quvchining bir yil vaqtini va pulini havoga sovurding. Qaysi biring o'quvchiga yutqazgan vaqtini va mablag'ini, asabini va mehnatini qaytarib bera olasan?!
2) Minglab yoshlarning taqdiri sizlarga o'yinchoqmi, ular tajriba quyonchasimi, nega yoshgina, ko'zi yonib turgan bolalarning intilishlari bilan o'ynashyapsizlar?!
3) Ertaga sizlarni deb normal o'quvchi o'qishdan yiqilsa yoki chegaralangan yo'nalishlarda defitsit yuzaga kelsa, ularga qanday yechim bera olasizlar?
4) Nega qarorlarni aynan imtihonga 1 oy qolganda e'lon qilasizlar, maktab shunchalik kuchli bilim bergan, o'quvchilar hamma narsaga qodir deb o'ylaysizlarmi?!
Bitta narsani bilib qo'ying: bu avlod hech qachon sizlarning ahmoqgarchiliklaringizni unutmaydi va kechirmaydi.

🔥138💯104👍62😢32❤11👏3
Yuqorida yopilgan yo'nalishlarga hech qanday e'tirozimiz yo'q. Yopilib, yo'q bo'p ketsin, lekin buni ertaroq aytish kerakmi? Avvalboshdan aytishganda edi, g'ing degan nomard edi. Ammo imtihonga bir oy qolganda hammasini rasvo qilish faqat bizga xos illat.
@Renessansstudy
@Renessansstudy
👍120💯67😢18🔥15❤5👏1😁1
Oliy ta'lim vazirligiga taklifim bor, inobatga olishsa, yaxshi bo'lar edi.
Bu yil uchun o'zga tilli guruhlarda rus tili yo'nalishi uchun qabul parametrlarini tasdiqlash lozim. Chunki bir necha yillar davomida shu yo'nalishga hujjat topshirish uchun tayyorlanayotgan minglab o'quvchilar mavjud. Ularning kelajagi va intilishlari bilan o'ynashish yaxshi emas. Har qalay, bu qorako'z abituriyentlarda zarracha ayb yo'q. Bu vaziyat faqatgina sizning aybingiz ortidan yuzaga chiqdi, uni bartaraf etib, o'zingizni oqlang.
Agar bunday qila olmasangiz, bizga tushuntirib bering: nega bu yo'nalish imtihonga bir oy qolganda yopildi? Aynan shu yo'nalishga topshirmoqchi bo'lgan minglab o'quvchilarning taqdiri nima bo'ladi? Nega bu yil bu o'quvchilarga imkon qilib bera olmaysiz, axir o'zimizning bolalar-ku, dushmanimiz arzandalari emas?!

👍157😢41💯35❤🔥7🔥6❤3
Forwarded from Xushnudbek.uz
Ta’limdagi tuzalmas kasallik haqida
#abituriyent
Biz ta’limda ko‘p yaxshi o‘zgarishlar qilyapmiz, ammo bir kasallikdan sira qutila olmayapmiz.
Bu ham bo‘lsa, deyarli har yili imtihonga juda kam vaqt qolganda yoki qabul boshlanib bo‘lgandan so‘ng, abituriyentlarga jiddiy ta’sir qiladigan keskin o‘zgarishlar qilishda davom etyapmiz. Bunday o‘zgarishlar kechi bilan o‘quv yilining boshidayoq e’lon qilinishi, abituriyentlar shunga qarab tayyorgarligini ko‘rishi haqida ming marta gapirganmiz, ammo hozircha befoyda.
Bugun e’lon qilingan yangilangan fanlar majmuasi ro‘yxati hamda ko‘plab yo‘nalishlarning qisqarib ketishi ham shu kabi noroziliklarga sabab bo‘lmoqda.
Nahotki jiddiy o‘zgarishlarni oldindan rejalashtirish imkonsiz? Masalan, avval test, so‘ngra tanlov tamoyili ancha avval e’lon qilindi, shu sababli bunga hech kim e’tiroz qilgani yo‘q, hamma ruhan tayyor edi. Yoki kelgusi o‘quv yilidan chet tili birinchi fan bo‘lgan yo‘nalishlarga faqat sertifikati borlargina topshira olishi haqidagi qaror ham oldindan barchaga e’lon qilindi, bu ham muammo tug‘dirmaydi.
Nega xuddi shu tarzda o‘yin qoidalarini oldindan e’lon qilish mumkin emas? Albatta imtihonga qisqa vaqt qolganda abituriyentlar va ularning ota-onalarini stressga tushirib, o‘zgarish qilish shartmi?
Bilaman, bu gaplarim baribir endi befoyda. "Yo‘nalishlar qisqarishining yomon tomoni yo‘q, o‘qigan bilimi o‘zi uchun, bilimiga mos boshqa yo‘nalishni tanlasin", deyishingiz ham mumkin. Fikringizda jon ham bordir, vahima qilishga arziydigan o‘zgarish ham emasdir balki. Ammo chetdan turib gapirish va baho berish oson, tanasi boshqa dard bilmas degandek.
Iltimos, hurmatli mas’ullar, o‘zgarishlar haqida oldinroq xabar berishni o‘rgansangiz, yanada aniqrog‘i imtihonga taqalgan payti biror jiddiy o‘zgarish qilishdan tiyilsangiz zo‘r ish bo‘lar edi.
👉 @xushnudbek 👈

👍143💯29❤🔥17🔥13👏8❤2🐳2😱1🥴1
Mening bilishim bo'yicha, Bilimni baholash agentligiga juda ko'p qo'ng'iroqlar aynan shu yo'nalishning chiqmasligi bilan bog'liq bo'lgan. Aytishlaricha, jonli muloqotda ham bu savol berilgan, lekin BBA xodimi "bunday yo'nalishda test o'tkazish agentlikka aytilmagan" - deb javob bergan. Bu borada juda ko'p so'rovlar vazirlikka emas, BBA ga berilgani uchun vazirlikka so'rov yuborilgan va vazirlik bu yo'nalish, shuningdek, yana bir necha o'nlab yo'nalishlarni yopgan.
Bu yerda BBA agentligining zarracha aybi yo'q, masala Oliy ta'lim vazirligiga borib taqalmoqda.
@Renessansstudy
Bu yerda BBA agentligining zarracha aybi yo'q, masala Oliy ta'lim vazirligiga borib taqalmoqda.
@Renessansstudy
😁48😢38👍22🥴15❤🔥7💯4❤2🔥1
⚡️Qabul komissiyasining dastlabki rejalariga ko'ra test sinovlari 14-28-iyul kunlari o'tkaziladi.
@Renessansstudy
@Renessansstudy
😢90😱31👍22❤🔥13👌6👏3❤1🔥1
O'zbek tili va adabiyoti (Davron Akbar bilan)
Respublika Adliya vazirligi hamda Andijon viloyati adliya boshqarmasiga so'rov. Andijon viloyati Qo'rg'ontepa tumani adliya boshqarmasi pedagoglarning A va A+ sertifikatini tan olmayapti. Ularning aytishi bo'yicha qo'shma qarorda faqat B+ daraja nazarda tutilgan…
Bu post bo'yicha ma'lumot berishdi. Andijon viloyati Qo'rg'ontepa tumani adliya boshqarmasida barcha belgilangan sertifikatga ega pedagoglarga ustama tayinlash haqidagi masala ijobiy hal qilinibdi.
Baraka topinglar.
@Renessansstudy
Baraka topinglar.
@Renessansstudy
🥰50👍26❤11🎉8😁7😱3❤🔥2
Audio
Kanalimizdagi o'quvchilardan biri vazirlikka murojaat qilgan. Admin bu ish Prezident topshirig'i bilan bo'lganini aytmoqda.
To'g'risi, shu qiz va umuman shu yo'nalishga topshirayotganlarga rahmim keldi. "Tanasi boshqa dard bilmas" deganlari shu bo'lsa kerak.

😢262👍28❤🔥10💯10😱6🤔1
Forwarded from O'zbek tili va adabiyoti (Davron Akbar bilan) (☪ 𝐃𝐚𝐯𝐫𝐨𝐧 𝐀𝐤𝐛𝐚𝐫)
Davron Akbar (eslatma test).pdf
316.6 KB
⚡️⚡️Ushbu test materiali "Umumiy variantlar" kitobidan foydalanuvchilar uchun ESLATMA tariqasida kanalga yuklanmoqda.
❗️Muhim: Test kitobimizning 9-variantidagi 6, 18 va 29-savollarida biroz kamchilik ketib qolibdi. Kitob hozirgi paytda nashrga berib bo'lingani uchun ularni to'g'rilashning imkoni bo'lmadi. Shuni hisobga olgan holda ushbu fayl orqali shu variantning to'g'rilangan ( tahrirlangan ) shaklini kanalga joylayapmiz.
☝️O'quvchilar bilan 9-variantga kelganda ushbu faylni ishlashlari so'raladi.
🙏Kamchilikni avvaldan aytib qo'yishni lozim topdik.
✅ Boshqa variantlarda xatolik va kamchiliklar mavjud emas.
@renessansstudy

👍64🔥6❤5❤🔥3
Filologiya tillarni o'qitish (o'zbek tili) yo'nalishiga ro'yxatdan o'tdim.
Nasib qilsa, imtihonga ertaroq kirsak, testlar haqida ma'lumotlar berib boramiz.
@Renessansstudy
Nasib qilsa, imtihonga ertaroq kirsak, testlar haqida ma'lumotlar berib boramiz.
@Renessansstudy
👍116❤🔥24😁17🔥7👏4
Savol: Agar abituriyent ikkita fandan (ikkala blokidan) sertifikat olsa, ularning faqat bittasidan foydalanadimi?
Javob: Yo'q, unday emas. Abituriyent nechta fandan sertifikat olishidan qat'iy nazar barchasidan foydalana oladi.
@Renessansstudy
Javob: Yo'q, unday emas. Abituriyent nechta fandan sertifikat olishidan qat'iy nazar barchasidan foydalana oladi.
@Renessansstudy
👍141🤣58🥰16❤11💯7👏5🔥2
Savol: Agar ma'lum yo'nalishlar yopilsa, shu yo'nalishlarga turdosh bo'lgan boshqa yo'nalishlarga kvota ko'paytiriladimi?
Javob: Yo'q, kvota aynan yopilgan yo'nalishlar sababidan ko'paytirilmaydi. Har yili davlat komissiyasining qarori bilan kvota ajratiladi va yildan yilga bu kvota ko'tarilib boradi.

😢91😱19👍15🥴10❤🔥7❤5🔥3👏2
Forwarded from Qosimxon Jamolov
👍122😁40🥰15👏13🎉10❤5🔥5🐳5🤩4❤🔥2💯2