Milliy sertifikat uchun kurs so'rayotgan talabgorlar diqqatiga!
✅ Qabul 1-iyuldan boshlanadi. Qariyb bir oy davomida qabul davom etadi.
✅ Darslar avgust oyidan boshlanadi va dasturda belgilangan muddat asosida tashkillashtiriladi.
✅ Darsda qatnashish istagida bo'lgan talabgorlar mustaqil o'qish uchun ajratilgan adabiyotlarni o'qib turishi lozim.
✅ Darslarda faqatgina grammatikasi tugagan talabgorlar qatnashishi mumkin bo'ladi.
✅ Darsda abituriyentlar, fan pedagoglari va attestatsiyaga tayyorlanuvchilar qatnashishi mumkin bo'ladi.
(Izoh: Milliy sertifikat va attestatsiya imtihonlarining fan spetsifikatsiyasi deyarli bir xil, shuning uchun bemalol attestatsiyaga tayyorlanuvchilar ham qatnashsa bo'ladi.)
✅ Darslar yangilangan resurs asosida tashkillashtiriladi. Avvalgi test materiallari optimallashtiriladi va to'liq yangilanadi.
✅ Kursda esse alohida mavqeda tashkillashtiriladi. Uni tekshirishga esseshunos, yuqori salohiyatga ega bo'lgan ustozlar jamoasi jalb etiladi.
@Renessansstudy

👍59👏47❤12🔥8😁2
Bugundan oliy ta'lim muassasalariga qabul boshlandi. Talabgorlar http://my.uzbmb.uz sayti orqali ro'yxatdan o'tishlari mumkin.
Bu bosqichda test hududi - yo'nalish tanlash hisoblanadi. Oliy ta'lim muassasalarini tanlash esa test sinovlari yakunlangandan so'ng amalga oshiriladi.

👍64❤3❤🔥2
Kecha "Umumiy variantlar" kitobimiz nashrdan chiqdi. Kitob hududlarda tanqis holatga kelgan edi, endilikda hamma viloyatga yetib borishidan umiddamiz.
Online kursimizdagi o'quvchilar ham kitob tugab qolmasidan sotib olishni so'rayman. Chunki yaqin 15 kunlikda kitobga nisbatan yuqori darajada talab bo'lishi kutilyapti. Bu esa kitob narxining ko'tarilishiga yoki kitobning tugab qolishiga sabab bo'ladi.

👍46😱4👏3❤2
"Umumiy variantlar" kitobini respublika bo'ylab yetkazib berish amaliyotini muallif sifatida bajaryapmiz.
Hududingizda ushbu kitobni topishda muammo bor bo'lsa, biz yetkazib beramiz. Faqat muallif sifatida yetkazib berishimiz uchun kamida 40-50 ta atrofida olishingiz kerak.
Donabay holatda esa faqatgina hududingizdagi kitob do'konlaridan olishingiz mumkin.
Murojaat: @Davron_Akbar

👍33❤4🔥1
Ertaga (8-iyun) soat 19:00 da kanalimizda avgust imtihonida tushadigan test materiallariga oid ovozli chat tashkil etiladi.
Unda test materiallarining mohiyati, darajasi, shakli haqida ma'lumotga ega bo'lasiz.
Do'stlaringizga ham ulashing.
@Renessansstudy
Unda test materiallarining mohiyati, darajasi, shakli haqida ma'lumotga ega bo'lasiz.
Do'stlaringizga ham ulashing.
@Renessansstudy
👍137🔥19❤8🥰6😱4👏1
O'zbek tili va adabiyoti (Davron Akbar bilan)
Ertaga (8-iyun) soat 19:00 da kanalimizda avgust imtihonida tushadigan test materiallariga oid ovozli chat tashkil etiladi. Unda test materiallarining mohiyati, darajasi, shakli haqida ma'lumotga ega bo'lasiz. Do'stlaringizga ham ulashing. @Renessansstudy
Bugungi ovozli chatda perevodchilar haqida ham gaplashamiz.
👍80❤7🤔2👏1
Bugunga rejalashtirilgan ovozli suhbatimiz 20:00 ga ko'chirildi.
👏65👍23❤12🎉6🥰5🔥1
Ovozli suhbat boshlanmoqda. Ovozli chatga kirishingiz mumkin. 20:01 dan boshlab gapirishni boshlaymiz.
👏43👍18❤7🔥7
Avgust imtihoni haqida
O'zbek tili va adabiyoti ( Davron Akbar bilan )
🥰76👍45❤23👏19🔥11❤🔥5🎉5🐳3
O'zbek tili va adabiyoti (Davron Akbar bilan) pinned «Milliy sertifikat uchun kurs so'rayotgan talabgorlar diqqatiga! ✅ Qabul 1-iyuldan boshlanadi. Qariyb bir oy davomida qabul davom etadi. ✅ Darslar avgust oyidan boshlanadi va dasturda belgilangan muddat asosida tashkillashtiriladi. ✅ Darsda qatnashish…»
Yangi o'quv yilida "Shedevr testlar" turkumidagi kitobning barchasini yangilashimiz haqida aytgan edik.
Kitobning savollarini bitta-bittalab ko'rib chiqyapman, xato savollarni tog'rilab, kerakmaslarini o'chiryapman, eng muhimi, zamonaviy testlarni yetarlicha kirityapman. Tashqi ko'rinishini BBA testlari bilan birxillashtiryapman.
Yangi o'quv yilidan (sentyabrdan) faqatgina yangi nashrdagi "Shedevrlar"dan foydalanishni tavsiya qilaman. Kitob A4 formatda mukammal holatga keltirilyapti. Solishtirish o'rnida aytishimiz mumkinki, eski holatidan ko'ra hozirgi holati ideal holatga kelmoqda.
Kitob ketma-ketlik bo'yicha tahrirlanib nashrdan chiqariladi.

👍120❤🔥17👏10🔥7🥰6❤5
Savol: Yo'nalishni tanlayotganimda faqat bitta yo'nalish chiqyapti. Imtihondan keyin shu yo'nalishda o'qishga majbur bo'lamanmi?
Javob: Ovozli xabarda tushuntirilgan.
@Renessansstudy
Javob: Ovozli xabarda tushuntirilgan.
@Renessansstudy
❤37👍30👏4
Savol: Ro'yxatdan o'tayotganimda men xohlagan yo'nalish chiqmayapti, endi nima qilaman?
Javob: Ovozli xabarda batafsil tushuntirilgan.
@Renessansstudy
Javob: Ovozli xabarda batafsil tushuntirilgan.
@Renessansstudy
🔥22👍16👏12😢12❤🔥4❤2
Respublika Adliya vazirligi hamda Andijon viloyati adliya boshqarmasiga so'rov.
Andijon viloyati Qo'rg'ontepa tumani adliya boshqarmasi pedagoglarning A va A+ sertifikatini tan olmayapti. Ularning aytishi bo'yicha qo'shma qarorda faqat B+ daraja nazarda tutilgan ekan.
Qarorda minimal sertifikat talabi (B+) daraja belgilanganini, shuningdek, A va A+ daraja B+ darajadan yuqori ekanini bularga kimdir tushuntirib qo'yadimi yoki pedagoglarni sarson qilishdan boshqasiga yarashmaydimi?!
Qaror matnida B+ daraja deyilgani bu A va A+ darajaga ustama to'lanmaydi degani emas-ku, baraka topkurlar!
Ularning logikasi bo'yicha pedagog faqatgina B+ daraja olishi kerak ekan, chunki qarorda faqat shu daraja ko'rsatilgan ekan, A va A+ darajaga esa berishmas ekan.
Loyiha e'lon qilingan paytda biz qanday harakat qildik-u, bular nima qilyapti, hayronman.
Pedagoglarni sarson qilmasdan, viloyat va tumandagi xodimlarga sal tushuntirish beringlar, hammani issiqning kunida sarson qilyapti.
Munosabat kutamiz.

😁127🤣72👍29🥴16💯16😢12👏6❤3🔥3🤔2❤🔥1
⚡️Rasman, o'zga tilli guruhlarda rus tili yo'nalishi yopildi.
Vazirlik tomonidan fanlar majmuasi qayta e'lon qilindi va bu yo'nalish majmuadan olib tashlangan.
@Renessansstudy
Vazirlik tomonidan fanlar majmuasi qayta e'lon qilindi va bu yo'nalish majmuadan olib tashlangan.
@Renessansstudy
😢163😱69👍13😁10❤🔥8👏5🥰2
Dekabrda fanlar majmuasi tasdiqlangan edi. Unda hammasi yaxshi holatda edi. 7-iyun kuni fanlar majmuasi biroz o'zgartirishlar bilan qayta e'lon qilindi. Mayli, bunda ham holat yaxshi edi. Bugun yana o'zgartirildi. Natija esa juda yomon. Juda ko'p yo'nalishlar qisqartirib tashlangan, ba'zi yo'nalishlar esa tugatilgan.
Abituriyentlar 21-dekabr kuni e'lon qilingan fanlar majmuasi bo'yicha o'qishga tayyorgarlik ko'rayotgan edi. Chunki ularning qo'lida huquqiy va nazariy asos bor edi. Endi esa juda ko'pchilik o'quvchilar oxirgi yangilangan majmua bo'yicha jabr ko'rmoqda.
Endi nima bo'ladi? Bir yosh avlod qolgan avloddek hukumatga nisbatan alam va qasos ruhida o'sadi. Avval ham shunday o'sgan, bundan keyin ham shunday o'sadi.
Shu absurdliklarni qilgan odamlarga qator savollarim bor:
1) Oxirida yo'nalishni yoparkansan, nega boshida shuni aytmading, nega shuncha o'quvchining bir yil vaqtini va pulini havoga sovurding. Qaysi biring o'quvchiga yutqazgan vaqtini va mablag'ini, asabini va mehnatini qaytarib bera olasan?!
2) Minglab yoshlarning taqdiri sizlarga o'yinchoqmi, ular tajriba quyonchasimi, nega yoshgina, ko'zi yonib turgan bolalarning intilishlari bilan o'ynashyapsizlar?!
3) Ertaga sizlarni deb normal o'quvchi o'qishdan yiqilsa yoki chegaralangan yo'nalishlarda defitsit yuzaga kelsa, ularga qanday yechim bera olasizlar?
4) Nega qarorlarni aynan imtihonga 1 oy qolganda e'lon qilasizlar, maktab shunchalik kuchli bilim bergan, o'quvchilar hamma narsaga qodir deb o'ylaysizlarmi?!
Bitta narsani bilib qo'ying: bu avlod hech qachon sizlarning ahmoqgarchiliklaringizni unutmaydi va kechirmaydi.

🔥138💯104👍62😢32❤11👏3
Yuqorida yopilgan yo'nalishlarga hech qanday e'tirozimiz yo'q. Yopilib, yo'q bo'p ketsin, lekin buni ertaroq aytish kerakmi? Avvalboshdan aytishganda edi, g'ing degan nomard edi. Ammo imtihonga bir oy qolganda hammasini rasvo qilish faqat bizga xos illat.
@Renessansstudy
@Renessansstudy
👍120💯67😢18🔥15❤5👏1😁1
Oliy ta'lim vazirligiga taklifim bor, inobatga olishsa, yaxshi bo'lar edi.
Bu yil uchun o'zga tilli guruhlarda rus tili yo'nalishi uchun qabul parametrlarini tasdiqlash lozim. Chunki bir necha yillar davomida shu yo'nalishga hujjat topshirish uchun tayyorlanayotgan minglab o'quvchilar mavjud. Ularning kelajagi va intilishlari bilan o'ynashish yaxshi emas. Har qalay, bu qorako'z abituriyentlarda zarracha ayb yo'q. Bu vaziyat faqatgina sizning aybingiz ortidan yuzaga chiqdi, uni bartaraf etib, o'zingizni oqlang.
Agar bunday qila olmasangiz, bizga tushuntirib bering: nega bu yo'nalish imtihonga bir oy qolganda yopildi? Aynan shu yo'nalishga topshirmoqchi bo'lgan minglab o'quvchilarning taqdiri nima bo'ladi? Nega bu yil bu o'quvchilarga imkon qilib bera olmaysiz, axir o'zimizning bolalar-ku, dushmanimiz arzandalari emas?!

👍157😢41💯35❤🔥7🔥6❤3
Forwarded from Xushnudbek.uz
Ta’limdagi tuzalmas kasallik haqida
#abituriyent
Biz ta’limda ko‘p yaxshi o‘zgarishlar qilyapmiz, ammo bir kasallikdan sira qutila olmayapmiz.
Bu ham bo‘lsa, deyarli har yili imtihonga juda kam vaqt qolganda yoki qabul boshlanib bo‘lgandan so‘ng, abituriyentlarga jiddiy ta’sir qiladigan keskin o‘zgarishlar qilishda davom etyapmiz. Bunday o‘zgarishlar kechi bilan o‘quv yilining boshidayoq e’lon qilinishi, abituriyentlar shunga qarab tayyorgarligini ko‘rishi haqida ming marta gapirganmiz, ammo hozircha befoyda.
Bugun e’lon qilingan yangilangan fanlar majmuasi ro‘yxati hamda ko‘plab yo‘nalishlarning qisqarib ketishi ham shu kabi noroziliklarga sabab bo‘lmoqda.
Nahotki jiddiy o‘zgarishlarni oldindan rejalashtirish imkonsiz? Masalan, avval test, so‘ngra tanlov tamoyili ancha avval e’lon qilindi, shu sababli bunga hech kim e’tiroz qilgani yo‘q, hamma ruhan tayyor edi. Yoki kelgusi o‘quv yilidan chet tili birinchi fan bo‘lgan yo‘nalishlarga faqat sertifikati borlargina topshira olishi haqidagi qaror ham oldindan barchaga e’lon qilindi, bu ham muammo tug‘dirmaydi.
Nega xuddi shu tarzda o‘yin qoidalarini oldindan e’lon qilish mumkin emas? Albatta imtihonga qisqa vaqt qolganda abituriyentlar va ularning ota-onalarini stressga tushirib, o‘zgarish qilish shartmi?
Bilaman, bu gaplarim baribir endi befoyda. "Yo‘nalishlar qisqarishining yomon tomoni yo‘q, o‘qigan bilimi o‘zi uchun, bilimiga mos boshqa yo‘nalishni tanlasin", deyishingiz ham mumkin. Fikringizda jon ham bordir, vahima qilishga arziydigan o‘zgarish ham emasdir balki. Ammo chetdan turib gapirish va baho berish oson, tanasi boshqa dard bilmas degandek.
Iltimos, hurmatli mas’ullar, o‘zgarishlar haqida oldinroq xabar berishni o‘rgansangiz, yanada aniqrog‘i imtihonga taqalgan payti biror jiddiy o‘zgarish qilishdan tiyilsangiz zo‘r ish bo‘lar edi.
👉 @xushnudbek 👈

👍143💯29❤🔥17🔥13👏8❤2🐳2😱1🥴1