O'zbek tili va adabiyoti (Davron Akbar bilan)
48.8K subscribers
1.34K photos
145 videos
438 files
680 links
Davron Akbarning sahifasiga xush kelibsiz!

Kanalda test kitoblarimiz haqida ma'lumot, sara testlar, shuningdek, ta'lim yangiliklari berib boriladi.

Manzil: Namangan viloyati

Donat: https://tirikchilik.uz/davronakbar

Reklama: @Renessansstudy_reklama
Download Telegram
Fan o'qituvchilariga ustama berish masalasida tushuntirishlar.

@Renessansstudy
👍47🔥4👏4
⚡️⚡️Insayderlarga ko'ra universitetlarning byudjet va kontrakt o'tish bali sezilarli ko'tarilishi kutilmoqda.

@Renessansstudy
😢141👍26😱14❤‍🔥108👏2
Davron Akbar (Ustama loyiha matni).pdf
239.3 KB
Milliy sertifikat haqidagi loyiha matni.

@Renessansstudy
🔥22👍15
Online kursimizga qabul davom etmoqda. Tez kunda qabulni yakunlaymiz.

@Renessansstudy
👍21😁3🔥1
Forwarded from Davron Akbar - anomal fikrlar ( 𝐃𝐚𝐯𝐫𝐨𝐧 𝐀𝐤𝐛𝐚𝐫)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Shu videoni ko'rib ko'zimdan yosh chiqib ketdi.

Cho'lpon "Kecha va kunduz" asarini yozdi. Hozirda "Kecha" qismi bor, lekin "Kunduz" qismi ma'lum emas. Aslidachi, kunduz bizmiz. Kunduz - hammamiz😢

@meningcha_blog
👍94😢14👏107🔥7💯6
1-iyundan ochiladigan online kursimizning 70 foizi to'ldi. Katta ehtimol bilan 3 kunda qabulimiz yakunlansa kerak.

Eslatib o'taman, bu kurs OTM ning kirish imtihonlariga tayyorlanayotgan abituriyentlar, shuningdek, perevodchilar hamda pedagoglar uchun mo'ljallangan. Barafsil ma'lumot kanalga qadab qo'yilgan.

Yana bir eslatma, joy band qilib qo'yishni so'ragan, lekin hali to'lov qilmagan o'quvchilar, tezroq harakatlanishingizni so'rayman. Aks holda, sizga yordam bera olmay qolishim mumkin.

@Renessansstudy
👍375🥰5❤‍🔥4
Ba'zida badiiy asarlardan faqat yodlashga qaratilgan testlarni ko'rib, muallifning ketgan vaqtiga achinib ketaman. Esiz shuncha mashaqqat, shuncha vaqt va umr.

@Renessansstudy
👏104👍38😢29🤔7🔥4💯31
Online kursimizning 80 foizi to'ldi.
👍35👏10🤣8🔥6🥰3❤‍🔥2👌1
Avgust imtihonii (leksikologiya tip-1).pdf
148.2 KB
⚡️⚡️Avgust imtihoni uchun tashkil etilgan online kursimizda berilgan test materiallaridan namuna.

Fan bo'yicha 30 talik testning dasturi, mavzusi va uning predmeti aniqlab olingan. Unda standart tiplar bo'yicha savollar shakllantirilmoqda.
Yuqoridagi savol tipi ham shu standart bo'yicha shakllantirilgan.

TIP - 1
Daraja - 2
Mavzu - leksikologiya
Predmet - so'zning shakl va ma'no munosabati

☝️Fayl olishda kanal nomiga manba bering.

@Renessansstudy
👍48💯54🤔3🔥2
Online guruhimizning 90 foizi to'ldi.

Murojaat:
@Davron_Akbar

Ma'lumotlar kanalda qadab qo'yilgan.
👍22😁10
Yangi o'quv yilidan boshlab "Dastur-A" va "Dastur-B" shaklidagi online darslarimizni yo'lga qo'yamiz.

"Dastur-A" haqida qisqacha ma'lumot.
Bu dasturda ona tili grammatikasi tushuntirilgan bir necha o'nlab darslar yopiq guruhga joylanadi. Abituriyent darslar joylangan yopiq guruhga to'lovni amalga oshirilgan holda a'zo bo'ladi va darsni ma'lum vaqt davomida tinglab o'rganadi.

"Dastur-B" haqida qisqacha ma'lumot.
Bu dasturda abituriyent to'lovni amalga oshirgan holda yopiq guruhga qo'shiladi va guruhga joylangan fayllarni tinglash orqali testning testologik asoslarini, shuningdek, test ishlash texnologiyasini, ilmiy matn, g'azal bilan ishlash texnikasini o'rganadi. Test ishlaydi va uning tahlillarini tinglaydi. Umumiy qilib aytganda, imtihon jarayoni uchun tayyorlanadi.

Demak:
Dastur-A - grammatika va adabiyotni noldan o'rganish;
Dastur-B - grammatikasi va adabiyoti tugagan abituriyentning imtihonga texnologik tayyorlash.

@Renessansstudy
🔥48👍41🥰2👏2❤‍🔥1
Online guruhimizning 95 foizi to'ldi.

Bir nechta o'rin qoldi, shu bilan qabulni yakunlaymiz.
👍354🤩3
Online guruhdan.

Quyidagi gapda qatnashgan olmoshlar haqidagi xato hukmni aniqlang. Quruq manman emas, har qalay, Bir shoirman oʻzimdan ogoh. Madhing boʻlsa har qancha qilay, Lekin faqat boʻlmayin maddoh.
Anonymous Quiz
19%
Olmoshning tuzulishiga ko’ra faqat ikki turi qatnashgan.
19%
Olmoshlar faqat ikkinchi darajali bo’lak vazifasida qo’llangan.
16%
Olmoshning faqat ikki xil ma’no turi qatnashgan.
47%
Shaxs o’rnida qo’llangan va unga ishora qilgan kishilik va o’zlik olmoshlari qatnashgan
🎉60👍297🥰3🔥2😁2👏1💯1
1-iyundan boshlanadigan online guruhimizga qabul yakunlandi.

E'lon berilgan postda rasman qabul 20-29-may kunlari bo'lishi haqida aytilgan edi. Lekin bizning qabul 20-mayga qolmay yakunlandi. Postda boshqacha, amaliyotda boshqacha holat yuz bergani uchun uzr so'raymiz.

20-maydan keyin to'lovni rejalashtirgan va bu borada haq bo'lgan talabgorlarga 10 ta alohida o'rin ajratamiz. Shu 10 talik o'rin yakunlangandan keyin qabulni butunlay to'xtatamiz.

Noqulayliklar uchun uzr so'rayman.

Online kursimiz haqidagi ma'lumotlar qadab qo'yilgan.

@Renessansstudy
👍312
Ona tili va adabiyotni tugatib, umumiy testlarga tushgan abituriyentlar va ustozlar diqqatiga!!!

30 talik test uchun muallifligimizda chiqqan "Umumiy variantlar" kitobini tavsiya etaman. Kitob jami 30 ta variantda tuzilgan va BBA standartiga tushirilgan.

Kitobning xususiyalari haqida:
1) Kitobdagi savollar imtihondagi savollar bilan shakliy tomondan ham, TIP tomondan ham, mohiyat tomonidan ham bir xil.
2) Kitobdagi testlarni ishlagan o'quvchilar avgust imtihoni va undagi savol darajasiga maksimal moslashadi.
3) Imtihondagi daraja bilan bir xilda ilmiy-ommabop, rasmiy hujjat va publisistik matnlar berilgan, bu matnlarni ishlash orqali imtihondagi matnlarga to'liq moslashiladi.
4) Imtihondagi g'azal tahlili (darslikda bor va yo'q baytlardan tushadi) ga oid testlar kiritilgan, buni ishlash orqali talabgor g'azal bilan ishlash ko'nikmasiga ega bo'ladi.
5) Kitobdagi savollar darajasi imtihondagi daraja bilan bir xil. Kitobdagi qiyinlik daraja imtihonda ham takrorlanadi.

Kitobdan namuna

@Renessansstudy
👍65🔥8❤‍🔥4
Нурбек ёзманг деса ҳам ёзяпман. ФИКРАТ таҳлилий дастурида ҳар куни 5-6 соат уникал (янги) кўрсатув тайёрланади. Бу эса кўрсатувда фойдаланиладиган камераларнинг катта юклама билан ишлашини билдиради. Шу кунларда дастурда фойдаланиладиган 3 та камерадан иккитасида жиддий муаммолар кузатилиб турибди. Биттаси ҳатто қаттиқ қизиб кетганидан ўчиб ҳам қоляпти. Айримлар ўйлаганидек кетма-кет рекламалар йўқ, ходимлар маоши асосан "Фикратонлайн" клуби семинарларидан. Техникага алоҳида маблағ ажратиш ҳозирча имконсиз. У эса эскиряпти. Агар кимда фойдаланилмай турган камера, объектив бўлса (вақтинчаликка бўлса ҳам, чунки мақсад фақат кўрсатув) ёки бошқа таклифлари бўлса @Nurbekgofurov га алоқага чиқишини сўраб қоламиз.

Мавжуд техника билан амалласа бўлади, лекин кўрсатувлар сифати бузилаётганини кўриб ёзишга қарор қилдим

@Hamid_Sodiq
👍33🤔5🔥3
Pedagoglarga ustama to'lash haqidagi qaror haqida ko'pchilik so'ragandi. Bugun surishtirdim.

Qaror muhokamasi yakunlangan va unga 5 mingdan ortiq takliflar berilgan. Hozirgi paytda qaror loyihasi ekspertlar tomonidan qayta ko'rib chiqilmoqda. Ularning o'rganishidan so'ng Adliya vazirligiga taqdim etiladi va qaror rasman kuchga kiradi.

Qo'shimcha qilinishicha, qaror rasman imzolangandan keyin oradan ikki oy o'tib sertifikat uchun ustama berish boshlanadi. Insayderning ta'kidlashicha, qaror 10 kunda tasdiqlanadi. Yana bir insayderning aytishicha, qaror tasdiqlanishi va ustama to'lanishi sentyabrga taqab borilishi mumkin ekan.

@Renessansstudy
🤣40❤‍🔥13👍11🥴6😁1
Yuqorida ta'kidlagan qaror loyihasi https://www.uzedu.uz saytiga yuklangan kundan e'tiboran rasman kuchga kiradi.

@Renessansstudy
❤‍🔥17🤣7👍6👏4
Online kursimiz uchun ro'yxatdan o'tgan talabgorlar diqqatiga!

Bir haftaga safarimiz boshlanayotgani uchun darslarimiz 5-iyun - chorshanba kunidan boshlanadi. Darsimiz boshlanishidan bir-ikki kun oldin yopiq guruhga qo'shaman.

Darslarimiz abituriyentlarning oxirgi imtihon kunigacha davom etadi.

@Renessansstudy
18👍15❤‍🔥6
Forwarded from Davron Akbar - anomal fikrlar ( 𝐃𝐚𝐯𝐫𝐨𝐧 𝐀𝐤𝐛𝐚𝐫)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Fresh tour" sayyohlik agentligi Namanganda ham o'z faoliyatini boshladi.

Xorijiy davlatlarga sayohat qilmoqchi bo'lganlar shu agentlikka murojaat qilishlari mumkin. Xizmat ko'rsatish, xodimlar muomalasi va narxlar judayam ajoyib holatda ekaniga guvoh bo'ldim.

Shukurullo domla boshchiligidagi bu agentlikka kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilab qolamiz.

Agentlik kanaliga ulanish uchun:
Asosiy kanal:
@freshtouruz
Namanganda:
@freshtour_namangan
Telefon:
+998948694444

@meningcha_blog
👍13❤‍🔥4
Forwarded from Xushnudbek.uz
⚡️Qabul 5-iyundan boshlanadi!!!

2024/2025 o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkazilishi belgilansin. Bunda:

a) abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi;

b) davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:

birinchi bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi. Bunda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yagona kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturlari va baholash mezonlari tegishli vazirliklar (idoralar) tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi;

o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi;

ikkinchi bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi.


👉 @xushnudbek 👈
👍52😱10👏3