O'zbek tili va adabiyoti (Davron Akbar bilan)
48.7K subscribers
1.34K photos
145 videos
438 files
680 links
Davron Akbarning sahifasiga xush kelibsiz!

Kanalda test kitoblarimiz haqida ma'lumot, sara testlar, shuningdek, ta'lim yangiliklari berib boriladi.

Manzil: Namangan viloyati

Donat: https://tirikchilik.uz/davronakbar

Reklama: @Renessansstudy_reklama
Download Telegram
⚡️⚡️Bu yil Bilimni baholash agentligi tomonidan ona tili va adabiyot fanidan test sinovlarining qiyinlik (osonlik) darajasi quyidagicha taqsimlanadi:

☝️Jami savollar: 30 ta.

👉 Oson daraja - 6 ta

👉 O'rtacha daraja - 18 ta

👉 Qiyin daraja - 6 ta.

Qiyin darajali testlar quyidagilardan tashkil topadi:
1) Sintaksis ( bosh va ikkinchi darajali bo'laklar va ularning o'zaro bog'lanishi)
2) Ilmiy matn (3 ta savol beriladi, ulardan bittasi qiyin darajali savol bo'ladi)
3) Publisistik matn ( ikkita savol beriladi, ulardan bittasi qiyin darajali savol bo'ladi)
4) Darslikda mavjud g'azal tahlili ( ikkita savol beriladi, ulardan bittasi qiyin darajali bo'ladi)
5) Darslikda mavjud bo'lmagan bayt tahlili ( uchta savol beriladi, ulardan biri qiyin darajada bo'ladi)
6) She'r tahlili (she'riy parcha beriladi va uning mazmuni so'raladi)

@renessansstudy
❤‍🔥37👍32😢9🔥6🤔5🤣4
Yil bo'yi o'qigan grammatikangiz va adabiyotingiz osmonga uchishini xohlamasangiz, ilmiy matn, publisistik matn va g'azal tahlilini yaxshi o'rganing. Ishoning, bu unsurlarsiz, hech qayerga borolmaysiz. Shu uch narsa umumiy testning 1/3 qismini tashkil etadi.

@Renessansstudy
51👍26❤‍🔥7🔥6👏6😢5
Avgust imtihonlari uchun juda ko'p abituriyent va pedagoglar kurs so'rab murojaat qilishyapti. Eslatib o'taman: bizda avgust imtihonlari uchun qabul yakunlangan. Ro'yxatdan o'tganlar esa 29-30-aprel kunlari yopiq guruhga qo'shiladilar. Ular uchun ajoyib syurpirizlarimiz bor😂

Grammatikasi endilikda tugaydiganlar uchun keyingi oy (1-iyun)dan boshlab kurs tashkillashtiramiz, nasib qilsa.

@Renessansstudy
👍37🔥97🥰5👏5
Online va offline kurslarda bir ajiik bor: offline kursda o'qituvchidan ko'ra o'quvchi ko'proq gapirishi kerak. Iloji bo'lsa, o'qituvchi deyarli gapirmasligi lozim. Onlineda esa o'quvchi gapirishi kerak emas. Uning tili ham, ko'zi ham - hammasi quloqqa aylanishi kerak. Online kursda o'quvchining ko'p gapirishi oxiri yaxshilik bilan tugamaydi.

IMHO

@Renessansstudy
😁116👍23❤‍🔥15🤣15👏11💯54🔥4🤔4🥰2
Forwarded from Davron Akbar - anomal fikrlar ( 𝐃𝐚𝐯𝐫𝐨𝐧 𝐀𝐤𝐛𝐚𝐫)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Maktabga borishdan butunlay qutilish yo'lini topishibdi. Juda ajoyib ekan, sinab ko'ringlar.

@meningcha_blog
🤣265🥴48👍11❤‍🔥9😢4🐳21😁1
G'alaba muborak, o'zbegim!!!

@Renessansstudy
👍185🤔3120🎉20🥰8👏8🔥6🐳2😁1
⚡️ Sertifikat va ustama maslasida yaxshi yangiliklar bor, kutib turinglar, ustozjonlar.

@Renessansstudy
👍83👏98🔥7
Baraka topkur insayderimning ta'kidlashicha, A va A+ dan tashqari B+ ga ham ustama berilishi nazarda tutilyapti ekan. Qolgan darajalarga ustama berilmasligi aniqroq. Boshqa tashkilotlardan ham vazirlikka so'rovlar tushyapti ekan. Yaqin kunlarda vazirlik ustama masalasi bo'yicha yo rasmiy qaror bilan yoki brifing bilan chiqish qilishi mumkin ekan. Kuzatamiz.

@Renessansstudy
82👍47😢17❤‍🔥9👏9🔥2
1-iyundan to imtihon kunigacha avgust imtihoni (DTM) uchun online kurs ochishni rejalashtirganmiz.

Qabul 20-maydan 29-maygacha davom etadi. Qo'shilish niyatidagilar qabul doirasida murojaat qilishingiz mumkin bo'ladi.

@Renessansstudy
👍358❤‍🔥6🔥3
Universitetga kirish uchun ostonada turgan yoshlarga juda ko'p gaplarim bor-u, lekin birpasda millat xoiniga chiqarvorishadi. Shuning uchun o'zimni maksimal darajada tiyib turibman.

Qisqasi, faqat va faqat ✈️✈️✈️

@Renessansstudy
👍118😁32🤔23❤‍🔥1111💯9🔥5👏5😱3🐳1
Tilchilardagi muammo tarix va fiziklarga ham o'tdi. Battar bo'linglar. Yaqinda kimyochilarda ham boshlanadi.

Ustama tayinlashni rasvo qilishdi😂


Qo'shni xotinlarni aytishiga qaraganda, tarix va fizikachilar ham B+ masalasida g'ala-g'ovur boshlashibdi.

@Renessansstudy
😁114🤣83👍119🔥7❤‍🔥1🤔1
Bugun online darsimizning kirish qismini o'tdik. Kirish darsida butunboshli imtihonning tuzilishini tushuntirdim. Rejalar tuzdik, maqsadlarni aniq-tiniq belgilab oldik.

Buyog'iga jiddiy ketamiz, nasib qilsa, darslar davomida nafaqat imtihonga talabgorlarni tayyorlash, balki yaxshi malakaga ega kadr sifatida shakllantirishga ham harakat qilamiz. Hozirgi universitetlardan foyda yo'q, kadr aksariyat bilimni abituriyentlikda olyapti. Shuning uchun imkon boricha hozirdan ularni kuchli kadr qilib tayyorlash niyatimiz bor.

@Renessansstudy
👍14915🤣10❤‍🔥9👏7💯4🥰2🐳2
6UukS1KAIWt68RGN7Wh2BmnVuhoFIXMx.pdf
591.1 KB
Ona tili va adabiyot fani o'qituvchilarining kasbiy sertifikatlash spertofikatsiyasi.

@Renessansstudy
👍315🐳5
1-yundan boshlanadigan Avgust imtihoni (DTM) uchun online kursimizga qabul 20-29-may kunlari bo'lib o'tishini eslatib o'taman.

O'sha payt qolib ketish ehtimoli bor talabgorlar hozirdan to'lov qilib, ro'yxatga yozdirib qo'yishlari mumkin.

Hozirda guruhimizning 40 foizi to'lib bo'lgan.

@Renessansstudy
👍1311😁5❤‍🔥4👏2
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi milliy sertifikat masalasida qaror chiqarishdan oldin rasmiy brifing o'tkazishini ma'lum qilmoqda.

Brifingda nafaqat milliy sertifikat masalasi, balki attestatsiya imtihoni masalasida ham ma'lumot beriladi.
Matbuot anjumani 7-may kuni soat 11 da bo'lib o'tadi.

Qaror uzoq vaqtdan beri e'lon qilinmayotganiga qator sabablar mavjud. Ularning eng asosiysi qaror faqat milliy sertifikat haqida emas, attetstatsiya, boshqa ustamalar, stajyorlik, toifa berish va boshqa ba'zi masalalar kiritilishidir. Bunga esa ko'proq vaqt talab etiladi. Buncha vaqt o'tgunicha vazirlik xodimi ( Sardor Rajabov va boshqalar) yuzaga kelgan barcha savollarga javob beradi.

Brifingdan nimalarni kutish mumkin? Xodimlar B+, A va A+ darajaga ustama berishni ta'kidlashi mumkin. Xususan, B+ daraja amal qilish muddati tugagandan so'ng bu darajaga ustama berish amaliyoti yakunlanishi mumkin.

2025-yil yanvardan boshlab pedagoglarga 50 foiz ustama berish amaliyoti ham yana ta'kidlanadi.

Kuzatamiz.

@Renessansstudy
👍40❤‍🔥8😢73
Oxirgi mujdalarga qaraladigan bo'lsa, imtihondan keyin grantga kirdi, kontraktga kirdi degan narsa butkul yo'qotiladi.

Universitetlar faqatgina o'tish chizig'ini belgilaydi. O'qishdagi smestrlarda yaxshi o'qigan talaba (joriy va oraliqlarni faqat 5 ga yopgan talaba) keyingi smestrgacha byudjetda o'qiydi. Keyingi smestrda esa boshqa talaba byudjetda o'qiydi. Ya'ni kim yaxshi bahoga o'qisa, o'sha talaba kontrakt to'lamaydi.

P/s: Ishqilib, paxtakash talabalar byudjet, haqiqatni aytadigan talabalar va anamaliya tipidagi talabalar kontrakt bo'p ketmasa bo'ldi😂

@Renessansstudy
🔥55😁48😢29👍18🤣11🤔4❤‍🔥11
Universitetda 4 yil o'qigan bebosh talaba sifatida aytishim mumkinki, bu tizim bizda aks ta'sir qiladi.

Chunki hozirgi ta'lim dargohlarida bilimli emas, ko'proq tartibli (forma kiyadi, ro'mol o'ramaydi, daftar-konspekt qiladi, o'qituvchining har qanday gapini so'zsiz bajaradi) talabalar qadrlanadi va ustozlarning aksariyati shundan kelib chiqib talabani baholaydi.

@Renessansstudy
💯106👍2620😢13❤‍🔥7🔥3😱3
Keys.

Domla: Davron, toshbaqa uchadi. Buni esingdan chiqarma. Kechasi ham uchadi, kunduzi ham uchadi.

Davron: Domla, kallangiz bilan urishib qolganmisiz. Toshbaqa qanaqasiga uchadi. U ucha olmaydi. Hayron qolamaneey, bu insonlar nima deyotganiga...

Domla: Menga gap qaytarma. Xonamda chiqib ket. Sendaqa axloqsiz talabalar ko'payib ketyapti. Bu yoshlar betga sapchiydi, ahmoq.

Domla: Ketmonjon, sen gapir, Toshbaqa uchadimi?

Ketmonjon: Ha, domla, Toshbaqa uchadi. Siz bizdan tajribalisiz. Toshbaqa sigaret chekadi desangiz, u chekadi ham. Qo'shiq ham aytadi. Uning nima qilishi bizga aytishingizga bog'liq, jonim domlajon!!!

Domla: Baraklla, talaba degan shunaqa bo'lsa-da, o'tir o'g'lim.

Starsa: Eshitdinglarmi, bu yil Davron kontraktda o'qirkan, anavi domlaga gap qaytargani uchun baho qo'yib bermabdi. O'rniga Ketmonjonni byudjetga o'tkazishibdi....

@Renessansstudy
😁207🤣207👍27😢22💯10🐳3😱21
Avgust imtihonlaridagi yangiliklar, milliy sertifikat haqida ma'lumotlar berdim. Eshitib ko'rishingizni maslahat beraman.

@Renessansstudy
👏62👍32🔥1413🥴9😁5