O'zbek tili va adabiyoti (Davron Akbar bilan)
48.6K subscribers
1.34K photos
145 videos
438 files
680 links
Davron Akbarning sahifasiga xush kelibsiz!

Kanalda test kitoblarimiz haqida ma'lumot, sara testlar, shuningdek, ta'lim yangiliklari berib boriladi.

Manzil: Namangan viloyati

Donat: https://tirikchilik.uz/davronakbar

Reklama: @Renessansstudy_reklama
Download Telegram
⚑️ Yangi haftada ustama bo'yicha aniq qaror qabul qilinishi kutilyapti.

Maktabgacha va maktab ta'lim vazirligining 2023-yil 28-iyuldagi 25-son qo'shma qaroriga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida hujjat qabul qilinishi kutilyapti.
Loyihani ishlab chiquvchi ba'zi insayderlarning ta'kidlashicha, ustama uchun fan pedagoglariga A va A+ daraja olishlari nazarda tutilgan.

"Rasmiy hujjat Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda e'lon qilinadi", - deb ta'kidlaydi insayder.

@Renessansstudy
πŸ‘25❀3😒2
Agar yuqoridagi holat tasdiqlansa, pedagoglarga juda katta adolatsizlik bo'ladi.

Qarorlar qabul qilinar ekan, har tomon hisobga olinishi kerak. Mintalitet, oila, oilaviy yumushlar, o'zbek pedagogikasi, ta'lim sifati, maktabdagi muhit, oylik maoshlar, o'z ustida ishlashga sabab bo'ladigan tabiiy va sun'iy simpatiyalar, ish joyidagi byurokratiya - hammasi hisobga olinishi lozim.

O'zbek o'qituvchisi Amerika o'qituvchisi emas. Bizda ta'limga to'sqinlik qiladigan omillar tiqilib yotibdi, undan ortib, B+ daraja olish katta natija.

Loyihani boshqatdan ko'rib chiqinglar, qonuniy, lekin adolatsiz hukm qilmanglar, baraka topkurlar.

@Renessansstudy
πŸ‘88πŸ”₯5
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi o'z pedagoglarini himoya qilishi lozim. Ha, aynan bu vazirlik o'z xodimlarining iqtisodiy baquvvat bo'lishi uchun jon kuydirishi kerak.

Aslida vazirlik nega tuziladi, o'z xodimlarini urish-janjal qilib bo'lsa ham, manfaatini ta'minlab berishi kerak.

"Nega allanbalo sohalarga katta pul ajratadi, mening xodimlarimga oylik past. Nega sportga katta-katta mukofotlar, mening xodimlarimga faxriy yorliq. Beringlar, bizning tizimga pulni, ko'taringlar oyliklarni, pedagoglarni mavqeyini oshiringlar" , - deya vazir minbarda janjal qilishi kerak aslida.

Ana shunda vazirlik o'z kuchini ko'rsatadi, ana shunda pedagoglarda ham shijoat uyg'onadi.

@Renessansstudy
πŸ‘79πŸ”₯11πŸ’―8πŸ‘5
Masalani boshqa rakursdan ham qarash lozim.

Loyihalar odatda o'zgartiriladi. Masalahatlashuvlar, ekspertlar bilan suhbatlar, oxirgi pedagogik statistikalar o'rganiladi. Oxirida Moliya vazirligi bilan kelishib, uzil-kesil qaror qabul qilinadi.

Vazirlikning oxirgi gapini kutgan ma'qul. Balki, o'zgartirilar.

Prezidentning 2025-yilgacha pedagoglarning oyligini $1000 ga chiqarish strategiyasi bor. Buni amalga oshirilishida ham sertifikat tizimi muhim. Hech qachon oyliklar birdaniga ming dollarga chiqib qolmaydi, ustamalar bilan shunchaga yetadi.

Kutamiz, qadrdonlar, faqat kutamiz.

@Renessansstudy
πŸ€”32πŸ‘23😒6πŸ‘5
O'zbek tili va adabiyoti (Davron Akbar bilan)
⚑️⚑️Abituriyentlar va o'qituvchilar diqqatiga! πŸ“† Biz 1-maydan boshlab to imtihon kunigacha DTM uchun online kurs ochishni rejalashtiryapmiz. πŸ–‡ Intensiv kursimizni keng doirada amalga oshirmoqchimiz. Buning uchun bizga grammatikasi tugagan abituriyentlar…
⚑️Online guruhimizga qabul yakunlandi.

Ro'yxatdan o'tgan o'quvchilar 29-30-aprel kunlari yopiq guruhga qo'shiladi.

Darslar 1-maydan boshlanadi va imtihon kunigacha davom etadi. Dastur bo'yicha darslar barcha talabgorlar uchun oxirgi DTM (avgust) imtihoni kunigacha davom etadi.

@Renessansstudy
πŸ‘23😒8πŸ’―4😁2πŸ‘Œ1
Masalan, menga "Shtriunus" degan ovqat yoqmasa, darrov shu ovqatni sotib olishdan butunlay bosh tortaman. O'sha ovqatni menga yoqadigan darajaga keltirishmaguncha umuman sotib olmayman. Boshqalarni ham sotib olishdan qaytarishga harakat qilaman. Och qolib ketishdan qo'rqadigan bir-ikkita "ovqatparvarlar" ni hisobga olmasa, hamma yoppasiga bu ovqatni yemaslik haqida qaror qiladi. Natijada "Shtriunus" ovqatini tayyorlovchilarning bozori kasodga uchraydi. Ular yo ovqatni hammaga yoqadigan qilib berishadi, yo butunlay ovqat ishlab chiqarishni to'xtatishadi.

Bu usul Yevropa va Shimoliy Amerika davlatlarida faol qo'llanadi. Lekin MDH davlatlarida sust rivojlangan.

Qisqasi, parhez qilinglar. Semirib ketasizlar. Parhez qilmasalaring, oshpazlarni semirtirasizlar.

Enton Sorrebyning "Nima qilib qo'yding, Sherzod" romanidan)

@Renessansstudy
😁86πŸ‘35🀣26πŸ”₯14
Forwarded from Xushnudbek.uz
Oβ€˜qituvchilarga ustama olish uchun beriladigan milliy sertifikat yuzasidan

Shu kunlarda koβ€˜plab oβ€˜qituvchilar tomonidan murojaatlar kelib tushmoqda. Unga koβ€˜ra, ustama olish uchun milliy sertifikat testidan oβ€˜tib, tegishli ball toβ€˜plagan oβ€˜qituvchilar ayrim tushunmovchilikka duch kelishmoqda.

Ya’ni avvallari milliy sertifikat uchun test natijalari 100 ballik reytingda chiqarilardi, endilikda BMB testlar natijalarini hisoblashda Rash modeliga oβ€˜tdi (batafsil).

Ammo oβ€˜qituvchilarga ustama berishga oid hujjatlarda eski shkala qolib ketgani, hali hujjat yangilanmagani uchun tushunmovchilik yuzaga keldi.

Mazkur masalada Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ullari bilan bogβ€˜landim va masalaga oydinlik kiritishga harakat qildim.

Vazirlik ushbu muammodan xabardor hamda yechim sifatida amaldagi qonun hujjatlariga oβ€˜zgarish kiritish haqidagi loyiha ishlab chiqilgan. Hozirda hujjat loyihasi tegishli tashkilotlar bilan kelishilib, eskpertiza uchun Adliya vazirligiga kiritilgan.

Yangi loyihaga koβ€˜ra, avvalgi hisoblash tizimida olingan milliy sertifikatlar uchun 80 balldan yuqori ball olganlarga ustama belgilanadi. Yangi Rash modelida esa A va A+ darajadagi sertifikat uchun ustama berish rejalashtirilmoqda.

Boshlangβ€˜ich ta’lim (matematika va ona tili va adabiyot) yoβ€˜nalishi uchun esa avvalgi hisoblash tizimida 60 ball olganlarga, yangi Rash modelida esa C+ yoki undan yuqori darajadagi sertifikat uchun ustama berish rejalashtirilgan.

Albatta, bu hali loyiha xolos. Hozircha tasdiqlangani yoβ€˜q.

❗️Taklif: oβ€˜qituvchilarga ustama berish uchun talab etiladigan darajani avvalgidan koβ€˜tarib qoβ€˜yilishi (har holda bir qarashda shunday tuyilmoqda), oβ€˜qituvchilar orasida noroziliklarni keltirib chiqaryapti. Bu boβ€˜yicha ijtimoiy tarmoqlarda e’tirozlar yozilmoqda. Mas’ullar B+ daraja uchun ham ustama berish variantini koβ€˜rib chiqishi maqsadga muvofiq.

β€œSavollar oson, bu test aslida abituriyentlar uchun” degan vajlar oβ€˜tmaydi. Bunda oβ€˜qituvchilarning aybi yoβ€˜q. Oβ€˜qituvchiga mos imtihon tashkil qila olmayotganlarning muammosi bu aslida.


πŸ‘‰ @xushnudbek πŸ‘ˆ
πŸ‘51πŸ‘8❀‍πŸ”₯6
#pedagoglarga_yordam
#biz_bir_kuchmiz

Hurmatli pedagoglar, hamma birlashsin, biz bir kuchmiz. Qaysi tashkilot bo'lishidan qat'iy nazar murojaat qiling, pedagoglarning manfaati uchun ariza qoldiring.

Barcha blogerlar, ijtimoiy tarmoq faollari o'z sahifasida e'lon qilsin.

Quyida rasmiy tashkilotlarning telefon raqamlarini qoldiraman, murojaat qilib, ariza qoldiringlar:

1) O'zbekiston Prezidentiga murojaat uchun (matbuot xizmati) - 1000
2) Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi - (71) 202 09 09
3) Inson huquqlari bo'yicha Ombudsman - (71) 200 10 96
4) O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati - (78) 238 28 04
5) Bosh Vazir qabulxonasi - (0 800) 210 00 00

@Renessansstudy
πŸ‘78πŸ”₯22πŸ‘6
Esseni butunlay yo'qotib, 45 ta savolni ham test qilishsin-da, keyin ustamaga 90 foiz qip qo'yishsin, aksariyat o'qituvchilar bemalol bu ballni to'play oladi.

Esse hammasini rasvo qilyapti. Esse mutaxassislari va ularning esse tekshirish bo'yicha malakasiga shubha ko'zi bilan qarayman. Hali, Xudo biladi, bular qanday tekshiryapti ekan.

Normal maktab o'qituvchisi esse bilan A daraja olish nihoyatda mushkul masala.

@Renessansstudy
πŸ‘141πŸ’―36πŸ‘14🀣14❀9❀‍πŸ”₯3πŸ”₯3πŸ€”3
Attestatsiya imtihoniga kiruvchilar uchun foydali maslahatlar.

1) "Alpomish" dostonini o'qib qo'ying.
2) "Turkiylar" she'rini tahlil qiling.
3) "Temir xotin" dramasiga e'tiborliroq bo'ling.
4) "Hamlet", "Garov" asarlarini o'qib qo'ying.
5) "O'g'ri" hikoyasiga qarab qo'ying.
6) "Ustina" g'azalining tahlil qismiga qarab qo'ying.
7) "Qutadg'u bilig" asaridagi qahramonlarga qarab qo'ying.
8) "O'landan so'r" g'azaliga qarab qo'yinglar.
9) "Farhod va Shirin" dostoniga qarab qo'ying.
10) "Ufq" va "Chinor" romanlariga qarab qo'ying.

@Renessansstudy
πŸ‘87❀12πŸ‘8πŸŽ‰1
Avvallari abituriyentning xotirasini sinashar edi, endilikda pedagoglarnikini sinashyapti. O'zbekistonda Biliimni baholash agentligidan boshqa joyda testologiya o'lib bo'lgan. Jin ursin.

@Renessansstudy
πŸ‘68😁22❀‍πŸ”₯5❀5πŸ”₯4
Adabiyotdan tushayotgan savollarni eshitib, g'azabim qo'ziyapti.

Qaysidir asarning tarjimonini aniqlash o'qituvchining bilim darajasini sinaydimi? Asarga qo'yilgan epigraf kerakmi yoki asar ichidagi ma'nomi?

@Renessansstudy
πŸ‘103😁9❀‍πŸ”₯6❀6πŸ€”5πŸ‘4🀣1
Har qanday imtihon uchun test tayyorlanadi. Shu tayyorlangan test savollarini kim shakllantiryapti, pedagogning qaysi ko'nikmasi qanday usulda tekshirilyapti? Test shakllantirayotgan insonlar testologik ilmi bormi? Ilmi bor bo'lsa, nega bunchalik saviyasiz testlar tuzilyapti?

Bu testlar kallasi bor odamlar tomonidan ekspertiza qilinganmi?
Agar qilingan bo'lsa, ijodkorning hayot va ijodi, tarjimalari, yozgan asarlari bugungi kun uchun pashachalik ahamiyati yo'q ekanini, bor e'tibor asarning badiiy, g'oyaviy xususiyatlariga qaratilishini nahot tushunishmagan bo'lsa?!

@Renessansstudy
πŸ‘95❀‍πŸ”₯15πŸ₯΄14😁9πŸ”₯8❀2😒2
Insayd ma'lumotlarga ko'ra B+ darajaga ustama berilmasligi haqidagi qaror loyihasi to'xtatib qo'yilgan. Qayta ko'rib chiqish uchun qaytarilgan.

Insayderning ta'kidlashicha, bundan ikki xil maqsad ko'zlangan bo'lishi mumkin: birinchisi, vaziyatni biroz yumshatib, pedagoglarning ijtimoiy faolligi susaygan paytda e'lon qilish, ikkinchisi, B+ darajaga ham ustama berish.

Insayder ikkinchi ehtimol haqiqatga yaqinroq ekanini ta'kidlamoqda. Uning tasdiqlanmagan ba'zi ma'lumotlarni sizdirishicha, rahbariyat tomonidan Bilimni baholash agentligiga savollardagi pedagogik darajani aniqlash bo'yicha ayrim tavsiyalar ham berilgan.

@Renessansstudy
πŸ‘72😁8❀5πŸ”₯5
⚑️⚑️Bu yil Bilimni baholash agentligi tomonidan ona tili va adabiyot fanidan test sinovlarining qiyinlik (osonlik) darajasi quyidagicha taqsimlanadi:

☝️Jami savollar: 30 ta.

πŸ‘‰ Oson daraja - 6 ta

πŸ‘‰ O'rtacha daraja - 18 ta

πŸ‘‰ Qiyin daraja - 6 ta.

Qiyin darajali testlar quyidagilardan tashkil topadi:
1) Sintaksis ( bosh va ikkinchi darajali bo'laklar va ularning o'zaro bog'lanishi)
2) Ilmiy matn (3 ta savol beriladi, ulardan bittasi qiyin darajali savol bo'ladi)
3) Publisistik matn ( ikkita savol beriladi, ulardan bittasi qiyin darajali savol bo'ladi)
4) Darslikda mavjud g'azal tahlili ( ikkita savol beriladi, ulardan bittasi qiyin darajali bo'ladi)
5) Darslikda mavjud bo'lmagan bayt tahlili ( uchta savol beriladi, ulardan biri qiyin darajada bo'ladi)
6) She'r tahlili (she'riy parcha beriladi va uning mazmuni so'raladi)

@renessansstudy
❀‍πŸ”₯37πŸ‘32😒9πŸ”₯6πŸ€”5🀣4
Yil bo'yi o'qigan grammatikangiz va adabiyotingiz osmonga uchishini xohlamasangiz, ilmiy matn, publisistik matn va g'azal tahlilini yaxshi o'rganing. Ishoning, bu unsurlarsiz, hech qayerga borolmaysiz. Shu uch narsa umumiy testning 1/3 qismini tashkil etadi.

@Renessansstudy
❀51πŸ‘26❀‍πŸ”₯7πŸ”₯6πŸ‘6😒5
Avgust imtihonlari uchun juda ko'p abituriyent va pedagoglar kurs so'rab murojaat qilishyapti. Eslatib o'taman: bizda avgust imtihonlari uchun qabul yakunlangan. Ro'yxatdan o'tganlar esa 29-30-aprel kunlari yopiq guruhga qo'shiladilar. Ular uchun ajoyib syurpirizlarimiz borπŸ˜‚

Grammatikasi endilikda tugaydiganlar uchun keyingi oy (1-iyun)dan boshlab kurs tashkillashtiramiz, nasib qilsa.

@Renessansstudy
πŸ‘37πŸ”₯9❀7πŸ₯°5πŸ‘5
Online va offline kurslarda bir ajiik bor: offline kursda o'qituvchidan ko'ra o'quvchi ko'proq gapirishi kerak. Iloji bo'lsa, o'qituvchi deyarli gapirmasligi lozim. Onlineda esa o'quvchi gapirishi kerak emas. Uning tili ham, ko'zi ham - hammasi quloqqa aylanishi kerak. Online kursda o'quvchining ko'p gapirishi oxiri yaxshilik bilan tugamaydi.

IMHO

@Renessansstudy
😁116πŸ‘23❀‍πŸ”₯15🀣15πŸ‘11πŸ’―5❀4πŸ”₯4πŸ€”4πŸ₯°2
Forwarded from Davron Akbar - anomal fikrlar (β˜ͺ πƒπšπ―π«π¨π§ π€π€π›πšπ«)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Maktabga borishdan butunlay qutilish yo'lini topishibdi. Juda ajoyib ekan, sinab ko'ringlar.

@meningcha_blog
🀣265πŸ₯΄48πŸ‘11❀‍πŸ”₯9😒4🐳2❀1😁1
G'alaba muborak, o'zbegim!!!

@Renessansstudy
πŸ‘185πŸ€”31❀20πŸŽ‰20πŸ₯°8πŸ‘8πŸ”₯6🐳2😁1
⚑️ Sertifikat va ustama maslasida yaxshi yangiliklar bor, kutib turinglar, ustozjonlar.

@Renessansstudy
πŸ‘83πŸ‘9❀8πŸ”₯7