O'zbek tili va adabiyoti (Davron Akbar bilan)
48.6K subscribers
1.34K photos
145 videos
438 files
680 links
Davron Akbarning sahifasiga xush kelibsiz!

Kanalda test kitoblarimiz haqida ma'lumot, sara testlar, shuningdek, ta'lim yangiliklari berib boriladi.

Manzil: Namangan viloyati

Donat: https://tirikchilik.uz/davronakbar

Reklama: @Renessansstudy_reklama
Download Telegram
Pedagoglarni o'z ustida ishlashga, ularni yanada jonlantirishga turtki bo'lgan milliy sertifikatga rahmat.

Sezyapsizmi, shu sefr bahona juda ko'p ustozlar uyg'ondi, yanada takomillashdi, ilm muhitiga yanada o'zini faol urdi. Bu quvonarli holat.

Sefr ololmgan pedagog keyingi safargi imtihonda aniq olaman deb ahd qilishining o'zi katta yutuq.

Ustozlar, biz uyg'onsak, bolalar uyg'onadi, biz zo'r bo'lsak, bolalar ham zo'r bo'ladi. Astoydil bo'laylik. Biz to'g'ri yo'lga tushyapmiz.

@Renessansstudy
138👍71💯18🔥11🤣7👏3👌3
Milliy sertifikat uchun online kurs so'rayotganlar diqqatiga!

Keyingi imtihon kuzda bo'ladi. Biz imtihondan ikki oy oldin kurs ochamiz.

Unda grammatikasi tugagan abituriyentlar va ustozlar qatnashishi mumkin bo'ladi.

Hozirdan to avgustgacha bizda faqat
DTM guruhi mavjud bo'ladi.

Grammatikasini mustahkamlab olmoqchi bo'lgan talabgorlar bu guruhda o'qib tursa bo'ladi.

Bizning online sefr kursimizga qatnashish niyatida bo'lganlarga 40 ta badiiy adabiyotni o'qib turish tavsiya etiladi.

@Renessansstudy
👍45🔥459🥰9
Avgust imtihoni uchun ochilayotgan online guruhimizga ro'yxatdan o'tganlar diqqatiga!

To'lov qilib, ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz, sizni 29-aprel kuni yopiq guruhga qo'shaman. 1-maydan esa darslarni dastur bo'yicha boshlaymiz.

@Renessansstudy
👍687😢3
Avgust imtihoni (DTM) uchun 1-maydan ochilayotgan online guruhimizning 90 foizi to'ldi.

@Renessansstudy
👍608😢8
😁62🤣32🥴9👍7🥰2🤔2
O'zbek tili va adabiyoti (Davron Akbar bilan)
⚡️⚡️Abituriyentlar va o'qituvchilar diqqatiga! 📆 Biz 1-maydan boshlab to imtihon kunigacha DTM uchun online kurs ochishni rejalashtiryapmiz. 🖇 Intensiv kursimizni keng doirada amalga oshirmoqchimiz. Buning uchun bizga grammatikasi tugagan abituriyentlar…
Online guruhimizning 95 foizi to'ldi.

Qadrdonlar, menimcha, bugun qabul yakunlansa kerak. Joy band qilishni so'ragan insonlar, uzr so'rayman, qabulni yopishga majbur bo'lyapman, chunki guruhimiz to'lib boryapti.

Ogohlantirib qo'ymabsiz, deb xafa bo'lmanglar.

@Renessansstudy
👍31😁146😢6
Bizning nomimizdan sizga yozishsa, ishonmang. Menda admin yo'q, faqat o'zim ishlayman. Mening nomimdan kim aloqaga chiqsa, guruhga qo'shilishni taklif qilsa, ishonmang.

Bizning faoliyatda faqat
@Davron_Akbar accountigina qabul va online kursni amalga oshiradi.

@Renessansstudy
👍67💯6🔥4
⚡️ Yangi haftada ustama bo'yicha aniq qaror qabul qilinishi kutilyapti.

Maktabgacha va maktab ta'lim vazirligining 2023-yil 28-iyuldagi 25-son qo'shma qaroriga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida hujjat qabul qilinishi kutilyapti.
Loyihani ishlab chiquvchi ba'zi insayderlarning ta'kidlashicha, ustama uchun fan pedagoglariga A va A+ daraja olishlari nazarda tutilgan.

"Rasmiy hujjat Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda e'lon qilinadi", - deb ta'kidlaydi insayder.

@Renessansstudy
👍253😢2
Agar yuqoridagi holat tasdiqlansa, pedagoglarga juda katta adolatsizlik bo'ladi.

Qarorlar qabul qilinar ekan, har tomon hisobga olinishi kerak. Mintalitet, oila, oilaviy yumushlar, o'zbek pedagogikasi, ta'lim sifati, maktabdagi muhit, oylik maoshlar, o'z ustida ishlashga sabab bo'ladigan tabiiy va sun'iy simpatiyalar, ish joyidagi byurokratiya - hammasi hisobga olinishi lozim.

O'zbek o'qituvchisi Amerika o'qituvchisi emas. Bizda ta'limga to'sqinlik qiladigan omillar tiqilib yotibdi, undan ortib, B+ daraja olish katta natija.

Loyihani boshqatdan ko'rib chiqinglar, qonuniy, lekin adolatsiz hukm qilmanglar, baraka topkurlar.

@Renessansstudy
👍88🔥5
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi o'z pedagoglarini himoya qilishi lozim. Ha, aynan bu vazirlik o'z xodimlarining iqtisodiy baquvvat bo'lishi uchun jon kuydirishi kerak.

Aslida vazirlik nega tuziladi, o'z xodimlarini urish-janjal qilib bo'lsa ham, manfaatini ta'minlab berishi kerak.

"Nega allanbalo sohalarga katta pul ajratadi, mening xodimlarimga oylik past. Nega sportga katta-katta mukofotlar, mening xodimlarimga faxriy yorliq. Beringlar, bizning tizimga pulni, ko'taringlar oyliklarni, pedagoglarni mavqeyini oshiringlar" , - deya vazir minbarda janjal qilishi kerak aslida.

Ana shunda vazirlik o'z kuchini ko'rsatadi, ana shunda pedagoglarda ham shijoat uyg'onadi.

@Renessansstudy
👍79🔥11💯8👏5
Masalani boshqa rakursdan ham qarash lozim.

Loyihalar odatda o'zgartiriladi. Masalahatlashuvlar, ekspertlar bilan suhbatlar, oxirgi pedagogik statistikalar o'rganiladi. Oxirida Moliya vazirligi bilan kelishib, uzil-kesil qaror qabul qilinadi.

Vazirlikning oxirgi gapini kutgan ma'qul. Balki, o'zgartirilar.

Prezidentning 2025-yilgacha pedagoglarning oyligini $1000 ga chiqarish strategiyasi bor. Buni amalga oshirilishida ham sertifikat tizimi muhim. Hech qachon oyliklar birdaniga ming dollarga chiqib qolmaydi, ustamalar bilan shunchaga yetadi.

Kutamiz, qadrdonlar, faqat kutamiz.

@Renessansstudy
🤔32👍23😢6👏5
O'zbek tili va adabiyoti (Davron Akbar bilan)
⚡️⚡️Abituriyentlar va o'qituvchilar diqqatiga! 📆 Biz 1-maydan boshlab to imtihon kunigacha DTM uchun online kurs ochishni rejalashtiryapmiz. 🖇 Intensiv kursimizni keng doirada amalga oshirmoqchimiz. Buning uchun bizga grammatikasi tugagan abituriyentlar…
⚡️Online guruhimizga qabul yakunlandi.

Ro'yxatdan o'tgan o'quvchilar 29-30-aprel kunlari yopiq guruhga qo'shiladi.

Darslar 1-maydan boshlanadi va imtihon kunigacha davom etadi. Dastur bo'yicha darslar barcha talabgorlar uchun oxirgi DTM (avgust) imtihoni kunigacha davom etadi.

@Renessansstudy
👍23😢8💯4😁2👌1
Masalan, menga "Shtriunus" degan ovqat yoqmasa, darrov shu ovqatni sotib olishdan butunlay bosh tortaman. O'sha ovqatni menga yoqadigan darajaga keltirishmaguncha umuman sotib olmayman. Boshqalarni ham sotib olishdan qaytarishga harakat qilaman. Och qolib ketishdan qo'rqadigan bir-ikkita "ovqatparvarlar" ni hisobga olmasa, hamma yoppasiga bu ovqatni yemaslik haqida qaror qiladi. Natijada "Shtriunus" ovqatini tayyorlovchilarning bozori kasodga uchraydi. Ular yo ovqatni hammaga yoqadigan qilib berishadi, yo butunlay ovqat ishlab chiqarishni to'xtatishadi.

Bu usul Yevropa va Shimoliy Amerika davlatlarida faol qo'llanadi. Lekin MDH davlatlarida sust rivojlangan.

Qisqasi, parhez qilinglar. Semirib ketasizlar. Parhez qilmasalaring, oshpazlarni semirtirasizlar.

Enton Sorrebyning "Nima qilib qo'yding, Sherzod" romanidan)

@Renessansstudy
😁86👍35🤣26🔥14
Forwarded from Xushnudbek.uz
O‘qituvchilarga ustama olish uchun beriladigan milliy sertifikat yuzasidan

Shu kunlarda ko‘plab o‘qituvchilar tomonidan murojaatlar kelib tushmoqda. Unga ko‘ra, ustama olish uchun milliy sertifikat testidan o‘tib, tegishli ball to‘plagan o‘qituvchilar ayrim tushunmovchilikka duch kelishmoqda.

Ya’ni avvallari milliy sertifikat uchun test natijalari 100 ballik reytingda chiqarilardi, endilikda BMB testlar natijalarini hisoblashda Rash modeliga o‘tdi (batafsil).

Ammo o‘qituvchilarga ustama berishga oid hujjatlarda eski shkala qolib ketgani, hali hujjat yangilanmagani uchun tushunmovchilik yuzaga keldi.

Mazkur masalada Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ullari bilan bog‘landim va masalaga oydinlik kiritishga harakat qildim.

Vazirlik ushbu muammodan xabardor hamda yechim sifatida amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgarish kiritish haqidagi loyiha ishlab chiqilgan. Hozirda hujjat loyihasi tegishli tashkilotlar bilan kelishilib, eskpertiza uchun Adliya vazirligiga kiritilgan.

Yangi loyihaga ko‘ra, avvalgi hisoblash tizimida olingan milliy sertifikatlar uchun 80 balldan yuqori ball olganlarga ustama belgilanadi. Yangi Rash modelida esa A va A+ darajadagi sertifikat uchun ustama berish rejalashtirilmoqda.

Boshlang‘ich ta’lim (matematika va ona tili va adabiyot) yo‘nalishi uchun esa avvalgi hisoblash tizimida 60 ball olganlarga, yangi Rash modelida esa C+ yoki undan yuqori darajadagi sertifikat uchun ustama berish rejalashtirilgan.

Albatta, bu hali loyiha xolos. Hozircha tasdiqlangani yo‘q.

❗️Taklif: o‘qituvchilarga ustama berish uchun talab etiladigan darajani avvalgidan ko‘tarib qo‘yilishi (har holda bir qarashda shunday tuyilmoqda), o‘qituvchilar orasida noroziliklarni keltirib chiqaryapti. Bu bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda e’tirozlar yozilmoqda. Mas’ullar B+ daraja uchun ham ustama berish variantini ko‘rib chiqishi maqsadga muvofiq.

Savollar oson, bu test aslida abituriyentlar uchun” degan vajlar o‘tmaydi. Bunda o‘qituvchilarning aybi yo‘q. O‘qituvchiga mos imtihon tashkil qila olmayotganlarning muammosi bu aslida.


👉 @xushnudbek 👈
👍51👏8❤‍🔥6
#pedagoglarga_yordam
#biz_bir_kuchmiz

Hurmatli pedagoglar, hamma birlashsin, biz bir kuchmiz. Qaysi tashkilot bo'lishidan qat'iy nazar murojaat qiling, pedagoglarning manfaati uchun ariza qoldiring.

Barcha blogerlar, ijtimoiy tarmoq faollari o'z sahifasida e'lon qilsin.

Quyida rasmiy tashkilotlarning telefon raqamlarini qoldiraman, murojaat qilib, ariza qoldiringlar:

1) O'zbekiston Prezidentiga murojaat uchun (matbuot xizmati) - 1000
2) Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi - (71) 202 09 09
3) Inson huquqlari bo'yicha Ombudsman - (71) 200 10 96
4) O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati - (78) 238 28 04
5) Bosh Vazir qabulxonasi - (0 800) 210 00 00

@Renessansstudy
👍78🔥22👏6
Esseni butunlay yo'qotib, 45 ta savolni ham test qilishsin-da, keyin ustamaga 90 foiz qip qo'yishsin, aksariyat o'qituvchilar bemalol bu ballni to'play oladi.

Esse hammasini rasvo qilyapti. Esse mutaxassislari va ularning esse tekshirish bo'yicha malakasiga shubha ko'zi bilan qarayman. Hali, Xudo biladi, bular qanday tekshiryapti ekan.

Normal maktab o'qituvchisi esse bilan A daraja olish nihoyatda mushkul masala.

@Renessansstudy
👍141💯36👏14🤣149❤‍🔥3🔥3🤔3
Attestatsiya imtihoniga kiruvchilar uchun foydali maslahatlar.

1) "Alpomish" dostonini o'qib qo'ying.
2) "Turkiylar" she'rini tahlil qiling.
3) "Temir xotin" dramasiga e'tiborliroq bo'ling.
4) "Hamlet", "Garov" asarlarini o'qib qo'ying.
5) "O'g'ri" hikoyasiga qarab qo'ying.
6) "Ustina" g'azalining tahlil qismiga qarab qo'ying.
7) "Qutadg'u bilig" asaridagi qahramonlarga qarab qo'ying.
8) "O'landan so'r" g'azaliga qarab qo'yinglar.
9) "Farhod va Shirin" dostoniga qarab qo'ying.
10) "Ufq" va "Chinor" romanlariga qarab qo'ying.

@Renessansstudy
👍8712👏8🎉1
Avvallari abituriyentning xotirasini sinashar edi, endilikda pedagoglarnikini sinashyapti. O'zbekistonda Biliimni baholash agentligidan boshqa joyda testologiya o'lib bo'lgan. Jin ursin.

@Renessansstudy
👍68😁22❤‍🔥55🔥4
Adabiyotdan tushayotgan savollarni eshitib, g'azabim qo'ziyapti.

Qaysidir asarning tarjimonini aniqlash o'qituvchining bilim darajasini sinaydimi? Asarga qo'yilgan epigraf kerakmi yoki asar ichidagi ma'nomi?

@Renessansstudy
👍103😁9❤‍🔥66🤔5👏4🤣1
Har qanday imtihon uchun test tayyorlanadi. Shu tayyorlangan test savollarini kim shakllantiryapti, pedagogning qaysi ko'nikmasi qanday usulda tekshirilyapti? Test shakllantirayotgan insonlar testologik ilmi bormi? Ilmi bor bo'lsa, nega bunchalik saviyasiz testlar tuzilyapti?

Bu testlar kallasi bor odamlar tomonidan ekspertiza qilinganmi?
Agar qilingan bo'lsa, ijodkorning hayot va ijodi, tarjimalari, yozgan asarlari bugungi kun uchun pashachalik ahamiyati yo'q ekanini, bor e'tibor asarning badiiy, g'oyaviy xususiyatlariga qaratilishini nahot tushunishmagan bo'lsa?!

@Renessansstudy
👍95❤‍🔥15🥴14😁9🔥82😢2