O'zbek tili va adabiyoti (Davron Akbar bilan)
48.6K subscribers
1.34K photos
145 videos
438 files
680 links
Davron Akbarning sahifasiga xush kelibsiz!

Kanalda test kitoblarimiz haqida ma'lumot, sara testlar, shuningdek, ta'lim yangiliklari berib boriladi.

Manzil: Namangan viloyati

Donat: https://tirikchilik.uz/davronakbar

Reklama: @Renessansstudy_reklama
Download Telegram
Talabgorlarga haliyam ruxsatnoma taqdim etilmadi. Qonun hujjatlariga ko'ra imtihonga yetti kun qolganda ruxsatnoma taqdim etilishi kerak. Bugundan boshlab imtihonga 5 kun vaqt qoldi, Afsuski, haligacha ruxsatnomadan xabar yo'q.

Nima muammo?

@Renessansstudy
πŸ‘88πŸ€”49πŸ₯΄23❀5πŸ”₯5❀‍πŸ”₯4😁3😱2😒2
Men shunaqa esse yozadigan insonlarni bilaman: ular o'zining darajasidan bir pog'ona past daraja bilan esse yozadi. Agar u o'z saviyasida yozsa, uni tekshiruvchilar tushunmaydi. Shunaqa holat ichida esse mutaxassislariga muhtojmiz.

@Renessansstudy
πŸ‘166😁58πŸ’―21πŸ€”20❀7πŸ”₯4🀣4😒3πŸ‘2πŸ₯΄2
Forwarded from Mr. Nurmurod
⚑️QAYTA NASHRDAN CHIQDI!

Assalomu alaykum kanalimiz aΚΌzolari. Ona tilidan milliy sertifikat imtihoniga atigi 4 kun vaqt qoldi.

Sizga Davron Akbar muallifligidagi 20 ta variantli diagnostika testi yordam beradi. Kitobdagi noyob testlarni imtihonga kunigacha bemalol ulgurib ishlab chiqishingizga ishonamiz. Faqat har bir daqiqadan unumli foydalaning, har bir daqiqadan!

50% ustama olishni yoki oΚ»qishga grantga kirishni kim ham xohlamaydi deysiz! Yaxshi ot oxirida chopadi

Xullas yechim bizda bogΚ»laning !!!!!

Kitobdan namuna ko'rish

Murojaat uchun:
☎️+998974042700 | ВСlegramdan yozish
☎️+998930082700 | Вelegramdan yozish

πŸ‘‰ @ABTbooks - Abituriyentlar kutubxonasi
πŸ‘39❀8😁2πŸ‘Œ1
⚑️Rasman, ruxsatnoma berish boshlandi.

@Renessansstudy
πŸ”₯53πŸ‘13πŸ‘7❀3
Ruxsatnomani my.gov.uz portali orqali "mening arizalarim" bo'limidan yuklab olishingiz mumkin.

Eslatma: Ruxsatnomalar hammaga teng shakllantirilmagan. Asta-sekin portalga joylanyapti. Sizniki chiqmagan bo'lsa, biroz kutib turasiz.

@Renessansstudy
πŸ‘63😁11❀‍πŸ”₯10❀5πŸ”₯4
Kimdir ovoz berish niyati bo'lsa, ovoz berishda yordam bervoringlar.

https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/32/685a8e48-df5d-406c-91d2-c79fc9a70a92
😁33πŸ₯΄14πŸ‘11😒4❀3πŸ€”3
Milliy sertifikat kitobini skanerlab, tarqatayotganlar diqqatiga.

Biz mualliflik huquqini buzilish holati bo'yicha ish ochishga harakat qilyapmiz. Bularning ichida birinchi bo'lib, "G'anisher Ikromovich" kanali ogohlantiriladi.

@Renessansstudy
πŸ‘88🀣62πŸ‘26😱23πŸ₯΄17😁14πŸ”₯4❀2
O'rtoqlar, yuqoridagi postimiz ko'plab muhokamalarga sabab bo'libdi.
Bu bo'yicha ba'zi tushuntirishlar beraman. Birinchidan, shu variantdagi ayrim testlar avvalgi imtihonda foydalanilgan, buni kiritishdan orlanmayman. Ikkinchidan, biz birovning kanalida ayg'oqchilik qilmaymiz, o'quvchilar jo'natadi bunday holatlarni. Uchinchidan, bizning test qanchalik darajada keng tarqalsa, bu bizga anchagina foyda, ayniqsa, boshqa obunachisi ko'p kanallarda.

Lekin masalaning boshqa tomoni bor. Testlarning ichida mualliflik huquqi bilan kitobga kiritilgan boshqa testlar ham mavjud. Ular ommaga faqat kitob shaklida taqdim etilishi lozim. Bu nashriyot va muallif o'rtasidagi shartnomada ham belgilab qo'yilgan.

Biz aytayotgan masala boshqa tomonda. Kitobni skanerlash, uni pdf holatda ommaga taqdim qilish mumkin emas. Zotan kitobga nashriyot juda katta xarajat qilgan, muallif mehnat qilgan. Bu xarajatlar kitob ko'rinishida chiqariladi.

Bunday holatlar uchrab turadi. Shuning uchun biz ogohlantirdik. Bugun 17-variant ommaga taqdim etilgan bo'lsa, ertaga boshqa variantlar ham chiqishi mumkin, bu esa bizning manfaatlarga to'g'ri kelmaydi.

Ilm ulashish boshqa, uni birovning haqiga xiyonat qilgan holda ulashish boshqa, o'rtoqlar.

Yuqorida nomi zikr etilgan ustozni shaxsan tanimayman, ular bizning mualliflikdagi testni joylaganidan ham minnatdorman, lekin bunday usulda emas. Bu ustoz ham hali ko'p kitob chiqarsin (inshaalloh), bunaqa holatlarga ko'plab duch kelsin, shunda hozirgi vaziyatni yanada chuqurroq tushunadi.

@Renessansstudy
πŸ”₯118πŸ‘64❀17πŸ‘14πŸ₯΄10😁6🀣6πŸ₯°4😒3πŸ€”1
Bugun online va offlinedagi guruh o'quvchilari bilan xayrlashdik.

Barcha o'quvchilarimga ertagalik imtihon oldidan muvaffaqiyat tilayman. Sizlar uddalaysizlar. Bunga ishonaman.

O'zimga ham muvaffaqiyat bersin. 1-smena ekanman.

@Renessansstudy
πŸ‘274❀50😒20πŸ”₯17πŸ₯°13😁8πŸŽ‰5πŸ‘4❀‍πŸ”₯3πŸ₯΄3🀩1
Bugun imtihonga kiradigan barchaga muvaffaqiyat tilayman. Alloh oson qilsin.

@Renessansstudy
❀422πŸ‘72❀‍πŸ”₯44πŸ”₯42πŸ₯°26πŸ‘6πŸ’―6
Kim baxtli, 29-oktyabrda imtihonga kirganlar baxtliπŸ˜‚

Tushungan tushundi.

@Renessansstudy
🀣225πŸ‘65😁19πŸ€”16❀‍πŸ”₯15πŸ’―9❀7
Ikkinchi smena g'azali, matnlari haqida nimadir yozinglarchi, kimdir chiqdimi?
πŸ‘72❀‍πŸ”₯7
40 ta badiiy adabiyot o'qib chiqqanlar xotirasiga bir daqiqalik sukut saylaymiz)

@Renessansstudy
😁259🀣184😒35πŸ₯΄20πŸ‘19πŸ”₯6❀‍πŸ”₯4
Oxirgi payt BBA ga oson bo'lmadi, ayniqsa, bu imtihon. Faqat to'g'ri tushunishimiz kerak, qadrdonlar, haqiqatdan oson bo'lmadi.
Qisqa fursat uchun katta natija.

@Renessansstudy
πŸ‘111πŸ”₯8❀7❀‍πŸ”₯6πŸ’―6
Katakchalar masalasi bo'lmag'ur ish. Katakcha tizimini yaratish oldidan alifboni o'zgartirib, O', G' harflaridagi belgini va Ch, Sh, Ng harflarini yo'qotib tashlash kerak.

Robotga kiritilgan dasturlash orqali katakchada yozilgan narsani o'qita olishmaydi.

@Renessansstudy
πŸ‘143😁39πŸ’―25😱12❀8❀‍πŸ”₯2πŸ€”2😒2
Kechagi imtihon bo'yicha ba'zi xulosalar.

1) Imtihonni hamma uzoq kutdi. Imtihon ham bo'ldi, tashkilotchilik yaxshi amalga oshirildi.

2) Tekshiruv sust deb o'ylayman, har qalay, avgust imtihonidagi holat kabi chuqur va qattiq tekshiruv olib borilishi kerak ekan. Bu masalada ba'zi takliflarim bor: har oyda turli fanlardan imtihon bo'lishini hisobga olib, maxsus o'qitilgan, doimiy ishlaydigan va prifessional psixologik tayyorgarlik ko'rgan tekshiruvchilarni tayinlash muhimdir.

3) Guruh rahbarlari yaxshilab o'qitilmagan. Ularga jiddiyroq tushuntirilmagan. Ba'zi hududda harfni va uning belgisini bitta katakka yoz desa, boshqa hududlarda alohida yoz deb tushuntirgan. Avvalo, nazoratchilarda bu holatga tushunarsizlik bor. Bu masalaga jiddiy qarash kerak. Bo'yni yo'g'on nazoratchilardan voz kechib, xushmuomala insonlarni ishga taklif qilish kerak.

4) Test savollari yaxshi shakllantirilgan, lekin ba'zi savollarga e'tirozlar bor. Xususan, ba'zi savollar o'quvchining ko'nikmasini aniqlashga emas, shunchaki xotirasini sinashga qaratilgan. Testlar o'quv dasturi bo'yicha tayyorlanishini yaxshi tushunamiz. Aruz vazniga oid masalani hozirgi pedagog yoki 11-sinf o'quvchisi o'zining 8-sinf paytida o'qigan-ku, degan fikr bo'lishi mumkin, lekin bu reallikdan uzilishdir. Hozirgi ta'lim sifati va barchaning o'sha paytdagi adabiyotlarni emas, hozirgi davr adabiyotlarini o'qiganini hisobga olish reallik bo'ladi.

5) Katakchalarga so'zlarni yozish masalasini boshqatdan ko'rib chiqish kerak. Bu narsa foyda bermaydi. Foyda beradi, qachonki, O', G', CH, SH, NG kabi harflarning masalasini hal etganimizdan so'ng. Bu harflarning belgisini alohida ajratish yoki C H shaklida bitta harfni ikkiga bo'lish bu sharmandalikdir. Aynan shu keys alifboning almashishi biz uchun qanchalik darajada muhim ekanini ko'rsatib berdi.

6) 36-44-savollarni ham muqobil javobli testga almashtirishni taklif etaman. Yozma shakl qilish hammani chalg'itadi. Ayniqsa, javobi bir necha xil so'z yoki gap bilan ifodalanishi mumkin bo'lgan savollarda bu tizim o'zini oqlamaydi. O'zingizni ham, bizni ham qiynamang.

7) 29-oktyabrdagi testlar so'zma-so'z takorlanganini tushunaman. Nega bunaqa holat bo'lganini ham anglab turibman. Lekin ayb kimda, albatta, xodimlarda. Juda ehtiyotkor bo'lish kerak edi. O'zingga ehtiyot bo'lmay qo'shnini o'g'ri tutish yaramaydi. Keyingi imtihonlarda 17-martdagi savollarni olishga majbur bo'lish holati kuzatilmaydi deb umid qilaman.

8) Badiiy adabiyotlar masalasida pedagog va abituriyentlar juda erkalab yuborilgani uchun rahmat. Yon bosish bor. Qaysidir asarning qaysidir burchagidan test olinishi ham mumkin edi, lekin unday bo'lmadi, o'quvchi, albatta, o'qigan joylardan savollar shakllantirildi. Qisqa vaqt ichidagi 40 ta adabiyotni e'lon qilinishining orqasi yopib ketildi. Keyingi imtihonda badiiy adabiyotdan boshqacharoq savollar bo'ladi deb umid qilamiz.

9) BBA islohga muhtoj. Ayniqsa, kadrlarining harakatlarida. Agar shunday yo'sinda ketsa, oxiri bu tizimga ham ishonch qolmaydi.

10) Avgustgacha yana bir imtihon tashkillashtirilishidan umid qilamiz. To'g'ri, oson emas, buyog'i avgust imtihoni oid yopiq muhit boshlanadi, lekin 17-martdagi imtihondagi ba'zi sarosimalar yopilib ketardi.

Bosinglar, jigarlar, hurmatdasizlar!

@Renessansstudy
πŸ”₯312πŸ‘110πŸ’―38😁19❀11πŸ‘7❀‍πŸ”₯6πŸ€”6🀩3
⚑️Keyingi imtihon kuzda o'tkaziladi.

17-mart kuni bo'lib o'tgan imtihon natijalari Navro'z bayramini hisobga olib 25-aprel atrofida e'lon qilinadi.

Aprel oyida fizika va tarix; may oyida kimyo va rus tili va adabiyoti fanidan imtihon tashkil etilishi bilan birinch yarimyillik yakunlanadi. Oxirgi kimyo va rus tilining javoblari e'lon qilingach BBA xodimlari yopiq doirada avgust imtihoniga tayyorgarlik ko'radi.

Bu yildan dastlab imtihon, keyin qabul tizimi ishga tushadi, shuning uchun imtihonlar avgust oyidan oldinroqqa surilishi mumkin.

@Renessansstudy
πŸ‘73😱19πŸ₯΄9❀6😒4❀‍πŸ”₯3🀣2
Mendagi ma'lumotlar bo'yicha maktab bitiruvi va unga aloqador bo'lgan imtihonlar oliy ta'lim imtihonlari bilan integratsiya qilinadi. Bu tizim bu yildan ishga tushadimi yoki boshqa yildanmi - bu noma'lum. Menimcha, maktabni bitirgan ham, endi bitiradigan ham - hamma umumiy maktab bitiruviga oid bo'lgan paytda oliy ta'lim imtihonlarini tashkil etilishi mumkin.
Kuzatamiz.

@Renessansstudy
πŸ‘67πŸ€”28😱15πŸ₯΄9
Mana bu yerda keyingi imtihondagi essega mavzu topishibdiπŸ˜†

@Renessansstudy
🀣220😁27πŸ‘15πŸ”₯7❀6πŸ’―2🐳1
Forwarded from Davron Akbar - anomal fikrlar (β˜ͺ πƒπšπ―π«π¨π§ π€π€π›πšπ«)
Inson doim imkoniyatlar ichida yashab kelgan. Undan oqilona foydalanish muhim. Imkoniyatlar juda o'tkinchi narsa, undan o'z vaqtida o'rinli foydalanish lozim. Ba'zi insonlar imkoniyatga ega bo'lsa, doim bu imkonlar menda qoladi deb hisoblaydi. Lekin bu o'ylar xomxayol.

Imkoniyat bu baliqqa o'xshaydi. Uni tutib olsang, olding, bo'lmasam, qarmog'ingdan tushib ketsa, qaytib ikki dunyoda ham u baliq sening qarmog'ingga ilinmaydi.

Yerda yotgan qimmatli qiymatdagi pulni sen olmasang, albatta, boshqasi olib ketadi.

@meningcha_blog
πŸ‘106πŸ’―27πŸ”₯13❀11πŸ€”8❀‍πŸ”₯3🀩3
Bilimni baholash agentligi ona tili va adabiyot fanidan o'tkazilgan imtihonga oid rasmiy munosabatini e'lon qilibdi.

https://uzbmb.uz/post/view/o-zbek-tili-va-adabiyot-rasmiy-munosabat

@Renessansstudy
❀35πŸ‘17❀‍πŸ”₯6πŸ€”3😁2