O'zbek tili va adabiyoti (Davron Akbar bilan)
48.6K subscribers
1.34K photos
145 videos
438 files
680 links
Davron Akbarning sahifasiga xush kelibsiz!

Kanalda test kitoblarimiz haqida ma'lumot, sara testlar, shuningdek, ta'lim yangiliklari berib boriladi.

Manzil: Namangan viloyati

Donat: https://tirikchilik.uz/davronakbar

Reklama: @Renessansstudy_reklama
Download Telegram
Forwarded from Abdulla Abduxamidov
Assalomu alaykum, va nihoyat kitoblar o'quvchilarimiz qo'liga yetib keldi. Kitobdagi savollar SUPER! O'quvchilar testlarni maza qilib yechishyapti!!!
πŸ₯°31πŸ‘16❀8πŸ‘6
Esse 12 ballik mezonda baholanadimi?

Bu aniq emas. Esse qaysi baholash mezonida baholanishi imtihondan keyin hal qilinadi yoki umuman e'lon qilinmaydi.

Kitobimizda zikr etilgan essega 12 ball berish amaliyoti "ehtimoliy" hisoblanadi. Aniq shunday deb ayta olmaymiz.

@Renessansstudy
πŸ‘49😁5😱4πŸ‘Œ3❀2
Talabgorlarga ruxsatnoma berish ertadan boshlanadi. Talabgorlar my.gov.uz havolasi orqali "Mening arizalarim" bo'limidan ruxsatnomalarini yuklab olishi mumkin.

@Renessansstudy
πŸ‘56❀14
Ramazon oyi muborak bo'lsin!

Duolar ijobat bo'ladigan oyda barcha abituriyentlarga talabalik baxti nasib qilishini so'rayman!!!

@Renessansstudy
❀412πŸ‘45❀‍πŸ”₯32πŸ’―21πŸ₯°18πŸ”₯13πŸŽ‰10πŸ‘6🀩5🐳3πŸ‘Œ1
Kitob xaridorlarlariga murojaat.

Kitobni tezkorlik bilan qisqa muddatda chiqarish talab etilgan edi, ba'zi savollarni ekspertizadan o'tkazishga ulgurmay qolgandik. Shuning uchun ayrim variantlarning ayrim savollarida to'g'ri javob chiqmay qolishi, ikkita javob bo'lib qolishi, shuningdek, ortidagi kalitlari bilan mutanosib kelmay qolishi kabi holatlar yuz bergan bo'lishi mumkin. (Bu holat juda kam uchraydi)

17-mart imtihoni o'tgandan keyin barcha texnik, uslubiy va mazmuniy xatoliklar to'g'rilanadi. Keyingi imtihongacha kitob bexato holatda nashrdan chiqariladi. Bu jarayonning yuz berishiga 20 kun ketadi, undan keyin kitobda birorta ham xatoliklar qolmaydi.

To 17-martgacha bo'lgan vaqtda kitobda qanday xatolik kuzatilsa, ustozlar tomonidan alohida belgilab ketishlarini so'rab, iltimos qilaman.

Keyingi nashr oldidan qaysi savollarda kamchilik borligini aniqlab olishimiz biz uchun yanada qulay bo'ladi.

@Renessansstudy
πŸ‘102πŸ”₯4😁4❀‍πŸ”₯2
Talabgorlarga haliyam ruxsatnoma taqdim etilmadi. Qonun hujjatlariga ko'ra imtihonga yetti kun qolganda ruxsatnoma taqdim etilishi kerak. Bugundan boshlab imtihonga 5 kun vaqt qoldi, Afsuski, haligacha ruxsatnomadan xabar yo'q.

Nima muammo?

@Renessansstudy
πŸ‘88πŸ€”49πŸ₯΄23❀5πŸ”₯5❀‍πŸ”₯4😁3😱2😒2
Men shunaqa esse yozadigan insonlarni bilaman: ular o'zining darajasidan bir pog'ona past daraja bilan esse yozadi. Agar u o'z saviyasida yozsa, uni tekshiruvchilar tushunmaydi. Shunaqa holat ichida esse mutaxassislariga muhtojmiz.

@Renessansstudy
πŸ‘166😁58πŸ’―21πŸ€”20❀7πŸ”₯4🀣4😒3πŸ‘2πŸ₯΄2
Forwarded from Mr. Nurmurod
⚑️QAYTA NASHRDAN CHIQDI!

Assalomu alaykum kanalimiz aΚΌzolari. Ona tilidan milliy sertifikat imtihoniga atigi 4 kun vaqt qoldi.

Sizga Davron Akbar muallifligidagi 20 ta variantli diagnostika testi yordam beradi. Kitobdagi noyob testlarni imtihonga kunigacha bemalol ulgurib ishlab chiqishingizga ishonamiz. Faqat har bir daqiqadan unumli foydalaning, har bir daqiqadan!

50% ustama olishni yoki oΚ»qishga grantga kirishni kim ham xohlamaydi deysiz! Yaxshi ot oxirida chopadi

Xullas yechim bizda bogΚ»laning !!!!!

Kitobdan namuna ko'rish

Murojaat uchun:
☎️+998974042700 | ВСlegramdan yozish
☎️+998930082700 | Вelegramdan yozish

πŸ‘‰ @ABTbooks - Abituriyentlar kutubxonasi
πŸ‘39❀8😁2πŸ‘Œ1
⚑️Rasman, ruxsatnoma berish boshlandi.

@Renessansstudy
πŸ”₯53πŸ‘13πŸ‘7❀3
Ruxsatnomani my.gov.uz portali orqali "mening arizalarim" bo'limidan yuklab olishingiz mumkin.

Eslatma: Ruxsatnomalar hammaga teng shakllantirilmagan. Asta-sekin portalga joylanyapti. Sizniki chiqmagan bo'lsa, biroz kutib turasiz.

@Renessansstudy
πŸ‘63😁11❀‍πŸ”₯10❀5πŸ”₯4
Kimdir ovoz berish niyati bo'lsa, ovoz berishda yordam bervoringlar.

https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/32/685a8e48-df5d-406c-91d2-c79fc9a70a92
😁33πŸ₯΄14πŸ‘11😒4❀3πŸ€”3
Milliy sertifikat kitobini skanerlab, tarqatayotganlar diqqatiga.

Biz mualliflik huquqini buzilish holati bo'yicha ish ochishga harakat qilyapmiz. Bularning ichida birinchi bo'lib, "G'anisher Ikromovich" kanali ogohlantiriladi.

@Renessansstudy
πŸ‘88🀣62πŸ‘26😱23πŸ₯΄17😁14πŸ”₯4❀2
O'rtoqlar, yuqoridagi postimiz ko'plab muhokamalarga sabab bo'libdi.
Bu bo'yicha ba'zi tushuntirishlar beraman. Birinchidan, shu variantdagi ayrim testlar avvalgi imtihonda foydalanilgan, buni kiritishdan orlanmayman. Ikkinchidan, biz birovning kanalida ayg'oqchilik qilmaymiz, o'quvchilar jo'natadi bunday holatlarni. Uchinchidan, bizning test qanchalik darajada keng tarqalsa, bu bizga anchagina foyda, ayniqsa, boshqa obunachisi ko'p kanallarda.

Lekin masalaning boshqa tomoni bor. Testlarning ichida mualliflik huquqi bilan kitobga kiritilgan boshqa testlar ham mavjud. Ular ommaga faqat kitob shaklida taqdim etilishi lozim. Bu nashriyot va muallif o'rtasidagi shartnomada ham belgilab qo'yilgan.

Biz aytayotgan masala boshqa tomonda. Kitobni skanerlash, uni pdf holatda ommaga taqdim qilish mumkin emas. Zotan kitobga nashriyot juda katta xarajat qilgan, muallif mehnat qilgan. Bu xarajatlar kitob ko'rinishida chiqariladi.

Bunday holatlar uchrab turadi. Shuning uchun biz ogohlantirdik. Bugun 17-variant ommaga taqdim etilgan bo'lsa, ertaga boshqa variantlar ham chiqishi mumkin, bu esa bizning manfaatlarga to'g'ri kelmaydi.

Ilm ulashish boshqa, uni birovning haqiga xiyonat qilgan holda ulashish boshqa, o'rtoqlar.

Yuqorida nomi zikr etilgan ustozni shaxsan tanimayman, ular bizning mualliflikdagi testni joylaganidan ham minnatdorman, lekin bunday usulda emas. Bu ustoz ham hali ko'p kitob chiqarsin (inshaalloh), bunaqa holatlarga ko'plab duch kelsin, shunda hozirgi vaziyatni yanada chuqurroq tushunadi.

@Renessansstudy
πŸ”₯118πŸ‘64❀17πŸ‘14πŸ₯΄10😁6🀣6πŸ₯°4😒3πŸ€”1
Bugun online va offlinedagi guruh o'quvchilari bilan xayrlashdik.

Barcha o'quvchilarimga ertagalik imtihon oldidan muvaffaqiyat tilayman. Sizlar uddalaysizlar. Bunga ishonaman.

O'zimga ham muvaffaqiyat bersin. 1-smena ekanman.

@Renessansstudy
πŸ‘274❀50😒20πŸ”₯17πŸ₯°13😁8πŸŽ‰5πŸ‘4❀‍πŸ”₯3πŸ₯΄3🀩1
Bugun imtihonga kiradigan barchaga muvaffaqiyat tilayman. Alloh oson qilsin.

@Renessansstudy
❀422πŸ‘72❀‍πŸ”₯44πŸ”₯42πŸ₯°26πŸ‘6πŸ’―6
Kim baxtli, 29-oktyabrda imtihonga kirganlar baxtliπŸ˜‚

Tushungan tushundi.

@Renessansstudy
🀣225πŸ‘65😁19πŸ€”16❀‍πŸ”₯15πŸ’―9❀7
Ikkinchi smena g'azali, matnlari haqida nimadir yozinglarchi, kimdir chiqdimi?
πŸ‘72❀‍πŸ”₯7