RedFox Agency
1.09K subscribers
1.07K photos
126 videos
13 files
679 links
Dizayn va Marketing o'zbek tilida!
Saytimiz: redfox.uz

Hamkorimiz: Frilansus.com @frilansus

Dizaynerlar guruhi:
@Designersuzb

@RedFoxManager
+998 97 778-5008

instagram.com/redfoxuz
Download Telegram
@redfoxuz / #rebranding

Peugeot o'zining 210 yillik yubileyi sharafiga o'zining logotipini yangiladi

Yaqinda Fransiyaning Peugeot avtomobil ishlab chiqaruvchisi o'zining 210 yilligini nishonladi va ushbu tadbir sharafiga o'z logotipi dizaynini takomillashtirishga qaror qildi. Eng so'nggi tendentsiyalarga ko'ra, ushbu tovar belgisi ham tekis emblemaga ega.

Eski emblemada sher to'liq tasvirlangan edi. Yangisida esa bo'kirayotgan sherning boshi va tepasida "Peugeot" so'zi.

Batafsil: https://t.co/pzzJnHrTM2
@redfoxuz / #rebranding

Yandex 13 yil ichida birinchi marta o'z logotipini yangiladi

Logo va aydentikani ustida "Yandex"ning dizaynerlari hamda Ilya Ruderman (Yandex Sanf fontining muallifi) ishlagan
@redfoxuz / #rebranding

XIAOMI logotipini yangiladi

Logotip Musasino san'at universiteti dizayneri va professori Keniya Xara tomonidan ishlab chiqilgan.

Eski kvadrat o'rniga super-ellips asos sifatida tanlandi. "Mi" tipografiyasi ham kichik o'zgarishlarga duch keldi.

Redizayn jarayoni 2017 yilda boshlangan va 4 yil davomida ideal forma qidirilgan. (3chi rasm, 4 yil davomida ma'qul kelmagan variantlar)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
@redfoxuz / #rebranding

Upwork xalqaro frilans birjasi o'z logotipini yangiladi, slogan "Up We Go" va yangilangan brending.

«Brendni yangilash kompaniyaning frilansning hozirgi va kelajakdagi potentsialiga bo'lgan optimistik nuqtai nazarini aks ettiradi. Haqiqat shundaki, biz ishning yangi davriga kirmoqdamiz, u erda biz istaganimizcha erkin, ko'lam, moslashuvchanlik, boshqarish va o'sish potentsiali bilan ishlashimiz mumkin."- Upwork.

Batafsil: https://www.youtube.com/watch?v=8fErHgcAM0M
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
@redfoxuz / #rebranding

Lada o'z logotipini yangiladi

«Raqamli davr idrok qobiqlarini yo'q qiladi, Lada yangi interfeyslar tilini qabul qildi, yangilandi va yangi bosqichga o'tdi. Yangi ufqlar sari intilish nuqtai nazarini o'zgartiradi. Ko'p vazifalarni bajara olish - barcha ekranlarda bo'ling, keyingi raqamli avlod talablariga javob bering. 3D uslubidan — yangilangan bugungi estetikaga ."- Lada.

Batafsil: https://youtu.be/qphPVjxylfc
@redfoxuz / #rebranding

"Korzinka.uz" endi shunchaki "korzinka"

Korzinka brendi 25 yilligi munosabati bilan rebrending o'tkazdi, yangi rebrending jarayonida kompaniya TLD, ya’ni .uz dan va "est" dan voz kechgan. Bundan tashqari yangi simvol va font ishlatilingan.

Logodan tashqari shior (slogan) ham yangilangan — "korzinka – odatdagidan yaxshi 😊"

Manbaa: https://www.instagram.com/p/CUzjbx5IgpZ
@redfoxuz / #rebranding

"Agrobank" rebrendingni amalga oshirdi. Jumladan logo, naqsh (pattern), aydentika, shrift, bank sayti va mobil ilova yangilandi. Rebrending mahsulotlari Artemiy Lebedev studiyasi va lokal dizaynerlar tomonidan shug'ullanilgan.

"Agrobank rebrendingi marketing tahlili va bankning uzoq muddatli strategiyasiga asoslanadi va yangi brend joylashuvi bo‘lib xizmat qiladi."

O'zgartirishlar soddaligi bilan ajralib turadi va Agrobankning korporativ yashil rangida tayyorlangan.

Aydentika haqida: https://www.artlebedev.ru/agrobank/identity/
Shrift haqida: https://www.artlebedev.ru/agrobank/type/