RedFox Agency
1.11K subscribers
1.07K photos
126 videos
13 files
678 links
Dizayn va Marketing o'zbek tilida!
Saytimiz: redfox.uz

Hamkorimiz: Frilansus.com @frilansus

Dizaynerlar guruhi:
@Designersuzb

@RedFoxManager
+998 97 778-5008

instagram.com/redfoxuz
Download Telegram
@redfoxuz / #marketing / #maqola


Pozitsiyalashtirish (6-qism). Uchinchi, toʻrtinchi va boshqalar pozitsiyasi.

Oʻtgan safar
2-raqamli pozitsiyani birinchi boʻlib egallash haqida gaplashgan edik. Avisning “Avis - mashina ijarasida ikkinchi raqamli kompaniya. ...Biz boshqalardan koʻproq harakat qilamiz“ shiori oʻz-oʻzidan, “kim u, boshqalar?“ degan savolni yuzaga keltirib, isteʼmolchilar avtomatik tarzda - birinchi raqamli raqobatchi Heartzni tasavvur qilishadi.

Eng yaxshi sarlavha - tugallanmagan sarlavha. Eng zoʻr shiorlar isteʼmolchilarga tugallash uchun soʻz yoki jumla qoʻshib olishlariga imkoniyat qoldiradi. Reklama shunisi bilan qiziq.

Batafsil: http://redfox.uz/pozitsiyalashtirish-6-qism-uchinchi-to-rtinchi-va-boshqalar-pozitsiyasi/
@redfoxuz / #marketing / #maqola

Pozitsiyalashtiring (7-qism). Avis va 7Upni qulatgan xato.

Odatda, bir marta omadli pozitsiyalashtiruvchi yurish qilgan brendlar, keyinchalik nima sababdan muvaffaqiyatga erishganini unutishadi.

Avisning rahbariyati oʻzgargandan soʻng, yangi rahbariyatga ikkinchi raqamli boʻlish yoqmay qoldi. Natijada “Avis birinchi boʻladi“ degan reklama paydo boʻldi. Eh... Rahbariyatning shaxsiy orzularini reklama qilishning zoʻr misoli. Avvalgi reklama psixologik darajada Avisni birinchi raqamli Hertzdan ham yuqoriroqqa chiqargan edi-ku. Yangi reklama esa maqtanchoqlikdan boshqa hech narsa emas. Bu ketishda birinchi boʻlish emas, hatto orqaroqdagi National Rent-A-Car ham Avisdan oʻzib ketadi (bu 1980-yili aytilgan gap edi. Bugunga kelib birinchi raqamli mashina arendatori bu Rent-A-Car).

Batafsil: http://redfox.uz/pozitsiyalashtiring-deydi-traut-7-qism-avis-va-7upni-qulatgan-xato/
@redfoxuz / #marketing / #maqola

Pozitsiyalashtiring (8-qism). Mahsulot va brend orasidagi farq.

Bugun koʻp kompaniyalar mahsulot va brend chizish orasidagi farqni tushunishmaydi. Brend shunday narsaki, u insonlar ongida qoladi. Bozordagi muvaffaqiyat taqozosi esa aynan brend yasashdur, mahsulot emas (bu yerda navbatdagi oddiy "tovar" haqida so'z ketyapti). Brend hosil qilish esa, pozitsiyalashtirish strategiyasidan boshlanadi, va birinchi navbatda yaxshi nom tanlashdan. “Edsel” nomli avtomobil esa “trassadan chiqib ketishga” mahkum (Marketing boʻlimi izohi - Edsel avtomobili Ford kompaniyasining mahsuloti edi. Bugunga qadar AQSH marketologlari orasida eng katta marketing-qulashlardan biri sifatida yodga olinadi. Hattoki bir vaqtlar, marketologlar orasida qalamoq, oʻlmoq kabi feʼllarni ifoda etish uchun “edsel” soʻzi ishlatiladigan boʻlib qolgan edi. “Edsel” yomon nom ekaniga bir nechta sabablar mavjud: 1) “Edsel” talaffuzda “Dead Cell (tarj. oʻtirib qolgan batareya)” kabi yangraydi; 2) Mashina nomi “Edson” nomli traktorga oʻxshab ketadi, shuning uchun ham Edsel mashinasini traktor deb atashar edi).

Batafsil: http://redfox.uz/pozitsiyalashtiring-deydi-traut-8-qism-mahsulot-va-brend-orasidagi-farq/
@redfoxuz / #marketing / #maqola

Brendni formatlarga ajratish nega kerak?

Formatlarga ajratish” Oʻzbekistonga ham kirib kelyapti, birinchilardan boʻlib Korzinka.uz “Discount” formati bilan boshlab bergan edi. Yaqinda Compass SKMda Makroning “City” formati ochildi. Kechagi kun esa yangi formatlar kuni boʻldi shekilli, birdaniga ikkita yirik brend yangi formatlarini taqdim etdi:

Texnomart Mini - faqat televizor, smartfon, noutbuk, gadjet va aksessuarlar sotiladigan doʻkon.

“Mini” soʻzidan tushunish mumkin, odatdagi texnika doʻkonlaridan ancha ixcham. Kir yuvish mashinasi, muzlatgich kabi katta hajmli buyumlarni uchratmaysiz. Bundan oldin Texnomart boshqa bir, “Texnomart Ekstra” formatini taqdim etgan edi. U yerda maishiy texnikadan tashqari, mebel va boshqa anjomlar sotiladi.

Batafsil: http://redfox.uz/brendni-formatlarga-ajratish-nega-kerak/
@redfoxuz / #marketing / #maqola

Family by Chopar — isteʼmolchi talabidan kelib chiqdi.

Yangi yoʻnalish haqida rasmiy izoh.

“Chopar oʻz nomi va logotipini oʻzgartirdi, xodimlar izoh berishini kutamiz” deb post joylagan edik. Maʼlum boʻlishicha bu rebrending emas, balki Chopar tarmogʻiga mansub restoran ekan. Marketing boʻlimiga “Perspective Group” (Les Ailes, Chopar, Torrero va boshqa brendlar) kompaniyasining Marketing boʻlimi boshligʻi, Shirin Alisherovna yangi yoʻnalish haqida maʼlumot berdi:

“Family by Chopar - Chopar tarmogʻiga mansub yangi restoran.

Family restoranlarida endi nafaqat pitsa, balki toʻlaqonli taomlar menyusi, turli xil ichimliklar va alkogolsiz koktellar tayyorlanadi. Restoran oilaviy hordiq chiqarishga moʻljallangani sababli, bu yerga farzandlar bilan kelish uchun qulayliklar, bolalar oʻyingohi yaratilgan.

Batafsil: http://redfox.uz/family-by-chopar-istemolchi-talabidan-kelib-chiqdi-yangi-yo-nalish-haqida-rasmiy-izoh/
@redfoxuz / #marketing / #maqola

Bugun, marketing istaklar yoki talab bilan qanday ishlashi kerakligi haqida qisqacha.

Marketing boʻlimi
isteʼmolchini oʻrganib, kerakli vaqtda, kerakli kanallar orqali, kerakli soʻzlar yoki suratlar yordamida unga kerakli mahsulot haqida axborot beradi. Marketing - bu isteʼmolchilar istagini qondirish faoliyatidir (takrorlashdan charchamaymiz). Istaklar/talab turli xil boʻladi:

Manfiy talab - isteʼmolchilar yoppasiga mahsulotni yoqtirmasligi, hatto undan uzoqlashish uchun maʼlum zararlarga rozi boʻlishi. Emlash, stomatolog koʻrigi, oʻt pufagini oldirish kabi muolajalarga odamlarda manfiy talab hosil boʻlgan. Ish beruvchining manfiy talabi esa qamalgan insonlarni ishga qabul qilish kabi amaliyotlarda koʻrinadi. Marketingning vazifasi - nima uchun bozor bu mahsulotlarni yoqtirmayotganligini tahlil qilib, xoh narxni pasaytirish, mahsulotni oʻzgartirish yoki axborotning boshqa yoʻllarini qoʻllash orqali holatni ijobiy tarafga oʻzgartirish imkonini izlash.

Batafsil: http://redfox.uz/bugun-marketing-istaklar-yoki-talab-bilan-qanday-ishlashi-kerakligi-haqida-qisqacha/
@redfoxuz / #IT #outsourcing / #maqola

"Outsourcing" nima ekanligini bilasizmi?

IT-autsorsing
(inglizcha. IT outsourcing) - IT-infratuzilmalarini qo'llab-quvvatlash, texnik xizmat ko'rsatish va yangilashni tashqi kompaniyaga qisman yoki to'liq topshirish. Xizmatni olgan kompaniyalar uchun bu ishlarning bajarilishi asosiy faoliyat hisoblanadi.

Batafsil: http://redfox.uz/outsourcing-nima-ekanligini-bilasizmi/
@redfoxuz / #IT #outsourcing / #maqola

Qaysi mamlakatlar IT autsorsing uchun yaxshi va yetakchilik qiladi?

Sharqiy Evropada Ukraina
Ukraina o’z mintaqasida eng yaxshi davlat hisoblanar ekan va yetakchilik qiladi. Bunda bir qancha faktorlar rol o’ynaydi. Ukrainada IT sohasini bitirgan mutaxassislarning 57% qismi STEM (science, technology, engineering, math) bo’yicha bilimga ega. Ukraina developerlari arzon va shu bilan birga kuchli hisoblangani, ingliz tilida bemalol gaplasha olganligi, STEM bilimlari kuchliligi uchun Evropada ustunlikka ega.

Yaqin sharqda Isroil
Yaqin Sharqda boy davlatlar: BAA, Kuweyt, Saudiya, Qatar bo’lishiga va u yerda IT kompaniyalar ko’p bo’lsada, ular asosan mahalliy xizmat ko’rsatadi. Isroil mintaqada autsorsing bo’yicha yaqqol yetakchi. Isroil davlati texnologiyalar rivojlanish ko’rsatkichi bo’yicha dunyoda 3-o’rinda. Davlat startuplarga dunyoda darajasida biznes qiladigan darajaga chiqishi uchun imtiyozli qarzlar beradi. IT sector biznesi Isroil YMMning 17.5%ni tashkil qiladi. Isroil IT outsorsing sohada eng yaqin hamkorlikni Ukraina bilan qiladi. Evropa va AQSHning katta startaplari Isroilda joylashgan.

Batafsil: http://redfox.uz/qaysi-mamlakatlar-it-autsorsing-uchun-yaxshi-va-yetakchilik-qiladi/
@redfoxuz / #IT news / #maqola

Belorus IT sektori

Wargaming (COOO “Geym Strim” Belorus dasturlash markazi) tomonidan ishlab chiqilgan World of Tanks kompyuter o’yinida 140 million foydalanuvchi ro’yxatdan o’tgan va u daromadli desktop o’yinlarning dunyodagi beshtadan bittasi hisoblanadi.

Batafsil: http://redfox.uz/belorus-it-sektori/
@redfoxuz / #IT news / #maqola

Ukraina IT sektori raqamlarda:

Tahlilchilar Evropaning IT sohadagi yetakchi davlatiga aylanishini bashorat qilayotgan Ukraina katta suratda rivojlanmoqda. Davlat YMMsining 4% IT soha ulushiga to’g’ri keladi.

Mamlakatdagi IT mutaxassislarining umumiy soni – 172000. Shundan 46% xodimlar autsorsing asosida ishlaydi.

Batafsil: http://redfox.uz/it-sektori-raqamlarda/
@redfoxuz / #marketing / #maqola

Oyoq ostidagi g'alabalarni ko'ra bilish

Koʻp korxonalarda avval strategiya(maqsad), keyin esa taktika(reja)ni belgilanadi. Bu unchalik toʻgʻri emas. Toʻgʻrirogʻi - avval taktika(yurish yoʻllari)ni aniqlab, bu yoʻl qayerga olib borishi(strategiya)ni belgilash kerak. Pastdan tepaga.

Strategiyaning oʻzini asos qilib, undan boshqasini tan olmaslik esa inqirozga olib keladi, xuddi Kolumbni halok qilganidek(ishoning, juda koʻp kompaniyalar aynan shunda yoʻl tutadi, va bu ularning rivojlanishiga katta toʻsqinlik qiladi.) U Hindistonga eng qisqa yoʻlni topmoqchi edi (strategiya), buning uchun u Sharqqa emas, Gʻarbga suzdi (taktika). Natijada, Hindistonni topa olmagani uchun bir umr afsuslanib oʻtdi. Aslida esa, Hindistonga olib boruvchi qisqa yoʻldan koʻra kattaroq narsani oʻzi bilmay kashf qilgan edi. Agar taktika strategiyani belgilashiga yoʻl qoʻyganida, bu yutuqni koʻrardi.

Batafsil: http://redfox.uz/oyoq-ostidagi-galabalarni-kora-bilish/
@redfoxuz / #marketing / #maqola

Bir akamiz maslahat soʻradilar - “SMMga kuchli eʼtibor berishim kerak, qaysi agentliklarni maslahat berasiz?“.

Bu savolga javob boshqalarga ham foydali boʻlar deb, oʻz fikrim bilan boʻlishmoqchiman.

Agar mablagʻ boʻlsa SMM va reklamani xalqaro agentliklarga topshirgan yaxshi. Mahalliy SMMchilar orasida rostakamiga zoʻrini uchratmaganmiz, toʻgʻrisi. Hamma meʼyorida yaxshi. Ha, koʻzga koʻringanlari ham bor, masalan Latmedia, yoki 8bit. Ammo shov-shuvli biron ish koʻrsatmaganlar. (Aytgancha, Latmedianing saytidagi video rolikni Farhod Kuchkarov eng yomon reklama roligi misolida koʻrsatib yuradi. Saytga qoʻyadigan rolik emas u. Taniganlar boʻlsa aytib qoʻyinglar, iltimos) Albatta ishlariga rivoj tilaymiz, biznikilar qancha rivojlansa xursand boʻlamiz.

Fikri ojizimizcha, eng yaxshi yoʻl bu SMM uchun alohida xodim olish. MUST HAVE SKILLS: Marketing va reklamaga qiziqish, grafik redaktorlarda ozgina boʻlsa ham ilm va chiroyli yozishni qoyillatishi kerak, busiz boʻlmaydi. Marketing jamoa endi tuzilayotgan boʻlsa, bu xodim hammasini 0 dan boshlab tajriba orqali oʻrganadi va asta-sekin boshqa merketing-vazifalarga oʻtadi. Keyinchalik SMM jamoa tuzib olinadi. Boshida unga oʻquv kurslari kerak. Marketing sohasida qanday kurs boʻlsa hammasi kerak. Ingliz tilini bilsa internetda kurslar liq. Rus tilida ham.

Batafsil: http://redfox.uz/bir-akamiz-maslahat-so-radilar-smmga-kuchli-etibor-berishim-kerak-qaysi-agentliklarni-maslahat-berasiz/
@redfoxuz / #marketing / #maqola

Eng kuchli va eng qimmat brendlar

Brand
Finance consulting kompaniyasi 500 ta eng kuchli va eng qimmat brendlar haqida yillik hisobotni eʼlon qildi. Eng qimmat brend deganda, uning qiymati tushunilsa, eng kuchli brendlar alohida reyting asosida aniqlanadi. Reytingda brendning marketing sarmoyalari, qalpoq va koʻzoynaklar kabi brendlangan mahsulotlar, brend tomonidan oʻtkaziladigan katta masshtabdagi faoliyatlar, masalan brendlangan xiyobon (Coca Cola dekabr oyida Toshkentdagi Central Parkda oʻtkazgani kabi) va boshqa koʻrsatgichlar hisobga olinadi.

Batafsil: http://redfox.uz/eng-kuchli-va-eng-qimmat-brendlar/
@redfoxuz / #marketing / #maqola

Kreativ reklama haqida oddiy qoidalar.

Aytaylik, reklamani boshlashga qaror qildingiz. Bunday qarorga kelish qiyin, ammo bir amalladingiz. Ooo tabriklar 🎉🎉🎉 Endi siz millionlab reklama-xabarlarning dunyosiga kirib kelmoqdasiz. Primitiv boʻlsa ham aytib qoʻyaylik, reklama - eʼtiborni jalb qilish uchun beriladi. Bu ochiq-oydin narsa. Shundayku-ya ammo koʻchaga chiqsangiz, hamma reklama bannerlari bir xildek. Surat, yozuv, logotip, telefon raqami. Endi, ana shu bir xillikning ichidan ajralib chiqish usuli reklamada - kreativ deb ataladi. Quyidagi fotolarda mahalliy va jahon kreativ reklamasidan misollar ko'rsatiladi. Ular o'ta soddaligidan, huddi har kim ham o'ylab topa oladigandek tuyuladi. Aslida ham shunday. To'g'ri, tajribali agentliklarga murojaat qilish ma'lum darajada kafolatlarni ta'minlaydi, ammo hamma ham bunday harajatlarga tayyor emas.

Batafsil: http://redfox.uz/kreativ-reklama-haqida-oddiy-qoidalar/
@redfoxuz / #marketing / #maqola

Fikr yetakchilari orqali reklama va uning samaradorligi

2018-yildan boshlab Oʻzbekistonda ham blogerlar soni sezilarli oʻsa boshladi. Kompaniyalar uchun esa bu ayni muddao. Blogerlar orqali reklama qilish eng samarali reklama usullaridan biri hisoblanadi. Bunga bir nechta sabablar mavjud:

1. Eng sifatli auditoriya. Blogerlarning oʻquvchilari eng aktiv maʼlumot-isteʼmolchilari hisoblanadi. Misol, televizor yoqilgan boʻlsa ham, tomoshabinlar telefonga qarab yoki boshqa ish bilan shugʻullanadi, demak TVdagi maʼlumot 100% eʼtibor bilan isteʼmol qilinmaydi. Reklama boshlansa umuman boshqa kanalga olinadi. Ammo bloger joylagan har bir post (shu birga reklama ham) 90-100% va undan koʻproq auditoriyaning eʼtiborini oladi. Shuning uchun blogerlarni fikr yetakchisi (inglizcha. opinion leader) deb atashadi.

Batafsil: http://redfox.uz/fikr-yetakchilari-ingl-opinion-leaders-orqali-reklama-va-uning-samaradorligi/
@redfoxuz / #marketing / #maqola

Tashqi reklama qaysi tilda bo'lishi kerak va "mahsulot sertifikatlangan" yozuvi shartmi

Avvallari reklamada ishlatilgan chet tilidagi yozuvlar o'zbek tilidagi yozuvdan ko'p bo'lmasligi kerak edi. Oxirgi vaqtda e'tibor bergan bo'lsangiz, rus va ingliz tillaridagi reklama bannerlari ko'payib qolgan. Ayniqsa, shahar hokimiyati tashabbusi bilan boshlangan "Yashil Tashabbus" loyihasining 3 ta tildagi reklamasini ko'p uchratish mumkin (bittasi quyidagi suratda). Shu bahona, Пятницкий маркетинг kanali tashqi reklama qaysi tilda joylashtirilishi kerakligi haqida aniqlik kiritdi.

Savolga Reklama faoliyatini nazorat qilish va iste'molchi huquqlarini himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Azimov javob bergan:

Batafsil: http://redfox.uz/tashqi-reklama-qaysi-tilda-bolishi-kerak-va-mahsulot-sertifikatlangan-yozuvi-shartmi/
@redfoxuz / #marketing / #maqola

Depot WPF (Rossiyaning eng kuchli reklama agentliklaridan biri) strategiya boʻyicha direktori Farxod Kuchkarov, Nursultan shahri haqida.

Ostona shahri
“rebranding” oʻtkazgani hammaga maʼlum boʻlsa kerak. Endi u Nursultan shahri deb nomlanadi. Marketingda yangi nom tanlash/oʻzgartirish nomlash (ingizcha. naming) deb ataladi. Bu haqida maqolamizni oʻqishni tavsiya qilamiz. Yana bunisini ham oʻqishingiz mumkin. Depot WPF strategiya boʻyicha direktori, Farxod Kuchkarov Qozogʻiston poytaxtining yangi nomi haqida hazil post qoldirdi. Quyida tarjima:

Batafsil: http://redfox.uz/depot-wpf-rossiyaning-eng-kuchli-reklama-agentliklaridan-biri-strategiya-bo-yicha-direktori-farxod-kuchkarov-nursultan-shahri-haqida/
@redfoxuz / #marketing / #maqola

Nativ reklama haqida, case (misol) bilan. O’zbekistonda bu kabi misollar kam.

Nativ
(inglizcha. Native) reklama — bir platforma(sayt, ijtimoiy tarmoq, ilova vahokazo.)ga joylashtirilgan reklama, ammo xuddi oʻsha platformaning doimiy kontenti kabi koʻrinishga ega. Nativ reklama asosan internetga xos. Reklamaning bu uslubi paydo bo’lishiga o’sha eski sabablar turtki bo’lgan: reklama haddan ziyod koʻp, reklamaning “hidi” keladigan har qanday xabar chetlab oʻtiladi, ayniqsa internetda. Shuning uchun, odamlar oʻz istagi bilan “isteʼmol” qiladigan kontentning ichiga sezilmaydigan reklama joylashtirish oʻylab topilib, unga nativ (inglizcha. native - mahalliy) reklama nomi berilgan.

Batafsil: http://redfox.uz/nativ-reklama-haqida-case-misol-bilan-ozbekistonda-bu-kabi-misollar-kam/