RedFox Agency
1.09K subscribers
1.07K photos
126 videos
13 files
679 links
Dizayn va Marketing o'zbek tilida!
Saytimiz: redfox.uz

Hamkorimiz: Frilansus.com @frilansus

Dizaynerlar guruhi:
@Designersuzb

@RedFoxManager
+998 97 778-5008

instagram.com/redfoxuz
Download Telegram
​​@redfoxuz / #news / #rebranding

Kasperskiy laboratoriyasi o'z logosini yangiladi.

Kelinglar avvalgi logo bilan yangilangan logoni solishtiramiz 😉
Sizga ko'proq qaysi yoqdi?
@redfoxuz / #design / #kompyutergrafikasi

Grafika turlaridan sizga qaysi biri ko'proq yoqadi?

Vector yoki Raster

Кompyuter grafikasi turlari qisqacha ma'lumot:
http://redfox.uz/kompyuter-grafikasi-turlari-2/
@redfoxuz / #marketing / #maqola

Marketing nimadan boshlanadi?

Marketing
izlanishdan boshlanadi. Izlanish esa (mahsulot turi yoki xizmat faoliyati maʼlum boʻlgan taqdirda) isteʼmolchini oʻrganishdan boshlanadi. Nimaga? Chuni marketingning maqsadi - isteʼmolchining istaklarini manfaatli tarzda qondirish. Buning uchun xaridorimiz kim, yoshi nechada, qayerda yashaydi, ishlaydi, oilalikmi, yoʻqmi shularni bilishimiz kerak. Bu boshlangʻich bosqichdagi zarur minimum. Isteʼmolchi haqidagi izlanishlar asosidagina toʻgʻri mahsulot qura olamiz va kerakli odamga, kerakli maʼlumot yetkaza olamiz.

Batafsil: http://redfox.uz/nimadan-boshlanur-marketing/
@redfoxuz / #marketing / #maqola

Marketing mix

Klassik marketing oʻz ichiga 4 yoʻnalishni jamlaydi, Mahsulot (Product), Narx (Price), Savdo kanali (Place) va Reklama (Promotion). Bu majmua “4P“, yoki Marketing Mix deb ataladi va marketologlar isteʼmolchilarni qoniqtirish yoʻlidagi bosh qotirishi zarur boʻlgan asosiy “tashvish“lar hisoblanadi.

4Pni bittalab koʻrib chiqamiz:

Batafsil: http://redfox.uz/marketing-mix/
@redfoxuz / #marketing / #maqola

Shahar brendingi haqida

Dunyo shaharlari xuddi mahsulotlar kabi, boshqa shahar bilan raqobatlashish uchun oʻzlariga mustahkam brend yaratadi. Bugungi kunda shaharlar investorlarni, sarmoyalarni va sayyohlarni oʻzlariga jalb qila olishlari uchun, boshqalardan farqini va ustun taraflarini odamlarga yetkazishga majbur. Chunki sayyohlar oldida barcha eshiklar ochiq va ular oʻziga jalb etuvchi joylarnigina tanlaydilar.

Shahar haqida gapiradigan logotiplar

Batafsil: http://redfox.uz/shahar-haqida-gapiradigan-logotiplar/
Forwarded from RedFox Agency
RedFox Kompaniyasiga asos solinganiga mana 3 yil boʻlibdi. Bugunga kelib, jamoamizda 30 ga yaqin shogirdlar, havaskorlar va o'z sohasini mutaxassislari yigʼildi. Undan tashqari masofadan ishlovchi Frilanserlar soni 50 ga yaqin, shu kungacha 700 dan ortiq muvaffaqiyatli ishlar topshirildi.

Biz bilan birga bo'lganingiz uchun rahmat!
Hurmat bilan RedFox jamoasi.

🦊 RedFox.uz
@redfoxuz / #marketing / #maqola

Duv-duv gap boʻlib ketadigan reklama uchun nima qilish kerak?

“Duv-duv gap“
reklama (ingizcha. Word of mouth advertising) - bu natijada duv-duv gap boʻlib ketadigan reklama uslubi (ha-ya, aytmaganingizda tushunmasdik🥚). Eng oddiy koʻrinishida odamlar sizning mahsulotingizni boshqalarga bemalol tavsiya qiladi. Mukammal koʻrinishi esa hammaning tilida sizning mahsulotingiz/reklamangiz boʻlishi.

Bunday natijaga erishishning turli yoʻllari mavjud: pullik, pulsiz, sunʼiy, tabiiy. (Rus tilidagi “сарафанное радио“ deb, koʻpincha pulsiz natija tushuniladi, aslida duv-duv gap reklama kengroq tushuncha, faqat bepul emas). Hozircha tabiiy va “bepul“ uslubi haqida gapiramiz.

Batafsil: http://redfox.uz/duv-duv-gap-reklama/
#logodesign #inspiration #yangiloyiha

Assalomu alaykum, do'stlar, hamkasblar 😊
Logo dizayn bo'yicha yangi kanal tashkilladik.

Sababi:
1. Mazkur sohada ishlovchilar, raqobatchi kompaniyalarni ko'zdan kechirishi uchun.
2. Yurtimizdagi mavjud bo'lgan kompaniyalarni brand logolari turli xil joylarga yoyilib ketganligi.
3. Sohadagilar va sohaga yangi kirib kelgan dizaynerlar uchun inspiration olishda 80% gacha kerakmas logolar aralashib ketgani.

Yuritish tartibi:
Mavjud bo'lgan va concept logolar, unikal va ma'no bildiruvchi, o'z harakteriga ega bo'lsa, kanalga yuklanadi. Bu yerga siz ham logo yuborishingiz mumkin. 👌

Kanalga ulanish:
Bu qisqa link
@redfoxuz / #marketing / #maqola

Liderlik sari

Siz yangi bozorga kirmoqchisiz.
Bu bozorda odamlar ishonchini haqli ravishda oqlagan yaqqol yetakchi bor. Sizning mahsulotingiz sifati esa lidernikidan qolishmasligiga ishonchingiz komil. Bunday holatda ikki yoʻlingiz bor:

Batafsil: http://redfox.uz/liderlik-sari/
@redfoxuz / #marketing / #maqola

Rossiyaning turistik brendi

Rossiyaning turistik brendi paydo bo’lishiga ikki yil vaqt ketgan ekan.

Bu jarayon uzoq va qiyinligi haqida, logotipdan oldin qilinadigan ishlar ko’pligi haqida maqolacha yozgan edik. O’sha maqolada yana aytgan edikki, eng kuchli brendlar universalligi bilan, ishlata olish miqyosi kengligi bilan kuchli bo’ladi.

Xullas. 2015-yilda Rossiyada turistik brend uchun ochiq konkurs e’lon qilingan. 2016-yilda 480ta logotip va 600ta shior bilan ikkinchi bosqichga o’tilgan. 2017-yili hukumat va 58 mutahassisdan tashkil topgan jyuri tomonidan saralab olingan 10ta logotip xalq tanloviga taqdim etilgan, har bir logotip o’z g’oyasiga, logik ma’nosiga ega bo’lgan. XALQ TANLOVI BILAN 2017-yil Noyabr oyida Rossiyaning turistik brendi TANLANGAN. Quyida g’olib konsepsiyadan misollar keltiramiz.

Batafsil: http://redfox.uz/rossiyaning-turistik-brendi/
@redfoxuz / #marketing / #maqola

Youtubeda 2018-yildagi eng yaxshi reklama roliklarining top 10 taligi

Google 2018-yil
uchun dunyoning eng yaxshi reklama-roliklari reytingini e'lon qildi va asosiy trend(ommalashgan yo'nalish)larni ko'rsatib berdi.

Eng asosiy trend yulduzlarning (asosiy rol emas)epizodlarda chiqishi bo'ldi: 10tadan 6ta rolikning har birida ikki va undan ko'p mashhurlar ishtirok etgan.

Reyting tarixida birinchi marta uchta animatsion roliklar reytingdan joy oldi.

O'tgan yili roliklar ko'proq immigratsiya, irq, jins kabi ijtimoiy muammolar asosida olingan bo'lsa, bu yil hajviy kayfiyatdagi roliklar ko'p bo'ldi. O'qish qiyin bo'lmasligi uchun gapni qisqaroq qilib, havolalarni ulashib qolaman ;) marhamat:

Batafsil: http://redfox.uz/youtubeda-2018-yildagi-eng-yaxshi-reklama-roliklarining-top-10-taligi/
@redfoxuz / #marketing / #maqola

Akmal Patir o'z brandini patentladi

Mashhur “Akmal Patir” o’z brendini patentladi. Keyin Sanjar Patir, Ildambek Patirlar (biz doim Ildambek Patirdan olamiz ;) ) ham indamay patenlab oladi. Shu bilan brendlar o’z egasining ismi bilan emas, boshqa tuzukroq nomlar bilan nomlanishni boshlaydi. Nomlash haqida postimiz bor. Bugun uning tarixi haqida ozgina eslab o’tmoqchimiz.

Batafsil: http://redfox.uz/nomni-patenltash/