RedFox Branding
828 subscribers
1.17K photos
127 videos
13 files
699 links
Download Telegram
@redfoxuz / #marketing

Naming (nomlash)

Loyihaga nom tanlash jarayoni. Brend nomi - kompaniyaning marketing tarkibiga kiradi, loyiha muvaffaqiyati uchun muhim omillardan biri hisoblanadi.
Marketingda asosiy qoida: strategik darajadagi biron ishga qoʻl urishdan oldin, loyihaning maqsadini, uning isteʼmolchisini, qanday mahsulot va qayerda taqdim qilinishlarini aniqlab olish, oʻxshash boshqa loyihalarni oʻrganib, natijalar asosida qaror qabul qilish kerak. "Noming"da ham bular inobatga olinishi zarur.

Batafsil: http://redfox.uz/nomlash-naming/
​​@redfoxuz / #marketing

Vaziyat marketingi (situational)

Vaziyat marketingi — auditoriya unga befarq bo’lmagan, joriy vaziyatdan foydalanib, mahsulotni reklama qilish, xalq ichidagi mashhur va shov-shuvga sabab bo’lgan hodisalarga tezkorlik bilan, puxta javob berish. Odatda bu hazil orqali amalga oshiriladi.

Vaziyat marketingida bitta qoida bor: yoki o’ta nozik hazil bo’lishi kerak, yoki vaziyat marketingiga yaqinlashmaslik kerak.

Batafsil: http://redfox.uz/vaziyat-marketingi-situational/
Forwarded from 1tik.net | Envato Elements Premium
Forwarded from 1tik.net | Envato Elements Premium
Dondurma-Dolabı-Mockup-Tasarımcıdayı.psd
4.1 MB
@redfoxuz #design

Dizaynda Osonlashtiring


Osonlashtirish nima degani? Bilmaysizmi? Bilsangiz kerak. Osonlashtirish har bir ishda mavjud. Masalan, dehqonlar yerni omoch bilan emas, traktor bilan haydashadi. Bu ularning ishini ancha osonlashtiradi. Ba’zilar esa tomorqasidagi 10 metr yerni ketmon bilan chopishadi. Bu ham ishni osonlashtiradi. Chunki, traktor olib kelish uchun Abdusattor akani uyiga borib kelishga, uni rozi qilishga ketadigan vaqt, shu yerni ketmon bilan ag‘darib qo‘yishga ketadigan vaqtdan ko‘pda. )

Xullas, dizaynda osonlashtirish nima? Bu degani dizaynni oson usul bilan qilish degani emas. Eng qiyinchilik bilan qilib bo‘lsa ham, insonlarga oson natija ko‘rsatish degani. Misollarda ko‘ramiz:

Batafsil: http://redfox.uz/osonlashtirish-nima/
@redfoxuz / #hayitmuborak

🌙 Ramazon Hayiti muborak bo'lsin!

🤲 Sizga barcha ezgu tilaklarni so'rab...
Forwarded from Marketing bo'limi
Assalomu alaykum. Ramazon Hayit bayrami muborak bo’lsin. Barchaga noodatiy kreativ, jozibador dizayn, samarador marketing va orzuingizdagi jamoani tilab qolamiz :)

Marketing o’zbek tilida — @marketingbolimi
​​@redfoxuz / #news / #rebranding

Kasperskiy laboratoriyasi o'z logosini yangiladi.

Kelinglar avvalgi logo bilan yangilangan logoni solishtiramiz 😉
Sizga ko'proq qaysi yoqdi?
@redfoxuz / #design / #kompyutergrafikasi

Grafika turlaridan sizga qaysi biri ko'proq yoqadi?

Vector yoki Raster

Кompyuter grafikasi turlari qisqacha ma'lumot:
http://redfox.uz/kompyuter-grafikasi-turlari-2/
@redfoxuz / #marketing / #maqola

Marketing nimadan boshlanadi?

Marketing
izlanishdan boshlanadi. Izlanish esa (mahsulot turi yoki xizmat faoliyati maʼlum boʻlgan taqdirda) isteʼmolchini oʻrganishdan boshlanadi. Nimaga? Chuni marketingning maqsadi - isteʼmolchining istaklarini manfaatli tarzda qondirish. Buning uchun xaridorimiz kim, yoshi nechada, qayerda yashaydi, ishlaydi, oilalikmi, yoʻqmi shularni bilishimiz kerak. Bu boshlangʻich bosqichdagi zarur minimum. Isteʼmolchi haqidagi izlanishlar asosidagina toʻgʻri mahsulot qura olamiz va kerakli odamga, kerakli maʼlumot yetkaza olamiz.

Batafsil: http://redfox.uz/nimadan-boshlanur-marketing/
@redfoxuz / #marketing / #maqola

Marketing mix

Klassik marketing oʻz ichiga 4 yoʻnalishni jamlaydi, Mahsulot (Product), Narx (Price), Savdo kanali (Place) va Reklama (Promotion). Bu majmua “4P“, yoki Marketing Mix deb ataladi va marketologlar isteʼmolchilarni qoniqtirish yoʻlidagi bosh qotirishi zarur boʻlgan asosiy “tashvish“lar hisoblanadi.

4Pni bittalab koʻrib chiqamiz:

Batafsil: http://redfox.uz/marketing-mix/