Record Blogging
2.55K subscribers
22 photos
1 file
1 link
• Blogging haqida TOP maslahatlar va video darslar

• Ingliz tili sferasida Telegramdagi eng katta, eng foydali va eng aktiv kanal egasi (210K+)

• Umumiy 530K+ obunachilar (barcha ijtimoiy tarmoqlarda)
Download Telegram
My Own Personal Rating ❤️‍🔥

2023-yildagi Tanishuv Postimni o’zim baholaydigan bo’lsam:

Personality – 8/10. Kanal egasi kim ekanligini asosan natijalarim va sertifikatlarim aytib turibdi. Lekin o’zim haqimda 1-2 qiziqarli/unique ma’lumot qo’shib ketishim mumkin edi.


Speciality – 10/10. Kanal qanday yo’nalishda yuritilishi aniq ko’rsatilgan. Ingliz tili, ayniqsa Multi-Levelga mo’ljallangani.


Trust – 10/10. Natijalarim men blogimda ulashib boradigan ma’lumotlar va darslarga bemalol ishonib, amal qilsa bo’lishini isbotlab turibdi.


Attractiveness – 10/10. Post haddan tashqari kaaatta emas. O’quvchini o’zidan bezitib qo’ymaydi. Sertifikatlar o’quvchi e’tiborini o’ziga tortib oladi.


Visual appeal – 10/10. Postda paragraflardan unumli foydalanilgan. Shrift turlari yaxshi tanlangan (4+ ta shrift ishlatilgan: simple text, bold, italic, underline). Emojilar ham me’yorida qo’llanilgan. Simple, professional yozilgan va o’qishga oson.


CTA – 0/10. Tanishuv postini o’qib chiqqan obunachi harakatga chaqirilmagan. Reaksiya bosish yoki komment yozish – masalan, o’zini tanishitirish – so’ralmagan :(


Overall: 8/10. 2023-yilda endi kanal ochib yuritishni boshlagan paytlarimda shunaqa kamchiliklarim bo’lgan ekan ✌️

✈️ Join: @RecordBlogging
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥50109👍4😎3❤‍🔥2🏆1🦄1
Record Blogging
CTA – 0/10. Tanishuv postini o’qib chiqqan obunachi harakatga chaqirilmagan. Reaksiya bosish yoki komment yozish – masalan, o’zini tanishitirish – so’ralmagan :(
Lekin shundayam reaksiyalar bomba oma 😁

1.6K — bir ming olti yuzta!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7012😎10❤‍🔥5👍3
Menimcha Tanishuv Posti haqida umumiy tushunchaga ega bo’voldiylar.

Endi “oddiy shaxsiy blog uchun nima yozgan ma’qul birinchi tanishuv postiga” degan savolga yengilgina formula orqali javob bervoraymi? Keyin o’ziylarni kanalilar uchun tanishuv postini yozurardiylar, a?

Yes, shunda qiling shef — ❤️‍🔥
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥92🔥109💯5👍3
Tanishuv Posti

Yangi ochilgan shaxsiy blogingizda tanishuv posti bo’lishi kerak. Bu tanishuv posti siz o’zingiz va kanalingizning asosiy yo’nalishi haqida eng kerakli ma’lumotlarni o’z ichiga olishi kerak.

Tanishuv posti haddan tashqari uzun bo’lmasligi, va iloji boricha bitta ekranga sig’ishi zarur. Shunchaki o’zingiz va kanalingiz yo’nalishi haqidagi eng kerakli, qiziqarli va unikal faktlarni kiriting, masalan quyidagilarni:

1️⃣ Salomlashuv — kreativ so’zlar bilan boshlanadigan gap. Masalan:
Yomon pozitiv teacherni blogidasizlar:)

2️⃣ Ism | Yosh | Qayerdanligingiz (agar ayta olsangiz)

3️⃣ Blogdagi kontent yo’nalishi haqida ma’lumot, asosiy natijalaringiz

4️⃣ CTA (call to action — obunachini harakatga chaqiruv — reaksiya & komment)


🤩 Mana shunday bir tanishuv posti tayyorlab, kanalingizga pin qilib qo’ying. Har safar kattaroq yangi auditoriya blogingizga qo’shilganida, shu tanishtiruv postini qayta post qilaverasiz. Vaqt o’tgani sari yanayam yaxshilab, boyitib boraverasiz.

✈️ Join: @RecordBlogging
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2110🎉4🐳4🏆2
Record Blogging
Tanishuv Posti Yangi ochilgan shaxsiy blogingizda tanishuv posti bo’lishi kerak. Bu tanishuv posti siz o’zingiz va kanalingizning asosiy yo’nalishi haqida eng kerakli ma’lumotlarni o’z ichiga olishi kerak. Tanishuv posti haddan tashqari uzun bo’lmasligi…
Bugungi vazifangiz:

• Shaxsiy blogizga ilk tanishuv posti yozing. Asosiy natijalariz va kerakli shaxsiy infolarni kiriting. Qisqa, lo’nda, e’tiborni tortuvchi qiling.

Vazifani bajarib, kommentga skrinshot yuboring.

✈️ Join: @RecordBlogging
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
23🔥10🤝5👍4
Kimda nima gaplar endi, djigarlar?

Kanallarizni ochvolib, birinchi postni joylavolib, endi har kunlik qanaqa kontent qilishni, qanday qilib davomiy yuritib borishni bilmay o’tiribsizlarmi? 🧐

O’rgatvoraymi shuniyam? —
❤️‍🔥

✈️ Join: @RecordBlogging
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥11713🔥76🕊2
Just Document 📄

Blogging sferasida “Just Document” degan termin bor. Tarjimasini o’zingiz bilsangiz kerak — “Shunchaki Yozib Qo’y” (yoki shunchaki hujjatlashtirib / ro’yxatlashtirib qo’y).

Siz kun davomida bajaryotgan ishlaringizni blogingizga “shunchaki yozib qo’yish” orqali ham blogingizni tartibli, chiroyli va foydali yurita olasiz. Ya’ni, blogingiz — kichik bir shaxsiy kundaligingizga aylanadi. Ko’pchilik bloggerlar kanalini shunday yuritadi aslida.

Qilishingiz kerak bo’lgan yagona ish — kun davomida shug’ullanyotgan mashg’ulotlaringiz va amallaringizni shundoqqina bir rasmga yoki videoga olib, ostiga kichik bir izoh yozib kanalga yuborish. Uzundan-uzun izoh yozish shart emas.

Muhimi, kontent formatini ko’paytiring: rasm + text, video + text, shunchaki text, 1 daqiqalik dumaloqcha kombinatsiyalarini balansda saqlang. Shunda kuzatuvchilaringiz ham zerikib qolmaydi.

Masalan, biror CEFR Reading bajardizmi, ichidan o’rganib olgan TOP 10 ta yangi so’zlarni oddiy bir text formatda joylang. Ingliz tilida biror serial yoki multik ko’rdizmi, eng qiziq joyini 1 daqiqalik dumaloqcha video qilib joylang. Biror kitob o’qib tugatdizmi, uni rasmga olib, kichik bir izoh yozing kitob haqida. Uni reyting qilib baholang, kimlar uchun ideal ekanligi, nima mavzular yoritilgani haqida yozing. Muhimi — yozing!


Kuniga 100 ta post qo’yib yubormang. Lekin 0 ta ham bo’lmasin. 5-8 ta post bir kun uchun ideal!

👣 Bular hali kanalini qanday yuritishni bilmay, ikkilanib turganlar uchun instruksiyalar. Agar sizda aniq bir yo’nalish va imkon bo’lsa, albatta o’z yo’nalishingiz bo’yicha ekspert kontentlar (video darslar, educational postlar) ham qilib borishingizni maslahat beraman. Aks holda, just document! 🖋

✈️ Join: @RecordBlogging
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
35🔥10🐳8🏆5❤‍🔥1👍1😍1
Record Blogging
Photo
“Just Document” qilish uchun, qandaydir bir premium / hashamatli joylarda o’qishingiz, ishlashingiz, bo’lishingiz shart emas!
27🔥10👍8💯6
Record Blogging
TOP 25 Rubrikalar [@RecordBlogging].pdf
Mana bu PDF dagi “TOP 25 Rubrikalar” ham ancha g’oya beradi oma)
25👍7🔥7💯4❤‍🔥2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
38🌚7🔥3💯3
Bugun ko’pchilik, juddaaa ko’pchilik, so’rayvergan mavzuni qamrab olamiz)

Kanalga yangi auditoriya olib kirish 🔥

Undan avval, sizlarda so’ramoqchiman: kanalda obunachilar sonini ko’paytirishni qanaqa yo’llarini bilasiz?


Komment va reaksiyalar bilan aktivlik ko’rsatseylar, men ham o’zim bilgan haaamma usullarini tushuntirib berib, yo’nalish ko’rsatvoraman 😎

✈️ Join: @RecordBlogging
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥65😎1110🐳4😍2❤‍🔥1🏆1
Molodets! Ancha tajribalariz bor sizlarni, Bloggerlar 🔥

Taaak, obunachi sonini ko’paytirishning quyidagi asosiy 10 ta usuli bor:

• Yaqinlarni qo’shib chiqish 👥
• Link tarqatish 🔗
• Konkurs 🎁
• Telegram Premium Gift ⭐️
• Giveaway 📚
• Help ⚡️
• Telegram Ads 📣
• Reklama 👑
• Loyiha 🔊
• Word of mouth 🥳⭐️


Bularga bilimizdan kelib chiqib shunchaki ta’rib berib ko’ringchi. Qaysi biri eng ekkektivi? Qaysi biri eng qimmati? Qaysi biri eng ko’p obunachi jalb qiladigani...?

✈️ Join: @RecordBlogging
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2511🏆10🔥4
Record Blogging
Yaqinlarni qo’shib chiqish 👥
Obunachilar sonini oshirish | 1-usul:
Yaqinlarni qo’shib chiqish 👥

Shaxsiy blog yuritishga endi-endi birinchi qadamlarini tashlagan yosh bloggerlarda odatda hali ko’p narsa mavhum bo’ladi. Kanalini qanday yo’nalishda yuritishi aniq bo’lmaydi. Daromad manbai bo’lmaydi. Reklama berib, obunachilari sonini ko’paytirish uchun kapital bo’lmaydi.

Bunday do’stlarimiz uchun obunachi sonini biroz ko’paytirib olishning eng oson, tezkor va arzon (tekin) yo’li — atrofidagi tanish-birodarlarini blogiga qo’shib chiqishdir. Hayotizga, faoliyatizga qiziqish bildirishi mumkin deb o’ylagan istagan tanishizni blogizga qo’shsangiz bo’ladi: oila a’zolari, qarindoshlar, sinfdoshlar, kursdoshlar....

Bu usulni qo’llab, odatda ilk 50 tagacha kuzatuvchiga ega bo’la oladi ko’pchilik yangi blog ochganlar. Lekin bu kuzatuvchilar o’ta sodiq, aktiv, qo’llab-quvvatlovchi, so’rasangiz ko’ngil uchun reaksiyalar bosib turuvchi kuzatuvchi bo’ladi 🤍

Albatta, kanalizdan chiqib ketadigan tanishlariz bo’ladi, e’tibor bermang, hissiyotga berilmang. Hammagayam majburan kanalga qo’shib qo’yilish yoqmaydi axir.

✈️ Join: @RecordBlogging
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥36👍1211🏆8
Record Blogging
Link tarqatish 🔗
Obunachilar sonini oshirish | 2-usul:
Linkli konkurs
🔗

Bu usul shaxsiy blogida o’rtacha 300-5,000 ta obunachiga ega bo’lgan bloggerlar uchun to’g’ri keladi. Minimal summa bilan, obunachi sonini 0.5x ga ko’paytirib olishlari mumkin bo’ladi.

Nima qilish kerak? 👇
1️⃣ Obunachilar orasida sovg’ali tanlov (konkurs) tashkillaysiz. 5 ta o’rin uchun sovrinlar qo’yasiz (masalan, kitoblar yoki Telegram Premium bo’lishi mumkin). Qimmat narsa bo’lishi shart emas, shunchaki kuzatuvchilaringiz qiziqadigan, siz ularga kerakli deb hisoblaydigan, “ular o’sha sovg’ani olish uchun 5-10 do’stini kanalimga taklif qilishdan qochmasa kerak” deb o’ylagan sovg’alar yutuqqa qo’yilsa bo’lgani. Sovg’alar qanchalik mehr, did va farosat bilan tanlansa, konkurs shunchalik muvaffaqiyatli o’tadi.


2️⃣ Sovg’alarni tanlab bo’lib, auditoriyangizga konkursni e’lon qilasiz 2-3 kun davomida yaxshilab. Sovg’aga nimalar qo’yilganini aytasiz. Tanlov necha kun davom etishini, qoidalarini tushuntirasiz. Konkurs davomiyligi o’rtacha 3-5 kundan ko’p cho’zilmagani ma’qul.


3️⃣ Tanlovga start berasiz. Qiziqish bildirgan obunachilaringiz sizga lichkangizga yozishadi. Siz tepadagi rasmda ko’rsatilgan tartibda har bir qatnashuvchi uchun maxsus link yaratib, har bir qatnashuvchiga berasiz. Ular o’zining shaxsiy berilgan linki orqali do’stlarini kanalingizga taklif qiladi. Siz qaysi qatnashuvchi nechta do’stini blogingizga taklif qilib qo’shganini ko’rib tura olasiz.


4️⃣ Tanlov oxirida eng ko’p do’stini taklif qilgan 1-, 2-, 3-, 4-, va 5-o’rinni egallagan obunachilaringizga va’da qilingan sovg’alarni topshirasiz. Va shuning bilan konkurs yakunlanadi. Obunachilaringiz soni sezilarli darajada o’sgan bo’ladi.


❗️ “Link konkurs” uyushtiryotganda 1 ta admin akkauntdan maksimum 50 ta yangi link yaratib, qatnashuvchilarga bera olasiz. 50 dan keyingi linklar va u link egalari nechta do’stini taklif qilgani sizga ko’rinmay qoladi.

Bu usul o’ta katta blog egalari (5K+) uchun tavsiya qilinmaydi. Chunki ko’p vaqt ketadi bittalab qatnashuvchilar savollariga javob berib chiqishga, ularni linkidan nechta odam qo’shilganini tekshirib, ularga axborot berib turishga.

✈️ Join: @RecordBlogging
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2110🔥7🏆3
Record Blogging
Konkurs 🎁
Obunachilar sonini oshirish | 3-usul:
Konkurslarga homiy bo’lish
🎁

Yoxud, obunachi sonini oshirishning eng bo’lmag’ur turi. Kasofat turi. Bir tiyinga qimmat, zararga ishlaydigan turi.


Juda ko’plab Telegram kanallar obunachilari orasida tez-tez yutuqli konkurslar tashkillab turadi. Sovg’alar qo’yadi va kichik, tajribasiz blog egalarini sheriklikka chorlaydi (kinnalaydi). Ularni konkursga homiy bo’lib, konkurs xarajatlarini ma’lum qismini to’lashi evaziga, homiylar kanallariga nechtadir obunachi qo’shilishiga garant beradi. Odatda, 200 ming so’m evaziga 1K auditoriya, 400 ming so’m evaziga 2K auditoriya va’da qilishadi.

Blogging sferasiga endigina qadam qo’ygan, tez ko’tarilish umidida bo’lgan yosh bloggerlar esa bu raqamlarga uchib, konkursga homiy bo’lib olishadi. O’sishku kutilganidek, va’da qilinganidek bo’ladi. Bir kechada 2K ga chiqib olishlari mumkin arzimas pul evaziga.

Lekin, konkursda ishtirok etyotgan odamlar taxminan bunaqa mindsetda bo’ladi: “Konkursda ishtirok etib shu kanallarga obuna bo’lib qo’yaveray. Sovg’a yutmasam chiqib ketaveraman ertaga. Sovg’a yutsam ham chiqib ketaman 😄.”

Juda ko’p yosh bloggerlarni ko’rdim shu xatoga qo’l urganini. Konkursga homiy bo’ldi. 1-2K yangi “obunachi” olib kirdi blogiga. Bir necha kun o’zida yo’q xursand bo’lib yurdi. Keyin ko’zini ochib qarasa, postlarda ko’rishlar soni, reaksiya va kommentlar, aktivlik kam. Konkursdan kirgan “obunachilar” o’lik bo’lib olgan. Kanal xuvillab yotibdi. Men tanigan ko’pchilik shu xatoni qilganlar — yo blogini yuritishni tashlab qo’ydi o’shandan beri, yo blogini tag-tugi bilan o’chirib yubordi xafsalasi pir bo’lib.


Xulosa: konkursda homiy bo’lish orqali obunachi sonini oshirish — najot/yechim emas, balki imtihoga eltuvchi yo’l. Konkurslardan uzoqroq yuring!

Ho’p shef, konkurslarni yelkamni chuquri ko’rsin — 🤝

✈️ Join: @RecordBlogging
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝787💯4🔥2👍1
Record Blogging
Telegram Premium Gift ⭐️
Obunachilar sonini oshirish | 4-usul:
Telegram Premium Gift
⭐️

Yaxshi usul. Obunachilar xursand bo’ladi. Kanal egasiga ham foydasi bor — obunachiga hadya qilingan har bir Telegram Premium kanalga 4 ta boost beradi. Kanalniyam premium qilishga yordam beradi.

Bu usuldan qanday foydalanish kerak?
1️⃣ 2-3 nafar sheriklar toping. Ular xuddi sizdek yo’nalishda blog yurityotgan, auditoriyasi sizni target auditoriyezga mos tushishi kerak. Obunachilari soni ham siznikidan o’ta kam bo’lmasligi kerak. Siznikidan ko’p bo’lsa yaxshi, chunki o’sha kanallar orasida obunachi almashtirasiz. Ularni obunachisi sizni kanalizga o’tadi, sizniki ularnikiga.


2️⃣ Xarajatlarini sheriklar o’rtasida taqsimlab, birortangizni kanalingizdan 3-10 ta 3 oylik Telegram Premium Giveaway tashkillaysiz, xuddi yuqoridagi rasmda ko’rsatilganidek. To’lovlarini amalga oshirishingiz bilanoq, Telegram platformasining o’zi giveaway boshlanganini sizni kanalingizda e’lon qiladi avtomatik tarzda.


3️⃣ Sheriklaringiz giveaway e’lonini o’z bloglariga “forward” qilib yuborishadi. Va qarabsizki, giveaway ga kiritilgan kanallar orasida obunachi alishishni boshlaydi. Sheriklaringiz kanallaridagi kuzatuvchilar sizni blogizga o’tadi, siznikidagi ularni bloglariga qo’shiladi.


4️⃣ Giveaway da belgilangan sana yakunlangach, Telegram platformasining o’zi giveaway g’oliblarini random aniqlaydi va 3 oylik Telegram Premium topshiradi. Har bir topshirilgan premium uchun giveaway ga start bergan kanalga 4 tadan boost yoziladi.


Agar mabodo giveaway muvaffaqiyatli o’tmayotgandek tuyulsa, sheriklar bilan yana biroz pul tashlashib, xuddi o’sha platforma shakllantirib bergan giveaway e’lonini biror kattaroq kanalda reklama qildirsangiz bo’ladi.

✈️ Join: @RecordBlogging
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
20🔥75🏆5❤‍🔥1