Record Blogging
2.55K subscribers
22 photos
1 file
1 link
• Blogging haqida TOP maslahatlar va video darslar

• Ingliz tili sferasida Telegramdagi eng katta, eng foydali va eng aktiv kanal egasi (210K+)

• Umumiy 530K+ obunachilar (barcha ijtimoiy tarmoqlarda)
Download Telegram
Kanal Biosi

Shaxsiy blogingiz biosini risoladagidek qilib qo’yish — kanal upakovkasi jarayonidagi eng oxirgi qadam.

Kanalning bio qismiga o’zi atigi 250 dona “character” (belgi, harflar) yozish mumkin xolos. Maksimal chegarasi shu. 250 dan ortiq harfli narsa sig’maydi, yozib bo’lmaydi uyog’iga. Demak, shu 250 talik joydan unumli foydalanish kerak.

Havaskor kanallardan ajralib turish uchun, blogning biosi 5 qator bo’lib, quyidagi xususiyatlarga ega bo’lishi kerak:
1️⃣ 1-qator: Shior yoki unikal ta’rif
Uni o’qigan odam siz haqingizda tasavvurga ega bo’lishi yoki maqsadingiz/missiyangizni bilib olishi kerak. Masalan: “Foydali ilmga tikilgan sarmoya, ikki dunyoda ham foyda beradi!”

2️⃣ 2-qator: Yo’nalishingiz

3️⃣ 3-qator: Tajribangiz

4️⃣ 4-qator: Eng asosiy/katta natija, yutug’ingiz

5️⃣ 5-qator: Aloqa uchun akkaunt yoki bot manzili


👣 Bu “5 qator” shunchaki bir formula. Hammada ham bio aynan shunday bo’lishi majburiy emas. Lekin shunday bo’lsa, ancha tartibli va professional ko’rinadi kanal eng boshidanoq. Asosiysi, haddan tashqari ko’p emojilar ishlatmang. Qatorlar orasida joy tashlang. “•” yoki “—” belgilaridan foydalaning.

Yakuniy qoida o’sha: Professionallik — bu soddalik!

✈️ Join: @RecordBlogging
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
27🔥10👍8❤‍🔥4
Record Blogging
Bugun “kanal upakovkasi” mavzusini yakunlab qo’yamizmi? (kanal avatarkasi/rasmi va biosi mavzulari qolgan) • Ha, ikkovini o’rganamiz — ❤️‍🔥 • Yo’q, sekinroq, kuniga bitta qadam o’rganaveraylik — 🕊 ✈️ Join: @RecordBlogging
Bugungi vazifangiz:

• Shaxsiy blogiz avatari va biosini to’g’rileng. Uni professional ko’rinishga keltiring.

Vazifani bajarib, kommentga skrinshot yuboring. Ertadan boshlab endi kanal ichiga — qanday kontentlar qilishga o’tamiz)

✈️ Join: @RecordBlogging
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
27🔥107❤‍🔥6🤝5
Mana bloglarizni ochib, chiroooyli qilib professional upakovka ham qivoldiylar.

Endi kontent qilish mavzusiga ham sekiiin kiraversak bo’ladi.

Savol: Kanalga tashlanadigan eng biriiinchi post nima bo’lishi kerak?


✈️ Join: @RecordBlogging
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥37🕊109🎉8❤‍🔥1
Record Blogging
Kanalga tashlanadigan eng biriiinchi post nima bo’lishi kerak?
To’g’ri — tanishuv posti 🔥

Mana bu meni tanishuv postim bo’lgan, 1 dan 10 gacha bo’lgan shkalada baholangchi meni tanishuv postimni (bemalol tanqidiy baholayvering):
👉 https://t.me/MultiLevelRecord/11

Baholashda e’tiborga olishingiz kerak bo’lgan kriteriyalar:

Personality – kanal egasi qanchalik ochib berilgani
Speciality (mutaxassislik) – kanal maqsadi (yo’nalishi) qanchalik ochib berilgani
Trust – bu kanaldagi ma’lumotlarga qanchalik ishonsa bo’lishi
Attractiveness – o’quvchi e’tiborini qanchalik jalb qilishi
Visual appeal – post o’qishga qanchalik oson, ko’zga qanchalik qulayligi
CTA – call to action – obunachini harakatga qanchalik chaqirishi


✈️ Join: @RecordBlogging
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥251110🏆5🍓1
My Own Personal Rating ❤️‍🔥

2023-yildagi Tanishuv Postimni o’zim baholaydigan bo’lsam:

Personality – 8/10. Kanal egasi kim ekanligini asosan natijalarim va sertifikatlarim aytib turibdi. Lekin o’zim haqimda 1-2 qiziqarli/unique ma’lumot qo’shib ketishim mumkin edi.


Speciality – 10/10. Kanal qanday yo’nalishda yuritilishi aniq ko’rsatilgan. Ingliz tili, ayniqsa Multi-Levelga mo’ljallangani.


Trust – 10/10. Natijalarim men blogimda ulashib boradigan ma’lumotlar va darslarga bemalol ishonib, amal qilsa bo’lishini isbotlab turibdi.


Attractiveness – 10/10. Post haddan tashqari kaaatta emas. O’quvchini o’zidan bezitib qo’ymaydi. Sertifikatlar o’quvchi e’tiborini o’ziga tortib oladi.


Visual appeal – 10/10. Postda paragraflardan unumli foydalanilgan. Shrift turlari yaxshi tanlangan (4+ ta shrift ishlatilgan: simple text, bold, italic, underline). Emojilar ham me’yorida qo’llanilgan. Simple, professional yozilgan va o’qishga oson.


CTA – 0/10. Tanishuv postini o’qib chiqqan obunachi harakatga chaqirilmagan. Reaksiya bosish yoki komment yozish – masalan, o’zini tanishitirish – so’ralmagan :(


Overall: 8/10. 2023-yilda endi kanal ochib yuritishni boshlagan paytlarimda shunaqa kamchiliklarim bo’lgan ekan ✌️

✈️ Join: @RecordBlogging
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥50109👍4😎3❤‍🔥2🏆1🦄1
Record Blogging
CTA – 0/10. Tanishuv postini o’qib chiqqan obunachi harakatga chaqirilmagan. Reaksiya bosish yoki komment yozish – masalan, o’zini tanishitirish – so’ralmagan :(
Lekin shundayam reaksiyalar bomba oma 😁

1.6K — bir ming olti yuzta!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7012😎10❤‍🔥5👍3
Menimcha Tanishuv Posti haqida umumiy tushunchaga ega bo’voldiylar.

Endi “oddiy shaxsiy blog uchun nima yozgan ma’qul birinchi tanishuv postiga” degan savolga yengilgina formula orqali javob bervoraymi? Keyin o’ziylarni kanalilar uchun tanishuv postini yozurardiylar, a?

Yes, shunda qiling shef — ❤️‍🔥
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥92🔥109💯5👍3
Tanishuv Posti

Yangi ochilgan shaxsiy blogingizda tanishuv posti bo’lishi kerak. Bu tanishuv posti siz o’zingiz va kanalingizning asosiy yo’nalishi haqida eng kerakli ma’lumotlarni o’z ichiga olishi kerak.

Tanishuv posti haddan tashqari uzun bo’lmasligi, va iloji boricha bitta ekranga sig’ishi zarur. Shunchaki o’zingiz va kanalingiz yo’nalishi haqidagi eng kerakli, qiziqarli va unikal faktlarni kiriting, masalan quyidagilarni:

1️⃣ Salomlashuv — kreativ so’zlar bilan boshlanadigan gap. Masalan:
Yomon pozitiv teacherni blogidasizlar:)

2️⃣ Ism | Yosh | Qayerdanligingiz (agar ayta olsangiz)

3️⃣ Blogdagi kontent yo’nalishi haqida ma’lumot, asosiy natijalaringiz

4️⃣ CTA (call to action — obunachini harakatga chaqiruv — reaksiya & komment)


🤩 Mana shunday bir tanishuv posti tayyorlab, kanalingizga pin qilib qo’ying. Har safar kattaroq yangi auditoriya blogingizga qo’shilganida, shu tanishtiruv postini qayta post qilaverasiz. Vaqt o’tgani sari yanayam yaxshilab, boyitib boraverasiz.

✈️ Join: @RecordBlogging
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2110🎉4🐳4🏆2
Record Blogging
Tanishuv Posti Yangi ochilgan shaxsiy blogingizda tanishuv posti bo’lishi kerak. Bu tanishuv posti siz o’zingiz va kanalingizning asosiy yo’nalishi haqida eng kerakli ma’lumotlarni o’z ichiga olishi kerak. Tanishuv posti haddan tashqari uzun bo’lmasligi…
Bugungi vazifangiz:

• Shaxsiy blogizga ilk tanishuv posti yozing. Asosiy natijalariz va kerakli shaxsiy infolarni kiriting. Qisqa, lo’nda, e’tiborni tortuvchi qiling.

Vazifani bajarib, kommentga skrinshot yuboring.

✈️ Join: @RecordBlogging
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
23🔥10🤝5👍4
Kimda nima gaplar endi, djigarlar?

Kanallarizni ochvolib, birinchi postni joylavolib, endi har kunlik qanaqa kontent qilishni, qanday qilib davomiy yuritib borishni bilmay o’tiribsizlarmi? 🧐

O’rgatvoraymi shuniyam? —
❤️‍🔥

✈️ Join: @RecordBlogging
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥11713🔥76🕊2
Just Document 📄

Blogging sferasida “Just Document” degan termin bor. Tarjimasini o’zingiz bilsangiz kerak — “Shunchaki Yozib Qo’y” (yoki shunchaki hujjatlashtirib / ro’yxatlashtirib qo’y).

Siz kun davomida bajaryotgan ishlaringizni blogingizga “shunchaki yozib qo’yish” orqali ham blogingizni tartibli, chiroyli va foydali yurita olasiz. Ya’ni, blogingiz — kichik bir shaxsiy kundaligingizga aylanadi. Ko’pchilik bloggerlar kanalini shunday yuritadi aslida.

Qilishingiz kerak bo’lgan yagona ish — kun davomida shug’ullanyotgan mashg’ulotlaringiz va amallaringizni shundoqqina bir rasmga yoki videoga olib, ostiga kichik bir izoh yozib kanalga yuborish. Uzundan-uzun izoh yozish shart emas.

Muhimi, kontent formatini ko’paytiring: rasm + text, video + text, shunchaki text, 1 daqiqalik dumaloqcha kombinatsiyalarini balansda saqlang. Shunda kuzatuvchilaringiz ham zerikib qolmaydi.

Masalan, biror CEFR Reading bajardizmi, ichidan o’rganib olgan TOP 10 ta yangi so’zlarni oddiy bir text formatda joylang. Ingliz tilida biror serial yoki multik ko’rdizmi, eng qiziq joyini 1 daqiqalik dumaloqcha video qilib joylang. Biror kitob o’qib tugatdizmi, uni rasmga olib, kichik bir izoh yozing kitob haqida. Uni reyting qilib baholang, kimlar uchun ideal ekanligi, nima mavzular yoritilgani haqida yozing. Muhimi — yozing!


Kuniga 100 ta post qo’yib yubormang. Lekin 0 ta ham bo’lmasin. 5-8 ta post bir kun uchun ideal!

👣 Bular hali kanalini qanday yuritishni bilmay, ikkilanib turganlar uchun instruksiyalar. Agar sizda aniq bir yo’nalish va imkon bo’lsa, albatta o’z yo’nalishingiz bo’yicha ekspert kontentlar (video darslar, educational postlar) ham qilib borishingizni maslahat beraman. Aks holda, just document! 🖋

✈️ Join: @RecordBlogging
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
35🔥10🐳8🏆5❤‍🔥1👍1😍1
Record Blogging
Photo
“Just Document” qilish uchun, qandaydir bir premium / hashamatli joylarda o’qishingiz, ishlashingiz, bo’lishingiz shart emas!
27🔥10👍8💯6
Record Blogging
TOP 25 Rubrikalar [@RecordBlogging].pdf
Mana bu PDF dagi “TOP 25 Rubrikalar” ham ancha g’oya beradi oma)
25👍7🔥7💯4❤‍🔥2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
38🌚7🔥3💯3
Bugun ko’pchilik, juddaaa ko’pchilik, so’rayvergan mavzuni qamrab olamiz)

Kanalga yangi auditoriya olib kirish 🔥

Undan avval, sizlarda so’ramoqchiman: kanalda obunachilar sonini ko’paytirishni qanaqa yo’llarini bilasiz?


Komment va reaksiyalar bilan aktivlik ko’rsatseylar, men ham o’zim bilgan haaamma usullarini tushuntirib berib, yo’nalish ko’rsatvoraman 😎

✈️ Join: @RecordBlogging
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥65😎1110🐳4😍2❤‍🔥1🏆1
Molodets! Ancha tajribalariz bor sizlarni, Bloggerlar 🔥

Taaak, obunachi sonini ko’paytirishning quyidagi asosiy 10 ta usuli bor:

• Yaqinlarni qo’shib chiqish 👥
• Link tarqatish 🔗
• Konkurs 🎁
• Telegram Premium Gift ⭐️
• Giveaway 📚
• Help ⚡️
• Telegram Ads 📣
• Reklama 👑
• Loyiha 🔊
• Word of mouth 🥳⭐️


Bularga bilimizdan kelib chiqib shunchaki ta’rib berib ko’ringchi. Qaysi biri eng ekkektivi? Qaysi biri eng qimmati? Qaysi biri eng ko’p obunachi jalb qiladigani...?

✈️ Join: @RecordBlogging
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2511🏆10🔥4
Record Blogging
Yaqinlarni qo’shib chiqish 👥
Obunachilar sonini oshirish | 1-usul:
Yaqinlarni qo’shib chiqish 👥

Shaxsiy blog yuritishga endi-endi birinchi qadamlarini tashlagan yosh bloggerlarda odatda hali ko’p narsa mavhum bo’ladi. Kanalini qanday yo’nalishda yuritishi aniq bo’lmaydi. Daromad manbai bo’lmaydi. Reklama berib, obunachilari sonini ko’paytirish uchun kapital bo’lmaydi.

Bunday do’stlarimiz uchun obunachi sonini biroz ko’paytirib olishning eng oson, tezkor va arzon (tekin) yo’li — atrofidagi tanish-birodarlarini blogiga qo’shib chiqishdir. Hayotizga, faoliyatizga qiziqish bildirishi mumkin deb o’ylagan istagan tanishizni blogizga qo’shsangiz bo’ladi: oila a’zolari, qarindoshlar, sinfdoshlar, kursdoshlar....

Bu usulni qo’llab, odatda ilk 50 tagacha kuzatuvchiga ega bo’la oladi ko’pchilik yangi blog ochganlar. Lekin bu kuzatuvchilar o’ta sodiq, aktiv, qo’llab-quvvatlovchi, so’rasangiz ko’ngil uchun reaksiyalar bosib turuvchi kuzatuvchi bo’ladi 🤍

Albatta, kanalizdan chiqib ketadigan tanishlariz bo’ladi, e’tibor bermang, hissiyotga berilmang. Hammagayam majburan kanalga qo’shib qo’yilish yoqmaydi axir.

✈️ Join: @RecordBlogging
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥37👍1211🏆8
Record Blogging
Link tarqatish 🔗
Obunachilar sonini oshirish | 2-usul:
Linkli konkurs
🔗

Bu usul shaxsiy blogida o’rtacha 300-5,000 ta obunachiga ega bo’lgan bloggerlar uchun to’g’ri keladi. Minimal summa bilan, obunachi sonini 0.5x ga ko’paytirib olishlari mumkin bo’ladi.

Nima qilish kerak? 👇
1️⃣ Obunachilar orasida sovg’ali tanlov (konkurs) tashkillaysiz. 5 ta o’rin uchun sovrinlar qo’yasiz (masalan, kitoblar yoki Telegram Premium bo’lishi mumkin). Qimmat narsa bo’lishi shart emas, shunchaki kuzatuvchilaringiz qiziqadigan, siz ularga kerakli deb hisoblaydigan, “ular o’sha sovg’ani olish uchun 5-10 do’stini kanalimga taklif qilishdan qochmasa kerak” deb o’ylagan sovg’alar yutuqqa qo’yilsa bo’lgani. Sovg’alar qanchalik mehr, did va farosat bilan tanlansa, konkurs shunchalik muvaffaqiyatli o’tadi.


2️⃣ Sovg’alarni tanlab bo’lib, auditoriyangizga konkursni e’lon qilasiz 2-3 kun davomida yaxshilab. Sovg’aga nimalar qo’yilganini aytasiz. Tanlov necha kun davom etishini, qoidalarini tushuntirasiz. Konkurs davomiyligi o’rtacha 3-5 kundan ko’p cho’zilmagani ma’qul.


3️⃣ Tanlovga start berasiz. Qiziqish bildirgan obunachilaringiz sizga lichkangizga yozishadi. Siz tepadagi rasmda ko’rsatilgan tartibda har bir qatnashuvchi uchun maxsus link yaratib, har bir qatnashuvchiga berasiz. Ular o’zining shaxsiy berilgan linki orqali do’stlarini kanalingizga taklif qiladi. Siz qaysi qatnashuvchi nechta do’stini blogingizga taklif qilib qo’shganini ko’rib tura olasiz.


4️⃣ Tanlov oxirida eng ko’p do’stini taklif qilgan 1-, 2-, 3-, 4-, va 5-o’rinni egallagan obunachilaringizga va’da qilingan sovg’alarni topshirasiz. Va shuning bilan konkurs yakunlanadi. Obunachilaringiz soni sezilarli darajada o’sgan bo’ladi.


❗️ “Link konkurs” uyushtiryotganda 1 ta admin akkauntdan maksimum 50 ta yangi link yaratib, qatnashuvchilarga bera olasiz. 50 dan keyingi linklar va u link egalari nechta do’stini taklif qilgani sizga ko’rinmay qoladi.

Bu usul o’ta katta blog egalari (5K+) uchun tavsiya qilinmaydi. Chunki ko’p vaqt ketadi bittalab qatnashuvchilar savollariga javob berib chiqishga, ularni linkidan nechta odam qo’shilganini tekshirib, ularga axborot berib turishga.

✈️ Join: @RecordBlogging
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2110🔥7🏆3