Record Blogging
2.55K subscribers
22 photos
1 file
1 link
• Blogging haqida TOP maslahatlar va video darslar

• Ingliz tili sferasida Telegramdagi eng katta, eng foydali va eng aktiv kanal egasi (210K+)

• Umumiy 530K+ obunachilar (barcha ijtimoiy tarmoqlarda)
Download Telegram
Kelinglar maqsadga o’tamiz!

Siz bu kanalga quyidagi niyatlar bilan qo’shildingiz:
1️⃣ Telegramda o’z blogimni ochib yuritishni boshlayman (agar hali blogim bo’lmasa)
2️⃣ Havaskor blogger bo’lmayman, “shunchakiga” blog yuritmayman, havaskorlar yo’l qo’yadigan xatolarni qilmayman
3️⃣ Mas’uliyat bilan, professionallik bilan yuritib kontent qilaman, kuzatuvchilarning vaqtini qadrlagan va hurmat qilgan holda
4️⃣ Bo’lar-bo’lmas postlar tashlamayman, boshqa kanallardan post chopavermayman. O’zim original, sifatli, foydali, qiziqarli va unikal kontent qilishni o’rganaman
5️⃣ Davomiylikni ushlayman
6️⃣ Blogimda obunachilar sonini oshiraman
7️⃣ Bir kun kelib, o’zimga sodiq bo’lgan kattagina auditoriya yig’aman va bu orqali jamiyatdagi statusim, xalqqa foydam hamda daromadimni ham ko’taraman

Bir gap bilan aytganda — xuddi Abror Rahmatullayevdek blog yuritishni o’rganaman!


Agar bu siz bo’lsangiz, 1 ta ❤️‍🔥 bosib qo’ying. Men sizga taklifimni aytaman.

✈️ Join: @RecordBlogging
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥308278🐳7🔥4
Record Blogging
Bir gap bilan aytganda — xuddi Abror Rahmatullayevdek blog yuritishni o’rganaman!
Kelinglar maqsadga o’tamiz!

Siz bu kanalga yuqoridagi niyatlar bilan qo’shildingiz. Va men ham bu kanalni aynan shu masalalarda sizga yordam berish uchun boshladim.

To’g’rirog’i, bu shunchaki kanal emas. Bu meni navbatdagi proyektim, loyiham bo’ladi. Sizga bu loyihamda qanday qilib TOP darajada blog yuritishni va bloggingga oid hamma narsani o’rgataman. Ipidan-ignasigacha. Tartib bilan. Qadamma-qadam.

Lekin, “practice makes perfect” deyishadi. Mendan o’rganganlaringiz shunchaki miyada (puch havoda) qolib ketmasligi uchun, har safar bir narsa o’rgatganimda, siz o’z blogingizda kerakli o’zgarishni qilib qo’yib, kommentga o’sha “maxsus vazifa” ni bajarganingizni skrinshot qilib tashlashingiz kerak bo’ladi.

Mendagi tajriba va o’rgatadiganlarim, mening “formulam” sizga ham muvaffaqiyatli blogger bo’lishingizga yordam berishishga ishonsangiz albatta!

Kelishdikmi? — 🤝

✈️ Join: @RecordBlogging
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝15613🐳107❤‍🔥4👍2🔥2
Bugungi, eng birinchi vazifangiz:

• Agar kanalingiz bo’lsa, linkini va qanday yo’nalishda yuritishingizni kommentda qoldiring.

• Agar hali kanalingiz bo’lmasa, shunchaki bitta kanal yaratib (xoh shaxsiy yopiq kanal, xoh ommaviy ochiq kanal), kommentga linkini yuboring. “Uni nima mavzuda yuritaman...” degan o’yni bir chetga surib turing hozircha.

Ertadan boshlab uni qanday yuritish borasida to’liqroq gaplashamiz)

✈️ Join: @RecordBlogging
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
39👍17🔥11🐳8❤‍🔥4
Record Blogging
Bugungi, eng birinchi vazifangiz: • Agar kanalingiz bo’lsa, linkini va qanday yo’nalishda yuritishingizni kommentda qoldiring. • Agar hali kanalingiz bo’lmasa, shunchaki bitta kanal yaratib (xoh shaxsiy yopiq kanal, xoh ommaviy ochiq kanal), kommentga linkini…
Kecha juda ko’pchilik do’stlarimiz Blogging sferasiga ilk qadamni tashlashdi — o’z shaxsiy bloglarini ochishdi.

Endi esa, qadamma-qadam bloglarimizni “odam bashara” qilamiz. Blogimizga har bir yangi obunachi qo’shilganda, blogimiz “havaskor ko’rinish” ga emas, “professional look” ga ega bo’lishi kerak. Obunachida shunday taassurot qoldirishi muhim. Professional look’ka keltirish eng avvalo blog nomidan boshlanadi.

Sizga savol — blog nomi kanalga professionallik berib turishi uchun qanday xususiyatlarga ega bo’lishi kerak deb o’ylaysiz?


✈️ Join: @RecordBlogging
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
30🔥105🏆4😎4❤‍🔥3
Havaskor kanallardan ajralib turish uchun, blog nomi quyidagi xususiyatlarga ega bo’lishi kerak:

1️⃣ Ism (+ familiya). Blog nomi u blogni kimga tegishli ekanligini, uni kim yuritishini bildirib turishi kerak. Yigitlar ism-familyalari bilan nomlashlarini, ayollar esa ismlarini o’zi bilan nomlaganlari to’g’riroq (turmushga chiqqanda familiya o’zgarishi ehtimolini hisobga olish zarur).


2️⃣ Yo’nalish (yoki Pozitsiya / Tajriba). Blogni asosan qaysi yo’nalishda yuritishingizni ham blog nomiga qo’shish kerak (masalan: «Abror Rahmatullayev | Blogging»). Ya’ni, mutaxassisligingiz nima? Agar hali aniq bir yo’nalish tanlamagan bo’lsangiz, hozircha shunchaki ismingiz bilan yoki mana bunday tartibda nomlash mumkin: «Abror Rahmatullayev | Blog»


3️⃣ Anonim bo’lmaslik. Anonim kanal yuritishni shaxsan men tavsiya bermayman. Chunki hozirgi paytda Telegram platformasida kanallar ko’p. Auditoriyangiz kelajakda sizni aytgan so’zingizga amal qilishi yoki sizdan biror narsa sotib olishi uchun, u sizni va shaxsiyatingizni yaqindan tanishi muhim!


4️⃣ Oddiy shrift. Kanal nomida turli-tuman shriftlardan (italic, bold, ...) foydalanish ham o’ta murakkab ko’rinadi. Shunchaki simple, yet sophisticated bo’lishi uchun, oddiy shriftdan foydalaning. Ko’zga eng qulay va bejirim ko’rinadigan shrift shu.


5️⃣ Emojilar ishlatmaslik. Kanal nomida ortiqcha emoji va stickerlar ham tavsiya qilinmaydi. Professionallik — bu soddalik.


Blogingiz muvaffaqiyatga erishishi ehtimoli yuqoriroq bo’lishi uchun, shu xususiyatlarga ega bo’lgan nom tanlashingizni maslahat beraman. Albatta, kanalini aynan bunday nomlamagan, lekin baribir katta blogga aylantirgan bloggerlarga duch kelishingiz mumkin. Lekin ular 100 dan 1 istisnolar xolos. Ularga ergashib siz ham “allambalo” nom qo’yib olishingiz, siz ham muvaffaqiyatli blogger bo’lishingizni kafolatlamaydi.

✈️ Join: @RecordBlogging
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
52🔥14👍10🐳6❤‍🔥3🏆3
Record Blogging
Havaskor kanallardan ajralib turish uchun, blog nomi quyidagi xususiyatlarga ega bo’lishi kerak: 1️⃣ Ism (+ familiya). Blog nomi u blogni kimga tegishli ekanligini, uni kim yuritishini bildirib turishi kerak. Yigitlar ism-familyalari bilan nomlashlarini,…
Bugungi vazifangiz:

• Shaxsiy blogiz nomini to’g’rileng. Anonim blogdan --> shaxsiy blogga o’zgartiring. Shunda, kelajakda auditoriyez bilan aloqalariz va daromadizni oshirish imkoniyatlariz kuchliroq bo’ladi.

Vazifani bajarib, kommentga skrinshot yuboring. Ertaga esa, yanayam ko’proq mavzularni qamrab olamiz)

✈️ Join: @RecordBlogging
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2710🔥9❤‍🔥7
Bugungi kunni judayam qaltis va muhim mavzudan boshlaymiz.

Kanal uchun to’g’ri link tanlash va linklar bilan ishlash.

Savol: Nima uchun bu mavzuni qaltis deyapman? Kanalga link tanlashda nimalarni hisobga olish kerak deb o’ylaysiz?


Meni o’zimda shu mavzuga oid qiziq hikoyalar va tajribalar bor. Birozdan so’ng ulashaman)

✈️ Join: @RecordBlogging
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
37🔥15👍10🐳6❤‍🔥2
Havaskor kanallardan ajralib turish uchun, blogning asosiy linki quyidagi xususiyatlarga ega bo’lishi kerak:

1️⃣ Ism (+ familiya) bilan tanlangan bo’lgani ma’qul. Yokida aynan sizning shaxsingizni bildirib turuvchi o’ziga xos username bo’lishi mumkin. Masalan, men ko’pchilik kanallarimni @MultiLevelRecord brendi ostida birlashtirganman va bu meni unikal belgim. Aslida kanal linkida yo’nalish yoki tajriba aks etishi shart emas. Asosiysi, u shaxsni bildirib turishi kerak.


2️⃣ 2 narsa kanal “username” ida bo’lmagani ma’qul: raqamlar va haddan tashqari ko’p tire belgisi “_”. Bular professional ko’rinmaydi.


3️⃣ Qisqa, lo’nda, e’tiborni tortuvchi. Kanalingiz “username” i iloji boricha shunday bo’lsa yaxshi. U linkni har bir postingiz pastiga qo’yasiz. Obunachilaringiz foydali postlaringizni do’stlariga share qilishganida, post ostidagi link orqali yangi obunachilar qo’shilaveradi. Undan tashqari, umumiy “search” qilganda ham oson chiqib keluvchi username bo’lsa yaxshi. Obunachilar soni biroz tezroq ko’tarilishiga yordam beradi. Shunchaki, o’zingizni kuzatuvchi o’rniga qo’yib ko’ring va sizga shu kanal kerak bo’lganda, nima deb qidiruvga bergan bo’lardingiz, shuni tasavvur qilib ko’ring.


4️⃣ Yopiq “private” kanal. Agar kanalingiz yopiq turdagi kanal bo’lsa, ochiq linkingizni bron qilib qo’yish uchun qo’shimcha ommaviy “public” channel ochib qo’yishingizni ham tavsiya beraman. U xuddiki bir portal vazifasini o’tab beradi. Muxriddin IELTS va Marvaridlar odatda shunday qilishadi.


✈️ Join: @RecordBlogging
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
22🔥11👍10🏆7❤‍🔥2🆒2
Oltinga teng maslahat
Yoxud
So’zimga quloq soling!

Agarda kelajakda blogiz orqali o’z mahsulotiz yoki servisizni taklif qilmoqchi bo’lsez, hozirdanoq o’zizni ism-familyez bilan bog’liq har qanday “username” larni band qilib qo’ying.

O’zi nasib qilsa, sizni muvaffaqiyatli blogger, xalq suygan insonga aylantirib qo’yishi hech gap emas. Ana o’sha paytda, sizni nomizdan o’z manfaati yo’lida foydalanmoqchi bo’lganlar chiqib kela boshlaydi. Biz ularni “kalamushlar” deb ataymiz Blogging sferasida.

Bunday kalamushlar sizni “username” izga birga-bir o’xshash qilib akkaunt ochib oladi va odamlarni pulini shiladi. U ham yetmaganidek, sizni nomizga dog’ tushiradi. Ba’zi obunachilar shunchalik soddaki, ular pullarini shildirib qo’yganlarida, sizni lo’ttiboz deb o’ylashadi va bilmagan holda tuhmat tarqatib qo’yishlari mumkin.

Mendayam shunga o’xshash bir experience bo’lgandi. Meni haqiqiy adminim @AbrorRahmatuLLaev. Bir uchiga chiqqan firibgar esa o’ta aqlli ish tutgan. Username dagi 2 ta “L” o’rniga, 2 ta katta “i” harfini kiritib yangi akkaunt ochib olgan. Oylaaaab odamlarni pulini shilgan, nomimni bulg’agan. Bir amallab yo’q qildik, shukr. O’zi insof bersin bundaylarga.


Sizdayam kelajakda shunga o’xshash noxushliklar bo’lmasligi uchun, hozirdan kelajakni o’ylang. Ism-familyez bilan bog’liq har xil kombinatsiyalarni bron qilib qo’yish uchun kanalchalar ochib qo’ying bo’sh bo’lsayam.

✈️ Join: @RecordBlogging
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
32🐳11🔥108❤‍🔥51
Shunga o’xshash muammo shogirdlarimda ham ko’p bo’ladi.

O’zi umuman olganda, kurs ochgan, servisini taklif qilyotgan, kattagina auditoriyasi bor har qanaqangi blogger bunday kalamushlar radarida turadi.

Shogirdim, jamoamizning Media Rahbari Zoirbek ham hozir menga yozib qoldi. O’zi mediaga endi kirib kelgan payti “хитрый” lik qilib, o’zini ismi bilan bog’liq haaamma username larni bron qilib qo’ygan ekan 👤Zoir_Akramov, 👤Zoirjon_Akramov, 👤Akramov_Zoir, 👤Akramov_Zoirjon, 👤ZoirAkramov, 👤ZoirjonAkramov va hokazo kombinatsiyalarni...

Lekin baribir kalamushlar ubu narsa qilib yo’lini topishibdi 😂, faqat kallani ishlatib ish qilishmabdida :)

✈️ Join: @RecordBlogging
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣6112🔥10🐳6🍓3❤‍🔥1
Record Blogging
Havaskor kanallardan ajralib turish uchun, blogning asosiy linki quyidagi xususiyatlarga ega bo’lishi kerak: 1️⃣ Ism (+ familiya) bilan tanlangan bo’lgani ma’qul. Yokida aynan sizning shaxsingizni bildirib turuvchi o’ziga xos username bo’lishi mumkin. Masalan…
Bugungi vazifangiz:

• Shaxsiy blogiz linkini to’g’rileng. Qisqa, lo’nda, e’tiborni tortuvchi qiling username ni. Raqam va ko’p tire qo’shmang. Kanalingiz yopiq bo’lsa, u uchun portal ham ochib qo’ying.

Vazifani bajarib, kommentga skrinshot yuboring.

✈️ Join: @RecordBlogging
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥38🤝1310103🔥1
Bugun “kanal upakovkasi” mavzusini yakunlab qo’yamizmi? (kanal avatarkasi/rasmi va biosi mavzulari qolgan)

• Ha, ikkovini o’rganamiz — ❤️‍🔥
• Yo’q, sekinroq, kuniga bitta qadam o’rganaveraylik — 🕊

✈️ Join: @RecordBlogging
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥187🕊37🔥106👍5
Kanalimiz avatari (rasmi) haqida birinchi gaplashadigan bo’lsak.

Savol: Kanal avatarida sizni o’zizni yuziz bo’lishi qanchalik muhim deb o’ylaysiz? Ertaga kelajakda bu sizni obunachilariz bilan aloqangizga va daromadizga katta ta’sir qiladi deb o’ylaysizmi?


O’zi sizga qaysi biri qulay:
• Kanalim avatariga o’z rasmimni (yuzimni) qo’yishdan tortinmayman — ❤️
• Kanalim avatariga o’z rasmimni (yuzimni) qo’ymaslikni afzal ko’raman — 🌚

✈️ Join: @RecordBlogging
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌚19567🔥10🐳6❤‍🔥1🏆1
Record Blogging
Kanalimiz avatari (rasmi) haqida birinchi gaplashadigan bo’lsak. Savol: Kanal avatarida sizni o’zizni yuziz bo’lishi qanchalik muhim deb o’ylaysiz? Ertaga kelajakda bu sizni obunachilariz bilan aloqangizga va daromadizga katta ta’sir qiladi deb o’ylaysizmi?…
Kutmagandim ochig’i, lekin ancha to’g’ri fikrlayapsizlar. Kuzatuvchanligiylar sezildi. Molodets! 🏆

Endi men yozyapman ✍️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
64🏆12😎10🆒5🔥3❤‍🔥2👍1🕊1
Havaskor kanallardan ajralib turish uchun, blogning avatar rasmi quyidagi xususiyatlarga ega bo’lishi kerak:

1️⃣ Original. Blogning rasmi haqiqiy, o’zingizning rasmingiz bo’lishini maslahat beraman, ayniqsa yigitlarga. Boshlanishiga, o’z gallareyangizdan biror tiniq tushgan suratingizni kanal avatariga qo’ysangiz bo’ladi. Lekin blogingiz rivojlanib, obunachilar soni va daromadingiz o’sgani sari, professional fotostudiada professional kamerada kanal avatari uchun alohida suratga tushishingiz mumkin. Ko’pchilik katta bloggerlar shunday maxsus tushgan suratini qo’yadi kanal avatariga. Yuzingiz katta va tiniq ko’ringani, orqa fonda detallar iloji boricha kamroq bo’lgani ma’qul. Xira, sifati yomon rasmlar qo’ymang.


2️⃣ Agar ayol kishi bo’lsangiz va yuzingiz va tanangizni ijtimoiy tarmoqlarda ochiqlashni afzal ko’rmasangiz, zarari yo’q. Bu narsa sizni kelajakda obunachilaringiz bilan aloqalaringizga yoki daromadingizga aytarlik ta’sir o’tkazmaydi. Asosiysi, yuzingizni ochiqlamasangiz ham, blogingizda samimiylikni yo’qotmang va shaxsiy lifestyle kontentlar ham qilib, auditoriyangiz bilan emotsional bog’liqlik o’rnatib oling. Ular sizni yuzingizni ko’rmasa ham, shaxsiyatingizni, xarakteringizni, kimligingizni bilsin, his qilib tursin, hurmat qilsin. Kanal avatariga kelsak, o’zingiz tushgan biror rasmni yuz qismingizga to’liq yoki yarim berkitib (bijir-bijir orqali yoki biror emojilar orqali), shunday rasm qo’yishingizni maslahat beraman. Lekin tepadagi ikkinchi rasmdagidek avatarlardan foydalanmang! Birovning yoki pinterestdan olingan rasmlarini ishlatmang.


Xulosa: Blogingizda yuzingizni ochiqlamasligingiz aytarlik ahamiyatga ega emas. Muhimi — shaxsiyatingizni ochiqlang, kuzatuvchilaringizni sizni mavjudligingizni his qilib tursin va sizga ishonsin.

✈️ Join: @RecordBlogging
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
44🔥15👍107❤‍🔥3🏆1
Kanal Biosi

Shaxsiy blogingiz biosini risoladagidek qilib qo’yish — kanal upakovkasi jarayonidagi eng oxirgi qadam.

Kanalning bio qismiga o’zi atigi 250 dona “character” (belgi, harflar) yozish mumkin xolos. Maksimal chegarasi shu. 250 dan ortiq harfli narsa sig’maydi, yozib bo’lmaydi uyog’iga. Demak, shu 250 talik joydan unumli foydalanish kerak.

Havaskor kanallardan ajralib turish uchun, blogning biosi 5 qator bo’lib, quyidagi xususiyatlarga ega bo’lishi kerak:
1️⃣ 1-qator: Shior yoki unikal ta’rif
Uni o’qigan odam siz haqingizda tasavvurga ega bo’lishi yoki maqsadingiz/missiyangizni bilib olishi kerak. Masalan: “Foydali ilmga tikilgan sarmoya, ikki dunyoda ham foyda beradi!”

2️⃣ 2-qator: Yo’nalishingiz

3️⃣ 3-qator: Tajribangiz

4️⃣ 4-qator: Eng asosiy/katta natija, yutug’ingiz

5️⃣ 5-qator: Aloqa uchun akkaunt yoki bot manzili


👣 Bu “5 qator” shunchaki bir formula. Hammada ham bio aynan shunday bo’lishi majburiy emas. Lekin shunday bo’lsa, ancha tartibli va professional ko’rinadi kanal eng boshidanoq. Asosiysi, haddan tashqari ko’p emojilar ishlatmang. Qatorlar orasida joy tashlang. “•” yoki “—” belgilaridan foydalaning.

Yakuniy qoida o’sha: Professionallik — bu soddalik!

✈️ Join: @RecordBlogging
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
27🔥10👍8❤‍🔥4