Sabr daraxti (Rauf Parfi)
348 subscribers
589 photos
80 videos
43 files
118 links
Ushbu kanal Rauf Parfi ijodiga bagʻishlanadi. Maqsadimiz Rauf Parfi ijodini biladigan, qadrlaydiganlar auditoriyasini kengaytirish, shoir ijodining qiymatini anglash, targʻib qilishdan iborat. @Rauf_ParfiUzturk
Download Telegram
Раҳмат!
Quyoshning alvido shamlari yonar
Kechar ko‘zlarimdan bu yorug‘ jahon.
Qaydan men? Nechun Men? Vujudim qonar,
Qachon keldim? Nechun? O‘tgayman qachon?

@Rauf_ParfiUzturk
Sabr daraxti (Rauf Parfi)
@Rauf_ParfiUzturk
Bitta kitobni o‘qish uchun kitob do‘koniga ishga kirmoqchi bo‘lgan odamni eshitganmisiz? O‘sha men! 🙃🙃🙃

@Rauf_ParfiUzturk
#Иқтибос

“Менга нима? Менга деса, ер ёрилиб кетмайдими!” Бу – кўча ҳайвонининг фикри.

“Оч қорним – тинч қулоғим”. Бу – уй ҳайвонининг фикри.

© Рауф Парфи

@Behzod_Fazliddin

@Rauf_ParfiUzturk
Assalomu alaykum, dorning og'ochi

Assalomu alaykum, doming og‘ochi "Kuntug‘mish"dan

Ko‘nglim qorong‘udir, tevarak tutun,
Yolg‘iz boshim uzra uvullar shamol,
Ko‘zlarimni g‘ajir allaqanday tun, Sen kimsan, nimasan, sen kimning boji? —
Aqlimni g‘ijimlar yalang‘och savol —
Assalomu alaykum, dorning og‘ochi.

Turkiylar, aytingiz, bizda nima bor?
Bizda bor mute'lik, qullik, ozorlar,
Bizda bor qo‘llardan ketgan ixtiyor,
Manxus kimsalarning talon-toroji,
Hayqirib yotibdi buyuk mozorlar Assalomu alaykum, dorning og‘ochi.

Turkiylar, aytingiz, bizdan nima yo‘q?
Bizda yo‘q, ittifoq, bizda yo‘q birlik —
Oyoq ostidadir insoniy huquq, Bu turkiy olamning qutlug‘ me’roji,
Oyoq ostidadir muqaddas hurlik, Assalomu alaykum, dorning og‘ochi.

Yovuzlar kuchlarin to‘plab shaylanar,
Ichi to‘la g‘azab, qo‘llarida tig‘, Zamonlar aylanar, osmon aylanar,
Ona Turkistondir turklarning toji Aytingiz, qandayin yashaymiz ortiq,
Assalomu alaykum, dorning og‘ochi.

Non so‘rab kelganga joningni berding,
Sendadir matonat, sendadir toqat.
Qon so‘rab kelganga shoningni berding,
Yurtingni berding sen, qattol xiroji,
O‘ldirsang, o‘zingni o‘ldirding faqat,
Assalomu alaykum, dorning og‘ochi.  

Magar ohing bilan olamni to‘ldir, Tinglamas Allohing nolalaringni.
Vahki, otangni ot, onangni o‘ldir,
Ey, qora dunyoning qora muhtoji,
Bo‘g‘izla tole'siz bolalaringni
Assalomu alaykum, dorning og‘ochi.

@Rauf_ParfiUzturk
21-FEVRAL - XALQARO ONA TILI KUNI

YUNESKO tashkiloti tomonidan  21-fevral – “Xalqaro ona tili kuni” deb e’lon qilingan. Mazkur sana 2001-yildan buyon xalqaro miqyosda  keng nishonlanib kelinmoqda.

Xalqaro ona tili kunining mazmun-mohiyatida har bir xalqning o‘z milliy tafakkuri, ma'naviyati, ruhiyatining o‘zagini tashkil etadigan tilga alohida muhabbatning belgisi o‘z aksini topadi. Mazkur kun ona tili bayrami sifatida nishonlanar ekan, bu bayram munosabati bilan har bir insonning o‘z Vatani va o‘z tiliga bo‘lgan muhabbati, unga bo‘lgan ehtiromi, qadrlash tuyg‘ulari yangilanadi.


@Rauf_ParfiUzturk
Ona tilim 

1. Abut-Turk tarixdan balki bir hikmat 
Biroq sen borsan-ku Turon elinda. 
Shoir, So‘z aytmakka sen shoshma faqat, 
Ulug‘ Alisherning qutlug‘ tilinda.

Ul olis quyoshdir kuyinib yonar, 
Olis xotirotlar o‘chmas falakda. 
Haqdan, Haqiqatdan ko‘ring, kim tonar? 
Dunyoviy alamning tiyg‘i yurakda.

Vatan deb atalgan beshik, onajon, 
Men uchun yopilgan eshik, onajon, 
Men sokin sollanib ilg‘ab borarman.

Vatan deb atalgan tobut qo‘ynida, 
Chuvalgan bulutni qordek qorarman, 
Ruhimning panjasi chaqmoq bo‘ynida.

2. Hech zot uza bilmas uzilgan jonni, 
Haqiqatni uza bilmas hech qachon. 
Elim, ona tilim, ruhimning qoni, 
Bir imdod so‘rayman sendan, onajon.

Chayonzor yo‘lidir borar yo‘llarim, 
Tanim yonmakdadir ishqsiz ochunda, 
Ko‘klarga to‘qinar so‘ngak qo‘llarim, 
Oyoqlarim mening tuproq ichinda.

Barchaning boshida birdek beomon, 
Manxus zamonlarning o‘lik shamoli, —
Buzg‘un yigirmanchi asr a’moli…

Mening ona tilim, munis, mehribon, 
Sen Turkiy Dunyoning g‘olib xayoli — 
Seni yozajakman, tirilgan jahon.

3. Ulug‘ Turkistonim, oltin dalalar, 
Oftob sochqi sochar bosh uzra balqib.
U sening tilingda aytar allalar, 
Qonim, ona tilim, oh, ona xalqim.

Navoiy baytiga o‘xshaydi yo‘llar, 
Bu toshlar Hamzaning qotili, hayhot! 
Nahotki umrbod o‘rtasa o‘ylar, 
Umrbod zanjirband etsa xotirot?!

Zanjirbandman, ona tilim Ona So‘zingga, 
Kundayin so‘larman, oydek to‘larman, 
Mil kabi tortarman Seni ko‘zimga.

Men g‘arib bandangman. Bir So‘z tilarman, 
Boshimni qo‘yarman Sening izingga, 
Qudsiya anfosin aytib o‘larman

RAUF PARFI,
O‘zbekiston xalq shoiri


@Rauf_ParfiUzturk
... Ga

Go‘yo yashnab, porpirab yongan,
Va bir mahal so‘nib qolgan sham...
Yo‘q, yo‘q, yurak u tomon chopmas
Xayolimga uchib kelmas ham!

Siz qarshimda gulgun namoyon,
Tag‘in ishqdan tutqizib "gultoj",
Nega qalbim tinchgina orom
Uyqusiga izlaysiz iloj?

Nima o‘tgan bo‘lsa umrimda,
Bari ro‘yo va betasallo,
Baxtiyorman: mag‘rur, parishon
Barcha o‘ydan olisda tanho.

Sodda onam o‘z orzusida
Shoshib-pishib ko‘rarkan tadbir,
Lekin bedor tushkun ruhimga
Barvaqt og‘u quymadi taqdir.

Uyg‘onarmi mangulik uyqu?-
Esga solmang, hayhot, u damni,
Unutay men, xunuk muammo
Bag‘ishlagan o‘sha odamni.

O, so‘zlamang, unutay, do‘stim,
Kechmish hayotim illatini...
Inson ishqi, dunyo baxsh etgan-
Va hayvoniy muhabbatini.

@Rauf_ParfiUzturk
Ayni damda Adabiy tanqid kengashining 2021-yil faoliyati yakunlariga bagʻishlangan hisobot yigʻilishi bo'lmoqda.
Adabiyotshunos Suvon Meli Rauf Parfi she'riyati, chop etilgan Ilhom G'aniyevning "Rauf Parfi O'zturk dunyosi" kitobi xususida juda chiroyli ma'ruza qilmoqda.

@Rauf_ParfiUzturk
#Sotuvda

📕 Ilhom G'aniyev, «Rauf Parfi O'zturk dunyosi»

Ushbu kitob milliy tafakkurimizni yuksaltirishda betakror xizmatlar qilgan, Sharqu G'arb adabiyotini o'z ijodida badiiy tezlashtirgan, modern adabiyotini yangicha o'zanlarga burgan Rauf Parfi O‘zturk fenomenining yangi qirralarini kashf etishga qaratilgan. Shuningdek, shoir she'riyatidagi o'ziga xoslik, obrazlar poetikasi, badiiy san'atlar, metaforalar, poetik sintaksis kabi nazariy masalalar ijodkor falsafiy konsepsiyasidan kelib chiqib, jahon adabiyotiga qiyosan o‘rganilgan.

Umid qilamizki, shoir ijodiga o'zgacha nigoh kitobxonni befarq qoldirmaydi. Mazkur kitob filolog mutaxassislar, ijodkor ziyolilar va barcha adabiyot muhiblariga mo'ljallangan.

Mas'ul muharrir: Suvon Meli
Taqrizchilar: Ulug'bek Hamdam, Olim Oltinbek

ℹ️ Muqova: Qattiq, 732 bet
🖨 Nashriyot: «Muharrir», 500 nusxa
💰 Narxi: 69 000 so'm

🚚 O'zbekiston bo‘ylab yetkazib beramiz. 📍Chilonzor-8, Qatortol ko'chasi 60
Tel: +99899 8910324 / +99871 2300050
Telegram orqali xarid: t.me/bookuzbek

@Rauf_ParfiUzturk

@bookuzbekistan
Bir yoqlarga ketmaysanmi, uchib-uchib,
Yurasanmi is bosib, qorayib,
Sho‘rlik shaharlik, chumchuq?


@Rauf_ParfiUzturk
Sukut aro munis xayolim-
Qafasdagi qush kabi tutqun.
Etmas ozod uchmakka holi,
Alamlarda iqboli nigun.

Turgil endi, qo‘shig‘im, uyg‘on,
Uyg‘on, singan qanotingni yoz.
Falaklarda charx ur, bu zamon,
Kelur dengiz tomondan ovoz!

Irmoq bo‘lib otil, qo‘shig‘im,
Irmoq bilmas qayga borur yo‘l.
Uch, qo‘shig‘im, chag‘alay kabi,
G‘arq bo‘lmakni o‘ylamas-ku ul.

Shamol yanglig‘ yoza qol qanot,
Qaynab-toshgil, ey, tashna ko‘ngil.
Javob yo‘qdir shamolga, hayhot,
Lekin to‘lqin sola olur ul.


Lesya Ukrainka 🇺🇦
📝Rauf Parfi tarjimasi

@Rauf_ParfiUzturk
YULDUZ

Bo‘larmikan orzularga chek,
Shu qismatmi sodda yurakda?!
Mudom porlar tun yulduzi tek,
Shirin umid yanglig‘ yuksakda.

Nigohini ko‘rardi oqshom,
Fazolarda-osmon ko‘ksida,
Derazamdan tutib oltin jom,
Go‘yo deydi:- O‘g‘lon, o‘ksima!

Yuragimga sirdosh va oshno,
Unga ma'lum g‘am-u anduhim.
Termularkan, men bedor tashna
Bir tasalli topadi ruhim.

Oh, olisda yulduzim harchand,
Lekin timsol etmish ezgu dard.
Porla, buyuk umidim yorqin,
Ko‘zlarimga xayoldek yaqin.

@Rauf_ParfiUzturk