Sokin_Qalblar 🦋
53 subscribers
3.43K photos
626 videos
5 files
127 links
Kanalimizga xush kelibsiz👏
Kanalda eng sara rasmlarni tashlashga harakat qilamiz. Agar rasmlar sizga yoqayotgan bulsa
Kanalga dustlarizni ham taklif qiling👍👍👍

Murojat va takliflar uchun admin
@anvar2930

@shaxboz9443

Kanal silkasi👇👇
@rasmlar_zuri
Download Telegram
Кўз юмсам, яқинсан,
Кўз очсам — олис.
Токай бу изтироб жонимга насиб?
Борарсан кун сайин кундай нур сочиб,
Мен эса тобора ақлдан озиб.

Мўъжиза кутасан дунёдан интиқ,
Кимдир англар дейсан тилсимларингни.
Ҳайратдан мосуво бу шўрлик каслар
Оят ахтармайди исмларингдан.

Эҳ, бизнинг қарорлар телба-тескари,
Аразу нифоқлар ишққа қайралган.
Сабрим тўзғиб кетган баргдек сарсари,
Кўнглим ёна-ёна кузга айланган.

Гўдакфеъл шамоллар юлар баргларни,
Кузи тугаётган боғлар фаромуш.
Бир одам кўтарса баргча дардларни,
Куртаклар барг ёрмай ўтарди хомуш.

Ақраб ойларида ҳаво заҳролуд,
Мен кузман, тўкилсам қувонасанми?
Гулсан, баҳорингни излайсан, сен-чун
Мен баҳор бўламан, ишонасанми?

Бу дунё — ғамимга қабристон дунё
Ичинда ғамингдек тотлик кўрмадим.
Ошиқлар маст ўлса майхоналарда,
Мен сенинг сўзингдек мастлик кўрмадим.

Ҳаддим беҳад бўлди, сабрим бесабр,
Жимгина эсимдан оғаётибман.
Кўзинг Каъбасида ишқимни яшир,
Кўзингга ёмғирдай ёғаётибман.

Кўз юмсам, яқинсан,
Кўз очсам... яқин...
@rasmlar_zuri
O'ylasam yurakni vahima bosar,
O'ylar juda og'ir, juda ham og'ir.
Ketsam, qismatimga qaro qor yog'ar,
Qolsam, yuragimga yog'moqda yomg'ir.

Na to'xtar na yo'lga boshlaydi tana,
Ruhim ham negadir na shod na g'amgin.
Qolsam uvolingga qolaman yana,
Ketsam, savolingda qolaman tag'in.

Nechun olqagancha oh-zorlaringni,
Malomat yog'ilar bilmasdan tinim?
Nechun men suyaman ozorlaringni,
Nechun men suyaman, suymaydi jinim?..

Meni tushunmadi bu yerda hech kim,
Men ham anglamadim hech kimni, ammo,
Qolsam, nechun shayton hiringlaydi jim,
Ketay desam, nechun yo'l bermas Xudo?...

@rasmlar_zuri
Ketsam, qismatimga qaro qor yog'ar,
Qolsam, yuragimga yog'moqda yomg'ir.

@rasmlar_zuri
Juda ham o‘zgarding, o‘zgardim men ham,
Endi talpinishlar o‘tmishda qoldi.
Sog‘inib kelmaysan, kutmayman men ham,
Yurak ham hijronga ko‘nika oldi.

Sen sokin yashaysan, baxtiyor, xurram,
Biroq men ham ortda yashamayapman.
Yelkamda tosh tashib horidi hayot,
Men hatto chekishni tashlamayapman.

Qanotlarin bir-bir qoqishib ketdi,
Yuzimdan boshqa yuz ko‘rmagan nurlar.
Sensizlik fanidan dars beryapti
Sensizlik neligin bilmagan kunlar.

Mehribon ekansan keragidan ko‘p,
Sendan so‘ng muzladim, yomon muzladim.
Ketganingdan buyon topolganim yo‘q,
Ko‘nglimga sham yoqib seni izladim.

Baliq ovchi qushdek sang‘idim toza
Havorang dengizlar o‘yida sarmast.
Kiprigingga qo‘nib tush ko‘ray desam,
Afsus, ko‘zlaring ham meniki emas.

“Baxtli bo‘ling” deysan, “baxt toping” deysan,
Qarshingda jilmayib qo‘yishga shayman.
Meni deb shunchalar g‘am chekib tursang,
Men qanday tamaki chekmay yashayman?

Sira o‘zgarmabsan, o‘shaman men ham,
Qayg‘urishlar o‘sha, dardlar ham o‘sha.
Qachondir chekishni tashlayman, sen ham
Bugundan yig‘lamay yashashni boshla!!!

@rasmlar_zuri
Kiprigingga qo‘nib tush ko‘ray desam,
Afsus, ko‘zlaring ham meniki emas.

@rasmlar_zuri
Menga tirik lolalar yubor,
Qon dilimga bosay bir to'yib.
O'zidayin alvonlar ko'rmay,
Qolmasinda ko'ksim o'ksinib.

Menga tirik lolar yubor,
Tuproqlari bo'lsin ostida.
Duk duk urib tursin yuragi,
Shundoq bo'g'zining pastida.

Oh..
Qizil bo'lsin, qip qizil bo'lsin,
Qalqib tursin yuzida shabnam.
So'nggi tilak o'tingan jondek,
Hovliqyapman, shoshyapman biram.

Tomirlarim to'lqindek toshib
Lolaga qon bergisi kelar.
Mening esa vujudim mushtoq,
Qo'lingda jon bergisi kelar.

Goh kulaman ,
goh yig'i,
ey voh..
Ey, yorijon, kel, meni tuzat.
So'ngra tirik lolalar bilan,
Yuragimni tuproqqa kuzat.

@rasmlar_zuri
Meni unutdi dema
Sen mangu qalbimdasan
Sen untdi deganingda
Men hamon seni
Avalgidanda kuchle
Sevayotgan bulaman

Meni unutdi dema
Sen aytgan har bir
Suzlar b.n yawayabman

Meni unutdi dema
Sen ewitgan quwiqlarni
Tinglab seni har bir nafasimda eslayman
Meni unutdi dema
Seni doim sevaman
😔😔😔😔😔😔😔




N.Anvar
@rasmlar_zuri
AFSUS...

Har kech tushlarimga yig'lab kirasan,
Men tong otishidan qo'rqib yotaman.
Kulib kirolmaysan, chunki o'zim ham
Yig'lab sog'inaman, yig'lab kutaman.

Yuragim to'riga to'kilgan yog'du,
Jonimni sehrlab olganding jodu.
Bog'imga bir marta qadam qo'ymading,
Yomon nazar tegib yiqilgan ohu.

Uchgan turnalaring qaytishmadimi,
Yo kaftingdan suvlar ichishmadimi?
Nega qaytmayapsan yillar o'tsa ham,
Mening sog'inganim aytishmadimi?!

Bu uzun tunlarning adog'i bormi,
Azobli cho'llarning adog'i bormi?
Yo sevgimiz elga yoqmadi bizni,
Yoki biz sezmagan gunohi bormi?!

Har kech tushlarimga yig'lab kirasan...

@rasmlar_zuri
Assalomu alekum
Meni kanalim ozgina bulsa ham
Yoqadigan bulsa
Sizlardan bir iltimos
Kamentaryaga bir dona +
Quyib quyizlar kanalim azolar kam bulsa ham biz uchun yaqinlar qolgan
Meni kuzatyabdi deb eng saralarini sizlarga ulawiwga harakat qilaman
Oldindan raxmat😊😊😊
Buncha olisladi kelaring bugun,
Yo hayot karvoni qo'ydimi ta'qiq?
Qaysi gunohimning badali uchun,
Yolg'izlik qo'liga qilindim tortiq.

Qismat toshlariga nishon bo'ldim men,
Nishonim bo'lmadi sendagi qismat.
Har bitta lahzamga bo'lib berdim teng,
Baribir yetmadi mendagi toqat!

Tunlarimni tongga ulagan misol,
Sening nigohingga bog'landim butun.
Qancha daryolarni ichdim bemalol,
Ko'zimga yosh bo'lib to'lishing uchun!

Sog'inching izimdan it kabi qopdi,
Hanuz tutqich bermas qadamlarim ham.
Bu dunyoga sig'may qolish ne bo'pti,
Agar o'z-o'ziga sig'masa odam?!

@rasmlar_zuri
Sen meni hech qachon unutolmaysan.
Men seni hech qachon ko‘raolmayman yurak hohlasa ham😔
@rasmlar_zuri
“Xayr” demoq uchun kiprik qoqmaysan,
izimdan chiqasan ilk sahar payti.
Sen meni hech qachon unutolmaysan.
Men seni hech qachon ko‘rmayman qaytib.

Mungli nigohingdan ko‘zim olmayman:
“Oh, xudoyim! — deyman zorimni aytib. —
Men seni hech qachon unutolmayman.
Sen meni hech qachon ko‘rmaysan qaytib”.

Zangori suvlarni — sirli mavjlangan,
sayr qilganimiz — ko‘rfazni daydib
men endi hech qachon unutolmayman,
men endi hech qachon ko‘rmayman qaytib.

G‘amgin shabadada titraydi besas,
umidsiz qarag‘ay ko‘zin qoraytib.
Qaytmoqlik – yaxshilik alomatimas,
men seni hech qachon ko‘rmayman qaytib.

Qayta yashamoqlik nasib etsa gar,
ta’kid aylagandek Hofizning bayti —
bizni kutgay yana firoq muqarrar,
men seni hech qachon ko‘rmayman qaytib.

Ayro dillarimiz nizosi mubham
qiyos aylaganda bamisli uchqun —
hajr otashi-la — ko‘ringan ufqda
fano dashtidagi ikki qalb uchun.

Yuksak falaklarga bir vola bilan
o‘rlar giryon yurak vidosi — qaydi:
“Men seni hech qachon unutolmayman.
Men seni hech qachon ko‘rmayman qaytib”.

@rasmlar_zuri