Repetitsion test tizimi 📚
1.89K subscribers
903 photos
133 videos
363 files
393 links
📋 Aql tarozusida ko'rilmagan har qanday bilim asossizdir! (Ibn Sino)

- Barcha fanlardan
- 2 tilda (o'zbek va rus)
- Yo'nalishingizga mos DTM variantlar

• Reg: @RT_TEST_ROBOT
• Aloqa: @RT_TAKLIF_ROBOT

• Reklama: @oliygoh_admin
Download Telegram
Narsalarning aslini ko'rishni o'rganamiz


"Atrofingda o'rab turgan narsalarning aslini ko'r", – Mark Avreliyning eng yaxshi maslahatlaridan bo'lsa kerak.

Bir narsaga vaqting, e'tiboringni berishdan avval undan muhimlik va alohidalik aurasini olib tashla deb aytadi. Purpur, vino, baliqlarni misol keltiradi.

Hozirgi zamonimizda esa narsalarning aslini ko'rish qiyinroq. Atrofimizdagi yuzlab mutaxasisslar narsalarning aslini ko'rmasligimizni istaydi.

Bu xat senga bag'ishlanadi, jon bolam.

Katta bo'larkansan atrofingdagi ko'p narsalar seni o'ziga tortishga harakat qiladi. Vaqting, kuching unga sarf bo'lishini xohlaydi. Ko'zingga chiroyli ko'rinadi. Aslini ko'ra olmaysan. Aslini ko'rganingda, ularga bo'lgan xohishing kamayarmidi?!

Bugun sen bilan narsalarni aslini ko'rishni o'rganamiz.

Mramorli go'shtdan steyk yoki burger deb ko'rib qolarsan. Mramorga o'xshagani uchun shunday yozilgan. Orasida yog'lari bor. Shunga biroz mazaliroq. Go'sht yemay yursang, bir narsani aniq tushunasan. Go'shtni o'zi tansiq taom. Mramorlisi ham, steyki ham, bonfilesi ham asli yaqindan o'ldirilgan hayvonning mushaklari.

G'arbcha jarangli otlar qo'yilgan kiyimlarni ko'rib qolasan. Italiyaniki. Amerikadan deb qo'yishadi. Ipak – bu qurtning so'lagidan olingan ip. Kashimir – qo'yning juni. Charm – hayvonning tekislangan terisi. Hashamatli kiyimlarning ko'pi o'sha maqtanilayotgan davlatlarning o'zida tikilmaydi. Ovqat puliga ishlashadigan Vietnam, Bangladesh, Hindiston va Xitoyda oddiy ishchilar tomonidan tikiladi.

Instagram degan joy bor. Qizlar chiroyini, yigitlar boyligini, bir nimani biladiganlar aqlli gaplarini, artistlar hazillarini bo'lishib chiqishadi. Oxirgi maqsad senga nimadir sotish bo'ladi. Doimiy shu joyda o'tiradiganlardan so'rasang, o'rgangan narsasi ketkazgan vaqtiga yarasha bo'lmaydi.
pic32.png

Tarjimasi: Iqtisod bu aqlli odamlar pul to'lab, chiroyli odamlar (Instagram va roliklar) orqali o'ziga ishonchi past odamlarga narsa sotishdir.

Ko'chada turli mashinalarni ko'rasan. Ba'zilari balki havasingni keltiradi. Kattalariga boshqa mashinalar yo'l beradi. Kichkinalari yurishda qiynalishadi. Nima mashina mingsang ham shuni bil: seni eng xursand qiladigan – birinchi mashinang bo'ladi. Keyingilaridan shu xursandchilikni uchdan birini ham topa olmaysan. Chunki birinchi mashina ehtiyojdan olinadi. Keyingilari qulaylik yoki status uchun olinadi.

Qorong'ulashtirilgan lampalar, taxta o'rindiqlar, sokin musiqa, yosh yigit va qizchalar, xamir (kruassan misol) hidi. Mana shu orqali senga kofe sotishmoqchi bo'lishadi. Ikki ming so'm turadigan narsa uchun o'n barobar ko'p to'laysan.

Supermarketda olmoqchi bo'lgan narsalaringga qara. Agar ular tabiiy narsa bo'lmasa, demak, shakar qo'shilgan bo'ladi. Afsus, hozirda shakar hatto kolbasada ham bor. Shakarning o'zida muammo yo'q. Shunchaki odamlar buncha shakar yeyishga o'rganishmagan. Notabiiy narsalar yeyaversang, tabiiylari mazasini sezmay qolasan. Bo'yangan odamlarni ko'ravergandan keyin oddiylar yoqmay qolgani kabi.

Supermarketlarni dizayni alohida mavzu. Istalgan do'kon seni ko'proq savdo qilishingni xohlaydi. Kerakli narsalar (un, guruch, yog', non, sabzavot)dan foyda kam. Shu sabab keraksiz narsalarni olishingga undashadi.

Universitetlar bilim beradi deb o'ylama. Bilimni talabani o'zi oladi. Universitetlar, asosan, seni bir narsani tugata olishing haqida signal beradi. Qancha qiyin joyni tugatsang, signaling shuncha kuchli bo'ladi.

Suhbatlashib turasan. So'ramasang ham odamlarni tanishini har ikki gapda aytib ketadi (Name dropping). U odamlar o'ta muhim yoki mashhur bo'lishi mumkin, buni farqi yo'q. Bu ishni qiladiganlar o’z darajasini ko'tarmoqchilar bo'ladi. Kim darajasini ko'tarishga harakat qiladi, bolam? Ha, to'g'ri. Darajasi past bo'lganlar shunday qiladi.
🔥2👍1
Telefon yoki kompyuteringda o'yinlar bor. Zombi yoki dushmanlarimni o'ldiryapman deb o'ylaysan. Shu sabab balki ichingdagi dushman bilan kurashmay qo'yarsan. Shuni bil, sen aslida hech kimni o'ldirmayapsan. Ma'lumotlar bazasidagi ba'zi kodlarni o'chiryapsan, xolos. Agar o'yinda biror nima qurayotgan bo'lsang, baribir o'chib ketadigan joyga kod yozyapsan, xolos.

Behayo filmlar orqali tirikchilik qiladigan saytlar bor. Asli internetdagi trafikning uchdan biri shunday, bolam. Bizda kirish qiyin bo'lsa ham eplaganlar yo'lini topadi. Behayo filmlarning ikkita eng katta homiylari bor. Birisi Radvinskiy. Shuni ortidan milliarder bo'ldi. Pullari bilan Isroilni qo'llaydi. Ikkinchisi esa Bergmair. U ham milliarder bo'ldi. Filmlardan topgan pullariga Avstriyadan gektarlab yer sotib olyapti. Think about it. Suratga tushayotgan aktyorlar dunyodagi eng baxtsiz odamlar. Katta qismi 30 ga kirmay o'zini o'ldirib yuboradi. Tirik qolganlari bolalariga (agar bo'lsa) qilgan ishini tushuntirib bera olmaydi. Ha yana ko'rgan narsangni hech qachon unuta olmaysan. Butun umr seni quvlab yuradi.

Albatta, aslini ko’rish, bu dunyodagi tillalarni o’tkazib yubormaslikka ham yordam beradi. Do’stlar – bu seni sendek o’ylaydigan odamlar. Buyuk kitoblar – buyuklar bilan suhbat. Buyuklar bilan suhbat faqat suhbat emas, ilhom va tanbeh. Ilm mana shu xat kabi ko’zingni ochadigan ma’lumotlar.

Dunyoyimizni tushunishga yordam beradigan yaxshi bir film bor. “Matritsa” deb nomlanadi. Shu yerdagi kalbosh dunyoni yolg'onligini bilsa ham shu yolg'on ichida yashashga rozi bo'ladi. Haqiqiy dunyoda qiynalganimdan ko'ra, yolg'on dunyoda boy bo'layin deydi. Shu sabab do'stlariga xiyonat qiladi. Bu xuddi video o'yinda muhim odam bo'lish uchun, azobli bo'lsa-da, haqiqiy hayotini boy berish degani.
pic33.png

Oramizda ham shunday yolg'onga rozi bo'lib, soxta narsalarni quvlayotganlar topiladi. Jimir-jimirlarga aldanma, bolam. Narsalarni aslini ko'rsang, ularga bo'lgan xohishing kamayadi.
🔥3👍1
U mendan o'tib ketyapti


Moliyachi Danilovning gapida jon bor: Har bitta davlatning top gunohi bor. Italiya, Ispaniyada dangasalik (siesta, dengiz bo‘yida yotish), Nemis davlatlarida g‘urur (o‘zini rosa baland olishadi), Polshada ko‘z-ko‘z uchun yashash, avvalgi sovet davlatlarida esa asosan hasad.

Kuzatuvimda ham shuni ko‘raman. Atrofimizda hasad ko‘p. U haqida esa ko‘p gapirilmaydi.

Boshqalar bizdan o‘tib ketayotganiga xafa bo‘lish hasad. Uning ishlari o‘xshayapti, bizniki yo‘q. Shunga xafa bo‘lish hasad. U egallab turgan joyiga, qo‘lidagi pulga noloyiq deb bilish hasad. Undagi narsaga o'zimizni loyiqroq deb bilish hasad.

Odamlardagi narsalarga hasad bir taraf. Odamlar bor. Unga hasad qilishlari uchun ham xaridlar qilishadi. Charli Mungerning gapini oldin ham eslagan edik. Iqtisodni hasad yurgizadi.

Odamlar shunchaki ko‘proq narsa xohlashmaydi. Boshqalardan ko‘proq bo‘lishini xohlashadi. Qo‘llaridagi narsa yaxshi bo‘lishi mumkin. Boshqalardagi yaxshiroq narsalar uni yomonroq ko‘rsatib qo‘yadi.

Muammo baxtli bo‘lishimni xohlashimizda emas. Boshqalardan baxtliroq bo‘lishimizni xohlashimizda. Ko‘pchilik xohlaydi. Hech kim to‘xtay demaydi. Shu sabab poyga ham tugamaydi.

Maktabda bu poygaga kirishamiz. Qabristonda tugatamiz. Ha, yo‘g‘-e, qabristonda ham tugamas ekan. Bir-biridan o‘taman degan qabrtoshlarga qarang. O‘liklar uchun emas, tiriklarga atalgandek turibdi.

Bir odamning yutug‘ini aytasiz. "Uning omadi kelgan" deydi. Qilayotgan katta ishlariga ishora qilasiz. Qaynotasi boy ekanini eslatadi. Bu hasadga ishora bo'lmay nimaga ishora ekan?

Amerikada 22 yoshlik bola millioner bo‘ldi. Uning yutuqlari bizga ta’sir qilmaydi. Yon qo‘shnimizning qimmat mashinasi, hamkasbimizning yangi telefoni, sinfdoshimizning daromadi ta’sir qiladi.

"Yonimizdagilar erishayotgani qattiqroq botadi. Uning o‘rnida biz bo‘lishimiz mumkin edi. Undagi bor qobiliyatlar bizda ham bor edi." Deb o‘ylaymiz.

Gapiruvchilar olovga o‘tin tashlab turadi. Bizdan oldingilarni ko‘rsatishadi. "Nega unda bor? Senda esa yo‘q?" Yordam beruvchi savolga o‘xshaydi. Yordam qalbni qiynash orqali berilmaydi.

"Hasad qilmang!" maslahati oson. Sizdan yoshroqlar, sizdan ko‘pga erishadi. Jim kuzatib turish qiyin kechadi. "Men-chi?" ichkaridan savol keladi.

Kuchayib ketsak bu tuyg‘ular yo‘qolar balki? "Millionerlar va milliarderlar bundan ozodmikan?" deysiz. Wilkinson biografiyasida yozadi: o‘zi ko‘pchilik boylarni mana shu hasad ishga sudrab boradi.

"Mashhurlar hasad qilmasmikin" deysiz. Bir biri haqida gapiradigan gaplarini eshitasiz. Mark Tvenning "ular ham biz kabi oddiy odamlar" degani esingizga keladi.

"Professorlar hasadni yutganmikan" deysiz. William Zeinsser yozadi: "Eng kuchli hasad akademiyada bo‘ladi." Bilish hasadni kamaytirmaydi. Balki ko‘payishini oson qiladi.

Aldagan, ichgan, chekkan, o‘yinga mukkasidan ketganlarni ko‘rish oson. Hasad qilayotganini uyidagilar ham bilmasligi mumkin. Uyidagilar mayli. Ba’zida odamning o‘zi ham sezmaydi.

Zo‘r bo‘lish xalos qilmaydi. Hasad qilayotganimizni atrof bilmaydi. Odamlar yolg‘onni qoralaganchalik hasadni qoralamaydi. Maktablarda yengishni o‘rgatishmaydi. Ma’ruzalarda kam eslab o‘tiladi.

Shunga qaramay hasad hayotimizni katta qismini boshqaradi. Qobil Hobilni hasad tufayli o‘ldirmaganmidi?

Bugun bu kamchilikni to‘ldiramiz. Hasad bilan kurashishni o‘rganamiz. Faqat ogoh qilishim kerak bo‘ladi: men hali butunlay yenga olmadim. Har safar yangidan kurashishga to‘g‘ri keladi.

O‘rganadiganlarimiz yutishga yordam beradimi, yo‘qmi, bilmadim. Yutqazmaslikka aniq yordam beradi.

Nazariya qilib o‘tirmaymiz. Katta kitoblarda bu haqda ko‘p yozilgan. Hayotimdagi amaliyotdan olamiz.

Kecha tavsiyamda kitob chiqib qoldi:
pic34.jpg

Tarjimasi: Noodatiy hayot qanday yashaladi.

Muallif o‘zi noodatiy yashaganmikan? Darrov qiziqdim. 6 yil urushda qatnashgan. Kompaniya ochib sotgan. 200 dan ortiq biznesga sarmoya kiritgan. Bloglarida millionlab odamlar bor. Butun dunyoda tanishlar orttirgan. Yozayotgan xatlarini 200k odam o‘qiydi. Kitob ham yozibdi. Ha aytgancha, mendan atigi besh yosh katta.
👍1🔥1
Ichimdan ovoz keldi: “Uni qara, seni qara. Hali ham yuribsan” dedi. Bu birinchi odam emas. O‘rganib ketganman. Hormozi ham mendan 4 yosh katta. Etherium asoschisi Buterin esa tengdoshim. (Balki yoshroq ham)

Bu hasadmidi yoki o'zimni solishtirish, bilmadim. Quyidagi gaplar bilan kurashni boshlab yubordim:

Bu yigit boy oiladan. Otasining IT kompaniyasi bor. Yutuqlarida o‘zidan ko‘ra otasining o‘rni katta. Chunki ukalari ham kuchli yigitlar. Menga uni otasi kerakmi? Yoki o‘zimning otam? Aslo almashmagan bo‘lar edim.

O‘zi holatim zo‘r. 5 yil oldin shu kunlarni orzu qilar edim. U yigit o‘zining start nuqtasidan yaxshi ketyapti. Men o‘z start nuqtamdan yaxshi ketyapman.

Joyimda turgan bo‘lsam ham bir fikr bor. Qirol Charlz II kasal bo‘lganida uni tuzata olishmagan edi. Metall, tosh, kaptar go‘ngi yutgandi. Terisiga suyak ishqalashgandi. Qiynalib baribir o‘lib ketgandi.

Prezident James Garfild o‘q yegach oddiy infeksiyadan vafot qilgandi. U payt hali antibiotiklar yo‘q edi.

O‘tmishdagi qirol va prezidentlardan yaxshiroq yashayapman. Besh yil oldingi o‘zimdan yaxshiroq yashayapman. Afrikada & Osiyodagi millionlab tengdoshlarimdan yaxshiroq yashayapman. Buni nega eslatmaydi-ya?

Men o‘zimning ichki holatimni yaxshi bilaman. Uning holatini bilmayman. Nega o‘z ichki holatim bilan uning tashqi holatini solishtirishim kerak? Undagi narsalar menda bo‘lishi uchun, men butunlay o‘sha inson bo‘lishim kerak. Buni xohlamayman.

Kaktus sotib olganingizda tikani bilan keladi. Mushuk boqsangiz uyingiz sochga to‘la bo‘ladi. To‘ti olsangiz, qafas ham olasiz. Hayotda kelayotgan narsalar qadoqda keladi. Bir qismini olaman deb, boshqasini tashlay olmaymiz.

Qiyin joylarda tug‘ildik. (Aslida bizdan qiyinlari ham bor edi) Shunga yarasha harakatchanlik paydo bo‘ldi. Amerikada tug‘ilganlar Xitoyliklarga yutqazib kelyapti. Ertaga qorni to‘ygan Xitoyliklar, balki harakatchan Nigeriyaliklarga yutqazadi.

Louis CK bu darajada mashhurlikka hayotidagi qiyinchilikdan erishdi. Elon Musk yillab otasi tomonidan ezildi. Stiv Jobsni oilasi tashlab ketdi. Muhammadali do‘stimiz onasi va akasini yosh yo‘qotdi. Odamlardagi bir nima, boshqa bir nima evaziga kelgan bo‘ladi. Tug‘ilgan bolamning yarmini olib, yarmini tashlab keta olmayman. Bir odamdagi narsani xohlashim, uning hayotini to‘liq xohlashim degani. Nima kelsa ham bitta qadoqda keladi.

Tanamga rozi bo‘ldim-ku, rizqimga ham roziman. Asosiysi vaqtimni bekor ketkazmayapmanmi? Mana shu mening qo‘limda.

Hasad tuyg‘usi "poygadasan" deydi. Boshqalardan oshishga undaydi. Narsalarni olishni, erishishni xohlaydi. Chunki matohlarni ko‘rsa bo‘ladi. Haqiqiy poygani esa ko‘rib bo‘lmaydi. Xotirjam uyqu, yaxshi amallar, baxtli oila, sog‘lom tana. Ko‘rish qiyin. Ko‘rsatish qiyin.

Men ko‘rayotgan tashqi muvaffaqiyat nima evaziga bo‘lganini bilmayman. Taleb aytganidek o‘rta muvaffaqiyat – ko‘nikmalar. Ulkan muvaffaqiyat omad. Yana bu katta muvaffaqiyat qanday tugashini ham bilmayman. Franklin aytgandi "ko‘p erkaklarni muvaffaqiyat xarob qildi."

Xarob bo‘lishini istamayman. Yaxshi ishlar qilayotganlarning ishi yanada rivojlansin. Bu sayyora yaxshilansa hammamizga yaxshi bo‘ladi.

Mana shu fikrlarning hammasi sekundlarda xayolimdan o‘tadi. Yutqazishni oldini oladi. Hasadim ketgandek bo‘ladi. Yozilganda ko‘pdir. Odam daqiqasiga 4000 ta so‘z tezligida o‘ylaydi.

Bu nafs o‘zini eng boylar, mashhur sportchilar, olimlar, bo‘yi baland va baquvvatlar bilan solishtiradi. Axir men birdaniga bari bo‘la olmayman!

Nega qiynalayotganlar bilan solishtirmaydi? Nega yosh o‘lganlarni keltirmaydi? Qirq yildan beri hayoti o‘zgarmaganlar qani? Ularni internetdan topish qiyin kechadi. Topilganda ham, e’tiborga tushmaydi.

Shu sababdan, balki:

Solishtirish uchun imkon bermayin deyman. Instagram ishlatmasligim shundan. U yerda qiyin hayot bo‘lishilmaydi. Sayohat, sovg‘a, mashina, ovqat va kiyimlar. Instagramga qaragandan, osmonga qaragan ko‘proq yutadi.
2🔥1
Faqat boylar yig‘ilgan klublardan uzoq yuraman. Eng yaqin beshta kishingizdan birisiz deyishadi. Boylar bilan yuradigan boyib ketar ekan. Balki shundaydir. Men boyligini bildirmaydiganlar bilan yurishni tanlayman.

Boy bo‘lishning yaxshiroq yo‘lini bilaman. Boylik olib keladigan odatlar bor. Ishining ustasi bo‘lish, amal qilingan ilm, chiroyli axloq, jahl qilmaslik, va’dada turish, qanoat. Paul Grem Ronco prinsipi dermidi?

Shu odat egalari bilan ko‘proq yursam deyman. Boy odam boyligini bo‘lishmas balki. Axloqlilar yonida yursangiz go‘zal odatlar baribir o‘tadi.

Hasadini yenggan odamga Abdulloh ibn Amr ham havas qilgandi. O‘sha odamga shu sabab Jannat va’da qilingandi balki.

Hasadimizni yengsak hammasi oson bo‘ladi. Yengishni o‘zi oson bo‘lmaydi. Kurashda omad tilayman do‘stlar.
2🔥2
Misol bilan gaplashamiz
Matematika o‘qiganingiz esingizdami? Misol yechmaguncha mavzuni tushunmaysiz.

Bu faqat matematikada emas. Hamma narsada misol kerak. G‘oyalarning o‘zini tushunib bo‘lmaydi. Odam ongi misollarni qabul qiladi.

Gravitatsiyani tushuntirish uchun, koptokni tashlash kerak. Atomni tushuntirish uchun sayyoralarni misol keltirish kerak. Adolatni tushuntirish uchun Umar hazratlari kerak.

"Kitob o‘qish foydali" desam gapim ta'sirli bo‘lmaydi. Chunki tushunarli bo‘lmaydi. Tushunmagan motivatsiya olmaydi.

Naval Ravikant kitob o‘qib millioner bo‘ldi. Charli Manger kitob o‘qib milliarder bo‘ldi. Ibn Sino kitob o‘qib qomusiy bo‘ldi. Eynshteyn kitob o‘qib olim bo‘ldi. Ilon Mask kitobdan raketa qurishni o‘rgandi.

Ana endi foydali bo‘ldi. Aniq misollar keltirdim.

Nordstrom do‘konlarida servis o‘ta kuchli. Nimani tushundingiz?

Nordstom do‘konlarida servis shu qadar kuchliki - kiyimingizni dazmollab berishadi, telefonni quvvatlashadi, bolangizga ham qarab turishadi. Yana qaysi kiyim do‘kon shu ishlarni qiladi? Endi yaxshiroq, to‘g‘rimi?

Institutda bemorlar orqali tibbiyotni o‘rganardik. "Eng esda qoladigan gaplar – "oldingizga bemor keldi..." deb boshlanardi.

Keyin bildim. Huquq sohasida ham shunday o‘tilar ekan. Marketing ham. Bittasi haqiqiy sudlarni ko‘rishar ekan. Ikkinchisi esa o‘tmishdagi marketologlar ishlarini.

Qolgan yo‘nalishlarda shuni yetarlicha ko‘rmadim. Boshi nazariya, oxiri nazariya.

Ta’lim haqidagi bestseller bo‘lgan "Learning game" kitobidan parcha:

-Elastik o‘ylash bu miyamizni erkin o‘ylashga orqali muammolarga yangi perspektivadan qarashidir. U yangi ochishlar qilish va kreativ yechimlar uchun kerak. Bolalarimizga ko‘rsatmalar berarkanmiz, biz ularning yangi va dadil g‘oyalar topishlariga xalaqit beramiz.

Tabiiyki, zerikib tashlab qo‘ydim.

Talebning xuddi shu haqidagi gapiga qarang:

-Miyaga nima qilishni aytmagan paytingda – u eng aqlli bo‘ladi. Uzoq dush qabul qiladiganlar buni tushunib yetishgan.

Atama (termin) yo‘q. Ortiqcha so‘zlar yo‘q. Hammada uchraydigan misol bor.

Inson miyasi shunday. Aniq misollar bilangina o‘ylay oladi. Gapirilgan gap tasavvurga kelishi kerak. Misolsiz tasavvur hosil bo‘lmaydi. Rozetkaga ulamasangiz, lampa nega yonishi kerak?

Buni bilishning nima foydasi bor? "Foydaliroq mavzu yo‘qmi?" deysiz. Shoshmay turing. Tushuntirib beraman.

Misol bilan bog‘lash o‘rganishda kerak bo‘ladi. Tushunmayapsizmi? Misol topa olmayapsiz. Maktabda kasrlarni pizza bilan tushuntirishar edi. Nega logarifmlarni stadionni to‘ldirish bilan tushuntirishmaydi? Tushunmagan narsangizga misol topishga harakat qiling. Oddiy savol: bu nimaga o‘xshaydi?

O‘qituvchining vazifasi kitobni gapirib berish emas. Hayotiy misollar keltirish. O‘quvchi tushunadigan misollar keltirish. O‘qituvchini ajratish uchun shu usulni qo‘llasangiz bo‘ladi. Misol keltirmayaptimi? Sizni o‘rganishingizni xohlamayapti.

Pingvin ham bolasiga ovqatni chaynab beradi. Tishlari hali o‘smagan bo‘ladi. Tishi o‘sgan o‘qituvchi xuddi shunday, chaynab tushuntiradi. O‘rtamiyona aqllar murakkablashtiradi. Atama ishlatadi. Gaplari uzun bo‘ladi. Aqlli eshitiladi. Uyquni keltiradi.

Buyuk aqllar soddalashtiradi. Misollar keltiradi. Misol qancha sodda bo‘lsa, aqlning buyukligi shuncha ko‘rinadi.

Misol bilan bog‘lash tushuntirishda kerak bo‘ladi. Gapingizga ergashishmayotgan bo‘lsa, ularga aniq misol yetishmayapti. “Kitob o‘qib zo‘r bo‘lasan” demang. Zo‘r bo‘lganlarni ko‘rsating. Yana ham yaxshisi, o‘zingiz kuchayib keting.

Sport kerak demang. Sport sabab muvaffaqiyatga ketayotganlarni ko‘rsating. Yana ham yaxshisi, o‘zingiz misol bo‘lib bering.

Bizga va’zlar yetishmaydi deb o‘ylaymiz. Bizga misollar yetishmaydi. Ilmga bo‘lgan intilish haqida ko‘p gaplar eshitganman. Bitta misol hammasidan ko‘p ta’sir qildi.

Husaynxon domlaga "ko‘zingiz nuri ketyapti" deyishdi. "O‘qishni to‘xtatmasangiz, ko‘zdan ayrilasiz" deyishdi. "Ayrilsam ham mayli", dedilar. "To‘xtatish yo‘q" dedilar.
👍1
Marg‘ilonlik amakiga "ko‘zingiz nuri ketyapti" deyishdi. "Jarrohlik qilamiz", deyishdi. Makkani ko‘rib kelay dedilar. Qaytgach ko‘zlar ko‘rmay qoldi. Jarrohlik taklifiga yo‘q dedilar. "Ko‘radiganimni ko‘rib bo‘ldim. Endi ko‘z nega kerak?" dedilar.

Ergashtirish gap bilan bo‘ladi deb o‘ylaymiz. Eh. Gapdan ko‘pi bormi? Hayotiy misollar kam. Ergashtirish misol bilan bo‘ladi.

Atrofdan nima kutyapmiz? Shuning misoli bo‘laylik bo‘ldi. Shunda balki, ko‘p gapirishning ham hojati qolmas edi.

Misol keltirish blog yurgizishda kerak bo‘ladi. Hayotingizdagi voqeani yozasiz. O‘qiladi, unutilib ketadi. Yoki olgan darsingizni yozasiz. "Yana bitta aqlli gap ekan". Odamlar o‘tkazib yuboradi. Ikkalovini barobar yozsak-chi?

Bo‘lgan voqeani misol keltirsak. Olgan darsimizni yozsak. Ham o‘zimiz o‘rganardik. Ham kuzatuvchilar o‘rganardi.

Mana, Saidkomil aka blogida gepard sahnasidan olgan darslarini yozyapti Bitta sahnadan dars chiqara olyapti.
pic34.png

Misol keltirish san’atlariga esa gap yo‘q. Shu sabab balki postlarini 20x barobar odam ko‘ryapti

YouTube bo‘yicha top ekspert Wono yozyapti:
pic35.png

Tarjimasi:

10 yil avval men ayolimni konferensiyada ko‘rib qoldim.

Qo‘rqdim. Baribir borib gaplashdim.

Bu kichik jasoratsiz, hayotim umuman boshqacha bo‘lar edi.

Hayotimdagi eng to‘g‘ri qarorim bo‘ldi.

Tasodiflar dunyosida har bir qaror katta ahamiyatga ega.

O‘xshash foizi katta bo‘lsa, risk kichik bo‘lsa, qarorning foydasini adekvat baholash qiyin.

Jasorat qiling. (O‘zimdan qo‘shdim)

Boring gaplashing, chiptani oling, loyihani boshlang, o‘sha ta’tilni oling. Yutsangiz, ko‘p yutasiz.

Avvalgi insholarda gaplashganimiz 20 soniyalik jasoratga ajoyib misol. Nima dedingiz?

Bekorga bu yigitning videolari millionlab ko‘rilmaydi. Qanday yetkazishni yaxshi biladi.

O‘zi bizning “Iqtibos” loyihamiz ham iqtiboslarga misollar topishdan iborat. Iqtibos topish 1% mehnat. Unga misollar topish qolgan 99% qismi.

Misol topish qiyin emas. Yashar ekansiz, voqealarga qarab, "bu menga nimani eslatyapti?" savolini bering. Boshida qorong‘ida javon ichidan paypoq juftlarini qidirishga o‘xshab qiyin bo‘ladi. Yillar davomida qilinsa, osonlashib qoladi.

O‘zi aslida kundalik voqealardan dars chiqara olish va darslarni kundalik voqealarga bog‘lash aqlning cho‘qqisi emasmi? Navoiy va Rumiy ijodlari shundan iborat emasmi? Agar bugun ularning bloglari bo‘lganida millionlab kuzatuvchilari bo‘lardi.

Misollar so‘rash mutaxassis va aldoqchini ajratib beradi. Kitobdagi gapni o‘qib olgan odam unga o‘zidan misol keltira olmaydi.

Maktabda yodlagan she’rimizni o‘qib berardik. Ma’nosini tushunmasdik. Yaxshiyam ma’nosini hech kim so‘ramasdi.

Shu sabab ham bu loyihada chala biznes murabbiy va “kouchlar” ustidan kulib kelaman. O‘qigan narsasini gapirib beradi. Videoda ko‘rganini tarjima qiladi. Agar gapiruvchi o‘z misolini keltirmas ekan, she’r yodlagan bolakaydan farqi qolmaydi.

Tushunadigan odam to‘xtamay misollar keltira oladi. Tushunmaydigan odam atamalar(termin)ni takrorlab turaveradi.

Ilon Mask va BBC jurnalistining suhbatiga qarang Twitterni nafratga to‘la joy deb ayblayapti. Qani bir dona misol keltir desa, keltirib bera olmayapti. Gapirayotgan gapiga o‘zi ham ishonmaydi. Yodlangan narsani takrorlayapti.
pic36.png

Ish uchun intervyu o‘tkazamiz. "Men zo‘r ishlar qilganman" deydi. Misol so‘rasangiz "esimda yo‘q" deydi. Zo‘r ishlar esdan chiqmaydi.

"Bandman, shep" deydi. Nima bilan bandligini so‘rasangiz, ishlar deydi. Misol aytmadimi aldayotgan bo‘ladi.

Dangasa o‘quvchilarimiz bor. "Darsga vaqtim yetmayapti", deydi. "Kamaytiring" deydi. "Kunlik vaqting qayerga ketyapti. Misol keltir" – so‘rayman. Javob kelmaydi. Telefonini olib, “screen time” ga kiraman. Qayerga ketayotgani ma’lum bo‘ladi.

Misol gapiruvchi va eshituvchini bog‘laydi. Oralarini ushlab turadi. Varrakni ipi varrak va qo‘lni bog‘lab turganidek.

Misol tushunarsiz narsani tushunarli qiladi. Til bilmaydigan odamning Google tarjimoniga o‘xshaydi.
👍1
Misollar hech qachon ko‘p bo‘lmaydi. Har biri tushunishni oson qiladi. Bu inshoni post ko‘rinishda ham yozgandim o‘zi.
pic37.png

Tushunarliroq bo'lsin dedim. Faqatgina misollar qo‘shib boyitdim. Misol haqida insho yozib, inshoning 90%i misollardan iborat bo‘lmasa, uyat bo‘lardi axir.

Misolsiz gapirishni mutaxassislar suhbatiga qo‘yib bering. Zerikarli konferensiya va kitoblarga qo‘yib bering. O‘rganishni xohlamaydiganlarga qo‘yib bering. Qolgan hammamizga esa, ko‘proq misollar kerak.
👍1
Rozi va norozilik o'rtasini topamiz

17.02.25

Bugun shukr haqida gaplashamiz, do‘stlar.

Erishgani kutganidan katta bo‘lsa odam rozi. Erishgani kutilmasidan kichik bo‘lsa norozi. Telefon sovg‘a qilishdi. Gul kutgan quvonadi. Mashina kutgan xo‘mrayadi.

"Kutilma katta bo‘lsa harakat katta bo‘ladi", degandi Uilyam James. Kutilma katta bo‘lib o‘xshamasa, norozilik ham katta bo‘ladi.

Odamzod ovdan norozi bo‘lgandi. Shu sabab ekin ekishga o‘tgandi. Xorazmiy zakot hisoblash tizimidan norozi edi. Natural raqamlar va algoritmni ishlab chiqqandi. Aka uka Raytlar ucholmaslikdan norozi edi. Uchoq (samolyot)ni uchmaganga qo‘yishmadi. Jobs tugmali telefonlardan norozi edi...

Norozilik sabab rivojlanish keladi. Tony Fadell (iPod, iPhone, Nest) ham "Ixtiro va biznes uchun hozirgi holatdan norozilik kerak" deydi. O‘zi ham uyining isib ketishidan norozi bo‘ladi. Termostat (Nest) ixtirosiga shu sabab bo‘ladi.

Birinchi ishimizni eslaylik. Cho‘ntagimizdan noroziligimiz yetaklab borgandi. Ana shu norozilik ustimizda ishlashga undagan edi ham. Holatimiz yaxshilanishi uchun ham norozilik kerak bo‘lyapti.

Norozilik noshukurlikka olib bormaydimi? Shukr qilishga buyurilganmiz-ku.

Noshukur bo‘lib yuraversak, ko‘p narsalarga erishaversak, oxiri shu noshukurlikdan qutulamizmi?

Shu joyda o‘zimni iqtibos qilishga ruxsat berasiz.
pic38.png

Birinchi rasm eng baxtli davlatlar reytingi.

Ikkinchisi eng ko‘p antidepressant ichuvchi davlatlar reytingi.

Ikkaloviga qaragan odam bir xillikni ko‘rib hayron bo‘ladi:

Eng baxtlilar, qanday qilib ham eng asabiy?

Anne Lembke "Dopamine Nation" kitobida yozadi: Baxt va og‘riq doim balansda yuradi.

Hayot yaxshilashgani sari, oddiy narsalar yoqmay qoladigan bo‘lib qoladi.

Qiyin hayotda yashayotganlar, kichkina narsalardan ham xursand bo‘lishadi.

Kuzatuvlarim ham shuni tasdiqlaydi:

Restoranda ovqati sovuqroq kelganiga janjal qilgan to‘qlar. To‘yib ovqatlangani uchun bir kun xursand yurgan ochlar.

Odam qay darajada bo‘lmasin o‘zida yo‘q narsalarni ko‘raveradi. Baxt oshib bormaydi.

O‘sha eski gap: Baxtning 99% qismi - tom, non va sog‘liq. Qolgani bonus, zaruriyat emas.

Buni o‘qiyotganlarda tom va nondan muammo yo‘q.

Sog‘ odam mingta narsani xohlaydi. Kasal odam bitta narsani xohlaydi.

Baxtli bo‘lish niyatida o‘zingizda yo‘q** narsalarni (pul, mashhurlik, sayohat) o‘ylayverib,

O‘zingizda bor** baxt elementini (sog‘liq) yo‘qotib qo‘ymang.

Norozilikning oxiri yo‘q. 20 mln$ lik zavodi bor odamni ko‘rdim. 50 mln$ lik zavodi bor haqida gapirib o‘tiribdi. Forbsning boylari ro‘yxati haqida o‘qigandim. Katta qismini ustidan kulingan odamlar, o‘zlarini isbot qilishlari yotibdi deydi.

Bary Shtrenlix haqida eshitgandim. Muhojir oilasidan milliarder bo‘ladi. Amerika siyosatida hurmat qozonadi. Onasi yutug‘ini tan olmagani uchun baxtsizligi davom etaveradi. O‘zi, shu darajaga onasiga ko‘rsatib qo‘yish uchun erishgandi.

Norozilik rivojlanishga olib borar ekan. Rivojlanib bo‘lib ham yo‘qolmas ekan. Hayotimiz sifati oshdi – shukr ko‘paydi emas ekan. Norozi bo‘lishga doim bahona bor ekan.

Norozilikka katta sabab atrofimiz. Hayot yaxshilanganda hammaniki yaxshilanadi. O‘tmishga solishtirishimiz qiyin. Eslay olmaymiz. Atrofimizga esa oson. Har kuni ko‘rib turamiz.

Shukr qilib tursak, norozilik ketar ekan. Norozilik ketsa, o‘z ustimizda ishlamay qolmaymizmi? O‘sish qayerdan keladi?

Rozi bo‘lmasak baxtli bo‘lmaymiz. Rozi bo‘lsak rivojlanmaymiz. Nima qilish kerak?

O‘zim topgan yechimim bilan bo‘lishaman.

Men bir vaqtda ham rozi, ham noroziman. Paradoks. Dilemmaga o‘xshaydi. Qarama-qarshilik bordek. Sizlarga bir narsani aytaman. Eng zo‘r yechimlar paradokslardan keladi.
pic39.png

Tarjimasi bu yerda.

Bu quyidagicha bo‘ladi. Men natijalarimdan roziman. Topayotgan pulim. Blogdagi o‘quvchilar soni. Ko‘tarayotgan toshim. Maktabimiz mijozlari soni. Kamroq bo‘lgan paytida ham rozi edim. Kundaligim bor. U yerda YouTube obunachilarim 10 taga ko‘payganini yozib qo‘yganman. Bir oyda. Hozir esa bir kunda undan ko‘p qo‘shiladi.
O‘quvchilarim hammasi 10 ta bo‘lgan paytni eslayman. Endi boshlaganimda ko‘p tuyulardi men uchun.

Blogimda 100 ta ham odam yo‘q paytini eslayman. Sakkiz yil oldingi maoshim esimda. 200$ edi adashmasam. Shuni bir oyda topardim. Bir oyga yetkazardim. Boshqalar bilan solishtirish hojati yo‘q. O‘zimni o‘tmishim turganda.

Bularning hammasini eslashga kundalik yordam beradi. Kundalik yozishni maslahat berganimda, eshitganlar yozish foydali deb o‘ylashadi. Ko‘proq foydani o‘qiganimda olaman. Natijalardan qoniqaman degan odam, o‘tmishdagi natijalarini bilgani yaxshi. Hamma natijalar ham o‘ziga bog‘liq emasligini bilgani yaxshi.

Nimadan noroziman? Qoniqmaydigan joylarim bormi? Ha. Harakatimdan qoniqmayman. Noroziman. Yaxshiroq qilish mumkinligini bilsam, qilmayotgan bo‘lsam – qoniqmaslik paydo bo‘ladi. Mana shu qoniqmaslik harakatni yaxshilashga undaydi. Harakat yaxshilansa, natija albatta yaxshilanadi.

Qilayotgan ishining hammasidan qoniqmaslik siqiltiradi. Ba’zilaridan rozi bo'lib turaman. "Hozirga bo‘ladi" deyman. Rivojlantirishim kerak joyimdan esa qoniqmay turaman.

"Havo tozaligi, korrupsiyalashgan amaldor, notekis yo‘llar, professional bo‘lmagan kadrlar, uzilayotgan elektr tarmog‘i – bulardan ham qoniqasizmi"? Savol keladi bir chekkadan. Ularga e’tibor bermayman. Chunki hozirgi imkonim bilan ulardan so‘ralmayman.

Maktabimiz bitiruvchilarini yana ham kuchliroq qila olmayotganimdan qoniqmayman. O‘tgan yilgi bitiruvchilarimizning 43 foizi muhandislik va texnologiya yo‘nalishida ketishdi. Ular kuchli mutaxassis bo‘lishsa, balki yuqoridagi muammolar ba’zilari yechimga yaqinlashardi.

Insholarim sifatidan qoniqmayman. Yana ham yaxshiroq qilsa bo‘ladi deyman. Tushunarliroq yozganimda ko‘proq odam fikrlashi o‘zgarardi. Balki yillar o‘tib yuqoridagi muammolar yechilishiga hissa qo‘shilardi.

Maktabimiz natijasidan qoniqmasligim 20 yillik maktabning natijalarini ko‘rganimdan. Yaxshilashimiz mumkin joylarni bilaman.

Insholarimdan qoniqmasligim o‘ziga yopishtirib oladigan insholarni ko‘rganimdan. Yaxshiroq yozishim mumkinligini bilaman.

Demak, yaxshirog‘ini ko‘rganimdan keyingina qoniqmaslikni boshlayman. Harakatimni yaxshilashni boshlayman. Qoniqmaslik yo‘lga o‘xshaydi. Manzilni bilgach yo‘lga chiqiladi.

Biz havas qilganlar bor. Ular ketkazgan vaqtni ketkazsak bizda ham natijalar ko‘rinishni boshlaydi. Zo‘r natijalarni xohlash siqiltirmaydi. Zo‘r natijalarni tez xohlash siqiltiradi.

Qilayotgan ishimizni zo‘r qilsak, natijalar uzoq kuttirmaydi. Haftalarni aytmayapman. Yillarni aytyapman. Odam o‘n yilda nimalar qilib yuborish mumkinligini tasavvur ham qila olmaydi.

Yana kulgili holat bor. Hech kim sekin boy bo‘lishni xohlamaydi. Sekin rivojlanishni xohlamaydi. Shu sababdan uzun yo‘llarni tanlayman. U yerda raqobat bo‘lmaydi. Harakatlardan norozi bo‘lishni tanlash, uzun yo‘lni tanlash demak. Natijalardan norozi bo‘lishni tanlash, siqilishni tanlash demak.

Xulosa qiladigan bo‘lsak. Natijalar bizga bog‘liq emas. Harakatlarimiz bog‘liq. Natijalarimizga rozi bo‘lsak, siqilmaymiz. Harakatlarimizga rozi bo‘lsak, to‘xtab qolamiz.

Harakatlarimizga norozi bo‘lsak – yaxshilaymiz. Yaxshilay oladigan harakatlarimizga birinchi norozi bo‘lsak yutamiz. Yaxshilay olmaydiganimizdan norozi bo‘lishdan esa foyda yo‘q. Harakatlarimiz yaxshilansa, natijalarimiz yaxshilanadi.

Konfutsiy aytgandi: Kuchli odam doimo baxtli. Kichkina odam doimo xafa. Holatimizdan baxtli bo‘lish rivojlanishimizni sekinlashtirmaydi. Baxtli odam kamchiligini oson qabul qiladi. Kamchiligini qabul qilgan harakatini oson yaxshilay oladi. Demak baxtli va rozi bo‘lishimiz rivojlanishimizni tezlashtiradi.
1
Forwarded from Jangirov
#imtihon_natijalari_2025
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

⚡️IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA KIRISH IMTIHON NATIJALARI EʼLON QILINDI!

Joriy yilning 7-, 8-, 9-iyul kunlari Ixtisoslashtirilgan maktablarga hamda 10-, 11-, 12-iyul kunlari Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga oʻtkazilgan imtihon natijalari eʼlon qilindi.

👇 Imtihon natijalarini quyidagi maxsus telegrambotlari orqali bilishingiz mumkin:

👉@ITMA_2025_natija_1_bot
👉@ITMA_2025_natija_2_bot
👉@ITMA_2025_natija_3_bot
👉@ITMA_2025_natija_4_bot
👉@ITMA_2025_natija_5_bot

🔔 DIQQAT!
🔎 Natijalarni bilish istagida boʻlgan yuz minglab talabgorlarning bir vaqtda soʻrov yuborishlari natijasida telegrambot sekin ishlashi mumkin.


👉 Qabul-2025 yangiliklari 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Vaqtni ushlashga urinib

Bugun vaqt haqida gaplashamiz, do‘stlar.

Vaqtning muhimligi, uni isrof qilmaslik haqida gapirmayman. Oddiy bir inshoni pul to‘lab o‘qiyapsiz. Vaqt qadrini yaxshi bilsangiz kerak, shundoq ham. Buning ustiga, o‘zim ko‘p vaqtimni bekor ketkazib qo‘yganman. Nasihat qilsam ham, ta’sir qilmasa kerak.

Nasihat o‘rniga, vaqtni yana ham bekor ketkazmaslik uchun qilayotgan ishlarim haqida gaplashamiz.
Vaqt barakasi haqida.

Bir narsani sezdim. 20+ yoshlik paytdagi vaqt bilan, 30+ yoshlikdagi vaqt farq qilar ekan. Yosh yigitchaning bir kuni bilan, ikki farzand otasining kunida farq bo‘ladi. Yigitchaning bir yili, 30 yoshlikning ikki yiliga teng bo‘lsa kerak.

Yoshlikdagi bir kunda ko‘proq narsaga ulgurib qolsa bo‘ladi. Oila tashvishi yo‘q. Tishni davolash shart emas. Odamlar kutilmasi kichkina. Arzon yashash mumkin. Tana va miya baquvvat.

Yoshligida oldinga o‘tib ketganlar bor. O‘sha shamol bilan uzoqqa yetib bora olishadi. YouTube da rahmatli Yorqinjon domlaning 19 yoshliklarida qilgan ma’ruzalari bor. Zamonaviy olimlarimizdan kam emas. Uorren Baffet 10 yoshida sarmoya qilishni boshlagandi. Charlie Manger 9 yoshidan ishlardi. Richard Brenson 12 yoshlarida o‘z do‘konini ochgandi. Nassim Taleb o‘smirligidayoq o‘zini ta’minlab qo‘ygandi. Bo‘ladigan bola boshidan ma’lum deyisharmidi?

Yoshligini bekor o‘tkazganlar keyin yetib olishlari qiyin kechadi. G‘ami yo‘q paytida o‘qimagan, ishlamaganlar bor. G‘am kelganda o‘sha bilan ovora bo‘lib qolishadi. "Rivojlanmaysiz-mi?" so‘raysiz, "tirikchilikdan ortmayapmiz" deyishadi. Tirikchilikda yurish maqsad emas. Tirikchilik maqsad uchun qilinadi.

O‘ttizga to‘lganlar o‘qiyotgan bo‘lsa, xafa bo‘lishmasin. 40 yoshlikdan ko‘ra vaqtimiz barakaliroq hozir.

YouTube ning video ko‘rsatish algoritmi bor. Birinchi 100 ta odamga ko‘rsatadi. Ularga yoqsa videoni ko‘taraveradi. Yoqmasa tushirib tashlaydi. Ya’ni birinchi soatda yaxshi ko‘rilgan video, uyog‘iga ham shunday ketaveradi. Hech narsa o‘zgarmasa, natija o‘sha birinchi soatdagidek bo‘ladi.

Hayotimiz ham shunga o‘xshash. Boshida erisha olmasak, keyin erishish qiyinlashib boradi. Erishish bu yerda natija emas. Zero, natijalarning hammasi bizga bog‘liq emas. Erishish bu yerda o‘zimiz orttirgan qobiliyatlar. Til bilishimiz. Qo‘limizdan ish kelishi. Chiqishib ketishimiz. Risk va mas’uliyatdan qo‘rqmasligimiz. Bizga suyanish mumkinligini bilishlari. Shularni o‘ttizgacha shakllantirib olsak bo‘ldi. O‘ttizdan keyin shamoli olib ketadi.
Vaqtni oluvchilar haqida.

Ovqat vaqt oladi do‘stlar. Yeyishga ketadigan vaqtni aytmayapman. Hazm qilishga ketadiganini aytyapman. To‘q qoringa uxlashlik, uyquni ko‘paytiradi.

Shu sabab och uxlagan kunim, xursand uxlayman. To‘q uxlasam, uyquga to‘ymayman.

Majlis va uchrashuvlar vaqt oladi. Suhbatning o‘ziga ketadigan vaqt emas. Suhbatdagi fikrlarni o‘ylashga ketadigan vaqt. Bir narsani o‘ylashni boshladingizmi? Boshqa narsani o‘ylay olmaysiz. Opportunity cost. Shu sabab bularning hammasini kunning ikkinchi yarmiga qo‘yaman.

Ijtimoiy tarmoqlar vaqt oladi. Qopingizdan bir hovuch guruch olsa, kamayish yo‘qdek ko‘rinadi. Takrorlanaversa, qopda hech narsa qolmaydi. Yoshligimizda ozgina kesaverib, tortlarni tugatib qo‘yar edik. "Yana ozgina"ning yomon tarafi – boshlash oson, to‘xtashlik qiyin bo‘ladi.

Ijtimoiy tarmoqlar telefonda bo‘lishining xavfli tomoni shunda. Kompyuterdan kirgan yaxshiroq. Men har biriga limitlar qo‘yib qo‘yganman. Instgaram yo‘q. YouTube, Twitter bir necha daqiqadan. Kodlari esa o‘zimda emas.

Serial va kinolar vaqt oladi. Til o‘rganish bahonasida bularga ancha vaqtimni berib qo‘ygan edim. Seriallarga vaqt ketkazmaslik siri – ko‘rishni boshlamaslik. Kiyimingizdagi ipni torta boshlasangiz, bir-birini tortib chiqib kelaveradi. Uzib to‘xtatmasangiz, kiyimdan hech narsa qolmaydi.
1
Ba’zan tasodifan bitta epizodni ko‘rib qolasiz. Qolgan voqealar qiziqtiradi. Nima qilaylik endi. Inson tabiati. Zeigarnik effekt. Oldinlari tugatib qo‘yar edim. Vaqtim ketayotganini bilib boshqa usulni topdim. Serial nomini YouTube ga yozib, xulosasini qidira boshladim. (Recaps) Soatlarini sarflab tomosha qilgan bitta bloger, yarim soatda hammasini gapirib beradi.

Xulosa orqali tushuntirsa bo‘ladigan seriallar ko‘rishga arzimaydi. Xulosa qilib bo‘lmaydiganlari esa 1% ham chiqmaydi.
Vaqt beruvchilar haqida.

Yoshi katta odamlar bor. Hayotiy tajribalari ko‘p. Farzandlariga qaraysiz – tilla bolalar. Shu insonlar suhbati. Ilmlilar suhbati. Sohangizda oldinda bo‘lganlar suhbati. Ana shular vaqt beradi. Bitta odam ikkinchi odamga umrini o‘tkaza olmaydi. O‘tkazishga eng yaqin ish suhbatdir.

Institutimizda bir behayo qiz bor edi. O‘qimasdi. Mensimasdi. Hashamga berilgan. Vaqtini bekor ketkazardi. Birinchi ko‘rgan odam ko‘rinishiga aldanardi. Esli qiz deb o‘ylardi. Bir yigit uylanmoqchi bo‘lib, mendan surishtirdi. (Tovba boshqa odam qurib qolganmidi?) Borini aytib berdim. Fikrini o‘zgartirdi.

Menimcha, uni rosa ko‘p vaqtini tejab berdim. Janjallar. Norozilik. Ko‘ngil qolishi. Balki ajrashishni oldini oldim. (Shunday o‘ylasam balki xursand yuraman. Aslida u boshqalardan ham surishtirgandir balki). Foydali suhbatlar ham xuddi shunday – bizni balolardan saqlab qoladi.

Buyuk kitoblar vaqt beradi. Buyuk kitoblar, buyuk odamlar bilan suhbat degani. Bu suhbat harflar orqali bo‘ladi. Jonli suhbatda savollar bera olasiz. Gapiruvchi sizga moslashadi. Balki takror ham qiladi. Harfli suhbatda bular yo‘q-ku? To‘g‘ri. Yana bir joyi ham bor. Shunday buyuklar bilan yana qayerda gaplasha olasiz? Sizga nasihat qilishga vaqtlari bormi? Kerakli mavzuni ochib, "shu joyi menga ekan" deb ketaversak bo‘lmaydi-mi?

O‘rganishga sarflagan vaqtimiz umrimizni tejab beradi. Ishimizni yaxshiroq qilamiz. Biznes boshlay olamiz. O‘z ishxonamizda o‘samiz. Ko‘proq pul topamiz.

Sport vaqt beradi. Nafaqat kun ichida quvvat ko‘proq bo‘ladi. Sportga sarflangan bir soat, umr sifatini ikki soatga yaxshilaydi. Ertalab sportga chiqmasam ikki soat yutgandek bo‘laman. Asli to‘rt soat yutqazaman. Ishlarim sekinroq bitadi. Kun yarmida uyqum keladi.

To‘g‘ri sarflangan pul vaqt beradi. O‘zi aqlli odam puli bilan vaqtini tejab qoladi. Yuz so‘m tejash uchun kilometrlar yurib bormaydi. Onlayn buyurtma berib qo'yaveradi.

Ongli bo‘lishlik vaqt beradi. “Dil ba yoru, dast ba kor” derdilar Naqshbandiy bobomiz. Dil ba yor – ogoh bo‘lishlik. Nima qilayotganini bilish. Nega qilayotganini bilish. Qilayotgan ishlarimiz haqida o‘ylab tursak, balki ba’zilarini to‘xtatib qo‘yarmidik?
Vaqt cho‘zuvchilar haqida.

Vaqt hamma uchun har xil o‘tadi. Bir odamning yillari ham turlicha. Ba’zi yillar tezroq. Ba’zilari sekinroq. O‘tmishimizga qarasak, buni yaqqol ko‘ramiz. Vaqtni his qilish miyaning o‘zida. Tafakkur va tushunishga harakat qilish miyani qiynaydi. Shu qiynoq vaqtni uzunroqdek qiladi.

Tana ham qiynalganda vaqt sekin o‘tayotgandek tuyuladi. Yugurganlar buni yaxshi his qilishgan. Plankada turganlar ham.

Yengillik vaqtimiz o‘tganini sezdirmaydi. Shorts va Reelslar soatlarni olishi shundan. Fizika ma’ruzasini tomosha qiling. Daqiqalaringizni sezib turasiz. Bekorchi narsalarni ko‘ring. Soatlaringizni topa olmaysiz.

Miyani qiynaydigan suhbatlar. Kitob va ma’ruzalar. Til va ko‘nikma o‘rganish. Yangi tanishuvlar. Oldin yechmagan muammolarimiz. Matn yozish. Mana shu yozayotgan inshomiz. Vaqtni cho‘zgandek bo‘ladi. Qilayotganda ham. Eslagan paytingizda ham.

Yangi joyga sayohat paytida – til boshqa, ko‘chalar boshqa, odamlar boshqa, kundalik ishlarimiz boshqa. O‘z yurtimizdagidan sekinroqdek tuyuladi. Yillar o‘tadi. Har bir kunini eslay olamiz. O‘n kun sohil bo‘yida yotganlardan so‘rang. Ularda bunday xotiralar bo‘lmaydi. Sayohat miyani qiynagani uchun vaqtni cho‘zadi.
1
Senekaning "Hayot qisqalig haqida" kitobini buyurtma qildim. Kitobning o‘zi ham qisqa ekan. Kelganida ko‘rib, kulib yubordim. O‘ylab qarasam, to‘g‘ri qilgan ekan. Hayot qisqaligi haqida uzoq gapirib, vaqtni olmayin debdi.
pic35.jpg

Vaqt haqidagi inshomiz, cho‘zilib ketmasin endi. Vaqt bu pul emas, do‘stlar. Vaqt – bu hamma narsa. Uni bekor ketkazgan, hammasini boy beribdi.
1👍1
Ko'rgazmaviy va mohiyatiy o'lchovlar

Men o‘zimni yangi atama o‘ylab topishga loyiq deb bilmayman, do‘stlar. Shunga qaramay baribir o‘ylab topdim.

Bu atamalar – mohiyatiy o‘lchovlar va ko‘rgazmaviy o‘lchovlar. Sababi bu haqida hech kim gapirmayapti. (Adolat uchun aytish kerakki, ingliz tilida birinchi marta bu haqida Julianda o‘qigandim.)

Maqsadga erishish haqida ko‘p gaplashamiz. Maqsadimizga erishyapmizmi yo‘qmi, qanday bilamiz?

Ozmoqchi bo‘lsangiz tarozida o‘lchaysiz. Tezligingiz oshayotganini spidometr ko‘rsatib turadi. Ko‘zingiz o‘tkirlashyaptimi yoki xiralashmoqdami Snellen jadvalida o‘lchasa bo‘ladi.

Bizga kerak hamma maqsadlarni shunday aniqlikda o‘lchay olamizmi? Ishimiz yurishayotganini qayerdan bilamiz? Odamlar bizni hurmat qilayotganini? Yonimizdagilar bizga ishonishini? Baxtli ekanligimizni qanday o‘lchaymiz?

Katta buvim ham shunday maqsadlarning birini aytib yurardilar. Maqsad – Xudoning roziligi bolam. Rozi qilayotganimni qanday o‘lchayman?

Bu yerda Naval ham muhim maqsadlar haqida gapiryapti:
pic40.png

Xotirjam ong (nafs), sog‘lom tana, muhabbat to‘la uy. Bularni sotib olib bo‘lmaydi. Ular uchun harakat qilish kerak.

Buni o‘zingga har kuni eslat.

Yaxshilab qarasak, muhim maqsadlarga erishgach, uni har soniyada his qila olamiz. Uxlashdan oldin. Ishlarni qilayotganda. Zinadan chiqishda. Uyga kelganda. Uydan chiqqanda. Telegramni ochganda. Bu maqsadlarga erishish hayotimizga rang beradi.

Ulamolar aytishiga qaraganda Xudoni rozi qiladigan ishlarimiz ko‘paysa, oldingilaridan rozilik alomati bo‘lar ekan.

Ong yoki nafsimiz xotirjam bo‘lsa shoshilib ketmaydi. Hasad qilmaydi. Bitta o‘qigan yangilik tufayli kayfiyati tushmaydi. Odamlarni yomon ko‘rmaydi. Oz narsaga jahl qilmaydi. Infarkt, qandli diabet ehtimoli kamayadi.

Tana sog‘lom bo‘lsa, uyqu sog‘lom bo‘ladi. Yuklarni oson ko‘taradi. Pullar dorilar uchun emas, foydaliroq ishlarga sarflanadi. Kayfiyat yuqori bo‘ladi. Ilm yaxshi olinadi.

Muhabbat to‘la uy, muhabbatsiz dunyoda yashashni osonlashtiradi. Ko‘chadagi qiyinchiliklarga yutqazilmaydi. Hissiyotlarni boshqarish osonlashadi. Tana sog‘lomligi uzoq davom etadi. Ong xotirjam bo‘ladi.

Chiroyli maqsadlar. Umrni ketkizishga arziydigan maqsadlar. Faqat bitta muammo bor.

Xudoning roziligini oladigan ishlarning ko‘pi yolg‘izlikda qilinadi. Xotirjam ongni ko‘rib bo‘lmaydi. Sog‘lom tanani kasalidan bittada ajratish qiyin. Eng xavfli kasalliklar ichkarida bo‘ladi. Qalbdagi muhabbatni ham ko‘rsata olmaymiz. Uyimizdagisini ko‘rsatish deyarli imkonsiz bo‘ladi.

Eng muhim maqsadlarga maxfiy erishiladi. Ko‘rish qiyin. Ko‘rsatish qiyin. Erishib bo‘lganimizni bilishimiz qiyin. Bildirishimiz qiyin. Bu qiyinchilikka qaramay erishishimiz mumkin edi. Faqatgina bunga xalaqit beradigan ikkita kamchiligimiz bor.

Birinchisi – dangasalik. Dangasalik sabab maqsadga erishmasdan, erishgandek ko‘rsatadigan yo‘llarni tanlab qo‘yamiz.

Ikkinchisi – boshqalar uchun maqsadga erishish. O‘zimiz xohlaganimiz uchun emas, ko‘rsatib qo‘yish uchun harakat qilish. Maxfiy emas, omma oldida erishishni xohlash.

Maqsad qo‘ygan odamga shu ikki kamchilik xalaqit berishni boshlaydi. Uzoq yillar ketkazib maqsadiga erishish o‘rniga, ba’zilar erishgandek ko‘rinishni tanlab qo‘yishadi.

Pastdagi jadvalni qarang. U yerda maqsadlar ro‘yxati kelgan. Mohiyatiy o‘lchovlar rostdan erishayotganimizni ko‘rsatadi. Ko‘rgazmaviy o‘lchovlar bizni erishayotgandek ko‘rsatadi.

Morgan Housel kitobida farrosh Ronald Ridning hikoyasini keltiradi. Butun umr farrosh bo‘lib ishlagan amaki o‘limidan keyin 8 million dollar ehson tashlab ketadi. Oddiy hayotda yashagan amaki mohiyatida boy edi. Tashqaridan qaragan odam hech nimani sezmasdi.

Mana bu Kobaltni narxida turadigan eski (2003 yilgi) mashina minib yurgan akaga qarang:
pic44.png
Tanimagan bo‘lsangiz bu Gollivud yulduzi Kristian Beyl. Boyligi yuz milliondan ortiq edi, adashmasam. Eng qimmat narsasi uyi ekan. Qolgan pullarini esa faqat tarqatib yuribdi. U bir dunyo bo‘sh vaqtini o‘zi xohlagan ishlarga sarflayapti. Ko‘rgazmaviy o‘lchovlarga harakat yo‘q. Haqiqatda boy odamda bunga ehtiyoj bo‘lmaydi.

Ijtimoiy tarmoqlarda faqat qimmat mashinasi-yu sayohatlarini bo‘lishib yurganlar bor. Yig‘ib qo‘yganidan, sarflab qo‘ygani ko‘proq bo‘ladi. Xarajatlarning katta qismi nafaqat qarzga qilinadi, balki u qarzlarni yopish uchun sodda kuzatuvchilarga kurslar sotiladi.

Sog‘lomlikni maqsad qilgan odam uchun yurak baquvvat bo‘lishi – mohiyatiy o‘lchov. Kuchli bo‘lish – mohiyatiy o‘lchov. Sog‘lom tana o‘zi chiroyli bo‘ladi. Birdaniga chiroyli tana ortidan yurish esa ko‘rgazmaviy o‘lchov ortidan yugurish degani.

Tanam chiroyli bo‘lsin deb maqsad qo‘yganlarda muammo yo‘q. Hech bo‘lmasa rostini aytib chiqishyapti. Voqealikda esa tanani chiroyli qilish mashqlarini aksariga “sog‘lom bo‘lish uchun chiqyapman” deyiladi.

Endi mana bu ikki sportchiga qarang:
pic45.png

Chap tarafdagisi ham yoshroq. Ham tanasi chiroyliroq. Sog‘lomroq ko‘rinadi. Mushaklar sog‘lomlik belgisi axir. O‘ng tarafdagi amakida esa qarilik boshlangandek go‘yo. Ko‘rgazmaviy o‘lchovlar shunday deydi har holda.

Mohiyatiy o‘lchovlarga qarasak steroid iste’mol qilgan bodibuilderlarning ko‘plari 60 ga bormay vafot etadi. Har besh soatda ovqat qidiradi. Uzoq safarlarda qiynalib qoladi. O'ng tarafdagi atletimiz esa soatlab ovqatsiz yura oladi. 226 kilometrni suzib, yugurib va velosipedda bosib o‘ta oladi. Rasmdagi Mark Allen bunda chempion bo‘lgan ham. Yana atletlar bodibuilderlardan to‘rt yil ko‘proq sog‘lom hayot kechiradi.

Mohiyatiy o‘lchov mijozlaringizga foyda olib kelish. Ko‘rgazmaviy o‘lchov CEO yoki founder deb atalish. O‘zi 3 tagina odam ishlaydi. 4 tagina mijozi bor. Ikki hafta oldin ochilgan. O‘zlarini CEO deb ataydi. Kompaniya ochishdan maqsad bu emas-ku?

Mohiyatiy o‘lchovlarning hammasiga yaxshilab qarang. Ularga erishganingizni bildirish o‘ta qiyin. Sababi blogger deganda kuzatuvchilar sonini tasavvur qilamiz. Kuzatuvchilar ishonchini tasavvur qila olmaymiz. Boylik deganda uy va mashinalarni tasavvur qila olamiz. Kun ichidagi soatlab bo‘sh vaqtni tasavvur qila olmaymiz. Ilm deganda kitoblar sonini tasavvur qila olamiz. O‘zgarishlarimizni o‘lchay olmaymiz.

Ushlash va o‘lchash qiyin mohiyatiy o‘lchovlarni. Dangasalik va tashqi bosim qo‘shilsa bormi. Bilib-bilmay ko‘rgazmaviylari tomon yurib ketamiz.

Ko‘rgazmaviy o‘lchovlarga yaxshilab qarang. Mohiyatiy maqsadga erishmay turib ham ko‘zgazmaviysiga erishsa bo‘ladi. Kesib chiqib erishsa bo‘ladi. Pul bilan erishsa bo‘ladi.

Universitet paytida besh baho olish haqida kitob o‘qigan edim. Zerikkan fanlarim hammasidan o‘sha tizimni qo‘llagandim. Baholarim besh chiqdi. O‘sha fanlardan hech nima o‘rganmadim.

Baholarini zo‘rg‘a olib yurganlar bor edi. Talabalikdayoq shogird tushgandi. Ishonaman, hozir yaxshi shifokor bo‘lib ketdi. O‘sha paytidayoq bemor ko‘rardi.

Bir papka sertifikat bilan kelgan o‘qituvchimiz bor edi. Darsini yaxshi o‘tardi-yu, va’dasini bajarishga kelganda yo‘q bo‘lib qolardi. Sizga suyanib bo‘lmasa, sertifikatlardan nima foyda?

Oliy ta’limda ham o‘qimagan o‘qituvchilarimiz bor. O‘quvchilari ham sevadi. Ham yuqori natijalar qilishadi.

Yuzminglab kuzatuvchisi bor bir blogerni ko‘rgan edim. Pullik loyiha boshlab, o‘ttizta ham odam yig‘a olmadi. Odam soni doim ishonch miqdori emas-da.

Wononing twitterda 30 minggina kuzatuvchisi bor. Shuning o‘zidan yiliga millionlar topadi.

O‘z bloglarida hukumatni tanqid qilish bilan tanilgan blogerlar bor. Yillardan beri kuzataman. Tanqid qiladi. Auditoriya yig‘iladi. Reklama sotadi. Profit. Hech nima o‘zgarmasdan qolaveradi.

Yana boshqalari bor. Tanqid bilan haqiqiy yechimlar beradi. Yechim bera oladigan tashkilotlardan taklif kelganda, qabul qiladi. O‘z biznesi/kasbi bilan muammolarni yechishga hissa qo‘shadi.
Birinchi keltirgan misollarim maqsadiga erishmayotganlar. Erishayotgandek ko‘rsatayotganlar. Ko‘rgazmaviy o‘lchovlar ortidan quvganlar.

Ikkinchi keltirgan misollarim maqsadiga erishayotganlar. Tashqaridan erishayotganlarini bilish qiyin. Ular mohiyatiy o‘lchovlarga e’tibor berishmoqda.

Goodhart qonuni aytadi – o‘lchov maqsadga aylansa, u yaxshi o‘lchovligini yo‘qotadi. Ko‘rgazmaviy o‘lchovlar o‘lchovligicha qolishi kerak. Ularni maqsad qilib olmasak bo‘ldi. Maqsad mohiyatiy bo‘lsin. Ko‘rgazmaviy qismi o‘zi keladi.

Ingliz tilida istalgan kitobni o‘qiy oladigan. Istalgan mavzuda ma’ruza tushunadigan, istalgan mavzuda yoza oladigan bo‘lsak, IELTS o‘zi baland chiqadi. IELTSni baland qilishga intilsak, taktikalarga berilib ketamiz. Imtihon oluvchini hayron qoldirishga kirishamiz. O‘rganganlarimiz esa imtihon ertasiga esdan chiqishni boshlaydi.

Rick Rubin ismli musiqachi bor. Eng muhim prodyuserlar 20 taligiga kiradi. Musiqa olamida uni hamma taniydi. Uning ham fikri shunday. O‘zi xohlagan ijodni qilgan ijodkor muxlislarni ham hayron qoldira oladi. Hayron qoldirish uchun ijod qilgan, mashhurlik uchun ijod qilgan unutilib ketadi.

Muxlislar so‘ragan filmlarni berib kelgan Marvel studiyasini bilsangiz kerak. Filmlari milliardlab yiqqan. Bolaligimizda sevib ko‘rgandirmiz balki. Birortasini qayta ko‘ryapmizmi? Kristofer Nolanning ijodini olaylik. O‘zi istagan mavzulardagina film oladi. Eng ko‘p qayta ko‘riladigan filmlar ham uniki bo‘lsa kerak(Boshlanish, Interstellar, Betmen).

Maqsad uchun harakat qilar ekanmiz, ko‘rgazmaviy o‘lchovlarga aldanib qolishimiz hech gap emas. Ular oson. Tezda erishiladi. Odamlar qarsak chaladi. IELTS olib kitob o‘qiy olmagan. CEO bo‘lsa ham daromad qilmagan. Kurs, kitoblar tugasa-da, hech nima o‘zgarmagan. Birga tushgan rasmimiz bor-ku, telefon qilsa ko‘tarmaydigan. Qizil diplom-u jamiyatda keraksizlikdan, charchamadik-mi?

Ko‘rgazmaviy o‘lchovlar boshqalarni hayron qoldirishi mumkin. O‘zimizga esa faqat zarari tegadi. Maqsadlariga mohiyatiy o‘lchov orqali ergashaman deganlar bor. Ko‘rgazmasi yillar o‘tib keladi.

Balki jamiyat ko‘rgazmaviy o‘lchovlarga o‘rgangani sababdir. Turib-turib biz ham berilib ketamiz. Har safar berilib ketsak, yuqoridagi jadvalga qarash yordam berar, balki?

Mohiyatiy o‘lchovlarni tanlash uzun yo‘llarni tanlash demak. Zo‘r o‘ynashni tanlash demak. Zo‘r o‘ynasak yutishimizga ishonishni tanlash demak.
Tirbandlikdan qochish haqida o'ylar

Keling ko‘pchilik hayotiga nazar tashlaymiz do‘stlar.

Ko‘pchilik sog‘lom emas. Ko‘pchilikka vaqt doimo yetishmaydi (Hatto sog'liq uchun ham). Ko‘pchilik ishidan qoniqmaydi. Tajribamda, ishlab turgan joyidan o‘sha oylikka chaqirilganda kamchilik yo‘q degan. Ko‘pchilik boshlagan kurslarini tugatmaydi. Ko‘pchilikning yonida favqulodda 400$ pul chiqmaydi.

Hayotimizga asosan ikkita kuch ta’sir qiladi, do‘stlar. Muhitimiz va qarorlarimiz. Muhitning o'rni katta. Nigeriyada dehqon oilasida tug‘ilgan Adewalening hayotda imkoniyatlari kamroq. Prezident Trampning esa nima qilsa ham, bolalari yaxshi bo‘lib ketishi ehtimoli baland. Baribir qarorlar muhimroq deb o'ylayman. Muhitimizni o‘zgartirish uchun ham qaror kerak bo‘ladi. O‘zi faqat qarorlarimiz bizniki bo‘lsa kerak. Yana nimamiz o‘zimizniki, bilmadim.

Qarorlarimiz to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri bo‘lganini esa ko‘pincha yillar o‘tib sezamiz. 60 yoshli amaki do‘stlari birin-ketin diabet bo‘la boshlagach, sport bilan shug‘ullangani to‘g‘ri bo‘lganini tushunadi. O‘lim to‘shagida yotgan, diniga amal qilib yashagani to‘g‘ri bo‘lganini tushunadi. Universitetga grantga kirgan, bosib o‘qigani to‘g‘ri bo‘lganini tushunadi.

Ba’zida ota-onalarni ko‘rib qolamiz. O‘zlari qilmagan ishlarini bolalaridan kutishadi. Buning sababi ular yoshlikda tushunib yetishmaganlarini endi tushunishdi. Kech bo‘ldi. "Bolalarim takrorlamasin" deyishyapti.

Yillar o‘tib bilganimiz sabab joyida to‘g‘ri qaror qabul qilish qiyin kechadi. Lyuk Burgis Wanting kitobida yozganidek: Atrofdagilar nima qilsa shuni qilib ketaveramiz. Yonimizdagilar qilayotgan ishlarni qilishga inersiya kuchli bo‘ladi.

Buning bitta kamchiligi bor. Faqat atrofdagilar qilayotgan ishlarni bajarish, atrofdagilar erishayotgan natijalarga olib boradi. Bundan esa odam qoniqmaydi. Chunki u Afg'onistondagi Akbardan o‘tib ketishni istamaydi (asli o‘tib bo‘lgan ham). U qo‘shnisi Baxtiyor, sinfdoshi Dilshoddan o‘tib ketishni istaydi.

Shuning uchun men o‘zimga ajoyib qoida qo‘yib olganman. Час пик (shoshilinch soat)da yo‘lga chiqsang, ham manzilga sekin yetasan, ham asabing buziladi. Band bo‘lmagan yo‘llar, band bo‘lmagan vaqtlardan foydalan.

Kundalik hayotda bu quyidagicha bo‘ladi. Uzoq manzilga tirbandlik paytida yo‘lga chiqmayman. (Ertalab 8-9, kechki 17-18). Sal kechroq, yoki sal vaqtliroq chiqaman. Tezroq boraman. Taksi arzon bo'ladi. Ko‘pincha dam olish kunlari ham ishlayman. Uzoq diqqat qilish mumkin. Bezovtalik yo‘q. Dam olmoqchi bo‘lsam ish kunlarini tanlayman. Narxlar arzon. Tirbandlik kam.

Hamma ko‘rayotgan videoni ko‘rmayman. Hamma ishlatayotgan dasturlarni ishlatmayman. Taleb aytganmidi? Ko‘pchilik biladigan narsa bilishga arzimaydi. Kitob bestseller bo‘ldimi? Endi undan foyda kam. Ko‘pchilik o‘qishi uchun, soddalashtirish kerak. Soddalashdimi? Voqealikdan uzildi.

Biznesda eng kam qilinadigan ish nima? Sabr. Biznes bugun foyda olsam deydi. Mijozlaridan ko‘ra foydasini o‘ylaydi. Jamoasidan ko‘ra kengayishni o‘ylaydi. Shuni teskarisini qilishga harakat qilaman.

Bloglar eng kam qiladigan ish nima? Reklama takliflariga yo‘q deyish. Bo‘lar-bo‘lmas narsa sotmaslik. Auditoriyani hurmat qilish. Blogim shu ishda namuna bo‘lsin deyman.

O‘zi boshqa yo‘l yo‘q bo‘lsa ham kerak. Chunki asimmetrik natijalarga asimmetrik yo‘llar bilan erishiladi. Odatiy ishlarni qilish noodatiy natijaga olib kelmaydi.

Asimmetrik bo‘lish oson kechmaydi azizlar. Atrofning bosimi mimikriyaga majbur qiladi. Yoshligimdan buni ozorini chekib kelaman deya olaman.

Oddiy davlat maktabida asimmetrik qaror nima? Ko‘chirmaslik. Betayin gap gaplashmaslik. Mustaqil fikr. Berilib o‘qish.

Endi bunday bolalar bilan maktabda nimalar bo‘lganini eslang. Bolalar o‘ynamasdi. Qizlar qiziqmasdi. Yig‘inlarga chaqirilmasdi. Birinchi bo‘lib uning ustidan kulinardi. Ha, men sinfda o‘sha bola bo‘lganman. Shu sabab u maktabdan ketgani muallifni afsuslantirmagan. Taqdir shu ekan, yangisida faqat battar bo‘ldi.

Shu sabab balki o‘sha birinchi maktabimdan birorta do‘st orttirmadim. Ikkinchisidan ham sanoqli. Boshqacha bo‘lish – ko‘pincha, yolg‘iz bo‘lish degani.
Buni afsus bilan aytmayapman. Aslo. Ularning hozirgi hayotiga qarayman, keyin o‘zimnikiga qarayman. Qarorlardagi farq, hayotdagi farqqa olib borganini ko‘raman. Ular hozir nima bilan band ekanligini, mazax qilganlar nima qilib yurganini yozib o‘tirmayman. Zero, bu insho odamlar ustidan kulish uchun yozilmayapti. Balki shu bosqichda yashayotgan obunachilarimiz bor bo‘lsa, ularga dalda umidida qo‘shib ketildi.

Muallifning o‘zi namuna bo‘lishi qiyin. Tayinli narsaga erishmagan odam, men asimmetrik yashayapman, shunday yashaganlar yutadi deyishi kulgili. Shuning uchun boshqa odamlar hayotiga yuzlanamiz.

30 yoshida yuqori oylikda (300$K) ishlab turib Jeff Bezos garajidan onlayn kitob do‘kon ochishga o‘tib ketadi. Xuddi shu ishni Naval ham qilgan edi. Yandexda vitsa prezident bo‘lib turgan Aleksandr Laryanovski ham, borini tashlab hech kim tanimaydigan startap(Skyeng)ga qo‘shilib olgan edi.

Umidjon aka Ishmuhamedov esa o‘zimizdagi misollardan. O‘z kompaniyalarini ochish uchun pwcdagi yaxshi ishlarini tashlab ketgandilar. Birga ishlagan hamkasblari bilan gaplashib qoldim. "Shuncha oylikni qanday tashlab ketdi, hayron bo‘lgandim, mana endi tushundim", dedilar.

20 yoshda bu ishni qilish osondir. Oilalar (yuqoridagilar kabi) uchun esa qiyin qaror. 30 yoshda karyera cho‘qqiga chiqa boshlaydi. Korporatsiyada yuqori joyda o‘tirganlar, ozgina harakatlar bilan millioner bo‘la olishadi. Ortiqcha tavakkallar shart emas. Ularni deyarli hech kim bo‘shatmaydi. Ketsa ham raqobatchiga yaxshiroq lavozimga o‘tib ketadi.

Atrofdagilar qilmaydigan va yoqlamaydigan ish, atrofdagilardan farqli natijaga olib keladi.

O‘rtoqlaringiz o‘ynab-kulayotgan paytda dars qilish. Instagram titkilayotgan paytda kitob o‘qish. Choyxonaga chaqirganda, sportga chaqirish. Yuqori oylikdagi hamkasblaringiz riskdan to‘xtaganda, risklar olish. Asimmetrik ishlar. Qilsangiz muhit tomonidan bosim olib keladi. Bosimga chidagan, vaqt o‘tib ekinini o‘radi.

Shu o‘rinda eslatma. Ommaning hamma fikriga ham qarshi chiqmagan ma’qul. Omma bilib, biz bilmaydigan narsalar ham bor. Qarshi chiqish ommaning ishlarida sabab ko‘rilmaganda va o‘zi qilmoqchi bo‘lgan ishiga sabab ko‘rganda foyda keltiradi.

Bezos ketishidan avval internet bozori yiliga 2300% o‘sayotganini ko‘rgandi. Naval startaplar bozori o‘sayotganini ko‘rgandi. Laryanovski onlayn ta’lim imkoniyatlarini bilardi. Umid aka ta’limdagi o‘zgarishlarni sezgandi. Men ham tibbiyotni shunchaki emas, ta’limdagi qobiliyatim va imkoniyatlarni ko‘rib tashlab ketgandim.

Shu o‘rinda o‘quvchimiz savol beradi. Sizga gapirish oson. Menga yakshanba ishlab, seshanba dam olishimga ruxsat berishadimi? Yo‘q berishmaydi. Bitta istisno bor. Maktabdagi asimmetrik o‘quvchilarimizga asimmetrik sharoitlar qilib berganmiz. Ular ba’zi ishlardan ozod bo‘lishadi. Men tanigan hamma asimmetrik mutaxassislar bemalol o‘z shartlarini qo‘yib ishlashadi. Turgan joyingizda zo‘ri bo‘lishga harakat qilish asimmetrik harakat. Ko‘pchilikni o‘rtachalik qoniqtiradi.

Ilk marta ingliz tili sertifikati olgan paytimda kursimizdagi 200 tadan ikki dona bola edik. Biz paytimizda ingliz tilini bilish asimmetrik ish edi. Yiliga 40 ming+ sertifikat olayotgan hozirgi yillarda, ingliz tilini bilish asimmetrik harakat emas. Minimum talab. Hozirda asimmetrik harakatlar nima? Hozir ko‘pchilik nima qilmayapti?

Faqatgina taxmin qilaman. Taxminlarim kuzatuvlarimga asoslangan. Qaysi asimmetriyani tanlashni hamma o‘zi hal qiladi.

Eski va uzun kitoblarni o‘qish. "Muqaddima"ning mashhur bo‘lib ketishi ko‘rsatib berdiki, eski kitoblarda xayr ko‘proq. Mashhur qilinmagan yana qancha kitoblar bor?

Munger Franklin kitoblari uni ta’sirlantirganini yozadi. Taleb Seneka va Wittgensteindan iqtibos keltiradi. O'sish limitlari g'oyasi muallifi Donella Meadows Sufiylardan (katta ehtimol Rumiy) ilhomlangan edi. Husayn Buxoriy Shifo va Muxosibiyni (yuzlab yil oldingi kitoblar) sharh qiladilar.
Telegramda yoki twitterda blog yuritish. Instagramda bloglar ko‘p. 3000$ sarflab 40 ming odam yig‘sa ham bo‘lar ekan. Vaqti kamlar esa matnni tanlaydi. Matn o‘qiydiganlar bilan tanishish ajoyib imkoniyat. Ularga pala-partish kurslarni sota olmassiz. Mayli. Boshqa tomondan yutsa bo'ladi. Bitta uchrashuvdan karyerangiz o‘zgarib ketishi mumkin.
pic47.pngpic46.png

Uber birinchi xodimini qanday ishga olganini qarang: Kalanick twit qoldiradi. Graves javob beradi. To‘qqiz yil o‘tgach Graves milliarder sifatida nafaqaga chiqadi. Kichkina bo‘lsa ham blog, nimalarga qodir.

Mustaqil matn yozish. Matn yozishga eringanlar sun’iy intellektga topshirib qo‘yayapti. Matn yozishni topshirish, hisoblashni kalkulyatorga topshirish bilan bir xil emas. Matn bu sekin o‘ylash. Matn yozmay qo‘yganlar sekin o‘ylamay qo‘yadi. Sekin o‘ylash beradigan foydalardan mahrum bo‘ladi. Matn yozmagan kuchli matnni ajrata olmay qoladi. Harflar raqamlar emas. Harflar ko‘rsatayotgan narsa doim ham to‘g‘ri bo‘lmaydi.

Qomusiy bo‘lish. Moliyaviy rag‘bat bo‘lmasa o‘qib o‘rganadiganlar kam. Qiziqqan narsasini o‘rganaverish, qilib ko‘rish, ishlarni pul uchun emas, san’at uchun qilish kamayib ketmoqda. Bozor iqtisodiyoti. Raqobat. Faqatgina o‘z ishingda zo‘r bo‘lish uchun to‘lashadi. Nima ham derdik.

Risk olish. Bu qismi yo'qotadigan narsasi (karyera, pul, jamoa, auditoriya) borlarga tegishli bo'lsa kerak. Sizda borligi ma'lum bo'lgan narsani kelishi noma'lum bo'lgan narsaga tikish – asimmetrik harakat. Borini yo'q uchun berib yuborishga kamchilik tayyor turadi. Shu sabab asimmetrik natijalarning eng ko'pi shu risk olishdan keladi.

Sun'iy intellekt sohasiga endi kirish asimmetriya kamroq beradi. Hali hech ham urfda bo'lmagan payti kirganlar (deepseek, fetch ai, nVidia) hozir mevalarini terishyapti.

Men ko‘rayotganim shular. Balki yana bordir. Hattoki bittasini ushlab bajarish, uzoq yillarda yaxshi natijalar olib keladi. Yangi qo‘shilgan o‘quvchilarimiz hayron bo‘lishlari mumkin. Uzoq yillarda? Bir yilda mutlaq o‘zgartiradigan kanal emasmi bu? Unday emas. Shoshishda xayr yo‘q do‘stlar. Axir biz uzun yo‘llar samaraliroq ekanligini bilamiz.
Avval yiqilmaslik o'rganiladi


Va'da bo'yicha kasb va soha tanlash haqida yozish payti keldi, do'stlar.

Faqat undan oldin bitta mavzuda gaplashib olsak.

Muvaffaqiyat ortidan quvib, yiqilib tushganlar ko'p topiladi. 60 yoshlik millioner akamiz bilan suhbat esimda qolgan: "Yoshligimizda 100 ta boy yig'ilgan davramiz bor edi. 3-4 tasi eski holida qoldi. Qolganlar borlarini yo'qotishdi."

U akalarning ko'pchiligi mustaqillikdan keyingi yangi boylar bo'lgandir. Pul topishni bilishgan. Qanday ushlab qolishni bilishmagan. Eski boylar bilan bunday bo'lishi qiyin deyishadi. To'g'ri. Eski boy bo'lish ham atigi 10% boylarga nasib qiladi.

Yoki Robin Uilyams hayotini olaylik. Pul topdi. Mashhur bo'ldi. Hamma mukofotlarni oldi. Depressiyaga to'la hayot kechirdi. Giyohvandlik. Uyqusizlik. Ichkilik. O'z joniga qasd.

Karyerasi muvaffaqiyatli kechgan bo'lsada, ezilib yashaganlar ro'yxati uzun. Ba'zilarini qoldiraman, qiziqib ko'rsangiz bo'ladi.

Poyga o'ynasangiz-u marraga yetganda o'zingiz xohlamagan joyga borib qolgan bo'lsangiz? Soatlab ovqat pishirsangiz-u uni hech kim yeya olmasa? Biznes qursangiz-u sizniki bo'lib chiqmasa? Bola katta qilsangiz-u sizni yomon ko'rib qolsa? Uyingizda daraxt ekkan bo'lsangiz-u, hidi va mevasidan foyda bo'lmasa? Karyera qurar ekanmiz, undan oldin hayotimizni buzib qo'ymaslik haqida o'ylashimiz muhimroq bo'ladi.

Shu sababdan ham bugun biz muvaffaqiyatsizlikdan qochish haqida ko'proq gaplashamiz. Hayotimizni barbod qilish ehtimolini kamaytirish haqida gaplashamiz. Miyamizni butun olib qolish haqida gaplashamiz. Chunki bularni amallay olmasak, muvaffaqiyatning mazasi qolmaydi.

Xo'sh, karyerani quvlash vaqtida nimalardan qochsak foydali bo'ladi?
pic 48.png

Naval: Hamma narsangni tikib yuborma. Qamalishdan uzoq yur.

Men qamaladigan ish qilmayman deyishingiz mumkin. Ha, bu inshoni o'qiydiganlarda o'g'rilik yoki qotillik haqida fikr bo'lmas. Muvaffaqiyat yo'lida yurganlar bilib-bilmay moliyaviy jinoyatlar qilib qo'yishadi. Uzoq yillar birga ishlagan odamim hozir shuni boshidan o'tkazyapti. "Millionlar ishlayman", dedi. Qarzga kirib, qidiruvga tushdi. Ko'proq pul ilinjida tinimsiz risklar olish, oxiri ozodlikni ham tavakkalga qo'ya boshlaydi.

Noqonuniy, noshar'iy ish taklifi keldimi? "Yo'q" – eng yaxshi javob bo'ladi. Payti keladi, qonun oldida hech qancha pul yordam bera olmaydi. Milliardlab dollari ham qamoqdan qutqara olmaganlar ro'yxati – aldashimga yo'l qo'ymaydi. Eng katta misol albatta o'zimizning avvalgi malikamiz bo'ladi.
pic49.png

Pavel Durov: Birgina maslahat berish mumkin bo'lsa, bu - ichmang. Ko'pchilik shu bilan hayotini barbod qilganini ko'rdim. Ichsangiz katta ishlar haqida unuting.
Ichkilik hayotlarni barbod qiladi. Nimalarga erishgan bo'lsa ham. Odam hayvondan birgina narsasi bilan ajralib turadi. Ichkilik shuni o'chiradi. Yoshlikda bunga ehtiyoj bo'lmas. O'sganingiz sari shunday davralarga chaqirishadi. Balki u chet elda bo'lar. Hurmatli odamlar o'tirgan bo'ladi. Bir qultum taklif qilishadi. Yo'q deyish "hurmatsizlik" deb baholanadi. Ana shu yerda o'zingizni yoki taklif beruvchilarni ko'proq hurmat qilishingiz masalasi hal bo'ladi.
pic50.png

Charli Manger. Carsonning nutqi Garvarddagi eng zo'r nutq bo'lgandi men uchun. Shu uchtasini qilsangiz, aniq baxtsiz bo'lasiz – Ichingizga kimyoviy moddalar yutish, hasad, yomon ko'rish.
O'zimdan (ya'ni Charli) yana to'rtta qo'shgan bo'lardim: Mas'uliyatsiz bo'ling. O'rganmang. O'zingizga achinib yuravering. Nima qilish haqida maslahat olib, nima qilmaslik haqida maslahat olmang.

Giyohvand moddalar ichkilikdan ham yomon bo'lsa kerak. Afsus bilan aytaman. Maktabidan bizning maktabga aynan shu sabab bilan o'tganlar ham topiladi. Eski maktabida bolalar dars vaqtida tabletka ichib o'tirishiga sog'lom aql uzoq chiday olmaydi.

Suvchechak yaralarini yirtsangiz o'zidan butun umrlik chandiq qoldiradi. Kasallik nafaqat o'z vaqtida bemorni qiynaydi, tuzalib ketgandan keyin ham xalaqit beradi. Giyohvand moddalar ham shunday. Aqliy qobiliyatlarni tuzatib bo'lmas darajada pasaytirib yuboradi.