Repetitsion test tizimi 📚
1.89K subscribers
903 photos
133 videos
363 files
393 links
📋 Aql tarozusida ko'rilmagan har qanday bilim asossizdir! (Ibn Sino)

- Barcha fanlardan
- 2 tilda (o'zbek va rus)
- Yo'nalishingizga mos DTM variantlar

• Reg: @RT_TEST_ROBOT
• Aloqa: @RT_TAKLIF_ROBOT

• Reklama: @oliygoh_admin
Download Telegram
Bu o'tkazayotgan testlarimiz sizga ma'qulmi yoki to'xtatamizmi, foydasi bo'lmayaptimi?
---------------------------------
6% To'xtatish kerak foydasi yo'q

94% Shu tarzda davom etamiz, foydasi bo'layapti
👍205
Forwarded from Repetitsion test tizimi 📚 (Poster rttest)
- Standart testga buyurtma bering va kunning istalgan qismida blok test ishlang.

Siz istalgan vaqtda test yecha olasiz
O'zingizning yo'nalishingizga mos istalgan fanni tanlash imkoniyati
Testlar DTM standartidagi BLOK TEST hisoblanadi
Variantda 2 ta fandan iborat asosiy blok va 3 fandan iborat majburiy fan blokidan iborat
Test yechish uchun 3 soat qat'iy vaqt belgilandi
Xatolaringiz ustida tinimsiz ishlash imkoniyati
Javoblarni tekshirish va to'g'ri javoblarni olish imkoniyati
👍104🎉2
Forwarded from IZZATILLA
Akademik litseylarining kirish imtihonlari uchun tayyorlov kurslariga qabul boshlandi.

🎗Umumtaʼlim maktablarining
8-9 sinf oʻquvchilari qabul qilinadi.

Tayyorlov kurslari o'zbek va rus tillarida olib boriladi

📚 Tayyorlov kursining bosqichlari quydagilarni o'z ichiga oladi:

📕 Matematika;
📕 Fizika;
📚 Ingliz tili;

📑 Dars mashgʻulotlari haftaning dushanba kunidan shanba kunigacha olib boriladi.

Dars mashgʻulotlarini Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti akademik litseyining yuqori malakali oʻqituvchilari olib boradi.

👇 Ro'yhatdan o'tish uchun:
📩 t.me/+998974487797

📞 Murojaat uchun telefon:
+998 97 448 77 97

🚩 Manzil: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti akademik litseyi binosida.

Postni yaqinlaringizga share ♻️ qiling.
👍10🎉43🤩2🔥1
Assalomu alaykum va rohmatulloh!
Qurbon hayiti ayyomingiz muborak bo'lsin. Allohim sizga ikki dunyoning yaxshiliklarini bersin. Qilayotgan xayrli ishlaringizni dargohida qabul aylasin.
👍62🤩1
👍51🤩1
⚡️Joriy yildan chet tili 1-blok bo'lgan abituriyentlar uchun sertifikat majburiy bo'ladi

2025/2026-o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.

❗️Bunda fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilishda ushbu fandan test sinovi o‘tkazilmaydi. Abituriyentlardan belgilangan darajadagi sertifikatni taqdim etish talab etiladi.

🎓 Repetitsion testlar rasmiy kanali:
👍2
Forwarded from Temirov Xushnud
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎉 Fizika-Matematika maktabida "Matematika" olimpiadasi!

🗓 16-fevral online test sinovi
📄 30 ta test savollari
💎 Jami pul mukofoti 50.000.000 so'm

🎁 Mukofotlar:
🥇1- o'ringa 10.500.000 so'm (vaucher)
🥈2-o'ringa 7.000.000 so'm (vaucher)
🥉3-o'ringa 3.500.000 so'm (vaucher)
Qolgan o'rinlarga 10% dan 90% gacha bo'lgan chegirmali vaucherlar.

🤝 O'zbekistonning istalgan hududidan ishtirok etish mumkin.
☄️ Bunday imkoniyat har doim ham bo'lavermaydi!

🤩 Ishtirok etish mutlaqo bepul!

👥 Sinflar: 5-sinfdan 9-sinfgacha.
🌐 Test: O'zbek va Rus.
🔖 Fan: Matematika.

🔗 Ro'yhatdan o'tish uchun: @Olimpiada_admin

💬 Yangiliklarni kanalimizda kuzatib boring : https://t.me/FizikMatematikmaktab

Batafsil ma'lumot uchun:
📞95 868 44 55

Obuna bo'lishni unutmang!
📱 Telegram 📱Facebook 📱 Instagram
1👍1
24_12_31 14_43_12.pdf
1.4 MB
📌 2025-yilda qaysi fanlardan imtihon boʻladi ?

2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi bilan tanishing.

❗️Eslatma: 2025/2026-o‘quv yili qabul parametrlari tasdiqlanganda yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari uchun fan majmualari qo‘shimcha tasdiqlanadi. Shuningdek, taʼlim yoʻnalishlarini optimallashtirish natijasiga koʻra yoʻnalishlar nomi oʻzgarganda yoki yangi yoʻnalishlar tashkil etilganda mos ravishda tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.

👉 @Jafarxon_Isaxonov 👈
👍3🤩2
Assalomu aleykum,
Hayit bayramingiz muborak bo'lsin!

Ushbu muborak kunda sizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, tinchlik va farovonlik tilayman. Yaxshilik va ezgulik yo'lida qilgan barcha amallaringiz qabul bo'lsin, qalbingiz doimo nurafshon, yuragingiz esa shodlik bilan to'lsin! Bayram siz va yaqinlaringizga xursandchilik olib kelsin!

Hayit ayyomingiz qutlug‘ bo‘lsin!

Hurmat bilan, Temirov Xushnud Jamolovich
👍6🔥1
#Qurbon_hayiti_bilan

Qadrli dindoshim!

Sizni muqaddas Qurbon hayiti bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Alloh taolo go‘zal diyorimizni, olijanob va bag‘rikeng xalqimizni o‘z panohida asrasin. Jonajon Vatanimizda tinchlik, osoyishtalik va barqarorlik abadiy hukm sursin.

Alloh taolo o‘ylaganingizdan a’losini, kutganingizdan ortig‘ini, so‘raganingizdan ziyodasini ato etsin!

Bu muborak ayyomda ibodatlarimiz, duolarimiz, ezgu niyat va orzularimiz Yaratganning dargohida ijobat bo‘lib, hayotimizda fayzu baraka va xursandchilik ustuvor bo‘lsin.

Hurmat bilan Temirov Xushnud Jamolovich
2🤩2
Bilasizmi eng qimmat odam qanday bo‘ladi?

O‘zi 3 ta toifa odam bor:
1. Eng arzon odamlar — ular aytilingan gapni, berilgan ma’lumotni va kerakli ilmni bir qulog‘i bilan eshitadi, ikkinchisi bilan chiqarib yuborishadi.
2. O‘zini qimmat ko‘rsatadigan arzon odamlar — ular soxta pulga o‘xshaydi. Bunday odamlar eshitganini gapiraveradi, lekin o‘zlarida hech narsa yo‘q.
3. Eng qimmat odamlar esa aytilingan gapni, ma’lumot, ilmni qabul qiladi, tahlil qiladi, tafakkur qiladi va o‘zini hayotida o‘rganganini ko‘rsatib beradi.
👍61🔥1
🔥3👍2
Muhim ishlar qolib ketmasligi haqida

24.07.2025

Ba'zan kunimizning soati uchun bir nechta narsalar talashib ketishadi. Ishxonadan qo'shimcha ish. Do'stlar uchrashuvi. Oilamiz. Sevimli serialimiz. Hali yangi narsa ham o'rganishimiz kerak.

Ikkita (yoki ko'proq) ish oldimizdan chiqib qolsa, qaysi birini qilishga ikkilanib qolamiz. Bir nimalar qilgandek bo'lib, kunni tugatamiz. Keyin qarasak, muhim ishlar qolib ketgan bo'ladi. Nega shunday?

Sof aqlimiz bilan tanlasak, eng foydali ishlarni ustun qo'yishimiz kerak. Afsuski, qarorlarimizga doim ham sof aql ta'sir qilmaydi.

Ko'pchiligimizda ishlar yoqadigan va yoqmaydiganga bo'linadi. Yoqadigan ishlarimizni qilishni hecham orqaga surmaymiz. Ikki soatdan ko'p davom etadigan Million jamoasining konsert videosi chiqqan kuni millionlab ko'riladi.

Muallif ham tonnalab ishi tursa ham, orqaga surib kitob o'qiy oladi. Chunki unga kitob o'qish yoqadi. Ba'zi o'quvchilarimizga esa majburlab ham o'qita olmaymiz. Ularga koptok tepish yoqadi. Menga koptok teptirish uchun esa, eng kamida kasallik bilan qo'rqitish kerak bo'ladi.

Yaxshilab qarasak, yoqadigan ishlarimiz oson qiladigan ishlarimiz bo'ladi. Shuning uchun hamma har xil ishlarni yoqtiradi. Konsert ham, shuning uchun birinchi kundan millionlab ko'riladi. Uni ko'rish oson. Beldan past hazillarni tushunish uchun ko'p qiynalish ham shart emas.

Ishlar qanday qilib osonlashib qoladi? Ishlarning ba'zilari hammaga oson. Konsert ko'rish, xabarlarga javob berish, Youtube lentasida qolib ketish, yangiliklar o'qishda hech kim qiynalmasa kerak. Bularni o'zi ish ham deb bo'lmaydi. Entertainment. Ko'ngilochar ishlar xolos. Ko'ngilochar chiroyli eshitiladi. Aslida, bekorchilik deb atash mosroq bo'ladi.

Keyin ba'zilarga oson, boshqalarga qiyin ishlar bo'ladi. Bu ishlarning borligi ikkita sababdan bo'lsa kerak. Birinchisi inson tabiati. Odamlar turli narsalarda iqtidorli. Feynman insholari bilan devorlarni to'ldirib tashlar edi. Oddiy uchrashuv vaqtlarini esa unutib qo'yardi.

Ikkinchisi esa takror. Bir ishni ko'p qilaverishimiz uni oson qilib qo'yadi. Lekin savol tug'iladi. Shunda ham osonlashgunicha takror qilib olishimiz kerak-ku?

Mana shu joyda majburiyat keladi. Hayotimizda ko'pincha yoqtirmaydigan (qiyin) ishlarni qilishga majbur bo'lamiz. Ofisda ishlashni xohlagan o'spirin, universitet diplomini ham xohlaydi. Diplom ofisdagi ish uchun kalit bo'ladi. Universitet esa undan fanlarni so'raydi. Natijada o'quvchimiz toq kunlari matematika, juft kunlari esa ingliz tili yoki boshqa fanni o'qib yuradi.

Muallif bir necha yil ingliz tilidan dars bergan. Til o'rganuvchilarning deyarli hammasi o'rta darajaga majburan chiqadi. Bir nimalarni tushuna boshlagach, ba'zilar qattiq qiziqib ketadi. Ularni majburlamasa ham yuqori natija qiladi. Mana shu narsa osonlashish bo'lsa kerak. Ya'ni, boshida o'zimizni majburlaymiz. O'rtasida osonlashganidan qiziqib ketamiz.

O'zim ham shu ko'rinishda kimyoni o'qigan edim. Majburlikdan endi qiziqish paydo bo'lganida, universitetga topshirish payti kelib qolgandi.

Til va matematika foydali ekanligini bilamiz. Nega shunda ham majburlashga to'g'ri keladi? Ya'ni, o'qituvchi, yoki hayot, yoki imtihon majburlamasa, o'qimaslikni tanlaymiz. Yugurib shu fikrni tasdiqlaydigan izlanishlarni topib keldim. 72% til o'rganuvchilar karyeralariga foydali bo'lgani sabab til o'rganishar ekan.

Karyerada o'sishdan maqsad nima? Ko'proq daromad. Ko'proq daromadni nega xohlaymiz? Pulimiz bo'lsa, kamroq qiynalishni tanlashimiz mumkin. Avtobusda emas, taksida yura olamiz. Ko'pchilik bilan tor joyda emas, kamchilik bilan keng joyda yashay olamiz. Oxir-oqibat, o'zimizga yoqadigan ishlar bilan shug'ullana olamiz.

Demak, yakunda o'zimizga yoqadigan ishlar bilan shug'ullanish uchun, hozirda yoqmaydigan ishlar bilan shug'ullanamiz. Oson ishlarga o'tish uchun, qiyinlarini qilib turamiz. Qiyin ishlarni qilib turishda muammo yo'q. Oxirida yengillik xohlashning esa kamchiliklarini gaplashgan edik.
👍3🔥1
Intizomning ta'rifi ham shunday edi. Yoqmasa ham, qilinishi kerak bo'lgan ishlarni qilish. Qila boshlasak, ikkita ishdan bittasi bo'ladi. Yoqtirmaydigan ishlarni yoqtira boshlaymiz. Yoki odatlanib qolamiz.

Yoqtirmaydigan, qiyin ishlarni qilishda qanday davom etish mumkin? Mevasini uzoq kutishimiz kerak, axir. Til o'rganishni boshlaymiz. Gapira boshlashimiz uchun yil ketadi. Yangi kursni tugatamiz. Karyeramizda o'sish anchadan keyin bo'ladi. Sport bilan shug'ullanamiz, oylab tanamiz o'zgarmay turadi.

Qizig'i, natija bo'lishi uchun, yuz martalab to'xtatmasligimiz kerak. Natija bo'lmasligi uchun esa bir marta to'xtash yetarli. Muallif bir dastur orqali basseynga borar edi. Dasturning basseynga to'laydigan pulini eshitib, o'ylab qoldi. Agar sotib olganlar hammasi yiliga 60 marta chiqsa ham, dastur egalari kasod bo'ladi. Keyin bir narsani tushunib qoldi. Sotib olganlar aksari, o'n marta ham chiqmaydi. Shuning uchun ham obuna faqat yillik edi...

Balki, to'xtamasligimiz uchun kunlik majburiyat yordam berar? Muallif shu usul bilan yetti yuz kun ertalabki mashg'ulotga chiqqan edi. Nazariya shunday ediki, shuncha paytdan keyin, odat shakllanib, o'zimiz chiqishimiz osonlashishi kerak edi. Unday bo'lmadi. Qiyin ish, qiyinligicha qoldi.

Turli javob variantlarini qo'yib ko'rsak, faqat bittasi mos kelishini ko'ramiz. Bu ham bo'lsa - xohish. Ya'ni, natijani qattiq xohlash, natija yo'lidagi mehnatni qildiradi. Xohish kuchli bo'lsa, yetishishning qiyinligi ahamiyatsiz bo'ladi. Aylanib, milliy iboramizga qaytib qoldik: Xohish bo'lsa, imkon topiladi.

Bir joyda o'qib qolgandim, doriga o'tirib qolganlar dori qidirgandek, boshqa ishlarda ham harakat qilganlarida, millioner bo'lib ketishlari aniq bo'lar ekan. Bundan kelib chiqadiki, voqelikka mos bo'lgan istalgan narsaga erishishimiz mumkin. Faqat yetarlicha xohlashimiz kerak.

Loyihamizda Buker Vashington hayotini eslab o'tgan edik. Vaziyatga mos bo'lgani uchun yana takrorlab o'tamiz:

*Buker Vashington qora tanli qul ayoldan tug'ilgandi. Otasini tanimasdi. Tug'ilg'an kuni, yilini bilmasdi. Unga qaraydigan odam bo'lmaganidan ism ham qo'yishmagandi. Ko'p kitob o'qiyverganidan odamlar uni Buker (kitobchi) deb chaqirar edi. Vashington shtatida yashagani uchun sharifi (familyasi) shunday edi. Dalalarda ishlab, bo'sh vaqtida xo'jayinlarining uyidagi kitoblarni o'qib o'tirar edi.

Qiyinchiliklardan chiqish uchun faqat kitob o'qidi. Kollejga kirdi. Universitetni tamomladi. Homiylar topib o'zi ham universitet ochdi. O'qish va mehnat orqali boyib ketish mumkinligi haqida ma'ruzalar qila boshladi. Yuzlab odamlar hayotini o'zgartirdi. Bukerning avlodlari hozir ham yaxshi yashab kelishyapti.

Bunga ilova qilib hamyurtimiz Yusuf Sakkokiy hikoyalarini ham qo'shsak bo'ladi:

O‘sha kundan boshlab ilm olish talabida madrasaga borishni boshlaydilar. O‘sha paytda ular 30 yoshda edi.

Sakkokiyning ilm olishda qiynalayotganlarini ko‘rgan mudarris:

– Zehningiz sizga ilm olish yo‘lida pand berayotganini ko‘ryapman. Balki siz ilm oladigan yoshdan o‘tib qolgandirsiz, – deydi.

So‘ng ularga Imom Shofe’iy mazhabi masalalaridan o‘rgata boshlaydi va shunday deydilar:

– Shayximiz aytadilarki: Itning terisi oshlash bilan poklanadi. Qaytaring! Takrorlang!

Sakkokiy ushbu jumlani bir necha bor takrorlaydilar, va ertasi kuni mudarris Sakkokiydan:

– Kechagi o‘tilgan masalani aytib bering! – deb so‘raydi.

Shunda Sakkokiy shoshilib:

– It aytdi: Shayxning terisi oshlash bilan poklanadi, – deydi.
👍1
Yon-atrofda o‘tirgan talabalar kulib yuborishadi. Buni ko‘rgan ustoz ularga boshqa ilmlarni o‘rgatishni boshlaydi. Shu asnoda Sakkokiy madrasada 10-yil mashaqqat bilan tahsil oladilar. O‘zlarini 10-yildan keyin ham biror bir ilmda cho‘qqiga chiqolmaganlarini ko‘rib, qattiq siqilib, umidsizlanib vodiy va tog‘larda yashashga qaror qilib madrasadan ketadilar. Bir kuni tog‘ yonbag‘irida o‘tirganlarida tepadan tomchilab tushayotgan suvga nazarlari tushadi. Qatra-qatra tushayotgan tomchilar katta xarsangtoshni ustiga tushaverganidan, toshni o‘yib chuqurcha hosil qilganini va o‘yilib toshning tagidan teshib suv sizib chiqayotganini ko‘radilar va bundan qattiq ibratlanadilar. Shunda o‘zlariga o‘zlari: “Qalbim shu toshdan ham qattiqroq bo‘lmasa kerak, eslab qolish qobiliyatim ketib, miyam qotib qolmagandir, hali ham ilm olishimdan meni nima to‘syapti”,- deb, ikkinchi marta qattiq ishonch va xolis azm-u-qaror bilan madrasaga qaytadilar.

Keyinchalik Sakkokiy hazratlari Arab tili olamida eng tanilgan ulamolardan bo'lib yetishdilar.
Ikkala qahramonimizda ham vaziyatlari o'zlariga qarshi bo'lgan. Bu esa xohishlaridan to'smagan.

Ko'pgina motivator va biznes trenerlarning "xohlash kerak, yetarlicha xohlamayapsan" degan gaplarini eshitganmiz. Bittasi hatto odam bir narsani hojatxonaga borishni xohlagandek, xohlashi kerak degandi. Biologik xohish va boshqa xohishlarning farqi bor. Nafsni ko'ndirish shart emas. U o'z ehtiyojini bemalol yopa oladi. Shu darajadaki, homilador ayollarga folat va kalsiy yetishmasa, o'z-o'zidan kesak yegisi kelib qoladi.

Shunday ekan, odamlarni xohish yo'qligida ayblay olmaymiz. Masala shundaki, istalgan jiddiy natija jiddiy mehnatni, demak jiddiy qiyinchiliklarni talab qiladi.

Mana shu qiyinchiliklar harakatlarimizni to'xtatib qo'yadi katta ehtimol. Ingliz tili o'rganuvchilarning ham eng ko'p qismi, beginner - elementary imtihoni zarbasidan qaytib turmas edi.

Demak, xohishning borligi yetarli emas. Vashingtonga tanishlari yo'qligi, Sakkokiy hazratlariga zehnlari past bo'lgani xalaqit bermaganidek, xohishlarimiz oldimizdan chiqadigan qiyinchiliklardan kuchliroq bo'lishi kerak.

Ya'ni, xohishga erishmaslik og'rig'i, qiyinchilik og'rig'idan kuchliroq bo'lsa, u yo'qolib ketmaydi. Millionlab vatandoshlarimiz sovuq diyorlarda qiynalib ishlab yuribdi. Qanday qilib chidashyapti? Ish topolmaslik, kam daromad, farzandini boqa olmaslik qiyinchiligi og'irroq. O'zi dunyo bo'yicha chetda ishlashga yuqori daromad va farzandlar asosiy sabab qilib ko'rsatiladi.

Demak, dars qilmayotgan bo'lsak, o'sha universitetni rostdan xohlayapmizmi? Karyera qurmayotgan bo'lsak, yuqori daromad xohlayotganimiz aniqmi? Sportni qoldirayotgan bo'lsak, sog' tana rostdan kerakmi?

Muhim ishlarni o'zini yoki ortidagi sababini xohlashni boshlamasak, faqat majbur bo'lganimizdan qila boshlaymiz. Majbur bo'lishning yomon joyi yo'q. Shunchaki, majburlovchi kuch ketgach, aksarimiz qilmay qo'yamiz. Bu esa qilganlarimizni isrofga aylantiradi. Maktabda majburan o'qigan fanlarimizga qaraylik. Umrimiz ketdi. Hech nima esimizda qolmadi.

Ishni xohlashdan boshlash kerak ekan, xo'sh, unda, kuchli xohish qayerdan keladi? Biologik xohishlar emas, ular hayvonda ham bor. Aynan kuchli insoniy xohish asosida nima yotadi? Qachon bir narsani qattiq xohlashni boshlaymiz? Erishmaguncha tinmaymiz? Xohishni paydo qilsa bo'ladimi? O'zgartirish-chi?

Bu esa endi, keyingi inshoning mavzusi. O'sha insho haqida ozgina o'ylab sezib qoldim. Xohish haqida insho yozib, bitta emas, ikkita inshoni davom ettirgan bo'lar ekanmiz.
👍2🔥1
Narsalarning aslini ko'rishni o'rganamiz


"Atrofingda o'rab turgan narsalarning aslini ko'r", – Mark Avreliyning eng yaxshi maslahatlaridan bo'lsa kerak.

Bir narsaga vaqting, e'tiboringni berishdan avval undan muhimlik va alohidalik aurasini olib tashla deb aytadi. Purpur, vino, baliqlarni misol keltiradi.

Hozirgi zamonimizda esa narsalarning aslini ko'rish qiyinroq. Atrofimizdagi yuzlab mutaxasisslar narsalarning aslini ko'rmasligimizni istaydi.

Bu xat senga bag'ishlanadi, jon bolam.

Katta bo'larkansan atrofingdagi ko'p narsalar seni o'ziga tortishga harakat qiladi. Vaqting, kuching unga sarf bo'lishini xohlaydi. Ko'zingga chiroyli ko'rinadi. Aslini ko'ra olmaysan. Aslini ko'rganingda, ularga bo'lgan xohishing kamayarmidi?!

Bugun sen bilan narsalarni aslini ko'rishni o'rganamiz.

Mramorli go'shtdan steyk yoki burger deb ko'rib qolarsan. Mramorga o'xshagani uchun shunday yozilgan. Orasida yog'lari bor. Shunga biroz mazaliroq. Go'sht yemay yursang, bir narsani aniq tushunasan. Go'shtni o'zi tansiq taom. Mramorlisi ham, steyki ham, bonfilesi ham asli yaqindan o'ldirilgan hayvonning mushaklari.

G'arbcha jarangli otlar qo'yilgan kiyimlarni ko'rib qolasan. Italiyaniki. Amerikadan deb qo'yishadi. Ipak – bu qurtning so'lagidan olingan ip. Kashimir – qo'yning juni. Charm – hayvonning tekislangan terisi. Hashamatli kiyimlarning ko'pi o'sha maqtanilayotgan davlatlarning o'zida tikilmaydi. Ovqat puliga ishlashadigan Vietnam, Bangladesh, Hindiston va Xitoyda oddiy ishchilar tomonidan tikiladi.

Instagram degan joy bor. Qizlar chiroyini, yigitlar boyligini, bir nimani biladiganlar aqlli gaplarini, artistlar hazillarini bo'lishib chiqishadi. Oxirgi maqsad senga nimadir sotish bo'ladi. Doimiy shu joyda o'tiradiganlardan so'rasang, o'rgangan narsasi ketkazgan vaqtiga yarasha bo'lmaydi.
pic32.png

Tarjimasi: Iqtisod bu aqlli odamlar pul to'lab, chiroyli odamlar (Instagram va roliklar) orqali o'ziga ishonchi past odamlarga narsa sotishdir.

Ko'chada turli mashinalarni ko'rasan. Ba'zilari balki havasingni keltiradi. Kattalariga boshqa mashinalar yo'l beradi. Kichkinalari yurishda qiynalishadi. Nima mashina mingsang ham shuni bil: seni eng xursand qiladigan – birinchi mashinang bo'ladi. Keyingilaridan shu xursandchilikni uchdan birini ham topa olmaysan. Chunki birinchi mashina ehtiyojdan olinadi. Keyingilari qulaylik yoki status uchun olinadi.

Qorong'ulashtirilgan lampalar, taxta o'rindiqlar, sokin musiqa, yosh yigit va qizchalar, xamir (kruassan misol) hidi. Mana shu orqali senga kofe sotishmoqchi bo'lishadi. Ikki ming so'm turadigan narsa uchun o'n barobar ko'p to'laysan.

Supermarketda olmoqchi bo'lgan narsalaringga qara. Agar ular tabiiy narsa bo'lmasa, demak, shakar qo'shilgan bo'ladi. Afsus, hozirda shakar hatto kolbasada ham bor. Shakarning o'zida muammo yo'q. Shunchaki odamlar buncha shakar yeyishga o'rganishmagan. Notabiiy narsalar yeyaversang, tabiiylari mazasini sezmay qolasan. Bo'yangan odamlarni ko'ravergandan keyin oddiylar yoqmay qolgani kabi.

Supermarketlarni dizayni alohida mavzu. Istalgan do'kon seni ko'proq savdo qilishingni xohlaydi. Kerakli narsalar (un, guruch, yog', non, sabzavot)dan foyda kam. Shu sabab keraksiz narsalarni olishingga undashadi.

Universitetlar bilim beradi deb o'ylama. Bilimni talabani o'zi oladi. Universitetlar, asosan, seni bir narsani tugata olishing haqida signal beradi. Qancha qiyin joyni tugatsang, signaling shuncha kuchli bo'ladi.

Suhbatlashib turasan. So'ramasang ham odamlarni tanishini har ikki gapda aytib ketadi (Name dropping). U odamlar o'ta muhim yoki mashhur bo'lishi mumkin, buni farqi yo'q. Bu ishni qiladiganlar o’z darajasini ko'tarmoqchilar bo'ladi. Kim darajasini ko'tarishga harakat qiladi, bolam? Ha, to'g'ri. Darajasi past bo'lganlar shunday qiladi.
🔥2👍1
Telefon yoki kompyuteringda o'yinlar bor. Zombi yoki dushmanlarimni o'ldiryapman deb o'ylaysan. Shu sabab balki ichingdagi dushman bilan kurashmay qo'yarsan. Shuni bil, sen aslida hech kimni o'ldirmayapsan. Ma'lumotlar bazasidagi ba'zi kodlarni o'chiryapsan, xolos. Agar o'yinda biror nima qurayotgan bo'lsang, baribir o'chib ketadigan joyga kod yozyapsan, xolos.

Behayo filmlar orqali tirikchilik qiladigan saytlar bor. Asli internetdagi trafikning uchdan biri shunday, bolam. Bizda kirish qiyin bo'lsa ham eplaganlar yo'lini topadi. Behayo filmlarning ikkita eng katta homiylari bor. Birisi Radvinskiy. Shuni ortidan milliarder bo'ldi. Pullari bilan Isroilni qo'llaydi. Ikkinchisi esa Bergmair. U ham milliarder bo'ldi. Filmlardan topgan pullariga Avstriyadan gektarlab yer sotib olyapti. Think about it. Suratga tushayotgan aktyorlar dunyodagi eng baxtsiz odamlar. Katta qismi 30 ga kirmay o'zini o'ldirib yuboradi. Tirik qolganlari bolalariga (agar bo'lsa) qilgan ishini tushuntirib bera olmaydi. Ha yana ko'rgan narsangni hech qachon unuta olmaysan. Butun umr seni quvlab yuradi.

Albatta, aslini ko’rish, bu dunyodagi tillalarni o’tkazib yubormaslikka ham yordam beradi. Do’stlar – bu seni sendek o’ylaydigan odamlar. Buyuk kitoblar – buyuklar bilan suhbat. Buyuklar bilan suhbat faqat suhbat emas, ilhom va tanbeh. Ilm mana shu xat kabi ko’zingni ochadigan ma’lumotlar.

Dunyoyimizni tushunishga yordam beradigan yaxshi bir film bor. “Matritsa” deb nomlanadi. Shu yerdagi kalbosh dunyoni yolg'onligini bilsa ham shu yolg'on ichida yashashga rozi bo'ladi. Haqiqiy dunyoda qiynalganimdan ko'ra, yolg'on dunyoda boy bo'layin deydi. Shu sabab do'stlariga xiyonat qiladi. Bu xuddi video o'yinda muhim odam bo'lish uchun, azobli bo'lsa-da, haqiqiy hayotini boy berish degani.
pic33.png

Oramizda ham shunday yolg'onga rozi bo'lib, soxta narsalarni quvlayotganlar topiladi. Jimir-jimirlarga aldanma, bolam. Narsalarni aslini ko'rsang, ularga bo'lgan xohishing kamayadi.
🔥3👍1
U mendan o'tib ketyapti


Moliyachi Danilovning gapida jon bor: Har bitta davlatning top gunohi bor. Italiya, Ispaniyada dangasalik (siesta, dengiz bo‘yida yotish), Nemis davlatlarida g‘urur (o‘zini rosa baland olishadi), Polshada ko‘z-ko‘z uchun yashash, avvalgi sovet davlatlarida esa asosan hasad.

Kuzatuvimda ham shuni ko‘raman. Atrofimizda hasad ko‘p. U haqida esa ko‘p gapirilmaydi.

Boshqalar bizdan o‘tib ketayotganiga xafa bo‘lish hasad. Uning ishlari o‘xshayapti, bizniki yo‘q. Shunga xafa bo‘lish hasad. U egallab turgan joyiga, qo‘lidagi pulga noloyiq deb bilish hasad. Undagi narsaga o'zimizni loyiqroq deb bilish hasad.

Odamlardagi narsalarga hasad bir taraf. Odamlar bor. Unga hasad qilishlari uchun ham xaridlar qilishadi. Charli Mungerning gapini oldin ham eslagan edik. Iqtisodni hasad yurgizadi.

Odamlar shunchaki ko‘proq narsa xohlashmaydi. Boshqalardan ko‘proq bo‘lishini xohlashadi. Qo‘llaridagi narsa yaxshi bo‘lishi mumkin. Boshqalardagi yaxshiroq narsalar uni yomonroq ko‘rsatib qo‘yadi.

Muammo baxtli bo‘lishimni xohlashimizda emas. Boshqalardan baxtliroq bo‘lishimizni xohlashimizda. Ko‘pchilik xohlaydi. Hech kim to‘xtay demaydi. Shu sabab poyga ham tugamaydi.

Maktabda bu poygaga kirishamiz. Qabristonda tugatamiz. Ha, yo‘g‘-e, qabristonda ham tugamas ekan. Bir-biridan o‘taman degan qabrtoshlarga qarang. O‘liklar uchun emas, tiriklarga atalgandek turibdi.

Bir odamning yutug‘ini aytasiz. "Uning omadi kelgan" deydi. Qilayotgan katta ishlariga ishora qilasiz. Qaynotasi boy ekanini eslatadi. Bu hasadga ishora bo'lmay nimaga ishora ekan?

Amerikada 22 yoshlik bola millioner bo‘ldi. Uning yutuqlari bizga ta’sir qilmaydi. Yon qo‘shnimizning qimmat mashinasi, hamkasbimizning yangi telefoni, sinfdoshimizning daromadi ta’sir qiladi.

"Yonimizdagilar erishayotgani qattiqroq botadi. Uning o‘rnida biz bo‘lishimiz mumkin edi. Undagi bor qobiliyatlar bizda ham bor edi." Deb o‘ylaymiz.

Gapiruvchilar olovga o‘tin tashlab turadi. Bizdan oldingilarni ko‘rsatishadi. "Nega unda bor? Senda esa yo‘q?" Yordam beruvchi savolga o‘xshaydi. Yordam qalbni qiynash orqali berilmaydi.

"Hasad qilmang!" maslahati oson. Sizdan yoshroqlar, sizdan ko‘pga erishadi. Jim kuzatib turish qiyin kechadi. "Men-chi?" ichkaridan savol keladi.

Kuchayib ketsak bu tuyg‘ular yo‘qolar balki? "Millionerlar va milliarderlar bundan ozodmikan?" deysiz. Wilkinson biografiyasida yozadi: o‘zi ko‘pchilik boylarni mana shu hasad ishga sudrab boradi.

"Mashhurlar hasad qilmasmikin" deysiz. Bir biri haqida gapiradigan gaplarini eshitasiz. Mark Tvenning "ular ham biz kabi oddiy odamlar" degani esingizga keladi.

"Professorlar hasadni yutganmikan" deysiz. William Zeinsser yozadi: "Eng kuchli hasad akademiyada bo‘ladi." Bilish hasadni kamaytirmaydi. Balki ko‘payishini oson qiladi.

Aldagan, ichgan, chekkan, o‘yinga mukkasidan ketganlarni ko‘rish oson. Hasad qilayotganini uyidagilar ham bilmasligi mumkin. Uyidagilar mayli. Ba’zida odamning o‘zi ham sezmaydi.

Zo‘r bo‘lish xalos qilmaydi. Hasad qilayotganimizni atrof bilmaydi. Odamlar yolg‘onni qoralaganchalik hasadni qoralamaydi. Maktablarda yengishni o‘rgatishmaydi. Ma’ruzalarda kam eslab o‘tiladi.

Shunga qaramay hasad hayotimizni katta qismini boshqaradi. Qobil Hobilni hasad tufayli o‘ldirmaganmidi?

Bugun bu kamchilikni to‘ldiramiz. Hasad bilan kurashishni o‘rganamiz. Faqat ogoh qilishim kerak bo‘ladi: men hali butunlay yenga olmadim. Har safar yangidan kurashishga to‘g‘ri keladi.

O‘rganadiganlarimiz yutishga yordam beradimi, yo‘qmi, bilmadim. Yutqazmaslikka aniq yordam beradi.

Nazariya qilib o‘tirmaymiz. Katta kitoblarda bu haqda ko‘p yozilgan. Hayotimdagi amaliyotdan olamiz.

Kecha tavsiyamda kitob chiqib qoldi:
pic34.jpg

Tarjimasi: Noodatiy hayot qanday yashaladi.

Muallif o‘zi noodatiy yashaganmikan? Darrov qiziqdim. 6 yil urushda qatnashgan. Kompaniya ochib sotgan. 200 dan ortiq biznesga sarmoya kiritgan. Bloglarida millionlab odamlar bor. Butun dunyoda tanishlar orttirgan. Yozayotgan xatlarini 200k odam o‘qiydi. Kitob ham yozibdi. Ha aytgancha, mendan atigi besh yosh katta.
👍1🔥1
Ichimdan ovoz keldi: “Uni qara, seni qara. Hali ham yuribsan” dedi. Bu birinchi odam emas. O‘rganib ketganman. Hormozi ham mendan 4 yosh katta. Etherium asoschisi Buterin esa tengdoshim. (Balki yoshroq ham)

Bu hasadmidi yoki o'zimni solishtirish, bilmadim. Quyidagi gaplar bilan kurashni boshlab yubordim:

Bu yigit boy oiladan. Otasining IT kompaniyasi bor. Yutuqlarida o‘zidan ko‘ra otasining o‘rni katta. Chunki ukalari ham kuchli yigitlar. Menga uni otasi kerakmi? Yoki o‘zimning otam? Aslo almashmagan bo‘lar edim.

O‘zi holatim zo‘r. 5 yil oldin shu kunlarni orzu qilar edim. U yigit o‘zining start nuqtasidan yaxshi ketyapti. Men o‘z start nuqtamdan yaxshi ketyapman.

Joyimda turgan bo‘lsam ham bir fikr bor. Qirol Charlz II kasal bo‘lganida uni tuzata olishmagan edi. Metall, tosh, kaptar go‘ngi yutgandi. Terisiga suyak ishqalashgandi. Qiynalib baribir o‘lib ketgandi.

Prezident James Garfild o‘q yegach oddiy infeksiyadan vafot qilgandi. U payt hali antibiotiklar yo‘q edi.

O‘tmishdagi qirol va prezidentlardan yaxshiroq yashayapman. Besh yil oldingi o‘zimdan yaxshiroq yashayapman. Afrikada & Osiyodagi millionlab tengdoshlarimdan yaxshiroq yashayapman. Buni nega eslatmaydi-ya?

Men o‘zimning ichki holatimni yaxshi bilaman. Uning holatini bilmayman. Nega o‘z ichki holatim bilan uning tashqi holatini solishtirishim kerak? Undagi narsalar menda bo‘lishi uchun, men butunlay o‘sha inson bo‘lishim kerak. Buni xohlamayman.

Kaktus sotib olganingizda tikani bilan keladi. Mushuk boqsangiz uyingiz sochga to‘la bo‘ladi. To‘ti olsangiz, qafas ham olasiz. Hayotda kelayotgan narsalar qadoqda keladi. Bir qismini olaman deb, boshqasini tashlay olmaymiz.

Qiyin joylarda tug‘ildik. (Aslida bizdan qiyinlari ham bor edi) Shunga yarasha harakatchanlik paydo bo‘ldi. Amerikada tug‘ilganlar Xitoyliklarga yutqazib kelyapti. Ertaga qorni to‘ygan Xitoyliklar, balki harakatchan Nigeriyaliklarga yutqazadi.

Louis CK bu darajada mashhurlikka hayotidagi qiyinchilikdan erishdi. Elon Musk yillab otasi tomonidan ezildi. Stiv Jobsni oilasi tashlab ketdi. Muhammadali do‘stimiz onasi va akasini yosh yo‘qotdi. Odamlardagi bir nima, boshqa bir nima evaziga kelgan bo‘ladi. Tug‘ilgan bolamning yarmini olib, yarmini tashlab keta olmayman. Bir odamdagi narsani xohlashim, uning hayotini to‘liq xohlashim degani. Nima kelsa ham bitta qadoqda keladi.

Tanamga rozi bo‘ldim-ku, rizqimga ham roziman. Asosiysi vaqtimni bekor ketkazmayapmanmi? Mana shu mening qo‘limda.

Hasad tuyg‘usi "poygadasan" deydi. Boshqalardan oshishga undaydi. Narsalarni olishni, erishishni xohlaydi. Chunki matohlarni ko‘rsa bo‘ladi. Haqiqiy poygani esa ko‘rib bo‘lmaydi. Xotirjam uyqu, yaxshi amallar, baxtli oila, sog‘lom tana. Ko‘rish qiyin. Ko‘rsatish qiyin.

Men ko‘rayotgan tashqi muvaffaqiyat nima evaziga bo‘lganini bilmayman. Taleb aytganidek o‘rta muvaffaqiyat – ko‘nikmalar. Ulkan muvaffaqiyat omad. Yana bu katta muvaffaqiyat qanday tugashini ham bilmayman. Franklin aytgandi "ko‘p erkaklarni muvaffaqiyat xarob qildi."

Xarob bo‘lishini istamayman. Yaxshi ishlar qilayotganlarning ishi yanada rivojlansin. Bu sayyora yaxshilansa hammamizga yaxshi bo‘ladi.

Mana shu fikrlarning hammasi sekundlarda xayolimdan o‘tadi. Yutqazishni oldini oladi. Hasadim ketgandek bo‘ladi. Yozilganda ko‘pdir. Odam daqiqasiga 4000 ta so‘z tezligida o‘ylaydi.

Bu nafs o‘zini eng boylar, mashhur sportchilar, olimlar, bo‘yi baland va baquvvatlar bilan solishtiradi. Axir men birdaniga bari bo‘la olmayman!

Nega qiynalayotganlar bilan solishtirmaydi? Nega yosh o‘lganlarni keltirmaydi? Qirq yildan beri hayoti o‘zgarmaganlar qani? Ularni internetdan topish qiyin kechadi. Topilganda ham, e’tiborga tushmaydi.

Shu sababdan, balki:

Solishtirish uchun imkon bermayin deyman. Instagram ishlatmasligim shundan. U yerda qiyin hayot bo‘lishilmaydi. Sayohat, sovg‘a, mashina, ovqat va kiyimlar. Instagramga qaragandan, osmonga qaragan ko‘proq yutadi.
2🔥1