Young Politic 🇺🇿
94 subscribers
7.9K photos
3.65K videos
21 files
1.05K links
Raxmonaliyev Sodiqjon
•International_Relations_faculty
Future Politic

Ijtimoiy tarmoq:www.Instagram.com//raxmonaliyev_blogs
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇮🇱 🇹🇷 Fidan Isroilning Erondan keyingi dushmani Turkiya bo‘lishini aytdi

“Erondan keyin Isroil dushmansiz yashay olmaydi. Biz ularning yangi ritorika ishlab chiqish va Turkiyani yangi dushman deb e’lon qilish harakatida ekanini ko‘rmoqdamiz.

Buni nafaqat Netanyahuda, balki Isroil muxolifatining ayrim vakillari orasida ham kuzatyapmiz”, degan Turkiya Tashqi ishlar vaziri.

Lotin:
@Jahon_Geosiyosati
Кирил:
@Dunyo_Geosiyosati
Chat:
@Dunyo_geosiyosati_Chat
Young Politic 🇺🇿
🇮🇱 🇹🇷 Fidan Isroilning Erondan keyingi dushmani Turkiya bo‘lishini aytdi “Erondan keyin Isroil dushmansiz yashay olmaydi. Biz ularning yangi ritorika ishlab chiqish va Turkiyani yangi dushman deb e’lon qilish harakatida ekanini ko‘rmoqdamiz. Buni nafaqat…
🇹🇷🇮🇷🇮🇱 Turkiya Eronga qarshi urushga qo‘shilishni istamaydi.

“Mening fikrimcha, har ikki tomon uchun o‘t ochishni to‘xtatishga jiddiy ehtiyoj bor” — Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan

“Albatta, Isroil omili doim mavjud, shuning uchun uning buzg‘unchi rolini ham inobatga olish kerak”, — qo‘shimcha qildi Fidan.

— Hududni kengaytirishga intilish har doim Isroilning asosiy maqsadlaridan biri bo‘lgan. U buni amalga oshirish imkoniyatini kutgan va 2023 yil oktabr oyidan keyin bunday imkoniyat paydo bo‘lganini ko‘rdi.

— Aslida, Isroil xavfsizlikka emas, balki yangi hududlarga intilmoqda. Bu bosqinchilikni u xavfsizlik ehtiyojlari niqobi ostida taqdim etadi.

— Bu tobora yaqqolroq namoyon bo‘lgan sari, xalqaro hamjamiyat yahudiy davlati niyatlarini anglab bormoqda.

Lotin:
@Jahon_Geosiyosati
Кирил:
@Dunyo_Geosiyosati
Chat:
@Dunyo_geosiyosati_Chat
🇬🇧🇺🇸🇮🇷 Buyuk Britaniya AQSh tomonidan e’lon qilingan Hormuz bo‘g‘ozining blokadasida ishtirok etmasligini ma’lum qildi — Sky News

Buyuk Britaniya hukumati vakiliga ko‘ra, London dengiz qatnovi erkinligini qo‘llab-quvvatlaydi va Hormuz bo‘g‘ozining ochiq bo‘lishi jahon iqtisodiyoti barqarorligi hamda mamlakatda yashash xarajatlarini pasaytirish uchun muhim deb hisoblaydi. Shuningdek, u bo‘g‘ozdan o‘tish uchun to‘lov joriy etilishini ham qabul qilib bo‘lmas chora sifatida baholagan.

Sky News manbasiga ko‘ra, Buyuk Britaniya Fransiya va boshqa hamkorlar bilan birgalikda dengiz qatnovi erkinligini himoya qilish bo‘yicha keng koalitsiya tuzish ustida ishlamoqda.

Lotin:
@Jahon_Geosiyosati
Кирил:
@Dunyo_Geosiyosati
Chat:
@Dunyo_geosiyosati_Chat
🚩 🇷🇺 Putin Kremlda Indoneziya prezidenti Prabovo Subianto bilan uchrashdi. TASS

Indoneziya prezidenti Putinni Pasxa va Kosmonavtika kuni bilan tabrikladi.


Lotin:
@Jahon_Geosiyosati
Кирил:
@Dunyo_Geosiyosati
Chat:
@Dunyo_geosiyosati_Chat
🚩 Vengriyadagi saylov natijalari haqida jahon OAVlari:

Der Spiegel: “Vengriya Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni, Ukrainaga 90 mlrd yevrodan ortiq kreditni va Kiyevning YeIga a’zo bo‘lishi bo‘yicha muzokaralarni blokirovka qilgan edi. Maryar davrida bu blokada tugatilishi mumkin”;

The I Paper: “Parlament saylovlari nafaqat Vengriya ichki siyosati, balki Yevropa Ittifoqi va Rossiya bilan G‘arb o‘rtasidagi kuchlar muvozanati uchun ham burilish nuqtasi bo‘lishi mumkin”;

Kurier: “Maryar, boshqa narsalar qatorida, Rossiyadan energiya mustaqilligini va’da qilgan. Shu bilan birga, u ijtimoiy masalalarda konservativ pozitsiyani egallaydi va migratsiya siyosatida qat’iy chiziqni saqlab qoladi”;

Weltwoche: “Maryar Kiyevning NATO va YeIga a’zo bo‘lishiga nisbatan, yumshoq qilib aytganda, shubha bilan qaragan. Shuningdek, u Ukrainaga qurol yetkazib berishni ham ma’qullamaydi… Maryar Orban bilan bir siyosiy lagerda”;

Pravo: “Maryarning g‘alabasi, asosan, vengriyalik saylovchilarning mamlakatdagi noqulay iqtisodiy vaziyatdan charchagani bilan izohlanadi”;

ABC News: “Maryarning g‘alabasi, kutilishicha, YeI ichidagi siyosiy dinamikani o‘zgartirib, Orban blokning ishini ko‘p marta buzgan, asosiy qarorlarga veto qo‘ygan”;

Dimsum Daily: “Tisa partiyasi Orban ma’muriyatiga qaraganda Rossiyaga nisbatan ancha qat’iyroq pozitsiyani egallagan. Saylovda g‘alaba qozonib, Vengriyani qat’iy ravishda Yevropaga qaytarishga va’da bergan”.

Lotin:
@Jahon_Geosiyosati
Кирил:
@Dunyo_Geosiyosati
Chat:
@Dunyo_geosiyosati_Chat
ИИВ 2026 йилнинг биринчи чораги бўйича ҳисобот бермоқда

Айни вақтда Ички ишлар вазирлиги томонидан “Очиқлик ва халқ билан мулоқот — асосий мезон: Ички ишлар органлари фаолияти юзасидан жорий йилнинг биринчи чораги бўйича таҳлилий ҳисобот” мавзусида матбуот анжумани ўтказилмоқда.

Матбуот анжуманида вазир ўринбосари — Тергов департаменти раҳбари полковник Рамазон Ашропов бошчилигида соҳавий хизмат раҳбарлари иштирок этмоқда.

Ушбу матбуот анжумани вазирликнинг Telegram канали ва YouTube саҳифасида жонли эфирда намойиш этилмоқда.

@pressuzb
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Маҳкум йигит 180 кишини IELTS’га тайёрламоқда

Ўзини Тошкент шаҳридаги Халқаро Вестминстер университети битирувчиси сифатида таништирган маҳкумнинг айтишича, унда IELTS’дан 7,5 баллик сертификат мавжуд. Ҳозирда у жазо муддатини ўтаётган 180 нафар маҳкумни IELTS имтиҳонига тайёрлаётгани ҳақида гапириб берди.

@pressuzb
Тўйлардан минглаб доллар топадиган хонандалар солиқ тўлашга келганда бирдан “камбағал” бўлиб қолди

Адлия вазирлигининг маълум қилишича, 2024 йилда 2020 нафар хонанда солиқ декларацияси тақдим қилган бўлиб, улар жами 1,1 млрд сўм даромад солиғи тўлаган (ўртача бир нафар хонандага йилига 544,5 минг сўм), 2025 йилда эса 305 нафар хонанда солиқ декларацияси тақдим этиб, уларга 154 млн сўм даромад солиғи ҳисобланган (ўртача бир нафар хонандага йилига 505,6 минг сўм).

Бу рақамлар битта ҳақиқатни очиб қўяди: Ўзбекистонда хонандалар тўлаётган солиқлар 7 баравардан кўпроққа камайган. 2025 йилда бор-йўғи 305 нафар хонанда тўлаган 154 миллион сўмни эса айрим санъаткорлар 2–3 та тўйга бирров чиқиб ҳам ишлаб олади. Тўйлар, концертлар ва бошқа тадбирларда минглаб долларлар айланаётган бир пайтда, солиқ ҳисоботларида бу даромадларнинг изи ҳам кўринмаяпти — мана муаммо айнан шу ерда.

Шундай экан, Адлия вазирлиги ишлаб чиққан янги қарор лойиҳаси айни вақтида ва тўғри қадам сифатида баҳоланиши лозим. Бу соҳада ҳам шаффоф солиқ тизимини жорий этиш, назоратни кучайтириш, ҳалол ишлаб, солиқларни вақтида тўлаётган бошқа соҳа вакиллари билан “соя”да қолаётганлар ўртасидаги адолатсизликни бартараф этиш шарт. Саҳнада минглаб доллар ишлаб топаётган ҳар бир санъаткор мажбуриятларини ҳам бажариб қўйиши керак.

@pressuzb
Бухорода президентлар хавфсизлигини таъминлашда фойдаланилган ноодатий қурилма нима эди?

Ижтимоий тармоқларда Қозоғистон Президенти Қасим-Жомарт Тоқаевнинг Бухорога ташрифи давомида олинган видео кенг муҳокамага сабаб бўлди. Унда хавфсизлик хизмати ходимининг қўлидаги ноодатий қурилма кўпчиликнинг эътиборини тортган.

Маълум бўлишича, бу — антидрон қурилма (дронларга қарши милтиқ) бўлиб, у дроннинг бошқарув сигнали ва сунъий йўлдош (GPS) билан алоқасини масофадан узишга қодир. Натижада дрон “кўр” ҳолатга тушиб, оператор буйруқларини бажара олмайди — у ҳавода муаллақ қолиши ёки мажбурий равишда ерга қўндирилиши мумкин.

Бундай технологиялар юқори даражадаги ташрифлар ва тадбирларда ҳаво хавфсизлигини таъминлашда муҳим аҳамият касб этади. Ўзбекистонда ҳам бу каби замонавий воситалар хавфсизлик тизимининг ажралмас қисмига айланган.

@pressuzb
Президент ҳузурида молиявий жарималарни қўллаш тартибини либераллаштириш ва суд назоратини кучайтириш масалалари муҳокама қилинди

2026 йил 1 октябрдан молиявий жарималарни ихтиёрий тўлашни рағбатлантирувчи янги ва ягона тартибни жорий этилади Унга кўра, тадбиркорлик субъекти ваколатли органнинг қарори топширилган кундан бошлаб бир ой ичида жариманинг 50 фоизини тўласа, қолган қисмини тўлашдан озод этилади.

Шунингдек, жаримани олти ой давомида тенг улушларда бўлиб-бўлиб тўлаш имкониятини яратиш назарда тутилмоқда. Бунда қарор топширилганидан сўнг бир ой ичида жарима суммасининг олтидан бир қисми тўланса, мазкур тартиб автоматик равишда амал қилади.

Суд назоратини кучайтириш мақсадида ваколатли органнинг молиявий жаримани қўллаш тўғрисидаги қарори суд томонидан бекор қилинган ёки ҳақиқий эмас деб топилган тақдирда ундирилган маблағларни 15 кун муддатда қайтариш механизми жорий этилади. Агар ушбу муддат бузилса, кечиктирилган ҳар бир календарь кун учун Марказий банк асосий ставкасидан келиб чиққан ҳолда фоиз ҳисобланиши назарда тутилмоқда.

@pressuzb
🇺🇸🇮🇷 AQSh prezidenti Donald Trump:

“Eron dengiz floti hozir dengiz tubida yotibdi, ular to‘liq yo‘q qilingan, 158 ta kema.

Biz zarba bermagan yagona narsa, ularning oz sonli, o‘zlari “tezkor hujum kemalari” deb ataydigan kichik kemalari. Chunki biz ularni jiddiy tahdid deb hisoblamadik.

Agar bu kemalardan bittasi bizning blokadamizda yaqinlashsa, ular darhol yo‘q qilinadi. Bu tez va shafqatsiz amalga oshiriladi.”

Lotin:
@Jahon_Geosiyosati
Кирил:
@Dunyo_Geosiyosati
Chat:
@Dunyo_geosiyosati_Chat
🇮🇷🇹🇷🇪🇬🇵🇰🇺🇸 Pokiston, Misr va Turkiya AQSh va Eronni amaldagi sulh muddati tugaguniga qadar zudlik bilan muzokaralar stoliga qaytarishga harakat qilmoqda — Axios

“Vashington va Tehron o‘rtasidagi kelishmovchiliklar va avvalgi muzokaralar raundining barbod bo‘lishiga qaramay, tomonlar hamon muloqotga tayyor”, deya xabar bermoqda nashr manbalariga tayanib.

Lotin:
@Jahon_Geosiyosati
Кирил:
@Dunyo_Geosiyosati
Chat:
@Dunyo_geosiyosati_Chat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇭🇺🇷🇺 Vengriya Rossiya bilan o‘zaro teng asosdagi hamkorlikka tayyor — Peter Maryar

“Agar Putin menga qo‘ng‘iroq qilsa, men javob beraman, lekin o‘zim unga qo‘ng‘iroq qilmayman”, — dedi Vengriyadagi parlament saylovlarida g‘alaba qozongan “Tisa” partiyasi yetakchisi.

Lotin:
@Jahon_Geosiyosati
Кирил:
@Dunyo_Geosiyosati
Chat:
@Dunyo_geosiyosati_Chat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇭🇺🇷🇺 Rossiya — bu xavfsizlikka tahdid, buni hamma biladi — Vengriyaning bo‘lajak bosh vaziri

“Men rus xalqi haqida gapiryapman, ular ajoyib insonlar, gap Rossiya davlati haqida ketmoqda.

Vengriya o‘z tarixida “rus ayig‘i”ning zarbasini avval ham his qilgan. Yevropa bunga tayyorgarlik ko‘rishi lozim. Yevropa o‘zini himoya qilishi va mudofaa qila olishi shart”, — deya ta’kidladi Peter Maryar.

Lotin:
@Jahon_Geosiyosati
Кирил:
@Dunyo_Geosiyosati
Chat:
@Dunyo_geosiyosati_Chat
✈️🇺🇿🇷🇺 O‘zbekiston eng ko‘p aviaqatnovlarni Rossiyaga amalga oshiradi: haftasiga 367 ta — Abdulla Aripov

“Dunyoning boshqa hech bir mamlakati bilan bunday ko‘rsatkichga ega emasmiz”, — dedi bosh vazir Rossiya va O‘zbekiston hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiya yig‘ilishida.

Uchrashuv davomida u o‘z mavqedoshi Mixail Mishustinni shu yil iyun oyida bo‘lib o‘tadigan Toshkent xalqaro investitsiya forumiga ham taklif qildi.

Lotin:
@Jahon_Geosiyosati
Кирил:
@Dunyo_Geosiyosati
Chat:
@Dunyo_geosiyosati_Chat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇮🇱 Netanyahu Erondagi yadroviy inshootlarni nemis qirg‘in lagerlariga o‘xshatdi:

“Agar biz harakat qilmaganimizda, Natanz, Fordov va Busher kabi joylar Osvensim, Maydanek va Sobibor kabi yodda qolar edi”, — dedi Isroil bosh vaziri.

Lotin:
@Jahon_Geosiyosati
Кирил:
@Dunyo_Geosiyosati
Chat:
@Dunyo_geosiyosati_Chat
🇮🇷 Eron AQSh-Isroil operatsiyasida ishtirok etgani uchun Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Qatar, BAA va Iordaniyadan kompensatsiya talab qilmoqda, deb xabar berdi @rian_ru

Eronning BMTdagi doimiy vakili Amir Said Iravani BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish va BMT Xavfsizlik Kengashi vakiliga yo‘llagan xatida aytilishicha, ushbu beshta davlat Eronga qarshi operatsiyalar uchun o‘z hududlarini taqdim etgan va ba’zi hollarda tinch aholiga qarshi hujumlarda bevosita ishtirok etgan.

▪️ AP News manbaga tayanib xabar berishicha, Eron va AQSh muzokaralarning ikkinchi bosqichini, ehtimol, shu payshanba kuni boshlashlari mumkin.

▪️ AQSh vitse-prezidenti Vens Fox News telekanaliga bergan intervyusida AQSh Eronga qarshi operatsiya maqsadiga erishdi va uni tugatishi mumkin, dedi.

Lotin:
@Jahon_Geosiyosati
Кирил:
@Dunyo_Geosiyosati
Chat:
@Dunyo_geosiyosati_Chat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇮🇷 🇺🇸 Tramp Eron haqida:

“Eron hech qachon yadroviy qurolga ega bo‘lmaydi. Agar bunga rozi bo‘lishmasa, hech qanday kelishuv bo‘lmaydi”.

Lotin:
@Jahon_Geosiyosati
Кирил:
@Dunyo_Geosiyosati
Chat:
@Dunyo_geosiyosati_Chat